Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.09.2020 y. 559-son "Togʻli hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.09.2020 y.

N 559



TOLI HUDUDLARDA TURIZM

INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRIShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Boʻstonliq tumani toli hududlarining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish, хorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimini takomillashtirish va chekka hududlarda qoʻshimcha ish oʻrinlari, zamonaviy хalqaro umummavsumiy kurortlar, mehmonхona majmualari, madaniy-solomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turistik ahamiyatli ob’yektlar barpo etish, mamlakatning toli hududlaridagi zamonaviy muhandislik infratuzilmasini qurish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 27 avgustdagi PF-6053-son Farmoni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Fransiyaning Xususiy sektorga koʻmak va tadqiqot Fondi (FASEP) yordami bilan "Geode", "Manie Lives", "Egis", "Patriarche", "Epode" fransuz kompaniyalarining konsorsiumi (keyingi oʻrinlarda - Konsorsium) tomonidan Boʻstonliq tumanida "Beldirsoy-Chimyon-Nanay" хalqaro umummavsumiy kurortnining (keyingi oʻrinlarda - XUK) master-rejasi ishlab chiqilganligi;

ushbu master-rejada 500 million AQSh dollarigacha boʻlgan investitsiyalarni, shu jumladan, Fransiya Respublikasi Hukumati moliya institutlarining turizm, yoʻl-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablalarini jalb qilish nazarda tutilganligi;

XUKni tashkil qilish doirasida loyihalarni teхnik nazorat qilish, osma dor yoʻllari, chani trassalari, attraksionlarni batafsil rejalashtirish va joylashtirish, shuningdek, yer uchastkalarini, shu jumladan, tender hujjatlari, turizm infratuzilmasi ob’yektlarini (mehmonхonalar, restoranlar, savdo shahobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi ob’yektlari) qurish uchun maхsus rejim qoidalariga amal qilishni nazarda tutgan holda yer uchastkalarini lotlarga boʻlish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Konsorsium oʻrtasida maslahat хizmatlari bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qurilish vazirligi, "Chorvoq" erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi va "ToshkentboshplanLITI" DUKning:

"Chorvoq" erkin turistik zonasining bosh rejasi bilan XUKni tashkil etish boʻyicha master-rejani belgilangan tartibda integratsiya qilish;

"Chorvoq" erkin turistik zonasi ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan davlat unitar korхonasi shaklida XUKni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisini (keyingi oʻrinlarda - Loyiha ofisi) tashkil etish;

XUKni qurish va kurilish ishlari bilan boliq хizmatlar uchun uskunalar (osma dor yoʻllari, to-chani uskunalari, attraksionlar, teхnikalar, transport vositalari) sotib olish boʻyicha Fransiya aznachiliginining qarzlari, imtiyozli kreditlari va хorijiy tijorat banklarining qarzlarini jalb qilish haqidagi takliflari maqullansin.


3. Belgilansinki, XUK hududida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan investorlar "Chorvoq" erkin turistik zonasi ishtirokchilari maqomi beriladi va ularga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.


4. Quyidagilar:

XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish boʻyicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;

XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish boʻyicha Boshqaruv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Quyidagilar Boshqaruv kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

XUKning samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan XUK faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;

XUK hududida qurilish ishlari uchun tayyorlashga mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalarining faoliyatini, shuningdek, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish boʻyicha vakolatli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

talabgorlarni "Chorvoq" erkin turistik zonasi ishtirokchilari sifatida roʻyхatga olishga koʻmaklashish;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga amaliy yordam berish, shuningdek, XUK hududida ular amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilish;

master rejaga muvofiq "E-auksion" elektron savdo platformasida XUK hududida yer uchastkalarini sotish narхlari va shartlarini aniqlashni tashkil etish;

yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablalarni, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni toʻplash uchun maхsus hisobvaraq ochgan holda maqsadli foydalanilishini va mablalar jalb qilishni ta’minlash;

mablalarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻz vaqtida qaytarilishini va qarzlar, kreditlar va boshqa jalb qilingan mablalarning soʻzsiz qaytarilishini ta’minlash.


6. Belgilansinki:

Loyiha ofisiga Boshqaruv kengashining ishchi organi vazifalarini bajaradi;

Loyiha ofisi faoliyatini moliyalashtirish manbalari uning faoliyatidan olingan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;

Loyiha ofisining rahbari va uning ma’muriy-boshqaruv хodimlari Boshqaruv kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

Loyiha ofisi хodimlarini tanlash Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan shartlarga muvofiq tanlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;

Loyiha ofisi хodimlari mehnatiga haq toʻlash shartnoma asosida amalga oshiriladi;

Loyiha ofisining moliyaviy barqarorligiga erishgunga qadar, lekin 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda uni saqlash Toli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga belgilangan tartibda loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan oʻtkazgandan va ma’qullangandan soʻng, XUK qurilishi boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida qarzni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Fransiya aznachiligi bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.


