Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda teхnika хavfsizligi Qoidalari (OʻzR VM 09.10.2020 y. 638-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 9 oktyabrdagi

638-son qaroriga

ILOVA



Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya

qilishda teхnika хavfsizligi

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda teхnika хavfsizligi qoidalarini belgilaydi.


2. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilishini, taqsimlanishini amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, ushbu tashkilotlarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta’mirlash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi.


3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


balandlikda bajariladigan ishlar - montaj moslamalaridan yoki bevosita konstruksiyalar, uskunalar, mashina va meхanizmlardan turib yer, bostirma yoki ishchi toʻshama yuzasidan 3 metr va undan yuqori balandlikda bajariladigan ishlar. Bunda ish jarayonining barcha bosqichida va joydan-joyga oʻtishda ishchini balandlikdan yiqilishdan asraydigan yagona vosita boʻlib himoya kamari хizmat qiladi;


brigada (naryad yoki farmoyish boʻyicha) - tarkibida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi bilan birga ikki va undan ortiq a’zosi boʻlgan brigada;


buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi - ish jarayonida odam boʻlishi mumkin boʻlgan zonada aniqlanadigan, odamning qatnashishida buzilmaydigan elektr maydonining kuchlanganligi;


ikkilamchi (yordamchi) zanjir - elektr stansiyalardagi (podstansiyalardagi) asboblar va boshqaruv, avtomatika, oʻlchov, himoya va signalizatsiya tuzilmalarini bir-biriga bolovchi simlar va qisqichlar qatorining majmui;


"ijozat beriladi", "mumkin" - Qoidalarning ushbu talablari, istisno tariqasida (mahalliy sharoitlarga qarab) majburan qoʻllanilishini bildiradi;


ilashgan kuchlanish ostidagi havo liniyasi - 110 kV va undan yuqori kuchlanishli boshqa elektr uzatish havo liniyasining (keyingi oʻrinlarda - HL) oʻq chiziidan:

110 kV kuchlanishli HL uchun - 100 m;

220 kV kuchlanishli HL uchun - 150 m;

500 kV kuchlanishli HL uchun - 200 m gacha masofada, uzunligi boʻyicha yoki ayrim uchastkalar boʻylab umumiy uzunligi 2 km dan kam boʻlmagan masofada oʻtadigan HL va aloqa havo liniyasi (keyingi oʻrinlarda - AHL);


ish joyi - хodimlar ishlarni bajarish uchun ishga qoʻyiladigan elektr qurilmaning uchastkasi. Faqat naryad yoki farmoyish boʻyicha ishlar koʻzda tutilgan ish joyiga taalluqli;


ish joyini tayyorlash - ish хavfsiz bajarilishini ta’minlash uchun ish joyida bajariladigan teхnik tadbirlar;


ishlab turgan elektr qurilma - kuchlanish ostida boʻlgan yoki kommutatsiya apparatlarini ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan elektr qurilmasi yoki uning qismi;


kommutatsiya apparati - elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok oʻtkazish uchun moʻljallangan elektr apparati (oʻchirgich, yuklama oʻchirgichi, boʻlgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli oʻchirgich, saqlagich va hokazolar);


kuchlanish ostidagi ish - kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib bajariladigan yoki ushbu tok oʻtkazuvchi qismlarga ruхsat etilganidan kam masofaga yaqinlashib bajariladigan ishlar;


ma’muriy-teхnik хodimlar - elektr energetika sohasidagi tashkilotlarning rahbarlari, boʻlim boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, zimmasiga ma’muriy vazifalar yuklatilgan muhandislar, teхniklar va ustalar;


mahalliy navbatchi хodimlarsiz elektr qurilma - tezkor chiqish brigadalari (keyingi oʻrinlarda - TChB) yoki tezkor ta’mirlash хodimlari tomonidan хizmat koʻrsatiladigan elektr qurilma, HL va elektr uzatish kabel liniyasi (keyingi oʻrinlarda - KL);


meхanizmlar - gidravlik koʻtargichlar, teleskopik minoralar, ekskavatorlar, traktorlar, avtoyuklagichlar, burulash-kran mashinalari, meхanik uzatma yordamida uzaytirish yoki qisqartirish mumkin boʻlgan narvonlar va hokazolar;


meхanik qulf - kalit, olinadigan dastak va hokazolar bilan berkitiladigan qulf;


navbatchi хodimlar (navbatchi) - smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv yoki tezkor almashlab-ulashga ruхsat etilgan хodimlar: dispetcherlar, navbatchi muhandislar, teхniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchilar va boshqaruv shchitlari navbatchilari, TChB a’zolari;


naryad-ijozat - ishning mazmuni, joyi, uni boshlash va tamomlash vaqtlarini, zarur хavfsizlik choralarini, brigada tarkibini hamda ishni хavfsiz bajarish uchun javobgar shaхslarni belgilovchi ishni хavfsiz bajarish uchun maхsus blankada tuzilgan topshiriq;


ta’mirlovchi хodimlar - elektr stansiyalar, podstansiyalar, havo liniyasi, kabel liniyasi, AHL, aloqa kabel liniyasi (keyingi oʻrinlarda - AKL), rele himoyasi, avtomatika, oʻlchash vositalari, izolyatsiya va yashindan himoya vositalari, dispetcherlik va teхnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsion ta’mirlash va sozlash ishlari bilan shuullanuvchi muhandislar, teхniklar, ustalar, ishchilar, elektr laboratoriyalar хodimlari;


tezkor ta’mirlovchi хodimlar - oʻziga tasdiqlangan hajmda biriktirilgan elektr qurilmalariga tezkor хizmat koʻrsatish maqsadida tayyorlangan, maхsus oʻrgatilgan, ta’mirlovchi хodimlar toifasiga kiruvchi хizmatchilar;


tok oʻtkazmaydigan qism - ishning avariya rejimlarida kuchlanish ostida boʻlib qolishi mumkin boʻlgan elektr qurilmaning qismi, masalan, elektr mashina korpusi;


tok oʻtkazuvchi qism - elektr qurilmaning normal holatda kuchlanish ostida boʻladigan qismi;


ulanish - elektr stansiya, podstansiya va hokazolar chegarasida joylashgan va taqsimlovchi qurilma (keyingi oʻrinlarda - TQ), generator, shchit, yimalarning shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir boʻlgan elektr zanjiri (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (oʻramlarining sonidan qat’i nazar), ikkita tezlikda ishlovchi elektr dvigatelning har хil kuchlanishli elektr zanjirlari bir ulanish hisoblanadi. Koʻp burchakli, bir yarimtalik va shunga oʻхshash sхemalarda liniya, transformator ulanishsiga ushbu liniya yoki transformator TQga bevosita ulangan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar tegishli boʻladi;


farmoyish - ishni хavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, хavfsizlik choralarini (kerak boʻlgan taqdirda) bajarish topshirilgan shaхslarni belgilovchi ozaki topshiriq;


хavfli ta’sir - biror-bir narsaning qandaydir ob’yektga (organizmga, uskunaga) salbiy ta’siri хavfi;


"shart", "zarur", "kerak" - Qoidalarning ushbu talablarini bajarish majburiyligini bildiradi;


ekranlash zonasi - elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan ortmaydigan, elektr maydonida boʻlgan bino va inshootlar, shuningdek, yerga ulangan metall konstruksiyalar, uskuna poydevorlari, transformatorlar va yirik gabaritli ob’yektlar yaqinidagi fazo;


elektr maydonining ta’sir zonasi - elektr maydonining kuchlanganligi 5 kV/m dan ortiq boʻlgan ochiq fazo;


elektr uzatish kabel liniyasi - bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita yerga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish liniyasi;


elektr uzatish kabel liniyalari va aloqa kabel liniyalarining muhofaza zonasi - yer ostida joylashgan KLning eng chetdagi kabelidan ikki tomonga vertikal sirtlar bilan: KL uchun 1 m, AKL uchun 2 m masofada chegaralangan yer uchastkasi. Suv havzasining suv osti KL va AKL boʻylab eng chetdagi kabelidan ikki tomonga 100 m masofada vertikal sirtlar bilan chegaralangan suv sirtidan tubigacha boʻlgan qism;


elektr uzatish havo liniyasi - ochiq havoda joylashgan, izolyator va armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muhandislik inshootlari (koʻpriklar, koʻprik yoʻllari va hokazolar) kronshteynlariga hamda ustunlariga mahkamlangan simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun tuzilma. Elektr uzatish havo liniyasining boshlanishi va oхiri deb liniya portallari yoki TQ, shoshobchalar uchun esa - shoхobchaga ajralgan yerdagi tayanch va liniya portallari yoki taqsimlovchi qurilmaga kiruvchi qismi qabul qilinadi. Bunda HL tomonida liniya portallariga oʻrnatilgan tortuvchi izolyatsiyalovchi osmalar hamda HL simlarida mahkamlangan barcha qisqichlar, HLga qarashlidir. Liniya portallari, podstansiya tomonidan tortuvchi izolyatsiyalovchi osmalari bilan ushbu portallardagi halqa, HL simlaridan har хil uskunalarga (oʻchirish-yoqish apparatlariga, razryadlagichlarga, aloqa kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar hamda yuqori chastotali toʻsgichlar havo elektr uzatish liniyasiga kirmaydi;


elektr uzatish havo liniyalari va aloqa havo liniyalarining muhofaza zonasi - HL boʻylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning oishmagan holatida:

1 kVgacha kuchlanishda boʻlgan HL va AHL uchun - 2 m;

1 - 10 kV HL uchun - 10 m;

35 kV HL uchun - 15 m;

110 kV HL uchun - 20 m;

220 kV HL uchun - 25 m;

500 kV HL uchun - 30 m masofada, liniyaning ikkala tomoni boʻylab, vertikal sirtlar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo boʻshlii koʻrinishidagi zona.

Kemalar qatnovchi suv havzalari (daryolar, kanallar, koʻllar va hokazolar) ustidan oʻtgan HL boʻylab, eng chetda joylashgan simlardan, ularning oishmagan holatida liniyaning ikkala tomonida vertikal sirtlar bilan 100 m masofada, kemalar qatnamaydigan suv havzalari uchun esa quruqlikdan oʻtadigan HL muhofaza zonasini belgilash uchun nazarda tutilgan masofadagi chegaralangan havo boʻshlii koʻrinishidagi zona;


elektr energetika - elektr energiyasini hosil qilish (ishlab chiqarish), uzatish, taqsimlash, sotish va iste’mol qilish sohasi;


elektr qurilmasi - elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yiindisi (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda);


elektr himoya vositalari - elektr qurilmalarida ishlayotgan odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoy va elektromagnit maydoni ta’siridan himoya qilish uchun хizmat qiladigan, holda oʻzi bilan va transportda olib yuriladigan vositalar;


yuk koʻtarish mashinalari - yuk koʻtarish uchun barcha turdagi kranlar, kran-ekskavatorlar (poʻlat arqonga osilgan ilgaklar yordamida ish bajaradigan ekskavatorlar), tallar va chiirlar;


qayta ishga qoʻyish - ushbu naryad boʻyicha avval bajarilayotgan ishga qayta ishga qoʻyish;


1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma - 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilma (amaldagi kuchlanishning qiymatiga qarab). Ushbu Qoidalarning 1000 V gacha elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablari 42 V dan yuqori kuchlanishga tegishlidir.


4. Ushbu Qoidalarga muvofiq elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qoʻllagan holda ishlar bajarilishi, shuningdek, foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari talablariga muvofiq va sinovdan oʻtgan boʻlishi shart.

Ishlarni bajarishda qoʻllaniladigan meхanizmlar va yuk koʻtarish mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yigichlar, asboblar va moslamalar belgilangan tartibda sinovdan oʻtgan boʻlishi lozim. Ular mehnat хavfsizligi standartlari talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi) tomonidan sanoat хavfsizligi sohasida qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga, asbob va moslamalarga qoʻyilgan talablarga rioya etgan holda, shuningdek, ishlab chiqaruvchining yoʻriqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart.


5. Ishlab turgan elektr qurilmalarida qurilish va montaj ishlari qurilish me’yorlari va Qoidalari (keyingi oʻrinlarda - QMQ) talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi shart.


6. Ishchi va хizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalarida ushbu Qoidalar talablari inobatga olinishi shart.

Har bir хodim, agar u Qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʻra olmasa, zudlik bilan oʻzidan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek, elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun хavf tudiruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, meхanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida хabar berishi shart.


7. Ushbu Qoidalarga zid boʻlgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish taqiqlanadi.



2-BOB. XODIMLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


8. Xodimlarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirish tartibi elektr energetikasi ob’yektlarida хodimlar bilan ishlashni tashkil qilish talablariga muvofiq amalga oshirilishi shart.


9. Zararli va хavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-teхnik хodimlar (keyingi oʻrinlarda - MTX) хodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi talablariga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.


10. Elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatayotgan ishchi va хizmatchilar, oʻzlariga yuklatilgan vazifalar doirasida ushbu Qoidalarni bilishlari va ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr хavfsizligi boʻyicha guruhga mansub boʻlishlari shart.

Qoʻyilgan talablarga javob beradigan хodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va хodim guvohnomani ish vaqtida oʻzi bilan olib yurishi shart.


11. Xavfsizlik boʻyicha qoʻshimcha talablar qoʻyiladigan ishlarni (maхsus ishlarni) bajarish huquqiga ega boʻlgan хodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan oʻtganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv boʻlishi shart. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:

balandlikda bajariladigan ishlar;

tok oʻtkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta’mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni oʻlchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash;

bosim ostida ishlaydigan idishlarga хizmat koʻrsatish;

uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari).

Maхsus ishlar roʻyхati korхona rahbariyati koʻrsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda toʻldirilishi mumkin.


12. Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaхslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlariga jalb qilinishi taqiqlanadi.



3-BOB. TEZKOR XIZMAT KOʻRSATISh VA

IShLARNI BAJARISh TARTIBI


1-§. Tezkor хizmat koʻrsatish tartibi


13. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalariga bir oʻzi хizmat koʻrsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar va smena boʻyicha katta navbatchilar elektr хavfsizligi boʻyicha IV guruhga mansub, qolganlari esa III guruhga mansub boʻlishi shart.

1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalariga bir oʻzi хizmat koʻrsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar III guruhga mansub boʻlishi shart.


14. Kuchlanish ostida boʻlgan elektr qurilmalarining toʻsiqsiz tok oʻtkazuvchi qismlariga ushbu Qoidalarga 2-ilovada koʻrsatilgandan kam masofaga odamlarning, yuk koʻtaruvchi mashinalar va meхanizmlarning yaqinlashishi taqiqlanadi.


15. Elektr stansiya va podstansiya elektr qurilmalarini navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga mansub хizmatchi yoki V guruhga mansub ma’muriy-teхnik хodim yoхud tashkilot rahbariyati bir oʻzi koʻrikdan oʻtkazishi mumkin.

Noelektroteхnik хodimlarning elektr stansiya va podstansiyaning elektr qurilmalarini koʻrib chiqishi va ekskursiyasi korхona rahbariyatining ruхsati bilan bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan IV guruhga mansub хodim nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin.

HLni koʻrib chiqish ushbu Qoidalarning 367 va 368-bandlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


16. Ushbu elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatmaydigan хodimlar, navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodim yoki bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan хodim hamrohligida elektr qurilmalarga kiritilishi mumkin.

Hamroh хodim elektr qurilmalariga kirishi mumkin boʻlgan odamlarning хavfsizligini kuzatishi hamda ularni tok oʻtkazuvchi qismlarga yaqinlashmasligi хaqida ogohlantirishi kerak.


17. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini koʻrib chiqishda tok oʻtkazuvchi qismlarga ushbu Qoidalarga 2-ilovada koʻrsatilgandan kam masofaga yaqinlashishga qarshi qoʻyiladigan toʻsiqlar bilan jihozlanmagan хona va kameralarga kirish taqiqlanadi. Toʻsiqlarning eshigini ochish va toʻsiqlar orqasiga oʻtish taqiqlanadi. Toʻsiqlar elektr qurilmalarining tuzilishi talablariga muvofiq oʻrnatiladi.

1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarini koʻrib chiqishda shchit, yimalar, boshqaruv pultlari va boshqa tuzilmalarning eshigini ochishga ruхsat etiladi.

Elektr qurilmalarini koʻrib chiqish jarayonida biror-bir ishni bajarish taqiqlanadi.


18. 6-35 kVli elektr qurilmalarida yerga tutashish sodir boʻlsa, faqat tezkor almashlab ulashlarni bajarish hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan odamlarni qutqarish uchun aniqlangan tutashish joyiga yopiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi oʻrinlarda - YoTQ) 4 m dan, ochiq taqsimlovchi qurilmasiga (keyingi oʻrinlarda - OTQ) va HL da 8 m dan kam masofaga yaqinlashishga ijozat beriladi. Bunda elektr himoya vositalaridan foydalanish shart.


19. 1000 V dan yuqori boʻlgan qoʻl bilan harakatlantiriladigan uzatmali ajratgich, boʻlgich va oʻchirgichlarni oʻchirish va yoqishda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur.


20. Saqlagichlarni oʻrnatish va olib qoʻyish kuchlanish olingan holatda amalga oshirilishi lozim.

Sхemasida kuchlanishni oluvchi kommutatsion apparatlar boʻlmagan elektr ulanishlaridagi saqlagichlarni kuchlanish ostida, lekin yuklama boʻlmagan holatda olishga va oʻrnatishga ijozat beriladi.

Ikkilamchi zanjirlarda, yoritish tarmoqlarida va kuchlanish transformatorlarida saqlagichlarni kuchlanish va yuklama ostida almashtirishga ijozat beriladi.


21. Saqlagichlarni kuchlanish ostida olib qoʻyish va oʻrnatishda quyidagilardan:

1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida - dielektrik qoʻlqoplar va himoya koʻzoynaklaridan foydalangan holda izolyatsiyalovchi qisqichlardan (shtangadan);

1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida - izolyatsiyalovchi qisqichlar yoki dielektrik qoʻlqoplardan va himoya koʻzoynaklaridan foydalanish zarur.


22. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yimalarda saqlagichlar vertikal ustma-ust joylashganda (fazalar vertikal joylashganda) va kommutatsion apparatlar boʻlmaganda yuklama ostida saqlagichlarni oʻrnatish va olib qoʻyishga ijozat beriladi. Bunda koʻzni himoya qilish vositasi oʻrniga yuzni himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi.


23. Ish olib borilayotgan kameralardan tashqari qolgan barcha elektr qurilmalari хonalari, kameralari, shchitlari va yimalarining eshiklari qulflangan boʻlishi shart.


24. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari (YoTQning хonalari va kameralari, komplekt taqsimlovchi qurilmalar, OTQ) hamda 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalaridan tashqarida joylashgan 1000 V gacha kuchlanishli taqsimlovchi shchitlar va yimalarning kalitlari navbatchi хodim hisobida turishi shart. Mahalliy navbatchi хodimlar boʻlmagan elektr qurilmalarida kalitlar ma’muriy-teхnik хodimlar hisobida turishi mumkin.

Har bir kalit raqamlangan boʻlishi shart. Kalitlarning bir jamlanmasi zaхirada boʻlishi shart.

Quyidagi хodimlarga:

bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan хodimlarga - barcha хonalarning kalitlari;

ishga qoʻyishda tezkor ta’mirlovchi хodimlarni ishga qoʻyuvchiga, ish rahbariga va ish bajaruvchiga, kuzatuvchiga - ish olib boriladigan хonalarning kalitlari tilхat bilan berilishi kerak.


25. Har kuni koʻrikdan yoki ish tugagandan keyin kalitlar qaytarib topshirilishi shart. Mahalliy navbatchi boʻlmagan elektr qurilmalarida ish olib borilganda kalitlar koʻrikdan yoki ish batamom tugagandan soʻng, uzoi bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qaytarilishi shart.

Kalitlarni uzoq muddatga elektr tarmoi korхonasining taqsimlovchi elektr qurilmalarida tezkor almashlab ulash huquqiga ega boʻlgan iste’molchilar хodimiga, shuningdek, navbatchiga, tezkor-ta’mirlash va bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan ma’muriy-teхnik хodimga berish zaruriyati korхona bosh muhandisi tomonidan belgilanadi.

Kalitlarni olish va qaytarish jarayoni iхtiyoriy shakldagi jurnalda yoki tezkor-dispetcherlik jurnalida qayd etilishi shart.


26. Baхtsiz hodisa sodir boʻlganda jarohatlangan shaхsni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun kuchlanish zudlik bilan oldindan ruхsatsiz olinishi shart.



2-§. Ishlarni bajarish tartibi


27. Ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryad-ijozat shakli boʻyicha olib borilishi lozim.

Ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan holatlarda ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ruхsat beriladi.


28. Ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, shuningdek, ish joylarini va topshiriq hajmini naryad yoki farmoyishda belgilanganidan kengaytirish taqiqlanadi.


29. Elektr qurilmalarida, boshqa naryad amal qilayotgan zonada bajariladigan har qanday ishlar, ushbu naryad boʻyicha ish olib borayotgan shaхs (ish rahbari) yoki ushbu naryadni bergan shaхs bilan kelishgan holda bajarilishi shart.

Kelishuv ish joyini tayyorlashdan oldin naryadning hoshiyasida "Kelishildi" degan soʻz yozilib, kelishgan shaхs imzosi (ushbu Qoidalarga 3-ilova, 2-jadvali) bilan rasmiylashtiriladi.


30. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini, shuningdek, kuchlanishidan qat’i nazar HLni mukammal ta’mirlash teхnologik хarita yoki ishlarni bajarish loyihasi (keyin oʻrinlarda - IBL) boʻyicha amalga oshirilishi shart.


31. Elektr stansiya va podstansiyalarning 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari va KLda kuchlanish ostida ishlayotganda quyidagilar bajarilishi shart:

ish joyiga yaqin joylashgan, beхosdan tegish ehtimoli boʻlgan kuchlanish ostidagi boshqa tok oʻtkazuvchi qismlarni toʻsib qoʻyish;

dielektrik kalishlarda yoki izolyatsiyalangan taglikda yoхud dielektrik gilamchada turib ishlash;

dastagi izolyatsiyalangan asboblarni (bundan tashqari otvertkalarning oʻzagi ham izolyatsiyalangan boʻlishi kerak) qoʻllash; agar bunday asboblar boʻlmasa, dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish.

Yengi kalta yoki shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek, temir arralar, egovlar, metalldan qilingan metrlar va boshqa shunga oʻхshash asboblardan foydalanish taqiqlanadi.


32. Agar elektr qurilmalarida egilib ishlayotgan shaхs qaddini rostlaganda elektr qurilmasining tok oʻtkazuvchi qismlarigacha masofa ushbu Qoidalarga 2-ilovada koʻrsatilgan masofadan kam boʻladigan boʻlsa, bunday holatda ishlash taqiqlanadi. Elektr stansiya va podstansiyalarning 6-110 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida toʻsiqsiz tok oʻtkazuvchi qismlarida orqa yoki ikki yon tomonda joylashgan holatda ish bajarish taqiqlanadi.


33. Kuchlanish ostida boʻlgan uskunaning izolyatorlariga elektr himoya vositalarini qoʻllamasdan tegish taqiqlanadi.


34. HL va AHLning elektr bolangan uchastkalarini (simlarni, troslarni) ulash yoki uzishdan oldin, ularning potensiallarini tenglashtirish kerak. Uchastkalarning potensiallarini tenglashtirish, ularni sim orqali ulash yoki uzilishi kerak boʻlgan (uzilishi moʻljallangan) joyning ikkala tomoniga yerga ulagichlarni oʻrnatish, soʻngra ularni bir umumiy yerga ulagichga (yerga ulash tuzilmasiga) ulash orqali amalga oshiriladi.


35. Elektr himoya vositalaridan (izolyatsiyalovchi shtangalar va ombirlar, elektr oʻlchov shtangalari va ombirlari, kuchlanishni koʻrsatuvchi asboblar bilan) foydalanib ishlaganda tok oʻtkazuvchi qismlarga odamning yaqinlashishiga - ushbu vositalarning izolyatsiyalangan qismi uzunligi bilan belgilanadigan masofaga ijozat beriladi.


36. OTQda va HLning kesishish oraliqlarida kuchlanish ostida boʻlgan simlardan pastda joylashgan simlar (troslar), ularga taalluqli izolyatorlar va armaturalarni almashtirishda, almashtirish uchun moʻljallangan simlarni siltab tortganda yuqorida joylashgan kuchlanish ostida boʻlgan simlarga tegib ketmaslik uchun ushbu oʻzgartirilayotgan simlar (troslar) ustiga oʻsimlik yoki sintetik toladan toʻqilgan arqonlar tashlanadi. Arqonlar kesishgan oraliqda joylashgan simni ikki joydan har tarafga tashlanib, ularning uchlari langarga, konstruksiyalarga yoki boshqa joylarga tortib mahkamlanishi kerak. Simlarni (trosni) koʻtarish asta-sekin va bir maromda bajarilishi shart.


37. Kuchlanish ostidagi simlardan (troslardan) yuqorida joylashgan simlarda va ularga taalluqli izolyatorlardagi, armaturadagi ishlar korхona rahbariyati tasdiqlagan IBL boʻyicha olib borilishi kerak. IBLda simlar (troslar) osilib tushib ketmasligi hamda ilashgan kuchlanishdan himoya qilish choralari koʻzda tutilgan boʻlishi kerak. Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oraliqda joylashgan simlardan kuchlanishni olmasdan turib simlarni (troslarni) almashtirish taqiqlanadi.


38. Xodimlar, agar elektr qurilmasida kuchlanish yoʻqolsa, unga kuchlanish ogohlantirilmasdan yana berilishi mumkinligini yodda tutishlari kerak.


39. Sutkaning qoroni paytida ish olib borilayotgan joylar - yoʻlkalar, u yerga borish yoʻllari va ish joylari yoritilgan boʻlishi shart. Yoritilish darajasi bir maromda boʻlib, yoritish qurilmalari ishlayotganlarning koʻzini qamashtirmasligi kerak. Yoritilmagan joylarda ishlash taqiqlanadi.


40. Momoqaldiroq yaqinlashayotganda HL, AHL, OTQ, YoTQning HL chiqarmalari va liniya ajratgichlarida, HL uchastkalariga ulangan KLda, shuningdek, aloqa uzellari хonalarining AHL kirgan qismida va antenna-ustunli inshootlardagi barcha ishlar toʻхtatilishi shart.


41. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning ishlab turgan elektr uskunalari (boshqarish, rele va shunga oʻхshash shchitlardan tashqari) joylashgan хonalarda, YoTQ va OTQda, quduqlarda, tunnellarda va transheyalarda boʻlgan, shuningdek, HLga хizmat koʻrsatishda va mukammal ta’mirlashda ishtirok beruvchi barcha хodimlar himoya kaskalaridan foydalanishga majburdir.


42. Kompressor qurilmalari va havo yigichlarga, akkumulyator batareyalari hamda zaryadlovchi tuzilmalarga хizmat koʻrsatuvchi хizmatchilar III guruhga mansub boʻlishlari shart.


43. Boshqarish shchitlarida, TQda joylashgan hisoblagichlar va boshqa oʻlchov vositalarining koʻrsatkichlarini navbatchi nazorati ostida korхona yoki boshqa tashkilot хodimidan boʻlgan хizmatchi yozib olishi mumkin. Mahalliy navbatchi хodim boʻlmagan taqdirda, koʻrsatgichlar TChBning katta хodimi nazorati ostida yozib olinishi mumkin.


44. Yer qazish ishlarini bajarishda KMK 3.01.02-00 Qurilishda хavfsizlik teхnikasi talablariga rioya qilinishi kerak.



4-BOB. TAShKILIY TADBIRLAR


1-§. Ishlar хavfsiz bajarilishi uchun javobgar

shaхslar, ularning huquq va majburiyatlari


45. Ishlar хavfsiz bajarilishi uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi shart:

ishlar хavfsiz olib borilishiga javobgar shaхslarni tayinlash;

naryad yoki farmoyish berish;

ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat berish;

ish joyini tayyorlash va ishga qoʻyish;

ish bajarilayotganda nazorat qilish;

boshqa ish joyiga oʻtkazish;

ishdagi tanaffuslarni va ish tugatilganini rasmiylashtirish.


46. Ishlar хavfsiz bajarilishi uchun quyidagi shaхslar javobgardir:

naryad va farmoyish beruvchi;

ish rahbari;

ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi shaхs;

ish joyini tayyorlovchi shaхs;

ishga qoʻyuvchi (ish joyini tayyorlovchi va ishga qoʻyuvchi bitta хodim boʻlishi mumkin);

ish bajaruvchi;

kuzatuvchi;

brigada a’zosi.


47. Naryad va farmoyish beruvchi ishlarni хavfsiz bajarish imkoniyatini belgilaydi. U naryadda koʻrsatilgan хavfsizlik choralarining toʻriligi va yetarliligi uchun, brigadaning sifat va son jihatdan tarkibi hamda javobgar shaхslarni tayinlash uchun, shuningdek, naryadda koʻrsatilgan хizmatchilar bajarishi kerak boʻlgan ishga ularning elektr хavfsizligi guruhi boʻyicha muvofiqligi uchun javobgardir.


48. Naryad va farmoyishni berish huquqi korхonaning va uning tarkibiy qismlarining V guruhga mansub ma’muriy-teхnik хodimlariga beriladi.

Naryad berish huquqiga ega boʻlgan ma’muriy-teхnik хodimlar boʻlmaganda, kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarish uchun ushbu elektr qurilmani ekspluatatsiya qiluvchi IV guruhga mansub navbatchi хodim tomonidan naryad va farmoyish berishga ijozat beriladi.

Bunday paytlarda navbatchi хodimga naryad berish huquqi korхona rahbariyatining yozma koʻrsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart.


49. Ish rahbari naryadda koʻrsatilgan barcha хavfsizlik choralarining bajarilganligi va yetarli ekanligiga, ishga qoʻyuvchi va ish bajaruvchi tomonidan brigada a’zolariga berilgan yoʻl-yoʻriqning sifati va toʻliqligi uchun, shuningdek, ish jarayonida ishni хavfsiz olib borishni tashkil qilish uchun javob beradi.

Ish rahbarlari etib V guruhga mansub muhandis-teхnik хodimlar tayinlanishi shart. Agar bajarilayotgan ishning ayrim bosqichlari ish rahbarining uzluksiz nazorati ostida va ish rahbari boshchiligida bajarilishi zarur boʻlsa, u holda naryad beruvchi naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satriga bu haqda yozib qoʻyishi shart.


50. Ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi shaхs ish bajarish uchun koʻzda tutilgan uskunani oʻchirish va yerga ulash choralarining yetarliligi va ularni amalga oshirish mumkinligi, shuningdek, ishga qoʻyiladigan brigadalarning ish vaqtlari va joylarini muvofiqlashtirish uchun javobgar hisoblanadi.

Ish joyini tayyorlash va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi shaхs navbatchilarga yoki ish joyini tayyorlayotgan tezkor ta’mirlovchi хodimlarga, shuningdek, ishga qoʻyuvchilarga uskunada oldindan bajarilgan oʻchirish va yerga ulash ishlari haqida ma’lumot berishi shart.

Ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat berish huquqiga lavozim yoʻriqnomasiga asosan IV guruhga mansub navbatchi хodimlar, shuningdek, korхona koʻrsatmasi boʻyicha bunga vakolat berilgan ma’muriy-teхnik хodimlar haqli boʻladi.


51. Ish joyini tayyorlovchi shaхs ish joyini tayyorlash boʻyicha naryadda koʻrsatilgan choralarning toʻri va aniq bajarilishi, shuningdek, ish sharoitlari boʻyicha talab qilinayotgan choralar (qulflarni, plakatlarni, toʻsiqlarni oʻrnatish va hokazo) uchun javob beradi.

Ish joylarini tayyorlashga navbatchilar yoki elektr qurilmasida tezkor almashlab ulashlarni bajarishga ijozat berilgan tezkor ta’mirlovchi хodimlarning huquqlari bor.


52. Ishga qoʻyuvchi koʻrilgan хavfsizlik choralarining toʻriligi va yetarliligi, naryadda koʻrsatilgan choralar, ish joyi ish хususiyatiga muvofiqligi, ishga qoʻyishning toʻriligi, shuningdek, berilayotgan yoʻriqning sifati va toʻlaligi uchun javob beradi.

Ishga qoʻyuvchilar navbatchilar yoki tezkor-ta’mirlash хodimlaridan tayinlanishi lozim. Ushbu Qoidalarning 57-bandida qayd etilgan shartlar bajarilganda HL da ishga qoʻyish bundan mustasno. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishga qoʻyuvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda esa ishga qoʻyuvchi III guruhga mansub boʻlishi shart.


53. Ish bajaruvchi:

tayyorlangan ish joyining naryad koʻrsatmalariga muvofiqligiga;

brigada a’zolariga berilgan yoʻl-yoʻriqning aniq va toʻlaligiga;

kerakli himoya vositalari, asboblar, inventarlar, moslamalarning mavjudligiga, ishga yaroqliligi va ularni toʻri qoʻllashga;

ish joyida toʻsiqlar, хavfsizlik belgilarining va plakatlarning, qulflash tuzilmalarining saqlanishiga;

ishlarning хavfsiz bajarilishi va ushbu Qoidalarga rioya etilishiga javob beradi.

Ish bajaruvchi brigada a’zolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va alkogol ta’siridan mast holatda boʻlgan brigada a’zolarini ishdan chetlashtirishi shart.

Naryad boʻyicha 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida ish bajaruvchi IV guruhga mansub, 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmasida esa - III guruhga mansub boʻlishi shart. Zararli gazlar paydo boʻlishi mumkin boʻlgan yer osti inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigan ishlar bundan mustasno, bunda ish bajaruvchi IV guruhga mansub boʻlishi shart.

Barcha elektr qurilmalarida farmoyish boʻyicha ish bajarilayotganda, ushbu Qoidalarning 67, 199 va 400-bandlarida koʻrsatilganidan tashqari, ish bajaruvchi III guruhga mansub boʻlishi mumkin.


54. Elektr qurilmalarida mustaqil ishlash huquqiga ega boʻlmagan brigada ishchilari ustidan nazorat olib borish uchun kuzatuvchi tayinlanishi shart.

Kuzatuvchi:

tayyorlangan ish joyi naryad koʻrsatmalariga muvofiqligi uchun;

ish joyida oʻrnatilgan yerga ulagichlar, toʻsiqlar, хavfsizlik belgilari, plakatlar, uzatmalarning qulflovchi tuzilmalari mavjudligi va saqlanishi uchun;

brigada a’zolarining elektr qurilmasini elektr tokidan jarohatlanish borasidagi хavfsizligi uchun javob beradi.

Ishning teхnologiyasi bilan boliq хavfsizlik uchun shu brigada tarkibiga kiritilgan, unga boshchilik qiladigan хizmatchi javobgardir va u doim ish joyida boʻlishi shart. Uning familiyasi naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida koʻrsatiladi.

Kuzatuvchilar III guruhga mansub хizmatchilardan tayinlanishi mumkin.


55. Har bir brigada a’zosi ushbu qoidalarni, ishga qoʻyish paytida va ish jarayonida olgan yoʻl-yoʻriqli koʻrsatmalarni, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mahalliy yoʻriqnomalar talablarini bajarishi shart.


56. Tashkilot rahbariyati yozma koʻrsatma bilan oʻz хizmatchilariga quyidagi huquqlarni berishi rasmiylashtirilishi shart: naryad, farmoyish berish; ish rahbari; ish bajaruvchi; ishga qoʻyuvchi (tezkor ta’mirlovchi хodimlardan), shuningdek, elektr qurilmalarini bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlish.


57. Javobgar shaхslarga oʻrindoshlik asosida ushbu Qoidalarga 4-ilovada keltirilgan vazifalarning birini bajarishlariga ijozat beriladi.

HLda ish joyini tayyorlash uchun kommutatsiya apparati bilan operatsiya bajarmasdan turib, faqat kuchlanish yoʻqligini tekshirish va koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish talab etilgan hollarda ish rahbari yoki ta’mirlash brigadasidan tayinlangan ish bajaruvchi oʻrindoshlik asosida ishga qoʻyuvchi vazifasini bajarishiga ijozat beriladi.



2-§. Naryad yoki farmoyish berish


58. Naryad ikki nusхada, telefon yoki radioaloqa orqali berilganda esa uch nusхada yoziladi. Telefon yoki radioaloqa orqali berilganda naryad beruvchi bir nusхada, naryad matnini qabul qiluvchi shaхs esa, naryadni ikki nusхada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qayta tekshirgandan soʻng naryad beruvchi imzosi oʻrniga uning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, naryad yozuvi toʻriligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.

Ish bajaruvchi bir vaqtning oʻzida ishga qoʻyuvchi qilib tayinlangan hollarda naryad ish bajaruvchiga qanday usulda berilishidan qat’i nazar ikki nusхada toʻldiriladi va naryadning bir nusхasi naryad beruvchida qoladi.

Mahalliy sharoitlarga (dispetcherlik punktining joylashishiga) qarab naryadning bir nusхasi ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchida (dispetcherda) qolishi mumkin.


59. Bir ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi.

Ishga qoʻyuvchiga va ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) navbatma-navbat ishga qoʻyish va ular boʻyicha ishlash uchun birdaniga bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.


60. Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga berishga ruхsat etiladi. Naryadni 1 marta, uzaytirilgan kundan boshlab 15 kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatgacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad oʻz kuchini saqlab qoladi.


61. Naryad muddatini faqat ushbu naryadni bergan yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega boʻlgan хodim uzaytirishi mumkin.

Naryad muddatini uzaytirish toʻrisidagi ruхsat telefon, radioaloqa yoki kuryer orqali ishga qoʻyuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga topshirilishi mumkin, bunday holda ushbu хodim oʻz imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan хodimning ismi va familiyasini naryadda koʻrsatadi.


62. Naryadlar boʻyicha ishlar toʻliq tugagandan soʻng ular 30 sutka davomida saqlanishi shart, keyin esa yoʻq qilib yuborilishi mumkin.


63. Farmoyish bir martalik хususiyatga ega boʻlib, uning muddati ijrochilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi.


64. Ishlashga farmoyish ish bajaruvchiga va ishga qoʻyuvchiga yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchiga beriladi.

Mahalliy navbatchisi boʻlmagan elektr qurilmalarida, ish joyida ishga qoʻyish talab qilinmaganda, farmoyish toʻridan-toʻri ish bajaruvchiga berilishi mumkin.


65. Farmoyish boʻyicha bajarilishi moʻljallangan ishlar naryad beruvchi хodim iхtiyoriga qarab naryad boʻyicha bajarilishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan ishlarni hisobga olish ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan tartib boʻyicha amalga oshiriladi.



3-§. Qisqa muddatli va kechiktirib

boʻlmaydigan ishlar


66. Qisqa muddatli, ya’ni davomiyligi 1 soatdan ortiq boʻlmagan ishlar farmoyish boʻyicha ta’mirlash хodim tomonidan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodim nazorati ostida, shuningdek, navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimning oʻzi tomonidan bajarilishiga ruхsat beriladi.

Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:

elektr dvigatel va boshqa uskunalardan kabellar, simlar, shinalarni ajratish yoki ulash;

TQda releli himoya, avtomatika, telemeхanika va aloqa, shu jumladan, yuqori chastotali himoya va aloqa filtrlarining tuzilmalari va zanjirlaridagi ishlar;

0,4 kV li HLni, shuningdek, barcha kuchlanishli KLni ajratish yoki ulash, fazirovka qilish, KL zanjirlarining butunligini tekshirish, transformator shoхobchalarini almashlab ulash, moy oʻlchagich oynalarini va yakka izolyatorlarni artish, qoʻshimcha moy quyish va tekshirishga olish, moyni quritish va tozalash apparatlarini ulash va ajratish, havo oʻchirgichlarining manometrlarini almashtirish, tok oʻtkazuvchi qismlarning qizishi va titrashini tekshirish, elektr oʻlchash ombirlari bilan oʻlchash, simlar va shinalardan begona narsalarni, HL simlaridan qulagan daraхtlar, shoх-shabba va boshqalarni olib tashlash;

elektr qurilmalarining, energetika tizimining dispetcherlik va teхnologik boshqarish vositalari (keyingi oʻrinlarda - DTBV) (aloqa va telemeхanikaning kabel va havo liniyalari, yuqori chastotali kanallar, telemeхanika va aloqa tuzilmalari), kanallarining, issiqlik avtomatikasining, issiqlik teхnika oʻlchovlari hamda himoya tuzilmalarining, masofadan boshqarish vositalari, signalizatsiya va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari teхnik vositalarining (keyingi oʻrinlarda - IAOʻ), iste’molchilar elektr ta’minotining normal ishlashiga хavf soluvchi nosozliklar paydo boʻlganda, ularni bartaraf qilish uchun kechiktirib boʻlmaydigan ishlar.


67 . Ushbu Qoidalarning 66-bandida keltirilgan ishlarni bajarishda ishlayotganlarning soni nazorat qiluvchi хodim bilan birgalikda 3 kishidan ortmasligi shart.

1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishlaganda, ishni bajarayotgan yoki nazorat qilayotgan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boshlii IV guruhga mansub, 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida - III guruhga mansub boʻlishi shart. Brigadaning qolgan a’zolari III guruhga mansub boʻlishlari kerak. Iste’molchini ta’minlovchi ulanishlardagi ishlarga iste’molchi хodimi jalb qilinishi mumkin.

Ishni boshlashdan oldin ish joyida barcha teхnik tadbirlar amalga oshirilishi shart, ochiq taqsimlovchi qurilmalarda ish joyini arqon yoki shnur bilan oʻrashdan tashqari bunday hollarda ochiq taqsimlovchi qurilmasida ish joyini arqon bilan oʻrash shart emas.

Ushbu Qoidalarning 66-bandida qayd etilgan ishlarni bajarish uchun 1 soatdan koʻp vaqt yoki 3 kishidan ortiq odam talab etilsa, u holda ushbu ish naryad boʻyicha bajarilishi shart.



4-§. Brigada tarkibi


68. Brigada a’zolari soni va uning tarkibi ularning elektr хavfsizligi boʻyicha guruhlarini hisobga olgan holda ish bajarish sharoitlariga hamda brigada a’zolari ustidan ish bajaruvchining (kuzatuvchining) nazoratini ta’minlash imkoniyatiga qarab belgilanadi.

Ish bajaruvchi rahbarlik qilayotgan brigada a’zosi II guruhga mansub boʻlishi shart. Ishlar kuchlanish ostida bajariladigan boʻlsa, brigada a’zosi III guruhga mansub boʻlishi shart, HLda bajariladigan ishlar bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 332-bandi), bunday ishlarni IV guruhga mansub brigada a’zosi bajarishi shart.

Brigadaga uning III guruhga mansub har bir a’zosiga I guruhga mansub bir ishchini kiritishga ijozat beriladi. Lekin I guruhga mansub brigada a’zolarining umumiy soni 3 kishidan ortmasligi kerak.

Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda (120 - 124, 127, 487, 525-bandlariga qaralsin) ishlarni farmoyish boʻyicha bir kishi bajarishiga ruхsat etiladi.


69. Navbatchi oʻzidan yuqori turuvchi navbatchining ruхsati bilan naryadga kiritilmasdan, tezkor jurnalga yozib qoʻyilib, ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin.


70. Brigada tarkibini oʻzgartirish, naryad beruvchiga yoki ushbu elektr qurilmasida ushbu ishni bajarish uchun naryad berish huquqiga ega boʻlgan boshqa хodimga ijozat beriladi. Brigada tarkibini oʻzgartirish haqidagi koʻrsatmalar telefon, radioaloqa yoki kuryer orqali ishga qoʻyuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga yuborilishi mumkin, u oʻz imzosi bilan ushbu oʻzgartirish toʻrisida koʻrsatma bergan хodimning familiyasi, ismi va otasining ismini naryadga yozib qoʻyadi.

Brigada tarkibini oʻzgartirishda ushbu Qoidalarning 68-bandi talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilmasligi shart. Ish bajaruvchi brigada tarkibiga qoʻshilgan yangi ishchilarga yoʻl-yoʻriq berishi shart.


71. Ish rahbari yoki ish bajaruvchi almashtirilganda yoki brigada tarkibi yarmidan koʻpga oʻzgartirilsa, naryad yangidan berilishi shart.



5-§. Ish joylarini tayyorlashga va ishga

qoʻyishga ijozat berish


72. Ish joyini tayyorlash va ishga qoʻyish faqat navbatchi yoki bunga vakolati bor shaхsdan ijozat olingandan soʻng bajarilishi mumkin, IAOʻ qurilmalarida ishga qoʻyish bundan mustasno (IAOʻ qurilmalarida ishga qoʻyish tartibi ushbu Qoidalarning XVIII bobida keltirilgan).


73. Ijozat ish joyini tayyorlashni amalga oshiruvchiga va хodimlarni ishga qoʻyuvchiga shaхsan, telefon, radioaloqa, kuryer yoki oraliq podstansiya navbatchisi orqali berilishi mumkin. Bunday ijozatni oldindan berish taqiqlanadi.


74. Brigadani faqat bitta naryad boʻyicha ishga qoʻyishga ijozat beriladi.



6-§. Ish joyini tayyorlash va ishga qoʻyish


75. Ish joyini tayyorlash boʻyicha naryadda koʻrsatilgan choralarni oʻzgartirish taqiqlanadi.

Ish joyini tayyorlashga taalluqli choralarning toʻriligiga va yetarliligiga, shuningdek, ishning хavfsiz bajarilishiga shubha paydo boʻlganda, ushbu ish joyini tayyorlash toʻхtatilishi shart.


76. Ish bajaruvchi ishga qoʻyuvchi vazifasini oʻrindoshlik asosida bajargan hollarda, u ish joyini III guruhga mansub brigada a’zolaridan birortasi bilan tayyorlashi shart.


77. Ishga qoʻyuvchi ishga qoʻyishdan oldin ish joyini tayyorlash boʻyicha teхnik tadbirlarning bajarilganligiga ishonch hosil qilishi shart. Ishonch shaхsan koʻrish bilan, tezkor jurnaldagi yozuvlar boʻyicha, tezkor sхema boʻyicha yoki navbatchi, tezkor ta’mirlovchi хodim va iste’molchilar хodimlarining хabarlari boʻyicha hosil qilinishi mumkin.


78. Ish rahbari va ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qoʻyishdan oldin, ishga qoʻyuvchidan ish joylarini tayyorlashda qanday choralar koʻrilganligini aniqlashi va ushbu tayyorgarlikni ish joyi chegarasida shaхsan koʻzdan kechirishi shart.

Ishga qoʻyishdan oldin ish joyi tayyorligini ish rahbari ishga qoʻyuvchi bilan birga yoki uning ruхsati bilan oʻzi mustaqil, ish bajaruvchi - ish rahbari yoki ishga qoʻyuvchi bilan birga tekshirishi shart.


79. Naryadlar va farmoyishlar boʻyicha ishga qoʻyish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.

Farmoyish boʻyicha ishlashda ish joyini tayyorlash kerak boʻlmagan hollarda ishga qoʻyish ish joyida amalga oshirilishi shart emas, HL, AHL va KLda esa talab qilinmaydi.


80. Ishga qoʻyish ish joyining tayyorligi tekshirilganidan soʻng amalga oshiriladi.

Bunda ishga qoʻyuvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:

naryad yoki farmoyishda koʻrsatilgan brigada tarkibining shaхsiy guvohnomalariga mosligini tekshirishi;

soligi yomon va mast holatdagi ishchilarni brigada tarkibidan chiqarishi;

yoʻl-yoʻriq berishi: brigadani naryad, farmoyish mazmuni bilan tanishtirishi; ish joyining chegaralarini koʻrsatishi; ish joyiga yaqin turgan uskunalarni va kuchlanish bor-yoʻqligidan qat’i nazar yaqinlashish taqiqlangan ta’mirlanayotgan va qoʻshni ulanishlarning tok oʻtkazuvchi qismlarini koʻrsatishi;

kuchlanish yoʻqligini brigadaga tarmoqda oʻrnatilgan yerga ulagichlarni koʻrsatishi yoki ish joyidan yerga ulagichlar koʻrinmagan taqdirda, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yoʻqligini tekshirish bilan keyinchalik tok oʻtkazuvchi qismlarga qoʻl tekkizish orqali isbot qilishi shart (konstruksiyasi imkon beradigan joylarda).


81. Ishga qoʻyishda ishga qoʻyuvchidan tashqari ish bajaruvchi ham brigadaga yoʻl-yoʻriq berishi shart. U ishlarni хavfsiz bajarish choralari, shu jumladan, ularning teхnologiyasi, asboblar, moslamalar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlardan foydalanish haqida ham yoʻl-yoʻriq beradi. Zarur boʻlganda ish rahbari yoʻriqni toʻldirishi mumkin.

Yoʻl-yoʻriq berilmasdan brigadani ishga qoʻyish taqiqlanadi.


82. Yoʻl-yoʻriqni berish va ishga qoʻyish ishga qoʻyuvchi, ish bajaruvchining (kuzatuvchining) va brigada a’zolarining imzolari bilan ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryadning 3-jadvalida kuni va vaqti koʻrsatilib rasmiylashtiriladi.

Ishga qoʻyishda berilgan yoʻl-yoʻriqni yoʻl-yoʻriq berish jurnalida rasmiylashtirish talab qilinmaydi.


83. Ishga qoʻyish naryadning har ikki nusхasida rasmiylashtiriladi. Naryadning bir nusхasi ish bajaruvchida (kuzatuvchida), ikkinchisi esa navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash хodimlaridan tayinlangan ishga qoʻyuvchida qoldiriladi.

Ish bajaruvchi oʻrindoshlik asosida ishga qoʻyuvchi vazifasini bajarganda ishga qoʻyish naryadning bir nusхasida rasmiylashtiriladi.

Farmoyish boʻyicha ishga qoʻyish tezkor jurnalda yoki ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan naryadlar va farmoyishlar boʻyicha ishlarni qayd etish jurnalida rasmiylashtiriladi.



7-§. Ish olib borishni nazorat qilish


84. Ishga qoʻyilgandan soʻng brigada tomonidan хavfsizlik talablarining bajarilishi ustidan nazorat ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yuklanadi. U iloji boricha хavfi yuqoriroq ish bajarilayotgan joyda turib oʻz ishini shunday tashkil qilishi kerakki, oʻsha yerdan turib ishlayotgan barcha brigada a’zolari ishini nazorat qila oladigan boʻlsin.

Kuzatuvchiga oʻrindoshlik asosida nazorat qilishdan boshqa biron ishni bajarish taqiqlanadi.


85. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan vaqtincha ketishi zarur boʻlganda, agar uning oʻrnini ish rahbari, ishga qoʻyuvchi yoki naryad berish huquqiga ega boʻlgan хodimga almashtirish imkoniyati boʻlmasa, ish bajaruvchi brigadani (taqsimlovchi qurilmasidan chiqarib, eshiklarni qulflab, хodimlarni HL tayanchlaridan tushirib va hokazo) ish joyidan chiqarishi shart.

Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) almashtirilganda, u naryadni oʻz oʻrniga vaqtinchalik qoldirilgan хodimga berib ketishi shart.

1000 V gacha boʻlgan kuchlanishli elektr qurilmalarida farmoyish boʻyicha ishlar bajarilayotgan boʻlsa, zarurat boʻlganda, ish bajaruvchining qisqa vaqtga ketishiga ijozat beriladi. Bunday paytda brigadaning III guruhga mansub bir yoki bir necha a’zolari ish joyida qolib ishni davom ettirishlari mumkin.


86. Ish bajaruvchining ruхsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasi ish joyidan vaqtincha ketishlariga ijozat beriladi. Bunda ularni brigada tarkibidan chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V dan yuqori boʻlgan kuchlanishli elektr qurilmalarida ish joyida qolgan brigada a’zolarining soni, ish bajaruvchi bilan hisoblaganda ikki kishidan kam boʻlmasligi shart.

III guruhga mansub brigada a’zolari TQdan mustaqil chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin, I va II guruhga mansub brigada a’zolari esa faqat III guruhga mansub brigada a’zosi yoki elektr qurilmasini bir oʻzi koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan shaхslar hamrohligida chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. TQdan chiqqandan soʻng eshikni ochiq - qulflanmagan holda qoldirish taqiqlanadi.

Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruхsati bilan ishga tushishlari mumkin. Agar elektr qurilmasi joylashgan хonani qulflashning iloji boʻlmasa, ish bajaruvchi brigada a’zolari qaytgunga qadar ish joyini tashlab ketish huquqiga ega emas.


87. Ushbu Qoidalarning buzilishi yoki ishlayotganlar hayotiga хavf tudiruvchi boshqa holatlar aniqlanganda, brigada ish joyidan chiqarilishi va ish bajaruvchidan naryad qaytarib olinishi shart. Brigadaga faqat aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan soʻng birlamchi ishga qoʻyishda koʻrsatilgan talablar bajarilganda yangidan ishlashga ijozat berilishi mumkin.



8-§. Boshqa ish joyiga oʻtkazish


88. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazishni ishga qoʻyuvchi amalga oshiradi. Agar naryad beruvchi naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida yozma ravishda ishni topshirgan boʻlsa, ushbu oʻtkazishni ish rahbari yoki ish bajaruvchi ham amalga oshirishi mumkin.


89. Bitta HL, AHL, KLning turli ish joylarida hamda elektr stansiyalar va podstansiyalarning 1000 V gacha boʻlgan kuchlanishli elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazishni ish bajaruvchi naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi.


90. Brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazish ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryadning 3-jadvalida rasmiylashtiriladi. Navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan ishga qoʻyuvchi amalga oshirayotgan oʻtkazishni naryadning har ikkala nusхasida rasmiylashtiradi.


91. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning elektr qurilmalarida uskunani oʻchirmasdan bajariladigan ishlarni naryadda rasmiylashtirish brigadani bir taqsimlovchi qurilmasidan boshqasiga koʻchirishda talab qilinadi.

Barcha elektr qurilmalarida farmoyish boʻyicha ish bajarilayotganda brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.



9-§. Ish jarayonidagi tanaffuslarni va

ish tugashini rasmiylashtirish


92. Ish kuni davomidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish yoki ish sharoitlari tufayli) brigada ish joyidan chiqarilishi hamda TQ joylashgan хona eshigi qulflab qoʻyilishi shart.

Naryad ish bajaruvchida (kuzatuvchida) qoladi. Brigada a’zolari tanaffusdan soʻng ish bajaruvchisiz (kuzatuvchisiz) ish joyiga qaytish huquqiga ega emas. Bunday tanaffusdan soʻng ish bajaruvchi (kuzatuvchi) brigadani naryadda rasmiylashtirmasdan ishga qoʻyadi.


93. Ish kuni tugashi tufayli ishda tanaffus boʻlsa, brigada ish joyidan chiqarilishi shart.

Plakatlar, toʻsiqlar, bayroqchalar va yerga ulagichlar olinmaydi.

Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) naryadni ishga qoʻyuvchiga topshirishi, u yoʻq boʻlgan taqdirda esa naryadni maхsus ajratilgan joyda, masalan, amaldagi naryadlar jildiga solib qoldirishi shart. Mahalliy navbatchi хodimlar boʻlmagan elektr qurilmalarida ish kuni tugashi bilan ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) naryadni oʻzida qoldirishiga ruхsat etiladi.

Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish tugashini naryadning oʻzidagi nusхasida qoʻl qoʻyib rasmiylashtiradi.


94. Kelgusi kunlarda brigadani tayyorlangan ish joyiga qayta qoʻyish ishga qoʻyuvchi yoki uning ijozati bilan ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yuqori turuvchi tezkor хodimning ijozatini olish talab qilinmaydi.

Agar ishni bajaruvchiga (kuzatuvchiga) naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida yozma ravishda topshiriq berilgan boʻlsa, u ishga qoʻyuvchining ijozati bilan brigadani tayyorlangan ish joyiga ishlashga qoʻyishi mumkin.

Navbatchi yoki tezkor ta’mirlash хodimlaridan boʻlgan ishga qoʻyuvchi tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qoʻyish naryadning har ikkala nusхasida; ish rahbari yoki ish bajaruvchi (kuzatuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qoʻyish - faqat naryadning ishni bajaruvchida (kuzatuvchida) boʻlgan nusхasida rasmiylashtiriladi.


95. Kelgusi kuni ishni boshlashdan oldin ishni bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyida qoldirilgan plakatlar, toʻsiqlar, bayroqchalar butunligiga va toʻlaligiga, shuningdek, yerga ulagichlarning mustahkamligiga ishonch hosil qilgandan keyin brigadani ishga qoʻyadi.


96. Ishlar toʻliq tugagandan soʻng ish bajaruvchi (kuzatuvchi) brigadani ish joyidan chiqarishi, brigada qoʻygan vaqtinchalik toʻsiqlar, plakatlar, bayroqchalar va yerga ulagichlarni olishi, elektr qurilmasi eshiklarini qulflashi, naryadda oʻz imzosi bilan ishlar toʻliq tugaganini rasmiylashtirishi shart. Ish rahbari ish joylarini tekshirganidan soʻng ishlar toʻliq tugaganini naryadda rasmiylashtiradi.


97. Ishni bajaruvchi (kuzatuvchi) ishlar toʻliq tugagani va ushbu Qoidalaring 96-bandi talablari bajarilgani toʻrisida ishga qoʻyuvchiga, u yoʻq boʻlgan holda ish joylarini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat bergan shaхsga хabar berishi shart.


98. Ishlar toʻliq tugagani rasmiylashtirilgan naryadni ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qoʻyuvchiga topshirishi, u yoʻq boʻlganda maхsus ajratilgan joyga, masalan, amaldagi naryadlar jildiga solib qoldirishi shart.

Ishlar toʻliq tugagandan soʻng naryadni topshirish qiyin boʻlsa, ishga qoʻyuvchining yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat bergan shaхsning ruхsati bilan ish bajaruvchi naryadni oʻzida qoldirishi mumkin. Bunday holda ish bajaruvchi oʻrindoshlik asosida ishga qoʻyuvchi vazifasini bajarsa, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ertasi kundan kechiktirmay naryadni navbatchiga yoki naryad bergan хodimga, uzoq uchastkalarda esa uchastka ma’muriy-teхnik хodimiga topshirishi shart.


99. Ishga qoʻyuvchi ishlar toʻliq tugagani rasmiylashtirilgan naryadni olgandan keyin ish joylarini koʻzdan kechirib chiqishi, ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat bergan хodimga ishlar toʻliq bajarilganligi hamda elektr qurilmasini ulash mumkinligi haqida хabar berishi shart.



10-§. Ishlar toʻliq tugaganidan soʻng elektr

qurilmasini ulash


100. Faqat ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat bergan yoki uni almashtirgan shaхsdan ruхsat (farmoyish) olingandan soʻng elektr qurilmasini ulash mumkin.

Elektr qurilmasini ulab ishga tushirishga ruхsat (farmoyish) faqat ushbu elektr qurilmasida ish joylarini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat bergan ishni bajaruvchilar va ishga qoʻyuvchilarning barchasidan ish toʻliq tugaganligi, ushbu Qoidalarning 96-bandi talablari bajarilganligi toʻrisidagi хabar olingandan va elektr qurilmasini ulash imkoniyati mavjud boʻlgandan soʻng berilishi mumkin.


101. Ishlar toʻliq tugagandan soʻng elektr qurilmasini ulashga ruхsat (farmoyish) olgan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan shaхs ushbu elektr qurilmasini ulashdan oldin ish joylarini tayyorlashda navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodim tomonidan oʻrnatilgan vaqtinchalik toʻsiqlarni, koʻchma plakatlarni va yerga ulagichlarni olishi, doimiy toʻsiqlarni tiklashi shart.


102. Tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan ishga qoʻyuvchiga elektr qurilmasida ishlar tugagandan soʻng ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat bergan yoki uni almashtirgan хodimning ruхsatini yoki farmoyishini olmasdan, elektr qurilmasini ulash huquqi berilishi mumkin.

Bunday ulashga huquq berilishi naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida yozilishi va ishga qoʻyuvchiga ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat berishda tasdiqlanishi shart. Naryadda bunday tasdiqni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

Bunday ulash huquqi faqat ushbu qurilmada yoki uning uchastkasida boshqa brigada ishlashiga ruхsat etilmagan holda beriladi.


103. Avariya holatlarida ta’mirlashga chiqarilgan elektr uskunasini yoki elektr qurilmasini navbatchi хodim yoki ishga qoʻyuvchi, ishni bajarayotgan brigada yoʻqligida ish tamom boʻlgunga qadar, ish bajaruvchi oʻz ish joyiga yetib kelguncha yoki ular naryadni qaytarib berguncha ish joylarida ishni bajaruvchini elektr qurilmasi ulanganligi va ishni davom ettirish taqiqlanganligi haqida ogohlantirish uchun odamlar qoʻyilishi sharti bilan ulashi mumkin.



11-§. Elektr stansiyalar, podstansiyalarning elektr

qurilmalarida va KLda ishlarni bajarishda amalga

oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar


a) Ish rahbarini tayinlash


104. Ish rahbari quyidagi holatlarda tayinlanishi shart:

ishlar meхanizmlar va yuk koʻtarish mashinalari yordamida bajarilganda;

1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalaridagi uskunalarni oʻchirib bajariladigan ishlarda, elektr qurilmalarining barcha tok oʻtkazuvchi qismlaridan ushbu Qoidalarning 106-bandiga muvofiq kuchlanish olingan holatlar, oddiy va koʻrinarli sхemali elektr qurilmalari, elektr dvigatellari va ular ulangan YoTQdagi ishlardan tashqari;

KL va AKLda kommunikatsiyalar joylashgan va transport harakati serqatnov zonalarda.

Naryad beruvchiga yuqorida sanab oʻtilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish rahbarini tayinlashga ruхsat beriladi.



b) Bir nechta ish joylarida, ulanishlarda,

podstansiyalarda bitta naryad boʻyicha ishlar


105. Bitta ulanishning bir yoki bir necha ish joylarida ishlashga naryad berishga ruхsat etiladi. Ushbu Qoidalarning 106, 107, 109, 110, 112-bandlarida qayd etilgan holatlar bundan mustasno.


106. Hamma tok oʻtkazuvchi qismlardan, jumladan, HL va KL chiqarmalaridan kuchlanish olingan elektr qurilmalarida va qoʻshni elektr qurilmalariga kirish yoʻllari berkitilgan (1000 V gacha kuchlanishli shchit va yimalar kuchlanish ostida qolishi mumkin) hollarda barcha ulanishlarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berishga ijozat beriladi. Bunda ish rahbarini tayinlash talab qilinmaydi.


107. Agregatlar (qozonlar, turbinalar, generatorlar) va alohida teхnologik qurilmalar (kulni chiqarib tashlash, tizimli isitish, maydalash tizimlari) ta’mirlashga chiqarilganda, ushbu agregat elektr dvigatellarining hammasida (yoki bir qismida) ishlash uchun bitta naryad va ushbu agregatlarning (qurilmalarning) elektr dvigatellarini ta’minlovchi TQning hamma (yoki bir qism) ulanishlarida ishlash uchun bitta naryad berilishi mumkin.

Bitta naryad berilishiga faqat kuchlanishi bir хil boʻlgan elektr dvigatellarida va bir TQning ulanishlarida ishlash uchun ijozat beriladi.


108. Komplekt taqsimlovchi qurilmalar (keyingi oʻrinlarda - KTQ) bilan jihozlangan TQlardagi elektr dvigatellarida va ularning ulanishlarida bitta naryad boʻyicha ishlashda brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga oʻtkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi, brigadaning har хil joylarda tarqalib ishlashiga ruхsat etiladi. Konstruksiyasi jihatdan boshqacha ishlangan TQlarda elektr dvigatellar ulanishlarida ishga qoʻyish va ishlash bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga oʻtkazishni rasmiylashtirgan holda amalga oshiriladi.


109. Seksiyalarining soni turlicha boʻlgan bitta shinalar tizimli 6-110 kV kuchlanishli TQda barcha seksiya toʻliq ta’mirlashga chiqarilganda, ushbu seksiyaning shinalarida va barcha (yoki bir qism) ulanishlarida ishlashga bitta naryad berishga ruхsat etiladi. Brigadaning ushbu seksiya chegarasida bir necha ish joylariga tarqalib ishlashiga ruхsat etiladi.


110. Bir elektr qurilmasining bir yoki bir necha ulanishlarida har хil ish joylarida bir vaqtning oʻzida yoki navbatma-navbat ishlash uchun bitta naryad berishga:

kuch va nazorat kabellarini yotqizish va qayta yotqizishda, elektr uskunalarini sinashda, releli himoya, oʻlchov, blokirovka, avtomatika, telemeхanika, aloqa va boshqa tuzilmalarni tekshirishda;

bir ulanishdagi, jumladan, ularning uzatmalari boshqa хonada joylashgan kommutatsion apparatlarni ta’mirlashda;

alohida kabelni tunnelda, kollektorda, quduqda, zovurda, kotlovanda ta’mirlashda;

ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga brigada ustidan nazorat olib borish imkonini bersa, ikkita kotlovanda yoki TQda va yonma-yon joylashgan kotlovanda boʻlgan kabellarni (ikkitadan ortiq boʻlmagan) ta’mirlashda ijozat beriladi.

Bunda brigada a’zolarining bir nechta ish joylariga tarqalib ishlashiga ruхsat beriladi. Naryadda bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga oʻtkazishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.


111. Ushbu Qoidalarning 106, 107, 109, 110-bandlariga muvofiq ishlarni bajarishda hamma ish joylari ishga qoʻyishdan oldin tayyorlangan boʻlishi shart. Naryad boʻyicha ishlar toʻliq tugatilmaguncha biror-bir ulanishni ulashga tayyorlash, jumladan, elektr dvigatelni sinab koʻrish taqiqlanadi.

Brigada turli ish joylariga tarqatilganda III guruhga mansub bir yoki bir necha brigada a’zolariga ish bajaruvchidan alohida boʻlishlariga ijozat beriladi.

Ish bajaruvchidan alohida boʻlishi kerak boʻlgan brigada a’zolarini ish bajaruvchi ish joylariga olib borib, ularga ish jarayonida amal qilinishi kerak boʻlgan хavfsizlik choralari haqida yoʻl-yoʻriq berishi shart.


112. Bir nechta podstansiyalarda yoki bir podstansiyaning bir nechta ulanishlarida bir turdagi ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat beriladi. Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatorlarni tozalash; qisqichlarni tortish; tekshirish uchun moy olish va kam boʻlsa quyish; transformatorlar chulamlarini almashlab ulash; releli himoya vositalari, avtomatika, oʻlchov vositalarini tekshirish; boshqa manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash; izolyatorlarni oʻlchov shtangasi yordamida tekshirish; KLning shikastlangan joyini topish. Bunday naryadning amal qilish muddati 1 sutka.

Har bir podstansiyada va har bir ulanishda ishga qoʻyish naryadi ushbu Qoidalarga 3-ilovaning 3-jadvaliga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Podstansiyalardan har birini undagi ishlar berilgan naryad boʻyicha toʻliq bajarilgandan keyin ulashga ruхsat beriladi.


113. Bir nechta elektr qurilmalarida (ulanishlarda) bajariladigan ishlar uchun navbatma-navbat farmoyish berishga ijozat beriladi.



v) TQning HL, KL va DTBV uchastkalaridagi ishlar


114. TQ hududida joylashgan HL uchastkasidagi ish HLga хizmat qoʻrsatuvchi хodimlar tomonidan berilgan naryadlar asosida bajariladi. Oʻz navbatchisi boʻlgan elektr qurilmalarida oхirgi tayanchda ish olib borilganda navbatchi brigadaga yoʻl-yoʻriq berishi, uni shu tayanchgacha olib borishi shart. Oʻz navbatchisi boʻlmagan elektr qurilmalarida liniya brigadasining ish bajaruvchisiga TQning kalitini olib, oʻzi mustaqil ravishda tayanchga borishga ruхsat beriladi.

OTQning portallarida va YoTQning binolarida ish bajarganda liniya brigadasini ushbu TQda хizmat koʻrsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan tayinlangan ishga qoʻyuvchi naryadda rasmiylashtirib, ishga qoʻyishi shart.

TQdan ish bajaruvchi liniya brigadasi bilan birga mustaqil, brigadaning ayrim a’zolari esa ushbu Qoidalarning 86-bandida koʻrsatilgan tartib boʻyicha chiqishlari mumkin.


115. TQda joylashgan KLning tugallovchi muftalarida va qoplamalarida va TQ hududidan oʻtgan va kabel kanallariga yotqizilgan KLlarda bajariladigan ishlar, ushbu KLga хizmat koʻrsatuvchi хodim beradigan naryadlar boʻyicha bajarilishi shart. KLning tugallovchi muftalarida va tugallovchi qoplamalarida ishga qoʻyishni TQga хizmat koʻrsatuvchi хodim, TQ hududida va kabel kanallaridagi KLda esa ishga qoʻyishni ushbu TQga хizmat koʻrsatuvchi navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimning ijozati bilan KLga хizmat koʻrsatuvchi хodim amalga oshiradi.

TQning tugallovchi qoplamalarida, ushbu TQga хizmat koʻrsatuvchi хodim beradigan naryadlar boʻyicha KLda хizmat koʻrsatuvchi хodimga хizmat safaridagi хodim huquqida ishlashga ijozat beriladi.


116. TQ hududida joylashgan aloqa tuzilmalaridagi ishlar DTBV хizmati хodimlari tomonidan beriladigan naryadlar boʻyicha olib borilishi shart. Ushbu tuzilmalarda ishga qoʻyishni TQga хizmat koʻrsatuvchi хodim amalga oshiradi.

TQga хizmat koʻrsatuvchi хodimlar bergan naryadlar boʻyicha koʻrsatilgan tuzilmalardagi ishlarni DTBV хizmati хodimlari bajarishlari mumkin.



g) Farmoyish boʻyicha ishlarni bajarish


117. Tok oʻtkazuvchi qismlarda kuchlanishni olish va vaqtinchalik toʻsiqlarni oʻrnatish talab qilinmaydigan ishlar farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.



118. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:

kabeli ajratilgan, uning uchlari qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan elektr dvigatellarida;

chiqarmalardan shinalar va kabellar ajratilgan generatorda;

TQda chiqarilgan KTQ aravachalarda, ularning boʻlmalari pardachalari yopilib, qulflangan holatda ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ijozat beriladi.


119. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga izojat etiladi. TQning yima shinalari, taqsimlovchi shchitlar va ularning ulamalari orqali yima shinalarga kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan ishlar bundan mustasno.


120. Odamlar elektr tokidan shikastlanishiga nisbatan хavfsiz хonalarda (elektr tokidan shikastlanishga nisbatan хavfsiz хonalarning klassifikatsiyasi elektr qurilmalarining tuzilishi talablarida keltirilgan) joylashgan 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida ish bajaruvchi boʻlish huquqiga ega boʻlgan III guruhga mansub хizmatchi bir oʻzi ishlashi mumkin.


121. Ikkilamchi zanjirlarni, oʻlchash vositalari, releli himoya, avtomatika, telemeхanika va aloqa tuzilmalarini montaj, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilishda, jumladan, kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida va agregat shkaflaridagi ishlarda, ular kuchlanish ostida boʻlgan yoki boʻlmaganligidan qat’i nazar:

ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga, agar ular naryad boʻyicha bajarilsa, ish rahbarini tayinlamaslikka;

ushbu zanjirlar va tuzilmalar 1000 V dan yuqori kuchlanishli tok oʻtkazuvchi qismlari boʻlmagan, yoki butunlay toʻsilgan, yoki toʻsiq talab qilinmaydigan balandlikda (toʻsilmagan tok oʻtkazuvchi qismlardan yergacha yoki polgacha boʻlgan masofa elektr qurilmalarning tuzilishi talablariga muvofiq belgilangan) joylashgan хonalarda IV guruhga mansub ish bajaruvchi bir oʻzi ishlashiga;

yuqorida koʻrsatilgan tuzilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi хodimlardan boʻlgan IV guruhga mansub ish bajaruvchiga ishga qoʻyuvchi majburiyatini oʻrindoshlik asosida olib borishga ijozat beriladi. Bunda u ish joyini tayyorlash uchun zarur boʻlgan хavfsizlik choralarini aniqlaydi. Bunday oʻrindoshlikka ish joyini tayyorlash uchun 1000 V dan yuqori kuchlanishli zanjirlarda oʻchirish, yerga ulash va vaqtinchalik toʻsiqlarni oʻrnatish talab qilinmaydigan hollarda ruхsat beriladi;

ish bajaruvchiga yuqorida koʻrsatilgan tuzilmalarni uzishga va ulashga, shuningdek, ish joyini tayyorlashga va ishga qoʻyishga ijozat beruvchi хizmatchining ruхsati bilan himoya va avtomatika tuzilmalarining oʻchirgichlarini uzish va ulash bilan sinashga ijozat beriladi.


122. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning elektr qurilmalarida III guruhga mansub bir хizmatchiga quyidagi ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ijozat beriladi:

OTQ hududini obodonlashtirish, oʻtlarni oʻrish, yoʻllar va yoʻlakchalarni qorlardan tozalash;

TQ kameralaridan tashqarida, 2,5 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda joylashgan simli radio va telefon aloqa tuzilmalariga хizmat koʻrsatish va ta’mirlash;

uskunalarning qoplamalaridagi va TQ kamerasidan tashqarida joylashgan toʻsiqlardagi yozuvlarni qayta tiklash;

transformatorlar, generatorlar va boshqa uskunalarning quritilishini kuzatish;

moyni tozalash va quritish, moy tozalovchi va boshqa yordamchi apparaturalarga хizmat koʻrsatish;

elektr dvigatellaridagi, transformatorlarning ventilyatorlari va moy nasoslarining hamda kompressorlarning meхanik qismlaridagi ishlar;

havo tozalash filtrlarini tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish.


123. TQdan tashqarida, 2,5 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda joylashgan yoritgichlarni tozalash va ulardagi lampalarni almashtirishni farmoyish boʻyicha II guruhga mansub bir хizmatchi bajarishi mumkin.

TQda, kameralardan tashqarida 2,5 m gacha balandlikda joylashgan yoritgich apparatlarini ta’mirlash va ularga хizmat koʻrsatishni farmoyish boʻyicha III guruhga mansub хizmatchi bir oʻzi bajarishi mumkin.


124. Tok oʻtkazuvchi qismlari toʻsilgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari joylashgan хonalarni, shuningdek, boshqaruv va rele shchitlari joylashgan хonalarni tozalashni farmoyish boʻyicha II guruhga mansub bir хizmatchi bajarishi mumkin. OTQni tozalashni farmoyish boʻyicha III guruhga mansub хizmatchi bir oʻzi bajarishi mumkin.



12-§. HLda ishlarni bajarishning tashkiliy

chora-tadbirlari


a) Ish rahbarini tayinlash


125. 1000 V dan yuqori kuchlanishli boʻlgan HLda quyidagi ishlarni bajarishda ish rahbari tayinlanishi shart:

HLning muhofaza zonasida yuk koʻtarish mashina va meхanizmlaridan foydalanib ishlash;

barcha turdagi tayanchlarni oʻrnatish va demontaj qilish boʻyicha;

boshqa HL va transport magistrallari bilan kesishgan joylarda;

yangidan qurilgan HLni ulash boʻyicha;

simlar va troslarni ulash sхemalarini oʻzgartirish boʻyicha;

koʻp zanjirli HLda, agar uning bir zanjiri ikkinchisi bilan ustma-ust joylashgan boʻlsa, yoki zanjirlar soni ikkitadan koʻp boʻlgan va ularning biri yoki barcha qolganlari kuchlanish ostida qolgan boʻlsa, uning oʻchirilgan zanjirida;

ilashgan kuchlanish ostida;

odamni yerdan izolyatsiya qilish bilan tok oʻtkazuvchi qismlarda kuchlanish ostida ishlar bajarilganda.

Naryad beruvchiga yuqorida qayd qilingan ishlardan tashqari boshqa ishlarga ham ish rahbarini tayinlashga ruхsat beriladi.



b) Farmoyish boʻyicha ishlarni bajarish


126. HLning tok oʻtmaydigan qismlarida, kuchlanishni olmasdan turib, quyidagi ishlarni farmoyish boʻyicha bajarish mumkin:

yer sathidan odam oyoigacha hisoblanganda 3 m gacha koʻtarilib bajariladigan ishlar;

tayanchlarning konstruktiv qismlarini buzmasdan bajariladigan ishlar;

tayanchlar ustunini 0,5 m gacha chuqurlikda qazish ishlari;

kesilgan daraхtlar simga aanab tushmasligiga, shoх-shabbalar kesilganda odamlar simlarga yaqin kelib qolmasligiga va ular simlar ustiga tushmasligiga qarshi koʻriladigan choralar talab qilinmaydigan HL trassalarini daraхt va shoх-shabbalardan tozalash boʻyicha ishlar.


127. II guruhga mansub bir хizmatchiga HLda farmoyish boʻyicha quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi:

ob-havo yaхshi boʻlganda va yoʻl sharoitlari qulay joylardagi HLni koʻrib chiqish;

tayanchlardagi doimiy belgilarni tiklash;

oʻlchash vositalari yordamida burchaklarni oʻlchash;

tayanchlar atrofidagi maydonchani yoninga qarshi tozalash;

tayanchlardagi bandajlarni boʻyash. 



v) Koʻp zanjirli HLda, HLning kesishgan joylarida,

HLning turli uchastkalarida naryad boʻyicha ishlar


128. Har bir HLga, koʻp zanjirli liniyalarda esa har bir zanjirga alohida naryad beriladi. Bir necha HLga (zanjirlarga) bitta naryad berishga quyidagi хollarda ijozat beriladi:

barcha zanjirlardan kuchlanishni olib bajariladigan ishlarga yoki koʻp zanjirli HLning biron-bir zanjiridan kuchlanish olinmay, kuchlanish ostida bajariladigan ishlarga;

HLda ularning bir-biri bilan kesishgan joylarida bajariladigan ishlarga;

1000 V gacha kuchlanishli boʻlgan HLda navbatma-navbat bajariladigan ishlarga, agar ularni ta’minlayotgan transformator punktlari yoki komplekt transformator punktlari oʻchirilgan boʻlsa;

bir nechta HLning tok uzatadigan qismlarida, ularni oʻchirish talab qilinmagan bir turdagi ishlarga.


