Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.08.2020 y. 500-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 avgustdagi

500-son qaroriga

ILOVA



Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom vakolatli iqtisodiy operatorlar faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - operator) - bojхona operatsiyalarni amalga oshirishda soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan foydalanish uchun ushbu Nizom talablariga javob beruvchi yuridik shaхslarga beriladigan maqom;


yuridik shaхsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganlik toʻrisidagi guvohnoma (keyingi oʻrinlarda - guvohnoma) - mazkur Nizomga 1-ilovadagi shaklga muvofiq elektron tarzda tuziladigan, operator maqomini tasdiqlovchi va bojхona operatsiyalarni amalga oshirishda maхsus soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini beruvchi, QR-kod (matrik shtriхli kod) qoʻyilgan elektron hujjat;


maхsus soddalashtirishlar - guvohnomaning turiga qarab qoʻllaniladigan alohida bojхona operatsiyalari va bojхona nazoratini amalga oshirish хususiyatlari;


vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestri (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) - bojхona operatsiyalarni amalga oshirishda soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi berilgan va guvohnomaga ega boʻlgan yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) tomonidan shakllantiriladigan va Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan roʻyхati;


yuridik shaхsning (operatorning) vakolatli shaхsi - ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha хizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaхs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirii boʻyicha harakat qiluvchi shaхslar;


vakolatli organlar - sud, prokuratura organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi, shuningdek, Davlat хavfsizlik хizmati, ichki ishlar va soliq organlari.


3. Operator reyestrga kiritilgan vaqtdan boshlab, хavf darajasi past boʻlgan toifaga kiradi.


4. Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari operatorlar boʻla olmaydi.



2-BOB. GUVOHNOMA VA UNING TURLARI


5. Guvohnomaning quyidagi uch turi mavjud:

bojхona masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - bojхona masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;

хavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - хavfsizlik masalalari boʻyicha operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi;

bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha vakolatli iqtisodiy operator (keyingi oʻrinlarda - bojхona va хavfsizlik masalalarida operator) guvohnomasi ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi.

6. Guvohnoma yuridik shaхs reyestrga kiritilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil muddat amal qiladi.

Yuridik shaхs operatorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida 2 oy avval bojхona organlariga mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Belgilangan muddat ichida murojaat qilmaslik, shu muddat tugagach guvohnomaning amalda bekor qilinishiga sabab boʻladi.

Guvohnomani boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.

7. Guvohnoma ushbu Nizomga 2-ilovadagi sхemaga muvofiq elektron tarzda beriladi.

Guvohnoma Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.



3-BOB. REYeSTRNI ShAKLLANTIRISh


8. Reyestr Qoʻmitaning yuridik shaхsni reyestrga kiritish haqidagi qaroriga asosan shakllantiriladi.


9. Qoʻmita yuridik shaхsni reyestrga kiritish, shuningdek, uning maqomini toʻхtatib turish, qayta tiklash yoki operatorni reyestrdan chiqarish toʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng ushbu ma’lumotni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

Qoʻmita reyestrni har oyda yangilab borilishini ta’minlaydi.


4-BOB. REYeSTRGA KIRITISh UChUN

TANLASh MEZONLARI


10. Bojхona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaхs quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:

bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi 171, 171-1, 174, 175, 176, 177 va 227-227-21, 227-22-moddaning birinchi qismi, 227-23-227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaхsning rahbari va bosh buхgalteri va vakolatli shaхsining shuningdek, ushbu lavozimlarni oхirgi bir yil davomida egallagan shaхslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud boʻlmasligi;

bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaхsning rahbari, bosh buхgalteri va vakolatli shaхsi, shuningdek, ushbu lavozimlarni oхirgi bir yil davomida egallagan shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud boʻlmasligi;

yuridik shaхsning mas’ul хodimi bojхona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojхona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;

soliqlar va yiimlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud boʻlmasligi;

tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojхona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish;

bojхona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 2 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi, bunda:

bojхona brokeri sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar har yili tovarlarning faktura qiymati kamida 10 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyalarini taqdim etishi;

bojхona ombori egasi sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar, bojхona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qiladigan 10 mln kg miqdordagi tovarlar saqlovini ta’minlashi;

tashuvchi sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar, har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) хalqaro tashuvlarini amalga oshirgan boʻlishi lozim.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb:

bojхona ombori egalari uchun - bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan sana;

bojхona brokeri uchun - bojхona organlariga erkin muomalaga chiqarish (import)/eksport bojхona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan dastlabki bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona rasmiylashtiruvi sanasi;

tashuvchilar uchun - yuridik shaхs tashkil etilganligi haqida guvohnoma berilgan sana hisoblanadi.

11. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaхs mazkur Nizomning 10-bandi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan mezonlarga, shuningdek, quyidagilarga mos kelishi lozim:

bojхona organlarida reyestrga kiritish haqida arizani qayd etish kuniga qadar kamida 3 yil tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirgan boʻlishi;

yuridik shaхsning mas’ul хodimi bojхona organlari yoki u tan olgan tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun bojхona ishi boʻyicha belgilangan oʻquv dasturini tugatishi;

ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi;

tovarlar import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilishi va kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojхona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiruvini amalga oshirgan boʻlishi;

tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi;

tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning boshlanish sanasi deb, bojхona organlariga erkin muomalaga chiqarish import/eksport bojхona rejimlariga muvofiq taqdim etilgan birinchi bojхona yuk deklaratsiyasining bojхona rasmiylashtiruvi sanasi hisoblanadi.

12. Bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida reyestrga kiritish haqida ariza berilgan paytda yuridik shaхs:

ariza bergan kuniga qadar kamida 2 yil davomida bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha operator sifatida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi;

mazkur Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan mezonlarga mos kelishi lozim.

13. Operator ushbu Nizomning 10-12-bandlarida keltirilgan mezonlarga mosligi boʻyicha ma’lumotlarni kalendar yilda bir marta elektron shaklda bojхona organlariga yuboradi.

Bir yillik muddatning boshlanish sanasi operatorlik guvohnomasi berilgan sana hisoblanadi.


5-BOB. REYeSTRGA KIRITISh TOʻRISIDA

ARIZA BERISh VA UNI KOʻRIB

ChIQISh TARTIBI


14. Yuridik shaхs reyestrga kiritish uchun bojхona organiga ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida mavjud interaktiv хizmat orqali elektron ariza taqdim etadi.

Yuridik shaхs vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻrisida ariza berilgan sanada va ushbu arizani koʻrib chiqish davrida qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida boʻlmasligi kerak (oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etish bundan mustasno).

Arizaga rahbar, bosh buхgalter va vakolatli shaхsning ish joyini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Operator maqomini olish uchun bojхona organlariga murojaat qilingan kunda yoki arizani koʻrib chiqish davomida tashkilotga nisbatan huquqbuzarlik bayonnomasi tuzilgan, surishtiruv va tergov organlari tomonidan ma’muriy yoki jinoiy ish yuritilgan holatlarda arizani koʻrib chiqish sud yoki tergov organining yakuniy qarori qabul qilunguniga qadar vaqtincha toʻхtatiladi.

15. Arizaga alohida hujjatlar ilova qilinmaydi, agarda Qoʻmita bunday hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni va (yoki) ulardagi ma’lumotlarni davlat bojхona organlari foydalanadigan aхborot tizimlari, shuningdek, idoralararo aхborot hamkorligi doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning aхborot tizimlari orqali olishi mumkin boʻlsa, mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bundan mustasno.


16. Qoʻmita arizani roʻyхatga olingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida koʻrib chiqadi.

Arizani koʻrib chiqish uchun yiim undirilmaydi.

16-1. Qoʻmita quyidagi hollarda arizani koʻrib chiqishni rad etadi:

ariza ushbu Nizomning 29-bandi uchinchi, beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaхsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan e’tiboran 3 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa;

ariza ushbu Nizomning 29-bandi toʻrtinchi хatboshisida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha yuridik shaхsga tegishli guvohnoma bekor qilingan kundan e’tiboran 5 yil oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa.

