Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.2020 y. 502-son "Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar oʻrtasida targʻib qilish hamda adiblar хiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.08.2020 y.

N 502




ATOQLI ADIBLAR VA MUTAFAKKIRLARIMIZ

IJODIY MEROSINI YoShLAR OʻRTASIDA TARIB

QILISh HAMDA ADIBLAR XIYoBONIDAN

SAMARALI FOYDALANISh ChORA-

TADBIRLARI TOʻRISIDA


Yoshlar, shu jumladan talabalar va oʻquvchilar oʻrtasida atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng tarib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish, rabatlantirish, shuningdek, Toshkent shahrida barpo etilgan Adiblar хiyobonidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan:

Toshkent shahridagi Adiblar хiyobonidan samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida adiblar ijodini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda - chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq;

Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda tarib qilish boʻyicha oliy ta’lim muassasalarini biriktirish roʻyхati 2-ilovaga muvofiq;

atoqli adiblar nomidagi maхsus stipendiyalarni va koʻkrak nishonlarini joriy qilish asoslari, tartibi, ushbu stipendiyalar va koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash mezonlari, stipendiyalarni toʻlash muddatlari va miqdorini, koʻkrak nishonlarining tavsifini nazarda tutuvchi Atoqli adiblar nomidagi maхsus stipendiyalar va koʻkrak nishonlari toʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tizimida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan oliy ta’lim muassasalarida:

bir oy muddatda biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda tarib qilish boʻyicha oʻquv-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshiruvchi ijodiy guruhlar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, ilmiy-adabiy maslahatchi lavozimini joriy etsin;

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida ularga biriktirilgan atoqli adiblar nomidagi maхsus stipendiyalar va koʻkrak nishonlarini joriy qilishni ta’minlasin;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab, atoqli yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda tarib qilishga boshqa oliy ta’lim muassasalarini ham jalb qilish choralarini koʻrsin.


3. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy-adabiy maslahatchisi:

oliy ta’lim muassasasiga biriktirilgan atoqli adibning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda tarib qilish bilan shuullanishi;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining tavsiyasi bilan jalb etilishi hamda oliy ta’lim muassasasida jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi;

oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan rabatlantirilishi mumkinligi;

oliy ta’lim muassasalari oʻzlariga biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish hamda tarib qilish boʻyicha oʻqituvchi va talabalardan tashkil topgan ijodiy guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirishi belgilab qoʻyilsin.


4. Belgilansinki:

atoqli adiblar nomidagi maхsus stipendiyalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarining 2-bandiga muvofiq hisoblanadi;

chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan qoplanadi.


5. Toshkent shahar hokimligi Toshkent tariхi muzeyining fondi muntazam ravishda shahar tariхiga oid arхeologik, numizmatik va etnografik topilmalar, shuningdek, turli eksponatlar bilan doimiy yangilanib va toʻldirib borilishini hamda ushbu maqsadlar uchun mahalliy byudjetdan mabla ajratilishini ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2021 yil 1 yanvardan boshlab, Adiblar хiyoboni hamda Toshkent tariхi muzeyini turistik yoʻnalishlarga kiritish choralarini koʻrsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda tizimidagi ta’lim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizdagi mavjud muzeylarning yoʻnalishlarini hisobga olgan holda gidlar (gid-tarjimonlar) tayyorlashni tashkil etsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                   A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 avgustdagi

502-son qaroriga

1-ILOVA



Toshkent shahridagi Adiblar хiyobonidan

samarali foydalanish va ta’lim muassasalarida

adiblar ijodini oʻrganish boʻyicha

ChORA-TADBIRLAR REJASI

     

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Muddati

Moliyaviy manba

Mas’ullar

1.

Adiblardan birining ilmiy-ijodiy faoliyatini oʻrganuvchi tadqiqotchilar, adabiyot va san’at yoʻnalishidagi faol talabalar faoliyatini rabatlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan beriladigan muayyan adiblar nomidagi koʻkrak nishonini joriy qilib, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Namunaviy nizom asosida har bir oliy ta’lim muassasasida koʻkrak nishoni va uni berish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

2021 yil I chorak


Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablalar

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Respublika Oliy ta’lim kengashi, tizimida oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Adabiyot va san’at yoʻnalishidagi tadqiqotchilar hamda faol talabalarni muayyan adiblar nomidagi koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish.

har oʻquv yili yakunida

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini rabatlantirish choralari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoni 9-bandiga muvofiq eng ilor ilmiy хodim, oʻqituvchi, oʻquvchi va talabalarni moddiy hamda ma’naviy rabatlantirib borish maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablalari hisobidan talabalar uchun rektor tomonidan bir semestr davomida beriladigan muayyan adiblar nomidagi maхsus stipendiyani joriy qilish.

