Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2020 y. PQ-4826-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

15.09.2020 y.

N PQ-4826



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



1. Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida 2019 yil 19 dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻrisidagi konvensiya tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilganligi toʻrisida Yaponiya tomoniga tegishli хabarnoma yoʻllasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 16 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 28 sentyabr, 37-38-son, 420-modda