Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 14.10.2020 y. 4-son "Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 20.10.2020 y. 3197-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.10.2020 y.

N 3197-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

EKOLOGIYa VA ATROF-MUHITNI

MUHOFAZA QILISh DAVLAT

QOʻMITASINING

14.10.2020 y.

N 4


QARORI



Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini

loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha

yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 sentyabrdagi PF-6061-son "Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son "Atrof-muhitga ta’sirni baholash meхanizmini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 12-son qarori (roʻyхat raqami 3197, 2019 yil 19 noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2019 y., 10/19/3197/4037-son) bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Raisning birinchi oʻrinbosari                                                   N. Oblomuradov






Qarorga

ILOVA



Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini

loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha

yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 5-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"21. Loyihalashtirilayotgan poligonlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning ekologik normativlari ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻrisidagi nizomga asosan davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.".


3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 20 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 26 oktyabr, 42-son, 465-modda