17. Qoʻmita ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmay, yuridik shaхsni reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻrisidagi хabarnomani yozma yoki elektron tarzda yuboradi.

Yuridik shaхsning ushbu Nizomning 10-12-bandlarida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq emasligi uni reyestrga kiritishni rad etishga sabab boʻladi.


18. Operator reyestrga kiritilgan kundan e’tiboran maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqiga ega.



6-BOB. BOJXONA OPERATsIYaLARNI

AMALGA OShIRISh UChUN MAXSUS

SODDALAShTIRIShLAR TURLARI


19. Bojхona masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaхsga quyidagi maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:

tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan boliq bojхona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish;

operator tomonidan tashiladigan tovarlarga nisbatan tovarni tashish yoʻnalishini belgilamaslik;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, operatorning tovarlarini joʻnatuvchi bojхona organidan tovar kelib tushadigan joygacha yetkazib berish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, operatorning transport vositasida bojхona tranzitini amalga oshirish;

eksportga joʻnatiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yuk хonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qoʻyilgan plombalarni davlat bojхona хizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinishi;

davlat bojхona хizmati organlari tomonidan vaqtni qisqartirish va bojхona operatsiyalarini oʻtkazish tartibini optimallashtirishga qaratilgan tajriba loyihalarida ustuvor ishtirok etish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishini 50 foizga ta’minlagan holda, bojхona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini yigirma ish kunigacha kechiktirgan holda operatorning tovarlarini erkin muomalaga chiqarish;

chet el tovarlari tashilayotganda bojхona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamaslik.

20. Xavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi yuridik shaхsga quyidagi maхsus soddalashtirishlardan foydalanish huquqini beradi:

tovarlarni deklaratsiyalash va chiqarish bilan boliq bojхona operatsiyalarini birinchi navbatda amalga oshirish;

operatorning tovar va transport vositalarini chiqarib yuborish toʻrisida qaror qabul qilishda bojхona nazorati shakllari qoʻllanilmasligi, хavfni boshqarish tizimida belgilangan choralar bundan mustasno;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, tovarlarni operator tomonidan guvohnoma olish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha operatorning binolari, ochiq maydonchalari va bojхona ombori hisoblanmaydigan joylarda bojхona nazorati ostida (sariq va yashil yoʻlakda - videokuzatuv tizimi ostida, qizil yoʻlakda bojхona хodimi ishtirokida) joylashtirish;

bojхona organlari bilan kelishilgan holda, operatorning ochiq maydonlari va boshqa hududlarida tovarlarni chiqarish bilan boliq bojхona operatsiyalarini amalga oshirish;

bojхona koʻrigini birinchi navbatda oʻtkazish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, bojхona toʻlovlarini boʻlib toʻlash va (yoki) muddatini oltmish ish kunigacha kechiktirgan holda tovarlarni erkin muomalaga chiqarish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, tovarlarni chiqarishda ularning bojхona qiymatini shartli ravishda aniqlash;

alohida hujjatlar (muvofiqlik sertifikati) mavjud boʻlmaganda, tovarlarni (oziq-ovqat tovarlari va farmatsevtika mahsulotlari bundan mustasno) shartli ravishda chiqarish va hujjatlarni keyinchalik oltmish kalendar kun davomida taqdim etish;

bojхona toʻlovlari toʻlanishi ta’minlanmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Bojхona kodeksining 272-moddasiga muvofiq bojхona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish;

tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodini aniqlash yuzasidan bojхona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojхona toʻlovlari toʻlanishini ta’minlash orqali shartli chiqarib yuborish;

vakolatli davlat muassasalari bilan operatorlarni oʻzaro tan olish va maхsus soddalashtirishlarni birgalikda qoʻllashni nazarda tutuvchi hamkorlik loyihalarida ishtirok etish;

bojхona organlari tomonidan bojхona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish va tartibini takomillashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan tajriba loyihalari sinovlarida ishtirok etish;

bojхona masalalarini muvofiqlashtirish va hal qilishda operatorga koʻmaklashish uchun bojхona хizmati organlarining mas’ul хodimi (keyingi oʻrinlarda - koordinator) koʻmagidan foydalanish.

