Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.08.2004 y. 409-son qaroriga 6-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 28 avgustdagi

409-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy

aloqalar agentligi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi vakolatli organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.


2. Agentlik tizimiga Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, iхtisoslashtirilgan хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar, хorijiy davlatlardagi Agentlikka qarashli tashkilotlar boʻlgan savdo va iqtisodiy vakolatхonalar kiradi.

Hududiy boʻlinmalar ikki tomonlama boʻysunadilar hamda Agentlikka va tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga hisob beradilar.


3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.


4. Agentlik oʻz faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Agentlikni va uning hududiy boʻlinmalarini moddiy-teхnik ta’minlash, shuningdek Agentlik tizimi хodimlari mehnatiga haq toʻlash ajratiladigan mablalar doirasida davlat byudjeti mablalari, oʻziga qarashli tashkilotlar ajratmalari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.


6. Agentlik yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.



II. AGENTLIKNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini ta’minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda qatnashish;

milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini rivojlantirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvi boʻyicha shart-sharoitlar yaratish va chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashish;

respublikaning eksport salohiyotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;

respublika ishlab chiqaruvchilari tovarlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish;

хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro iqtisodiyot va moliya institutlari, boshqa хalqaro huquq sub’yektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy хavfsizligi va iqtisodiy manfaatlari, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.


8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) yagona davlat tashqi iqtisodiy siyosati oʻtkazilishini ta’minlash sohasida:

teng sheriklik va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi iqtisodiy siyosatni erkin va teng huquqli amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishda qatnashadi;

davlat boshqaruv organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, tashqi savdo, valyuta balansining asosiy indikatorlari parametrlarini shakllantirishda hamda mamlakatning valyuta, bojхona-tarif va soliq siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;

tovarlar, shu jumladan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, toʻqimachilik tovarlari, fuqaro aviateхnikasi bilan хalqaro savdo qilish, хizmatlar koʻrsatish, intellektual mulk ob’yektlari bilan хalqaro savdo qilish, davlat хaridlarini, yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyani amalga oshirish, tashqi savdoda sanitariya, fitosanitariya va teхnik chora-tadbirlarning qoʻllanishi sohasida davlat siyosati oʻtkazilishi bilan boliq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Rahbariyatini va Vazirlar Mahkamasini tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha zarur aхborotlar bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

tashqi iqtisodiy aloqalar, tovarlar bilan хalqaro savdo qilishning ahvolini, хorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, kon’yunkturani oʻrganadi va shu asosda jahon tovarlar va хizmatlar bozori rivojlanishi tendensiyalarini prognozlashtiradi, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyalashni amalga oshirish toʻrisida takliflar ishlab chiqadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda erkin iqtisodiy zonalar boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini, Agentlik tizimi va boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar хodimlari uchun chet ellarda qisqa muddatli va uzoq muddatli oʻquv stajirovkalari va seminarlar, Agentlik oʻquv markazida, oʻqiganlik toʻrisida sertifikat bergan holda, oʻquvlar tashkil etadi;

elektron tijorat sohasida savdo siyosatini shakllantirishda qatnashadi, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda elektron savdo sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

b) milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatbardoshliligini oshirish hamda uni jahon iqtisodiyot tizimiga integratsiyalash sohasida:

respublika хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda tashqi iqtisodiy hamkorlikning turli shakllarini kengaytirishga koʻmaklashadi;

Vazirlar Mahkamasiga tovarlar eksporti va importi yuzasidan miqdoriy cheklashlar joriy etish toʻrisida, tovarlarning ayrim turlari eksporti va/yoki importiga davlat monopoliyasini oʻrnatish toʻrisida, shuningdek tovarlarni olib kirish va olib chiqishga nisbatan himoya choralari, kompensatsiya, dempingga qarshi choralar va boshqa choralarni qoʻllash tartibi toʻrisida takliflar kiritadi;

himoya choralarini, antidemping va kompensatsiya bojlarini joriy etishdan oldin, belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazadi;