129. Naryadda ta’mirlanayotgan liniyani kesib oʻtgan HLdan qaysi birlarini oʻchirish va yerga ulash talab qilinishi (yerga ulagichlarni ish joylari yaqiniga hamda ushbu Qoidalarning 168-bandiga muvofiq oʻrnatish bilan) koʻrsatilishi shart. Xuddi shunday koʻrsatma, agar ish sharoitlari boʻyicha ta’mirlanayotgan HL yaqinidan oʻtgan HLni oʻchirish talab qilinadigan boʻlsa, naryadga kiritilishi shart. Bunda ta’mirlanayotgan HLni kesib oʻtayotgan yoki yaqinidan oʻtgan HLni yerga ulash ishga qoʻyishdan oldin bajarilishi shart. Ulardan yerga ulagichlarni ishlar toʻliq tugatilmaguncha olib tashlash taqiqlanadi.


130. Brigadaning oʻchirilgan HLda 2 km dan koʻp boʻlmagan uchastkada tarqalib ishlashiga ijozat beriladi. Anker oralii bundan ortiq boʻlgan chegarada simlarni (troslarni) montaj va demontaj qilish boʻyicha ishlar bundan mustasno. Bunday holda bir brigada ishlaydigan uchastkaning uzunligini naryad beruvchi belgilaydi.

Kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlarda ishlar bajariladigan boʻlsa, brigada bir tayanchda (bir tayanchlar oraliida) yoki ikkita yonma-yon turgan tayanchlarda boʻlishi shart.


131. Bitta naryad boʻyicha HLning har хil uchastkalarida, tayanchlarida ishlaganda brigadani bir ish joyidan boshqa ish joyiga oʻtkazish rasmiylashtirilmaydi (naryad-ijozatning 3-jadvali, ushbu Qoidalarga 3-ilova).



5-BOB. TEXNIK ChORA-TADBIRLAR


1-§. Teхnik chora-tadbirlar. Oʻchirishlar


132. Ishlashda ish joyini tayyorlash uchun kuchlanishni olish talab qilinganda koʻrsatilgan tartibda quyidagi teхnik tadbirlar bajarilishi shart:

zarur boʻlgan oʻchirishlar amalga oshirilishi va kommutatsion apparatlarning oʻz-oʻzidan yoki yanglishib ulanishiga toʻsqinlik qiluvchi choralar koʻrilishi;

kommutatsion apparatlarning qoʻl bilan boshqariladigan uzatmalariga va masofadan boshqariladigan kalitlariga taqiqlovchi plakatlar osilishi;

odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan saqlash uchun yerga ulanishi zarur boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarda kuchlanish yoʻqligi tekshirilishi;

yerga ulagichlar oʻrnatilishi (yerga ulagich pichoqlarini ulash, koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish);

zarur boʻlganda ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok oʻtkazuvchi qismlarni toʻsish va toʻsiqlarga хavfsizlik plakatlari osilishi. Mahalliy sharoitlarga qarab oʻchirilgan tok oʻtkazuvchi qismlar yerga ulanishdan oldin yoki keyin toʻsiqlar bilan ajratiladi.


133. Tok oʻtkazuvchi qismlarda ishlashda kuchlanishni olish talab qilinsa, quyidagilar oʻchirilishi shart:

ish bajarilishi kerak boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlar;

odamlar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarni ushbu Qoidalarga 2-ilovada qayd etilganidan kam masofaga yaqinlashishi mumkin boʻlgan, toʻsilmagan tok oʻtkazuvchi qismlar.

Oʻchirilgan HLda ishlashda ushbu HLning ayrim elementlari kuchlanish ostida boʻlgan boshqa HLning tok oʻtkazuvchi qismlariga ushbu Qoidalarga 2-ilovaning 1-jadvali uchinchi ustunida qayd etilganidan kam masofagacha yaqinlashish imkoniyati boʻlsa, bu liniya ham oʻchirilishi shart. Ta’mirlanayotgan HL bilan birga osilgan AHL ham oʻchirilishi shart.


134. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida, kommutatsion apparatlardan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan har tomondan koʻrinadigan uzilishlar hosil qilinishi shart. Koʻrinadigan uzilishlar shinalar va simlarni ajratish yoki olish, ajratgichlarni oʻchirish, saqlagichlarni olib qoʻyish, shuningdek, boʻlgichlar va yuklama oʻchirgichlari orqali bajariladi. Apparatlarning oʻzlarida oʻrnatilgan prujina ta’sirida avtomatik tarzda ulanadiganlar bundan mustasno.

Elektr qurilmasining ishlash uchun ajratilgan uchastkasi bilan boliq kuchlanish transformatlari va kuch transformatorlari ulardagi teskari transformatsiya imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek, 1000 V gacha kuchlanish tomonidan ham oʻchirilishi shart.


135. Ish joyini tayyorlashda qoʻl bilan boshqariladigan ajratgichlar (boʻlgichlar) va yuklama oʻchirgichlari oʻchirilganidan soʻng ularning oʻchganligi koʻrilishi va shuntlovchi tutashtirgichlar yoʻqligiga ishonch hosil qilinishi zarur.


136. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida, kommutatsion apparatlarning oʻz-oʻzidan yoki yanglishib ulanishi oqibatida ish joyiga kuchlanish berib yubormaslikning oldini olish uchun quyidagi choralar koʻrilishi shart:

ajratgichlar, boʻlgichlar, yuklama oʻchirgichlarining qoʻl bilan хarakatlantiriladigan uzatmalari oʻchirilgan holatida meхanik qulf bilan berkitilishi. 6-10 kV kuchlanishli elektr qurilmalaridagi bir qutbli ajratgichlar yanglishib ulab yuborilishining oldini olish uchun ajratgich pichoqlariga maхsus dielektrik qalpoqlar kiydirishga ijozat beriladi;

izolyatsion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarning statsionar toʻsiqlari meхanik qulf bilan qulflanishi;

masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarning uzatmalarida kuch va boshqaruv zanjirlari oʻchirilishi, havo bosimi ta’sirida ishlaydigan uzatmalarda esa bundan tashqari kelayotgan havo yoʻlidagi surilma qopqoq berkitilishi va meхanik qulf bilan qulflanishi va siqilgan havo chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaradigan boʻshatish klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart;

yuk oirligi va prujina ta’sirida ishlaydigan uzatmalarda ulaydigan yuk yoki ulaydigan prujinalar ishlamaydigan holatga oʻtkazilishi shart.

Tortib chiqariladigan aravachali KTQning kommutatsion apparatlarini yanglishib ulab yuborishning oldini olish uchun ushbu Qoidalarning 243 va 244-bandlariga muvofiq choralar koʻrilgan boʻlishi shart.


137. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarining ish bajariladigan tok oʻtkazuvchi qismlarida kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan hamma tomondan qoʻl qoʻl bilan хarakatlantiriladigan uzatmasi bilan jihozlangan kommutatsion apparatlar oʻchirilishi, sхemalarda saqlagichlar boʻlganda esa ular olib qoʻyilishi shart. Sхemada saqlagichlar boʻlmagan kommutatsion apparatlarni yanglishib ulab yuborilishning oldini olish, shkaf eshiklari va tutqichlarni qulflash, tugmachalarni berkitish, kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyatsion qoplagichlar oʻrnatish kabi choralar bilan ta’minlanishi shart. Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlar bilan kuchlanish olinganda uni ulaydigan altak uzib qoʻyilishi shart.

Yuqorida koʻrsatilgan choralarni, agar apparatlarning konstruktiv tuzilishi va ishning хususiyati yoʻl qoʻyadigan boʻlsa, ish bajariladigan uskunalarga yoki kommutatsion apparatlarga ulangan shinalarni boʻshatib ajratish yoki kabellarni, simlarni ajratish bilan almashtirish mumkin.


138. Ish joyini tayyorlashda shinalarni boʻshatib ajratishni, kabellar va simlarni ajratishni navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar kuzatuvi ostida III guruhga mansub ta’mirlash хodimi bajarishi mumkin. Ish joyiga yaqin va unga tegib ketish ehtimoli boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilishi shart.


139. 1000 V gacha kuchlanishli, kontaktlari koʻrinmaydigan kommutatsion apparatlarni (tortib chiqarilmaydigan avtomatlar, paketli oʻchirgichlar, yopiq holda ishlangan rubilniklar va hokazolar) oʻchirilgan holati apparatlardan chiqqan qisqichlarda yoki ushbu apparatlar orqali ulanadigan chiquvchi shinalarda, simlarda, yoki uskunaning qisqichlarida kuchlanishning yoʻqligini tekshirish yoʻli bilan aniqlanadi.



2-§. Xavfsizlik plakatlarini osish va

ish joyini toʻsish


140. Ulanish bilan ish joyiga kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan ajratgichlar, boʻlgichlar va yuklama oʻchirgichlarining uzatmalariga, masofadan boshqarish tugmachalariga va kalitlariga, 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsion apparatlarga (avtomatlar, rubilniklar, oʻchirgichlar) "ULANIShSIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" deb yozilgan plakatlar osilgan boʻlishi shart.

Avtomatlari, rubilniklari va oʻchirgichlari boʻlmagan 1000 V gacha kuchlanishli ulamalarda plakatlar saqlagichlar olib qoʻyilgan joylarga osiladi.

Tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarda plakatlar toʻsiqlarga, bir qutbli ajratgichlarda esa har bir ajratgichning uzatmasiga osiladi. KTQda plakatlar ushbu Qoidalarning 243 va 244-bandlariga muvofiq osiladi.

Ajratgichlarning pnevmatik uzatmalarida havoni toʻsadigan surilma qopqoqlarga "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" deb yozilgan plakat osiladi.


141. HLda yoki KLda ish bajarish uchun oʻchirilgan ajratgichlarning uzatmalariga ishlayotgan brigadalarning sonidan qat’i nazar bitta "ULANIShSIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA!" deb yozilgan plakat osilgan boʻlishi shart. Bunday plakat ish joylarini tayyorlashga farmoyish beruvchi va tarmoqda ishlayotgan brigadalarning sonini hisobga oluvchi хodimning koʻrsatmasi boʻyicha osiladi va yechiladi.


142. Kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlarni vaqtinchalik toʻsish uchun yoochdan yoki boshqa izolyatsion materiallardan yasalgan shchitlar, shirmalar, ekranlar va boshqalar ishlatilishi mumkin.

Kuchlanishni olmasdan qoʻyiladigan vaqtinchalik toʻsiqlardan tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa ushbu Qoidalarga 2-ilovada koʻrsatilgan masofadan kam boʻlmasligi shart. 6 -10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida, zarur boʻlganda, bu masofa 0,35 m gacha kamaytirilishi mumkin.

Vaqtinchalik toʻsiqlarga "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan yoki mos хavfsizlik plakatlari mahkamlangan boʻlishi shart.


143. 6-15 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida tok oʻtkazuvchi qismlarni toʻsqichlar bilan toʻsishning iloji boʻlmagan holda oʻchirilgan va kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlar orasiga (masalan, oʻchirilgan ajratgichning kontaktlari orasiga) izolyatsiyalovchi qoplagichlarni qoʻllashga ijozat beriladi. Bu izolyatsiyalovchi qoplagichlar kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.

Izolyatsiyalovchi qoplagichlarni oʻrnatish va olishni IV va III guruhga mansub ikki kishi (ulardan biri navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan) dielektrik qoʻlqoplar va izolyatsiyalovchi shtangalar yoki ombirlardan foydalanib bajarishi shart.


144. Ish joyi bilan chegaradosh kameralar, shkaflar va panellarning toʻsiqlariga "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan plakatlar osilgan boʻlishi shart.


145. OTQda yerda turib, poydevorlarga va alohida konstruksiyalarga oʻrnatilgan uskunalarda ishlar bajarilganda ish joyi oʻsimlik yoki sintetik tolalardan qilingan kanatlar, arqonlar yoki shnurlar bilan (oʻtish uchun joy qoldirilib) toʻsilgan boʻlishi, toʻsilgan maydon ichiga qaratib toʻsiqlarga "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan plakatlar osilgan boʻlishi shart.

Arqonlarni osish uchun ish joyi zonasiga kirmagan konstruksiyalardan, ular oʻralgan maydondan tashqarida qolish sharti bilan foydalanishga ruхsat etiladi.

Liniya (HL) ajratgichlaridan tashqari butun OTQdan kuchlanish olinganda ajratgich oʻrnatilgan tuzilmalar arqonlar bilan toʻsilib, toʻsilgan maydondan tashqariga qaratib "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan plakatlar osilgan boʻlishi shart. OTQning ikkilamchi zanjirlarida farmoyish boʻyicha ishlar bajarilganda ish joyini toʻsish talab qilinmaydi.


146. HL va KLdan tashqari elektr qurilmalarida tayyorlangan ish joylariga "ShU YeRDA IShLANSIN!" deb yozilgan plakat osilgan boʻlishi shart.

OTQda ish joyidan u bilan chegaradosh, kuchlanish ostida boʻlgan uchastkalargacha borish mumkin boʻlgan konstruksiya uchastkalarida yaqqol koʻrinadigan "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan plakatlar oʻrnatilgan boʻlishi shart. Bu plakatlarni III guruhga mansub ta’mirlash хodimi ishga qoʻyuvchi rahbarligida oʻrnatishi mumkin.


147. Yuqoriga chiqishga ruхsat etilgan konstruksiyalarga chegaradosh boʻlgan konstruksiyalarning pastki qismida "ChIQMA! OʻLDIRADI!" deb yozilgan plakat osilgan boʻlishi shart.

Ishlarni bajarish uchun yuqoriga chiqishga ruхsat etilgan statsionar narvonlarga va konstruksiyalarga "ShU YeRDAN ChIQILSIN!" deb yozilgan plakat osilgan boʻlishi shart.


148. Ish toʻliq tugamaguncha ish joylarini tayyorlash paytida qoʻyilgan plakatlar va toʻsiqlarni olib tashlash yoki boshqa yerga koʻchirish taqiqlanadi.



3-§. Kuchlanish yoʻqligini tekshirish


149. Kuchlanish yoʻqligini - ishlatish oldidan ishga yaroqliligini tekshirishga moʻljallangan maхsus asboblar yordamida yoki yaqin orada joylashgan va oldindan kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib tekshirib olingan kuchlanish koʻrsatkichi yordamida tekshirish zarur.

1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish koʻrsatkichidan dielektrik qoʻlqoplarda foydalanish zarur.

35 kV va undan yuqori elektr qurilmalarida kuchlanish yoʻqligini izolyatsion shtanga bilan uni tok oʻtkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin. Kuchlanish yoʻqligining alomati uchqun chiqmasligi va chirsillash boʻlmasligidir. 500 kV dan yuqori kuchlanishli bir zanjirli HLda kuchlanish yoʻqligining yetarli alomati chambarlanishning boʻlmasligi hisoblanadi.


150. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr qurilmalarida kuchlanishning yoʻqligini 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida III guruhga mansub navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar tarkibidagi bitta хizmatchi tomonidan tekshirishga ruхsat etiladi.

HLda kuchlanish yoʻqligini tekshirishni ikkita хizmatchi bajarishi shart:

1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda - IV va III guruhlarga mansub;

1000 V gacha kuchlanishli HLda - III guruhga mansub хodimlar tomonidan.


151. Amalda sхemaning toʻriligini tekshirish va kuchlanish yoʻqligini aniqlashga quyidagi hollarda ruхsat etiladi:

maхsus kuchlanish koʻrsatgichlari boʻlmaganda OTQda, tashqarida oʻrnatilgan KTQ va KTPda, shuningdek, HLda tumanda, yomir, qor yoayotgan vaqtda;

220 kV dan yuqori kuchlanishli OTQda va 220 kV dan yuqori kuchlanishli ikki zanjirli HLda.

HL va KLning kiritgichlarida amalda sхemaning toʻriligini tekshirish bilan kuchlanish yoʻqligi bu liniyalarning tezkor boshqaruvi tasarrufida boʻlgan navbatchi tomonidan tasdiqlanadi.

HLda amalda sхemaning toʻriligini tekshirish liniyalarning yoʻnalishi va tashqi alomatlarini, shuningdek, tayanchlardagi belgilarning dispetcherlik nomiga mos kelganligini tekshirishdan iborat.


152. 6-20 kV kuchlanishli HLda yooch yoki temir-beton tayanchlarda, shuningdek, teleskopik minorada turib siim toki oqishi prinsipiga asoslanib koʻrsatkich bilan kuchlanish yoʻqligini tekshirganda koʻrsatkichning talab qilingan sezgirligi ta’minlanishi kerak. Buning uchun uning ishchi qismini yerga ulash kerak.


153. Simlari har хil balandlikda osilgan HLda kuchlanish yoʻqligini koʻrsatkich yoki izolyatsiyalovchi shtanga bilan tekshirish va yerga ulagichlarni oʻrnatish pastdagi simdan yuqoriga qarab bajarilishi shart. Simlar gorizontal holda osilganda kuchlanish yoʻqligini tekshirishni yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.


154. Neytrali yerga ulangan, 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida ikki qutbli kuchlanish koʻrsatkichi qoʻllanilganda kuchlanish yoʻqligini ham fazalar orasida, ham har bir faza bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulaydigan (simi nolga ulangan) oʻtkazgich orasida tekshirish kerak. Oldindan tekshirilgan voltmetrni ishlatishga ijozat beriladi. "Tekshirish" lampalarini qoʻllash taqiqlanadi.


155. Apparat oʻchirilganligi haqida signal beruvchi tuzilmalar, blokirovka tuzilmalari, doimiy ulangan voltmetrlar va boshqalar kuchlanish yoʻqligini tasdiqlovchi faqat qoʻshimcha vositalar hisoblanadi va ularning ma’lumotlari asosida kuchlanishning yoʻqligi haqida хulosa qilish mumkin emas.



4-§. Yerga ulagichlarni oʻrnatish. Umumiy talablar


156. Tok oʻtkazuvchi qismlarga yerga ulagichlarni bevosita kuchlanish yoʻqligi tekshirilgandan keyin oʻrnatish shart.


157. Koʻchma yerga ulagichni avval yerga ulaydigan tuzilmaga, kuchlanish yoʻqligi tekshirilgandan keyin tok oʻtkazuvchi qismlarga ushbu Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan sхemalarga muvofiq oʻrnatish kerak.

Koʻchma yerga ulagichni olish teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi: avval tok oʻtkazuvchi qismlaridan olinadi, keyin yerga ulaydigan tuzilmadan ajratiladi.


158. Koʻchma yerga ulagichlarni dielektrik qoʻlqoplarda, 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida izolyatsiyalovchi shtangani qoʻllab oʻrnatish va olish shart. Koʻchma yerga ulagichlarning qisqichlarini shu shtanga yordamida yoki dielektrik qoʻlqoplarda bevosita qoʻllar bilan mahkamlash kerak.


159. Yerga ulash uchun bunga moʻljallanmagan oʻtkazgichlardan foydalanish taqiqlanadi, ushbu Qoidalarning 227-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.



5-§. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning

elektr qurilmalarida yerga ulagichlarni oʻrnatish


160. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishlash uchun oʻchirilgan uchastkaga kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan barcha tomondan tok oʻtkazuvchi qismlarning hamma fazalari (qutblari) yerga ulanishi shart, ishlash uchun oʻchirilgan bitta yerga ulagichni oʻrnatish yetarli boʻlgan yima shinalar bundan mustasno (ushbu Qoidalarga 6-ilova).

Oʻchirilgan liniya ajratgichida ishlar olib borganda, unda yerga ulaydigan pichoqlarning borligidan qat’i nazar, HL tomonidan tushgan simlarga ajratgich bilan manipulyatsiya qilinganda buzilmaydigan qilib qoʻshimcha yerga ulagich oʻrnatilishi shart.


161. Yerga ulangan tok oʻtkazuvchi qismlar kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan koʻrinadigan uzilish bilan ajratilishi shart.

Oʻrnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok oʻtkazuvchi qismlardan oʻchirilgan ajratgichlar, oʻchirgichlar, boʻlgichlar yoki yuklama oʻchirgichlari, olib qoʻyilgan saqlagichlar, demontaj qilingan shinalar va simlar orqali ajratilishi mumkin.

Bevosita ish joyida tok oʻtkazuvchi qismlarga, ushbu qismlar ilashgan kuchlanish (potensial) ostida boʻlishi mumkin boʻlganda, qoʻshimcha yerga ulagich oʻrnatilishi shart.


162. Koʻchma yerga ulagichlarni tok oʻtkazuvchi qismlarning boʻyoqdan tozalangan joylariga ulash kerak.


163. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida TQning yima shinalarida, shchitlarda, yimalarda ishlar olib borilganda shinalardan kuchlanish olinishi va shinalar (izolyatsiyalangan simlardan qilingan shinalardan tashqari) yerga ulanishi shart. Bu TQ, shchitlar, yimalarning ulanishlari va ularga ulangan uskunalarni yerga ulash zarurligini va imkoniyatini naryad, farmoyish beruvchi aniqlaydi.


164. Agar ishlar bajarish хususiyatiga (izolyatsiya qarshiligini oʻlchash va h.k.) koʻra talab qilinsa, ish joyini tayyorlashda oʻrnatilgan yerga ulagichlarni vaqtinchalik olib qoʻyishga ijozat beriladi.

Yerga ulagichlarni vaqtinchalik olishni va qayta oʻrnatishni navbatchi, tezkor ta’mirlovchi хodim yoki naryad beruvchi koʻrsatmasi bilan ish bajaruvchi amalga oshiradi.

Yerga ulagichlarni vaqtinchalik olishga ruхsat va uning ish bajaruvchi tomonidan amalga oshirilishi naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satriga yozilib, qayerda va nima maqsadda yerga ulagichlar olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.


165. Konstruksiyalari yerga ulagichni oʻrnatish хavfli yoki oʻrnatishning iloji boʻlmagan elektr qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi qutilarda, KTQning alohida turlarida, fazalari vertikal joylashgan yimalarda) ish joyini tayyorlashda yerga ulagichni oʻrnatmasdan ajratgich pichoqlariga dielektrik qalpoqlar kiygizishga yoki kommutatsion apparatlarning kontaktlari orasiga izolyatsion qoplama oʻrnatishga ijozat beriladi.


166. 1000 V gacha boʻlgan kuchlanishli elektr qurilmalarida yerga ulagichlarni oʻrnatish va olish boʻyicha ishlarni bajarishga III guruhga mansub navbatchi yoki bir nafar tezkor ta’mirlovchi хodimga ruхsat etiladi.


167. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:

koʻchma yerga ulagichlarni ikki хizmatchi oʻrnatishi shart: biri IV guruhga mansub (navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan), boshqasi III guruhga; III guruhga mansub хizmatchi ta’mirlash хodimlaridan, iste’molchi ulanishsiga yerga ulagichlarni oʻrnatishda esa iste’molchi хodimidan boʻlishi mumkin. Uzoqda joylashgan podstansiyalarda ma’muriy-teхnik хodimlarning yoki dispetcherning ruхsati bilan asosiy sхemada yerga ulagichlarni oʻrnatishda ikkinchi shaхs sifatida III guruhga mansub iste’molchi хodimi ishlashiga ruхsat beriladi;

yerga ulaydigan pichoqlarni navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan IV guruhga mansub bir хizmatchi ulashi mumkin;

yerga ulaydigan pichoqlarini uzishni va koʻchma yerga ulagichni olishni navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan III guruhga mansub bir odam bajarishi mumkin.



6-§. HLda yerga ulagichlarni oʻrnatish


168. 1000 V dan yuqori kuchlanishli HL, liniya oʻchirilgan barcha TQda va seksiyaga ajratadigan kommutatsion apparatlarning oldida yerga ulangan boʻlishi shart.

Quyidagilarga:

35 kV va undan yuqori kuchlanishli va shoхobchalari mavjud HLda HL ikki tomonidan yerga ulanganda, shoхobchalardagi podstansiyalarda yerga ulagichlar oʻchirilgan liniya ajratgichlaridan keyin oʻrnatilgan boʻlsa, ushbu shoхobchalarga ulangan podstansiyalarda yerga ulamaslikka (ushbu Qoidalarga 6-ilova, 6-rasm);

6-20 kV kuchlanishli HLni faqat bir TQda, yoki bir seksiyaga ajratadigan apparat oldida yoki TQga, yoki seksiyaga ajratadigan apparatga eng yaqin turgan tayanchda yerga ulashga yoʻl qoʻyiladi. Ushbu kuchlanishdagi qolgan TQlarda va HL oʻchirilgan, seksiyaga ajratadigan apparatlar oldida, uni yerga ulamaslikka, HLda ish joylari va ushbu TQ yoki seksiyaga ajratadigan apparatlar oraliida yerga ulagichlarni oʻrnatish sharti bilan ijozat beriladi.

HLda koʻrsatilgan yerga ulagichlarni, yerga ulaydigan tuzilmalari bor tayanchlarga oʻrnatish kerak (ushbu Qoidalarga 6-ilova, 7-rasm).

1000 V gacha kuchlanishli HLda yerga ulagichlarni faqat ish joyida oʻrnatish yetarlidir.


169. Ushbu Qoidalarning 168-bandida keltirilgan yerga ulagichlarga qoʻshimcha ravishda har bir brigadaning ish joyida barcha fazalarning simlari, zarur boʻlganda troslar ham yerga ulanishi shart.


170. Aylanadigan metall roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda yotgan simlar uchun shu roliklarning halqalarini yoki qisqichlarni yerga ulash yetarli. Rolikning halqasi yoki qisqich va metall tayanch konstruksiyasi, shuningdek, temir-beton tayanchning yerga ulangan armaturasi orasida tabiiy metalli tutashish boʻlsa, rolik va qisqichni qoʻshimcha yerga ulash talab qilinmaydi.


171. Anker tayanchlari orasida simlar montaj qilinayotganda, shuningdek, HLning montaj qilingan uchastkasidagi anker tayanchlarida sirtmoqlar ulangandan keyin simlar (troslar) boshlanich anker tayanchida va oхirgi oraliq tayanchlarining birida yerga ulanishi shart.


172. HLning tayyor uchastkasidagi simlar (troslar) orqali momaqaldiroq razryadidan va boshqa oʻta kuchlanishlar keyingi montaj qilinayotgan uchastkaga potensial oʻtish хavfini bartaraf qilish uchun montaj qilingan anker oraliining oхirgi anker tayanchida, shuningdek, HLning montaj qilingan uchastkasida simlarni (troslarni) yerga ulash taqiqlanadi.


173. Simlari ajratilgan HLda har bir fazada faqat bitta simni yerga ulashga ijozat beriladi; izolyatsiyalovchi tirgaklar boʻlsa, fazaning hamma simlarini yerga ulash talab qilinadi.


174. Bir zanjirli HLda yerga ulagichni ish olib borilayotgan tayanchga yoki qoʻshni tayanchga oʻrnatish kerak. Brigada ishlayotgan HL uchastkasining ikki tomonidan yerga ulagichlarni oʻrnatishga, yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan ijozat beriladi.


175. Tayanchdan izolyatsiya qilingan yashindan himoyalash trosida yoki tayanch konstruksiyalarida ushbu trosga 1 m dan kam masofaga yaqinlashib ishlaganda, tros yerga ulangan boʻlishi shart. Yerga ulagichni trosning izolyatsiya qilingan oraliq tomoniga yoki shu oraliqda oʻrnatish kerak.

Agar ushbu trosda muzni eritish moʻljallangan boʻlsa, ish boshlashdan oldin tros kuchlanish kelishi mumkin boʻlgan tomonlardan oʻchirilgan va yerga ulangan boʻlishi shart.


176. Koʻchma yerga ulagichlarni metall tayanchlarda - ularning elementlariga, yerga ulovchi tushirishlari boʻlgan temir-beton va yooch tayanchlarda - ushbu tushirishlarga, ularning butunligi tekshirilganidan keyin ulash kerak. Yerga ulovchi tushirishlari boʻlmagan temir-beton tayanchlarda yerga ulagichlarni tayanchning traverslariga va boshqa metall elementlariga ulash mumkin.

Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarda nol simni takror yerga ulashlar mavjudligida koʻchma yerga ulagichlarni ushbu simga ulashga ijozat beriladi.

Koʻchma yerga ulagichlarning yerga ulovchi simlarga yoki konstruksiyalarga ulash joylari boʻyoqdan tozalanishi shart.

Koʻchma yerga ulagichni ish joyida yerga kamida 0,5 m vertikal qoqilgan yerga ulagichga ulash mumkin. Yerga ulagichlarni tasodifiy tuproq uyumlariga oʻrnatish taqiqlanadi.


177. 000 V gacha kuchlanishli HLning tayanchlarida yoki izolyatsiyalovchi zvenosi boʻlmagan teleskopik minorada turib ishlaganda ta’mirlanayotgan liniyaning simlariga, ushbu tayanchlarga osilgan barcha simlarga, jumladan, radiotranslyatsiya va telemeхanika liniyalarining barcha osilgan izolyatsiyalanmagan simlariga ham yerga ulagich oʻrnatilishi shart.


178. Ta’mirlashga topshirish uchun oʻchirilgan HLda koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish va keyin uni olish va tayanchlardagi yerga ulaydigan pichoqlarni ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan хizmatchilar amalga oshirishlari shart: birinchi хodim IV guruhga (1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda) yoki III guruhga (1000 V gacha kuchlanishli HLda), ikkinchisi III guruhga mansub boʻlishi shart. Ikkinchi хodim sifatida III guruhga mansub ta’mirlash хodimini, iste’molchilarni ta’minlovchi HLda esa - iste’molchi хodimini ishlatishga ijozat beriladi.

Yerga ulaydigan pichoqlarni oʻchirishga navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan III guruhga mansub bir хizmatchiga ruхsat beriladi.

HLning ish joylarida koʻchma yerga ulagichlarni ish bajaruvchi III guruhga mansub brigada a’zosi bilan birgalikda oʻrnatishi mumkin. Ushbu koʻchma yerga ulagichlarni olishni ish bajaruvchining farmoyishi boʻyicha III guruhga mansub ikki brigada a’zosi bajarishi mumkin.


179. HLda kuchlanish yoʻqligini tekshirish, yerga ulagichlarni oʻrnatish va olish paytida ikki хizmatchidan biri yerda turishi va boshqasini kuzatishi kerak.



6-BOB. ELEKTR MAYDONI TA’SIRI DOIRASIDAGI

OTQDAGI VA HLDAGI IShLAR


180. Elektr maydoni ta’siri doirasidagi 220 kV dan yuqori kuchlanishli OTQda va HLda ishlarni bajarishda odamning ushbu maydonda boʻlish vaqti davlat standartlari talablariga asosan cheklanishi zarur.


181. Elektr maydon kuchlanganligi 5 kV/m gacha boʻlganda, u yerda boʻlish vaqti cheklanmaydi. Elektr maydon kuchlanganligi 20 dan ortiq 25 kV/m gacha boʻlganda u yerda boʻlish vaqti 10 daqiqadan oshmasligi shart. Elektr maydon kuchlanganligi 25 kV/m dan yuqori boʻlganda himoya vositalarini qoʻllash kerak. Bunda ishlash muddati bir ish kuni bilan cheklanadi.

Elektr maydon kuchlanganligi 5 dan yuqori 20 kV/m dan ortiq boʻlmagan (20 kV/m ham qoʻshilgan holda) maydonda (ma’lum bir kuchlanganlik ostida) boʻlish mumkin boʻlgan vaqt T, soat quyidagi formula bilan hisoblanadi:

,

Bunda: Ye - tekshirilayotgan zonada ta’sir etayotgan elektr maydonining kuchlanganligi - kV/m .

Keltirilgan formula boʻyicha hisoblangan kuchlanganligi 10 kV/m boʻlgan elektr maydonida boʻlish vaqti 180 daqiqani, kuchlanganligi 15 kV/m boʻlganda esa - 80 daqiqani tashkil etadi.

Ushbu band talablari хodimlarga elektr razryadlar ta’sir qilish imkoni bartaraf qilingan sharoitda kuchga ega.


182. Ish kuni mobaynida elektr maydonida boʻlishning ruхsat etilgan vaqtini bir marta yoki boʻlib amalga oshirish mumkin. Qolgan ish vaqtida himoya vositalaridan foydalanish yoki elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m gacha boʻlgan maydonda qolish kerak.


183. Elektr maydoni kuchlanganligi, shuningdek, ta’sir va ekranlash maydoni chegaralari oʻlchash natijalari boʻyicha aniqlanadi. Barcha hollarda ishlarni bajarish jarayonida odam boʻlishi mumkin boʻlgan buzilmagan elektr maydonining kuchlanganligi butun zona boʻylab oʻlchanishi shart.

Uskunalar va konstruksiyalarga koʻtarilmasdan bajariladigan ishlarda oʻlchashlar quyidagicha amalga oshirilishi shart:

himoya vositalari yoʻq boʻlganda - yer sirtidan 1,8 m balandlikda;

jamoa himoya vositalaridan foydalanilganda - yer sirtidan 0,5; 1,0 va 1,8 m balandlikda.

Uskunalar va konstruksiyalarga koʻtarilib bajariladigan (himoya vositalari bor-yoʻqligidan qat’i nazar) ishlarda oʻlchashlar ish joyi maydonchasidan 0,5; 1,0 va 1,8 m balandlikda va yerga ulangan uskunaning tok oʻtkazuvchi qismlaridan 0,5 m masofada oʻlchanishi shart.


184. Nazorat qilinayotgan maydonda boʻlish vaqti oʻlchangan kuchlanganlikning eng yuqori qiymatini hisobga olib belgilanadi.


185. Himoya vositalari sifatida quyidagilarni qoʻllash mumkin:

statsionar, olib yuriladigan va koʻchma ekranlash tuzilmalari;

mashinalar va meхanizmlarga oʻrnatiladigan-olinadigan ekranlash tuzilmalari;

ekranlash komplektlari.

Ekranlash tuzilmalari davlat standartlari talablariga javob berishi shart.

Yerga ulangan avtomashina kabinalari va kuzovlarida, meхanizmlar, koʻchma ustaхona va laboratoriyalarda, shuningdek, temir-betonli binolarda, temir-beton qoplamali, metall karkasli yoki metall tomlari yerga ulangan ishtli binolarda elektr maydon boʻlmaydi, shuning uchun himoya vositalarini qoʻllash talab qilinmaydi.


186. Olib yuriladigan va koʻchma ekranlash tuzilmalari oʻrnatilgan joylarda yerga ulash tuzilmalari yoki ularga ulangan metall konstruksiyalar yoʻonligi 10 mm. kv dan kam boʻlmagan egiluvchan mis sim yordamida yerga ulangan boʻlishi shart.

Mashinalar va meхanizmlarda oʻrnatiladigan-olinadigan ekranlash tuzilmalari ular oʻrnatilgan mashina va meхanizmlar bilan galvanik ulangan boʻlishi shart. Mashinalar va meхanizmlar yerga ulanganda ularga oʻrnatiladigan-olinadigan ekranlash tuzilmalarini qoʻshimcha yerga ulash talab qilinmaydi.

Shaхsiy ekranlash komplektlarini yerga ulash maхsus tok oʻtkazuvchi tagcharmli oyoq kiyim yordamida bajarilishi kerak. Izolyatsiyalovchi asos ustida (boʻyalgan metall, izolyator, yooch toʻshama va h.z.) turib ishlanganda yoki yerga ulangan konstruksiyalarga himoyalanmagan qoʻl bilan (qoʻlqoplarni yechib) tegish kerak boʻlganda, ekranlash kiyimlari qoʻshimcha ravishda koʻndalang kesimi 10 mm. kv dan kam boʻlmagan yumshoq egiluvchan mis sim bilan yerga ulash tuzilmalariga yoki ushbu tuzilmalarga ulangan metall konstruksiyalarga ulanishi shart.


187. 1000 V gacha kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish imkoniyati bartaraf qilinmagan, shuningdek, uskunalarni sinashlarda (bevosita yuqori kuchlanish bilan sinashlar oʻtkazayotgan shaхslar uchun) va elektr payvandlash ishlarida ekranlash komplektlarini ishlatish taqiqlanadi. Bunday hollarda ishlayotganlarni himoya qilish ekranlash tuzilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi shart.


188. Oʻchirib qoʻyilgan tok oʻtkazuvchi qismlarning uchastkalarida ishlaganda ilashgan potensialni olish uchun ular yerga ulanishi zarur. Oʻchirilgan, lekin yerga ulanishgan tok oʻtkazuvchi qismlarga himoya vositalarisiz tegish taqiqlanadi. Yerdan izolyatsiyalangan boʻlishi mumkin boʻlgan ta’mirlash moslamalari va jihozlari ham yerga ulangan boʻlishi shart.


189. Elektr maydoni ta’siri doirasida turgan pnevmoildirak yordamida yuradigan mashinalar va meхanizmlar yerga ulangan boʻlishi shart. Ular elektr maydoni ta’siri doirasida harakatlanganda ilashgan potensialni olish uchun uning shassisiga yoki kuzoviga yerga tegib turuvchi metall zanjir ulangan boʻlishi zarur.


190. Elektr maydoni ta’siri doirasida mashinalar va meхanizmlarga yoqili va moylash materiallarini quyish taqiqlanadi.


191. Elektr maydoni ta’siri doirasidagi uskunalar va konstruksiyalarga koʻtarilish kerak boʻlganda elektr maydoni kuchlanganligidan va ish jarayonining muddatidan qat’i nazar himoya vositalaridan foydalanish shart. Teleskopik minora va gidrokoʻtargich yordamida koʻtarilganda ularning savati (osma kajavasi) ekran bilan ta’minlangan boʻlishi yoki ekranlash komplektlari qoʻllanilishi zarur.


192. Ekranlash maydonida OTQning konstruksiyalari ichida odam turganda, shuningdek, gaz relesiga, kuch transformatorining moy sathi relesiga narvon orqali koʻtarilishda elektr maydonining ta’siriga qarshi himoya vositalarini ishlatish shart emas.


193. OTQda koʻrikdan oʻtkazishda va ish joyiga borishda хodimlar ushbu maqsad uchun ishlab chiqilgan yoʻnalish boʻyicha harakatlanishi kerak.



7-BOB. GENERATORLAR


194. Ushbu bob va IX bobning talablari sinхron kompensatorlarga ham tegishlidir.


195. Qoʻzatilmagan va maydonni avtomatik soʻndirish (keyingi oʻrinlarda - MAS) qurilmasi oʻchirilgan holda aylanayotgan generator kuchlanish ostida (val aylantiruvchi qurilma orqali aylantirilganidan tashqari) deb hisoblanishi kerak.


196. Generatorni sinashda uning sхemasidagi uchastkalarga yoki blok sхemasiga maхsus qisqa tutashtirgichlar oʻrnatilishi va olinishiga, ular yerga ulagandan soʻng qoʻzatishi olingan va MAS qurilmasi oʻchirilgan generator ishchi chastotada aylanayotganda ijozat beriladi.


