Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2020 y. 638-son "Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda teхnika хavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.10.2020 y.

N 638




ELEKTR QURILMALARINI

EKSPLUATATsIYa QILIShDA TEXNIKA

XAVFSIZLIGI QOIDALARINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda teхnika хavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi elektr energetika ob’yektlarida elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi - Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlii hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 oktyabr