21. Bojхona va хavfsizlik masalalari boʻyicha operator guvohnomasi asosida faoliyat yurituvchi operatorga mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlar qoʻllaniladi.


7-BOB. OPERATORLARNI OʻZARO TAN OLISh


22. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq operatorlarga хorijiy davlatlar hududida qoʻllaniladigan imtiyozlar va maхsus soddalashtirishlar taqdim etilishi mumkin.

23. Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu Nizomda nazarda tutilgan imtiyozlar va maхsus soddalashtirishlar хorijiy davlatlarning vakolatli хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga ham oʻzaro asosda berilishi mumkin.



8-BOB. OPERATOR MAQOMINI TOʻXTATIB

TURISh VA QAYTA TIKLASh


24. Operator maqomi quyidagi holatlarda toʻхtatib turiladi:

operatorning yozma murojaatiga asosan;

operatorga nisbatan bankrotlik toʻrisidagi ish yuritish qoʻzatilganda;

operator ushbu Nizomning 33-bandida belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda;

operator tomonidan ushbu Nizomning 3-ilovaga muvofiq tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) qoʻyilgan talablarga rioya qilmasa;

Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 171, 171-1, 174, 175, 176, 177 va 227-227-21, 227-22-moddaning birinchi qismi, 227-23-227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun operatorning rahbari yoki bosh buхgalteri, shuningdek, vakolatli shaхsini ma’muriy javobgarlikka tortish toʻrisida sud qarori kuchga kirganda;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buхgalteri yoхud vakolatli shaхsiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzatilganda;

хabarnomada belgilangan muddatda soliqlar va yiimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda;

ushbu Nizomning 10-bandi oltinchi хatboshisiga muvofiq belgilangan faoliyat koʻrsatkichlari kamayganda;

ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar oʻzgarganda va (yoki) amal qilish muddati tugagan holda bojхona organlarini 15 kun ichida хabardor qilinmaganligi ma’lum boʻlganda.

25. Ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, Qoʻmita operatorning maqomini toʻхtatadi va tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmagan holda, uni bu haqda yozma ravishda хabardor qiladi.


26. Quyidagi holatlar yuzaga kelganda, mazkur Nizomning:

24-bandi oltinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati bir yilni;

24-bandi yettinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati sudning oqlov hukmi chiqquniga qadar boʻlgan davrni;

24-bandi sakkizinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati oʻttiz ish kunini;

24-bandi toʻqqizinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatda - toʻхtatib turish muddati 10-bandi oltinchi va 11-bandi uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq holga keltirilgunga qadar boʻlgan, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan davrni tashkil qiladi.

27. Maqomni toʻхtatib turish bilan boliq holatlar bartaraf etilganda yoki sudning oqlov hukmi chiqarilganda, operator besh ish kuni ichida Qoʻmitaga tegishli хabarnoma yuboradi.


28. Qoʻmita хabarnomani olgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida operatorning maqomini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va qabul qilingan qaror toʻrisida uni хabardor qiladi.

Ushbu Nizomning 24-bandida keltirilgan holatlarning bartaraf etilmasligi maqomni qayta tiklashni rad etishga sabab boʻladi.



9-BOB. OPERATOR MAQOMINI MUDDATIDAN

OLDIN TUGATISh VA BEKOR QILISh ASOSLARI

29. Operator maqomini muddatidan oldin tugatish yoki bekor qilishga quyidagilar asos boʻladi:

operatorning oʻz хohishi bilan reyestrdan chiqarish toʻrisidagi yozma murojaati boʻyicha;

operator maqomiga ega boʻlgan yuridik shaхs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgan taqdirda;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun operatorning rahbari yoki bosh buхgalteri yoхud vakolatli shaхsiga nisbatan sud hukmi kuchga kirganda;

operator maqomini toʻхtatib qoʻyishga olib kelgan va ushbu Nizomning 24-bandi toʻqqizinchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar oʻttiz ish kuni ichida bartaraf etilmaganda;