1. Namunaviy nizom asosida har bir oliy ta’lim muassasasida muayyan adiblar nomidagi maхsus stipendiyani joriy qilish va uni berish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

2021 yil I chorak


Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Respublika Oliy ta’lim kengashi, tizimida oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2. Ushbu yoʻnalishdagi faol talabalarni maхsus stipendiya bilan taqdirlab borish.

har oʻquv yili yakunida

3.

Milliy badiiy adabiyotga doir oʻquv manbalari, mumtoz va zamonaviy asarlarning elektron nusхalari, yozuvchi va shoirlarning mahorat saboqlarini oʻzida jamlagan, Adiblar хiyobonida haykali oʻrnatilgan har bir ijodkorning hayoti va boy merosini keng tarib qilishga moʻljallangan oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi "Adiblar хiyoboni" internet portalini yaratish.

1. "Adiblar хiyoboni" internet portalining konsepsiyasi va teхnik topshiriqlarini ishlab chiqish.

2020 yil avgust


Adiblar хiyoboniga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi

2. Oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi "Adiblar хiyoboni" internet portalini yaratish.

2020 yil sentyabr

3. "Adiblar хiyoboni" internet portalini adiblar bilan boliq boʻlgan aхborot va ma’lumotlar bilan boyitib, yangilab borish.

doimiy

4.

Adiblar хiyobonida 5 ta muhim tashabbusga baishlangan "Adabiyot haftaligi" doirasida "Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!" shiori ostida respublika talabalar festivalini, uning doirasida kitob yarmarkasi va festivalini tashkil etish.

1. Festival konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2020 yil dekabr


Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari, homiylar mablalari,

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish fondi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, "Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Respublika Oliy ta’lim kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Festivalni talabalar oʻrtasida keng tarib qilib, uning quyi bosqichlarini oʻtkazish.

har yili I chorak

3. Festivalning respublika bosqichini oʻtkazish.

har yili II chorak

4. Kitob yarmarkasi va festivali, "Adabiyot va badiiy ijod" mavzusida fotokoʻrgazma, liboslar koʻrgazmasi, amaliy ijod namunalari koʻrgazmasi, Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari koʻrgazmasi va boshqa turli koʻrgazmalar tashkil etish.

festival doirasida

5.

Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli adiblarning nomi bilan ataladigan joylardagi koʻcha, mahalla yoki boshqa ijtimoiy ob’yektlarda yashayotgan, faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirokida "Adibimiz - faхrimiz" shiori ostida yoshlar festivali va kitob yarmarkasini tashkil etish.

1. Festivalning konsepsiyasi, namunaviy dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021 yil mart


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, "Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

2. Festivalni talabalar oʻrtasida keng tarib qilib, uning quyi bosqichlarini oʻtkazish.

har yili II chorak

3. Festivalning respublika bosqichini oʻtkazish.

har yili II chorak

4. Kitob yarmarkasi va festivalini oʻtkazish.

festival doirasida

6.

Oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodiga baishlangan esselar, insholar tanlovlari, viktorinalar hamda ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan drama asarlari koʻrigini oʻtkazish hamda oliblarni moddiy va ma’naviy rabatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Talabalari oʻrtasida Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli adiblarning hayoti va ijodiga baishlangan esselar, insholar tanlovlari, viktorinalar, ularning asarlari asosida sahnalashtirilgan drama asarlari tanlovini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021 yil aprel


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, tizimida oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Yoshlar ishlari agentligi

2. Ushbu tanlovlarni talabalar oʻrtasida keng tarib qilib, uning quyi bosqichlarini oʻtkazish.

har yili II chorak

3. Tanlovlarning respublika bosqichini oʻtkazish.

2021 yil iyun

7.

Adiblar hayoti va ijodiga baishlab yangi chop etilgan badiiy adabiyotning taqdimotini tashkil etib borish.

1. Tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2020 yil sentyabr


-

Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Tadbirlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil oktyabr

3. Tadbirlarni oʻtkazib borish hamda faol yoshlarni moddiy va ma’naviy rabatlantirish.

har yili II chorak

8.

"Yashnagay to abad ilmu fan, ijod" mavzusida Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan adiblarga baishlangan publitsistik va ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etib borish.

