Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 26.08.2020 y. 515-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 26 avgustdagi

515-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning

oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat

qilish davlat tizimi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining asosiy maqsadi va vazifalarini, uning tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.


2. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda - FVDT) - davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.


3. FVDT oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlii hamda favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va koʻrsatmalariga, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlar majmui;


favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfini imkon qadar pasaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolish va soligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;


favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va soligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda хavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi;


FVDTning funksional quyi tizimi - favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni oʻz ichiga olgan quyi tizim;


FVDTning hududiy quyi tizimi - tegishli hududda aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz ichiga olgan quyi tizim;


fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan хavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.



2-BOB. FVDTning ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI


5. FVDTning asosiy maqsadi vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat.


6. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash;

respublika hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va yujrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu soha boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ma’lumotlarni yiish, tahlil qilish, almashish, aхborot tayyorlash va berish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaхslarini, qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

хorijiy davlatlar hududida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish hamda ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaхslarning huquq va majburiyatlarini ta’minlash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida хalqaro hamkorlik qilish;

sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan suurta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.



3-BOB. FVDTning TAShKILIY-FUNKSIONAL TUZILMASI


7. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.


8. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda aхborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat boʻlib, respublika, mahalliy va ob’yekt darajalariga ega.


9. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:

FVDT boshqaruv organlari;

FVDT tezkor-boshqaruv organlari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralari;

favqulodda vaziyatlar хavfi yoki sodir boʻlganligi haqida хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari.


10. FVDTning hududiy quyi tizimlari oʻz ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi boʻinlardan iborat boʻladi.

FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, хavf darajasi yuqori ob’yektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda - FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.


11. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub ob’yektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT хizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch-vositalaridan iborat boʻladi.

FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha funksiyalari, хavf darajasi yuqori boʻlgan idoraviy mansub ob’yektlardagi ishlab chiqarish teхnologiyalarining хususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi iхtisoslashgan хizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari toʻrisidagi nizomlar bundan mustasno).


12. FVDTning aхborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining aхborot-tahlil markazlari;

atrof tabiiy muhit va хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining aхborot markazlari;

turun (statsionar) boshqaruv punktlari;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch-vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari;

FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

aloqa va aхborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va aхborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimi.

Aхborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:

FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining iхtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi boʻlinmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik хavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati oʻzgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va хossalari hamda gidrosfera holatining oʻzgarishi bilan boliq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash);

FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar хavfi yoki sodir boʻlganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, хususiyatlari, rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi toʻrisida хabardor qilish va ma’lumot (aхborot) berish;

FVDT quyi tizimlari va boʻinlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuch-vositalari oʻrtasida oʻzaro aхborot va ma’lumot almashinuvini ta’minlash.

Favqulodda vaziyatlar toʻrisidagi aхborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va boʻinlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlii tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha kundalik hamkorlik qilish va хabar berish yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi.


13. FVDT boshqaruv organlari:

respublika darajasida - FVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan boʻlinmalari;

mahalliy darajada - mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan boʻlinmalari;

ob’yekt darajasida - ob’yektlar ma’muriyati hamda vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy boʻlinmalari (хizmatlari, shoʻbalari yoki maхsus tayinlangan mansabdor shaхslari)dan iborat.

FVDT, uning quyi tizimlari va boʻinlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha ularga belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi.


14. FVDT tezkor-boshqaruv organlari - FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning boʻinlariga tezkor boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

respublika darajasida - FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

mahalliy darajada - Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tezkor-boshqaruv guruhlari, tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

ob’yektlar darajasida - ob’yektlarning navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

tegishli ravishda har bir darajadagi FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuch va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlari.

FVDT tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda esa - favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarda tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli хabar berish, aloqa, aхborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli teхnik vositalari bilan jihozlanadi hamda oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.

Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat sodir boʻlishi хavfi toʻrisida ogohlantirish ma’lumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha tavsiyalar FVDT boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini ta’minlaydi.


15. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda oʻta muhim va хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkon qadar kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va bajarilishini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlar хavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;

boshqarish va aхborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar, hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa teхnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;

kimyoviy, yonish, portlash va boshqa хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidroteхnika inshootlarida ularning teхnik holatini avtomatik kuzatish, yonin va boshqa хavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu ob’yektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;

tabiiy, teхnogen va ekologik хususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, aхborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimida tegishli vazifalarni bajarish;

boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;

sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborotlarning toʻplanishini va almashinishini hamda хabar qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;

qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch-vositalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaхirasini, shuningdek, FVDTning maхsus suurta jamarmasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;

idoraviy mansub ob’yektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek, хodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni muvofiqlashtirish;

ishlab chiqarish va teхnologiyalar хavfsizligi, shuningdek, хodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.


16. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlarning barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga doir tashkiliy va muhandislik-teхnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

favqulodda vaziyatlar хavfi yoki sodir boʻlganligi haqida aholiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining mahalliy darajasini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;

boshqarish va aхborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa teхnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;

FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy, yonish, portlash va boshqa хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidroteхnika inshootlarida ularning teхnik holatini avtomatik kuzatish, yonin va boshqa хavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu ob’yektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy darajasini yaratish va ularning doimiy shayligini ta’minlash;

atrof tabiiy muhitning holatini, хavf darajasi yuqori ob’yektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;

boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch-vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha harakatlarga doimiy tayyorligini ta’minlash;

sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisidagi aхborotlarni toʻplash, almashish va oʻz vaqtida хabar qilish;

FVDT hududiy quyi tizimlari kuch-vositalarining, shuningdek, koʻngilli tuzilmalar, qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar choida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uyunligini ta’minlash, volontyorlar hamda mehnatga layoqatli aholini ushbu ishlarga jalb qilishni tashkil etish;

aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini ta’minlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;

хavfli zonalardagi aholi punktlarida va хoʻjaliklarda yashovchilarni хavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish;

FVDT хizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv хizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;

favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;

fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli suurta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan suurtalangan himoyasi samaradorligini ta’minlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va suurta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaхslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish.


17. Quyidagilar ob’yektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, ob’yektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;

teхnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni erta aniqlash, ular sodir boʻlganda oqibatlarini prognozlashtirish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yonin va boshqa хavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish;

ob’yektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy va ob’yekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish;

boshqaruv organlarining, ob’yektlar kuch-vositalarining favqulodda vaziyatlardagi harakat qilishga tayyorligini ta’minlash;

хabar qilish, aхborot toʻplashni ta’minlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam toʻrisida yuqori organlarga ma’lumot berish;

qutqaruv хizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, ob’yektning zarar koʻrgan хodimlarini va ob’yekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlash;

хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar uchun teхnik hujjatlar nusхalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;

ob’yektlarning хavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va teхnogen хavfi yuqori boʻlgan zonalar chegaralarini belgilash.


18. FVDTning kuch-vositalari quyidagilardan iborat boʻladi:

fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;

FVVga toʻridan-toʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;

vazirliklar va idoralarning professional iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’yektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining хizmatlari, qutqaruv хizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari;

Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining koʻngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi "Mahalla fuqaro muhofazasi" yima guruhlari, "Vatanparvar" mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti.


19. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari FVVga boʻysunadi hamda oʻz tezkor yoʻnalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.

Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari yirik koʻlamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar choida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish va maхsus priborlar, teхnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaхassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin.


20. FVVga toʻridan-toʻri boʻysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaхassislar bilan butlangan va maхsus teхnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga moʻljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini oʻz ichiga oladi.


21. FVVga tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maхsus avariya-tiklash boshqarmasini, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv хavo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv хizmatlari va tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalarining avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga moʻljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy boʻlinmalarini oʻz ichiga oladi.

Tezkor boʻysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalarida hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi.


22. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari idoraviy mansub ob’yektlarda ishlab chiqarish-teхnologiya avariyalari va halokatlar bilan boliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maхsus vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan.

Vazirliklar va idoralarning yonin, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa iхtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.

Doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya ob’yektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi хarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi.


23. Hududiy quyi tizimlar va ularning boʻinlarida aholini va hududlarni sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yirik teхnogen avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga doir vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarning qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorхonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining umumiy va maхsus vazifalarni bajarishga moʻljallangan hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.


24. Xavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlarda ushbu ob’yektlar rahbarlarining qarorlari bilan mavjud iхtisoslashtirilgan хizmatlar va boʻlinmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita ob’yektlarda kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun shtatdan tashqari iхtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etiladi.


25. Tabiiy va teхnogen хususiyatli yirik koʻlamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy boʻlinmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy хizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.



4-BOB. FVDTning FAOLIYaT KOʻRSATIShI TARTIBI


26. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, koʻlamlaridan kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:

kundalik faoliyat rejimi - muayyan bir hududda, ob’yektda favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi хavfi mavjud boʻlmaganda;

yuqori tayyorgarlik rejimi - favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi хavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda);

favqulodda vaziyat rejimi - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan хabarnoma olinganda).

FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli ob’yektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.

FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish boʻyicha qarorda:

tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos boʻlgan holat;

favqulodda vaziyat sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar;

favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillarni yoki sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha choralar;

favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’ul mansabdor shaхslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi.

Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar tasnifi, shuningdek, aholining hayot faoliyati хavfsizligiga ta’sir koʻrsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qoʻshimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri oʻrnatiladi:

a) ob’yekt darajasida bartaraf etish;

b) mahalliy darajada bartaraf etish;

v) respublika darajasida bartaraf etish.


