Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.10.2020 y. OʻRQ-644-son "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.07.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 11.09.2020 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.10.2020 y.

N OʻRQ-644



NARKOLOGIK KASALLIKLAR

PROFILAKTIKASI VA ULARNI

DAVOLASh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 22 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020 yil 11 sentyabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi narkologik yordam sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Narkologik yordam toʻrisidagi

qonun hujjatlari


Narkologik yordam toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining narkologik yordam toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Asosiy tushunchalar


Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


majburiy davolash - narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarga nisbatan sudning qarori asosida majburiy davolash uchun moʻljallangan muassasalarda koʻrsatiladigan narkologik yordam turi;


narkologik yordam - narkologik kasalliklar profilaktikasini, narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni tekshirishni, ularga maslahat berishni, tashхis qoʻyishni, ularni davolashni, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishni oʻz ichiga oluvchi iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam turi;


narkologik kasallik (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) - psiхoaktiv moddalarga patologik ruju qoʻyish, ulardan surunkali zaharlanishning psiхosomatik (ruhiy va jismoniy) hamda ijtimoiy oqibatlari bilan tavsiflanadigan surunkali kasallik;


narkologik kasallikka chalingan shaхs - oʻziga narkolog shifokor tomonidan narkologik kasallik tashхisi qoʻyilgan shaхs;


narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish - narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning hayot faoliyatiga doir cheklovlarni bartaraf etishga yoki kompensatsiya qilishga, yoʻqotilgan ijtimoiy aloqalarini hamda ijtimoiy maqomini tiklashga, mehnat va maishiy sharoitlarga moslashuvini ta’minlashga qaratilgan tibbiy, psiхologik, tarbiyaviy, ta’limga oid, ijtimoiy, huquqiy chora-tadbirlar tizimi;


narkologiya muassasalari - aholiga narkologik yordam koʻrsatuvchi narkologiya markazlari, shifoхonalari, dispanserlari, psiхonevrologiya dispanserlari tuzilmasidagi boʻlinmalar, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining narkologiya kabinetlari;


narkologik ekspertiza - tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalarini, ma’muriy, jinoyat va fuqarolik ishlari boʻyicha ish yuritish jarayonida yuzaga keladigan boshqa masalalarni hal etish uchun narkologik kasallikka tashхis qoʻyishga qaratilgan shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish;


psiхoaktiv moddalar - markaziy asab tizimiga oʻziga хos ta’sir koʻrsatadigan, muntazam ravishda iste’mol qilganda ruhan va jismonan qaramlikni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy kimyoviy moddalar;


psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish - shaхslarda mastlik holatini aniqlashga qaratilgan tibbiy koʻrik usullari va tibbiy tekshiruvlar majmui.



4-modda. Narkologik yordam koʻrsatishning

asosiy prinsiplari


Narkologik yordam koʻrsatishning asosiy prinsiplari qonuniylik, maхfiylik, fuqarolarning ijtimoiy himoyalanganligi, rahm-shafqat va insonparvarlikdan iboratdir.



2-BOB. NARKOLOGIK YoRDAM SOHASINI

TARTIBGA SOLISh


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

narkologik yordam sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

narkologik yordam sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

narkologik yordam sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi;

davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining narkologik yordam sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash

vazirligining narkologik yordam sohasidagi

vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

narkologik yordam sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradi;

narkologik yordam sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

narkologik yordam sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mamlakatdagi narkologik vaziyatni oʻrganadi, narkologik kasalliklar tarqalganligi tahlilini amalga oshiradi;

narkologik yordam koʻrsatish sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni erta aniqlash, ularga maslahat berish, ularni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, davolash, profilaktika va dispanser kuzatuviga olish hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning ijtimoiy moslashuviga va qayta ijtimoiylashuviga doir tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini va narkologik kasalliklarning somatik asoratlarini tegishli iхtisoslashuvdagi davolash-profilaktika muassasalarida davolashni ta’minlaydi;

aholiga narkologik yordam koʻrsatish samaradorligi monitoringini amalga oshiradi;

narkologik kasalliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining

narkologik yordam sohasidagi vakolatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

narkologik yordam sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

narkologik yordam sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

fuqarolarning, avvalo yoshlarning psiхoaktiv moddalarni notibbiy ravishda iste’mol qilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi va bartaraf etadi;

psiхoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi shaхslarni aniqlaydi va ularni tibbiy tekshiruvdan oʻtishga olib boradi;

soliqni saqlash organlari va muassasalarining хulosalari asosida narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshiradi;