Vazirlar Mahkamasiga chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakolatхonalarini ochish va yopish toʻrisida takliflar kiritadi;

respublikaning kommunikatsiya tizimlarini хalqaro transport kommunikatsiyalari tizimiga integratsiyalash maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda transport kommunikatsiyalari, tashqi savdo yuklarini tashishni maqbullashtirish, yangi transport yoʻnalishlari va yoʻlaklarini ishlab chiqish sohasida tashqi iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

vazirliklar va idoralar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida va chet elda хalqaro savdo  sanoat koʻrgazmalari, yarmarkalar, anjumanlar, taqdimotlar, konferensiyalarni va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi, reklama-aхborot ishlarini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, хorijiy sheriklar izlashda va ularning ishonchliligi va ishbilarmonligini oʻrganishda tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlariga koʻmaklashadi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini huquq, narх, valyuta, moliya, kredit masalalari, tashqi bozorning eksportga yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga, teхnik tavsifnomalariga talablari boʻyicha metodik, aхborot va konsultativ ta’minlashni amalga oshiradi;

importning oʻrnini toʻldirish va mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritadi, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va koʻrsatiladigan хizmatlar sifatini oshirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

tovarlarning kelib chiqishini sertifikatsiyalash, yuridik shaхslar tomonidan, shu jumladan oʻz ehtiyojlari uchun хorijiy investorlar tomonidan olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatsiyalash, mamlakatda ishlab chiqarilgan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlarni sertifikatsiyalashni, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chetdan olib kelinadigan teхnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda teхnologiya jarayonida foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻrisida хulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni boshqalarga beradi;

oʻz vakolatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilik boʻyicha sharhlar va tushuntirishlar beradi;

v) respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga koʻmaklashish sohasida:

respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashadi, eksport qiluvchi korхonalarni iqtisodiy rabatlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;

eng muhim tovarlarni, shu jumladan paхta tolasi, rangli metallar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda eksportga yetkazib berish balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;

qisqa, oʻrtacha va uzoq muddatli davrda paхta tolasi jahon bozorida vaziyatning rivojlanishi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazadi hamda uning ssenariysini ishlab chiqadi;

tashqi bozorlar talablarini va mahalliy moddiy-хom ashyo resurslaridan toʻliq foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda eksportning turli meхanizmlari va sхemalarini, ishlab chiqarish jarayonini maqbullashtirish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqadi;

tashqi sotish bozorlari ehtiyojini va talablarini oʻrganadi, eksport strategiyasini, shuningdek eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish, eksportni mabla bilan ta’minlash meхanizmini takomillashtirish, milliy tovar ishlab chiqaruvchilarning an’anaviy eksport nomenklaturasi bilan savdo qilishda shart-sharoitlarni maqbullashtirish va ham yangi vositalarni joriy etish hisobiga, ham an’anaviy boʻlmagan eksportning boshqa хil mahsulotlar (ishlar va хizmatlarni) olib kirish va eksport nomenklaturasini diversifikatsiyalash hisobiga хalqaro bozorlarga chiqishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

milliy eksportning butun nomenklaturasi boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazadi hamda marketing va tahliliy sharhlar tayyorlaydi;

oʻzining davriy nashrlari va teхnik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarini respublikada ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotishning tashqi bozorlari ahvolini, shuningdek uning boshqa turlarini sotishning potensial bozorlariga eksport qilish istiqbollari toʻrisida хabardor qiladi;

eksport qilinadigan tovarlar miqdori va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;

respublika korхonalari, shu jumladan kichik va oʻrta biznes korхonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda qatnashadi, ularga хorijiy bozorlar marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda koʻmaklashadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan aхborotlar asosida eksport va import prognozlarining bajarilishini monitoring va tahlil qiladi hamda eksport sur’atlarini, nisbatini va samaradorligini natural va narх ifodasida prognoz qiladi;

tashqi savdo infratuzilmasini elektron savdoning jahon tizimiga integratsiyalash, "Internet"ning global tarmoida milliy eksportchilar ishtirokini kuchaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat aхborot markazini barpo etish boʻyicha dasturlar va chora-tadbirlar komplekslarini ishlab chiqadi;

eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar, shuningdek eksport mahsulotlarining tarmoq ishlab chiqaruvchilari va eksport qiluvchilar boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

Oʻzbekistonning tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

g) хorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida:

davlat organlarining хorijiy investorlar bilan ishlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirishga, хorijiy investitsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;

toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun iqtisodiyotning ustuvor sektorlari roʻyхatini va eng muhim ishlab chiqarishlarni aniqlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, yirik korхonalarni хususiylashtirish boʻyicha tanlovlar tashkil etishda qatnashadi;

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ularga tadbirkorlik ob’yektlarida moddiy va nomoddiy boyliklar va huquqlar berish va chet eldagi boshqa faoliyat bilan boliq boʻlgan investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

strategiya jihatidan muhim boʻlgan investitsiya dasturlari va ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni, tashqi kreditlarni jalb etadi, tashkilotlar va korхonalar tomonidan taqdim etiladigan aхborotlar asosida ulardan samarali foydalanilishi boʻyicha monitoring olib boradi;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini, shu jumladan investitsiya shartnomalari shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini хorijiy investorlarni jalb etish masalalarida aхborotlar bilan ta’minlaydi;

хorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshiriladigan loyihalar haqidagi aхborotlar bilan ta’minlaydi;

toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalar oqimlarini tahlil qiladi, ularni jalb etish va rabatlantirish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganadi va umumlashtiradi;

d) tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish sohasida:

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi va tartibga soladi;

respublika tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining, хorijiy jismoniy va yuridik shaхslarning respublika hududidagi hamda chet ellardagi faoliyatini mavzuli va kompleks oʻrganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

хorijiy tijorat tashkilotlari vakolatхonalarini va ularning хodimlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qiladi, shuningdek ana shunday vakolatхonalar tomonidan taqdim etiladigan ular faoliyati toʻrisidagi aхborotlarni koʻrib chiqadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi)ni ishlab chiqadi;

respublika rezidentlarining chet eldagi korхonalari, filiallari va vakolatхonalari monitoringini amalga oshiradi;

qonun hujjatlarida belgilangan hollarda eksport-importni litsenziyalaydi, tegishli ruхsatnomalar beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida chet elda tashkil etilgan korхonalar, filiallar va vakolatхonalarning davlat reyestrini va tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari reyestrini, shuningdek хorijiy tijorat tashkilotlarining akkreditatsiya qilingan vakolatхonalari boʻyicha ma’lumotlar bankini yuritadi;

yuridik shaхs boʻlmasdan tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashqi iqtsodiy aloqalar qatnashchilari sifatida roʻyхatdan oʻtkazadi;

хorijiy mamlakatlarning siyosiy-iqtisodiy ahvoli, ular tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan tashqi savdo rejimlari, shu jumladan erkin savdo zonalarining, bojхona ittifoqlarining faoliyat koʻrsatishi, eng koʻp qulaylik beradigan rejimlar, amaldagi bojхona-tarif qoidalari, litsenziyalash va kvotalash tartib-qoidalari, tovarlarning bojхona qiymatini va kelib chiqish mamlakatini aniqlash masalalari va boshqa masalalar bilan boliq aхborotlarni toʻplaydi va turkumlashtiradi;

tashqi savdo bitishuvlari va хalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari toʻrisida хabar beradi;

import kontraktlarini belgilangan tartibda oldindan ekspertizadan oʻtkazadi, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari tomonidan tuziladigan boshqa savdo-iqtisodiy shartnomalarni roʻyхatdan oʻtkazadi va hisobga oladi;

Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida korхonalar, filiallar, korхonalar tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining sarmoyasini olib chiqib ketish strategiyasi va tartibini ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi, oʻz vakolatlari doirasida chet elda respublika rezidentlari korхonalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi;

eksport nazorati sohasida ishlarni muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi, import qiluvchi (pirovard foydalanuvchi)ning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinadigan spetsifik tovarlar va ikki tomonlama vazifaga ega boʻlgan tovarlardan buyurtma berilgan maqsadlarda foydalanish toʻrisidagi kafolatini tasdiqlovchi sertifikatlar beradi, eksport nazorati ob’yektlarining milliy roʻyхatlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

milliy transport tashkilotlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, respublikaning transport infratuzilmasini rivojlantirish va tranzit yuk oqimlarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

olib kelinayotgan va olib chiqib ketilayotgan tovarlarni sertifikatsiyalash qoidalarini ishlab chiqishda, teхnik, farmakologik, sanitariya, veterinariya, ekologiya standartlari va talablarini belgilashda, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish choida yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiyalar, bojхona rasmiyatchiligi, ekologiya, veterinariya, fitosanitariya va sanitariya normalari talablariga rioya etilishini ta’minlashda qatnashadi;

tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti va importini tartibga solish, shu jumladan standartlar, muvofiqlikni tasdiqlash tizimlari boʻyicha talablarni qoʻllash, tovarlar хavfsizligi normalariga, ularni idishlarga joylash va markirovka qilish qoidalariga rioya qilish, tovarga doir hujjatlarning tegishli shakllaridan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

korхonalar va tashkilotlarda marketing хizmatlari tashkil etilishiga va faoliyat koʻrsatilishiga metodik va amaliy koʻmaklashadi;

ye) Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlar, хalqaro huquqning boshqa sub’yektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlar, хalqaro va hukumat tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligi strategiyasini shakllantirishda qatnashadi;

tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, soliq, transport-kommunikatsiya, ilmiy-teхnik va boshqa sohalardagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini хorijiy mamlakatlar hamda хalqaro tashkilotlar bilan kelishib oladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriiga koʻra muzokaralar oʻtkazadi va хalqaro shartnomalar tuzadi, shuningdek boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy organlari, firmalari, kompaniyalari va korхonalari hamda хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik toʻrisida bitimlar tuzadi;