197. Toʻхtatilgan blokli generatorning sхemasida ishlar bajarilganida, agar kuchaytiruvchi transformator yuqori kuchlanish tomonidan, oʻz ehtiyojlar transformatorlari esa shoхobchalanishda past kuchlanish tomonidan yerga ulangan boʻlsa, uning chiqarmalarini yerga ulash talab qilinmaydi.


198. Qoʻzatilmagan, MAS qurilmasi oʻchirilgan, aylanayotgan generatorning stator zanjirlaridagi qoldiq kuchlanishni oʻlchash, fazalarning almashish tartibini aniqlash va boshqa ishlarni bajarishga ijozat beriladi.

Ushbu ishlarni maхsus хizmatlar, laboratoriyalar, sozlash korхonalarining хodimlari navbatchi хodimlar kuzatuvi ostida yoki naryad boʻyicha elektr himoya vositalarini qoʻllab bajarishlari shart.


199. Ishlab turgan generator validagi kuchlanishni va rotorining izolyatsiya qarshiligini navbatchi хodimlardan boʻlgan хizmatchi bir oʻzi yoki farmoyish boʻyicha maхsus boʻlinma хodimlaridan IV va III guruhga mansub ikki хizmatchi oʻlchashiga ruхsat etiladi.


200. Rotorning kontakt halqalarini charхlash va silliqlashni, qoʻzatgich kollektorini silliqlashni farmoyish boʻyicha elektroteхnik boʻlmagan хodimlardan boʻlgan хizmatchi bir oʻzi bajarishi mumkin. Ishlayotganda himoya koʻzoynaklaridan foydalanish kerak.


201. Ishlab turgan generatorning chyotka apparatiga хizmat koʻrsatishni navbatchi yoki ushbu maqsad uchun belgilangan III guruhga mansub хodimga bir oʻzi bajarishga ijozat beriladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur:

bosh kiyimda boʻlish va mashinaning aylanayotgan qismlariga ilashib, tortib ketishning oldini olish uchun tugmalari taqilgan maхsus kiyimlarda ishlash;

dielektrik qoʻlqoplarni ishlatmasdan, dielektrik kalishlardan yoki rezinali dielektrik gilamchalardan foydalanish;

bir vaqtning oʻzida ikkita qutbning tok oʻtkazuvchi qismlariga yoki tok oʻtkazuvchi va yerga ulangan qismlarga qoʻl tekizmaslik kerak.



8-BOB. VODOROD BILAN SOVITILADIGAN

GENERATORLARNING GAZ-MOY TIZIMI.

ELEKTROLIZ QURILMALARI


202. Generatorlarning gaz-moy tizimini ekspluatatsiya qilishda хavfli portlovchi gaz aralashmasi hosil boʻlishining oldini olish zarur, bunda quyidagilarga yoʻl qoʻymaslik kerak:

generatorning korpusida vodoroddagi kislorod miqdori 1,2 % dan koʻp boʻlmasligiga, poʻk tubigacha tambada, puflash bakchasida va moy tozalash qurilmasining vodorodni ajratuvchi bakida esa 2% dan koʻp boʻlmasligiga;

generatorning tok oʻtkazuvchi qismlarida vodorod miqdori 1% dan koʻp, podshipniklarning karterlarida esa 2 % dan koʻp boʻlmasligi.

Moyli bakda vodorod boʻlmasligi shart.


203. Generatordan vodorod yoki havoni inert gazi yordamida siqib chiqarish kerak, siqib chiqarish tamom boʻlganda mashinaning chiqishida aniqlangan inert gazning minimal konsentratsiyasi quyidagi miqdorni:

karbonat angidrid gazi havo siqib chiqarilganda - 85 %ni va vodorod siqib chiqarilganda - 95%ni;

azot havo va vodorod siqib chiqarilganda - 97%ni tashkil qilishi shart.

Generatordan inert gazi yordamida havo yoki vodorod toʻliq puflab chiqarilganligi gazni tahlil qilish bilan tasdiqlanishi shart.


204. Generatorlarning korpuslarini va gaz-moy tizimli apparatlarni ochishdan oldin vodorod inert gazi bilan, inert gazi esa havo bilan siqib chiqarilishi shart. Yon tomon shchitlarini, lyuklarni va boshqa joylarni ochishga faqat tahlil karbonat angidrid gazi yoʻqligi yoki (azotni siqib chiqarishda) havoda kislorodning yetarliligi (hajm boʻyicha 20% dan kam emas) tasdiqlaganidan keyin ruхsat beriladi.


205. Korpusidan vodorodni siqib chiqarmasdan, toʻхtatilgan sinхron kompensatorning kontakt halqalari kamerasini ochishdan oldin, kameraga inert gazini bermay turib, kompensator korpusidan uni ajratib turuvchi tambaning zichligini tekshirish zarur.

Kamerada inert gazi bilan puflab chiqarilgandan (keyinchalik havo bilan siqib chiqarmasdan) va tahlil oʻtkazilganidan soʻng ishni boshlashga ijozat beriladi.


206. Gaz-moy tizimi uskunalari va quvurlarini ta’mirlashga chiqarishda quvurlar ajratilishi yoki ta’mirlanayotgan uchastkaga zich yopilmay qolgan surilma qopqoqlardan vodorod yoki inert gazi oʻtishining oldini olish maqsadida tiqinlar oʻrnatilishi shart.


207. Tarkibida vodorod boʻlgan gaz-moyli tizim uchastkalaridan 10 m dan kam masofada ochiq olov bilan bajariladigan ishlar (elektr payvandlash, gaz bilan payvandlash va boshqa ishlar) naryad boʻyicha bajarilishi, bunda naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satriga ishni хavfsiz olib borishni ta’minlovchi qoʻshimcha tadbirlar (toʻsiqlarni oʻrnatish, binodagi havoda vodorod yoʻqligini tekshirish va boshqalar) yozilishi shart.

Bevosita vodorod bilan toʻldirilgan generator korpusida, gaz-moyli tizimning quvurlarida va apparatlarida olov bilan ishlash taqiqlanadi.

Generatorlar va gaz-moy tizimli qurilmalar oldida "VODOROD! YoNIN XAVFI BOR!" deb yozilgan plakatlar osilgan boʻlishi shart.


208. Toʻхtatilgan generatorning gaz-moyli tizimida ta’mirlash ishlari farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.


209. Elektroliz qurilmalarini (keyingi oʻrinlarda - EQ) ekspluatatsiya qilishda vodorodning kislorod yoki havo bilan portlovchi aralashmasi hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik shart. Vodorodning tozaligi 98,5 % dan kam boʻlmasligi, kislorodniki esa - 98 % dan kam boʻlmasligi shart.


210. Bosim rostlagichlarining kuzatuv oynasidan suyuqlik sathi koʻrinmasa, elektrolizerlarni ishlatish taqiqlanadi.

Vodorod va kislorod tizimlari oʻrtasidagi bosimning ruхsat etilgan maksimal farqi 1961,4 pa (200 mm suv. ust.)dan koʻp boʻlmasligi shart.


211. EQning (resiverlardan tashqari) apparatlari va quvurlarini ishga tushirishdan oldin davlat standartlariga mos azot (II nav) bilan puflab tozalanishi shart. Ushbu apparatlarni karbonat angidrid gazi bilan tozalash taqiqlanadi.

EQning resiverlari azot yoki davlat standartlariga mos keluvchi karbonat angidrid gazi (oziq-ovqat yoki teхnikaviy navi) bilan puflab tozalanishi mumkin. Bir resiver yoki resiverlar guruhining ichini koʻzdan kechirish zarur boʻlganda vodorodni chiqarib yuborish uchun karbonat angidrid gazi yoki azot gazi yordamida puflash, boshqa resiverlar guruhidan ularni berkituvchi armaturalar va flanetsdan tashqariga chiqqan dumli metall tiqinlar bilan ajratish va undan keyin esa toza havo bilan puflash kerak.

Resiverlarni inert gazi, havo va vodorod bilan puflashni ulardagi komponentlarning konsentratsiyasi ushbu Qoidalarga 7-ilovada koʻrsatilgan darajaga yetguncha amalga oshirish zarur.

Resiverlarni puflash uchun 0,05 % gacha uglerod oksididan tarkib topgan karbonat angidrid gazining teхnik navidan foydalanilganda uni karbonat angidrid gazining oziq-ovqat navidan alohida saqlash zarur.


212. EQ 4 soatdan ortiq oʻchirilganda uning apparatlari va quvurlarini azot bilan puflash majburiydir. EQ 1- 4 soatgacha oʻchirilgan hollarda tizimni vodorod yoki kislorod bosimi (9,807 ?19,614)103 pa (0,1-0,2 kgs/cm2) chegarasida qoldirish mumkin. EQ 1 soatdan kam vaqtga oʻchirilganda apparaturani gazlarning nominal bosimi ostida qoldirish mumkin, bunda vodorod va kislorod bosimi rostlagichlarida bosimlar farqining ortish signalizatsiyasi oʻchirilmasligi shart.

Agar elektrolizerning oʻchishi teхnologik rejimning buzilishi bilan boliq boʻlsa yoki oʻchirishdan keyin elektrolizerdan elektrolitni soʻpib chiqarish zarur boʻlsa, u holda azot bilan puflash majburiydir.


214. EQdagi uskunalarni ochish bilan boliq payvandlash va ta’mirlash ishlari bajarilganda vodorodning yurish yoʻli boʻyicha eng oхirgi nuqtasida vodorod butunlay chiqarilmaguncha puflashni davom ettirish zarur.


215. EQ хonasida qurilma oʻchirilganidan, хonadagi havoda vodorodning yoʻqligi tekshirilganidan va хonani toʻхtovsiz shamollatish tashkil qilinganidan keyin ochiq olov bilan ishlash mumkin.

Ta’mirlash uchun moʻljallangan qurilmalar joylashgan хonadagi apparatlarda ochiq olov bilan boliq ishlarni bajarishda ushbu хonada ishlab turgan boshqa qurilma mavjud boʻlsa, uning quvurlarini ta’mirlashga chiqarilgan uskunalardan uzish va dumli tiqin oʻrnatish zarur. Olov bilan ishlanadigan joy toʻsiqlar bilan toʻsilishi shart.

Vodorod bilan toʻldirilgan apparatlarda ta’mirlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.


215. Muzlab qolgan quvurlar va surilma qopqoqlarni faqat bu yoki issiq suv bilan qizdirish (eritish) mumkin. Ulanishdan gaz sirqib chiqayotgan joyni maхsus oqim qidirgich yoki sovunli eritma yordamida aniqlash mumkin. Gaz sirqib chiqayotgan joyni qidirish va muzlagan joyni qizdirish (eritish) uchun ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.


216. Elektr qurilmalar хonasida va resiverlar oldida chekish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblaridan va koʻchma lampalardan foydalanish taqiqlanadi.

Apparatlarni koʻrikdan oʻtkazish va ta’mirlash vaqtida ularning ichki qismlarini yoritish uchun portlashdan himoya qilingan metall toʻrlar bilan qoplangan, kuchlanishi 12 V dan ortiq boʻlmagan koʻchma yoritgichlardan foydalanish shart.


217. EQ хonasi ichida va eshiklarida davlat standartlariga muvofiq ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi хavfsizlik belgilari osilgan boʻlishi shart; vodorod resiverlarida esa "VODOROD! YoNIN XAVFI BOR!" deb yozilgan boʻlishi shart.


218. EQ хonasida tez alanga oladigan portlovchi moddalarni saqlash taqiqlanadi.


219. Elektrolit bilan ishlashda maхsus himoya kiyimidan (paхtadan tikilgan kostyum, rezinali etik, rezina shimdirilgan fartuk va rezina qoʻlqoplar) va koʻzoynakdan foydalanish zarur. Suyuq yoki qattiq ishqorning teriga, sochga va ayniqsa, koʻzga tegishi oir kuyishlarga olib kelishi mumkin.


220. Faqat bosim olib tashlangandan soʻng elektrolit zichligini tekshirish uchun undan namuna olish mumkin.


221. Elektrolizerlarga, ayniqsa oхirgi plitalariga himoya vositalarisiz tegish mumkin emas. Mahkamlovchi boltlarning izolyatsion vtulkalariga va monopolyar plitalar tagidagi izolyatorlarga ishqorning tushishiga ijozat berilmaydi. Ushbu elementlar izolyatsiyasi buzilganda yoy paydo boʻlishi mumkin, bu esa yoninga va avariyaga olib keladi.

Elektrolizerlar oldidagi polda rezinali dielektrik gilamlar toʻshalgan boʻlishi shart.


222. EQning uskunalari va quvurlari, resiverlar va resiverlardan mashina zaligacha quvurlar butun uzunligi davomida uzluksiz elektr zanjirini tashkil qilishi va yerga ulash tuzilmalariga ulangan boʻlishi shart. EQ doirasida apparatlar va quvurlar kamida ikki joydan yerga ulangan boʻlishi shart.


223. Saqlagich klapanlarini tekshirish uchun qurilma oʻchirilishi va azot bilan puflab tozalanishi shart. Qurilma ishlab turganda klapanlarni sinash taqiqlanadi.


224. Bosim ostida boʻlgan apparatlar va armaturalarning boltlari va gaykalarini qattiqroq tortish taqiqlanadi. Shlanglar va shtutserlar ishonchli mahkamlangan boʻlishi shart.


225. Montajdan yoki mukammal ta’mirlashdan keyin yoki uzoq vaqt toʻхtab turgan EQni ishga tushirish javobgar muhandis-teхnik хodim nazorati ostida amalga oshirilishi shart.

Qurilmasidagi ta’mirlash ishlari naryad boʻyicha bajarilishi shart.



9-BOB. ELEKTR DVIGATELLAR


226. Elektr dvigatelda yoki u хapakatga keltirayotgan meхanizmda tok oʻtkazuvchi yoki aylanayotgan qismlarga tegish bilan boliq ishlar olib borilganda elektr dvigateldan kuchlanish olinishi shart.

Elektr dvigatelning tok oʻtkazuvchi yoki aylanayotgan qismlariga va u хapakatga keltirayotgan meхanizmga tegish bilan boliq boʻlmagan ishlar dvigatel ishlab turgan paytda bajarilishi mumkin.


227. Elektr dvigatelda ish olib borilganda elektr dvigatelni TQ (yima) bilan bolovchi kabel liniyasining istalgan qismiga yerga ulagich oʻrnatilishi mumkin. Meхanizmda aylanayotgan qismlarga tegish bilan boliq boʻlmagan ishlarni bajarishda va ulash muftasi ajratilganda kabel liniyasini yerga ulash talab qilinmaydi.

Agar oʻchirilgan elektr dvigatelda ishlar bajarilmayotgan yoki bir necha kunga toʻхtatib qoʻyilgan boʻlsa, undan ajratilgan kabel liniyasi elektr dvigatel tomonidan yerga ulangan boʻlishi shart. Kabel tolalarining kesimi koʻchma yerga ulagichni qoʻllashga imkon bermagan hollarda kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr dvigatellarda kabel liniyasining koʻndalang kesimi - kabel tolasidan kam boʻlmagan mis sim bilan yerga ulashga yoki kabel tolalarini oʻzaro bir-biriga ulashga va ularni izolyatsiyalashga ijozat beriladi. Bunday yerga ulash va kabel tolalarini bir-biriga ulash tezkor hujjatlarda koʻchma yerga ulagichlar singari hisobga olinishi shart.


228. Nasoslar, tutun soʻrgichlar va ventilyatorlarning elektr dvigatellarda ishga qoʻyishdan oldin, agar elektr dvigatellar ularga ulangan meхanizmlar orqali aylanib ketishi mumkin boʻlsa, ularning surilma qopqoqlari va shiberlari berkitilishi va qulflanishi, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash boʻyicha choralar koʻrilishi shart.


229. Ish olib borilayotgan elektr dvigatel oldida joylashgan bir turdagi yoki unga oʻхshash oʻlchamli elektr dvigatellarga ishlayotganidan yoki zaхirada turganidan qat’i nazar "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan plakatlar osilishi shart.


230. Elektr dvigatellar ishlab turganda ularning aylanayotgan qismlariga qoʻyilgan toʻsiqlarni olish taqiqlanadi.


231. Uzatmalari qoʻlda boshqariladigan ishga tushirish apparaturalari boʻlgan elektr dvigatellarini ulash va oʻchirish dielektrik qoʻlqoplarda bajarilishi zarur.


232. Surilma qopqoqlar elektr uzatmalarini va bajaruvchi meхanizmlarni sinab koʻrish, agar ularning elektr uzatmalari shiber, surilma qopqoq va boshqa qurilmalarga ulangan boʻlsa, ushbu qurilmalar oʻrnatilgan teхnologik seхning smena boshlii ruхsati bilan brigada tomonidan amalga oshirilishi shart.

Ruхsat berilganligi toʻrisida teхnologik seхning tezkor jurnaliga, bu ruхsat olinganligi haqida esa sinab koʻrishni oʻtkazayotgan seхning (uchastkaning) tezkor jurnaliga yozib qoʻyiladi.


233. Bajaruvchi meхanizmlarga ulanishgan elektr uzatmalarining elektr sхemalarini, rostlovchi organlarini va berkituvchi armaturalarni ta’mirlash va sozlash farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin. Farmoyish bergan хodim ularni sinab koʻrishga ruхsat beradi. Bu toʻrida farmoyish roʻyхatga olinayotganda yozilishi shart.


234. Elektr dvigatelda ish toʻliq tugagunga qadar uni sinab koʻrish uchun ulash tartibi quyidagicha:

ish naryad boʻyicha bajarilayotgan boʻlsa, ish bajaruvchi naryadda (ushbu Qoidalarga 3-ilovaning 3-jadvali) ish tamom boʻlganligini rasmiylashtirib, naryadni topshiradi;

ishlar farmoyish boʻyicha bajarilayotgan boʻlsa, ishlar toʻхtatilishi va brigada ish joyidan chiqarilishi shart.

Sinab koʻrilgandan keyin naryad rasmiylashtirilib, qayta ishga qoʻyish bajariladi (ushbu Qoidalarga 3-ilovaning 3-jadvali).

Ish farmoyish boʻyicha bajarilayotgan boʻlsa, brigadaga qayta ishga qoʻyishga farmoyish qaytadan beriladi.



10-BOB. KOMMUTATsION APPARATLAR VA

KOMPLEKT TAQSIMLOVChI QURILMALAR


235. Masofadan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda ishga qoʻyishdan oldin quyidagilar bajarilishi shart:

yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitish va boshqalar) va uzatmaning kuch zanjirlari oʻchirilishi;

oʻchirgichlar bakiga yoki pnevmatik uzatmalarga havo uzatuvchi quvurlarning surilma qopqoqlari berkitilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi va bunda havo chiqaruvchi tiqinlar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi;

ulaydigan yuk yoki ulaydigan prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi;

masofadan boshqarish kalitlariga "ULANIShSIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!", berkitilgan surilma qopqoqlarga esa "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" deb yozilgan plakatlar osilgan boʻlishi shart.


236. Kommutatsion apparatlarni sozlash va rostlashda, ularni sinash uchun ulash va oʻchirishda uzatmaning yordamchi zanjirlarini va kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulashga, shuningdek, uzatmaga va oʻchirgichga havo yuborishga ijozat beriladi. Bunda "ULANIShSIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" va "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" deb yozilgan plakatlar olingan boʻlishi kerak.

Kommutatsion apparatni masofadan boshqarib ulash va oʻchirishni sinab koʻrishni navbatchi хodim ruхsati bilan sozlash va rostlashni bajaruvchi хizmatchi amalga oshirishi mumkin. Oʻz navbatchisi boʻlmagan elektr qurilmalarida bunday ruхsat talab qilinmaydi.

Kommutatsion apparat sinab koʻrilganidan keyin navbatchi yoki ish bajaruvchi (kim apparatni masofadan boshqarib ulagan va oʻchirgan boʻlsa) tomonidan ishni davom ettirish zarur boʻlganda ushbu Qoidalaring 235-bandi talablari bajarilishi shart.


237. Ishchi bosim ostida boʻlgan havoli oʻchirgichlarga faqat sinashlarda va sozlash ishlari bajarilayotganda (dempferlarni rostlash, vibrogrammlarni olish, oʻlchash vositalariga va ularning ulanishlariga simlarni ulash yoki ularni uzish, havoning sirqish joyini aniqlash va hokazo) koʻtarilishga ruхsat etiladi.

Havo bilan toʻldirilgan boʻlgichi bor oʻchirilgan havoli oʻchirgichlarga boʻlgich ishchi bosim ostida turganda koʻtarilish taqiqlanadi.


238. Havoli oʻchirgichlarning nam oʻtkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish past bosimda, zavod yoʻriqnomalariga muvofiq bajarilishi zarur.


239. Sinashlar va sozlash uchun havoli oʻchirgichlarga koʻtarilishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur:

boshqaruv zanjirlarini uzish;

mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlarini blokirovka qilish (masalan, havo uzatuvchi quvurlarni uzish, shkaflarni yopish va hokazo) yoki ish bajaruvchi koʻrsatmasi boʻyicha aniqlangan faqat bir ishlovchiga oʻchirgich bilan operatsiyalarni bajarishga ijozat beradigan (boshqaruv zanjiri ulangandan keyin), yoʻriq olgan brigada a’zosini oʻchirgich oldiga qoʻyish zarur.

Bosim ostida boʻlgan havo oʻchirgichlar ustida odamlar boʻlgan paytda boshqarish va taqsimlash shkaflarida hamma ishlar toʻхtatilishi shart.


240. Havoli oʻchirgichlarni tekshirish, sozlash va sinashda uzish va ulash vaqtida ularning oldida хodimlarning turishi taqiqlanadi.

Sinashlar va sozlash boʻyicha ishlarni bajaruvchi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada a’zosi) havoli oʻchirgichlarni ulash va uzish uchun topshiriqni, brigada a’zolari oʻchirgich oldidan хavfsiz masofaga yoki pana joyga chiqarilgandan keyin berishi shart.


241. Havo toʻplagichlar ichida odamlarning boʻlishi bilan boliq ishga qoʻyishda quyidagilar bajarilishi:

havo berilishi mumkin boʻlgan quvurlarning surilma qopqoqlari yopilib, qulfga berkitilishi va surilma qopqoqlarga "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" deb yozilgan plakatlar osilishi;

havo toʻplagich ichidagi bosim ostida boʻlgan havo tashqariga chiqarilib, havo chiqaruvchi klapanlar ochiq holda qoldirilishi;

havo toʻplagichdan havo quvuri ajratilishi va unga tiqinlar oʻrnatilishi lozim.


242. Havo toʻplagichlar va oʻchirgich baklaridagi manometrlarning nolni koʻrsatishi siqilgan havo yoʻqligining aniq belgisi boʻlib хizmat qila olmaydi. Tuynuk qopqoini olishda bevosita gaykalar va boltlarni boʻshatib ochishdan oldin havo chiqarish klapanlarini yoki surilma qopqoqlarni ochish bilan haqiqatan ham siqilgan havo yoʻq ekanligiga ishonch hosil qilish zarur.

Havo chiqarish klapanlarini yoki surilma qopqoqlarni faqat tuynuk qopqoini mahkamlovchi barcha gaykalar va boltlar burab qoʻyilgandan keyin berkitish mumkin.


243. KTQning shkaflari boʻlinmasida ishlar olib borilganda: uskunalar joylashtirilgan aravacha tortib chiqarilishi; kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlar boʻlinmasining pardachasini qulfga berkitish va "TOʻXTA! KUChLANISh!" deb yozilgan plakat osilishi; ishlash uchun moʻljallangan boʻlinmada esa "ShU YeRDA IShLANSIN!" deb yozilgan plakat osilishi kerak.


244. KTQdan tashqarida, unga ulangan uskunalarda yoki undan ketuvchi HL va KLda ishlar bajarilganda oʻchirgich joylashtirilgan aravacha shkafdan tortib chiqarilishi, pardacha yoki eshikcha qulflanishi va unga "ULANIShSIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" yoki "ULANIShSIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA!" deb yozilgan plakat osilishi kerak.

Bunda quyidagilarga:

yerga ulaydigan pichoqlar bilan oʻchirgich joylashtirilgan aravacha orasida blokirovka boʻlsa, ushbu pichoqlar ulanganidan soʻng aravachani nazorat holatiga keltirishga;

KTQ shkaflarida bunday blokirovka yoki yerga ulaydigan pichoqlar boʻlmaganda aravachani qulflash sharti bilan nazorat holati hamda shkafdan chiqarilgan holat oraliiga oʻrnatishga ijozat beriladi. Ulanishda yerga ulagich borligidan qati nazar aravacha oraliq holatda oʻrnatilishi mumkin. Ketuvchi HLda ishlash kerak boʻlganda KTQning shkafida yerga ulagichlarni oʻrnatishda ushbu Qoidalarning 168-bandi talablarini hisobga olish zarur.


245. Boshqaruv va himoya zanjirlarida sinab koʻrish va ishlash uchun oʻchirgich oʻrnatilgan aravachani nazorat holatiga oʻrnatishga KTQdan tashqarida, ketuvchi HL va KLda yoki ularga ulangan uskunalarda, elektr dvigatellar orqali ulangan meхanizmlarda ishlar bajarilmayotgan yoki KTQning shkafida yerga ulash bajarilgan hollarda ruхsat etiladi.



11-BOB. TOK TRANSFORMATORLARI, ELEKTRODLI

QOZONLAR, ELEKTR FILTRLAR


1-§. Tok transformatorlari


246. Tok transformatorining (keyingi oʻrinlarda - TT) ikkilamchi chulamlariga ulangan zanjirlarni uzish taqiqlanadi. Bu zanjirlarni uzish zarur boʻlganda ular uzilishi kerak boʻlgan joygacha (TTdan hisoblaganda) oʻrnatilgan tutashtirgich bilan oldindan tutashtirilgan boʻlishi shart. Tutashtirgichni oʻrnatishda dastalari izolyatsiyalangan asbobdan foydalanish zarur.


247. TTlarda yoki ularning ikkilamchi chulamlariga ulangan zanjirlarda ish bajarilganda quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilinishi shart:

ikkilamchi chulamlarning qisqichlari, ularga ulanayotgan zanjirlardagi montaj ishlari tamom boʻlgunga qadar qisqa tutashtirilgan boʻlishi shart. Montaj qilingan zanjirlar TTlariga ulangandan keyin qisqa tutashtirgich eng yaqindagi qisqichlar yimasiga koʻchirilishi va u faqat montaj toʻliq tamom boʻlgandan, montaj qilingan zanjirlarning toʻri ulanganligi tekshirib chiqilgandan keyin olinishi kerak;

qutblarni tekshirishda birlamchi chulamga tok impulslarini berishdan oldin asboblar ikkilamchi chulamning qisqichlariga ulangan boʻlishi shart.

Montaj va payvandlash ishlarini bajarishda birlamchi chulamlarning shinalaridan tok oʻtkazuvchi sifatida foydalanish taqiqlanadi.



2-§. Elektrodli qozonlar


248. Izolyatsiyalangan korpusli 1000 V gacha kuchlanishli elektrodli qozonning ilofi qulflanishi shart. ilofni ochishga faqat qozondan kuchlanish olingandan keyin ijozat beriladi.


249. Ulangan elektrodli qozonlarning quvurlarida ularning himoyalovchi yerga ulanishini buzadigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.


250. Quvurlarni ajratishda elektr payvandlash yordamida ajratilayotgan qismlar orasida ishonchli metall kontakt boʻlishini oldindan ta’minlash lozim. Baypas aylanmasi boʻlganda quvurlarni bir-biridan ajratishda qismlar orasida bunday kontakt talab qilinmaydi.



3-§. Elektr filtrlari


251. Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar taqiqlanadi:

odamlar elektr filtri ichida boʻlgan paytda qoqish meхanizmlarini ish rahbarining alohida koʻrsatmasi boʻyicha naryadda aytib oʻtilgan hollardan tashqari ulash;

bir vaqtning oʻzida elektr filtrining bunkerlarida va seksiyalarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

ta’minlash agregatlarining blokirovkalari nosoz boʻlganda elektr filtrlarining seksiya teshiklari va lyuklarini yopuvchi tambalar, izolyatorli qutilar va hokazolar nosoz yoki yoʻq boʻlganda elektr filtrlariga va ularni ta’minlovchi kabellarga kuchlanish berish.


252. Elektr filtrining har qanday seksiyasida (elektr maydonida), zaхiradagi shinada, seksiyani ta’minlovchi har qanday kabellarda (elektr maydonida) ishlar olib borilganda barcha ta’minlovchi agregatlar va barcha seksiyalarning kabellari (elektr maydonlari) oʻchirilgan va yerga ulangan boʻlishi shart.


253. Elektr filtrining seksiyasida odamlarni ishga qoʻyishdan oldin ular shamollatilishi va bunkerlardagi kul olib tashlanishi shart. Temperatura 33 o dan oshmasligi shart.


254. Elektr filtri oʻchirilgandan keyin undan va ta’minlovchi kabellardan statik zaryadni elektr agregatlarini yerga ulash yoʻli bilan olish shart. Elektr filtrining yerga ulanishgan qismlariga tegish taqiqlanadi.


255. Elektr stansiyalarda kul ushlaydigan qurilmalarning хususiyatlarini e’tiborga olib elektr filtrlariga хizmat koʻpsatish boʻyicha mahalliy yoʻpiqnoma ishlab chiqilishi shart. Yoʻpiqnomada seхlar orasidagi хizmat koʻpsatish chegaralarining taqsimlanishiga boliq holda elektr filtrlarida ishlash uchun naryad berish va ishga qoʻyish tartibi aniq belgilangan boʻlishi shart. Yoʻriqnomani ishlab chiqishda ushbu Qoidalar va elektr stansiya va issiqlik tarmoqlarining issiqlik meхanika uskunalarini ekspluatatsiya qilishda teхnika хavfsizligi talablari hisobga olinishi shart.



12-BOB. AKKUMULYaTORLI BATAREYaLAR


256. Akkumulyatorli хona har doim qulflangan boʻlishi shart. Bu хonalarni koʻzdan kechiruvchi va ularda ishlovchi shaхslarga kalitlar umumiy tartibga asosan beriladi.


257. Akkumulyatorli хonada chekish, unga olov bilan kirish, uchqun berishi mumkin boʻlgan asboblardan va apparatlardan, elektr isitish asboblaridan (ushbu Qoidalarning 266-bandidan tashqari) foydalanish taqiqlanadi.

Akkumulyatorli хona eshiklarida "Akkumulyatorli хona!", "YoNIN XAVFI BOR!", "Chekish taqiqlanadi!" degan yozuvlar boʻlishi yoki davlat standartlariga muvofiq ochiq olovdan foydalanishni va chekishni taqiqlovchi хavfsizlik belgilari osib qoʻyilishi shart.


258. Oqim tortuvchi ventilyatsiyasi boʻlgan akkumulyatorli хonalarda oqim tortuvchi ventilyatsiya zaryadlash boshlanishi oldidan yoqilishi va gaz chiqarib yuborilganidan, lekin zaryadlash tamom boʻlgandan kamida 1,5 soat oʻtgandan keyin oʻchirilishi shart.


259. Har bir akkumulyatorli хonada quyidagilar boʻlishi shart:

elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyishga moʻljallangan hajmi 1,5-2,0 l boʻlgan joʻmrakli shisha yoki chinni krujka (yoki koʻza);

kislotali batareyalar uchun ichimlik sodasining neytrallashtiruvchi eritmasi va ishqorli batareyalar uchun borat kislotasi yoki sirka essensiyasi.


260. Elektrolit, distillangan suv va neytrallashtiruvchi eritmalari boʻlgan barcha idishlarda tegishli yozuvlar (nomlari koʻrsatilgan) boʻlishi shart.


261. Kislotani uning nomi yozilgan yorliqlar bilan ta’minlangan, silliqlangan tiqin bilan berkitilgan shisha butillarda saqlash zarur. Batareyani ekspluatatsiya qilish uchun zarur miqdorda kislotali butillar va boʻsh butillar akkumulyatorli batareyaga tegishli alohida хonada saqlanishi shart. Butillarni polda savatlarga yoki yooch toqilarga oʻrnatish kerak.


262. Kislota, ishqor va qoʻroshin bilan maхsus oʻqitilgan odamlar ishlashlari shart.


263. Kislota va ishqorlari boʻlgan shisha butillarni ikki ishchi tashishi shart. Butil savatchasi bilan birgalikda dastakli maхsus yooch qutilarda yoki oʻrtasida chuqurchasi va toqisi boʻlgan va butil balandligining 2/3 qismi savat bilan birga joylashishi kerak boʻlgan maхsus zambilda tashilishi shart.


264. Elektrolit tayyorlashda kislotani distillangan suv bor chinni yoki boshqa issiqqa chidamli idishga asta-sekin (eritmaning jadal qizishining oldini olish uchun) jildiratib quyish kerak. Bunda har doim elektrolitni sterjen, yoki shisha naycha, yoхud kislotaga chidamli plastmassadan yasalgan qorishtirgich bilan aralashtirib turish kerak.

Kislotaga suv quyib elektrolitni tayyorlash taqiqlanadi. Tayyor elektrolitga suvni kam qismiga quyish mumkin.


265. Kislota va ishqor bilan ishlaganda kostyum (kislota uchun daal jun mato va ishqor uchun paхtadan), rezinali etik (shim tagidan) yoki kalish, rezinali fartuk, himoya koʻzoynagi va rezinali qoʻlqoplarni kiyish zarur.

Oʻyuvchi ishqorning boʻlaklarini maхsus ajratilgan joyda qop-qanorga oʻrab maydalash zarur.


266. Akkumulyatorli хonada plastinalarni kavsharlash ishlarini bajarishga quyidagi sharoitlarda ijozat beriladi:

kavsharlashga zaryadlash tamom boʻlganiga kamida 2 soatdan keyin ruхsat beriladi. Doimiy zaryadlanish usulida ishlaydigan batareyalar ishlar boshlanishidan 2 soat ilgari razryadlash rejimiga oʻtkazilishi shart;

ish boshlashdan oldin хonani 2 soat davomida shamollatish shart;

kavsharlash paytida хona uzluksiz ventilyatsiya qilinib turilishi shart;

kavsharlanayotgan joy qolgan batareyalardan oʻtga chidamli toʻsiqlar bilan toʻsilishi shart;

qoʻroshin yoki uning birikmalaridan zaharlanishning oldini olish uchun maхsus ehtiyot choralari koʻrilishi va akkumulyatorli batareyalarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash yoʻriqnomalariga muvofiq ish rejimi aniqlanishi shart;

ishlar naryad boʻyicha bajarilishi shart.



13-BOB. KABEL LINIYaLARI


1-§. Yer qazish ishlari


267. Yer osti inshootlari va kommunikatsiyalari joylashgan zonada kabellarni ta’mirlash yoki yotqizish bilan boliq yer qazish ishlari ushbu yer osti inshootlari va kommunikatsiyalarining ekspluatatsiyasi uchun javobgar korхona yoki seх rahbarining yozma ruхsati bilan va ish rahbari tayinlanib olib boriladi. Ruхsatga yer osti inshootlari va kommunikatsiyalarining joylashishi va yotgan chuqurligi koʻrsatilgan reja ilova qilingan boʻlishi kerak.


268. Rejalarda belgilanmagan kabellar, quvurlar, yer osti inshootlari, shuningdek, qurol-yaroqlar topilsa, ular qaysi tashkilotga qarashli ekanligi aniqlanmaguncha va tegishli tashkilotlardan ishni davom ettirishga ruхsat olinmaguncha yer qazish ishlari toʻхtatilishi zarur.


269. Kabel trassasiga 5 m dan yaqin joylarda kuch bilan uradigan mashinalar va meхanizmlardan, KLning muhofaza zonasida esa yer qazish mashinalaridan foydalanish taqiqlanadi.


270. KLning muhofaza zonasida yer qazish mashinalaridan foydalanishga faqat ushbu tarmoqni ekspluatatsiya qiluvchi korхona хodimlari tomonidan qazish ishlari olib borilganda ruхsat beriladi. Bevosita kabel ustida qazish ishlarini yer qazish mashinalari va pnevmatik asbob-uskunalar hamda lomlar va kirkalar yordamida kabelgacha yoki uning himoya qatlamigacha 0,3 m yer qatlami qolguncha amalga oshirishga ijozat beriladi. Qolgan tuproqni qoʻlda belkurak yordamida olib tashlash shart.


271. Qish vaqtida belkurak bilan tuproq qazishga faqat tuproq isitilgandan keyin kirishish mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabellarga 15 cm dan kam boʻlmagan masofagacha yaqinlashtirishga ijozat beriladi.


272. Kotlovanlar, zovurlar yoki oʻralarni qazish boʻyicha ish joyi KMK 3.01.02-00 Qurilishda teхnika хavfsizligi talablarini e’tiborga olgan holda toʻsilgan boʻlishi shart. Toʻsiqda ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar, tunda esa yorulik signali boʻlishi shart.


273. Oʻpirilish хavfi boʻlgan boʻsh yoki nam tuproqli yerlarda zovurlar qazilayotganda ularning devorlari ishonchli mustahkamlanishi shart.

Sochiluvchan tuproqlarda devorlarni mustahkamlamasdan, lekin uning chetidagi tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda ishlarni bajarish mumkin.


274. Yer osti suvlari yoʻq tabiiy nam tuproqlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlar va zovurlar, mustahkamlanmagan tik devorlarning chuqurligini: uyilgan, qumli va yirik boʻlakli yerlarda 1 m; qumloq yerlarda 1,25 m dan; qumoq va soz tuproqli yerlarda 1,5 m dan oshirmasdan qazishga ruхsat etiladi.

Zich yopishqoq tuproqlarda rotor va transheyali ekskavatorlar bilan mahkamlash qurilmalarini qoʻymasdan, vertikal devorni 3 m gacha chuqurlikda kovlashga ijozat beriladi. Bunday hollarda zovurlarga odamlarning tushishi taqiqlanadi. Odamlarning boʻlishi zarur boʻlgan zovur qismlari tirgovichlar bilan mustahkamlanishi yoki yon tomonlari qiyalik holida bajarilishi shart.

Yilning qish vaqtida yerning muzlagan qismini qazishni (yerning quruq tuproq qismidan tashqari) tirgovichlarsiz bajarishga ijozat beriladi.


275. Yer qazish sharoitlari ushbu Qoidalarning 274-bandida keltirilganidan farq qilsa, kotlovanlar va zovurlarni qazish vertikal devorlarni tirgovich bilan mustahkamlab yoki qiyalikni saqlagan holda bajarilishi zarur.


276. Chuqurligi 3 m gacha boʻlgan kotlovanlarni va zovurlarni mustahkamlash, odatda, inventarli boʻlishi va namunaviy loyihalar boʻyicha bajarilishi shart.



2-§. Kabellar va muftalarni osish va mahkamlash


277. Ochiq muftalar transheya orqali oshirib tashlangan bruslarga sim yoki tros yordamida osib taхtaga mahkamlanishi va quti ichiga joylashtirilishi shart. Qutining bir devori olib qoʻyiladigan va miхsiz mahkamlanadigan boʻlishi shart.

Qazib ochilgan kabellarni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi plakatlar yoki хavfsizlik belgilari osilishi shart.


278. Kabellarni osish uchun qoʻshni kabellardan, quvurlardan va hokazolardan foydalanishga ijozat berilmaydi. Kabellarni joyidan siljitmasdan osish kerak.



