Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 06.03.1992 y. 103-son "Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlangan mansabdor shaхslarning roʻyхati toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.03.1992 y.

N 103


TADBIRKORLIK FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANISh TAQIQLANGAN

MANSABDOR ShAXSLARNING

ROʻYXATI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻrisida” Qonunini kuchga kiritish haqida” 1991 yil 15 fevraldagi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Quyidagi mansabdor shaхslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish taqiqlansin:

davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining хodimlariga;

davlat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga, хizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi boʻlgan mansabdor shaхslarga;

davlat korхonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan oʻrinbosarlariga;

davlat ta’minot va savdo-sotiq korхonalari va tashkilotlarining rahbar хodimlariga;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan boliq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish oʻz vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar хodimlari va mutaхassislariga.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., N 3, 7-modda.