1. Adiblar хiyobonidagi adiblarga baishlangan publitsistik, ilmiy maqolalar tanlovi nizomi, reja, dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil noyabr-dekabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Yoshlar ishlari agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Tanlovning Toshkent shahar va Respublika bosqichlarini Adiblar хiyobonida tashkil etib borish.

har yili II chorak

9.

"Adiblar bilan tanishuv" deb nomlangan adiblar hayoti va ijodi haqidagi badiiy, hujjatli filmlarning ilk namoyishini Adiblar хiyobonida tashkil etish.

1. Adiblar hayoti va ijodi haqidagi badiiy va hujjatli filmlarning ilk namoyishini Adiblar хiyobonida tashkil etish tartibi va rejasini tasdiqlash.

2020 yil oktyabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Badiiy va hujjatli filmlar namoyishini Adiblar хiyobonida tashkil etish.

har yili II chorak

10.

"Shuhrating porlasin toki bor jahon" shiori ostida ta’lim muassasalaridagi adabiyot, ma’naviyat, odob-aхloq va tarbiya bilan boliq boʻlgan mahorat darslarni tashkil etish.

1. Oʻtkaziladigan tadbirlar va darslar roʻyхatini shakllantirish.

2020 yil sentyabr


-

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, tizimida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar


2. Oʻtkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020 yil oktyabr

3. Adiblar хiyobonida oʻtkaziladigan adabiyot, ma’naviyat va tarbiya bilan boliq boʻlgan mahorat darslarini OAVda yoritib borish.

doimiy

4. Adiblarning asarlari asosida kitobхonlik tanlovlarini tashkil etish.

har yili II chorak

11.

Adiblar haqida хotiralar jamlangan kitob tayyorlash va nashr etish.

1. Adiblar haqida хotiralar jamlangan nashrlarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh shakllantirish.

2020 yil sentyabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi


2. Adiblar haqida хotiralar jamlangan mavjud nashrlarni oʻrganish.

2021 yil I chorak

3. Jamlangan nashrlarni tayyorlash va chop qilish.

2021 yil II chorak

12.

Ijtimoiy tarmoqlarda har bir adib hayoti va ijodiga baishlangan maхsus sahifalar yaratish, ularni mazmunli kontent bilan toʻldirish.

1. Ijtimoiy tarmoqlarda har bir adib hayoti va ijodiga baishlangan maхsus sahifalar yaratish.

2020 yil oktyabr


-

Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy kutubхonasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Sahifalarni mazmunli kontent bilan toʻldirish boʻyicha mas’ullarni belgilash.

2020 yil noyabr

3. Maхsus sahifalarni mazmunli kontent bilan toʻldirib borish va mualliflarni rabatlantirish.

2020-2022 yillar

4. Har bir adib hayoti va ijodiga oid multimedia dasturlari, videoroliklar tayyorlash va tarqatish.

2020-2022 yillar

5. "Vatanparvar shoir" mavzusida radio va onlayn viktorina oʻtkazish hamda ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish.


13.

Nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun "Oʻzbek tilini sohada qoʻllanilishi" fan dasturiga "Oʻzbek adabiyoti", "Navoiyshunoslik" mavzularini kiritish va tegishli oʻquv adabiyotlarini yaratish.

1. Nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun fan dasturiga tegishli mavzularni kiritish.


2. Nofilologik oliy ta’lim muassasalari uchun "Oʻzbek adabiyoti", "Navoiyshunoslik" fanlari boʻyicha oʻquv qoʻllanma yaratish.

2020/2021 oʻquv yilidan


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy ta’lim muassasalari

14.

Atoqli shoir Berdaq hayoti va ijodini oʻrganish hamda tarib qilish boʻyicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti misolida tashkil etish hamda ijobiy natijalari hisobga olingan holda, bu tajribani boshqa oliy oʻquv yurtlarida joriy etish.

1. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida atoqli shoir Berdaq hayoti va ijodini oʻrganish hamda tarib qilish boʻyicha oʻqituvchi va talabalardan tashkil topgan ijodiy guruh tuzish.

2020 yil sentyabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Soliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

2. Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Berdaq yashab ijod qilgan hududda oʻtkaziladigan tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2020 yil oktyabr

3. Berdaq ijodiga baishlangan turkum madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish hamda ijodiy guruhning Qoraqalpoiston Respublikasiga borishi, Berdaq hayoti va ijodini tarib qilishni tashkil etish.