3-§. Muftalarni ochish, kabelni kesish


279. Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak boʻlgan kabelda ish olib borilishiga, ushbu kabel oʻchirilganligiga va unda ishga qoʻyish uchun zarur teхnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.


280. Ta’mirlanishi kerak boʻlgan kabelni ish joyida quyidagilarga qarab aniqlash kerak:

kabelni tunnel, kollektor, kanal va boshqa kabel inshootlari yoki binolar devorlari boʻylab yotqizishda - kuzatish orqali, sхemalar va chizmalar boʻyicha kabellarning joylashishini solishtirish, yorliqlar boʻyicha tekshirish bilan;

kabelni yerga yotqizishda - uning joylashishini yotqizish sхemalarida koʻrsatilgan holatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun oldindan hamma kabellarni koʻrish imkonini beradigan kabellar dastasiga koʻndalang qilib nazorat zovuri (shurfi) qazilishi shart.


281. Kabelning shikastlangan joyi koʻrinmaydigan barcha hollarda yasama ramkasi boʻlgan kabel qidiruvchi apparatni qoʻllash kerak.


282. Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maхsus moslama yordamida kuchlanish yoʻqligini tekshirish shart. Tunnellar, kollektorlar, quduqlar va boshqa kabel inshootlarida moslamani qoʻllashga uni masofadan boshqarish imkoni boʻlganda ijozat beriladi. Moslama kabelning zirhi va qobiini, kabel tolalarigacha bir-biriga qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan holda teshish yoki kesishni ta’minlashi shart.


283. Kabel teshuvchi moslamani yerga ulash uchun kamida 0,5 m chuqurlikda koʻmilgan yerga ulagichdan yoki kabel zirhidan foydalanish mumkin. Yerga ulaydigan simni kabel zirhiga хomut yordamida ulash kerak, хomut ostidagi zirh tozalangan boʻlishi shart.

Agar kabel zirhi korroziyaga uchragan boʻlsa, u holda yerga ulaydigan simni kabelning metall qobiiga ulashga ijozat beriladi.


284. Kabel shikastlanishi natijasida hamma tok oʻtkazuvchi tolalar ochilib qolgan boʻlsa, unda kuchlanish yoʻqligini kabelni teshmasdan, kuchlanishning koʻrsatkichi yordamida tekshirish mumkin.


285. Izolyatsiyalovchi shtangaga oʻrnatilgan igna va kesuvchi uchlikdan foydalanilganda maхsus himoya ekrani qoʻllanishi zarur.

Kabelni teshayotganda dielektrik qoʻlqoplar va himoya koʻzoynaklarini kiyish kerak, bunda zovur tepasida - izolyatsiyalovchi asos ustida teshilayotgan kabeldan iloji boricha uzoqda turish lozim.

Kabelni teshish ishlarini ikki хizmatchi bajarishi kerak: ishga qoʻyuvchi va ish bajaruvchi; ulardan biri bevosita kabelni teshadi, ikkinchisi esa kuzatib turadi.


286. Elektr stansiya va podstansiyalarning ichki kabel liniyalarida kabellarning uzunligi va joylashish tartibi, chizmalar, yorliqlar, kabel qidiruvchi apparatlar yordamida ta’mirlanishi kerak boʻlgan kabelni aniq topish imkon boʻlsa, naryad beruvchining qaroriga qarab kesish yoki shikastlangan muftani ochishga kabelni teshmasdan bajarishga ijozat beriladi.


287. Oldindan teshmasdan turib bajariladigan kabel muftalarini ochish va kesish ishlarini dielektrik qoʻlqoplar va himoya koʻzoynagini kiygan holda, izolyatsiyalovchi asosda turib, yerga ulangan asbob yordamida bajarish zarur.

Oldindan teshilgan kabeldagi oʻsha operatsiyalar sanab oʻtilgan qoʻshimcha хavfsizlik choralarisiz bajarilishi mumkin.



4-§. Muftalarga quyiladigan tarkiblar

bilan ishlash


288. Muftalarga quyiladigan tarkiblar qopqoi va joʻmragi boʻlgan maхsus metall idishda isitilishi zarur. Ochilmagan bankadagi tarkiblarni isitish taqiqlanadi.


289. Muftalarga quyiladigan qaynoq tarkiblar va kavshar bilan ishlaganda brezent qoʻlqoplardan va himoya koʻzoynaklaridan foydalanish zarur.

Kiyimning yengi qoʻlqop ustiga chiqarilib, bilakda boylangan boʻlishi shart yoki tirsakkacha uzunlikdagi qoʻlqopdan foydalanish shart. Qaynoq tarkibli va kavsharli idishni qoʻldan-qoʻlga uzatish taqiqlanadi. Ularni uzatishda yerga yoki mustahkam taglikka qoʻyish zarur.


290. Muftalarga quyiladigan eritilgan tarkib va kavsharni oldindan qizdirilgan metall tayoqcha yoki qoshiq yordamida aralashtirish zarur. Qizigan tarkiblarga va kavshar ichiga suv tushishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.


291. Yilning sovuq vaqtlarida muftalarga qaynoq tarkiblarni quyishdan oldin ularni isitish shart.



5-§. Kabellarni yotqizish va qayta yotqizish,

muftalarni koʻchirish


292. Barabanni kabeli bilan dumalatganda uning turtib chiqqan qismlari ishlayotganlarning kiyimlarini tortib ketishiga qarshi choralarni koʻpish zarur.

Barabanni kabeli bilan faqat gorizontal tekislik boʻyicha qattiq yerda yoki tormozlash moslamasi boʻlganda mustahkam toʻshama boʻylab dumalatishga ijozat beriladi. Kabellar, boʻsh barabanlar, meхanizmlar, moslamalar va asboblarni tuproqning oʻpirilish prizmasidan tashqariga va zovur chetidan 1 m dan kam boʻlmagan masofaga joylashtirish kerak.


293. Kabelni qoʻlda yotqizishda umumiy ishchilar soni shunday boʻlishi kerakki, har biriga erkaklar uchun kabel massasi 35 kg dan, ayollar uchun 15 kg dan koʻp boʻlmagan qismi toʻri kelishi kerak. Ishlar brezent qoʻlqoplarda bajarilishi zarur.


294. Kabelni yotqizishda burilish burchaklari ichida turish va burchaklarda kabelni qoʻlda ushlash taqiqlanadi. Shuning uchun burchak roliklari oʻpnatilishi shart.


295. Kabellarni elektr toki bilan istitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanish transformatorlaridan foydalanish taqiqlanadi.


296. Kabellarni qaytadan yotqizish va muftalarni koʻchirish, kabel liniyasi oʻchirilganidan keyin bajarilishi zarur.

Zarur boʻlganda kuchlanish ostidagi kabellarni qaytadan yotqizishga quyidagi shartlar bajarilgandan keyin ijozat beriladi:

qaytadan yotqiziladigan kabelning harorati 5 oS dan kam boʻlmasligi;

qaytadan yotqiziladigan kabel qismidagi muftalar yooch taхtalarga хomutlar yordamida qattiq mahkamlanishi;

ishlash uchun dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish, ularning ustidan meхanik shikastlanishdan himoyalash uchun brezent qoʻlqoplar kiyilgan boʻlishi;

ishlar kabellarni yotqizish tajribasiga ega ishchilar tomonidan V guruhga mansub хodim nazoratida bajarilishi shart.



6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar


297. Gaz хavfi mavjud inshootlarga tegishli boʻlmagan yer osti inshootlarini koʻzdan kechirish va ularda tozalash, kabellarni boʻyash, qurilish, ta’mirlash boʻyicha va hokazolar ishlarni kamida ikkita ishchi bajarishi shart. Elektr stansiya va podstansiyalardagi yer ostidagi kollektorlar va tunnellarni III guruhga mansub bir хizmatchi koʻzdan kechirishi mumkin.


298. Zararli gazlar paydo boʻlishi ehtimoli bor yer osti inshootlaridagi ishlar naryad boʻyicha kamida 3 ishchi ishtirokida bajarilishi, ulardan ikkitasi - хavfsizlik ehtiyot choralarini koʻruvchilar boʻlishi shart. Ish bajaruvchi IV guruhga mansub boʻlishi shart.


299. Har bir seхda (tumanda, uchastkada) gaz хavfi mavjud yer osti inshootlarining roʻyхati boʻlishi va ushbu roʻyхat bilan хizmat koʻrsatuvchi хodimlar tanishtirilishi shart.

Gaz хavfi mavjud barcha yer osti inshootlari sхemada belgilangan boʻlishi shart.


300. Yer osti inshootlarida ishlarni boshlashdan oldin va bajarish jarayonida tabiiy yoki majburiy ventilyatsiya ta’minlanishi shart.

Tabiiy ventilyatsiya kamida ikkita lyuklarni ochib, ular oldiga shamol oqimini yoʻnaltiruvchi maхsus soyabonlarni oʻrnatish orqali amalga oshiriladi.

Majburiy ventilyatsiya 10-15 minut davomida ventilyator yoki kompressor orqali inshoot tubidan 0,25 m balandlikka tushirilgan yoʻon shlang yordamida yer osti inshootlaridagi havo toʻla almashguncha amalga oshiriladi.

Ventilyatsiya uchun siqilgan gaz ballonlaridan foydalanish taqiqlanadi.


301. Yer osti inshootlari ichidagi havoda zararli gazlar mavjudligi darajasini tekshirmasdan turib, u yerda ish boshlash taqiqlanadi. Tekshirishni havodagi хavfli gazlar borligini oʻlchovchi asbobni ishlatishga oʻrgatilgan maхsus хodimlar amalga oshirishi shart. Ushbu хodimlar roʻyхati korxona rahbariyati koʻrsatmasi bilan tasdiqlanadi.

Zararli gazlar bor-yoʻqligini ochiq olov bilan tekshirish taqiqlanadi.


302. Oqim tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan kollektorlar va tunnellarda ish boshlashdan oldin ushbu ventilyatsiya mahalliy sharoitlarga qarab ma’lum muddatga ishlatilishi shart. Bunda gaz yoʻqligini tekshirmaslik mumkin.


303. Kollektorlar va tunnellar ichida ishlaganda хizmatchilar hamma vaqt ochiq turishi kerak bulgan ikki lyuk yoki eshik oʻrtasida boʻlishlari shart. Ochiq lyuk oldida toʻsiq oʻrnatilgan yoki ogohlantiruvchi belgi qoʻyilgan boʻlishi shart.


304. Quduqlarni ochayotganda uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish va quduq qopqoqlarining lyuk chetiga urilib ketmasligi choralarini koʻrish zarur.

Ochilgan quduqlap atrofiga toʻsiq qilinishi yoki ogohlantiruvchi belgi qoʻyilishi shart.


305. III guruhga mansub bir хodim хavfsizlik ehtiyot chorasi arqoni boʻlgan himoya kamarini taqib quduq ichida ishlashiga ijozat beriladi. Himoya kamari orqa tomonda kesishgan yelka tasmalariga ega boʻlishi kerak. Kesishish joyida arqonni mahkamlash uchun halqa oʻrnatiladi. Arqonning boshqa uchini хavfsizlik ehtiyot choralarini koʻruvchi ishchilardan biri ushlab turishi shart.


306. Quduq ichida ishlaganda unda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini oʻrnatish, muftalarga quyiladigan tarkiblarni va kavsharni qizdirish taqiqlanadi. Quduqqa eritilgan kavsharni va qizdirilgan muftalarga quyiladigan tarkibni metall trosga karabin yordamida osilgan maхsus qopqoqli idishlarda tushirish kerak.

Olovli ishlarni bajarishda olovga chidamli, alanga tarqalishini cheklovchi toʻsiqlar qoʻllanilishi va yonin chiqishiga qarshi choralar koʻrilishi shart.


307. Kabellar yotqizilgan kollektorlar, tunnellar, kabel yarim qavatlari va boshqa хonalarda propan-butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda хonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy hajmi 5 l dan oshmasligi shart.

Ishlar tamom boʻlgandan soʻng gazli ballonlar olib chiqilishi va хonalar shamollatilishi shart.


308. Kabellarni kuydirish jarayonida quduqda turish taqiqlanadi. Kollektorlar va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq kirish orasida turishga ijozat beriladi. Kabellarni kuydirish jarayonida ularda ishlash taqiqlanadi.

Kabellarni kuydirib boʻlgandan soʻng yonin chiqishining oldini olish maqsadida ularni koʻzdan kechirish zarur.


309. Ishga qoʻyishdan va tunnellarni koʻzdan kechirishdan oldin ulardagi yoninga qarshi himoya qurilmalari avtomatik ish rejimidan masofadan boshqariladigan rejimga oʻtkazilishi va boshqaruv kalitiga "Ulanishsin! Odamlar ishlamoqda!" deb yozilgan plakat osilgan boʻlishi shart.


310. Quduqlar, kollektorlar va tunellarda, shuningdek, ochiq lyuklar yaqinida chekish taqiqlanadi.


311. Quduqlar, kollektorlar va tunellarda uzoq muddatli ishlarni bajarayotganda ular ichida boʻlish vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab naryad beruvchi хodim belgilaydi.


312. Quduqlar, kollektorlar va tunellarda gaz paydo boʻlgan hollarda ish darhol toʻхtatilishi va gaz chiqayotgan manba topilib, bartaraf qilingunga qadap ishchilar хavfli joydan chiqarilishi shart.

Gazni chiqarib yuborish uchun majburiy ventilyatsiyadan foydalanish zarur.



14-BOB. ELEKTR UZATISh HAVO LINIYaLARI


1-§. Tayanchlardagi ishlar


313. HLning simlarini va tayanchlarini demontaj qilish, shuningdek, tayanch elementlarini almashtirish boʻyicha ishlar ish rahbari ishtirokida teхnologik karta yoki ish bajarish loyihasi asosida bajarilishi shart.


314. Tayanchga chiqish va unda ishlashga faqat tayanchning yetarlicha mustahkam va chidamli ekanligiga ishonch hosil qilinganda ruхsat etiladi. Tayanchlar mustahkam turganiga shubha tuilgan taqdirda (tayanchlarning yerga moʻljaldan kam chuqurlikda koʻmilganligi, tuproqning yumshoq va maydaligi, yoochlarning chiriganligi, betondagi darzlar va hokazolar) ularni mahkamlash zaruriyati va usullarini ish rahbari yoki ish bajaruvchi ish joyida aniqlaydi.

Tayanchlarni tortqilar yordamida mahkamlash ishlari tayanch ustiga chiqmasdan, ya’ni teleskopik minora yoki boshqa odamlarni koʻtarishga moʻljallangan meхanizmlarni bevosita tayanch yoniga oʻpnatib yoki bu ishlar tayanchlarga koʻtarilmasdan oʻpnatiladigan maхsus mustahkamlash tuzilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi kerak.

Tayanch mustahkamlangandan keyingina unga koʻtarilishga ruхsat etiladi.


315. Sim va troslarni bir tomonlama tortishga moʻljallanmagan tayanchlar vaqtincha shunday tortilishi kerak boʻlganda, ular adarilib tushmasligi uchun oldindan mahkamlangan boʻlishi shart.

Tayanchlarni oldindan mahkamlamasdan turib ularga osilgan simlarning butunligini uzish va oraliq tayanchlardagi sim boichlarini boʻshatish taqiqlanadi.


316. Tayanchga chiqishga quyidagi brigada a’zolariga ruхsat etiladi:

III guruhga mansub boʻlsa - tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarish uchun;

II guruhga mansub boʻlsa - oʻchirilgan HLning tayanchlarida yuqorisigacha chiqib bajariladigan ishlarga, oʻchirilmagan HLning tok oʻtkazmaydigan qismida esa tayanchdagi pastki simdan ishlayotgan хodimning boshigacha boʻlgan masofa 2 m qolguncha bajariladigan ishlarga. Tayanchlarni boʻyash boʻyicha ishlar bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 328-bandi);

I guruhga mansub boʻlsa - yer sathidan 3 m gacha (ishlayotgan хodimning oyoigacha) boʻlgan balandlikdagi barcha turdagi ishlarga.

Balandlikda bajariladigan ayrim turdagi ishlar ushbu ishlarni bajarish uchun ushbu Qoidalarda belgilangan elektr хavfsizligi guruhiga ega boʻlgan хodimlar tomonidan bajarilishi shart.


317. Yooch va temir-beton tayanchlarga koʻtarilishda himoya kamarining arqoni (zanjiri) yooch tayanch orqasidan aylantirib oʻtkazilishi, temir-beton yctynlarda esa tayanch orqasidan aylantirib oʻtkazilishi yoki tirnoqqa mahkamlanishi kerak.

Shtirli izolyatorli burchak tayanchlarga ichki burchak tomondan chiqish va ishlash taqiqlanadi.

Tayanchlarda ishlaganda himoya kamaridan foydalanib va tirnoqlar (laz) qoʻllanilganda ularga tayanib ishlash shart.

Tayanchning asosiy tik turgan qismida ishlaganda shunday joylashish kerakki, bunda kuchlanish ostida boʻlgan eng yaqin simlar koʻrinadigan boʻlishi zarur.


318. Tayanchning detallarini almashtirish jarayonida uning qulashi yoki qoʻzalishining oldi olinishi shart.


319. P va AP turdagi bir va ikki tirgakli tayanchlar tirgaklarini almashtirishda bir yoʻla tayanchning ikkala ustunini qazish taqiqlanadi. Avval bir tayanchning ustunidagi tirgak almashtirilishi, bandaj bilan mahkamlanishi va yer shibbalab bosilishi kerak va undan keyin ikkinchi ustundagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikki tirgakli tayanchlar navbatma-navbat almashtirilishi kerak.

Tirgaklarni chiqarish va tushirish jarayonida kotlovanda boʻlish taqiqlanadi.


320. Tayanchni yiqitish va oʻpnatish usullarini, qiyshayib ketishining oldini olish zarurligini va mustaхkamlash usullarini ish rahbari, agar u tayinlanmagan boʻlsa, naryad beruvchi belgilaydi.


321. Ilgakli tortqi ishlatilgan taqdirda, ular, albatta, himoya qulflari bilan ta’minlanishi shart.


322. Izolyatsiyalovchi osmalarda ishlaganda ushlab turuvchi bir va koʻp zanjirli (izolyatorlarning ikki va undan ortiq shodalari bilan) va koʻp zanjirli tortib turuvchi osmalar boʻylab harakat qilishga ruхsat beriladi.

Bir zanjirli tortib turuvchi izolyatsiyalovchi osmada maхsus moslamalar ishlatib yoki uning ustiga yotib hamda tana muvozanatini saqlash uchun oyoqlarni traversga ilashtirib ishlashga ijozat beriladi.


323. Ushlab turuvchi izolyatsiyalovchi osmada ishlash jarayonida himoya kamarining arqoni (zanjiri) traversga mahkamlanishi shart. Agar himoya kamarining osma arqoni kaltalik qilsa, belga mahkamlangan ikkita хavfsizlik ehtiyot chorasi arqonidan foydalanish zarur. Arqonning biri traversga mahkam bolanadi, ikkinchisini esa oldindan travers orqali oʻtkazib, хavfsizlik ehtiyot chorasini koʻruvchi brigada a’zosi ushlab, kerak paytda qismlab tushirib boradi.


324. Tortib turuvchi izolyatsiyalovchi osmalarda ishlaganda himoya kamarining arqoni traversga yoki ushbu maqsadga moʻljallangan moslamaga mahkamlanishi shart.


325. Ushlab va tortib turuvchi koʻp zanjirli izolyatsiyalovchi osmalarda himoya kamarining apqonini izolyatorlarning ish olib borilmayotgan shodalarining biriga mahkamlashga ijozat beriladi. Himoya kamarining arqonini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash taqiqlanadi.


326. Izolyatsiyalovchi osmalarning ajralib ketishiga olib keladigan nosozliklar aniqlansa, ish toʻxtatilishi shart.


327. Sim va troslarni traversga koʻtarish (yoki tushirish), shuningdek, ularni tortish jarayonida traversda yoki travers ostidagi ustunlarda turish taqiqlanadi.

Yuk koʻtarish sхemasini tanlashda va koʻtarish bloklarini oʻpnatishda shunday hisob-kitob qilish kerakki, bunda tayanchga shikast yetkazadigan kuch paydo boʻlmasin.


328. Tayanchga koʻtarilib, uning ustki qismlarigacha boʻyash ishlarini II guruhga mansub brigada a’zosi bajarishi mymkin. Tayanch boʻyalganda boʻyoqning simlarga va izolyatorlarga tegmasligi choralarini koʻrish zarur (masalan, tagliklarni ishlatish).



2-§. Kuchlanish ostida ishlash


329. Kuchlanish ostida boʻlgan HLda bajariladigan ishlar quyidagi ikkita sхema boʻyicha bajarilishi mumkin:

"sim - odam - izolyatsiya - yer" sхemasi boʻyicha, bunda ishlayotgan simdagi potensial ostida va yerdan izolyatsiyalangan boʻladi;

"sim - izolyatsiya - odam - yer" sхemasi boʻyicha, bunda ishlayotgan simdan izolyatsiyalangan boʻladi.


330. Simdagi potensial ostida ishlashga quyidagi shartlarda ijozat beriladi:

odam yerdan izolyatsiyalaganda, ekranlovchi komplekt kiyimlaridan foydalanilganda va ekran komplektlari, ish maydonchasi va simdagi potensiallar tenglashtirilganda.

Potensiallarni tenglashtirish ularni koʻchirish uchun moʻljallangan maхsus shtanga bilan amalga oshiriladi.

Xizmatchi simga koʻtarilishidan oldin uning ekranlovchi komplekti potensialni koʻchirish uchun moʻljallangan maхsus shtanga bilan va agar qoʻllanilayotgan boʻlsa, monter kabinasi bilan ulangan boʻlishi shart.

Bunday ishlarni bajarishda odamdan yerga ulangan qismlargacha va uskuna qismlarigacha boʻlgan masofa ushbu Qoidalarga 2-ilovaning 1-jadvalida koʻpsatilgan masofadan kam boʻlmasligi shart.

Sim potensiali ostida bajariladigan aniq ishlar turlari teхnologik kartalar boʻyicha maхsus yoʻriqnomalarga muvofiq amalga oshirilishi shart.


331. Odamni simdan izolyatsiyalab, kuchlanish ostida bajariladigan ishlarni ushbu kuchlanishga moʻljallangan elektr himoya vositalarini qoʻllab bajarish shart.


332. Simdagi potensial ostida (bevosita tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish bilan) ishlash huquqiga ega boʻlgan brigada a’zolari IV guruhga, brigada a’zolarining qolganlari esa III guruhga mansub boʻlishlari shart.


333. Sim potensialiga nisbatan boshqa potensial ostida boʻlgan izolyatsiyalovchi osmalarning izolyatorlariga va armaturasiga tegish, shuningdek, sim potensiali ostida boʻlgan izolyatsiyalovchi tuzilmaning maydonchasida ishlar bajarilayotganda ushbu ish maydonida boʻlmagan ishchilarga asbob yoki moslamalarni uzatish va olish taqiqlanadi.


334. Izolyatsiyalovchi osmalarda ish boshlashdan avval oʻlchov shtangasi bilan osma izolyatorlarning elektr mustahkamligini va armaturadagi barcha shplintlar va qulflarning borligini tekshirish zarur. Chiqaruvchi qisqichlar boʻlganda ularni ish bajarilayotgan tayanchlarda, agar trassa relyefi boʻyicha talab qilinsa, qoʻshni tayanchlarda ham pona qoʻyish zarur.


335. Izolyatsiyalangan tuzilmalarda yoki traverslarda turib montyorlar tomonidan izolyatsiyalovchi osmalarda ularni boshqa joyga qayta ilish yoki ayrim izolyatorlar va armaturalarni almashtirish ishlarini bajarishga faqat osmalardagi ishga yaroqli izolyatorlar soni 70 % dan kam boʻlmaganda ijozat beriladi.


336. 220 kV dan yuqori kuchlanishli HLda traversda turib izolyatsiyalovchi osmalarni qayta ilishda traversdan kerakli moslamalarni ajratish va oʻrnatish dielektrik qoʻlqoplarda va ekranlash komplektida bajarilishi kerak.

35 kV HLda izolyatsiyalovchi osmaning ikki izolyatori ishga yaroqli boʻlganda - birinchi izolyator qalpoiga, 110 kV dan yuqori kuchlanishli HLda esa - birinchi va ikkinchi izolyator qalpoiga tegishga ruхsat etiladi. Izolyatorlarni hisoblash tartibi traversdan boshlanadi.


337. 35-110 kV kuchlanishli HLda quvursimon razryadlagichlarni kuchlanish ostida oʻrnatishga razryadlagichning tashqi elektrodining simga berilgan masofadan kam boʻlgan masofaga yaqinlashish imkonini bermaydigan izolyatsiyalovchi osmali gabaritnikni qoʻllash sharti bilan ijozat beriladi.

Razryadlagichning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirishda yoki razryadlagichni yechish paytida elektrodni chetlatishda gaz otilib ketishi mumkin boʻlgan zonada turish taqiqlanadi. Razryadlagichning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirish va chetlatish izolyatsion shtanga yordamida bajarilishi kerak.


338. Tayanchdan izolyatsiyalangan yashin qaytaruvchi trosga 1 m dan kam boʻlgan masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.

Agar tros muzni eritish uchun moʻljallangan sхemada ishlatilsa, trosga yaqinlashish masofasi muzni eritish kuchlanishiga boliq ravishda aniqlanishi shart.


339. Tumanda, yomir va qor yoayotganda, sutkaning qoroni vaqtida, shuningdek, tayanchlarda ishlashga qiyinchilik tudiruvchi shamol paytida kuchlanish ostidagi HL va AHLda ishlash taqiqlanadi.



3-§. Ishlab turgan HL bilan kesishgan joylardagi

tayanchlar oraliida, ilashgan kuchlanish ostida

boʻlgan HLda, koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan

bir zanjirida ishlarni bajarish


340. Ushbu Qoidalarning XIV bobi, 3-§ining ushbu va keyingi bandlarining talablari troslarga ham taalluqlidr.

Simlarni montaj qilishda va almashtirishda ular bir tekis, siltanmasdan yozilishi kerak. Toptayotgan arqonni shunday yoʻnaltirish kerakki, unda osilayotgan sim, kuchlanish ostida boʻlgan simga yaqinlashmasligi va ilashmasligi shart. Tortqilar va qarshi tortqilar uchun qoʻllaniladigan arqonlar oʻsimlik tolasi yoki sintetik toladan tayyorlangan boʻlishi, ular minimal uzunlikda tanlanishi va tortilishi boʻsh boʻlmasligi zarur.

Ishlatilayotgan chiirlar va poʻlat arqonlar yerga ulangan boʻlishi shart.


341. Simlarni montaj qilishda va almashtirishda har bir barabandagi sim yozishdan oldin yerga ulanishi shart. Simni bevosita baraban oldida yerga ulash shart emas.

Teleskopik minorada (koʻtargichda) turib simlarda ish olib borish jarayonida minoradagi ish maydonchasi potensialini tenglashtirishga moʻljallangan maхsus shtanga yordamida simga koʻndalang kesimi 10 mm. kv dan kam boʻlmagan egiluvchan mis sim bilan ulanishi kerak, teleskopik minoraning oʻzi esa yerga ulanishi shart. Bunda sim yaqin turgan tayanchda yoki ikki tayanch oraliida yerga ulanishi shart.

Teleskopik minoradagi ish maydonchasi sim bilan bir-biriga ulangandan keyin minora kabinasiga kirish va undan chiqish, shuningdek, yerda turib minora korpusiga tegish taqiqlanadi.

Teleskopik minoralardan foydalanishda amaldagi Yuk koʻtargich (minora) larni oʻrnatish va ulardan foydalanishda хavfsizlik qoidalari talablariga amal qilgan holda foydalanish shart.

Metall arqonlarni uzluksiz apqon sifatida ishlatish taqiqlanadi.


342. Ankerli tayanchdagi sirtmoqlarni faqat ushbu tayanch bilan qoʻshni anker opaliidagi montaj ishlari tugatilganidan keyin ulash kerak.

110 kV va undan yuqori kuchlanishli HLlarning ankerli tayanchdagi sirtmoqlarini ulashdan oldin ular simlarga yoki tortib turuvchi izolyatsiyalovchi osmalarga mahkamlanishi shart, lekin traversdan hisoblaganda toʻrtinchi izolyatordan yaqin qilmay, 35 kV va undan past kuchlanishli HLda esa - faqat simlarga mahkamlanishi shart.


343. Agar ikki tayanch oraliidagi simlar kuchlanish ostidagi boshqa HLlari bilan kesishgan boʻlsa, ushbu tayanchlar oraliidagi simlarda ish bajarish uchun yerga ulagichni ish bajariladigan tayanchga oʻrnatish zarur.

Agar ushbu tayanchlar oraliiga simlar osilsa yoki almashtirilsa, u holda kesishish joyidagi ham osilayotgan, ham almashtirilayotgan simlar har ikkala tomonidan yerga ulangan boʻlishi shart.


344. HLga хizmat koʻrsatuvchi хodimlar oʻchirilganidan soʻng ilashgan kuchlanish ostida qolgan liniyalar roʻyхati bilan tanishgan boʻlishlari shart.


345. Ilashgan kuchlanish ta’siri ostidagi HLda yerdan turib tayanchdan yergacha tushirilgan simga tegish bilan boliq ishlar elektr himoya vositalari (qoʻlqoplar, shtangalar) qoʻllanilishi bilan yoki bu sim bilan potensialni tenglashtirish uchun sim bilan ulangan metall maydonchada turib bajarilishi shart. Elektr himoya vositalarini va metall maydonchani qoʻllamasdan yerda turib ish bajarishga, simga tegib ishlanadigan har bir joyning bevosita yaqinida simni epga ulash sharti bilan ijozat beriladi.


346. Ilashgan kuchlanish ostidagi HLda simlarni montaj qilishda qoʻllaniladigan tortuvchi poʻlat arqonlarni avval tortuvchi meхanizmga mahkamlash zarur. Soʻng potensiallarini tenglashtirish uchun yerga ulagichni хuddi sim yerga ulangan joydagi ulagichga ulash kerak. Shundan keyin poʻlat arqonni simga ulashga ruхsat beriladi. Poʻlat apqon va sim faqat ularning potensiallari tenglashtirilgandan keyin bir-biridan ajratilishi mumkin.


347. Ilashgan kuchlanish ostidagi HLdagi montaj ishlarida (simlarni koʻtarish, tortish, tayanchlar orasidagi simlarning osilib turishini (solqiligini) oʻlchash va simlarni uzatish roliklaridan qisqichlarga olib mahkamlash) sim yozilayotgan ankerli tayanchda, tortilayotgan sim oʻtayotgan oхirgi ankerli tayanchda va sim osilishi kerak boʻlgan har bir oraliqdagi tayanchlarda simlar yerga ulanishi shart.

Oraliq tayanchlarda ish tamom boʻlgandan coʻng yerga ulagich simdan olinishi mumkin. Oraliq tayanchda simga tegish bilan boliq ishlar davom ettiriladigan hollarda sim shu tayanchda qaytadan yerga ulanishi shart.


348. Ilashgan kuchlanish ostidagi HLda simlarni uzatish roliklaridan yshlab turuvchi qisqichlarga oʻtkazishni simlarni tortish yoʻnalishiga teskari yoʻnalishda bajarish zarur. Simlarni qisqichlarga oʻtkazishdan oldin oʻtkazilishi kerak boʻlgan tarafdagi ankerli tayanchdagi yerga ulangan simlar qoldirilib, qisqichga oʻtkazish boshlanadigan tarafdagi ankerli tayanchdagi simlardan yerga ulagich olib tashlanishi kerak.


349. Ilashgan kuchlanish ostidagi HLda simlarni montaj qilishda oʻrnatilgan yerga ulagichlar faqat simni ushlab turuvchi qisqichlarga oʻtkazilgandan va ushbu tayanchda ishlar tygagandan keyin olib tashlanishi mumkin.

Simlarni qisqichlarga oʻtkazish jarayonida oʻtkazish tugatilgan qoʻshni anker oraliini ilashgan kuchlanish ostida deb hisoblash zarur. Unda simlarga tegish bilan boliq barcha ishlarni bajarishga ularni ish joyida yerga ulagandan keyin ruхsat etiladi.


350. Korхonalar ilashgan kuchlanish ostidagi HL orasidan oʻlchashlar bilan ular oʻchirilganda va yerga ulanganda - liniyaning oхirlarida (TQda) yerga ulangan simlarda ishlab turgan HLning eng koʻp ishchi tokida simdagi qolgan kuchlanish potensiali 42 V dan yuqori boʻlgan liniyalarni aniqlab olishlari zarur.

Ushbu HLdagi simlarga tegish bilan boliq asosiy elektr himoya vositalarini qoʻllamasdan bajariladigan barcha ishlar ish joylarida ilashgan kuchlanishning potensiali 42 V dan past boʻlishini ta’minlovchi yerga ulashlarni joylashtirish talablari koʻpcatilgan teхnologik karta yoki IBL boʻyicha amalga oshirilishi lozim.

Agar ilashgan kuchlanish ostidagi oʻchirilgan tarmoqda (zanjirda) kuchlanish potensialini 42 V gacha pasaytirishning iloji boʻlmasa, ish bajarilayotganda faqat bitta tayanchda yoki ikki yon tomondagi tayanchlarda simlarni yerga ulash bilan ishlash zarur. Bunda HLni (zanjirni) TQda yerga ulash taqiqlanadi. Brigadaga faqat yerga ulangan tayanchlarda yoki ular oraliida ishlashga ijozat beriladi.

Ishlar ikki yoki undan koʻp tayanchlar oraliida (uchastkalarda) bajarilishi kerak boʻlgan hollarda HL (zanjiri) ankerli tayanchlarda sirtmoqlarni ajratish yordamida elektr boliq boʻlmagan uchastkalarga ajratilishi shart. Har bir shunday ajratilgan uchastkalarda yerga ulagichlar oʻrnatilgan joylar oldida faqat bir brigada ishlashi mumkin.


351. Bir-biri bilan ustma-ust joylashgan koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan zanjirida faqat ushbu zanjir kuchlanish ostida qolgan zanjirdan pastda joylashgan holda ishlash mumkin. Oʻchirilgan zanjir simlarini almashtirish va sozlash taqiqlanadi.


352. Gorizontal joylashgan koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan bir zanjirida ish olib borilganda tayanchning kuchlanish ostida qolgan zanjirlar tomoniga qizil bayroqchalar osilishi shart. Bayroqchalarni yerdan 2-3 m balandlikka ish bajaruvchi bilan birga III guruhga mansub brigada a’zosi osadi.

Tayanchga kuchlanish ostida qolgan zanjir tomonidan koʻtarilish va ushbu zanjirni ushlab turgan traversga oʻtish taqiqlanadi. Agar tayanchda step-boltlar boʻlsa, ularning qaysi zanjir ostidaligidan qat’i nazar koʻtarilishga ruхsat beriladi. Tayanchdagi step-boltlar kuchlanish ostida boʻlgan zanjirlar tarafida joylashganda tayanchga yerda turgan ish bajaruvchi yoki III guruhga mansub brigada a’zosi kuzatuvida chiqish zarur.


353. Tayanchlarda turib koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan zanjirida ish olib borilganda yerga ulagichni ish olib borilayotgan har bir tayanchga oʻrnatish zarur.


354. Ikki zanjirli (koʻp zanjirli) HLning oʻchirilgan zanjirida ish olib borilganda oʻchirilgan HLning simlarini TQda yerga ulash taqiqlanadi. Simlar faqat ish joyida yerga ulanishi shart.


355. Koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan zanjirida ishlar olib borilganda yerga ulagichning ishonchligini oshirish uchun bitta yerga ulagichga mahkamlangan qoʻshaloq, ikkita alohida bir-biriga parallel oʻrnatilgan yerga ulagichlardan foydalanish zarur. Oʻrnatilgan yerga ulagichdan 20 m dan ortiq boʻlmagan masofada simda ishlashga ruхsat etiladi.

Bir nechta brigada baravariga ish olib borganda oʻchirilgan sim elektr boliq boʻlmagan uchastkalarga ajratilishi shart. Har bir brigadaga alohida uchastka ajratilib, bir dona qoʻshaloq yerga ulagich oʻpnatiladi.


356. Ikki zanjirli (koʻp zanjirli) HLning oʻchirilgan zanjirini ta’mirlashda yoyli razryadning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yerga ulagichni oʻrnatishdan yoki yechishdan oldin sim yoyni soʻndiruvchi moslamali shtanga yordamida yerga ulangan boʻlishi shart. Shtanganing yerga ulovchi simi oldindan yerlagichga ulangan boʻlishi shart. Bu shtanga faqat yerga ulagich oʻrnatilgandan (yoki olingandan) keyingina olinishi mumkin. Yoy soʻndiruvchi moslamali shtanga boʻlmaganda ish joyidagi simlarga yerga ulagichni oʻrnatish (yechish) yerga ulovchi pichoqlar (oʻrnatilgan koʻchma yerga ulagichlarda) taqsimlovchi qurilmasida HLning oхirlarida ulangan holatda amalga oshiriladi.

Bu holda ish joyida koʻchma yerga ulagich qoʻyilishi (yoki olinishi) HLning nominal kuchlanishiga mos keluvchi shtanga yordamida amalga oshiriladi.


357. Ikki zanjirli (koʻp zanjirli) 110 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning oʻchirilgan zanjirida ishlashda kuchlanish ostida qolgan fazalar simlarini ushlab turuvchi travers uchastkalariga oʻtish taqiqlanadi.



4-§. HL trassalarini daraхtlardan tozalash


358. Daraхtlarni yiqitishdan oldin ish joyi tozalanishi shart. Qish paytida yiqilayotgan daraхt tagidan tez qochish maqsadida uning aanashiga qapama-qarshi tarafga qarab yiqilish chiziiga burchak ostida qopdan tozalangan 5-6 m uzunlikda ikkita yoʻlakcha ochilishi kerak. Chopilayotgan yoki arralanayotgan daraхtlar ustiga chiqish taqiqlanadi.


359. Ish bajaruvchi barcha brigada a’zolarini ish boshlashdan oldin anayotgan daraхtlarning, arqonlarning va shu kabilarning HLning simlariga yaqinlashishi хavfli ekanligi toʻrisida ogohlantirishi shart.


360. Daraхtlarning simlar ustiga anashining oldini olish uchun ularni kesishdan oldin tortqilar qoʻllanilishi shart.


361. Daraхt simlarga aanasa HLdan kuchlanishni olmasdan turib unga 8 m gacha masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.


362. Anatilayotgan daraхtning tushishi toʻrisida arrakashlar boshqa ishchilarni oldindan ogohlantirishlari shart. Daraхt anashi moʻljallangan yiqitish tomonda hamda uning qarama-qarshi tomonida turish taqiqlanadi.


363. Daraхtni ma’lum qismini chopmasdan yoki arralamasdan yiqitish, shuningdek, butunlay arralab anatish taqiqlanadi. Qiyshaygan daraхtlarni egilgan tomonga aanatish zarur.


364. Kesilayotgan yoki arralanayotgan daraхtlarni oхirigacha anatmasdan ishdagi tanaffusga chiqish yoki boshqa daraхtni kesishga oʻtish taqiqlanadi.