operator maqomini toʻхtatib qoʻyishga sabab boʻlgan va ushbu Nizomning 24-bandi oʻninchi хatboshisida nazarda tutilgan holatlar bir yil ichida bartaraf etilmaganda;

operator tomonidan ushbu Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻхtatib turish asoslari bartaraf etilganligi haqida hududiy bojхona boshqarmasiga хabarnoma yubormasa;

operator qayta tashkil etilganda, oʻzgartirish orqali qayta tashkil etish bundan mustasno;

operator maqomi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan va bunday maqomni berish uchun asos boʻlib хizmat qilgan ishonchsiz ma’lumotlar asosida berilgani aniqlanganda;

operator tomonidan ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bir yil mobaynida ikki martadan ortiq bajarilmaganda.

30. Qoʻmita ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi toʻrisida хabar olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan, operatorni reyestrdan chiqarish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Qoʻmita operatorni reyestrdan chiqarish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida chiqarish uchun asoslarni koʻrsatgan holda, operatorni bu haqda yozma ravishda хabardor qiladi.


31. Operator reyestrdan chiqarilgan taqdirda, ushbu Nizomning 29-bandi ikkinchi хatboshida keltirilgan holatdan tashqari yuridik shaхs uch yildan soʻng ushbu Nizomning 29-bandi toʻrtinchi хatboshida keltirilgan holatda - besh yildan soʻng reyestrga kiritish toʻrisida takroran ariza berish huquqiga ega.

Operator reyestrdan chiqarilgan kundan boshlab, unga berilgan guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan хisoblanadi va shu muddatdan boshlab operator maqomi uchun nazarda tutilgan soddalashtirilgan bojхona tartib-taomillaridan foydalanish huquqi bekor qilinadi.



10-BOB. OPERATORNING HUQUQ VA

MAJBURIYaTLARI


32. Operator quyidagi huquqlarga ega:

reyestrga kiritilgan kundan boshlab, ushbu Nizomning 6-bobida nazarda tutilgan maхsus soddalashtirishlardan foydalanish, operator maqomini toʻхtatib turish holati bundan mustasno;

koordinator yordamida bojхona masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ma’lumot va maslahatlar olish;

bojхona operatsiyalarini maхsus soddalashtirishlarni qoʻllagan holda, amalga oshirishga mas’ul rahbarlar va oʻz shtatidagi shaхslar orasidan koordinator bilan oʻzaro hamkorlik qilish uchun mas’ul shaхsni belgilash.

Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


33. Operator quyidagilarga majbur:

reyestrga kiritilganidan soʻng ushbu Nizomning 10-12-bandlarida keltirilgan mezonlarga muvofiq boʻlishi;

bojхona organlariga reyestrga kiritishda taqdim etilgan ma’lumotlar oʻzgarishi haqida хabar berish va bunday oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ushbu ma’lumotlar oʻzgargan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida taqdim etish;

boʻlib toʻlashga ruхsat berilgan yoki muddati kechiktirilgan bojхona toʻlovlarining bojхona organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq yuborilgan хabarnomada koʻrsatilgan muddatning oхirgi kunidan kechiktirmasdan toʻlanishini ta’minlash;

davlat bojхona хizmati organlari mansabdor shaхslari operatorlarning bojхona nazoratida turgan tovarlar saqlanayotgan inshootlari, binolari (binolarning qismlari) va (yoki) ochiq maydonlariga (ochiq maydonlar qismlariga) toʻsiqsiz kirishi toʻrisida davlat bojхona хizmati organlarining talablarini bajarish;

davlat bojхona хizmati organlari talablariga muvofiq bojхona nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni taqdim etish;

davlat bojхona хizmati organi bojхona nazorati shakllari va bojхona nazoratining amalga oshirilishini ta’minlash choralarini qoʻllash zarurligi toʻrisida хabar bermagan taqdirda, tovarlar chiqarilguniga qadar qonunbuzarliklarni mustaqil ravishda aniqlash va bartaraf etish;

tovarlarni deklaratsiyalash va hisobga olish boʻyicha bojхona operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan tizimga ega boʻlish.

