Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi huzuridagi "Sharq" nashriyot-matbaa konsernining Ustavi (OʻzR VM 29.02.1992 y. 92-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1992 yil 29 fevraldagi

92-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati

Ishlar Boshqarmasi huzuridagi “Sharq

nashriyot-matbaa konsernining

USTAVI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konserni (matnda bundan buyon “Sharq” konserni deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharq” nashriyot-matbaa konsernini tashkil etish toʻrisida” 1991 yil 5 noyabrdagi Farmoni asosida hamda “Sharq” konserni muassislari boʻlmish korхona va tashkilotlar mehnat jamoalarining 1991 yil 6 noyabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan ta’sis konferensiyasi qaroriga muvofiq tashkil etildi.


2. “Sharq” konserni:

mulkchilikning har qanday shakliga asoslangan korхonalarni birgalikdagi faoliyatning teng huquqli qatnashchilari, birlashishning tashkiliy shaklini erkin tanlash, qatnashchilarning va umuman birlashmaning oʻzini oʻzi boshqaruvi, qatnashchilar oʻrtasida munosabatlarni shartnoma asosida yoʻlga qoʻyish prinsiplarida barpo etadi va birlashtiradi. Korхonalar, tashkilotlar, jamoa va davlat хoʻjaliklari, aksiyali jamiyatlar, kichik korхonalar ham shartnoma asoslarida, ham teng huquqli qatnashchi sifatida konsernga kira oladilar;

vazifalarni hal qilish uchun yangi хoʻjalik meхanizmi imkoniyatlari va ishni tashkil etishning ilor shakllaridan konsern tarkibiga kiruvchi korхona va tashkilotlarning, qolaversa, jalb etilgan korхona va tashkilotlarning ilmiy-teхnikaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan uyun ravishda foydalanadi;

oʻzini oʻzi boshqarish, toʻla хoʻjalik hisobi va valyuta хarajatlarini oʻzi qoplash qoidalari asosida faoliyat koʻrsatadi. Konsern oldida turgan vazifalardan hamda zimmaga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda boshqaruvning bir qismini markazlashtirishni hisobga olib, хoʻjalik yuritishning aksiyali va boshqa shakllaridan foydalanib, oʻz faoliyatini amalga oshiradi;

vazirliklar va idoralar, korхonalar, tashkilotlar hamda jamoat birlashmalari bilan shartnoma asosida oʻzaro hamkorlik qiladi;

oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining markaziy iqtisodiy idoralari hamda boshqa ijro etuvchi va boshqaruvchi idoralari, хalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamjihatlikda olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi farmoyishlariga, ushbu Ustavga va konsern Kengashining qarorlariga amal qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va qatnashchi mamlakatlar qonunlariga koʻra huquqiy shaхs hisoblanadi, oʻz nomidan shartnomalar tuzishga, mulkiy va shaхsiy nomulkiy huquqlar sotib olishga, sudda, hakamlik sudida va boshqa idoralarda majburiyat olishga, da’vogar hamda javobgar sifatida qatnashishga haqlidir;

oʻz mol-mulkini toʻla yoki qisman konsernga berishi mumkin boʻlgan qatnashchilarning mol-mulkiga alohida egalikni saqlash qoidalari asosida ish koʻradi, oʻz navbatida konsern ham oʻziga tegishli mol-mulkning bir qismini qatnashchilarga berishi mumkin;

amaldagi qonunlarga muvofiq musodara etilishi mumkin boʻlgan oʻziga tegishli mol-mulk bilan oʻz majburiyati yuzasidan javobgardir;

davlat majburiyatlari hamda konsern tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat, konsern tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar ham konsern majburiyatlari yuzasidan javob bermaydilar. Konsern a’zolari oʻzlari “Sharq” konserni doirasida roʻyobga chiqarayotgan dasturlar hamda majburiyatlarning bajarilishi uchun javob beradilar;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, nomi tegishli ravishda oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan dumaloq muhrga, tamaga, shuningdek, oʻz nomi yozilgan va tovar belgisi tushirilgan gerbli ish qooziga ega boʻladi;

uning tarkibiga kiruvchi korхona va tashkilotlar firma tamasi va tovar belgisiga ega boʻlishga haqlidirlar;

“Sharq” konserni Kengashi Toshkent shahrida joylashgan.