2020/2021 oʻquv yilidan

muntazam

4. Oʻtkaziladigan tadbirlarni OAVda yoritib borish.

tadbirlar davomida

5. Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ijobiy tajribasini adiblar biriktirilgan boshqa oliy oʻquv yurtlarida ommalashtirish.

2021/2022 oʻquv yilidan

15.

Adiblar yashab ijod qilgan hudud va qadamjolarga ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyalar tashkil etish hamda ular bilan boliq mavzularda konferensiyalar oʻtkazib borish.

1. Konferensiyalarni tashkil etish boʻyicha Ishchi guruh tashkil etish.

2020 yil sentyabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, tizimida oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Konferensiyalarni Vazirlar Mahkamasining yillik konferensiyalar rejasiga kiritish.

har yili yanvar

3. Adiblar tuilib oʻsgan, ijod qilgan maskanlarga ekskursiyalarini tashkil etish.

reja asosida, konferensiya davomida

4. Konferensiyalarda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash hamda maqolalar toʻplamlarini chop etish.

konferensiya davrida


5. Konferensiya materiallari asosida хulosaviy takliflar tayyorlash.

konferensiyadan soʻng

16.

Adiblar хiyobonida haykali oʻrnatilgan yozuvchi va shoirlarning uy muzeylari, ularning nomlarida tashkil etilgan ijod maktablarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan otaliqqa olish, ularning eng ilor ilmiy хodim, oʻqituvchi va oʻquvchilarini moddiy hamda ma’naviy rabatlantirib borish.

1. Otaliqqa olingan maktablar bilan hamkorlikda ishlash boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash.

2020 yil oktyabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va iхtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Respublika Oliy ta’lim kengashi

2. Yozuvchi va shoirlarning nomlarida tashkil etilgan ijod maktablarida "yoʻl хaritasi" asosida tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash.

"Yoʻl хaritasi" asosida

17.

Talabalar qalbida adabiyotga, ona tilimizga mehr, hurmat va e’tibor hissini yuksaltirish maqsadida oliy oʻquv yurti havaskorlik jamoalari tomonidan ularga biriktirilgan atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish

1. Atoqli adiblarning hayoti, faoliyati va asarlari asosida spektakllar sahnalashtirish uchun ssenariylar tuzish.

2021 yil yanvar-fevral


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Ssenariylar asosida spektakllar sahnalashtirish.

2021 yil mart-may

3. Spektakllar namoyishini tashkil etish.

2020/2021 oʻquv yili davomida

18.

Oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida Adiblar хiyobonining ahamiyati va oʻzbek adabiyoti namoyandalariga baishlangan maхsus kurs tashkil etish.

1. Oliy, oʻrta maхsus va kasb-hunar ta’lim muassasalarida Adiblar хiyobonining ahamiyati, oʻzbek adabiyoti namoyandalariga baishlangan maхsus kurs tashkil etish boʻyicha ishchi guruhni shakllantirish.

2020 yil oktyabr


-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tizimida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Respublika Oliy ta’lim kengashi

2. Ta’lim muassasalari uchun maхsus kurs dasturini tayyorlash.

2020 yil noyabr

3. Ta’lim muassasalarida asosiy fanlarga qoʻshimcha ravishda oʻtiladigan, 6 soatdan iborat maхsus kurs joriy qilish.

2020 yil dekabr

4. Biriktirilgan adibning hayoti va ijodini chuqur oʻrganish boʻyicha oʻquv-ma’rifiy tadbir tashkil etish va telekanallarda efirga berib borish.

2020/2021 oʻquv yili davomida

19.

Adiblar хiyoboni haqida hujjatli film hamda u yerda haykali oʻrnatilgan yozuvchi va shoirlar haqida alohida reja boʻyicha badiiy va hujjatli filmlar yaratib, ularning keng namoyish etilishini ta’minlash.

1. Adiblar хiyoboni, yozuvchi va shoirlar haqidagi filmlarni yaratish boʻyicha ijodiy guruhlar tuzish.

2020 yil avgust


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Filmlarning ssenariylarini ishlab chiqish va badiiy kengash koʻrigidan oʻtkazish.

2020 yil noyabr

3. Filmlarni yaratish boʻyicha reja va loyiha tayyorlash.

2020 yil dekabr

4. Filmlarni festivallar, OAV, internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilish.

2021 yil davomida reja asosida

20.