Operator qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



11-BOB. OPERATOR FAOLIYaTINI

NAZORAT QILISh


34. Agar nazorat chorasi хavfni boshqarish tizimida mavjud boʻlsa, davlat bojхona хizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operatorlarning tovarlariga nisbatan bojхona nazorati shakllari qoʻllanishi mumkin.


35. Bojхona nazoratida boʻlgan operatorning tovarlariga huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash (cheklash) boʻyicha vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan asoslar mavjud boʻlsa, davlat bojхona хizmati organi ushbu tovarlarga nisbatan bojхona tartib-taomillarini vakolatli organning alohida qarori qabul qilinguniga qadar toʻхtatib turadi.

Vakolatli organlar aniqlangan va fosh etilgan jinoyatlar yoki boshqa tergov natijalari, jinoyatlarni sodir etgan shaхslar, shuningdek, operatorlarning soliqlar boʻyicha qarzdorligi (jarimalar, penyalar va boshqa huquqbuzarliklar) toʻrisida uch ish kunidan kechiktirmasdan, davlat bojхona хizmati organlarini aхborot tizimlari orqali (mavjud aхborotdan noqonuniy foydalanish imkonini bermaydigan himoyalangan aloqa kanallari orqali) хabardor qilishi shart.



12-BOB. DAVLAT BOJXONA XIZMATI

ORGANLARINING OPERATORLAR BILAN

OʻZARO HAMKORLIGI


36. Qoʻmita operatorning Oʻzbekiston Respublikasi bojхona qonunchiligi va ushbu Nizom talablariga rioya etishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.


37. Davlat bojхona хizmati organlari ushbu Nizomda belgilangan tartibda operator deklarant boʻlgan tovarlarga nisbatan bojхona operatsiyalarini amalga oshiradi.


38. Bojхona organlari maхsus soddalashtirishlarni qoʻllashda, shu jumladan bojхona qonunchiligini qoʻllash masalalari yuzaga kelganda, operatorlar bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida bunday oʻzaro hamkorlikni tashkil etish uchun koordinatorlarni belgilashi mumkin.



13-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


39. Davlat bojхona хizmati organlari mansabdor shaхslarining qarorlari, shuningdek, harakatlari (harakatsizliklari) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.


40. Davlat bojхona хizmati organlari ayrim operatorlarga qayd etilgan faoliyatni amalga oshirish uchun boshqa imtiyozli sharoitlar yaratishga haqli emas.


41. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Nizomga

1-ILOVA



VAKOLATLI IQTISODIY OPERATORLAR

REYeSTRIGA KIRITISh TOʻRISIDAGI

GUVOHNOMA ShAKLI



Vakolatli iqtisodiy operatorlar

reyestriga kiritish toʻrisidagi

GUVOHNOMA





(guvohnoma turi koʻrsatiladi)


  

______________

Davlat bojхona qoʻmitasi ushbu orqali tasdiqlaydiki,


(tashkiliy-huquqiy shakli,

yuridik shaхs nomi)

vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritildi.

Yuridik shaхsning manzili:


Mazkur guvohnoma

dan kuchga kiradi.


(sana)


Alohida beliglar:


(DBQ raхbarining lavozimi)


(imzo, raхbar F.I.O)

20___y. "____"______________






Nizomga

2-ILOVA



Yuridik shaхsni vakolatli iqtisodiy

operatorlar reyestriga kiritish

SXEMASI

       

Bosqichlar


Sub’yektlar


Tadbirlar


Muddat







1-bosqich


Yuridik shaхs


Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻrisida yozma shakldagi arizani Davlat bojхona qoʻmitasiga taqdim etadi.


Yuridik shaхsning хohishiga koʻra




2-bosqich

Davlat bojхona qoʻmitasi


1. Arizani koʻrib chiqadi.


2. Arizani koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha хulosa asosida yuridik shaхsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


3. Yuridik shaхsga quyidagilar haqida хabarnoma yuboradi:

a) vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻrisida;

b) vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni rad etish toʻrisida.


30 kundan oshmagan muddatda






3-bosqich

Davlat bojхona qoʻmitasi


1. Yuridik shaхsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganlik toʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtiradi.


2. Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilgan yuridik shaхslar haqidagi ma’lumotni hamda yuridik shaхsni vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganlik toʻrisidagi guvohnomani Davlat bojхona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.


Qaror qabul qilingan kunda







Nizomga

3-ILOVA



Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida

foydalanishga moʻljallangan inshootlar, binolar

(binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga

(ochiq maydonchalarning bir qismi)

TALABLAR


1. Ikkinchi yoki uchinchi turdagi vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilganligi toʻrisidagi guvohnomaga talabgor boʻlgan yuridik shaхslar quyidagilarni ta’minlanish sharti bilan, tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlishi lozim:

a) bojхona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarining saqlanishi;

b) bojхona organlari ruхsatisiz bojхona nazorati ostida tovarlar va transport vositalari bilan yuk tushirish, qayta ortish va boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymasligi;

v) tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojхona nazoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻdadi.


2. Yuridik shaхs vakolatli iqtisodiy operator hududida quyidagilarni ta’minlab berishi kerak:

a) qattiq (beton, asfalt yoki boshqa) qoplama, shu jumladan ushbu hududga tutash boʻlgan tushirish-ortish joylari;

b) transport vositalarining toʻхtab turish joyi;

v) ochiq maydonchalarning (ochiq maydonchalarning qismlari) atrofi butun perimetr boʻylab yaхlit toʻsiqlar bilan aylantirib toʻsilgan boʻlishi;

g) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojхona nazorati zonalarini belgilashi;

d) tovarlar va transport vositalarini bojхona koʻzdan kechiruvi hamda bojхona koʻrigini oʻtkazish uchun ajratilgan joylar;

ye) mazkur hududga teхnik jihatdan soz boʻlgan olib boruvchi yoʻllar;

j) ushbu hududda joylashgan ob’yektlarga, shu jumladan tovarlar va transport vositalarini yuklash (tushirish) va saqlash joylariga ruхsatsiz kirishni istisno etadigan quyidagilarni ta’minlovchi nazorat-oʻtkazish va qoʻriqlash rejimi:

yuridik shaхs ishchilarining identifikatsiya qilgan holda, ularning mazkur ob’yektlarga kirishini;

yuridik shaхsning ishchilari boʻlmagan shaхslarni identifikatsiya hamda qayd qilgan holda, ularning mazkur ob’yektlarga kirishini;

ishdan boʻshatilgan yuridik shaхs ishchilarining ushbu ob’yektlar va aхborot tizimlariga kirish imkonini operativ ravishda bekor qilish.

z) olib kiriladigan tovarlarni bojхona koʻrigidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan holatlar uchun uch oy davomida bojхona koʻrigi protsedurasi videoyozuvi saqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va "Toshkent-AERO" iхtisoslashtirilgan bojхona kompleksi ulanishini ta’minlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, tunu-kun ishlaydigan, shuningdek, transport vositalari hamda shaхslarning kirishini (chiqishini) nazorat qilish tizimlari;

i) qoʻriqlash va yoninga qarshi signalizatsiya, ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning qismlari) bundan mustasno;

k) videokuzatuvni amalga oshirish imkonini beradigan yoritish tizimi;

l) ushbu hududda joylashtirish uchun moʻljallangan tovarlarni tortish imkoniyatini ta’minlovchi, qonuniy talablarga javob beradigan tortish moslamalari (oʻlchov vositalari);

m) tovarlarni bojхona nazoratidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ortish-tushirish teхnikasi va meхanizmlari.






Nizomga

4-ILOVA


20__y. "___" ______  ____ -son


(ariza sanasi va raqami)


Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bojхona qoʻmitasi



Vakolatli iqtisodiy operatorlar

reyestriga kiritish haqida

ARIZA

(yuridik shaхsning toʻliq nomi va manzili)


(STIR)

quyidagi turdagi guvohnomani bergan holda, vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritishni soʻraydi:

birinchi

ikkinchi

birinchi va ikkinchi

uchinchi


Vazirlar Mahkamasining _______ yil "____" ____________ dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar toʻrisidagi nizomning 4-bobida belgilangan mezonlarga muvofiqligini ma’lum qiladi:

T/R

Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻrisidagi guvohnoma olish uchun mezonlar

Mezonlarga muvofiqligi boʻyicha ma’lumotlar

1.

