Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.09.2020 y. 550-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.09.2020 y.

N 550




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YoShLAR

IShLARI AGENTLIGI TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 30 iyundagi PF-6017-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2020 yil 30 iyundagi PQ-4768-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Yoshlar ishlari agentligining huquqiy maqomi va tuzilmasi;

Agentlik va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;

Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan, direktor oʻrinbosarlarining soha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;

Agentlik faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hay’at va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlarining huquqiy maqomi;

Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning хodimlarini moddiy rabatlantirish tartibi.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                        A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 12 sentyabr