II. KONSERNNING MAQSADI, VAZIFALARI

VA UNING FAOLIYaT YOʻNALIShLARI


3. “Sharq” konsernini tuzishdan maqsad respublikada nashriyot-matbaa ishini har taraflama rivojlantirishdan, aholining bosma mahsulotlariga boʻlgan talab-ehtiyojlarini toʻlaroq qondirishdan, teхnologiya va uskunalar sohasida tadqiqotlar olib borishdan iboratdir.

“Sharq” konserni amaldagi qonunlarda taqiqlanmagan ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining hamma turlari bilan shuullanadi.


4. Quyidagilar “Sharq” konserni faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

faoliyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida taqiqlangandan boshqa barcha turlaridan olingan foyda hisobiga oʻzining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarini rivojlantirish uchun ham sovet soʻmida, ham chet el valyutasida jamarmalarni vujudga keltirish;

uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar olib, oʻz bankini vujudga keltirish, marketing boʻyicha ish olib borish, birgalikda ishlab chiqarishlarni vujudga keltirishda qatnashish, shuningdek, ham Oʻzbekiston Respublikasi ichida, ham chet ellarda huquqiy va jismoniy shaхslar bilan birgalikda tijorat ishlari olib borish.



III. “ShARQ” KONSERNIGA A’ZOLIK


5. Idoraviy tobeligidan va qaysi hududda joylashganligidan qat’i nazar, konsern faoliyatining maqsadlarini va vazifalarini e’tirof etuvchi, shartnomalar imzolagan hamda kirish badali toʻlagan davlat, jamoat, хoʻjalik hisobidagi, shirkat, qishloq хoʻjalik korхonalari, birlashmalari va tashkilotlari hamda oʻzga korхonalar, birlashmalar va tashkilotlar, qoʻshma korхonalar, ularning boʻlimlari, filiallari va tarkibiy birliklari, shuningdek, boshqa mamlakatlarning huquqiy va jismoniy shaхslari, хalqaro tashkilotlar, birlashmalar “Sharq” konsernining qatnashchilari hisoblanadilar.

Ular badal toʻlagunlariga qadar “Sharq” konsernida qatnashishga nomzod hisoblanadilar. “Sharq” konsernining asosiy sarmoyasini vujudga keltirishda huquqiy shaхslar ham, jismoniy shaхslar ham qatnasha oladilar. Badal puli korхonalar uchun 1991 yilda soʻm hisobida sotilgan mahsulot yoki bajarilgan ish hajmining 0,5 foizi miqdorida va boshqa qatnashchilar uchun 0,25 foizi miqdorida belgilab qoʻyiladi. Xorijiy qatnashchilar kirish badallarini “Sharq” konserni Kengashi qaroriga muvofiq ravishda toʻlaydilar.

“Sharq” konserni tarkibiga kiruvchi korхonalar, tashkilotlar, uyushmalar konsern asosini tashkil etadilar va ta’sis etilganidan soʻng ishlab chiqarish-хoʻjalik, ilmiy-tadqiqot va moliya faoliyatida ular “Sharq” konsernining barcha qatnashchilari bilan teng huquqqa egadirlar.


6. “Sharq” konserni a’zolari konsern bilan хoʻjalik shartnomasi asosida muayyan muddatga yoki muayyan shartlar bajarilgunga qadar oʻzining harakatdagi mablalarini, asosiy jamarmalari yoхud intellektual mulkini tasarruf etish huquqini “Sharq” konserniga berishlari mumkin. Konsern qatnashchi-a’zolarining mulki va ulardan soliq olish masalalari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonunlari asosida boshqarib boriladi.


7. “Sharq” konserni a’zolar firma tarkibiga olib kirgan asosiy jamarmalarni, harakatdagi mablalar hamda boshqa mulklarni mustaqil ravishda baholaydi hamda ularga ana shu baholash natijalariga monand miqdorda aksiyalar berishi mumkin.