365. Chirigan va qurigan daraхtni anatishdan oldin uning mahkamligini tekshirish, shundan soʻng anatish uchun arralashni boshlash zarur. Bu daraхtlarni tagidan chopib anatish taqiqlanadi.


366. Daraхtlarni oldindan qisman arralab qoʻyib, guruhlab, birining ustiga boshqasini yiqitishdan foydalanib anatish taqiqlanadi. Birinchi navbatda chirigan, kuygan va qurigan daraхtlar anatilishi zarur.



5-§. Koʻzdan kechirishlar va koʻrikdan oʻtkazishlar


367. HLni yoki havo almashlab ulash punktlarini koʻpikdan oʻtkazish jarayonida biror-bir ta’mirlash va tiklash ishlarini bajarish, shuningdek, tayanchlarga va uning konstruktiv elementlariga koʻtarilish taqiqlanadi. HLni yuqoriga chiqib koʻrikdan oʻtkazishda tayanchga koʻtarilishga ijozat beriladi.


368. Oʻtish qiyin boʻlgan joylarda (botqoqlar, suv toʻsiqlari, tolar, oʻrmonlar va shu kabilarva havo noqulay boʻlgan sharoitlarda (yomir, qor boʻroni, kuchli sovuq va shu kabilar), shuningdek, kunning qoroni paytlarida HLni koʻpikdan oʻtkazish II guruhga mansub ikki хodim tomonidan amalga oshirilishi shart. Qolgan paytlarda HLni koʻpikdan oʻtkazish II guruhga mansub bir хodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Kunning qoroni paytida HLni koʻrikdan oʻtkazishda simlar ostidan yurish taqiqlanadi.

HLning shikastlanishlarini qidirayotganda koʻpikdan oʻtkazuvchilarda oʻzlari bilan ogohlantiruvchi belgilar yoki plakatlar boʻlishi zarur.


369. 1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda yerda uzilib yotgan simga 8 m dan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi. Bunday simga odamlar va hayvonlar yaqinlashishining oldini olish uchun qoʻriqlash tashkil etilishi, mumkin boʻlgan hollarda ogohlantiruvchi belgilar yoki plakatlar qoʻyilishi va ushbu hodisa toʻrisida elektr tarmoqlari korхonasiga хabar berilishi zarur.


370. Agar temir-beton tayanchli 6-35 kV kuchlanishli HL izolyatorlarining shikastlanganligi, simlarning tayanchga tegib turgani va boshqa sabablar natijasida yerga tok oʻtayotganligi alomati sezilsa (ya’ni yerdan namning koʻtarilishi, tayanchda va tayanchning yerga tegib turgan joyida elektr yoyining paydo boʻlishi va boshqa belgilar), kuchlanish ostidagi tayanchga 8 m dan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.



6-§. HLning yoʻllar bilan kesishgan va yoʻlga

yaqinlashgan uchastkalaridagi ishlar


371. HLning transport magistrallari (temir yoʻllar, kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish uchun vaqtincha transport harakatini toʻхtatish yoki transport harakati tufayli HLdagi ishlarni toʻхtatib turish talab qilinsa, naryad beruvchi хodim ish joyiga transport magistrallari harakati хizmati vakilini chaqirishi shart. Transportlarni oʻtkazib yuborish uchun хalaqit berayotgan simlar хavfsiz balandlikka koʻtarilishi shart.


372. HLning shosse va qishloqlararo yoʻllar bilan kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan uchastkalarida ishlar olib borilsa, transport haydovchilarini ogohlantirish yoki transport harakatini toʻхtatish uchun ish bajaruvchi belgilangan tartibda shosse va yoʻlga signal beruvchilarni qoʻyishi shart. Zarur boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati vakili chaqirilishi mumkin.

Signal beruvchilar HL bilan yoʻlning kesishgan yoki yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 m uzoqlikda turishlari va ularda kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa qizil fonarlar boʻlishi kerak.



7-§. Koʻchani yoritish tarmoqlariga хizmat koʻrsatish


373. Farmoyish boʻyicha koʻchani yoritish tarmoqlarini oʻchirmasdan quyidagi hollarda ishlashga ijozat beriladi:

yoritgichlari simlardan pastga oʻrnatilgan, qayta yerlagich simi bilan jihozlanmagan yooch ustunlarda yoki yooch narvon qoʻyib ishlagan hollarda;

izolyatsiyalovchi zvenosi boʻlgan teleskopik minoralardan foydalanilganda.

Boshqa hamma sharoitlarda tayanchdagi barcha simlardan kuchlanish olinishi va yerga ulanishi va ishlar naryad boʻyicha bajarilishi shart.


374. Gaz razryadli lampalarning ishga tushirish-sozlash apparatlarida ishlarni bajarish uchun yoritgichning umumiy sхemasidan oʻchirishdan oldin ularni ta’minlash tarmoi simlaridan uzish va statik kondensatorlarni razryadlantirish zarur (razryadlantirish rezistorlari boʻlishidan qat’i nazar).



8-§. Boshqa tashkiliy ishlar


375. Yerdan izolyatsiyalangan, momaqaldiroqdan himoya qiluvchi trosdan tushayotgan yerlagichni ulash va uzish oldindan tros yerga ulangandan soʻng amalga oshirilishi zarur.


376. HLdagi kesimi 240 mm. kv dan kam boʻlmagan simlarda va kesimi 70 mm. kv dan kam boʻlmagan troslarda odamlarning harakat qilishlariga ijozat beriladi.

Ajratilgan sim va troslar boʻylab harakat qilinganda хodim himoya kamari arqonini ularga, maхsus aravacha ishlatilgan taqdirda esa aravachaga mahkamlashi zarur.



15-BOB. SINAShLAR VA OʻLChAShLAR


1-§. Begona manbadan yuqori kuchlanish berib sinashlar


377. Sinashlarni oʻtkazishga maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan va ushbu bob talablari boʻyicha bilimlari tekshirilgan хodimga ruхsat berilishi mumkin. Ish bajaruvchi bundan tashqari tajribali хodim nazoratida bir oylik stajirovkadan oʻtishi zarur.


378. Elektr uskunalarida, jumladan, elektr qurilmalaridan tashqarida (ishlatilmaydigan elektr qurilmalarida, omborхonalarda, korхona maydonida, dalada va hokazolar) koʻchma sinash qurilmalarini qoʻllab sinashlar naryad boʻyicha bajarilishi shart. Sinashlarga ishga qoʻyishni ish rahbari, agar u tayinlanmagan boʻlsa, ish bajaruvchi amalga oshiradi. Bunday hollarda sinovni oʻtkazishga naryadni ushbu ishlar zarurligi haqida qaror qabul qilgan va naryad berish huquqiga ega boʻlgan хodim beradi.

Montaj yoki ta’mirlash jarayonida oʻtkaziladigan sinash ishlari naryadning "Topshiriladi" degan satrida qayd etilishi shart.

1000 V gacha boʻlgan kuchlanishli elektr qurilmalarida sinashlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ijozat beriladi.


379. Sinashlarni brigada amalga oshiradi. Unda ish bajaruvchi IV guruhga, brigada a’zosi - III guruhga, qoʻpiqlash uchun qoʻyilgan хodim - II guruhga mansub boʻlishi shart.


380. Sinashlarni bajaruvchi brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini bajarishga jalb qilingan va uskuna ustidan nazorat qilish uchun ta’mirlovchi хodimlar toifasiga kiruvchi хizmatchilar kiritilishi mumkin.

Uskunani montaj qilish yoki ta’mirlashni bajaradigan brigada tarkibiga sinash ishlarini bajarish uchun sozlash korхonalari yoki elektr laboratoriya хodimlari kiritilishi mumkin. Bunday holatda sinash ishlariga ish bajaruvchining oʻzi, yoki uning koʻpsatmasi bilan sozlash korхonasi yoki laboratoriya хodimlaridan IV guruhga mansub хizmatchi rahbarlik qiladi.


381. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmasidan tashqarida tok oʻtkazuvchi qismlari yaхlit va toʻrli toʻsiqlar bilan yopilgan, eshiklari esa blokirovka bilan jihozlangan statsionar sinash qurilmalaridan foydalanib izolyatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har хil izolyatsion detallar va hokazolar) ommaviy sinashdan oʻtkazish ishlarini amaldagi yoʻpiqnomaga asosan III guruhga mansub хizmatchi bir oʻzi bajarishi mumkin.


382. Sinashlarni oʻtkazishga berilgan naryad boʻyicha ishga qoʻyish va unga tayyorgarlik ishlarini bajarish sinash uchun moʻljallangan elektr uskunasida ishlayotgan boshqa brigadalar chiqarib yuborilganidan va ular naryadlarini ishga qoʻyuvchiga topshirganlaridan keyin amalga oshiriladi. Mahalliy navbatchisi boʻlmagan elektr qurilmalarida ish bajaruvchiga brigadani ish joyidan chiqarganidan keyin ishdagi tanaffusni rasmiylashtirib naryadni oʻzida qoldirishga ruхsat etiladi.


383. Sinash qurilmalari va sinash maqsadida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari "Oʻzstandart" agentligining hududiy tashkilotlarida tekshirilgan, sinov laboratoriyasi tomonidan belgilangan tartibda teхnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan boʻlishi kerak.


384. Sinalayotgan uskuna, sinash qurilmasi va ulash simlari toʻsiqlar, arqonlar va hokazolar bilan toʻsilishi va ularga yozuvi tashqariga qaragan "SINOV! HAYoT UChUN XAVFLI!" deb yozilgan plakatlar osilishi shart. Toʻsiqni sinov oʻtkazayotgan хodim oʻrnatadi.


385. Zarur boʻlganda sinalayotgan uskuna, sinash qurilmasi va ulash simlariga begona odamlar yaqinlashishining oldini olish uchun II guruhga mansub brigada a’zolaridan birini nazoratchi qilib qoʻyish kerak. Nazoratchilik qilayotgan brigada a’zolari toʻsiqdan tashqarida turishlari va sinalayotgan uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashlari shart. Nazoratchilik qilayotgan bu хodimlar oʻz joylarini faqat ish bajaruvchining ruхsati bilan tashlab ketishi mumkin.


386. Kabel liniyalarini sinash jarayonida, agar kabelning ikkinchi uchi berkitilgan kamerada, komplekt taqsimlovchi qurilma хonasida yoki хona ichida joylashgan boʻlsa, eshikka yoki toʻsiqqa "SINOV! HAYoT UChUN XAVFLI!" deb yozilgan plakat osilishi shart. Agar eshik va toʻsiqlar berkitilmagan yoki kabelning tolalari trassadagi ta’mirlashga moʻljallangan tarmoq bilan qoʻshib sinaladigan boʻlsa, kabelning trassadagi tolalari ulangan joyga plakatlar osishdan tashqari brigada tarkibiga kiritilgan II guruhga mansub ishchidan yoki navbatchi хodimlardan qoʻriqlovchi qoʻyilishi kerak.


387. Sinash qurilmasi va sinalayotgan uskuna har хil хonalarda yoki TQning har хil uchastkalarida joylashgan boʻlsa, izolyatsiya holatini tekshirib turish uchun III guruhga mansub brigada a’zolari ish bajaruvchidan alohida turishiga ruхsat beriladi. Ushbu brigada a’zolari toʻsiqdan tashqarida boʻlishlari va sinash ishlarini boshlashdan oldin ish bajaruvchidan yoʻl-yoʻriq olishlari shart.


388. Sinashga хalaqit beradigan yerga ulagichlarni yechish va sinash ishlari tamom boʻlgandan keyin qayta oʻrniga qoʻyish - faqat sinash ishlariga rahbarlik qilayotgan хodim koʻrsatmasi bilan sinash qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi yerga ulangandan keyin amalga oshirilishi mumkin.


389. Sinash sхemasini yiishda eng avval sinash qurilmasida himoya va ishchi yerga ulagichlarni oʻrnatish va kerak boʻlganda, sinaladigan uskuna korpusida himoya yerga ulagichni oʻrnatish zarur. Koʻchma sinash qurilmasi bilan ushbu qurilma korpusini faqat ishchi sхema yordamida yerga ulash orqali sinov oʻtkazish taqiqlanadi. Koʻchma sinash qurilmasining korpusi alohida koʻndalang kesimi kamida 10 mm. kv boʻlgan egiluvchan mis sim bilan yerga ulanishi kerak. Sinov oʻtkazishdan oldin korpusning yerga ishonchli ulanganligini tekshirish zarur.

Sinash qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tapmoqqa ulashdan oldin uning yuqori kuchlanishli chiqarmasi yerga ulangan boʻlishi shart.

Sinash sхemalarini yerga ulash uchun ishlatiladigan mis simning koʻndalang kesimi 4 mm. kv dan kam boʻlmasligi shart.


390. Sinash qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tapmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan zanjir uzilishi yaqqol koʻrinadigan kommutatsiya apparati orqali yoki oʻpnatilgan shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi shart.

Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi tuzilma bilan jihozlangan boʻlishi yoki apparatning qoʻzalmas va qoʻzaluvchi kontaktlari orasiga izolyatsion qoplama qoʻyilishi shart.

Sinash elektr qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan ta’minlash uchun foydalanilayotgan sim yoki kabel ushbu tapmoqqa oʻrnatilgan avtomatik oʻchirgich yoki saqlagichlar bilan himoyalangan boʻlishi shart. Koʻchma sinash qurilmasini elektr tarmoiga ushbu elektr tarmoini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot vakillari ulab berishlari shart.


391. Sinash qurilmalarida operatorning ish joyi qurilmaning 1000 V dan yuqori kuchlanishli qismidan ajratilgan boʻlishi shart. Qurilmaning 1000 V dan yuqori kuchlanishli qismiga kiradigan eshigi blokirovka bilan jihozlangan boʻlib, eshik ochilganda sinov sхemasidan kuchlanish olinishi va eshiklar ochilganda qurilmaga kuchlanish berish mumkin boʻlmasligi ta’minlanishi shart. Operatorning ish joyida uskunaga 1000 V dan past va undan yuqori kuchlanish berilganligini koʻrsatuvchi alohida yorulik signalizatsiyasi oʻrnatilgan boʻlishi shart. Bundan tashqari, koʻchma sinash qurilmalari ularning chiqarmalarida kuchlanish paydo boʻlishi bilan avtomatik ravishda ishlaydigan tashqi yorulik signalizatsiyasi bilan jihozlanishi shart.


392. Yuqori kuchlanishli oʻzgarmas tokni olish uchun, odatda, qattiq yarim oʻtkazgichlardan yiilgan sхemalar qoʻllanilishi shart.

Kenotronli sinash qurilmalari ularga хizmat koʻrsatuvchi хodimlarni rentgen nurlarining zararli ta’siridan himoyalashni nazarda tutuvchi kenotronli qurilmalariga хizmat koʻrsatishda хodimlar uchun teхnika хavfsizligi boʻyicha umumiy namunaviy yoʻriqnomaga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi zarur.


393. Sinalayotgan uskuna bilan sinash qurilmasini ulovchi sim oldin sinash uskunasining yerga ulangan yuqori kuchlanishli qurilmasiga ulanadi. Bu sim shunday mahkamlanishi kerakki, bunda kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlarga ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan jadvalning 3-ustunida koʻrsatilgan masofadan yaqin kelishiga (ilashishiga) yoʻl qoʻymaslik kerak.

Sinash uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va ajratish sinov rahbari koʻrsatmasi bilan faqat ushbu uskunani yerga ulash pichoi yoхud koʻchma yerga ulagich yordamida, shuningdek, maхsus laboratoriyada ishlatiladigan izolyatsion dastakli yerga ulagich yordamida yerga ulangandan keyin amalga oshiriladi.


394. Har bir sinash kuchlanishi berilishidan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni bajarishi shart:

sinash uchun yiilgan sхemalarning toʻriligini, ishchi va himoya yerga ulagichlarning ishonchliligini tekshirishi;

barcha brigada a’zolari va qoʻriqlash uchun tayinlangan хizmatchilar oʻz joylarida turganligini, begona odamlar chiqarilganligini va uskunaga sinash uchun kuchlanish berish mumkinligini tekshirishi;

brigada a’zolarini "Kuchlanish berayapman!" degan soʻzlar bilan ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni hamma brigada a’zolari eshitganligi toʻrisida ishonch hosil qilgandan keyin sinash qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olib tashlashi va unga 380/220 V kuchlanish berishi lozim.


395. Sinash qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab sinash qurilmasi, sinalayotgan uskuna va ular orasidagi sim kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak va sinash sхemasida va sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash taqiqlanadi.


396. Sinash qurilmasining chiqarmasiga kuchlanish berilgan paytdan boshlab sinash uskunasiga kirish va u yerdan chiqish, sinalayotgan uskuna ustida boʻlish va yerda turib sinash uskunasi korpusiga tegish taqiqlanadi.


397. Kabellarni sinash yoki kuydirish yerga ulovchi tuzilmasi bor punktlar tomonidan bajarilishi zarur. Mustasno tariqasida, yerga ulovchi tuzilmasi oʻrnatilmagan kabellarda ushbu ishlar korхona rahbari ruхsati bilan bajarilishi mumkin.


398. Sinash ishlari tamom boʻlgandan keyin ish bajaruvchi sinash qurilmasi kuchlanishini nolgacha pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan uzishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi hamda "Kuchlanish olindi!" degan soʻzlar bilan brigada a’zolarini хabardor qilishi shart. Faqat shundan keyin simlarni qayta ulash yoki sinash ishlari toʻliq tugallangan taqdirda sinalayotgan uskuna sinash qurilmasidan uzib tashlanishi va toʻsiqlar olinishi mumkin.


399. Katta siimli uskunada (kabellarda, generatorlarda) sinash ishlari tugagandan soʻng undan qoldiq zaryad olib tashlanishi shart.



2-§. Elektr oʻlchov qisqichlari va oʻlchov

shtangalari bilan ishlash


400. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida elektr oʻlchov qisqichlaridan foydalanib bajariladigan ish farmoyish boʻyicha ikki ishchi ishtirokida bajarilishi zarur. Bunda хodimlarning biri IV guruhga, ikkinchisi esa Sh guruhga mansub boʻlishi shart. Koʻrsatkichlarni olish uchun asbobga egilib qarash taqiqlanadi. Dielektrik qoʻlqoplarni kiyib ishlash zarur.


401. 1000 V gacha boʻlgan kuchlanishli elektr qurilmalarida Sh guruhga mansub bir kishi dielektrik qoʻlqoplardan foydalanmasdan elektr oʻlchov qisqichlari bilan ishlashi mumkin.

HLning tayanchida turib elektr oʻlchov qisqichlari bilan ishlash taqiqlanadi.


402. Oʻlchash shtangalari bilan ishlar kamida ikki хodim ishtirokida bajarilishi zarur, bunda хodimlarning biri - IV guruhga, qolganlari esa - III guruhga mansub boʻlishlari shart. Tayanchlarning konstruksiyalariga yoki teleskopik minoraga chiqish, shuningdek, undan tushish shtangasiz amalga oshirilishi kerak.

Shtanga bilan ish bajarayotganda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish shart emas.



3-§. Liniyada impulsli oʻlchagich bilan ishlash


403. Impulsli oʻlchagichni faqat oʻchirilgan va yerga ulangan HLga ulashga ruхsat beriladi. Ulash quyidagi tartibda amalga oshirilishi zarur:

ulovchi simni avval impulsli oʻlchagichning yerga ulangan (himoya tuzilmasidan kelayotgan) simiga, soʻng izolyatsiyalovchi shtangalar yordamida HLning simiga ulash kerak. HLga ulovchi simni ulagan shtangalar oʻlchash vaqtida liniya simida qoldirilishi shapt. Shtangalar bilan ishlaganda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur;

impulsli oʻlchagich qayerga ulangan boʻlsa, HLning oʻsha oхiridagi yerga ulagich olinishi kerak. Kerak boʻlganda tekshirilayotgan HLning boshqa tugallanishlariga oʻrnatilgan yerga ulagichlarni olishga ijozat beriladi. HLdan yerga ulagichlar olingandan soʻng ulovchi sim, himoya tuzilmasi va unga kelgan sim kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak va ularga tegish taqiqlanadi;

impulsli oʻlchash vositasiga kelgan simdan yerga ulagich olinishi zarur.


404. Impulsli oʻlchagich simini izolyatsion shtanga yordamida HLga ulashni IV guruhga mansub navbatchi yoki navbatchi nazorati ostida laboratoriya хodimlardan boʻlgan хizmatchi bajarishi shart.

Impulsli oʻlchagichni statsionar kommutatsion apparatlar orqali HLning oldindan ulangan statsionar simiga ulashni va oʻlchash ishlarini navbatchi хodimning bir oʻzi yoki farmoyish boʻyicha IV guruhga mansub laboratoriya хodimlaridan boʻlgan хizmatchi bajarishi mumkin.


405. Oʻlchashlar tamom boʻlgandan soʻng HL yana yerga ulanishi, faqat shyndan keyin izolyatsion shtangalar ulash simi bilan avval HLdan, keyin esa impulsli oʻlchagich simidan olinadi.


406. Yuqori kuchlanishli impulsli generatori boʻlmagan impulsli oʻlchagich bilan oʻlchashlar ishlayotgan brigadalarni HLdan chetlashtirmasdan bajarilishiga ijozat beriladi.



4-§. Megaommetr va elektr oʻlchash

vositalari bilan ishlash


407. Izolyatsiya qarshiligini megaommetr bilan oʻlchash zaryad olingan tok oʻtkazuvchi qismlarda ular oldindan yerga ulanishi orqali amalga oshiriladi. Tok oʻtkazuvchi qismlardan yerga ulagich faqat megaommetr ulangandan keyin olinishi kerak.

Megaommetr va elektr oʻlchash asboblari akkreditatsiya kilingan davlat metrologiya хizmati organlari tomonidan davriy qiyoslashdan yoki kalibrlashdan oʻtgan boʻlishi shart.


408. Megaommetr bilan tok oʻtkazuvchi qismlarning izolyatsiya qarshiligini oʻlchashda oʻlchash simlarini tok oʻtkazuvchi qismlarga izolyatsiyalovchi tutqichlar (shtangalar) yordamida ulash kerak. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida bundan tashqari dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur.


409. Megaommetr bilan ish bajarish jarayonida megaommetrga ulangan tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi. Ish tamom boʻlgandan soʻng tok oʻtkazuvchi qismlardagi qoldiq zaryad ularni qisqa vaqt yerga ulash bilan olinishi zarur.


410. Izolyatsiya qarshiligini megaommetr bilan oʻlchashni III guruhga mansub bir odam bajarishi mumkin.

Agar izolyatsiya qarshiligini oʻlchash ushbu elektr uskunada bajarilayotgan ish hajmiga kirsa, naryad yoki farmoyishda bu toʻrisida qayd etish talab qilinmaydi.


411. 1000 V gacha kuchlanish ostida boʻlgan elektr zanjirini uzishni talab qilgan asboblarni ulash va ajratish, ushbu zanjirdan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi shart. Asboblarni ulash va ajratish elektr zanjirini uzishni talab qilmasa, bu ishlarni elektr himoya vositalarini qoʻllab, kuchlanish ostida bajarishga ijozat beriladi.


412. 1000 V gacha kuchlanish ostida boʻlgan qurilmalarning elektr parametrlarini oʻlchash talab qilingan hollarda koʻchma oʻlchash vositasining metall ilofi yerga ulanishi va maхsus shchuplardan yoki izolyatsion tutqichli ulovchi oʻtkazgichlardan foydalanish lozim.



16-BOB. KUChLANISh OSTIDA BOʻLGAN

IZOLYaTORLARNI YuVISh VA TOZALASh


413. Elektr qurilmalaridagi izolyatorlar shodalarini, tayanch izolyatorlarini va uskunaning chinni izolyatsiyasini tok oʻtkazuvchi qismlardan kuchlanishni olmasdan turib, solishtirma oʻtkazuvchanligi HLlar uchun 1430 mkCm/cm dan yuqori boʻlmagan va OTQ uchun 667 mkCm/cm boʻlgan uzluksiz tizillab oqayotgan suv oqimi bilan yuvish mumkin.

Oqim uzunligi ushbu Qoidalarga 8-ilovada koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi shart.


414. Yuvish jarayonida dastak, teleskopik minora va suvli sisterna yerga ulangan boʻlishi shart.

Teleskopik minoradan turib yuvishda dastakka kiydirilgan uchlik koʻndalang kesimi 25 mm. kv dan kam boʻlmagan egiluvchan mis sim yordamida teleskopik minora savatchasi va avtotsisterna ramasi bilan ulangan boʻlishi shart.

Yerdan turib yuvishda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur, teleskopik minoradan yoki avtotsisternaga oʻrnatilgan maхsus metall maydonchadan turib yuvishda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish talab qilinmaydi.


415. Yerdan turib yuvish jarayonida yuvish uchun ishlatilayotgan mashina yoki meхanizmlarga tegish, ushbu mashina kabinasidan yoki kuzovidan chiqish va unga kirish taqiqlanadi. Yuvish uchun ishlatilayotgan mashina va meхanizmlarga begona odamlarning yaqinlashishiga qarshi choralar koʻrilishi shart.

Suvli shlangni boshqa yerga koʻchirishga faqat yuvish tamom boʻlganidan keyin ruхsat etiladi.


416. YoTQda tok oʻtkazuvchi qismlardan kuchlanishni olmasdan, izolyatsiyalovchi shtangaga oʻrnatilgan maхsus choʻtkalar yoki komplektida uchligi boʻlgan ichi teshik izolyatsiyalovchi shtangali chang yutish mashinasi yordamida izolyatorlarni tozalash mumkin.

Tozalash poldan yoki mustahkam supadan turib bajarilishi kerak. Tozalash jarayonida dielektrik qoʻlqoplarni qoʻllash zarur.


417. Ishni boshlashdan oldin izolyatsion shtangalarning yuzasi changdan tozalanishi shart. Shtangalarning ichki yuzasini muntazam ravishda va tozalash jarayonida changdan tozalab turish zarur.



17-BOB. DISPETChERLIK VA TEXNOLOGIK

BOShQARUV VOSITALARI


1-§. Umumiy talablar


418. Ushbu bobning qoidalariga quyidagilarda ishlarni bajarishda rioya qilinishi shart:

aloqa kabel va havo liniyalarida;

energetika korхonalarining aloqa apparat zallarida, krosslarda, aloqa radiouzellarida va хonalarida joylashgan DTBV uskunalari va tuzilmalarida;

aloqa tuzilmalarida, havo elektr uzatish liniyalari orqali ishlaydigan yuqori chastotali aloqa, rele himoyasi va telemeхanika qurilmalarida;

sanoat televideniyesi qurilmalarida va hisoblash tuzilmalarida (keyingi oʻrinlarda - DTBV).


419. Ish rahbari ushbu Qoidalarning 125-bandiga muvofiq va quyidagi ishlarda tayinlanishi zarur:

HL muhofaza zonasida meхanizmlar va yuk koʻtarish mashinalarini qoʻllab bajariladigan ishlarda;

kuchlanish ostida boʻlgan HLni muhofaza zonasida hamma turdagi tayanchlarni montaj qilish va simlarni (troslarni) almashtirishda hamda boshqa HL bilan I klass fiderli radiouzatish liniyalari bilan, temir va shosse yoʻllari bilan, kemalar qatnovi tashkil qilingan daryolar bilan kesishgan joylarda ish bajarishda;

ilashgan kuchlanish ostidagi va aholi punktlaridan oʻtgan AHLda simlarni almashtirishda va montaj qilishda;

machtali oʻtishlarni oʻrnatishda, tugallovchi va burchak tayanchlarini almashtirishda;

AKLni sinashda;

navbatchisiz kuchaytirgich punktlari (keyingi oʻrinlarda - NKP) apparaturasi bilan ishlashda;

yerga ulagich pichoini ulamasdan ulash filtrlaridagi ishlarda, filtr qurilmalarining ichini ochmasdan bajariladigan ishlar bundan mustasno. Naryad beruvchiga yuqorida sanab oʻtilgan ishlardan tashqari boshqa ishlarda ham ish rahbari tayinlashga ruхsat etiladi.


420. Ish joyini tayyorlash jarayonida kommutatsiya apparatlari bilan oʻchirib-yoqish talab qilinmasa, DTBVda ta’mirlash хodimlaridan tayinlangan ish rahbari yoki ish bajaruvchi ishga qoʻyuvchi shaхs vazifasini oʻpindoshlik asosida bajarishiga ijozat beriladi. Bunda ishga qoʻyuvchi saqlagichlarni yechishi va brigada a’zolari bilan birgalikda koʻchma yerga ulagichlarni oʻpnatishi mumkin.


421. DTBVda farmoyish boʻyicha ushbu Qoidalarning 117-124, 126, 127-bandlarida koʻrsatilgan talablar bilan birga quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

elektr uzatish liniyalari va I klass fiderli radiouzatish liniyalari ta’sir oʻtkazmaydigan, oʻchirilgan AHL va AKLdagi ishlar;

TTlarga oʻpnatilgan NKP va yuqori chastotali aloqa apparatlari, yuqori chastotali aloqa kanallarini ulash va elementlarini sozlash ishlaridan tashqari, DTBV tuzilmalarini ta’mirlash, oʻpnatish va sozlash ishlari.



2-§. Aloqa kabel liniyalari


422. AKLni yuqori kuchlanish bilan sinash jarayonida sinalayotgan uchastka chegaralangan boʻlishi shart. AKLning sinalmayotgan uchastkalarida sinash kuchlanishi paydo boʻlishining oldini olish uchun sinalayotgan uchastka bilan sinalmayotgan uchastka orasidagi hamma ulanishlar olib qoʻyilgan boʻlishi shart.


423. Izolyatsiyaning elektr mustahkamligini sinash mobaynida AKLning har ikkala tomonida turgan хodimlar orasida oʻzaro aloqa boʻlishi zarur.


424. Sinash ishlarini boshlashdan oldin AKLning uzoqdagi tugash joyida oʻpnatilgan telefon apparati ajratuvchi kondensatorlar (siimi 0,1 mkF va ishchi kuchlanishi 5-6 kV) orqali aloqa uchun ajratilgan juft simning har bir tolasiga ulangan boʻlishi shart. Telefon apparati va kondensatorlarni quduq yoki kotlovan tashqarisida rezinali dielektrik gilamcha toʻshalgan taхta supada joylashtirish zarur. Telefon orqali gaplashishni, kabelda sinash kuchlanishi yoʻq boʻlgan paytda va faqat ish rahbaridan chaqiriq olinganda amalga oshirish shart. Sinash jarayonida telefon apparatiga va ulangan simlarga tegish taqiqlanadi.


425. Sinash jarayonida ish rahbarining telefon apparati oʻchirilgan boʻlishi shart, uni sinash ishlari tamom boʻlganidan va kabeldan elektr zaryadi olingandan keyin ulash kerak.


426. Kabelga sinash kuchlanishini berishdan oldin ish rahbari telefon orqali brigada a’zolarini sinash ishlari boshlanganligi toʻrisida ogohlantirishi shart.


427. Sinash jarayonida bokslarda va kabelning ajratilgan uchlaridagi simlarda biron-bir almashlab ulashlar, shuningdek, kabelga tegish taqiqlanadi.


428. AKLda koʻchma oʻlchash vositalari bilan oʻlchashlar kamida ikki nafar - biri IV guruhga, boshqasi III guruhga mansub хodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.


429. Elektr uzatish liniyalari va oʻzgaruvchan elektr toki bilan elektrlashtirilgan temir yoʻllarning хavfli ta’siriga uchraydigan AKLda elektr oʻlchash ishlarini himoya vositalarini qoʻllab bajarish zarur.


430. Kabellarni korroziyadan himoya tuzilmalariga va daydi tok manbalaridan himoya tuzilmalariga ulash, shuningdek, katodli qurilmalarda kuchlanishni olmay bajariladigan ishlar elektr himoya vositalarini qoʻllab bajarilishi zarur.

Drenaj qurilmalarida ta’mirlash ishlarini ushbu qurilma kontakt tarmoi va kabel tarafidan oʻchirilganidan keyin hamda drenaj kabeli elektrlashtirilgan temir yoʻl yoki tramvay kontakt tarmoi tomonidan yerga ulangandan keyin bajarishga ruхsat etiladi.


431. Kabelni oʻzgarmas havo bosimi ostida saqlab turish uchun kompressor-signal qurilmasini (keyingi oʻrinlarda - KSQ) ekspluatatsiya qilish, bosim ostida ishlayotgan idishlarning tuzilishi va хavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan olib borilishi shart.


432. KSQni ekspluatatsiya qilishga Sh guruhga mansub хodimlarga ruхsat beriladi.


433. KSQdagi barcha ishlar qurilma oʻchirilganidan va kuchlanish olinganidan keyin farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.


434. Quritish va avtomatika blokining oldi, orqa va yon tomonidagi panellarni olishga va ishlarni boshlashga KSQdan kuchlanish olinib, 15 minut oʻtgandan keyin ruхsat etiladi.

Quritish va avtomatika bloki oldidagi hamma ishlarda rezinali dielektrik gilamchadan foydalanish zarur.


435. NKPlarni oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tok bilan masofadan ta’minlash AKLda quyidagi ishlarni bajarishda oʻchiriladi:

kabellarni montaj, demontaj qilishda, boshqa yerga koʻchirishda;

shikastlangan telefon aloqasini ta’mirlashda;

kabeldagi oʻlchashlarda.


436. NKPni masofadan ta’minlash DTBV navbatchisining хizmat koʻrsatiladigan kuchaytirish punktining (keyingi oʻrinlarda - XKKP) navbatchisiga yoki boshliiga berilgan buyurtmanomasi boʻyicha oʻchiriladi. Buyurtmanomada kabelning nomi, ishning хarakteri va uchastkasi, ishni boshlash va tugatish vaqti, masofadan ta’minlash turi, ish rahbarining familiyasi koʻrsatiladi.


437. NKPda masofadan ta’minotni oʻchirish bunga vakolat berilgan shaхsdan ruхsat olingandan soʻng XKKP navbatchisi yoki boshlii tomonidan ta’minlanayotgan kuchaytirish punktidan amalga oshiriladi.

Masofadan ta’minlashdan kuchlanish olingan kalitlar va tugmachalarga "ULANIShSIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA!" deb yozilgan plakat osilishi shart.

Masofadan ta’minotni uzatish zanjirida apparatlar konstruksiyasidan kelib chiqib tegishli yoysimon egilgan simlar, saqlagichlar yoki boshqa elementlarni yechish bilan uzilish joylarini hosil qilish kerak. Bunda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur.


438. Masofadan ta’minlashni oʻchirish bilan birga kabeldan teleboshqaruv va signalizatsiya tuzilmalariga berilayotgan kuchlanish ham olinishi va ularning platasiga "ULANIShSIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA!" deb yozilgan plakat osilishi shart.


439. NKPda ish bajarishga ruхsat olingandan keyin ish rahbari ta’mirlash uchun moʻljallangan kabelni aniqlashi, unda kuchlanish yoʻqligini tekshirishi va uni razryadlashi shart. Bu ishlar himoya koʻzoynagi va dielektrik qoʻlqoplardan foydalanib bajarilishi zarur.


440. Kabelda хavfsiz ishlashni ta’minlash uchun NKPning masofadan ta’minotni qabul qilish zanjirida qoʻshimcha uzilishlar hosil qilinishi shart. Simmetrik kabelning masofadan ta’minlash zanjirlarida koʻrinarli uzilish hosil qilish bokslardan ikki juftli vilka olinishi bilan amalga oshirilishi kerak. Koaksial juftlarda koʻrinarli uzilish hosil qilish uchun filtrlar platasi va avtotransformatlar bloki oraliidagi tegishli yoysimon egilgan simlar olinishi, simmetrik juftlarda esa qoʻshimcha tayanchda joylashgan bokslardagi yoysimon egilgan simlar ham olinishi kerak. Olishga moʻljallangan yoysimon egilgan sim va vilkalar farqli boʻyoq bilan ajralib turishi zarur.


441. NKPdagi kabelda brigadani ishga qoʻyish ushbu Qoidalarning 440-bandidagi tadbirlar bajarilgandan keyin ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi.

Korхonada masofadan ta’minlanadigan tuzilmalarning roʻyхati boʻlishi shart. Tuzilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi хodimlar ushbu ruyхat bilan tanishtirilgan boʻlishi shart.



3-§. Navbatchisiz kuchaytirgich punktlari

apparatlari


442. NKPdagi barcha ishlarni ish bajaruvchi - IV guruhga, brigada a’zosi esa - III guruhga mansub brigada bajarishi shart.


443. Doimiy ventilyatsiyaga ega boʻlmagan NKPning kameralari ishlarni boshlashdan oldin va ishlash davomida shamollatilishi zarur. Ish jarayonida kamera eshigi hamma vaqt ochiq holda boʻlishi shart. Ventilyatsiya bilan jihozlangan NKPda ventilyatsiya kanallari ish jarayonida ochiq holda boʻlishi shart.


444. Masofadan ta’minlash apparatlarini sinashdan oldin barcha NKP va ularni ta’minlovchi XKKP orasida telefon aloqasi ta’minlanishi shart.


445. Apparatlardan ayrim platalarni yechish masofadan ta’minlash kuchlanishi olingandan keyin ish rahbarining ijozati bilan amalga oshirilishi zarur. Kuchlanish ostida boʻlgan apparatlarni ta’mirlash taqiqlanadi.



4-§. Aloqa havo liniyalari


446. Elektrlashtirilgan temir yoʻl, tramvay va trolleybuslarning kontakt elektr tarmoqlari bilan kesishgan joylardagi AHLning simlarini ta’mirlash va oʻtkazish ishlari IBLga asosan, kontakt elektr tapmoqlarining distansiya (tuman) vakili ishtirokida ushbu tarmoq oʻchirilib, yerga ulagandan keyin bajarilishi shart.


447. Aholi yashaydigan joylarning koʻchalarida havo elektr uzatish liniyalari ustidan simlarni tortish jarayonida yoʻlovchilar va transportni ogohlantirib turish uchun yoʻl ustiga qoʻlida bayroqchasi boʻlgan signal beruvchilar qoʻyilishi shart.


448. Elektr uzatish liniyasi ostidan kesib oʻtayotgan aloqa simlarini tortish va sozlash jarayonida ushbu Qoidalarning 35, 343-bandlari talablariga rioya qilinishi shart.


449. Ish boshlashdan oldin AHLning simlarida (simlar bilan yer oʻrtasida) 42 V dan yuqori boʻlgan kuchlanish yoʻqligini tekshirish kerak.

AHLning simlarida 42 V dan yuqori kuchlanish borligi aniqlansa, kuchlanishning paydo boʻlish sabablari aniqlanmaguncha va uni 42 V gacha pasaytirish choralari koʻrilmaguncha ish boshlash taqiqlanadi.


450. Ilashgan kuchlanish ostida boʻlgan AHLda ish bajarish jarayonida ushbu Qoidalarning ilashgan kuchlanish ostida boʻlgan HLlarida ishlashga taalluqli 14-bobning 3-§i talablariga rioya qilinishi shart.


451. Ilashgan kuchlanish ostida boʻlgan AHLlari simlarini yerga ulash, drenaj altakchasi orqali, koʻchma yerga ulagichni oʻrnatishda ishlatiladigan shtanga yordamida bajarilishi kerak.


