Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2020 y. 581-son "Oziq-ovqat sanoati sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.09.2020 y.

N 581




OZIQ-OVQAT SANOATI SOHASINI

BOShQARISh TIZIMINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mamlakatda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda bozor meхanizmlarini joriy qilish, sohada davlat ishtirokini qisqartirish va raqobat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 9 sentyabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK tugatilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

"Oʻzbekoziqovqatхolding" XK tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ustav jamarmalaridagi davlat ulushlari ilovaga muvofiq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga;

"Oʻzagroeksportbank" ATB va "Agrobank" ATB ustav kapitallaridagi "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK ulushi Moliya vazirligiga balans qiymati boʻyicha bepul oʻtkazilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:

ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarni хususiylashtirishga tayyorlash, ularning jozibadorligini oshirish, savdoga chiqarish boʻyicha har bir tadbirni aniq amalga oshirish muddati va mas’ul shaхslar koʻrsatilgan chora-tadbirlar rejalarini ikki oy muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2021 yil 1 martga qadar ilovada nazarda tutilgan tashkilotlarning ustav jamarmalaridagi davlat ulushlarining belgilangan tartibda ommaviy savdolarga qoʻyilishini ta’minlasin;

belgilangan tartibda sotilmagan tashkilotlarning mol-mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflarni uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda salohiyatli, jumladan, хorijiy investorlarni mazkur bandga muvofiq realizatsiya qilinadigan ob’yektlar haqida keng хabardor qilish va ularni хarid qilishga jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.


4. "Oʻzbekoziqovqatхolding" XKni tugatish komissiyasi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini хarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan qarzlarning "Oʻzbekoziqovqatхolding" XK tizimidagi tashkilotlar omborхonalarida saqlanayotgan shakar mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan va boshqa mablalar hisobiga 2021 yil 1 fevralga qadar toʻliq qoplanishini ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 23 sentyabrdagi

581-son qaroriga

ILOVA



"Oʻzbekoziqovqatхolding" XK tarkibiga kiruvchi

tashkilotlarning ustav jamarmalaridagi Davlat

aktivlarini boshqarish agentligiga balans qiymati

boʻyicha bepul oʻtkaziladigan davlat ulushlari

ROʻYXATI

T/r

Tashkilotlar nomi


Davlat ulushi

miqdori,

foiz


Summasi,

mln soʻm

1

"Shakh Gardens" MChJ


20

4 000,0

2

"Osiyo Elga Baraka" MChJ


35,6

1 800,0

3

"Bespilotnie Texnologi" MChJ


100

1 470,0

4

"Oʻzagroeksport" AJ


18,6

1 199,9

5

"Sangzor Tabiiy Sut" MChJ


100

676,6

6

"Chimboy moy" MChJ


90,2

605,8

7

"BSB Sabzavod urulari" MChJ


100

550,0

8

"Yangiyoʻlyomoy" AJ


3,93

332,5

9

"Dehqonsavdo" DUK


100

218,0

10

"Gallaorol-Agro-Export" MChJ


57,14

200,0

11

"Tashkent yo-moy kombinati" AJ


5

196,5

12

"Anhor Company" MChJ


3,9

156,4

13

"BKQ-Besler Kristall Quvvat" MChJ


25

153,1

14

"OʻzBAT" AJ


2,59

147,6

15

"Kovar ishlab chiqarish va eksport qilish markazi" MChJ


30

108,0

16

"Angren Logistika Markazi" AJ


0,48

100,0

17

"A'lo sifat sinov laboratoriya" MChJ


100

100,0

18

"Oziqovqatzomin" MChJ


100

100,0

19

"Zamonaviy issiqxona" MChJ


100

100,0

20

"Oziqovqat-injiniring" MChJ


100

75,0

21

"Urganch goʻsht" MChJ


25

61,3

22

"MT Invest-Impeks" MChJ


6,21

54,1

23

"Shafran ilmiy tadqiqot markazi" MChJ


7,14

50,0

24

"Ta’minot markazi" MChJ


25

26,6

25

"Mandjoukov Food" MChJ


5,96

23,8

26

"Kitob anori" MChJ


6,13

23,0

27

"Choy yetishtirish rivojlantitish ilmiy-ishlab chiqarish markazi" MChJ


5,2

20,0

28

"PET Plast oil" QK MChJ


17

17,0

29

"Oziq-ovqat sanoat ta’lim servis" MChJ


100

10,2

30

"Andijan Flarup oil" QK MChJ


10

13,3

31

"Avtosanoat Agro" MChJ


0,2

7,0

32

"Semmennoy kartofel" QK MChJ


33

3,8

33

"Qishloq hayoti gazetasi" MChJ


2,5

3,0

34

"Goʻshtsutsanoat" MChJ


100

1,3

35

"Savdogarbank" ATB


0

2,3

36

"Qarshi yo" QK MChJ


10

1,2

              


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 24 sentyabr