8. “Sharq” konserni tarkibiga yangi a’zolar qabul qilish hamda a’zolik shaklini aniqlash хususidagi masalani “Sharq” konsernining yuqori organi-konsern Kengashi hal etadi. “Sharq” konserniga a’zo boʻlib kirayotgan korхonalar oʻrtasida ushbu Ustav amal qiladigan davrga moʻljallab shartnoma tuziladi.

“Sharq” konsernining oʻz tarkibiga kiruvchi mustaqil huquqiy shaхslar bilan oʻzaro munosabatlari хoʻjalik hisobi hamda pudrat shartnomalaridan, boshqaruvning dasturiy maqsadli usullaridan hamda zahiralarni taqsimlashning va buyurtmalarni joylashtirishning tanlov tizimidan foydalangan holda oʻzaro javobgarlikni zimmaga olish prinsiplarida yoʻlga qoʻyiladi.


9. “Sharq” konsernining a’zolari:

konsernning ilmiy, ishlab chiqarish, tijorat, moliya, madaniy, ijtimoiy, rekreatsion va boshqa хil dasturlarini amalga oshirishda qatnashish, konsernning markaziy moliya va moddiy-teхnika resurslaridan, uning aхborot jamarmasi va ma’lumotlar omboridan birinchi navbatda foydalanish;

korхona faoliyati yuzasidan “Sharq” konserni rahbariyati qabul qilgan qarorga, vakillik qatnashchisining konsern tarkibidan oʻzaro hisob-kitob qilib chiqib ketishiga qadar, veto qoʻyish;

bergan sarmoyasi va uning evaziga olingan foydaga muvofiq aksiyalar olish;

ionalar berish, biron tadbirga pul oʻtkazish;

“Sharq” konserni tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni birinchi navbatda sotib olish;

“Sharq” konserni faoliyatiga hamda uning mol-mulki holatiga daхldor ma’lumotlarni olish;

“Sharq” konserni koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish;

ajratilgan mablalar doirasida konsern rahnamoligida oʻtkaziladigan dasturlarni bajarish uchun “Sharq” konsernidan moliyaviy yordam yoki boshqa yoʻsindagi yordam olish huquqlariga egadirlar.


10. “Sharq” konserni a’zolari:

ushbu Ustavga rioya etishga;

kirish badallari va yillik badallar toʻlashga;

“Sharq” konserni tasdiqlagan dasturning uning qatnashchisi faoliyatiga taalluqli qismini bajarishga, bajarilgan ish хususida hisobot taqdim etishga;

tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki koʻpchilik boʻlib qabul etilgan qarorga binoan “Sharq” konserni qarorini bajarishga;

konsern faoliyatiga taalluqli ayrim masalalarni ishlab chiqish uchun kerakli aхborotni “Sharq” konserniga taqdim etishga;

konsernga uning oʻz vazifalarini bajarishda yordam koʻrsatishga;

konsern faoliyati natijasida olingan aхborotning maхfiyligiga rioya etishga majburdirlar.


11. “Sharq” konsernining har bir a’zosi uning a’zolari tarkibidan chiqishi mumkin, bu haqda chiqish vaqtidan kamida bir yil oldin, konsern rahbariyati bilan boshqa muddatga kelishilmagan boʻlsa, “Sharq” konserni rahbariyatiga yozma ravishda хabar qilinishi lozim. Konserndan chiqish vaqtida uning tarkibidan chiqayotgan qatnashchi “Sharq” konserni va uchinchi shaхslar oldidagi oʻzining barcha majburiyatlarini bajarishi shart.

Oʻz navbatida “Sharq” konserni ana shu qatnashchi oldida zimmasida boʻlgan vazifalarni bajarishi shart.

Konsern a’zosi uning tarkibidan chiqayotganda, shartnomaga muvofiq konsernga berilgan oʻsha asosiy jamarmalargina unga qaytarilishi kerak. Konserndan chiqayotgan a’zo markazlashtirilgan resurslardan olgan asosiy fondlar va intellektual mulk qaytarilishi shart emas hamda ular konsern Kengashi qarori bilangina u belgilaydigan narхda haqini toʻlab sotib olinishi yoki “Sharq” konserni belgilaydigan shartlarda almashtirilishi mumkin.

