Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 y. 533-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.09.2020 y.

N 533




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT ChEGARASIDA ANIQLANGAN

EGASIZ AShYoLAR TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni rasmiylashtirish, saqlash va ularga nisbatan qaror qabul qilishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolarni rasmiylashtirish;

egasiz ashyolarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizligi хizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga olib kelishda хavfsizlik choralarini ta’minlash;

egasiz ashyolarni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;

egasiz ashyolarni saqlash va ularni ekspertizadan oʻtkazish (baholash) tartibi;

aniqlangan egasiz ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish va uni bajarish tartibi.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 2 sentyabr