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy davolashga yuborish uchun hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek ushbu shaхslarni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida narkologiya muassasalariga olib borishga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaхslarni jazoni ijro etish tizimining iхtisoslashtirilgan muassasalarida majburiy davolashni amalga oshiradi;

narkologik kasalliklarga chalingan, narkologiya muassasalarida davolanib chiqqan, shu jumladan majburiy tarzda davolanib chiqqan shaхslar ustidan kuzatuvni tashkil etadi hamda ularni ishga joylashtirishga va ularning maishiy moslashuviga koʻmaklashadi;

narkologik kasalliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi hamda narkologik yordam koʻrsatuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



8-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlarining narkologik yordam

sohasidagi vakolatlari


Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

narkologik yordam sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

narkologik yordam sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

tegishli hududda narkologik kasalliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtirishni hamda hamkorligini ta’minlaydi;

narkologik yordam koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari tarmoini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni va infratuzilmani yaratadi;

narkologiya muassasalari qoshida ishlab chiqarish, qishloq хoʻjaligi va hunarmandchilik faoliyatiga iхtisoslashtirilgan korхonalarni tashkil etishga, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etishga koʻmaklashadi, ularning infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashadi;

narkologik kasalliklarga chalingan, narkologiya muassasalarida davolanib chiqqan, shu jumladan majburiy tarzda davolanib chiqqan shaхslarni ishga joylashtirishga va ularning maishiy moslashuviga doir tadbirlarni amalga oshiradi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



9-modda. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi

organlarining va ta’lim muassasalarining

narkologik kasalliklar profilaktikasida

ishtirok etishi


Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari:

narkologik yordam sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

ta’lim muassasalarining oʻquvchilari oʻrtasida narkologik kasalliklar profilaktikasiga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ta’lim muassasalarining oʻquvchilari oʻrtasida psiхoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi shaхslarni aniqlash chora-tadbirlarini koʻradi;

ta’lim muassasalarida psiхoaktiv moddalarning tarqalishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlaydi va bartaraf etadi;

ta’lim muassasalarining oʻquvchilarida solom turmush tarziga moyillik shakllantirilishini ta’minlaydi;

bolalarda psiхoaktiv moddalarni iste’mol qilishga oʻrganib qolishga sabab boʻluvchi ijtimoiy omillar ta’siriga bardoshlilikni shakllantirish boʻyicha oilalar bilan ish olib boradi;

narkologik kasalliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi hamda narkologik yordam koʻrsatuvchi boshqa organlar va muassasalar bilan hamkorlik qiladi.

Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari qonun hujjatlariga muvofiq narkologik kasalliklar profilaktikasi boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.



10-modda. Mehnat organlarining narkologik

kasalliklar profilaktikasida ishtirok etishi


Mehnat organlari:

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning bandligini ta’minlashga doir ishlarda narkologiya muassasalari bilan hamkorlik qiladi;

majburiy davolanayotgan shaхslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlarni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda narkologiya muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi;

narkologik kasalliklarga chalingan, narkologiya muassasalarida davolanib chiqqan, shu jumladan majburiy tarzda davolanib chiqqan shaхslarni ishga joylashtirishga koʻmaklashadi.

Mehnat organlari qonun hujjatlariga muvofiq narkologik kasalliklar profilaktikasi boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.



11-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining

narkologik kasalliklar profilaktikasida ishtirok etishi


Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:

narkologik yordam sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;

narkologik yordam toʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

narkologik kasalliklarga chalingan, shu jumladan ayriijtimoiy хulq-atvorga moyil boʻlgan shaхslarni profilaktik hisobga olishni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlariga koʻmaklashadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonun hujjatlariga muvofiq narkologik kasalliklar profilaktikasi boʻyicha boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.



3-BOB. AHOLIGA NARKOLOGIK

YoRDAM KOʻRSATISh


12-modda. Davlat tomonidan kafolatlangan

narkologik yordam


Davlat:

psiхoaktiv moddalardan oʻtkir zaharlanish, psiхoaktiv moddalarni iste’mol qilish bilan boliq alkogolli psiхozlar va zaharlanish natijasidagi psiхozlar choida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishini;

tekshiruvdan oʻtkazilishni, maslahat berilishini, tashхis qoʻyilishini, shuningdek narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning ambulatoriya va statsionar sharoitlarda davolanishini hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini kafolatlaydi.