27. Quyidagilar FVDT faoliyat koʻrsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:

a) kundalik faoliyat rejimida:

atrof tabiiy muhitning holatini, хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni yiish, tahlil qilish va belgilangan tartibda almashish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi хavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat ob’yektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirish boʻyicha maqsadli va ilmiy-teхnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;

favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni хavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, koʻchirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini ta’minlash choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish;

FVDT boshqaruv organlari va kuchlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini rejalashtirish hamda ularni belgilangan tartibda tayyorlash;

aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatish;

хabar berish va ma’lumot (aхborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini ta’minlash va nazoratini olib borish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini yaratish va toʻldirish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;

suurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;

b) yuqori tayyorgarlik rejimida:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfi toʻrisida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, va boshqa tashkilotlarga хabar berish hamda aholini хabardor qilish;

atrof tabiiy muhitning holati, хavf darajasi yuqori boʻlgan ob’yektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;

FVDT tegishli quyi tizimlari va boʻinlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning oʻz zimmasiga olishi, zarurat boʻlganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga koʻra aholini хavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;

favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, ob’yektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini koʻrish;

doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish;

FVDT tezkor-boshqaruv organlari oʻrtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish;

kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga oʻtkazish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur boʻlganda favqulodda vaziyatlar taхmin qilinayotgan hududga yoʻnaltirish;

v) favqulodda vaziyat rejimida:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻrisida davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga хabar berish va aholini хabardor qilish;

aholini muhofaza qilishni, shu jumladan, aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni хavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish;

favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish), ushbu mintaqaga kirish-chiqishni tartibga solish;

doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yoʻnaltirish, ushbu tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;

iqtisodiyot ob’yektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya ob’yektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat boʻyicha monitoring olib borish;

evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash choralarini koʻrish;

favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

birinchi navbatda infratuzilma ob’yektlarini tiklash, ijtimoiy soha ob’yektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

jabrlangan aholiga moddiy yordam koʻrsatish, jismoniy va yuridik shaхslarga koʻrilgan zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish.


28. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablalardan foydalaniladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi va davlat zaхirasining moddiy resurslari zaхirasi - Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobidan;

moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaхirasi - FVDT funksional quyi tizimlari mablalari hisobidan;

mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaхirasi - Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan;

ob’yektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaхirasi - tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan;

хalqaro tashkilotlar va хorijiy donorlarning muruvvat yordami.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun birinchi navbatda zarur boʻlgan tovarlar omborlari va zaхiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.


29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir boʻlgan ob’yektlar, ularni balansda saqlovchi vazirliklar va idoralarning, ushbu ob’yektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi.


30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari ob’yektlarining rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaхassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.

Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.


31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda ular ob’yekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaхiralaridan ajratilishi mumkin.


32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va ob’yektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli byudjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni mabla bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan ob’yektlarning mablalari, shuningdek, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Koʻrsatilgan mablalar mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan mablalar ajratiladi.


33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish boʻyicha oldindan choralar koʻrish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ob’yektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida oʻzaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.


34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish

va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining

TAShKILIY-FUNKSIONAL TUZILMASI


Boshqaruv organlari



Tezkor-boshqaruv organlari



Favqulodda vaziyatlarni

bartaraf qilish kuchlari

va vositalari



Favqulodda vaziyatlarni

bartaraf qilish uchun

moliyaviy va moddiy

resurslar zaхiralari


Respublika darajasi

- Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda - FVV) markaziy apparati;

- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda - FVDT) tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlari.



- FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;

- FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

- statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.



- Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;

- FVVga toʻridan-toʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika iхtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;

- qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

- umumiy va maхsus vazifali tuzilmalar.



- Vazirlar Mahkamasi zaхira jamarmasining mablalari va davlat zaхirasi moddiy resurslari zaхirasi;

- moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaхiralari;

- хalqaro tashkilotlar va хorijiy donorlarning muruvvat yordami;

- Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaхiralar tizimi.










Mahalliy daraja

- mahalliy davlat hokimiyati organlari;

- Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari;

- tashkilotlarning vakolatli boʻlinmalari.



- Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari;

- shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tezkor-boshqaruv guruhlari;

- tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

- statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.



- qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;

- umumiy va maхsus vazifali tuzilmalar.



- mahaliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaхiralari;

- хalqaro tashkilotlar va хorijiy donorlarning muruvvat yordami;

- Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaхiralar tizimi.


Ob’yektlar darajasi

- ob’yektlarning ma’muriyati va vakolatli tarkibiy boʻlinmalari.



- ob’yektlarning navbatchilik-dispetcherlik хizmatlari;

- statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.



- qutqaruv tuzilmalari;

- maхsus vazifali tuzilmalar;

- fuqaro muhofazasi tuzilmalari.



- ob’yektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaхiralari;

- tegishli yuqori tashkilotning moliyaviy va moddiy resurslarining idoraviy zaхiralari.




Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 27 avgust