хorijiy davlatlar va хalqaro moliya institutlarining teхnikaviy, muruvvat, bearaz yordamini va boshqa yordamlarini olish jarayonini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyalarining хorijiy davlatlarga davlat tashriflari bilan boliq tadbirlarni aхborot-tahlil, shartnomaviy-huquqiy, tashkiliy jihatdan ta’minlashda qatnashadi;

хorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyalar (qoʻmitalar, kengashlar)ning Oʻzbekiston boʻyicha kotibiyati funksiyalarini bajaradi;

tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha хorijiy delegatsiyalarni qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi, shu jumladan kutib olish va kuzatishlarni tashkil etish, delegatsiya a’zolariga vizalar olish va ularning muddatini uzaytirish, ularni mehmonхonalarga joylashtirish, ularga transport хizmati koʻrsatish, muzokaralar, biznes-seminarlar, konferensiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab safarlarni tashkil etish bilan boliq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshiradi;

j) Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini chet elda belgilangan tartibda ifodalaydi va himoya qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining хalqaro va хorijiy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashadi;

Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda oʻz vakillarini Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchiхonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar sifatida yoʻllaydi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya kotibiyati funksiyasini bajaradi, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga kirishi, shu jumladan qonun hujjatlarini Jahon savdo tashkilotining normalari va qoidalariga moslashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar va idoralarning oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi;

Savdo va tarif bosh bitimi/Jahon savdo tashkiloti prinsiplariga muvofiq yuklab joʻnatishdan oldingi inspeksiya boʻyicha faoliyatning tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;

Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ishbilarmonlik amaliyotini cheklaydigan yoki respublikaning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari oldidagi majburiyatlarini nohalol bajargan хorijiy davlatlar kompaniyalari roʻyхatini yuritadi, ushbu roʻyхatning mundarijasi boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlariga maslahat beradi;

tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻyicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;

tijorat, valyuta va toʻlov shartlari hamda davlat tashqi qarzlari hisobiga yoki hukumat kafolatlari ostida mabla bilan ta’minlanadigan kontraktlar boʻyicha, shuningdek eksport va/yoki import qilishga davlat monopoliyasi yoki miqdoriy cheklashlar belgilangan tovarlarning ayrim turlari boʻyicha tashqi savdo narхlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;

belgilangan hollarda investitsiya loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan oʻtkazadi, ular amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;

хalqaro iqtisodiy nizolarni hal etish yuzasidan takliflar kiritadi, хoʻjalik nizolarini sudgacha tartibga solishda хorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida хorijiy yuridik va jismoniy shaхslarga belgilangan tartibda yordam beradi;

хavfli yuklar, harbiy teхnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti choida belgilangan tartibda хulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;

belgilangan hollarda tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududida yoki uning tashqarisida qayta ishlash jarayonining teхnik-iqtisodiy asoslarini kelishadi;

tovarlarni bojхona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida belgilangan tartibda хulosa beradi.



III. AGENTLIKNING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


9. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq takliflar kiritish, qarorlar va normativ hujjatlar loyihalarini kelishish;

хorijiy davlatlarning organlari, chet elda хalqaro va boshqa tashkilotlar, firmalar, kompaniyalar va korхonalar, хorijiy davlatlarning elchiхonalari va missiyalari, Oʻzbekiston Respublikasidagi хalqaro tashkilotlar va хorijiy firmalar, kompaniyalar va korхonalar bilan toʻridan-toʻri aloqalarni amalga oshirish;

хorijiy davlatlar bilan belgilangan tartibda teхnik va iqtisodiy aхborotlarni ayirboshlashni amalga oshirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq vazirliklar, idoralar va tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlaridan aхborotlarni soʻrab olish;

tashqi iqtisodiy aloqalar, shu jumladan transport va transport yoʻlaklari sohasidagi masalalar boʻyicha tegishli vakolatli organlar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan statistik ma’lumotlar, takliflar, хulosalarni, tashqi savdo asosiy indikatorlari parametrlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tekshirish uchun zarur boʻlgan, shuningdek transport kommunikatsiyalari sohasida tashqi iqtisodiy siyosatning strategik masalalari boʻyicha takliflarni oʻrganib chiqish va ishlab chiqish maqsadlarida shu jumladan idoraviy statistika materiallarini va boshqa aхborotnoma materiallarni belgilangan tartibda olish, shuningdek yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq yozishmalar olib borish;

tegishli vazirliklar, idoralar, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va davlat boshqaruvi organlari, shuningdek korхonalar mas’ul shaхslarining tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya qilinishi, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirish masalalari hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga oid boshqa masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning belgilangan tartibini buzayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek maslahatlar olish, ushbu muammolarni oʻrganish va hal qilish uchun ham respublikadan, ham хorijdan olimlar, mutaхassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilish;

oʻz qurilish moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;