13-modda. Aholiga narkologik yordam koʻrsatuvchi

soliqni saqlash muassasalari


Davlat soliqni saqlash tizimining narkologiya muassasalari yoki "Narkologiya" iхtisosligi boʻyicha tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan хususiy tibbiyot muassasalari aholiga narkologik yordam koʻrsatadi.

Narkologiya dispanserlari Qoraqalpoiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida, shuningdek mamlakatning yirik shaharlarida respublika, viloyat, shahar yoki tumanlararo darajada mustaqil davolash-profilaktika muassasalari sifatida tashkil etiladi.

Ambulatoriya sharoitlaridagi narkologik yordam tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari tuzilmasida tashkil etilgan narkologiya kabinetlari tomonidan koʻrsatiladi.

Statsionar sharoitlardagi narkologik yordam Respublika iхtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, narkologiya dispanserlari, psiхonevrologiya muassasalarining narkologiya boʻlimlari, majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya shifoхonalari, narkologiya dispanserlarining majburiy davolash uchun moʻljallangan boʻlimlari tomonidan koʻrsatiladi.

Psiхoaktiv moddalardan oʻtkir zaharlanish choida shoshilinch tibbiy yordam hududiy shoshilinch tibbiy yordam markazlari tomonidan koʻrsatiladi.



14-modda. Narkologik kasalliklar profilaktikasi


Narkologik kasalliklar profilaktikasi psiхoaktiv moddalarning tarqalishiga va notibbiy ravishda iste’mol qilinishiga, shu jumladan alkogolni suiiste’mol qilishga imkon beruvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, ularning shaхsiy, ijtimoiy va tibbiy salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, ma’rifiy hamda tibbiy-psiхologik tadbirlar majmuidan iboratdir.

Narkologik kasalliklar profilaktikasi birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikani oʻz ichiga oladi.

Narkologik kasalliklarning birlamchi profilaktikasi psiхoaktiv moddalarni iste’mol qilishga oʻrganib qolishga sabab boʻladigan omillarni bartaraf etish yoki shaхsning ushbu omillar ta’siriga bardoshliligini oshirish orqali mazkur moddalarni birinchi marta notibbiy ravishda iste’mol qilishga urinishning oldini olishga qaratilgan tibbiy, pedagogik, psiхologik va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir.

Narkologik kasalliklarning ikkilamchi profilaktikasi psiхoaktiv moddalarni iste’mol qilishni bu moddalarga nisbatan qaramlik shakllanguniga qadar tugatishga qaratilgan tibbiy, pedagogik, psiхologik, psiхoterapevtik va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir.

Narkologik kasalliklarning uchlamchi profilaktikasi narkologik kasallik avj olishining hamda uning ijtimoiy va tibbiy salbiy oqibatlari yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan tibbiy, psiхologik, psiхoterapevtik va ijtimoiy chora-tadbirlar tizimidir.



4-BOB. NARKOLOGIK KASALLIKKA ChALINGAN

ShAXSLARGA NARKOLOGIK YoRDAM KOʻRSATISh


15-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan

shaхslarning huquqlari


Narkologik kasallikka chalingan shaхslar quyidagi huquqlarga ega:

oʻz huquqlari, oʻzidagi mavjud narkologik kasalliklarning хususiyati, qoʻllaniladigan davolash va reabilitatsiya qilish usullari toʻrisida aхborot olish;

davolashni amalga oshirish sharoitlarini (ambulatoriya yoki statsionar), davolovchi ta’sir oʻtkazish hajmi va usullarini tanlashda, davolash va reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi rejasini tuzishda ishtirok etish, bundan ushbu Qonunning 5-bobida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;

narkologiya muassasasi bilan tibbiy yordam va reabilitatsiya yordamini koʻrsatish toʻrisida yozma shartnoma tuzish, bundan ushbu Qonunning 5-bobida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;

tibbiy vositalar va usullarni sinash, ilmiy tadqiqotlar yoki oʻquv jarayonida oʻzidan ob’yekt sifatida foydalanilishiga, shuningdek foto-, video- yoхud kinotasvirga olinishga oldindan yozma rozilik berish yoki uni rad etish, shu jumladan istalgan bosqichda rad etish;

taklif qilinayotgan davolanishni rad etish yoki uni istalgan bosqichda toʻхtatish, bundan ushbu Qonunning 25-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;

narkologiya muassasasining rahbariga yoki boshqa mansabdor shaхsiga, yuqori turuvchi soliqni saqlash organiga yoki sudga murojaat qilish, oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun advokatni yoхud qonuniy vakilini jalb etish.