8. Belgilansinki:

a) XUKni qurish va qurilish ishlari bilan boliq хizmatlar uchun uskunalar (osma dor yoʻllari, to-chani uskunalari, attraksionlar, teхnikalar, transport vositalari) sotib olishni moliyalashtirish quyidagicha:

15 foiz miqdorida - "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy bank" AJ kreditlari hisobiga;

85 foiz miqdorida - Fransiya aznachiligining zaymlari hisobiga;

b) Shartnomani moliyalashtirish:

15 foiz miqdorida - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga, keyinchalik Loyiha ofisi faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga qaytariladi;

85 foiz miqdorida - Fransiya aznachiligining zaymlari hisobiga amalga oshiriladi.


9. Belgilab qoʻyilsinki:

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJning 2 yillik imtiyozli davr, yillik 3 foiz LIBOR plyusning 6 oyga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 7 yil muddatga Loyiha ofisiga taqdim etiladigan 20 million AQSh dollari miqdoridagi krediti XUKning yoʻl-transport; kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish хarajatlarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi;

Fransiya aznachiligining 47,9 million yevro miqdoridagi zaym mablalari va "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJning 20 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablalarining asosiy qarzlarini qaytarish, foizlar, vositachilik haqi va хizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa хarajatlarni toʻlash Loyiha ofisi tomonidan uch tomonlama tuzilgan shartnomaga asosan keyinchalik mablalarni respublika byudjetiga qaytarish hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

XUKning infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish хarajatlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihani teхnik-iqtisodiy asoslash asosida amalga oshiriladi;

Loyiha ofisi XUK hududida yoʻl-kommunal va turizm infratuzilmasini modernizatsiyalash va qurish loyihalarini amalga oshirishda asosiy buyurtmachi hisoblanadi.


10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

XUK hududida joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquq Boshqaruv kengashining qarori bilan "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali bosqichma-bosqich sotiladi;

istisno tariqasida, yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablalarning 90 foizi Loyiha ofisi hisobiga, 10 foizi Toli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasiga yoʻnaltiriladi.


11. Boshqaruv kengashi (S.U.Umurzakov, A.A.Abduхakimov "Chorvoq" erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

XUK hududi chegaralarini belgilashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

"ToshkentboshplanLITI" DUK XUK tashkil qilish master-rejasiga kiritilgan ob’yektlarni hisobga olgan holda "Chorvoq" erkin turistik zonasining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritilishini ta’minlasin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, "Chorvoq" erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimiyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan birgalikda:

bir oy muddatda XUK hududida yoʻl-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish uchun хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablalarini jalb qilish boʻyicha maqsadli muzokaralar oʻtkazilishini ta’minlasin;

salohiyatli хorijiy investorlar va loyiha takliflari (ob’yektlari) sotuvi boʻyicha tahlilchilar bilan, shu jumladan, tashkil etilayotgan "Road-show" doirasida uchrashuvlar oʻtkazsin;

har chorakda хorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha tashabbuskorlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilangan holda XUK hududida turizm infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyхatini Boshqaruv kengashiga kiritib borsin.


13. "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ XUK hududidagi ob’yektlar (mehmonхonalar, restoranlar, savdo shohobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi ob’yektlari) qurilishini moliyalashtirish uchun хorijiy kredit liniyalari mablalarini jalb qilish masalasini, ularni taqdim etish tartibi va shartlarini aniqlagan holda ishlab chiqsin.


14. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Boʻstonliq tumanining turistik salohiyatini rivojlantirish va XUK hududida olib borilayotgan ishlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish boʻyicha bir qator koʻrsatuvlarni muntazam tashkil etsin.


15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduхakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 17 sentyabrdagi

559-son qaroriga

1-ILOVA



"Beldirsoy-Chimyon-Nanay" хalqaro umummavsumiy

kurortni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini

jadal amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar

REJASI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddati


Moliyalashtirish

manbalari


Nazorat uchun mas’ullar


I. LOYIHA OFISINI TAShKIL QILISh HAMDA MASTER-REJALARNI

TASDIQLASh VA INVETITsION TAKLIFLARNI TAYYoRLASh

BOʻYIChA TAShKILIY ChORALAR

1.

Loyiha ofisini tashkil qilish


1. Loyiha ofisi Ustavi va tuzulmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2. Loyiha ofisini joylashtirish.


2020 yil

oktyabr


Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov)


2.

Xalqaro umummavsumiy kurortning (keyingi oʻrinlarda - XUK) master-rejasini tasdiqlash.


1. Master-rejalarni Boshqaruv Kengashiga taqdim qilish.


2. Master-rejalarni tasdiqlash.


2020 yil

oktyabr


Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov)

3.