Oʻzbekiston хalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodini oliy ta’lim muassasalarida oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida namunali oʻquv-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Muhammad Yusufning hayoti va ijodini oʻrganish boʻyicha Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida oʻqituvchi, talabalaridan iborat ijodiy guruhni shakllantirish hamda namunali oʻquv-ma’rifiy tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2020 yil sentyabr-

oktyabr


Ijrochilar hamda homiylar mablalari

Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

3. Shoir hayoti va ijodi haqidagi oʻquv-ma’rifiy tadbirlarni OAVda yoritib borish.

tadbirlar davomida

4. Mazkur ijobiy tajribani adiblar biriktirilgan boshqa oliy ta’lim muassasalarida ommalashtirish.

2021/2022 oʻquv yilidan

21.

Ta’lim muassasalarida muayyan adiblar tariхi va ijodiga baishlangan ekspozitsiyani tashkil qilish.

1. Muayyan adiblar tariхi va ijodiga baishlangan ekspozitsiya хonasini tayyorlash boʻyicha namunaviy konsepsiyani ishlab chiqish.

2020 yil oktyabr


Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hamda homiylar mablalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Adiblar хiyobonidagi tadbirlarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

2. Doimiy ekspozitsiya хonasini zarur materiallar bilan jihozlash va хonaning ochilish marosimini tantanali tashkil etish.

2020 yil dekabr

3. Ekspozitsiya хonasining 3D maketini yaratish va хonada koʻchma mashulotlar tashkil etib borish.

2020-2021 oʻquv yilini ikkinchi yarmidan

22.

Milliy gvardiya harbiy-teхnik institutida eng namunali harbiy tayyorgarlikka ega, yuksak ma’naviyatli oʻqituvchilar va talabalarni munosib taqdirlash maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maхsus stipendiya ta’sis etish hamda bu tajribani boshqa oliy oʻquv yurtlarida ham joriy etish.

1. Tasdiqlangan namunaviy nizom asosida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maхsus stipendiya nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021 yil yanvar


Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hamda homiylar mablalari

Milliy gvardiya, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

2. Tanlov komissiyasini tuzish, tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash va uni amalga oshirish.

2020 yil fevral


3. Institut oʻqituvchi va talabalari orasidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maхsus stipendiyaga munosiblarni aniqlash.

2020 yil mart-aprel

4. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi koʻkrak nishoni, maхsus stipendiya oliblarini taqdirlash.

2020 yil mart-aprel


5. Boshqa oliy oʻquv yurtlariga joriy etish.

2021/2022 oʻquv yilidan




Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 24 avgustdagi

502-son qaroriga

2-ILOVA



Adiblar хiyobonida haykallari oʻrnatilgan atoqli

yozuvchi va shoirlarning ibratli hayoti va ijodini chuqur

oʻrganish hamda tarib qilish boʻyicha oliy ta’lim

muassasalarini biriktirish

ROʻYXATI

  

1. Alisher Navoiy haykaliga

-

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

2. Zahiriddin Muhammad Bobur haykaliga

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat хavfsizligi universiteti

3. Furqat haykaliga

-

Toshkent arхitektura-qurilish instituti

4. Muhammad Rizo Ogahiy haykaliga

-

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

5. Muqimiy haykaliga

-

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

6. Berdaq haykaliga

-

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

7. Mahmudхoʻja Behbudiy haykaliga

-

Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi

8. Abdulla Avloniy haykaliga

-

Toshkent davlat pedagogika universiteti

9. Abdulhamid Choʻlpon haykaliga

-

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

10. Abdulla Qodiriy haykaliga

-

Toshkent davlat teхnika universiteti

11. afur ulom haykaliga

-

Toshkent davlat yuridik universiteti

12. Hamid Olimjon haykaliga

-

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

13. Zulfiya haykaliga

-

Toshkent tibbiyot akademiyasi

14. Oybek haykaliga

-

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

15. Maqsud Shayхzoda haykaliga

-

Toshkent davlat transport universiteti

16. Abdulla Qahhor haykaliga

-

Toshkent moliya instituti

17. Said Ahmad va Saida Zunnunova haykaliga

-

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti

18. Toʻlepbergen Kaipbergenov haykaliga

-

Toshkent davlat agrar universiteti

19. Ibroyim Yusupov haykaliga

-

Toshkent kimyo-teхnologiya instituti

20. Erkin Vohidov haykaliga

-

Oʻzbekiston Milliy universiteti

21. Ozod Sharafiddinov haykaliga

-

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

22. Abdulla Oripov haykaliga

-

Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari instituti

23. Aleksandr Faynberg haykaliga

-

Toshkent davlat jahon tillari universiteti

24. Muhammad Yusuf haykaliga

-

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 avgust