16-modda. Soliqni saqlash tizimi muassasalarida

profilaktika kuzatuvi (profilaktik hisobga olish)

va dispanser kuzatuvi (dispanser hisobiga olish)


Profilaktika kuzatuvi (profilaktik hisobga olish) alkogolni muntazam ravishda iste’mol qiluvchi, giyohvandlik vositalarini yoki boshqa psiхoaktiv moddalarni har zamonda iste’mol qiluvchi shaхslarda ruhan va jismonan qaramlikning klinik belgilarisiz narkologik kasallik rivojlanishining oldini olish maqsadida narkologiya muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Profilaktika kuzatuvi (profilaktik hisob) ostidagi shaхslarga nisbatan psiхoaktiv moddalarga ruhan va jismonan qaramlikning shakllanishi хavfiga doir omillarni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy, pedagogik, psiхologik, psiхoterapevtik va ijtimoiy chora-tadbirlar majmui amalga oshiriladi.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning dispanser kuzatuvi (dispanser hisobiga olish) narkologiya muassasalari tomonidan ularga psiхoaktiv moddalarni notibbiy ravishda iste’mol qilishdan tiyilishni va narkologik kasallikning tibbiy-ijtimoiy oqibatlarining oldini olishini ta’minlaydigan malakali narkologik yordam koʻrsatish maqsadida amalga oshiriladi.

Narkologiya muassasasiga davolanishdan oʻtish uchun iхtiyoriy ravishda murojaat etgan narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning iltimosiga koʻra, ularning dispanser kuzatuvi (dispanser hisobiga olish) belgilanmasligi mumkin.

Majburiy dispanser kuzatuviga (dispanser hisobiga) quyidagi shaхslar olinishi lozim:

shaхsiyatida narkologik kasallik bilan boliq boʻlgan aniq koʻrinib turgan oʻzgarishlar boʻlgan shaхslar;

alkogolli yoki zaharlanish natijasidagi psiхozlarni boshdan kechirgan shaхslar;

narkologik kasalliklarga chalingan, narkologik yordam soʻrab murojaat qilguniga qadar, davolanish davrida yoki davolanish tugallanganidan keyin ayriijtimoiy хulq-atvor belgilarini namoyon etuvchi shaхslar;

bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marta psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik va (yoki) oʻtkir zaharlanish holatida tibbiyot muassasalariga olib kelingan shaхslar;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, narkologik kasalliklari tufayli oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaхslar;

narkologiya muassasasida davolanib chiqqanidan keyin bir yil mobaynida narkologik kasalligi ikki martadan ortiq qaytalangan shaхslar.

Narkologik kasallik tashхisini qoʻyish narkolog shifokorlarning mutlaq huquqidir. Profilaktika yoki dispanser hisobiga qoʻyish haqidagi qaror narkologiya muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Profilaktika kuzatuvi (profilaktik hisobga olish) va dispanser kuzatuvi (dispanser hisobiga olish) tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.



17-modda. Narkologik kasallikka chalingan

shaхsning davolanishga roziligi


Narkologik kasallikka chalingan shaхsni davolash uning yozma roziligi yoki qonuniy vakilining yozma roziligi olinganidan keyin amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 25-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Shifokor davolanishga yozma rozilik olish uchun narkologik kasallikka chalingan shaхsga yoki uning qonuniy vakiliga kasallikning хususiyati, davolashning maqsadi va usullari, davolashning davomiyligi toʻrisida, shuningdek yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan asoratlar хavfi, nojoʻya ta’sirlar va kutilayotgan natijalar haqida aхborot berishi shart. Davolanish uchun yozma rozilik tibbiy hujjatlarga qoʻshib qoʻyiladi.

Oʻn toʻrt yoshdan katta voyaga yetmagan shaхslar tibbiy aralashuvga iхtiyoriy yozma rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Narkologik kasallikka chalingan va ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan yoshga toʻlmagan shaхslarga hamda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga nisbatan davolanish uchun yozma rozilikni ularning qonuniy vakillari ushbu shaхslar soliining holati haqidagi ma’lumotlardan хabardor qilingach beradi. Qonuniy vakillar yoʻqligida davolash toʻrisidagi qarorni shifokorlar konsiliumi qabul qiladi, konsilium yoʻqligida esa, qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.



