Moliya vazirining 16.08.2004 y. 101-son "Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (yangi tahrirda) tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 29.08.2004 y. 1401-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
29.08.2004 y.
N 1401
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYa VAZIRINING
16.08.2004 y.
N 101
BUYRUGʻI
Asosiy vositalar qiymatini balansdan
chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
(yangi tahrirda) tasdiqlash haqida
(2004 yil 8 sentyabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi toʻgʻrisida"gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001 yil 26 fevraldagi 26-sonli "Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (2001 yil 5 aprel, roʻyхat raqami 1023-son Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 2001 y., 7-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. Rahimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 34-35-son, 398-modda.