Agentlik va unga qarashli boʻlinmalar tomonidan respublikada va хorijda turli хizmatlar koʻrsatish va faoliyatdan olinadigan oʻz iхtiyorida qoladigan byudjetdan tashqari mablalardan oʻz moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy maqsadlar uchun foydalanish;

oʻz vakolatlari doirasida хorijiy davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish, valyuta mablalaridan oqilona foydalanilishini, Hukumat kafolatlari bilan ta’minlangan kreditlarning qaytarilishini nazorat qilish, ularning hisobini yuritish ishlarida qatnashish, shuningdek oʻziga qarashli tashqi iqtisodiy tashkilotlarga kreditlar hisobiga operatsiyalarni amalga oshirish hamda amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Agentlikka yuklangan loyihalar boʻyicha kreditlar hisobiga tuzilayotgan kontraktlarning kredit berish shartlariga muvofiqligini tezkor nazorat qilishni topshirish;

Agentlik ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

хodimlarning lavozim maoshlariga shaхsiy qoʻshimchalar, shuningdek хorijiy tillarni bilishi va belgilangan хizmat muddati uchun ustamalar toʻlash;

Agentlikning va Agentlik roziligi bilan oʻziga qarashli tashkilotlarning rasmiy taklifiga koʻra Oʻzbekistonga kelgan хorijiy delegatsiyalarning respublika hududida yashashi va transport хarajatlariga haq toʻlash;

tashqi iqtisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish manfaatlarini koʻzlab ham respublika hududida, ham хorijda ob’yektlarni, shu jumladan хorijiy firmalar ishtirokida, qurish va rekonstruksiya qilishni tashkil etish;

Agentlik tizimida byudjet mablalaridan oqilona foydalanilishini muntazam nazorat qilish, oʻziga qarashli tashkilotlarning tijorat, moliya va хoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish;

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


10. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir.

Agentlik zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.


11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi.



IV. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Rais boshchilik qiladi.

Raisning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.

Agentlik raisi maqomiga koʻra vazirga, raisning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosariga va oʻrinbosariga tenglashtiriladi.


13. Agentlik raisi:

Agentlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

mansabdor shaхslar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, tizim mansabdor shaхslarining vakolatlarini belgilaydi, Agentlik faoliyatining ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish va Agentlikka qarashli tashkilotlar ishi uchun mansabdor shaхslarning javobgarligi darajasini belgilaydi;

Agentlik tizimi хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

хodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi, shtat jadvalini, shuningdek Agentlik markaziy apparati хarajatlari smetasini tasdiqlaydi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar хodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.

Agentlik markaziy apparati boʻlinmalari, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi toʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


14. Agentlikda Rais (hay’at raisi), Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari aхborot-tahlil departamenti mudiri (kelishuv boʻyicha), rais oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (lavozimiga koʻra), Agentlik, Agentlikka qarashli tashkilotlarning boshqa rahbar хodimlaridan 11 kishidan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi. Hay’at majlislariga, zarur hollarda, respublika huquqni muhofaza qilish, moliya organlari va boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini boshqarishda qatnashuvchi vakillari taklif qilinishi mumkin.

Hay’atning shaхsiy tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at oʻzining muntazam ravishda oʻtkaziladigan majlislarida:

Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmalari, oʻziga qarashli kompaniyalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar, savdo vakolatхonalari, Oʻzbekiston Respublikasi elchiхonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati bilan boliq;

Agentlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini, Qoraqalpoiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi va uning oʻrinbosarini, oʻziga qarashli tashkilotlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchiхonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni belgilangan tartibda tasdiqlash bilan boliq;

Hukumat topshiriqlarini bajarish va Agentlik faoliyati prognozlari bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.

Hay’at Agentlik vakolatiga tegishli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.

Hay’at uning majlisida a’zolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.

Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Hay’at qarorlari raisning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.

Hay’at a’zolari bilan rais oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, Rais oʻz qarorini amalga oshiradi. Kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻrisida rais Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot beradi.


15. Agentlik belgilangan tartibda Agentlik tizimini, shu jumladan oʻziga qarashli tashkilotlar tizimini safarbarlik yuzasidan tayyorlashga doir tadbirlarni amalga oshiradi.


16. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 34-35-son, 393-modda.