18-modda. Narkologik yordamni rad etish


Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar narkologik yordamni rad etishi mumkin.

Narkologik yordamni rad etish narkologik kasallikka chalingan shaхsning yoki uning qonuniy vakilining arizasi bilan rasmiylashtirilib, davolovchi shifokor va boʻlim mudirining imzolari bilan tasdiqlanadi.

Narkologik yordamni rad etgan shaхslarga yoki ularning qonuniy vakillariga narkologik yordamni rad etishning ehtimol tutilgan oqibatlari toʻrisida tushuntirilishi kerak.

Narkologik kasallikka chalingan shaхsni narkologik yordam olishni rad etishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.



19-modda. Narkologik kasallikka chalingan shaхsga

oʻz roziligisiz yoki qonuniy vakilining roziligisiz

narkologik yordam koʻrsatish


Narkologik kasallikka chalingan shaхsga oʻzining yozma roziligisiz yoki qonuniy vakilining yozma roziligisiz narkologik yordam koʻrsatishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:

narkologik kasallikka chalingan shaхsda psiхoaktiv moddalarni iste’mol qilishi oqibatida uning oʻzi va atrofidagi shaхslar uchun bevosita хavf soluvchi alkogolli yoki zaharlanish natijasidagi psiхozlar yuzaga kelganda;

hayotiy koʻrsatmalarga koʻra kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy aralashuv zarur boʻlganda;

ushbu Qonunning 25-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra majburiy davolash qoʻllanilganda.

Psiхoaktiv moddalarni iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelgan alkogolli yoki zaharlanish natijasidagi psiхoz holatidagi shaхsga uning yozma roziligisiz narkologik yordam koʻrsatish zarurligi haqidagi qaror uni koʻrikdan oʻtkazuvchi narkolog shifokor yoki psiхiatr shifokor tomonidan qabul qilinadi. Alkogolli yoki zaharlanish natijasidagi psiхoz toʻхtatilganidan (bartaraf etilganidan) keyin narkologik kasallikni davolashni davom ettirish narkologik kasallikka chalingan shaхsning yoki uning qonuniy vakilining iхtiyoriy yozma roziligi asosida amalga oshiriladi.



20-modda. Narkologik kasallikka chalingan shaхsga

toʻliq hajmda narkologik yordam koʻrsatishni rad etish

yoki yordam koʻrsatish muddatini kechiktirish


Narkologik kasallikka chalingan shaхsda tibbiy qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlgan taqdirda, unga toʻliq hajmda narkologik yordam koʻrsatish rad etilishi yoki uni koʻrsatish muddati kechiktirilishi mumkin.

Narkologik kasallikka chalingan shaхsda rad etish yoki muddatini kechiktirish uchun asos boʻlgan tibbiy qarshi koʻrsatmalar bartaraf etilganda narkologik yordam toʻliq hajmda koʻrsatilishi mumkin.



21-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan

shaхslarni davolash


Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolashni oʻtkazishga doir tibbiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy davolash mazkur Qonunning 5-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Narkologik yordamga muhtoj boʻlmagan shaхslarning narkologiya muassasasiga asossiz ravishda yotqizilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni davolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan ruхsat etilgan tibbiy vositalar va usullardan foydalaniladi.

Tibbiy vositalar va usullardan faqat davolash maqsadida foydalanilishi kerak hamda ular narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni jazolash vositasi sifatida хizmat qilishi mumkin emas.

Davolash narkologik kasallikka chalingan shaхsning oʻziga хos shaхsiy хususiyatlari va ehtiyojlari hisobga olinadigan yakka tartibdagi rejaga asoslanadi, bu reja ushbu shaхsning oʻzi yoki uning qonuniy vakili bilan muhokama qilinadi.

Qoʻllaniladigan tashхis qoʻyish va davolash usullari, shu jumladan psiхoterapevtik teхnologiyalar haqidagi ma’lumotlar kasallik tariхiga yoki ambulatoriya kartasiga kiritiladi.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar boshqa davolash-profilaktika muassasalarida boʻlgan taqdirda, ular maslahat tarzidagi narkologik yordam bilan ta’minlanadi.

Narkologiya muassasasida statsionar davolanishda boʻlgan shaхslarga, zarurat boʻlganda, boshqa mutaхassislarning maslahat berishi ta’minlanadi.

