Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi "Oʻzdavenergonazorat" boshligʻining 02.09.2004 y. 295-son "Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini teхnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 10.09.2004 y. 1405-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.09.2004 y.

N 1405



ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT

BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYaSI

"OʻZDAVENERGONAZORAT"

BOShLIINING

02.09.2004 y.

N 295


BUYRUI



Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va

tarmoqlarini teхnikaviy ekspluatatsiya qilish

qoidalarini tasdiqlash toʻrisida


(2004 yil 20 sentyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 apreldagi 210-sonli "Sobiq SSSRning qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzdavenergonazorat" davlat inspeksiyasi toʻrisidagi nizomga asosan BUYuRAMAN:


1. Ilova* qilinayotgan "Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini teхnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari. I qism", tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatiga olingan kundan boshlab 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.


3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab SSSRning energetika va elektrlashtirish vaziri tomonidan 1989 yil 20 fevralda tasdiqlangan "Elektr stansiyalari va tarmoqlarini teхnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari" Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.


4. Ushbu buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.



"Oʻzdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlii                      B. Teshaboyev



*) Ilova rus tilidagi matnda beriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 36-son, 405-modda.