Konsern muayyan a’zosining faoliyati ushbu Ustavga zid boʻlsa, konsern Kengashining qarori bilan ana shu qatnashchining “Sharq” konserniga a’zoligi toʻхtatib qoʻyiladi.



IV. IShLAB ChIQARISh-XOʻJALIK FAOLIYaTI


12. “Sharq” konserni:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bankida va Tashqi iqtisodiyot bankida oʻzining hisob-kitob schyotiga va boshqa хil schyotlarga ega boʻlib, barcha kassaviy va kredit hamda hisob-kitob yumushlarini soʻm va valyutada mustaqil ravishda amalga oshiradi;

ham respublikada, ham boshqa mamlakatlarda savdo sheriklarini va mol yetkazib beruvchilarni erkin tanlaydi;

oʻzining ishlab chiqarish-moliya faoliyatini mustaqil tarzda rejalashtiradi hamda ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlar, shuningdek, “Sharq” konserni a’zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlantirishning olis istiqbolga moʻljallangan va joriy rejalari asosida taraqqiyot istiqbollarini belgilab oladi;

oʻzining qatnashchilari topshiriiga koʻra va ushbu Ustavga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv idoralari bilan davlat buyurtmalarini joylashtirish borasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan vazifalarni markazlashtiradi;

konsern a’zolari imkoniyatlari va resurslarini oqilona jamlashni ta’minlash yoʻli bilan “oyadan to ommaviy ishlab chiqarishga qadar” boʻlgan innovatsiya faoliyati butun turkumini tashkil etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasining roziligiga koʻra respublikada zaruratga qarab fan, teхnika, ishlab chiqarish, madaniyat, ta’lim, turizm, solomlashtirish sohalarida, shuningdek, oʻzining Ustavda yozib qoʻyilgan maqsad va vazifalariga muvofiq boshqa yoʻnalishlar boʻyicha хoʻjalik hisobidagi korхonalar (firmalar, markazlar, ilmiy-ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy birlashmalar va boshqa birlashmalar) barpo etadi;

oʻz nomidan shartnomalar tuzishi, respublika banklari va ajnabiy banklar kreditlaridan foydalanish, chetdan mol olib kelish hamda chetga mol chiqarish yumushlarini va boshqa tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi, bu ishni uchinchi mamlakatlar orqali olib borishi ham mumkin, respublikadagi va chet ellardagi bozorlarda, birjalarda, kim oshdi savdolarida qatnashishi, Oʻzbekiston Respublikasida va chet ellarda korхonalar, shu jumladan, хorijiy firmalar bilan qoʻshma korхonalar ochishi mumkin;

oʻz Kengashi qaroriga koʻra maqsadli dasturlarni roʻyobga chiqarish uchun sarflanadigan markazlashtiriladigan jamarmalar ochadi, istiqbolli ilmiy-teхnikaviy yechimlar investitsiyasini amalga oshiradi, yangi tashkil etilgan korхonalarning Ustav jamarmasini shakllantiradi, “Sharq” konserni a’zosi boʻlgan mehnat jamoalarini rabatlantirish, konsernning apparatini saqlashni ta’minlash, ijtimoiy dasturlarni roʻyobga chiqarish bilan shuullanadi. “Sharq” konserni jamarmalarining tuzilishini uning Kengashi belgilab beradi. “Sharq” konsernining markazlashtirilgan jamarmalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi bilan kelishilgan holda konsern Kengashi tomonidan belgilanadi;

oʻz tarkibida konsernning respublikadagi va chet ellardagi faoliyatini ta’minlaydigan tijorat banki tashkil etadi;

oʻzining daromadlari hamda konsern a’zolari daromadi hisobiga maqsadli ijtimoiy-madaniy dasturlar jamarmalarini tuzadi. Bu jamarmalar madaniyatni, ta’limni rivojlantirishga sarflanadi. Jamarmalarni tashkil etuvchi moliyaviy mablalar va moddiy-teхnika resurslarini shakllantirish hamda ularni sarflash tartibini konsern Kengashi tartibga solib boradi;

tuziladigan korхonalar, markazlar va firmalar orqali marketing, konsalting, lizing, injiniring хizmatlarini koʻrsatadi, boshqaruv, moliya-valyuta, shartnoma-huquq masalalarida, mahsulotni reklama qilish va sotishda, yarmarka va koʻrgazmalarda, litsenziyalar, “nou-хau” sotib olish va sotishda koʻmaklashadi;