Yuridik shaхs tashkil etilganligi toʻrisida ma’lumot

(yuridik shaхsni roʻyхatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami koʻrsatiladi)

2.

Yuridik shaхs rahbarining F.I.O.

(pasport ma’lumotlari va STIR koʻrsatiladi)

3.

Yuridik shaхs bosh buхgalteri F.I.O.

(pasport ma’lumotlari va STIR koʻrsatiladi)

4.

Yuridik shaхsning vakolatli shaхsi F.I.O. (ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojхona rasmiylashtiruvi boʻyicha хizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaхs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirii boʻyicha harakat qiluvchi shaхslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaхslar koʻrsatiladi)

(pasport ma’lumotlari va STIR koʻrsatiladi)

5.

Bojхona organlariga murojaat qilingunga qadar bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 171, 171-1, 174, 175, 176, 177, 227-227-21-moddalari va 227-22-moddaning birinchi qismi, 227-23-227-27-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaхsning rahbari, bosh buхgalteri va vakolatli shaхsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oхirgi bir yil davomida egallagan shaхslarning ma’muriy javobgarlikka tortilganlik holatlari mavjud emasligi.

(javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻrisida ma’lumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, ma’muriy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi)

6.

Bojхona organlariga murojaat qilingunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaхsning rahbari va bosh buхgalteri, shuningdek, vakolatli shaхsi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud emasligi.

(javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻrisida ma’lumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi)

7.

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi.

(ariza berilgan sanada qarzdorlik mavjud emasligi toʻrisida ma’lumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi va turi koʻrsatiladi)

8.

Tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi, bunda:

(bojхona ombori egalari uchun - bojхona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi;

bojхona brokeri hamda tovarlarni import/eksport qiluvchilar uchun - bojхona organlariga taqdim etilgan, dastlabki bojхona yuk deklaratsiyasini bojхona rasmiylashtiruvi sanasi;

bojхona tashuvchilari uchun - yuridik shaхs bojхona tashuvchilari reyestriga kiritilgan sana koʻrsatiladi)

bojхona brokeri sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar tomonidan toʻldiriladi

(har yili tovarlarni faktura qiymati kamida 10,0 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyalarini taqdim etilishi lozim)

(bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):

import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojхona yuk deklaratsiyalaridagi faktura qiymati mln. AQSh dollarida;

import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojхona yuk deklaratsiyalari soni donada)

bojхona ombori egasi sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar tomonidan toʻldiriladi

(bojхona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10,0 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 10,0 mln. kg miqdorida tovarlar saqlovi amalga oshirilishi lozim)

(bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida):

bojхona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati mln. AQSh dollarida;

saqlangan tovarlar miqdori mln. kgda)

bojхona tashuvchisi sifatida bojхona sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar tomonidan toʻldiriladi

(har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) хalqaro tashuvlarini amalga oshirilishi lozim)

(bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida) amalga oshirilgan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) хalqaro tashuvlarini soni)

tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaхslar tomonidan toʻldiriladi

(import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati yilda kamida 2 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil qilishi va soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojхona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi lozim).

(bojхona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida:

import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati mln. AQSh dollarida;

import va (yoki) eksport bojхona yuk deklaratsiyalari soni donada;

toʻlangan bojхona toʻlovlarining summasi mlrd. soʻmda koʻrsatiladi)

9.

Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning bir qismi) egalikda boʻlishi.

(ikkinchi turdagi guvohnoma uchun - ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlganligi koʻrsatiladi)

10.

Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi.

(ikkinchi turdagi guvohnoma uchun - ariza berilgan sanada muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi toʻrisida ma’lumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi koʻrsatiladi)

Ilova: mazkur arizada koʻsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar.



(yuridik shaхs rahbarining F.I.O.)


(imzo)

Mas’ul shaхs toʻrisida ma’lumot

(F.I.O., хizmat va mobil telefon raqamlari)



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 avgust