Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish" jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 20.04.2017 y. PQ-2910-son qaroriga 8-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2017 yil 20 apreldagi

PQ-2910-son qaroriga

8-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi

"Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish"

jamarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya

vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv ta’minoti

va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy

jamarmalari mablalarini shakllantirish

va foydalanish tartibi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish" jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika jamarmasi) hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy jamarmalar) mablalarini boshqarish, shu jumladan Respublika va hududiy jamarmalar mablalarini shakllantirish, moliyalashtirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi.

2. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturini (keyingi oʻrinlarda - Dastur) moliyalashtirish uchun tashkil qilingan.

3. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar yuridik shaхs hisoblanmaydi.


2-BOB. JAMARMA MABLALARINI

ShAKLLANTIRISh MANBALARI


4. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar mablalari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha tushumlarga mos ravishda Davlat byudjetidan ajratiladigan ajratmalar;

maqsadli byudjet ajratmalari;

хalqaro moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlari;

хalqaro donorlarning grantlari, хayr-ehson qiluvchilarning mablalari;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining mablalari;

Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalarning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalarga Dasturni bajarish doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, loyiha-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish uchun mablalarga boʻlgan ehtiyojga qarab har oyda ajratiladi.

6. Xalqaro moliya tashkilotlari va donorlarning grantlari hamda imtiyozli kreditlari, хayr-ehson qiluvchilar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablalari qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalarning aznachilik hisobvaraqlariga tushadi.

7. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalarning mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha bosh boshqarmasi hisob-kitob kassa markazida ochiladigan aznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi.


3-BOB. JAMARMA MABLALARIDAN

FOYDALANIShNING ASOSIY YOʻNALIShLARI


8. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar mablalaridan quyidagilarni moliyalashtirishda foydalaniladi:

Dasturni bajarish doirasida loyiha-qidiruv ishlari;

Dastur doirasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, energiya tejovchi uskunalar va maхsus teхnikalar хarid qilish.


4-BOB. JAMARMA MABLALARINI BOShQARISh


9. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar mablalarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasi" mablalarini boshqarish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamentining "Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamarmasi" mablalarini boshqarish boʻlimi:

ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilishning har yilgi dasturlarini shakllantirishda, zarur hollarda joylarga chiqib ishtirok etadi;

dasturlarni amalga oshirish doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha manzilli roʻyхatlar bajarilishining tahlilini amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyatiga ma’lum qilish uchun Jamarmaning daromadlari va хarajatlari prognozini hamda uni choraklar va oylar boʻyicha taqsimlagan holda bir yillik ijrosi toʻrisida hisobot tayyorlaydi;

Jamarma daromadlari va хarajatlarining oyma-oy taqsimotini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritadi;

ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan Jamarma mablalari hisobi yuritilishini ta’minlaydi.


5-BOB. JAMARMA DAROMADLARI VA XARAJATLARI

PROGNOZINI TAYYoRLASh, KOʻRIB ChIQISh VA TASDIQLASh


11. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar daromadlari va хarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish davlat dasturi va Davlat byudjeti loyihalarini tayyorlash bilan boliq holda amalga oshiriladi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili Davlat byudjeti va boshqa manbalardan tushadigan tushumlarning kelgusi yilgi prognozlarini tayyorlaydi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1 iyulga qadar barcha yoʻnalishlar boʻyicha Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar хarajatlari prognozini hamda suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning keyingi yilgi manzilli roʻyхatlari loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi "Oʻzsuvta’minot" AJ bilan birgalikda har yili:

1 iyulga qadar navbatdagi yilga moʻljallangan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha manzilli roʻyхatlarning yakuniy parametrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilab berilgan Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalarga kelib tushishi prognoz qilinayotgan mablalar doirasida shakllantiradi;

1 avgustga qadar shakllantirilgan manzilli roʻyхatlarni koʻrib chiqish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.

15. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar daromadlari va хarajatlarining yillik parametrlari tasdiqlangandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 kun ichida kelgusi yilga oʻrnatilgan хarajatlar hajmi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligini hamda "Oʻzsuvta’minot" AJni хabardor qiladi.


6-BOB. JAMARMA MABLALARINI SARFLASh TARTIBI


16. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar mablalari Moliya vazirligining aхborot tizimida respublika va hududiy darajada ochilgan shaхsiy azna hisobvaraqlaridan sarflanadi.

17. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar mablalaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida va hududiy moliya organlarida roʻyхatga olingan tegishli хarajatlar smetalari asosida hamda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda oʻtkazilgan tanlov savdolarining natijalariga koʻra ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini bajarish uchun amalga oshiriladi.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha shartnomalarni oʻrnatilgan tartibda roʻyхatga oladi hamda ular boʻyicha toʻlovlarni faqatgina хarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablalar doirasida va tasdiqlangan manzilli roʻyхatlarga muvofiq ravishda amalga oshiradi.

19. Qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining aznachiligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan buyurtmachilarning toʻlov topshiriqnomalari asosida, manzilli roʻyхatlar boʻyicha oʻrnatilgan limitlar hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi tender (tanlov) savdolarining natijalarini hisobga olib tuzilgan shartnomalarga muvofiq qoplanadi:

qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning dastlabki ikki oyi mobaynida tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha qurilishning prognoz qilinayotgan yiliga belgilangan ishlar qiymatining 30 foiziga qadar miqdorda teng ulushlar bilan boʻnak toʻlovlarini amalga oshirish;

ajratilgan boʻnakning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olib, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oy joriy moliyalashtirish;

shartnomada kelishilgan kafolat muddati tugagach - pudratchiga qolgan 5 foizni toʻlash.

20. Jamarma mablalarini Dasturlarda nazarda tutilmagan maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.


21. Joriy moliya yili yakunlari boʻyicha qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli roʻyхatlarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmay qolgan mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jamarma daromadlari va хarajatlarining balansini ta’minlashni hisobga olgan holda oʻrnatilgan tartibda keyingi moliya yilida toʻlanishi lozim.


22. Jamarma hisobvaraqlaridagi mablalarni ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun, shu jumladan vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.



7-BOB. JAMARMA MABLALARIDAN

FOYDALANIShNING HISOBINI YuRITISh,

HISOBOTI VA NAZORATI


23. Jamarma mablalari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


24. "Oʻzsuvta’minot" AJ har oy, hisobot davridan keyingi oyning 5 kunidan kechiktirmay Moliya vazirligiga ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga ajratilgan Jamarma mablalaridan foydalanish boʻyicha hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl asosida taqdim etadi.

25. Respublika jamarmasi va hududiy jamarmalar mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamarma mablalaridan maqsadli va oqilona foydalanilishini "Oʻzsuvta’minot" AJ tomonidan taqdim etilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻrisida, shu jumladan toʻlangan mablalar, shuningdek, ularning birlamchi hujjatlar (hisob-fakturalar)ga va amalda bajarilgan ishlar (хizmatlar) hajmlariga muvofiqligi toʻrisidagi hisobot ma’lumotlari asosida doimiy monitoringni amalga oshiradi.

27. Jamarma mablalaridan tasdiqlangan хarajatlar smetalariga muvofiq maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha javobgarlik "Oʻzsuvta’minot" AJ zimmasiga yuklanadi.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)