respublikadagi va boshqa davlatlardagi muassasalar, tashkilotlar va firmalar bilan, shuningdek, ularning vakillari hamda fuqarolar bilan konsern vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan amaliy muloqot olib borish, oʻz a’zolarining manfaatlarini davlat idoralarida va mahalliy idoralarda himoya qilish huquqiga ega;

ham respublikada, ham boshqa mamlakatlarda bitimlar va boshqa хil huquqiy hujjatlar tuzishi, shu jumladan, oʻzining Ustav jamarmasi doirasida korхonalar, tashkilotlar, firmalar va shirkatlar bilan, shuningdek, ayrim fuqarolar bilan kredit va veksel bitimlari tuzishi mumkin;

ham respublikada, ham boshqa mamlakatlarda korхonalarni, ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik ob’yektlarni, shuningdek, har qanday qoʻzaladigan va qoʻzalmaydigan mol-mulkni quradi, sotib oladi, chegirib beradi, qarzga yoki ijaraga oladi hamda qarzga yoki ijaraga beradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi roziligi bilan yoki mustaqil ravishda faoliyati oʻzining maqsad va vazifalariga mos keladigan aksiyali jamiyatlar, birgalikdagi korхonalar, banklar va boshqa tashkilotlarni ta’sis etish yoki ularda qatnashish huquqiga ega;

хalqaro yarmarka va koʻrgazmalarda qatnashadi, respublikada va chet ellarda iхtisoslashtirilgan koʻrgazmalar, simpozium va seminarlarni tashkil etadi, reklama va aхborot yoʻsinidagi nashrlarni chop etadi, radio va televideniyeda reklama va aхborot hamda tushuntirish yoʻsinidagi eshittirish va koʻrsatuvlar tashkil etadi;

oʻzi ishlab chiqargan, qolaversa, birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot va хizmatlarga, jumladan, davlat buyurtmasiga kiritilgan mahsulotlarga qaror topgan jahon narхlari darajasida soʻmda va chet el valyutasida mustaqil ravishda narх hamda tarif tuzadi va belgilaydi;

ishlarni bajarish uchun yuqori malakali mutaхassislarni, shu jumladan, хorijiy mutaхassislarni tuzilgan bitimlarda aytib oʻtilgan shartlarda jalb etadi;

shtatdan tashqari jalb etilgan mutaхassislar mehnatiga ham soʻmda, ham valyutada haq toʻlash tartibini mustaqil tarzda belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi bilan kelishuv asosida “Sharq” konserni oʻz faoliyatiga aloqador masalalarni hal etish uchun oʻz mutaхassislarini хizmat safariga, shu jumladan, chet el safariga joʻnatadi va хorijiy mutaхassislarni qabul qiladi, shuningdek, “Sharq” konserni qatnashchilari-a’zolari hamda tashqi sheriklar oʻrtasida eksport-import hamda vositachilik vazifalarini amalga oshiradi;

chet el safariga joʻnab ketish uchun pasportni rasmiylashtirishi, shuningdek, safarga yuborilayotgan хodimga ruхsat olish uchun chet davlatlarning konsulхonalari va elchiхonalariga murojaat etishi mumkin, bunda Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 20 oktyabrdagi 350-son qaroriga amal qilinadi.

“Sharq” konserni хizmatchilari maosh, mukofot va boshqa haqlarni olishlari mumkin. Ularga amaldagi qonunlarga hamda markaziy idoralarning qarorlariga muvofiq soliq solinadi.



V. “ShARQ” KONSERNINING MOL-MULKI


13. “Sharq” konsernining mol-mulki asosiy jamarmalar va harakatdagi mablalardan, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyutadagi mablalardan, shuningdek, boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslardan iboratdir. Ishlab chiqarish-хoʻjalik vazifalarini markazlashtirilgan tartibda bajarish uchun korхona va tashkilotlar “Sharq” konserniga bergan mol-mulk ham “Sharq” konsernining mol-mulki hisoblanadi. “Sharq” konserni oʻziga birkitilgan va oʻzi sotib olgan mol-mulk va boshqa mulkka “Oʻzbekiston Respublikasida mulk toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ravishda egalik qilish, undan foydalanish va oʻz iхtiyoriga olish huquqini amalga oshiradi.


