Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 19.08.2020 y. 16/11-son "Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 24.08.2020 y. 3002-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

24.08.2020 y.

N 3002-3




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

19.08.2020 y.

N 16/11


QARORI



Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan

majburiy rezervlari toʻrisidagi nizomga

qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi hamda "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 31 martdagi 12/8-son qarori (roʻyхat raqami 3002, 2018 yil 25 aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2018 y., 10/18/3002/1102-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                             M. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan

majburiy rezervlari toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar


1. 2-band "rezervlar normativi," degan soʻzlardan keyin "majburiy rezervlarning normativ miqdoridan chegiriladigan mablalar me’yori," degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


2. 2-ilovaning 29-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

29.

Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari

10100


X

X

X

X


".


3. 3-ilovaning qirq ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"29-satr. Kassadagi naqd pul va boshqa toʻlov hujjatlari. Bu satrda 10100 balans hisobvaraining Markaziy bank boshqaruvi tomonidan chegirilishi belgilangan miqdori koʻrsatiladi.".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 24 avgust


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 29 avgust, 34-son, 401-modda