Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 29.09.2020 y. 04/19-05/01-son "Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 13.10.2020 y. 2147-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.10.2020 y.

N 2147-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MONOPOLIYaGA QARShI KURAShISh

QOʻMITASINING

29.09.2020 y.

N 04/19-05/01


QARORI



Tabiiy monopoliya sub’yektlarining

Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi

toʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish

kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 402-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010 yil 6 oktyabrdagi 14-son (roʻyхat raqami 2147, 2010 yil 11 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 40-41-son, 357-modda) qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻrisidagi nizomning 2-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.


3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Monopoliyaga qarshi kurashish

qoʻmitasi raisi                                                                       N. Sharipov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 13 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 19 oktyabr, 41-son, 458-modda