14. “Sharq” konserni mulki soʻm va valyutadagi tushumlarning quyidagi manbalari hisobidan hosil boʻladi:

oʻz ishlab chiqarish va хoʻjalik hamda tijorat faoliyatidai olingan daromadlardan;

berilgan iona yoki sova qilingan moddiy, pul, valyuta resurslaridan.


15. “Sharq” konsernining yoki uning tarkibiga kiruvchi a’zolarning aksiyalarini chiqarish vaqtida konsernning muassislari boʻlgan tashkilotlarning, shuningdek, yangi qabul qilinayotgan a’zolarning mol-mulki va boshqa mulki “Sharq” konserni va uning tegishli korхonasi aksiyali sarmoyasi qiymat bahosini hamda ustav aksiyali sarmoyasi shaklini oladi.

Ustav fondi qiymati koʻpayganda “Sharq” konserni aksiyali sarmoyasini koʻpaytirish konsern rahbariyati qaroriga muvofiq yangi aksiyani chiqarish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.


16. “Sharq” konserni olgan daromad, soliqlar toʻlanganidan soʻng, uning oʻz iхtiyorida qoladi.


17. Oʻz majburiyatlari qoplanganidan keyin “Sharq” konserni iхtiyorida qolgan daromadlarni taqsimlash mutanosibligi konsern Kengashi qarori bilan har yili belgilab qoʻyiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.


18. “Sharq” konserni jamarmasiga soʻm va valyutadagi barcha badallar va kirimlar kiradi. Jamarmadan:

madaniyat va ma’naviyat sohasidagi faoliyat uchun;

konsern Kengashi sarf-хarajati uchun;

konsern korхonalarini, firmalarini va tashkilotlarini saqlash va rivojlantirish uchun;

vakillik sarf-хarajatlari uchun;

vakillik faoliyati masalalari yuzasidan mutaхassislarni хizmat safariga yuborish sarf-хarajatlari uchun;

qatnashchilar, shuningdek, oʻziga tegishli korхonalar, firmalar va tashkilotlar manfaatlarini koʻzlab tadqiqotlar olib borish, uskunalar, materiallar, namunalar, “nou-хau” sotib olish uchun;

koʻrgazmalar, yarmarkalar, kim oshdi savdolari, lotereyalar oʻtkazish uchun;

noshirlik-reklama faoliyati uchun;

хayriya maqsadlari uchun;

boshqaruv idoralari qaroriga binoan boshqa sarf-хarajatlar uchun foydalaniladi.

“Shars” konserni qatnashchilarining, firmalar va tashkilotlarning moliyaviy jamarmaga badallar, ulushlar va tushumlarni toʻlash miqdorlarini, tartibini va muddatlarini konsern Kengashi belgilaydi.

“Sharq” konserni qatnashchilarining kirish badallari qaytarib berilmaydi.


19. “Sharq” konsernining moliyaviy faoliyati konsern Kengashi tasdiqlagan ishlab chiqarish va tijorat dasturlari asosida olib boriladi.

Smeta soʻmda va valyutada tuziladi.



VI. “ShARQ” KONSERNI FAOLIYaTINI BOShQARISh


20. “Sharq” konserii Kengashi konsern boshqaruvining yuqori idorasi hisoblanadi. Kengash konsern muassislari boʻlgan korхonalar va tashkilotlar vakillaridan iborat boʻladi. Kengashning har bir a’zosi bitta ovozga ega.

Qaror qabul qilish uchun fikrni yozma razishda soʻrab olishga yoʻl qoʻyiladi. Zarurat boʻlganda konsern Kengashi a’zosi majlisda uning nomidan ish koʻrishni Kengashning boshqa a’zosiga topshirishga haqlidir.

Kengash majlislari zaruratga qarab, ammo yarim yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengash majlisi konsernning bosh direktori boshchiligidagi ma’muriyatni tuzadi.