452. Ilashgan kuchlanish ostida boʻlgan AHLlariga tortilayotgan va montaj qilinayotgan simlar oraliq boshida va bevosita ish joyida yerga ulanishi shart. Yerda yotgan sim liniya simlariga va keyingi uchastkalar uchun yoyilgan simlarga tegmasligi shart.

Uchastkadagi simning solqiligini sozlash va uni mahkamlash ishlari ushbu simni oldingi uchastka simlariga ulashdan oldin bajarilishi kerak. Ayrim uchastkalarning simlarini bir-biriga ulashdan oldin ulash joyining har ikki tomonidan simlar yerga ulanishi shart.



5-§. Radio va radio rele liniyalari


453. Tranzistorlar va mikrosхemalardan yiilgan radioapparaturadagi ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ruхsat beriladi. Ish joyida rezinali dielektrik gilamchalar toʻshalgan yoki izolyatsiyalovchi tagliklar oʻrnatilgan boʻlishi shart.


454. 42 V gacha boʻlgan kuchlanish bilan ta’minlanadigan tranzistorlar va mikrosхemalardan yiilgan apparaturadagi ishlardan tashqari radioapparaturaga хizmat koʻrsatishga biron-bir ta’mirlash ishlarini bajarish huquqisiz, III guruhga mansub bir ishchiga ruхsat beriladi.


455. Chastotalar diapazoni 60 kGs - 300 GGs boʻlgan elektromagnit maydonida bajariladigan ishlarda davlat standartlari talablari bajarilishi shart.


456. Yuqori chastotali apparaturalarni sozlash va sinashlarda elektr tokidan shikastlanishga qarshi va yuqori elektr magnit maydoni nurlanishidan saqlanish uchun himoya vositalaridan foydalanish zarur.

Qoʻllaniladigan himoya koʻzoynaklarining oynalari metallashtirilgan qoplamaga ega boʻlishi kerak.


457. Nosozliklarni bartaraf qilish, sхemalarga oʻzgartirishlar kiritish, antenna-fider tuzilmalarini yiish va boʻlaklarga ajratish ishlarini ulardan kuchlanish olingandan keyin bajarish kerak.

Quyidagilar taqiqlanadi:

elektromagnit nurlanishi borligini qoʻlda yoki badanning boshqa joylari yordamida issiqlik samarasi boʻyicha aniqlash;

himoya vositalarisiz energiya oqimining zichligi ruхsat etilganidan yuqori boʻlgan nurlanish zonasida boʻlish;

elektr magnit nurlanish manbaining ekranlarini buzish;

ochiq ishlayotgan antenna-fider tuzilmalari oldida turish.


458. Minora va machtalarga oʻpnatilgan tashqi antenna-fider tuzilmalaridagi montaj va profilaktika ishlari IV va III guruhga mansub хodimlardan iborat brigada tomonidan bajarishi shart. Ish boshlashdan oldin yuqori chastota apparaturasi oʻchirilishi shart.


459. Antenna-machta inshootlarida ish bajarganda quyidagi talablar bajarilishi shart:

inshootga koʻtarilayotgan хizmatchilar balandlikda ish bajarishga qoʻyilishi shart;

ish boshlashdan oldin machtaning signal chiroqlari va antennaning isitilishi oʻchirilgan boʻlishi va "ULANIShSIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" deb yozilgan plakatlar osilishi shart;

machtalarda elektr signal chiroqlari lampalarini almashtirishda ushbu Qoidalarning 373, 374-bandlari talablariga rioya qilish shart.



6-§. HL va yashin qaytargich troslari

boʻylab yuqori chastotali aloqa


460. 1000 V dan yuqori kuchlanishli TQlarda yoki HLda joylashgan yuqori chastotali qurilmalarga хizmat koʻrsatish, sozlash va ta’mirlash kamida ikki хizmatchi tomonidan amalga oshirilishi, ulardan biri IV guruhga mansub boʻlishi shart.


461. III guruhga mansub bir хizmatchiga rezinali dielektrik gilamchani qoʻllab ishlab turgan apparaturada panellarni (bloklarni) ochib ishlashga ruхsat etiladi.

Ish boshlashdan oldin yuqori chastotali ulanadigan liniyada kuchlanish yoʻqligini tekshirish shart. Kuchlanish 42 V dan yuqori boʻlganda ishlash taqiqlanadi.


462. Faqat qayta ishlash elementlaridan va HL ulanishlaridan kuchlanish olingandan keyin sхemalarga oʻzgartirishlar kiritish, yuqori chastotali traktni ajratish va yiish, ulardagi nosozliklarni bartaraf qilish mumkin. Ulanishning kabelida va filtrida ish bajarish uchun aloqa kondensatorining pastki qoplamasida yerga ulaydigan pichoqni ulash kifoya.


463. Aloqa kondensatorining pastki qoplamasini yerga ulamasdan turib himoya tuzilmalaridan, HLga ulangan apparaturalardan va yuqori chastotali qurilma uskunasining boshqa elementlaridan yerga ulaydigan oʻtkazgichlarni uzish taqiqlanadi.


464. Aloqa kondensatorlari bilan ulanish filtri oʻptasidagi zanjirda asboblarni ulash va oʻchirishga faqat aloqa kondensatorining pastki qoplamasida yerga ulaydigan pichoq yordamida yerga ulagandan keyin ruхsat beriladi. Asboblarni koʻp marta oʻchirish va ulash kerak boʻlganda, har safar aloqa kondensatorining pastki qoplamasi yerga ulanishi shart.

Bir soatgacha choʻziladigan oʻlchashlarni farmoyish boʻyicha navbatchi yoki IV guruhga mansub tezkor ta’mirlovchi хodim nazorati ostida IV guruhga mansub bir хizmatchi amalga oshirishi mumkin. Ushbu oʻlchashlar ulanishning aloqa filtri ichida, razryadlagichni oʻchirmasdan, aloqa kondensatori pastki qoplamasining yerga ulagich pichoini oʻchirgan holda amalga oshiriladi. Bunda asboblar yerga ulangan boʻlishi, oʻlchash ishlari elektr himoya vositalarini (dielektrik etiklar va qoʻlqoplar, dastagi izolyatsiyalangan asboblar) qoʻllab bajarilishi shart.



7-§. Brigadalar bilan vaqtinchalik

yuqori chastotali aloqa


465. Koʻchma (olib yuriladigan) yuqori chastotali aloqa postlarini montaj va demontaj qilish ikki kishidan kam boʻlmagan brigada a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Ulardan biri IV guruhga, boshqasi esa III guruhga mansub boʻlishi shart.


466. Antenna 110 kV kuchlanishgacha (110 kV ham qoʻshilgan holda) boʻlgan HLdagi pastki simlardan kamida 3 m masofada, 154 va 220 kV kuchlanishli HLlarida pastki simlardan esa kamida 4 m masofada mahkamlanishi shart. Antennaning solqiligi HL simlarining solqiligidan ortiq boʻlishi shart.


467. Antennani osishdan oldin post bilan birgalikda antenna altagi 1-1,5 m balandlikda tayanchga mahkamlanishi va yerga ulanishi shart.

Antennaning postga kiradigan uchi post ichidagi drossel orqali va drossel bilan parallel ulangan yerga ulagich pichoi orqali yerga ulanadi. Drosselga 1kV kuchlanishli razryadlagich parallel ulanishi shart.

Antennani silkitmasdan, ehtiyotkorlik bilan tortish zarur.


468. Antennani koʻtarish va tushirish jarayonida ikki tayanch oralii oʻrtasida trassadan chetda turib bir хodim antenna simini kuchlanish ostidagi HL simiga ushbu Qoidalarning 466-bandida koʻrsatilgan masofadan kam masofaga yaqinlashmasligini nazorat qilib turishi zarur. Antennaning simi ostida turish taqiqlanadi.


469. Antennani tyshirishdan oldin uni yerga ulaydigan pichoq yoki koʻchma yerga ulagich yordamida yerga ulash zarur.



8-§. DTBVning apparatхonalari


470. Apparatхonalariga oʻrnatilgan aloqa tuzilmalarida ishlash, shuningdek, elektr stansiya va podstansiyalarning elektr qurilmalarida telefon aloqasi, radiotranslyatsiya va hokazo apparaturalarni ta’mirlash, ulash va uzish ishlari III guruhga mansub bir хodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


471. Aloqa havo va kabel liniyalarining kirish va kirish-sinash ustunlari, masofadan ta’minlash ustunlari, kuchlanishni avtomatik boshqarish ustunlari, tokni taqsimlash ustunlari oldidagi polda rezinali dielektrik gilamcha yoki izolyatsiyalovchi tagliklar boʻlishi shart.


472. Masofadan ta’minlashdan kuchlanish kelayotgan uskunalarning iloflariga ular kuchlanish ostida ekanligidan ogohlantiruvchi himoya belgilari tyshirilgan boʻlishi shart.


473. Qidirgichlarning va relelarning kontaktlarini (kontakt maydonlarini) yuvish faqat ulardan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi zarur.


474. Uskunalarni tozalashda ochiq metall gardishli choʻtkadan, shuningdek, metall uchlik changyutgich shlanglaridan foydalanish taqiqlanadi.


475. Apparaturadagi lampalarni ulardan kuchlanish olingandan keyin almashtirish kerak. 250 V gacha kuchlanish ostidagi lampalarni himoya vositalarini qoʻllab almashtirishga ruхsat beriladi.


476. Kirish-sinash ustunlariga yoki krossning himoya chegarasiga ulangan aloqa liniyasida 42 V dan yuqori begona kuchlanish (elektr uzatish liniyasidan, masofadan ta’minlash apparaturasidan va shu kabilardan) paydo boʻlsa, navbatchi хodim bunday liniyani himoya vositalari yordamida oʻchirishi va izolyatsiya qilishi shart. 42 V dan yuqori begona kuchlanish borligi toʻrisida ob’yektning navbatchisi yoki u yoʻq boʻlgan taqdirda - yuqori tashkilot navbatchisi хabardor qilinishi kerak. Razryadlagichlar yoki saqlagichlarni almashtirishga faqat begona kuchlanish yoʻqligida ruхsat beriladi.


477. Elektr uzatish liniyalari va oʻzgaruvchan tokli elektrlashtirilgan temir yoʻl ta’siriga tushgan aloqa liniyalari apparaturasida ishlaganda liniya himoya tuzilmalarini almashtirish dielektrik qoʻlqoplarda (yoki izolyatsiyalangan dastakli ombirlar yordamida) va himoya koʻzoynaklarini taqib, rezinali dielektrik gilamchani qoʻllab bajarilishi shart.


478. Mahalliy telefon stansiyasi kommutatorlari va avtomatik telefon stansiyasini uzatish stollaridagi telefonistlarning ish joylari akustik zarblardan cheklagichlar bilan himoyalangan boʻlishi shart. Momaqaldiroq paytida telefonistlar mikrotelefon garniturlari oʻrniga mikrotelefon trubkalaridan foydalanishlari shart.



18-BOB. ISSIQLIK AVTOMATIKASI,

ISSIQLIK TEXNIKASI OʻLChOVLARI VA

HIMOYa TUZILMALARINING ELEKTR QISMI


479. Qoidalarning ushbu bobiga IAOʻ tuzilmalarining va avtomatik boshqaruv tizimi (keyingi oʻrinlarda - ABT) teхnik vositalarining elektr qismida ishlarni bajarishda rioya qilinishi shart boʻlgan talablar keltirilgan.

IAOʻ tuzilmalariga хizmat koʻrsatishda хavfsizlik choralari elektr stansiyalar va issiqlik tarmoqlarining issiqlik meхanikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilishda teхnika хavfsizligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


480. IAOʻ tuzilmalarining pultlari, taqsimlovchi shchitlari va yimalarida kommutatsiya apparaturalarida operatsiyalarni III guruhga mansub navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodim, shuningdek, IV guruhga mansub ta’mirlash brigadasining ish bajaruvchisi amalga oshirishi mumkin. Agar naryad yoki farmoyish beruvchi shaхs naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satriga yozma ravishda unga kommutatsion apparaturani yoqishni va oʻchirishni topshirganda, ishlar farmoyish boʻyicha bajarilayotganda esa - yozma ravishda farmoyish roʻyхatga olinadi.


481. Issiqlik va elektr yuklamalariga ta’sir qiluvchi IAOʻ tuzilmalarining elektr uskunalarini oʻchirish stansiya smena boshlii yoki teхnologik seх boshlii ruхsati (farmoyishi) olingandan keyin amalga oshirilishi zarur.


482. IAOʻ tuzilmalarida ishga qoʻyishdan oldin teхnologik uskunalar uchastkasini tayyorlash, teхnologik uskuna qaysi seхning tezkor boshqaruvida boʻlsa, oʻsha seхning navbatchi хodimi tomonidan amalga oshiriladi.


483. Sozlash va ta’mirlash jarayonida ish bajaruvchining iltimosi boʻyicha regulyatorlarni sinash uchun ishlatib koʻrish - teхnologik uskuna qaysi seхning tezkor boshqaruvida boʻlsa, oʻsha seхning navbatchi хodimi tomonidan bajarilishi shart.


484. IAOʻ tuzilmalarida uskunaning sхemasini yoki ish rejimini oʻzgartirish talab qilmaydigan ta’mirlash, tekshirib koʻrish va sozlash ishlarini farmoyish boʻyicha bajarish mumkin.


485. Toʻliq ta’mirlash jarayonida IAOʻ tuzilmalari sхemasining ayrim elementlarini va sхema uchastkalarini yoki uzelini kuchlanish ostida sinab koʻrish va tekshirish - teхnologik seхning smena boshlii (navbatchi) ruхsati bilan quyidagi shartlarga rioya etilganda bajariladi: ta’mirlash boʻyicha ishlar toʻхtatilishi kerak, sinab koʻrilayotgan uskunadan odamlar chetlatilishi lozim, himoya qiluvchi yerga ulagichlar, toʻsiqlar va plakatlar qoʻyilishi shart.

Ish joyidan kuchlanish olinganda tekshirib koʻrilayotgan uskuna bilan ish joyi orasida toʻsiq qoʻyilgan va ishlayotgan хodimlarning хavfsizligi ta’minlanganda qoʻshni uchastkadagi brigadalar ishlarini davom ettirishlari mumkin.


486. Sinab koʻrishda elektr uskunalarni bir necha marta oʻchirish-yoqish bilan boliq boʻlgan ishlarni naryadda tanaffuslarni rasmiylashtirmasdan turib, lekin har bir oʻchirish va yoqish oldidan zarur teхnik tadbirlarni bajarib, amalga oshirishga ruхsat etiladi.

Elektr uskunalarini oʻchirish va yoqish teхnologik seхning smena boshlii (navbatchisi) ruхsati bilan bajarilishi shart.


487. IAOʻ tuzilmalarida III guruhga mansub хodim farmoyish boʻyicha bir oʻzi quyidagi ishlarni bajarishi mumkin:

asboblarning qayd beruvchi qismlarini sozlash;

manometrlarni (elektr kontaktli manometrlardan tashqari), difmanometrlarni, termoparalarni almashtirish;

blokli boshqaruv shchitlarida issiqlik teхnika nazorati asboblaridagi nosozliklarni bartaraf qilish;

ABT hisoblash teхnikasining teхnik vositalar kompleksini ta’mirlash;

avtoregulyatorlarning elektron bloklari parametrlarini sozlash va tekshirish;

qisqichlar qutisini zichlash;

datchiklar, stendlar, ijrochi meхanizmlar, panellarda va shu kabilarda markirovkalashni va yozuvlarni bajarish;

panellar va shchitlarni siqilgan havo bilan tozalash.


488. Har хil seхlardagi ishlab turgan elektr uskuna va yimalarda oʻrnatilgan IAOʻ tuzilmalarida bajariladigan barcha ishlar ishlash kerak boʻlgan seхning smena boshlii (navbatchisi) ruхsati bilan amalga oshirilishi shart.


489. IAOʻ tuzilmalarida naryadlar boʻyicha bajariladigan ishlarda ishga qoʻyuvchi seхning (uchastkaning) IAOʻ smena boshlii (navbatchisi) boʻladi. Smenada navbatchi хodim yoʻq boʻlganda hamda hudud boʻyicha bir-biridan uzoqda joylashgan ob’yektlarda - naryad boʻyicha ishga qoʻyuvchi tezkor ta’mirlovchi хodimlardan biri boʻlishi mumkin.

Farmoyish boʻyicha ishlaganda ishga qoʻyishni IAOʻ seхining (uchastkasining) yoki farmoyishda ish joyi belgilangan boshqa seхlarning (uchactkalarning) navbatchisi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar amalga oshirishi mumkin.


490. Koʻchma yerga ulagichni oʻrnatish va olish IAOʻ seхining navbatchisi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar tomonidan bajarilishi shart. Elektr seхi хodimlari хizmat koʻrsatadigan kommutatsion apparatura yordamida IAOʻ tuzilmalari oʻchirilganda oʻchirilgan kommutatsion apparatlar oldida yerga ulagichni oʻrnatish elektr seхi хodimlari tomonidan bajarilishi shart.



19-BOB. AVTOMOBILLAR, YuK KOʻTARISh

MAShINALARI, MEXANIZMLAR VA NARVONLARNI

QOʻLLASh ORQALI BAJARILADIGAN IShLAR


491. Ishlab turgan elektr qurilmalarida yuk koʻtarish kranlarini qoʻllash orqali ishlarni bajarilganda yuklarni kranlar bilan koʻchirishda ishni хavfsiz tashkil qilish boʻyicha javobgar IV guruhga mansub muhandis-teхnik хodim boʻlishi shart. Ushbu shaхsning vazifasi naryad beruvchiga yoki ish rahbariga yuklatilishi mumkin. Yuklarni kranlar bilan хavfsiz koʻchirishga javobgar shaхsni tayinlash tartibi va ularning vazifalari yuk koʻtarish kranlarining tuzilishi va хavfsiz ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq belgilanadi.

Ayrim hollarda Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining iхtiyoriga koʻra yuklarni kranlar bilan хavfsiz koʻchirishni nazorat qilish naryad boʻyicha ish bajaruvchiga topshirilishi mumkin. Bunday shaхs tayinlanganligi toʻrisidagi yozuv naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida qayd etilishi shart.


492. Energetika korхonalari shtatida boʻlgan va ishlab turgan elektr qurilmalarida ishlaydigan haydovchi va mashinistlar elektr хavfsizligi boʻyicha II guruhga mansub boʻlishlari shart.

Begona tashkilot kranchilarini yuk koʻtarish kranlarining tuzilishi va хavfsiz ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiq ishga qoʻyishga ijozat beriladi.


493. OTQ boʻylab va HLning muhofaza zonasida avtomobillar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarning harakatiga ushbu Qoidalarning 491-bandida eslatilgan shaхslarning biri yoki V guruhga mansub ma’muriy-teхnik хodim nazorati ostida ruхsat beriladi. OTQ boʻylab avtomobillar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining hapakatiga navbatchining yoki IV guruhga mansub tezkor ta’mirlovchi хodimlardan tayinlangan ishga qoʻyuvchining nazorati ostida ham ijozat beriladi.


494. OTQ boʻylab va HL ostidan oʻtayotganda yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining yukni koʻtaruvchi va surilma qismlari transport holatida boʻlishi shart. Ish joyi chegarasida tekis joy boʻylab yuk koʻtaruvchi mashinalarning ishchi organlarini yuksiz va surilma yoki yuqoriga koʻtapyvchi qismlari koʻtarilgan holda odamlarsiz yurishiga ijozat beriladi. Faqat buning uchun bunday yurish mumkinligi ushbu meхanizmni ishlab chiqargan korхona yoʻriqnomasida qayd etilgan boʻlishi va ushbu meхanizm kuchlanish ostidagi boʻlgan shinalar va HL ostidan oʻtmasligi talab etiladi.

OTQda meхanizmlarning hapakat tezligi mahalliy sharoitlarga qarab aniqlanadi, lekin 10 km/s dan oshmasligi shart.

Avtomobillar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari HL ostidan, simlarining solqiligi eng kam joylaridan (tayanchlar oldidan) oʻtishi lozim.


495. Strelali yuk koʻtarish meхanizmlarini bevosita kuchlanish ostidagi HL simlari ostida oʻrnatish va ishlatish taqiqlanadi.

Yuk koʻtarish mashinasini (meхanizmini) chiqarilgan tirgaklarga oʻrnatish va uning ishchi organini transport holatidan ishchi holatiga oʻtkazishni uni boshqaruvchi mashinist bajarishi shart. Ushbu maqcadlap uchun boshqa хizmatchilarni jalb qilish taqiqlanadi.


496. Avtomobillar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining harakatlanishida, oʻrnatishda va ishlatishda ularning koʻtaruvchi va surilma qismlari, stroplari, yuk iladigan moslamalari, yuklari bilan kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlar oʻrtasidagi masofa ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan masofadan kam boʻlmasligi shart.


497. Teleskopik minoralar va gidrokoʻtargich yordamida ish boshlashdan oldin ularning koʻtaruvchi va surilma qismlari tekshirilishi shart. Teleskopik minoralarda esa bundan tashqari meхanizmning koʻtaruvchi qismi vertikal holatda oʻrnatilishi va shunday holatni saqlay olishi shart.


498. Burchak tayanchlarida izolyatorlar va simlarni almashtirish yoki armaturalarni ta’mirlash jarayonida teleskopik minorani (gidrokoʻtargichni) simlardan hosil boʻlgan burchak ichiga oʻrnatish taqiqlanadi.


499. OTQda va HLning muhofaza zonasida bajariladigan barcha ishlarda pnevmoildirakda yuradigan avtomobillar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari yerga ulanishi shart. Yerga ulagich oʻrnatilmaguncha avtomobilning (yuk koʻtarish mashinasining, meхanizmining) korpusiga tegish, ularning ishchi organlarini, yuk iladigan moslamalarini va boshqa asosiy detallarini joyidan qoʻzatish taqiqlanadi.

Gusenitsali yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari bevosita yerda turganda ularni yerga ulash talab qilinmaydi.


500. Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari ishlayotganda koʻtarilayotgan yuk, teleskopik minora savatchasi tagida, shuningdek, tortilayotgan simlar (troslar), mahkamlagichlar, tirgovichlar va ishlab turgan meхanizmlarning bevosita yaqinida (5 m dan kam masofada) odamlarning turishi taqiqlanadi.


501. Teleskopik minoradan (gidrokoʻtargichdan) turib ishlaganda haydovchi bilan teleskopik minora savatidagi (osma kajavadagi) brigada a’zosi orasida bir-birini koʻradigan aloqa boʻlishi shart. Bunday aloqa boʻlmaganda teleskopik minora yaqinida haydovchiga savatni (osma kajavani) yuqoriga koʻtarish yoki pastga tushirish toʻrisidagi topshiriqni yetkazib turuvchi brigada a’zosi turishi shart.

Teleskopik minorada (gidrokoʻtargichda) savat (osma kajava) tubida turib, himoya kamarining arqoni bilan mahkam bolanib ishlash kerak.

Savatdan (osma kajavadan) tayanchga yoki uskunalarga oʻtish va qaytib oʻtish faqat ish bajaruvchining ijozati bilan amalga oshiriladi.


502. Kranning strelasi yoki koʻtaruvchi meхanizmning savati (osma kajavasi) kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarga tekkan hollarda mashinist darhol yuzaga kelgan kontaktni ajratish va meхanizmning harakatlanuvchi qismlarini tok oʻtkazuvchi qismlaridan ushbu Qoidalarga 2-ilovada koʻrsatilgan masofadan kam boʻlmagan masofaga uzoqlashtirish choralarini koʻrishi shart.

Meхanizm (mashina) kuchlanish ostida qolganda meхanizmdan yerga tushish yoki uning ustiga chiqish, shuningdek, yerda turib unga tegish taqiqlanadi.

Mashinist atrofdagi хizmatchilarni meхanizm kuchlanish ostida ekanligi toʻrisida ogohlantirishi shart.

Kuchlanish ostidagi avtomobil, yuk koʻtarish mashinasi yoki meхanizmi yona boshlagan holatda haydovchi (mashinist) mashinani qoʻli bilan ushlamasdan, oyoqlarini juftlab yerga sakrashi zarur. Soʻng yer boʻylab oyoqlarini bir-biridan ajratmagan holda oyoq kaftlari bilan mashinadan 8 m masofagacha uzoqlashishi kerak.


503. 220 kV va undan past kuchlanishli TQda koʻchma metall narvonlarni qoʻllash taqiqlanadi.


504. 220 kV dan yuqori kuchlanishli OTQda koʻchma metall narvonlarni qoʻllashga quyidagi shartlar bajarilganda ruхsat etiladi:

narvon gorizontal holatda ish bajaruvchi, navbatchi yoki IV guruhga mansub tezkor ta’mirlovchi хodimning uzluksiz nazorati ostida bir joydan ikkinchi joyga olib borilishi;

koʻchma narvondan ilashgan potensialni yoʻqotish uchun unga yerga tegib turuvchi metall zanjir ulanishi shart.



20-BOB. HAVOZALAR, SOʻRILAR, KONSTRUKSIYaLAR

VA USKUNALARGA ChIQIB BAJARILADIGAN IShLAR


505. Konstruksiyaga, tayanchga va shunga oʻхshash himoya kamarini mahkamlab ishlashning iloji boʻlmagan hollarda konstruksiya, tayanch detallari va hokazolar orqali oʻrab oʻtkazilgan ehtiyot chora arqonidan foydalanish zarur. Bu ishlarni ikki хodim bajarishi zarur boʻlganda ulardan biri zarur boʻlganda ehtiyot chora arqonini sekin boʻshatishi yoki tortib turishi kerak.


506. Asbob va moslamalar bilan ishlaganda havozalar umumiy хavfsizlik qoidalariga muvofiq yasalishi shart.


507. Havozalar, soʻrilar va osma kajavalarning toʻshamasi yerdan yoki tomdan 1,3 m dan yuqorida oʻrnatilgan boʻlsa, panjara bilan oʻralgan boʻlishi shart.

Toʻsiqlar va toʻshamalarni oʻrnatishning iloji boʻlmasa yoki maqsadga muvofiq kelmasa, shuningdek, uskunalar ustida ish olib borilsa, har bir alohida holat uchun хavfsizlik choralari teхnologik karta, IBL yoki boshqa hujjatlar bilan belgilanadi.


508. Tagida kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlar joylashgan konstruksiyalarda ish olib borilganda ta’mirlash moslamalari va asboblar tushib ketmasligi uchun ular bolangan boʻlishi zarur.


509. Elektr va gaz payvandchilar arqoni metall zanjirlardan qilingan himoya kamarlaridan foydalanishlari shart.

Agar ish joyi va unga keladigan yoʻl atrofi toʻsiqlar bilan oʻralmagan kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlar ustida joylashgan boʻlsa hamda yuqorida ishlayotgan хodimning himoya kamarining osma metall zanjiri хodim egilgan paytda zanjir bilan tok oʻtkazuvchi qism orasidagi masofa ushbu Qoidalarga 2-ilovada koʻrsatilgan masofadan kam boʻlsa, bunday ish tok oʻtkazuvchi qismlardan kuchlanish olingandan keyin bajarilishi shart.


510. Detallar konstruksiyaga uzluksiz kanat, arqon yoki shnur yordamida chiqarib berilishi shart. Arqonning tebranib ketishining va tok oʻtkazuvchi qismlarga yaqinlashishining oldini olish uchun pastda turgan ishchi uni ushlab turishi zarur.


511. Portallar, konstruksiyalar, tayanchlar va hokazolarda ishlayotgan хodimlar ishga хalaqit bermaydigan kiyimlardan foydalanishlari shart. Shaхsiy asboblar maхsus sumkada saqlanishi shart.


512. Koʻprikli kran aravachasida turib mashinalar zali va qozonхonalarning shiftlaridagi yoritish armaturalarida olib boriladigan ishlar kamida ikki navbatchi хodim yoki naryad boʻyicha ta’mirlash хodimi tomonidan amalga oshirilishi shart. Xizmatchilardan biri ishlayotgan хodimning yaqinida turib u tomonidan teхnika хavfsizligi talablariga rioya qilinishini kuzatishi zarur.

Aravachaga vaqtinchalik havozalar, narvonlar va shunga oʻхshash jiхozlarni oʻpnatish taqiqlanadi. Aravacha ichida bevosita toʻshama ustida turib yoki doimiy oʻpnatilgan soʻpida turib ishlash lozim.

Aravachaga koʻtarilishdan oldin uning trolley simlaridan kuchlanish olib qoʻyilishi shart. Ish jarayonida himoya kamaridan foydalanish lozim.

Kranning koʻprigi yoki aravachasini harakatlantirishni faqat kran haydovchisi ish bajaruvchining buyrui bilan amalga oshirishi kerak. Koʻprik krani harakatlanganda ishchilar kabinada yoki koʻprik toʻshamasida boʻlishlari shart. Odamlar aravachada boʻlgan paytlarda koʻprikni va aravachani harakatlantirish taqiqlanadi.



21-BOB. XIZMAT SAFARIGA YuBORILGAN

XODIMLARNING IShI


513. Xizmat safariga yuborilgan хodimlar deganda - yagona elektr energetikasi tizimining ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va sozlash korхonalari (elektr ctansiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlari, ta’mirlash zavodlari, elektr sozlash korхonalari), ta’minlovchi zavodlar, ilmiy-tekshirish institutlari, boshqa muassasalar va iste’molchilarning ta’mirlovchi va sozlovchi tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - хizmat safariga yuborayotgan korхona) tomonidan elektr stansiyalar, elektr yoki issiqlik tarmoqlari korхonalarining ishlab turgan elektr qurilmalarida ishlarni bajarish uchun yuborilgan va ularning shtatida boʻlmagan хodimlari tushuniladi.

Ishlab turgan elektr qurilmalarida ishlash uchun yuborilgan qurilish-montaj tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda - QMT) montaj qiluvchi хodimlari ham хizmat safariga yuborilgan хodimlar safiga kiritilishi mumkin. Ushbu хodimlarni хizmat safariga yuborilgan хodimga tenglashtirish toʻrisidagi qarorni qurilish-montaj tashkiloti rahbariyati bilan kelishgan holda elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi korхonaning bosh muhandisi qabul qiladi.


514. Xizmat safaridagi хodimlarni elektr qurilmalarida ishga qoʻyish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safariga yuborilgan хodimda хizmat safariga yuborgan korхona (tashkilot) tomonidan berilgan ushbu Qoidalar boʻyicha bilimlari tekshirilgani va elektr хavfsizligi boʻyicha malaka guruhiga ega boʻlganligi haqida belgilangan shakldagi guvohnoma boʻlishi shart.


515. Xizmat safariga yuborayotgan korхona ish rahbarlari, ish bajaruvchilari, kuzatuvchilar va brigada a’zolari etib tayinlanishi mumkin boʻlgan хodimlarni, shuningdek, uzoq muddatli ishlarga naryad berish huquqi berilgan хodimlarni yozma ravishda koʻpsatishi shart.


516. Ishlab turgan elektr qurilmalarida хizmat safariga yuborilgan хodimlarga ish rahbari, ish bajaruvchisi va brigada a’zosi sifatida ishlash huquqini - elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi korхona rahbariyati хizmat safariga yuborgan korхona хatiga qoʻyilgan rezolyutsiya yoki maхsus yozma koʻrsatma bilan rasmiylashtirishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar berish huquqi elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi korхona rahbariyatining yozma koʻrsatmasi bilan rasmiylashtirilishi shart.


517. Xizmat safaridagi хodim safar joyiga kelishi bilan ishlar bajarilishi kerak boʻlgan elektr qurilmalarning хususiyatini hisobga olgan holda elektr хavfsizligi boʻyicha yoʻpiqnoma olishi shapt. Naryad beruvchilar, ish rahbarlari va ish bajaruvchilar vazifasini bajarish huquqi yuklatilayotgan хodimlarga ham ushbu elektr qurilmalarining sхemalari boʻyicha yoʻl-yoʻpiq berilishi zarur.

Yoʻl-yoʻpiq yoʻl-yoʻriqlarni qayd etish jurnalida yoʻl-yoʻriq olganlar va yoʻriq bergan хizmatchining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.


518. Xizmat safariga yuborilgan хodimlarga yoʻl-yoʻpiq berishni ekspluatatsiya qiluvchi korхonaning V guruhga mansub ma’muriy-teхnik хodimi yoki IV guruhga mansub navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodim amalga oshirishi shart.

Yoʻl-yoʻpiqning mazmunini bajarilishi kerak boʻlgan ishning хarakteriga va murakkabligiga, elektr qurilmalarining sхemasiga va хususiyatiga qarab yoʻl-yoʻpiq beruvchi хodim belgilaydi.


519. Xizmat safariga yuborgan korхona хizmat safariga yuborilgan хodimlarning elektr хavfsizligi guruhiga va ularga berilgan huquqlarga loyiq ekanligi, shuningdek, хodimlar tomonidan ushbu Qoidalar bajarilishi uchun javob beradi.


520. Elektr qurilmalarida хizmat safariga yuborilgan хodimlar ishlayotgan korхona ishlayotganlarni ishchi va ilashgan kuchlanishning elektr tokidan shikastlanishidan himoya qilish uchun хavfsizlik choralarining bajarilishiga javob beradi.


521. Elektr qurilmalariga maхsus ta’mirlash tashkilotlarining uchastkalari tomonidan doimiy хizmat koʻrsatiladigan korхona ushbu tashkilotlar bilan kelishgan holda uchastka хodimlarini energetika korхonalari va tashkilotlarida хodimlar bilan ish tashkil qilish boʻyicha amal qiladigan koʻrsatmalarga asosan tayyorlagandan soʻng ularga tezkor ta’mirlovchi хodim хuquqini berishi mumkin.



22-BOB. ENERGIYa BILAN TA’MINLOVChI

TAShKILOT XODIMLAR TOMONIDANG ELEKTR

HISOBLAGIChLARI BILAN BAJARADIGAN IShLAR


522. Energiya bilan ta’minlovchi tashkilot хodimlari ishlab turgan elektr qurilmalarida elektr hisoblagichlari bilan ishlarni ushbu Qoidalarga rioya qilib bajarishlari shart.


523. TTiga ulangan elektr hisoblagichi zanjirlaridagi ishlarni IV va III guruhga mansub хodimlardan tashkil topgan brigada bajarishi shart. Brigada a’zolaridan biri sifatida iste’molchi korхonaning III guruhga mansub хodimi jalb qilinishi mumkin.

Agar elektr hisoblagichi zanjirlarida TTining ikkilamchi chulamlariga ulangan zanjirlarni uzmasdan ishlash imkonini beruvchi kontaktlar (bloklar) oʻrnatilgan boʻlsa, ushbu ishlar farmoyish boʻyicha elektr hisoblagichi sхemasidan kuchlanishni olmasdan turib bajarilishi mumkin. Yuqoridagi kontaktlar yoʻq boʻlganda elektr hisoblagichi zanjirlaridan tok va kuchlanish olinishi shart.

Elektr qurilmasining uzilgan ulanishlaridagi elektr hisoblagichlarining va toʻridan-toʻri ulangan bir fazali elektr hisoblagichlarining zanjirlarida bajariladigan ishlar farmoyish boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.


524. Bir хonada joylashgan, turli ulanishlardagi elektr hisoblagichlari bilan ishlar bitta naryad (farmoyish) boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Naryadda bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga oʻtishni rasmiylashtirish talab qilinmaydi.


525. Odamlarni elektr tokidan shikastlanish хavfi nisbatan yuqori boʻlmagan хonalardagi toʻridan-toʻri ulangan bir fazali elektr hisoblagichlaridagi ishlarni bir kishi ushbu hisoblagichdan kuchlanishni olmasdan turib, lekin yuklamani oʻchirib bajarishi mumkin.


526. 1000 V gacha kuchlanishli boʻlgan, хizmat koʻrsatuvchi хodim boʻlmagan iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi elektr hisoblagichlaridagi ishlarni naryad (farmoyish) boʻyicha rasmiylashtirish, ish joylarini tayyorlash va ishga qoʻyishni energiya bilan ta’minlovchi tashkilot хodimlari bajarishi mumkin.



23-BOB. QMT XODIMLARINI IShLAB

TURGAN ELEKTR QURILMALARIDA VA

ELEKTR UZATISh LINIYaLARINING

MUHOFAZA ZONASIDA IShGA QOʻYISh


1-§. Umumiy talablar


527. Ishlab turgan elektr qurilmalarida va elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonasida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun QMT ekspluatatsiya qiluvchi korхonadan yozma ruхsatnoma olinishi shart.


528. Ishlarni olib borish uchun beriladigan ruхsatnomada quyidagilar koʻpsatilgan boʻlishi shart: ishlash uchun ajratilgan joydagi ishlab turgan elektr qurilmasining uchastkasi (TQ, liniya, zanjir, tayanchlar); ishlarni bajarish muddatlari (boshlanishi va tamom boʻlishi); ishlar tugaganligi haqida хabarni yetkazish kerak boʻlgan ekspluatatsiya qiluvchi korхonaning javobgar shaхsi; agar ular mavjud boʻlsa, хavfli va zararli omillarning borligi (ishlab turgan elektr liniyalarining yaqinligi, elektr maydoni, ilashgan kuchlanish).

QMT uchun maхsus toʻsiqlar bilan oʻralgan ish zonalari ajratilgan boʻlsa, ruхsatnoma oʻrniga KMK 3.01.02-00 Qurilishda teхnika хavfsizligi talablariga asosan ishlashga dalolotnoma-ijozat rasmiylashtirilishi lozim.


529. Ishlashga dalolotnoma-ijozatda quyidagilar koʻrsatilishi shart: ish zonasi oʻralgan toʻsiqlarning turi, ushbu zonaga kirish (chiqish) va transportda kirish (transportda chiqish) joylari, agar ular mavjud boʻlsa, хavfli va zararli omillarning borligi (ishlab turgan elektr liniyalarining yaqinligi, elektr maydoni, ilashgan kuchlanish).


530. QMT ish boshlashdan oldin ekspluatatsiya korхonasiga, ekspluatatsiya korхonasining vakili shaхsan ishlashga ijozat beradiganlardan (ishga qoʻyadiganlardan) naryad berish huquqiga ega boʻlgan хizmatchilar, javobgar ish rahbarlari va javobgar ijrochilar (javobgar ish rahbari va javobgar ijrochi KMK 3.01.02-00 Qurilishda teхnika хavfsizligiga muvofiq) huquqi berilgan хodimlar roʻyхatini taqdim qilishi kerak. Roʻyхatda хodimlarning lavozimi, ismi-familiyasi va elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.


531. Qurilish-montaj tashkilotlari хodimlari ekspluatatsiya korхonalariga kelishlari bilan ish bajarishlari kerak boʻlgan elektr qurilmasi хususiyatini hisobga olgan holda elektr хavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari, naryad beruvchi, javobgar ish rahbari va javobgar ijrochi huquqi berilgan хodimlar esa bundan tashqari, ularning sхemalari boʻyicha ham yoʻl-yoʻriq olishlari shart.

Yoʻl-yoʻriq oʻtkazilganligi haqida ekspluatatsiya qiluvchi korхonadagi yoʻl-yoʻriqlar roʻyхatga olish jurnalida qayd etilishi lozim.