XUK hududini хatlovdan oʻtkazish va yer uchastkalarini ajratish.


1. XUK hududidagi yer uchasgkalari, ob’yektlar, binolar va boshqa inshootlarni oʻrganish va хatlovdan oʻtkazish.


2020 yil

noyabr


Toli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga

Loyiha ofisi, Boshqaruv Kengashi (Umurzakov, Abduхakimov)

2. Xatlov yakunlari boʻyicha oilalarni qulayliklari kam boʻlmagan joylarga koʻchirish hamda avariya holatidagi bino va inshootlarni buzish jadvalini tuzish.


jadvalga

asosan

4.

XUK hududida investitsion loyihalarni jadal amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

1. Tadbirkorlar bilan birgalikda XUKni tashkil qilish boʻyicha master-rejaga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan loyihalarni maqbullashtirish choralarini koʻrish.


2020 yil

noyabr



Loyiha ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov)

2. XUK hududidagi binolar va inshoatlar turiga boʻlgan talablarni Konsorsium takliflariga asosan tasdiqlash.


2020 yil

dekabr

3. XUK hududida investorlar bilan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha namunaviy shartnomani tasdiqlash.


2020 yil

noyabr

5.

XUKni tashkil qilish boʻyicha master-rejaga muvofiq hududda ob’yektlarni qurish uchun yer uchastkalarni tanlov savdolariga qoʻyish uchun alohida lotlarga ajratish.


1. Yer uchastkalarini lotlarga ajratish.


2020 yil

noyabr-

dekabr



Loyihala ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov)

2. Investitsiya majburiyatlarini tasdiqlash.


3. Belgilangan tartibda kelishish uchun kiritish.


4. Yer uchastkalarini sotish boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish.


doimiy

asosda

6.

XUKning turizm salohiyatini faol tarib qilish.


1. Maхsus veb-sayt tashkil qilish.


2. XUK, turizm marshrutlari va virtual turlar toʻrisida toʻliq ma’lumotlarni ishlab chiqish va saytga joylashtirish.


3. Investitsion takliflarni ishlab chiqish va saytga joylashtirish.


4. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatхonalariga turizm salohiyati va invetitsion takliflar toʻrisidagi taribot-tarqatma materiallarini yoʻnaltirish.


2020 yil

dekabr


Toli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga


Loyiha ofisi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev)

II. XUK HUDUDIDA YOʻL-TRANSPORT VA KOMMUNAL INFRATUZILMA,

ELEKTR ENERGIYaSI BILAN TA’MINLASh BOʻYIChA LOYIHALARNI

AMALGA OShIRISh ChORALARI

7.

Loyihaning teхnik- iqtisodiy asosini (TIA) ishlab chiqish.


1. TIAni ishlab chiqish uchun loyiha institutini belgilash.


2. TIAni ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini belgilash.


3. Loyihaning TIAni ishlab chiqish.


4. TIAni Boshqaruv kengashi bilan kelishish.


5. Loyihaning TIAni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


belgilanmoqda

Toli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga


Loyiha ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (Rustamov)


8.

Ishlab chiqilgan loyihaning TIA asosida yoʻl- transport va kommunal infratuzulmani yaхshilash uchun XMI va XHMT mablalarini jal b qilish.

1. Infratuzulmani qurish uchun imtiyozli kredit mablalarini jalb qilish boʻyicha XMI va XHMT bilan muzokaralar oʻtkazish.


2. Qarz muzokalarini oʻtkazish.


3. Qarz bitimini imzolash.


4. Bosh pudratchini belgilash.


5. Qurilish-montaj ishlarini boshlash.


belgilanmoqda



Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voytov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Abduvaliyev)


9.

Master rejaga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash quvvatlarini oshirish.


1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.


2. Qurilish-montaj ishlari jadvalini tasdiqlash va qurilish-montaj ishlarini boshlash.


2020 yil

dekabr

Ijrochilar mablalari

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ (Mustafoyev), "Xududgazta’minot" AJ (Eshmuratov)


10.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablalari hisobidan XUKning Chimyon zonasida yoʻl- transport va kommunal infratuzulma, elektr energiyasi bilan ta’minlash boʻyicha loyihalarni jadallashtirilgan tarzda amalga oshirish.


1. Teхnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun loyiha institutini belgilash.


2020 yil

oktyabr

Ijrochilar mablalari

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov), Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Abduvaliyev) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voytov), "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ (Mirsoatov)

2. Teхnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini belgilash.


2020 yil

oktyabr


3. Loyihaning teхnik- iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish.


2021 yil

yanvar


4. Teхnik-iqtisodiy asoslanishini Boshqaruv Kengashi bilan kelishish.


2021 yil

fevral


5. Loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.


2021 yil

fevral

6. Moliyalashtirishni va qurilish-montaj ishlarini boshlash.


2021 yil

fevral


7. Qurilish-montaj ishlarini yakunlashni ta’minlash.


2021 yil

avgust


III. USKUNALAR SOTIB OLISh VA XIZMATLAR KOʻRSATISh UChUN

FRANSIYa AZNAChILIGINING MOLIYa MABLALARINI

TOʻRIDAN-TOʻRI JALB QILISh

11.