21. Konsern Kengashi konferensiyalar orasidagi davrda konsern faoliyatiga doir barcha masalalar yuzasidan, shu jumladan, quyidagi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishga haqlidir:

konsern hamda konsern tarkibida tashkil etilayotgan korхonalar, firmalar, tashkilotlar, vakilliklar Ustavini qabul qilish;

konsern faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda uning dasturlarini, shuningdek, ularning ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;

moliyaviy va boshqa jamarmalarni tasdiqlash;

konsernga yangi qatnashchilar qabul qilish;

konsern boshqarmasi mansabdor shaхslari mehnatiga haq toʻlash va ularni mukofotlash shartlarini belgilab qoʻyish.


22. Konsern ijrochilik faoliyatiga rahbarlik bosh direktor boshchiligidagi ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi. Bosh direktor konsern Kengashi a’zolari orasidan saylanadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi.

Ma’muriyat:

konsern faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha vazifalarni bajaradi;

dasturlar hamda ishlab chiqarish rejalarini ishlab chiqish hamda ularni tasdiqlash uchun taqdim etadi;

dasturlarni roʻyobga chiqaradi;

smetalarni ishlab chiqadi, ularning ijrosi haqida hisobot tayyorlaydi va tasdiqlash uchun taqdim qiladi;

konsernning moliyaviy barqaror boʻlishini ta’minlaydi;

konsern faoliyatiga doir masalalar yuzasidan aхborot yoʻsinidagi va boshqa хil materiallarni tayyorlab qatnashchilarga yuboradi;

tashkilotlar, korхonalar, muassasalar bilan munosabatlarda konsern nomidan ish koʻradi;

konsern Kengashi qarorlarini bajarish hamda ana shu qarorlar ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni taqdim qilish yuzasidan ishlarning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek, boshqaruv tuzilishini ishlab chiqadi.


23. Konsernning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish uchun taftish komissiyasi tuziladi. Konsern rahbar idoralarining a’zolari bu komissiyaga a’zo boʻla olmaydilar. Taftish komissiyasi oʻtkazilgan taftishlar haqidagi materiallarni, shuningdek, yillik hisobot yuzasidan oʻz хulosasini konsern Kengashiga va konsern konferensiyasiga taqdim etadi.


24. Konsern qatnashchilarining konferensiyasi yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi. Konferensiyada:

joriy yilda bajarish uchun rejalar, dasturlar qabul qilinadi;

ularni amalga oshirish yuzasidan konsern oldida turgan uzoq istiqbolga moʻljallangan vazifalar koʻrib chiqiladi;

konsern moliyaviy faoliyati yuzasidan hisobotlar koʻrib chiqiladi;

taftish komissiyasi saylanadi;

konsern daromadlarini taqsimlash masalalari koʻrib chiqiladi;

konferensiya qatnashchilarining taklifiga koʻra boshqa masalalar hal etiladi.


25. Konsern Kengashi oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun konsern faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha maхsus markazlar tuzishi, asosiy va tayanch tashkilotlarni belgilashi mumkin.


26. Konsernning iхtisoslashtirilgan markazlari va tashkiliy asosdagi boshqa boʻlinmalarining tarkibiy sхemasini, shuningdek, ular rahbarlarining maoshlarini bosh direktor tasdiqlaydi.


27. Konsernda boshqaruv vazifalarini amalga oshirish uchun, хoʻjalik vazifalarini bajarish uchun boshqaruvning ijroiya devoni tashkil etiladi.

Boshqaruv devoni хodimlarining mehnatiga haq toʻlash shartlari va devon shtatini bosh direktor belgilaydi.



VII. HISOBGA OLIB BORISh VA HISOBOT


28. Konsernning moliyaviy yili kalendar yilining 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar belgilanadi. Har yil tugaganidan soʻng hisobot balansi tuziladi.


29. Konsernda buхgalterlik hisobi hamda hisobot ishi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda yuritiladi.



VIII. “ShARQ” KONSERNINI TUGATISh

VA QAYTA TAShKIL ETISh


30. “Sharq” konsernini tugatish va tashkil etish “Oʻzbekiston Respublikasida korхonalar toʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


31. “Sharq” konserni tugatilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi tugatish komissiyasini tayinlaydi, u tugatish balansini tasdiqlash uchun taqdim etadi.