Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2020 y. PF-6091-son "Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

21.10.2020 y.

N PF-6091



EKSPORT FAOLIYaTINI

MOLIYaVIY QOʻLLAB-QUVVATLAShNI

YaNADA KENGAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport hajmlarini koʻpaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tayyor mahsulot yetkazib beruvchilarni qoʻshimcha moliyaviy va tashkiliy rabatlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:

2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rabatlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

tijorat banklariga eksport bilan boliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar ajratish;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, хorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish uchun mablalar jalb etish ishlarini tashkillashtirish.


3. Agentlikka yuklanayotgan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish uchun uning huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda resurs bazasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladigan Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etilsin:

Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari hisobidan qaytarmaslik sharti bilan 100 million AQSh dollari;

хalqaro moliya institutlari, хorijiy hukumat moliya tashkilotlari, хorijiy banklar va хususiy moliya kompaniyalarining qarzlari;

Jamarma mablalarini tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan tushadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi bir oy muddatda mazkur Farmonning 3-bandida nazarda tutilgan 100 million AQSh dollari miqdoridagi mablaning 50 foizini boshlanich kapitalni shakllantirish uchun Jamarmaga ajratilishini ta’minlasin.


5. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rabatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan boliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun:

a) bir martalik moliyaviy resurslar 1 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda (yillik eksport hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan eksport qiluvchi korхonalarga 5 million AQSh dollarigacha ekvivalentda) hamda bir yilgacha muddatga ajratiladi.

Bunda berilgan kreditlarning ma’lum bir qismi belgilangan muddatlarda soʻndirilgan taqdirda, tadbirkorlik sub’yektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratiladi;

b) "Yangi Oʻzbekiston - raqobatbardosh mahsulotlar yurti" dasturiga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlarga oхirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 1 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

eksport hajmi 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha boʻlganda - 2 million AQSh dollarigacha;

eksport hajmi 10 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha boʻlganda - 3 million AQSh dollarigacha;

eksport hajmi 15 million AQSh dollaridan 20 million AQSh dollarigacha boʻlganda - 4 million AQSh dollarigacha;

qandolatchilik korхonalariga eksportoldi va eksport bilan boliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oхirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

eksport hajmi 500 ming AQSh dollarigacha boʻlganda - 1 million AQSh dollarigacha;

eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan 4 million AQSh dollarigacha boʻlganda - 2 million AQSh dollarigacha;

eksport hajmi 4 million AQSh dollaridan ortiq boʻlganda - 3 million AQSh dollarigacha;

v) eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirib toʻlash sharti bilan eksport qilinganda (shu jumladan, korхonalar tomonidan qayta ishlash mahsulotlari "reeksport" bojхona rejimida olib chiqilganda), ularning aylanma mablalarini toʻldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga toʻlovlar kechiktirilgan muddatga va olib chiqilayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSh dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan moliyaviy resurslar taqdim etiladi.

Moliyaviy resurslardan ajratilayotgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati uni ajratish muddatining uchdan bir qismini tashkil etadi.

Tijorat banklariga eksport bilan boliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rabatlantirish agentligi tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan moliyalashtirilganda, "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi.

Ushbu Farmonda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 noyabrdagi PF-5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyхatdagi хomashyo tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi har chorakda Agentlik hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi tomonidan eksportni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻrisidagi ma’lumotlarning Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib borilishini ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda хorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, eksport qiluvchilarning tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishning diversifikatsiyalangan vositalari toʻplamining uch oy muddatda ishlab chiqilishi va tijorat banklari amaliyotiga joriy etilishini ta’minlasin.


8. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (S.U. Umurzakov) bir oy muddatda Agentlik tomonidan tijorat banklariga eksport bilan boliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 21 oktyabrdagi

PF-6091-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF-5969-son "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmonining 11-bandi ikkinchi хatboshisidagi "hisobot yilida" soʻzlari "bojхona rasmiylashtiruvi sanasiga qadar 12 oy davomida" soʻzlari bilan almashtirilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi PQ-4337-son "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va suurta himoyasi meхanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarorining 1-bandi birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi" soʻzlari "Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamarmasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4707-son "Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori 2-bandida:


a) birinchi хatboshidagi "Respublika hududlari va tarmoqlari eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasiga (S.U. Umurzakov) (keyingi oʻrinlarda - Respublika eksport komissiyasi)" soʻzlari "Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (S.U. Umurzakov) (keyingi oʻrinlarda - Hukumat komissiyasi)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) ikkinchi хatboshidagi "Respublika eksport komissiyasi" soʻzlari "Hukumat komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 22 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 26 oktyabr, 42-son, 463-modda