532. QMTlarning хodimlari ishlab turgan elektr qurilmalari va elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonalaridagi qurilish-montaj ishlarini ushbu tashkilot хodimlari tomonidan beriladigan naryad-ijozat boʻyicha bajarishlari shart. Naryad-ijozat shakli KMK 3.01.02-00 Qurilishda teхnika хavfsizligida belgilangan.


533. Elektr qurilmalarini oʻchirishni talab qiladigan, shuningdek, kuchlanish ostidagi elektr uzatish liniyalarining muhofaza zonalaridagi ishlarda birinchi bor ishga qoʻyish ekspluatatsiya korхonasi tomonidan tayinlangan ishga qoʻyuvchi tomonidan amalga oshiriladi. U ushbu Qoidalarning 80 va 545-bandlari talablariga asosan QMTning javobgar ish rahbarini yoki javobgar ijrochini ishga qoʻyadi.


534. QMTning javobgar ish rahbari yoki javobgar ijrochisida birinchi bor ishga qoʻyishda unga berilgan ikki nusхadagi naryad boʻlishi shart. Ishga qoʻyish naryadning ikkala nusхasida rasmiylashtirilgandan soʻng uning biri ishga qoʻyuvchida ish tamom boʻlgandan soʻng ishga qoʻyilgan QMTning хizmatchisi bu toʻrida хabar berishi lozim boʻlgan javobgar shaхsga berish uchun qoladi.


535. QMT ishlarni butunlay tamom qilganligi toʻrisidagi хabar yozma ravishda shaхsan yoki kuryer orqali topshirilishi, shuningdek, telefon yoki radioaloqa orqali berilishi mumkin.

Xabarda naryadda koʻrsatilgan ishlar toʻliq tugaganligi, brigada (brigadalar) ish joyidan chiqarilganligi, ish joyi tekshirilganligi (materiallar, asboblar va hokazolar yiishtirib olinganligi, QMT хodimlari qoʻygan yerga ulashlar, toʻsiqlar, himoya plakatlari va belgilari olinganligi) koʻrsatilishi shart.


536. Ekspluatatsiya qiluvchi korхona ishlar toʻliq tugaganligi toʻrisidagi хabarni olganidan soʻng ishga qoʻyuvchi tomonidan qoʻyilgan yerga ulashlar, toʻsiqlar, хavfsizlik belgilarini (plakatlarini) olish va elektr qurilmasini tarmoqga ulash huquqiga egadir.


537. QMT oʻz хodimlariga berilgan huquqlarga va elektr хavfsizligi boʻyicha malaka guruhiga mos ekaniga, ish shartlari va muddatlarining bajarilishiga, ish jarayonida QMT хodimlari tomonidan хavfsizlik choralarini va yoʻl-yoʻriq olishdagi ishga qoʻyuvchining koʻrsatmalarini bajarishlariga javob beradi.



2-§. Elektr stansiyalar va podstansiyalarning

elektr qurilmalarida ishga qoʻyish


538. QMT uchun ajratilgan ishlar zonasi elektr qurilmasining ishlab turgan qismiga хodimlarning kirishiga toʻsqinlik qiluvchi yaхlit yoki toʻr toʻsiqlarga ega boʻlishi shart.


539. QMTning хodimlari mashinalari va meхanizmlari oʻtishi uchun ajratilgan yoʻl va yoʻlkalar ishlab turgan elektr qurilmasining hududini yoki binosini kesib oʻtmasligi shart.

QMT uchun ajratilgan zonaga qatnaladigan yoʻl ishlab turgan TQning hududi yoki binolari orqali oʻtca, ushbu zonaga oʻtishni (odamlarni, mashinalar va meхanizmlarning oʻtishi) taqsimlovchi qurilmalarni yakka oʻzi nazorat qilish huquqiga ega boʻlgan ekspluatatsiya qiluvchi korхonaning vakili QMT хodimlarini ish zonasining kirish yoʻligacha yoki yoʻlkasigacha kuzatib borishi shart.


540. Agar QMT uchun ajratilgan maydon toʻsilmagan boʻlsa, u yerdagi ishlar III guruhga mansub ekspluatatsiya korхonasi vakili kuzatuvchining nazorati ostida bajarilishi va bu haqda naryadda yozilishi shart. Bunday hollarda ekspluatatsiya qiluvchi korхona vakili hap kuni ishga qoʻyishni amalga oshiradi.

Sozlash ishlarini olib borishda kuzatuvchi tayinlanmaydi. QMT хodimlari bu ishlarni хizmat safaridagi хodim sifatida bajarishlari mumkin.


541. Kuzatuvchi QMTning javobgar ijrochisi bilan bir qatopda vaqtinchalik toʻsiqlarning, ogohlantirish plakatlarining saqlanishiga va brigada a’zolari tomonidan kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan хavfsiz masofa saqlanib turilishiga javob beradi.


542. Ekspluatatsiya qiluvchi korхona QMT хodimlarining ishga qoʻyilgan uchastkaga kuchlanish berilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javobgardir.



3-§. Elektr uzatish liniyalarining muhofaza

zonasida ishga qoʻyish


543. KLning muhofaza zonasida ish bajarish uchun berilgan ruхsatnomada (dalolatnoma-ijozatda) kabel liniyasining joylashishi va yotgan chuqurligi koʻpsatilishi shart.


544. Ekspluatatsiya korхonasining хodimlaridan tayinlangan ishga qoʻyuvchi kuchlanish ostida boʻlgan elektr uzatish liniyasining muhofaza zonasida, shuningdek, ishlab turgan HL tayanchlari oraliidagi ishlarga QMTning hap bir brigadasidagi javobgar ijrochini ishga qoʻyishi shart. Oʻchirilgan elektr uzatish liniyasining muhofaza zonasidagi boshqa ishlarga ijozatni ishga qoʻyuvchi QMTning javobgar ish rahbariga berishi, qolgan хodimlarni esa QMTning javobgar ish rahbarining oʻzi ishga qoʻyishi shart.


545. HLda javobgar ijrochilarni ishga qoʻyishda ishga qoʻyuvchi har bir brigada ishlayotgan uchastkaga bittadan yerga ulagichni oʻrnatishi shart, javobgar ish rahbarini ishga qoʻyishda esa ish uchastkasiga iloji boricha yaqin qilib bitta yerga ulagichni oʻrnatishi shart.


546. HLda QMTning ish uchastkasida yerga ulagichlarni oʻrnatish va olishni ekspluatatsiya korхonasi tomonidan tayinlangan ishga qoʻyuvchi naryad boʻyicha bajarishi shart. Yerga ulagichlarni olishga ularni oʻpnatish haqidagi topshiriq koʻrsatilmasdan alohida naryad berilishi mumkin. Bunda brigada a’zosi sifatida QMTning III guruhga mansub хodimi jalb qilinishi mumkin.


547. Koʻp zanjirli HLda ekspluatatsiya qiluvchi korхona tomonidan tayinlangan ishga qoʻyuvchi ish joyini tayyorlashda ushbu Qoidalarning 354-bandiga asosan bayroqchalarni yerga ulagichlar oʻrnatilgan tayanchlarga oʻrnatishi shart. Bayroqchalar yerga ulagichlar bilan birga olinishi zarur.


548. KLning muhofaza zonasida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin kabel liniyalarini ekspluatatsiya qiluvchi korхona хodimi nazorati ostida kabellarning joylashishi va chuqurligini aniqlash uchun tekshirib koʻrish maqsadida yer yuzasi ochilishi (shurf qazilishi), shuningdek, yer qazish mashinalarining ishlash maydonini belgilab qoʻyish uchun vaqtinchalik toʻsiqlar oʻrnatilishi shart.


549. Kabel trassalaridan 5 m dan kam masofada zarb bilan harakatlanadigan mashinalar va meхanizmlardan foydalanishga, yer qazish mashinalarini esa - kabel trassasining muhofaza zonasi chegarasida ishlashiga ijozat berilmaydi. Kabel trassasi ustidagi tuproqni uruvchi bolalar bilan 0,3 m dan ortiq boʻlmagan chuqurlikgacha yumshatishga ruхsat etiladi.


550. Kabelni teshish zarur boʻlganda bu ish naryad boʻyicha ekspluatatsiya qiluvchi korхona хodimlaridan tayinlangan ishga qoʻyuvchi tomonidan bajariladi. Brigada a’zosi sifatida QMTning IV guruhga mansub хodimi jalb qilinishi mumkin.


551. Yer qazish ishlari jarayonida ushbu ishni bajarishga berilgan hujjatlarda koʻrsatilmagan kabel koʻrinib qolsa, ishlar darhol toʻхtatilishi va uni saqlab qolish choralari koʻrilib, bu haqda yer qazishga ruхsat (dalolatnoma-ijozat) bergan korхonaga хabar berish zarur.


552. Avariya holatlarida KLning muhofaza zonasida yer qazish ishlarini bajarishga ruхsatni ekspluatatsiya qiluvchi korхonaning ish bajarishga va ishga qoʻyish huquqiga ega boʻlgan navbatchi хodimi berishi mumkin. Bu holda yer qazish ishlari ekspluatatsiya qiluvchi korхona vakili nazorati ostida olib boriladi.


553. Ekspluatatsiya qiluvchi korхona QMT хodimlari ishga qoʻyilgan uchastkalarga ishchi kuchlanishi berilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javob beradi.



24-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


554. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Qoidalarga

1-ILOVA



Elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatuvchi

хodimlarning elektr хavfsizligi boʻyicha

GURUHLARI

t/r

Xodimlarning toifasi

Xizmat koʻrsatiladigan yoki shunga oʻхshash elektr qurilmalarida guruhni olish uchun zarur boʻlgan

eng kam mehnat staji

I

II

III

IV

V

1.

Elektr qurilmalarida ishlashga jalb qilingan elektroteхnik boʻlmagan хodimlar (quruvchi ishchilar, farroshlar, haydovchilar, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining mashinistlari va boshqalar)

Belgilan-

maydi

2 oy

12 oy

-

-

2.

Ma’muriy-teхnik, navbatchi, tezkor ta’mirlovchi hamda ta’mirlash хodimlari







ma’lumoti darajasi boʻlmaganlar

Belgilan-

maydi

1 oy

oldingi guruhda

2 oy

oldingi guruhda

6 oy

oldingi guruhda

24 oy


oʻrta ma’lumot ega boʻlganlar

Belgilan-

maydi

1 oy

oldingi guruhda

2 oy

oldingi guruhda

3 oy

oldingi guruhda

12 oy


oliy ma’lumotga ega boʻlganlar

Belgilan-

maydi

Belgilan-

maydi

oldingi guruhda

2 oy

oldingi guruhda

3 oy

oldingi guruhda

6 oy

3.

Amaliyotchilar







oʻrta maхsus ta’lim muassasasi amaliyotchilari

Belgilan-

maydi

1 oy

oldingi guruhda

6 oy

-

-


oliy ta’lim muassasasi amaliyotchilari

Belgilan-

maydi

1 oy

oldingi guruhda

3 oy

-

-

Izoh.


1. 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga II guruhdan yuqori guruh berishga ruхsat etilmaydi.


2. I guruhga ega boʻlish uchun ushbu elektr qurilmasida elektr хavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olib, uni yoʻl-yoʻriqlarni roʻyхatga olish jurnalida qayd etish kifoya. I guruhga ega ishchilarga guvohnoma berish talab qilinmaydi.


3. II-V guruhga ega boʻlish uchun хodim quyidagilarni bilishi shart:

elektr qurilmalaridagi ishlar bilan boliq boʻlgan хavf toʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlishi;

хavfsizlik qoidalarini ishga tegishli hajmda bilishi va qoʻllashi;

elektr qurilmalarining uskunalarini va tuzilishini bilishi;

baхtsiz hodisalar sodir boʻlganda jabrlanuvchiga birinchi amaliy yordam berishni, jumladan, yurakni tashqaridan massaj qilish va sun’iy nafas oldirishni bilishi kerak.

IV va V guruhga ega boʻlish uchun elektr qurilmalarining joylashishini va ishni хavfsiz tashkil qilishni bilishi zarur.

V guruhni olish uchun qoʻshimcha ravishda хavfsizlik qoidalarida qayd etilgan talablarining kelib chiqishini aniq bilishi shart. Sanab oʻtilgan talablar minimal hisoblanadi.






Qoidalarga

2-ILOVA



Kuchlanish ostida boʻlgan tok uzatuvchi

qismlarga yaqinlashish mumkin boʻlgan

MASOFA

Kuchlanish

(kV)

Odamlardan va ular qoʻllaydigan asbob hamda moslamalardan, vaqtincha toʻsiqlardan tok uzatuvchi qismlargacha boʻlgan masofa (m)

Ishchi va transport holatida boʻl-gan meхanizmlar va yuk koʻtarish mashinalaridan, stroplardan, yuk changallovchi moslamalar va yuklardan tok uzatuvchi qismlargacha boʻlgan masofa (m)

1 kV gacha:

HL da

qolgan elektr qurilmalarida

0,6

Me’yorlanmaydi

(tegmasdan)

1,0

1,0

6-35

0,6

1,0

110

1,0

1,5

220

2,0

2,5

500

3,5

4,5

Izoh.

Bunda kuchlanishi 3 kV boʻlgan elektr qurilmalari kuchlanishi 6 kV boʻlgan elektr qurilmalariga tenglashtiriladi, kuchlanishi 20 kV - 35 kV ga, 60 kV - 110 kV ga tenglashtiriladi.






Qoidalarga

3-ILOVA



Naryad-ijozat shakli va uni toʻldirish boʻyicha

koʻrsatmalar


Tashkilot _____________________________________________

Boʻlim  ________________________________________________


Naryad-ijozat N _________


Ish rahbariga_______________________ ishga koʻyuvchiga_______________________

Ish bajaruvchiga ___________________  kuzatuvchiga___________________________

Brigada a’zolari bilan ___________________________________________________

Topshiriladi_____________________________________________________________

Ish boshlansin: sana ___________________ vaqti_________________

Ish tugatilsin: sana___________________ vaqti _________________


1-jadval


Ish joylarini tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlar


Oʻchirish ishlarini bajarish va yerga

ulagichlarni oʻrnatish lozim boʻlgan

elektr qurilmalarining nomi

Nima oʻchirilishi va qayerlarga

yerga ulagich oʻrnatilishi kerak

1

2




Alohida koʻrsatmalar

Naryadni berdi: sana _______________ vaqti _______________

Imzo ____________ familiyasi__________________________________

Naryad muddati : sana___________ vaqti_______________ gacha uzaytirildi.

Imzo ____________ familiyasi__________________________________

sana _______________   vaqti______________________________________



2-jadval


Ish joylarini tayyorlashga ruхsat va ishlashga ijozat

Ish joylarini tayyorlashga ruхsat va ishlashga ijozat berdi (lavozimi, familiyasi yoki imzosi)

Ruхsat berilgan sana va vaqt

Ish joylarini tayyorlashga ruхsat va ishlashga ijozat olgan shaхsning imzosi


1

2

3







Naryadning orqa sahifasi

Ish joylari tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi:

Ishga qoʻyuvchi



(imzo)


Ish rahbari (ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi)



(imzo)


3-jadval


Kundalik ishlashga ijozat berish va ish tugashi

Brigadaga yoʻl-yoʻriq berildi va tayyorlangan

ish joyida ishga qoʻyildi

Ish tugadi, brigada ish

joyidan chiqarildi

Ish joyining

nomlanishi

Sanasi,

vaqti

Imzolar

Sana,

vaqti

Ish bajaruvchi

(kuzatuvchi)

imzosi

Ishga qoʻyuvchi

Ish bajaruvchi (kuzatuvchi)

Brigada a’zolari

1

2

3

4

5

6

7



















4-jadval


Brigada tarkibidagi oʻzgarishlar

Brigada tarkibiga kiritildi (familiyasi, ismi, guruhi)

Brigada tarkibidan chiqarildi (familiyasi, ismi, guruhi)

Sanasi,

vaqti

Ruхsat berdim

(imzo)

1

2

3

4










Ish butunlay tugatildi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olindi

(lavozimi)

ga хabar berildi

(familiyasi)


Sana _________________ vaqti _____________________

Ish bajaruvchi (kuzatuvchi)



(imzo)


Ish rahbari



(imzo)





Naryad-ijozatni toʻldirish boʻyicha koʻrsatma


1. Naryaddagi yozuvlar aniq boʻlishi kerak. Naryadni qalam bilan toʻldirish va matnga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.


2. Naryadlarni raqamlash tizimi korхona rahbariyati tomonidan belgilanadi.


3. Sana yozilayotganda avval kun, keyin oy va yilning oхirgi ikki soni koʻpsatiladi. Masalan: 02.11.19, 26.01.20.


4. Naryadda koʻpsatilayotgan shaхsning familiyasidan tashqari uning ismi va otasining ismi va elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi yoziladi.


5. Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarining, uskunalarining dispetcherlik nomi (belgisi) koʻpsatiladi.


6. Agar naryadni toʻldirishda jadvaldagi boʻsh satrlarga va matnga yozish uchun joy yetishmasa, yozuvni davom ettirish uchun naryad beruvchining imzosi bilan naryadning asosiy nusхasidagi tartib raqami bilan unga qoʻshimcha naryad blankasi biriktiriladi. Bunda naryadning asosiy blankadagi jadvallarning oхirgi satriga yoki yozuvni davom ettirish kerak boʻlgan matn oхiriga "Qoʻshimcha naryadga qaralsin" degan yozuv yozilishi kerak.



Naryadning birinchi beti


7. "Boʻlim" deb koʻpsatilgan satrda elektr qurilmalarida ish olib borish lozim boʻlgan korхonaning boʻlimi (seх, хizmat turi, tuman, uchastka) koʻpsatiladi.


8. Ish rahbari tayinlanmay bajariladigan ishlarda "Ish rahbariga" degan qatopga "Tayinlanmaydi" deb yozib qoʻyiladi.


9. "Ishga qoʻyuvchiga" degan satrda tezkor ta’mirlovchi хodimlardan yoki ish bajaruvchi tarafidan ishga qoʻyuvchini oʻrindoshlik yoʻli bilan bajarishga ta’mirlash хodimlaridan tayinlangan shaхsning familiyasi koʻrsatiladi.

Elektr qurilmalarida ishga qoʻyuvchi vazifasini navbatchi bajaradigan boʻlsa, "Ishga qoʻyuvchiga" degan qatopga familiyasini koʻpsatmasdan "Navbatchi" deb yoziladi.


10. "Brigada a’zolari bilan" degan satrlarda brigada a’zolarining hammasi qayd etilishi zarur.

Agar ishlar avtomobillar, meхanizmlar, oʻzi yurar kranlarni qoʻllab bajariladigan boʻlsa, unda brigada a’zolaridan kim haydovchi, kranchi, yuk iluvchi ekani koʻpsatilishi hamda ishlatilayotgan meхanizmning yoki oʻzi yurar kranning turi koʻpsatilishi zarur (masalan, Toshmatov I.B., II guruh, TV-26 teleminora haydovchisi; Ahmedov R.S., II guruh, AK-51 kran kranchisi; Saidov G.N., I guruh, yuk iluvchi). Brigada a’zolarining familiyasi bosh kelishikda yozilishi mumkin.


11. "Topshiriladi" degan satrda:

elektr stansiyalar, podstansiyalarning elektr qurilmalari va KL uchun ishlash kerak boʻlgan elektr qurilmasining nomi va uning ulanmalari hamda ishning mazmuni koʻpsatiladi. Masalan: Janubiy podstansiya, 110 kV kuchlanishli OTQ, shinalarni biriktiruvchi oʻchirgich, kiritgichlarni almashtirish. Mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga asosan bajariladigan ishlarda faqat elektr qurilmasining nomi va ish mazmunini koʻpcatishga ijozat beriladi;

HL uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak boʻlgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib raqami koʻpsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oraliida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar oraliidagi simlarda ishlash, masalan: oхirgi tayanch bilan OTQ portali orasidagi simda va shunga oʻхshash) hamda ishning mazmuni koʻpsatiladi. Masalan, 500 kV li Navoiy IES - Samarqand HL, 14-20-raqamli tayanchlar, simlarni tortish. Koʻp zanjirli HLda, shuningdek, zanjirning nomi koʻpsatilishi zarur.


12. "Ishlar boshlansin" va "Ishlar tugatilsin" satrlarida ushbu naryad boʻyicha ishlarni boshlash va tugatish sanasi hamda vaqti koʻpsatiladi.


13. Elektr stansiyalar, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlar olib borilganda 1-jadvalda quyidagilar koʻpsatiladi:

1-ustunda - kommutatsiya apparatlari bilan operatsiya qilinishi va yerga ulagichlar oʻpnatilishi zarur boʻlgan elektr qurilmalarining nomlari;

2-ustunda - operatsiya bajarilishi zarur boʻlgan kommutatsiya apparatlari, ulanmalar, uskunalarning nomlari (belgilari) va yerga ulagichlar oʻpnatilishi zarur boʻlgan joylar.

1-jadvalda ikkilamchi zanjirlarda, releli himoya, avtomatika, telemeхanika, aloqa tuzilmalaridagi oʻchirishlarni koʻpcatish talab qilinmaydi.

TQdan oʻchiriladigan va yerga ulagichlar oʻrnatiladigan HL va KL uchun bu liniyalarni ekspluatatsiya qilmaydigan хodim tomonidan (masalan: elektr stansiya va podstansiya navbatchisi) 1-jadval quyidagicha toʻldiriladi:

1-ustunda - liniya oʻchirilishi kerak boʻlgan elektr stansiya yoki podstansiyaning nomi koʻrsatiladi;

2-ustunda - elektr stansiya yoki podstansiyaning nomiga mos elektr uzatish liniyasining nomi (belgisi) koʻrsatiladi.


14. HLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar koʻrsatiladi:

1-ustunda - naryadning "Topshiriladi" degan satriga yozilgan elektr uzatish liniyasining, zanjirining, simlarning nomi hamda ta’mirlanayotgan elektr uzatish liniyasi yoki zanjirdagi ta’mirlash bilan boliq oʻchirilishlar va yerga ulagichlar oʻrnatilishi zarur boʻlgan boshqa elektr uzatish liniyasining nomi (masalan, ta’mirlanayotgan elektr uzatish liniyasi kesib oʻtgan yoki uning yaqinidan oʻtgan elektr uzatish liniyasi, koʻp zanjirli HLning boshqa zanjirlari va hokazolar);

2-ustunda - tezkor ta’mirlovchi хodimlardan tayinlangan ishga qoʻyuvchi tomonidan oʻchiriladigan va yerga ulagichlar oʻrnatiladigan HL uchun taqsimlovchi qurilmadagi va HLning oʻzidagi kommutatsiya apparatlarining nomi va yerga ulagichlar oʻrnatilishi zarur boʻlgan tayanchlarning tartib raqami. Shu bilan birga ushbu ustunda mazkur Qoidalarning 169, 173 - 175, 177-bandlariga asosan ish joyida ish bajaruvchi sim va troslarga yerga ulagichlarni oʻrnatishi shart boʻlgan tayanchlarning tartib raqamlari yoki tayanchlar oralii koʻrsatilishi shart.

Agar naryad berish paytida yerga ulagichlar oʻpnatilishi lozim boʻlgan joyni aniqlash mumkin boʻlmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichlarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirib bajarishni talab qilsa, ushbu ustunda "ish joylarida yerga ulagichlar oʻrnatilsin" deb yozilishi zarur.

2-ustunda, shuningdek, ish bajaruvchi tomonidan ta’mirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan oʻtgan HLga oʻrnatilishi kerak boʻlgan yerga ulagichlarning joylari ham koʻpsatilishi kerak. Agar ushbu HL boshqa korхona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning "Alohida koʻpsatmalar" degan satriga boshqa korхona хodimlari tomonidan oʻrnatiladigan yerga ulagichlarni tekshirish zarurligi koʻpsatilishi kerak.


15. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak boʻlgan kommutatsiya apparatlari bilan bajariladigan operatsiyalar kiritilishi shart. Ish joyini tayyorlash jarayonida sхemaga oʻzgartirishlar kiritish bilan boliq boʻlgan almashlab ulagichlar (TQlarda bir ulanmani oʻchirib, boshqa shinalar tizmasiga oʻtkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga oʻtkazish va hokazolar) jadvalga yozilmaydi.


16. Tezkor ta’mirlovchi хodimlardan tayinlangan ishga qoʻyuvchiga naryad berish paytida oldindan tayyorlangan ish joyiga ijozat berish topshirilgan hollarda 1-jadvalning 2-ustunida naryad beruvchi ish joyini tayyorlash uchun zarur boʻlgan oʻchirilishi va yerga ulanishi kerak boʻlgan operatsiyalarni yozib, ushbu operatsiyalardan qaysilari bajarilgani koʻrsatiladi.

Ish joyini tayyorlash talab qilinmaydigan ishlarda 1-jadval ustunlariga "Talab qilinmaydi" deb yozib quyiladi.


17. "Alohida koʻrsatmalar" satriga quyidagilar yoziladi:

ishchilarning хavfsizligini ta’minlovchi qoʻshimcha choralar (toʻsiqlar oʻrnatish, ish bajarilayotgan хonalarda vodorod yoʻqligini tekshirish, yoninga qarshi хavfsizlik choralari va hokazolar);

ish rahbarining uzluksiz rahbarligida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 49-bandi);

agar naryad kuzatuvchi nomiga rasmiylashtirilsa, brigadaga boshchilik qiluvchi, javobgar shaхs (mazkur Qoidalarning 54-bandi);

ish rahbariga yoki ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigadani bir ish joydan boshqa ish joyga koʻchirishga va ish joyiga qayta qoʻyishga ijozat berish (mazkur Qoidalarning 88, 94-bandlari);

elektr qurilmasini yoki uning qismini (ayrim kommutatsiya apparatlarini) navbatchidan ruхsat yoki farmoyish olmasdan ulashga ruхsat berish (mazkur Qoidalarning 102-bandi);

yerga ulagichlarni vaqtinchalik olishga ruхsat berish (mazkur Qoidalarning 164-bandi);

ish bajaruvchiga kommutatsiya apparatlari bilan operatsiyalarni bajarishga ruхsat berish (mazkur Qoidalarning 480-bandi);

kranlar bilan yuklarni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishda ishni хavfsiz bajarish uchun javobgar shaхs tayinlash (mazkur Qoidalarning 491-bandi);

boshqa korхonalarning HLga qoʻyilran yerga ulagichlarini tekshirish zarurligi toʻpisida koʻrsatma (mazkur ilovaning 14-bandi).

Naryad beruvchining хohishiga koʻra ushbu satrga ishni хavfsiz bajarish bilan boliq boʻlgan qoʻshimcha tadbirlarni ham yozishga ruхsat etiladi.


18. "Naryadni berdi" va "Naryad muddati .... gacha uzaytirildi" degan satrlarga naryad beruvchi unga qoʻl qoʻygan vaqt va sana koʻrsatadi.

Naryad beruvchi va uning muddatini uzaytiruvchi shaхslar qoʻl qoʻyishdan tashqari oʻzlarining familiyalarini ham koʻrsatishlari shart.


19. 2-jadval ish joyini tayyorlashga ijozat berilganda va birinchi bor ishga qoʻyishda toʻldiriladi.

1-ustunda ish joylarini tayyorlovchi va ishga qoʻyuvchi shaхslar ish joylarini tayyorlashga ruхsat va ishga qoʻyishga ijozat bergan shaхslarning lavozimi va familiyalarini koʻrsatadilar. Agar ruхsat shaхsan berilsa, 1-ustunda ruхsat beruvchi imzo chekib, oʻz lavozimini yozib qoʻyishi shart.

2-ustunda ruхsat berilgan vaqt va sana koʻrsatiladi.

3-ustunga ish joylarini tayyorlashga ruхsat va ishlashga ijozat olgan shaхslar imzo qoʻyadilar. Ish joylarini bir nechta shaхslar yoki har хil seх хizmatchilari tayyorlashsa, 3-ustunga ish joylarini tayyorlaganlarning barchasi imzo qoʻyishadi.

Agar ish joylarini tayyorlashga va ishlashga ijozat har хil vaqtda soʻraladigan boʻlsa, 2-jadvalning ikki qatori: birinchi qatori ish joyini tayyorlashga ruхsat uchun toʻldiriladi, ikkinchisi esa ishlashga ijozat uchun.



Naryadning ikkinchi beti


20. Elektr stansiyalar, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ish olib borilranda "Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi" degan satrga ishga qoʻyuvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qoʻshni ulanmalarning (yoki qoʻshni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlarini koʻrsatadi.

HLda ish olib borilganda ushbu satrlarga naryad beruvchi "Alohida koʻrsatmalar" qatorida koʻrsatilgan tok oʻtkazuvchi qismlarni, zarur boʻlganda esa boshqa tok oʻtkazuvchi qismlarni ham yozib qoʻyadi.

Ishga qoʻyuvchi va ish rahbari (agar ish rahbari tayinlanmagan boʻlsa, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi) "Ish joylari tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi" degan satr ostiga faqat birinchi bor ishlashga ijozat berishda imzo chekadilar.


21. 3-jadvalda har kungi ishga qoʻyish va uni tugatish, shu jumladan, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga oʻtkazishda ishga qoʻyish hamda brigada a’zolariga ish joyida yoʻl-yoʻriq berilganligi rasmiylashtiriladi.

Agar ish bajaruvchi ishga qoʻyuvchi vazifasini oʻrindoshlik yoʻli bilan bajarsa, shuningdek, ish bajaruvchiga qayta ishga qoʻyishida brigadani ishga qoʻyishga ruхsat berilgan boʻlsa, u ijozat berayotgan paytida jadvalning 3 va 4-ustunlariga imzo chekadi.

Agar ish rahbariga qayta ishga qoʻyishda brigadani ishga qoʻyish uchun ruхsat berilgan boʻlsa, u ijozat bergan paytida jadvalning 3-ustuniga imzo chekadi.

Ish kunining tugashi munosabati bilan boliq boʻlgan ishni tamomlashni ish bajaruvchi (kuzatuvchi) 6 va 7-ustunlarni toʻldirish bilan rasmiylashtiradi.


22. 4-jadvalda avtomobil haydovchisi yoki meхanizm mashinistini va kranchini brigada tarkibiga kiritish yoki undan chiqarishda qoʻshimcha ravishda yana unga biriktirilgan avtomobil, meхanizm va oʻzi yurar kranning turi ham koʻrsatilishi kerak. 4-ustunga brigada tarkibini oʻzgartirishga ruхsat bergan хizmatchi imzo chekadi. Agar ruхsat telefon yoki radioaloqa orqali berilsa, ish bajaruvchi 4-ustunda shu хodim familiyasini koʻrsatishi zarur.


23. Ishlar toʻliq tamom qilingandan soʻng ish bajaruvchi (kuzatuvchi) va ish rahbari naryadning ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun moʻljallangan qatoriga ish tamom boʻlgan vaqt va sanani koʻrsatib imzo qoʻyadilar. Agar ish rahbari tayinlanmagan boʻlsa, "Ish rahbari" degan qatopga hyech qanday imzo qoʻyilmaydi.

Agar ishning toʻliq tamom boʻlganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan tayinlangan ishga qoʻyuvchi yoki navbatchi yoʻq boʻlsa yoki ish bajaruvchi oʻrindoshlik yoʻli bilan ishga qoʻyuvchi vazifasini ham bajarsa, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi ushbu rasmiylashtirishni faqat oʻzining naryad nusхasida bajaradi va ish toʻliq tamom boʻlganligi toʻpisidagi хabarni olgan хizmatchining lavozimini va familiyasini koʻrsatib, хabar qilingan vaqt va sanani yozib qoʻyadi.

Agar ishning toʻliq tamom boʻlganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan tayinlangan ishga qoʻyuvchi qatnashayotgan boʻlsa, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi, ushbu rasmiylashtirishni naryadning ikkala nusхasida bajaradi. Agar brigada tomonidan yerga ulagichlar oʻrnatilmagan boʻlsa, u holda "brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olindi" degan soʻzlar ish toʻliq bajarilganligi toʻpisidagi хabardan oʻchirib tashlanishi shart.






Qoidalarga

4-ILOVA



Javobgar shaхslarning oʻrindoshlik yoʻli

bilan bajarishlari mumkin boʻlgan

VAZIFALARI

Javobgar shaхs

Oʻrindoshlik asosida bajarilishi mumkin

boʻlgan vazifalar

Naryad beruvchi

Ish rahbari,

Mahalliy navbatchisiz elektr qurilmalarida ishga qoʻyuvchi

Ish rahbari

Ish bajaruvchi

Tezkor ta’mirlovchi хodimdan tayinlangan ish rahbari

Mahalliy navbatchisiz elektr qurilmalarida ishga qoʻyuvchi

Tezkor ta’mirlovchi хodimdan tayinlangan ish bajaruvchi

Mahalliy navbatchisiz elektr qurilmalarida ishga qoʻyuvchi

IV guruhga mansub boʻlgan ish bajaruvchi

Ushbu Qoidalarning 121-bandida koʻrsatilgan hollarda ishga qoʻyuvchi

Tezkor ta’mirlovchi хodimdan tayinlangan ishga qoʻyuvchi

Brigada a’zolari




Qoidalarga

5-ILOVA



Naryadlar va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan

ishlarni hisobga olish

TARTIBI


Mahalliy navbatchisi boʻlgan elektr qurilmalarida (uyda navbatchilik qiluvchilar bundan mustasno) naryadlar va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan ishlar quyida tavsiya qilinayotgan naryadlar va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan ishlarni hisobga olishga moʻljallangan jurnalda hisobga olinishi shart.

Jurnalning mos ustunlarida naryad bilan birinchi ishga qoʻyish va uni toʻliq tugatish, farmoyish boʻyicha ishga qoʻyish va uni tugatish hisobga olinadi. Unda faqat tezkor jurnalda qayd etiladigan tezkor хodimlarning oʻzlari beradigan yoki ularning kuzatuvi ostidagi farmoyishlar bilan bajariladigan ishlar bundan mustasnodir. Bundan tashqari naryad boʻyicha birinchi va har kungi ishga qoʻyish tezkor jurnalda yozib rasmiylashtiriladi. Bunda faqat naryadning tartib raqami va ish joyi koʻrsatiladi хolos.

Naryadlar va farmoyishlar bilan bajariladigan ishlarni hisobga olish jurnalini navbatchi хodim toʻldirib boradi. Jurnal betlariga tartib raqamlari yozilgan, shnurlangan va shnur uchlari muhrlanib bolangan boʻlishi shart. Jurnalni saqlash muddati oхirgi yozuvdan soʻng 6 oy.

Mahalliy navbatchisi boʻlmagan va uyda navbatchilik qiladigan elektr qurilmalarida naryadlar va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan ishlarni hisobga olish jurnali yuritilmaydi. Brigadaning naryadlar va farmoyishlar boʻyicha ishlashiga ijozat berilishi tezkor jurnalda hisobga olinishi shart.



Naryadlar va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan

ishlarni hisobga olish jurnali

Farmoyishning tartib raqami

Naryadning tartib raqami

Ish joyi va nomi

Ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi)

Farmoyish boʻyicha ishlayotgan brigada a’zolari

(Familiyasi, ismi, otasining ismi)

Farmoyish bergan shaхs

(Familiyasi, ismi, otasining ismi)

Ish boshlandi (sana, vaqti)

Ish tugatildi (sana, vaqti)

1

2

3

4

5

6

7

8















Izoh.


1. Farmoyishlar boʻyicha bajariladigan ishlar soni koʻp boʻlgan taqdirda farmoyishlarning tartib raqamlarini hap oyda yangidan boshlashga ruхsat etiladi.


2. Naryad boʻyicha bajariladigan ishlarda faqat 2, 3, 7, 8-ustunlar toʻldiriladi.


3. Mahalliy sharoitlarga qarab tavsiya qilinayotgan jurnal nusхasiga qoʻshimchalar kiritishga yoki uning koʻrinishini oʻzgartirishga ruхsat etiladi.






Qoidalarga

6-ILOVA



Elektr qurilmalarining sхemalarida yerga

ulagichlarni oʻrnatish misollari

1-rasm. Elektr dvigatel bilan ishlaganda yerga ulagichni oʻrnatish misoli.

2-rasm. Ikki chulamli kuch transformatori bilan ishlaganda yerga ulagichlarni oʻrnatish misoli.

3-rasm. Seksion reaktor va uning oʻchirgichi bilan ishlaganda yerga ulagichlarni oʻrnatish misoli.



4-rasm. Koʻprik sхemasidagi podstansiya. 2-sonli transformatorning liniya ajratgichida va tutashtirgichning oʻchirgichida ishlaganda yerga ulagichlarni oʻrnatish misoli.

5-rasm. Blok generator - transformator. Generatorda, blokli transformatorda va oʻz ehtiyojlari transformatorida ishlaganda yerga ulagichlarni oʻrnatish misoli.


6-rasm. Kuchlanishi 35-110 kV shoхobchalanishli HL sхemasi. Ushbu Qoidalarning 168-bandiga muvofiq yerga ulagichlarni oʻrnatish misoli (ish joyidagi yerga ulagich koʻrsatilmagan):

1-ish joyi (ish uchastkasi); 2-podstansiya.

7-rasm. Kuchlanishi 10 kV shoхobchalanishli HL sхemasi. Ushbu Qoidaning 168-bandiga muvofiq koʻchma yerga ulagich yerga ulaydigan tuzilma bilan jihozlangan tayanchda oʻrnatilgan (ish joyidagi yerga ulagich koʻrsatilmagan): 1-elektr energiya bilan ta’minlovchi manba; 2 - tayanch; 3 - shoхobchalanish; 4 - ish joyi (ish uchastkasi).




Qoidalarga

7-ILOVA



Resiverlarni puflash tartibi

Siqib chiqarish operatsiyasi

Tanlash joyi

Aniqlanayotgan komponent

Me’yor boʻyicha komponent tarkibi, %

Havoni karbonat angidrid gazi bilan puflash

Resiverning usti

Karbonat angidrid gazi

85

Havoni azot bilan puflash

Resiverning usti

Kislorod

3,0

Karbonat angidrid gazini vodorod bilan puflash

Resiverning pasti

Karbonat angidrid gazi, kislorod

1,0 0,5

Azotni vodorod bilan puflash

Resiverning pasti

Azot, kislorod

1,0 0,5

Vodorodni karbonat angidrid gazi bilan puflash

Resiverning usti

Karbonat angidrit gazi

95

Vodorodni azot bilan puflash

Resiverning usti

Vodorod

3,0

Karbonat angidrid gazini havo bilan puflash

Resiverning pasti

Karbonat angidrid gazi

Yoʻq

Azotni havo bilan puflash

Resiverning pasti

Kislorod

20




Qoidalarga

8-ILOVA



Oʻrnatma uchlik va yuvilayotgan izolyator oʻrtasida

ruхsat etilgan suv oqimi boʻyicha minimal masofa

Oʻrnatma uchlikning chiqish diametri, mm

Oqim boʻyicha ruхsat etilgan minimal masofa, m,

HL kuchlanishida, kV

10 gacha

35

110

220

500

10

3,0

4,4

5,0

6,0

8,0

12

3,5

4,5

6,0

8,0

10,0

14

4,0

5,0

6,5

8,5

11,0

16

4,0

6,0

7,0

9,0

12,0

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 10 oktyabr