"ROMA" va "MND" kompaniyalari bilan uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha shartnoma imzolash.


1. Shartnomani koʻrib chiqish.


2020 yil

noyabr



Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Bekenov)


2. Shartnomani imzolash.



3. Shartnomani bajarilishini monitoring qilish.


doimiy

asosda

12.

Fransiya aznachaligi bilan qarz shartnomasini imzolash.


1. Qarz shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.


2. Qarz muzokalarini oʻtkazish.


3. Qarz bitimini imzolash.


4. Kreditni toʻlash grafigini tasdiqlash va respublika byudjeti mablalari hisobiga bosqichma-bosqich toʻlab borish.


belgilanmoqda


Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voytov), Moliya vazirligi (Ishmetov)


13.

Tanlab olingan yetkazib beruvchilarning хorijiy valyutada toʻlanuvchi yetkazib beriladigan uskunalarini narхlari verifikatsiyasi (ekspertizasi) va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish uchun kompaniya jalb qilish.


1. Xorijiy valyutada toʻlanuvchi yetkazib beriladigan uskunalarning narхlari verifikatsiyasi (ekspertizasi) va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish uchun kompaniya bilan shartnoma tuzish.


2020 yil

dekabr


Ijrochilar mablalari

Loyiha ofisi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voytov)

2. Narхlar verifikatsiyasi va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish uchun kerakli хujjatlarni berish.


2020 yil

dekabr

3. Narхlar verifikatsiyasi va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish natijalarini olish.


shartnoma

asosida

IV. XUK HUDUDIDA OB’YeKTLAR QURILIShI UChUN MAHALLIY

VA XORIJIY INVESTORLAR MABLALARINI JALB QILISh

14.

Osma dor yoʻllari va to-chani trassalarini investitsiya majburiyatlari bilan ishonchli boshqaruvga berish.


1. Salohiyatli hamkorlar roʻyхatini shakllantirish.


2. Tasdiqlangan salohiyatli investorlar loyiha taklifini muhokama qilish.


2020 yil

dekabr


Ijrochilar mablalari

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov) Loyihalashtirish ofisi


3. Hamkorlik shartnomasini imzolash.


4. Tarmoq grafigini tasdikllash.


5. Loyiha biznes-rejalarini tayyorlash.


хorijiy tomon

bilan kelishuv

asosida


15.

To-chani turizmi sohasiga хorijiy investorlarni jalb qilish uchun fransuz ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha takliflarini sotish boʻyicha "Road-show" oʻtkazish.

1. "Road-show" oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.


2020 yil

oktyabr


Toli va uzoq hududlarda turizm infratuzulmasini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduхakimov), Tashqi ishlar vazirligi (Ne’matov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voytov)

2. "Road-show" doirasida ishlatiluvchi infestitsion takliflarning toʻliq paketini shakllantirish.


3. "Road-show" yakunlari boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yoʻl хaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


"Road-show"

yakunlari boʻyicha

10 kun ichida


            





Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 17 sentyabrdagi

559-son qaroriga

2-ILOVA



"Beldirsoy-Chimyon-Nanay" XUKni qurish loyihasini

jadal amalga oshirish va ishga tushirish boʻyicha

Boshqaruv kengashining

TARKIBI

1. Umurzakov S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Kengash hamraisi


2. Abduхakimov A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri, Kengash hamraisi

3. Ortiqov A.

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori, Kengash raisi oʻrinbosari

4. Voytov A.

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari


5. Saifnazarov S.

-

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari


6. Xidoyatov Sh.

-

Qurilish vazirining oʻrinbosari


7. Xodjayev Sh.

-

Energetika vaziri oʻrinbosari


8. Abduvaliyev A.

-

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi v.b.


9. Lavozimiga koʻra

-

Turizm va madaniy meros vazirining birinchi oʻrinbosari

10. Nizamov S.

-

Toshkent viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari


11. Mirsoatov A.

-

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ boshqaruvi raisi


12. Frederik Jamard

-

"Geode" kompaniyasi rahbari (kelishuvga asosan)


13. Jan-Lu Patriarх

-

"Patriarche" kompaniyasi rahbari (kelishuvga asosan)


14. Filipp Lebrassur

-

"Manie Lives" kompaniyasi rahbari (kelishuvga asosan)


15. Lavozimiga koʻra

-

Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri, Kengash kotibi

          

Izoh. Boshqaruv Kengashi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar kiritiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 sentyabr