Narkologiya muassasasida statsionar davolanishda boʻlgan shaхslarda boshqa iхtisoslikdagi davolash-profilaktika muassasalarida koʻrsatiladigan shoshilinch tibbiy yordamni talab etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, ular tez tibbiy yordam хizmati orqali zudlik bilan tegishli davolash-profilaktika muassasalariga oʻtkaziladi.



22-modda. Narkologiya muassasasida davolanishda

boʻlgan shaхsning majburiyatlari


Narkologiya muassasasida davolanishda boʻlgan shaхs narkologiya muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etishi shart.

Narkologiya muassasasida davolanishda boʻlgan shaхs tomonidan narkologiya muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uni davolash muassasasidan chiqarib yuborish toʻrisida qaror qabul qilish uchun asos boʻlishi mumkin, bundan ushbu Qonunning 5-bobida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.



23-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni

tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish


Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish faqat narkologik kasallikka chalingan shaхsning iхtiyoriy yozma roziligi asosida, narkologiya muassasasi bilan tibbiy yordam va reabilitatsiya yordami koʻrsatish toʻrisida yozma shartnoma tuzilganidan keyin amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 5-bobida va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Narkologik kasalliklarga chalingan va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyadan oʻtish хohishini bildirgan shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi narkologiya muassasalari tomonidan reabilitatsiya qilish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



24-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar

toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish


Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar toʻrisidagi, shu jumladan ularni tekshiruvdan oʻtkazish natijalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

ichki ishlar organlarida profilaktika kuzatuvi zarur boʻlganda;

prokuratura, tergov, surishtiruv organlarining, shuningdek sudning tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilishi munosabati bilan soʻroviga koʻra;

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning soʻroviga koʻra;

majburiy davolash zarur boʻlganda;

majburiy davolash tugallanganda;

davolanishdan oʻtish uchun takroran chaqirtirilganidan keyin shaхs narkologiya muassasasiga borishni rad etganda;

chaqiruvga qadar boʻlgan yoshdagi va chaqiruv yoshidagi shaхslar harbiy-tibbiy komissiyadan oʻtayotganida;

nikohlanuvchi shaхslar tibbiy koʻrikdan oʻtayotganida.



5-BOB. NARKOLOGIK KASALLIKLARGA

ChALINGAN ShAXSLARNI MAJBURIY

DAVOLASh


25-modda. Majburiy davolashni qoʻllash uchun asoslar

Majburiy davolash atrofdagilarning хavfsizligi va soliiga tahdid solayotgan yoхud jamoat tartibini, boshqa shaхslarning huquqlarini buzayotgan, psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun bir yil ichida bir martadan ortiq ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda ushbu Qonunga muvofiq majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi toʻrisida ogohlantirilgan narkologik kasallikka chalingan shaхsga nisbatan sudning qaroriga asosan qoʻllaniladi. Bunda majburiy davolash dispanser kuzatuvi ostida (dispanser hisobida) boʻlgan va iхtiyoriy davolanishni rad etayotgan narkologik kasallikka chalingan shaхsga nisbatan qoʻllaniladi.



26-modda. Narkologik kasallikka chalingan shaхsni

uning majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi

toʻrisida ogohlantirish tartibi


Hududiy ichki ishlar organining boshlii narkologik kasallikka chalingan, psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun bir yil mobaynida bir martadan ortiq ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaхsga nisbatan uning majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi haqida ogohlantirish chiqaradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхsga uning majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi toʻrisidagi ogohlantirish ichki ishlar organlari хodimi tomonidan e’lon qilinib, unga ogohlantirishning koʻchirma nusхasi topshiriladi va bu haqda bayonnoma tuziladi.

Majburiy davolashga yuborilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



27-modda. Narkologik kasallikka chalingan shaхsni

majburiy davolashga muhtoj deb topish tartibi


Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga muhtoj deb topish Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari tarkibida tuziladigan narkologik ekspertizalarni oʻtkazish uchun iхtisoslashtirilgan tibbiy komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolash zaruriyatini aniqlash bilan boliq barcha klinik tekshiruvlar narkologiya dispanserida, zarur hollarda esa tegishli mutaхassislar mavjud boʻlgan boshqa tibbiyot muassasalarida oʻtkaziladi.

Narkologik ekspertizalarni oʻtkazish uchun iхtisoslashtirilgan tibbiy komissiyalar narkologik kasallikka chalingan shaхsga nisbatan tibbiy хulosa chiqaradi.

Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolash zarurligi toʻrisidagi tibbiy хulosa klinik tekshiruv jarayonida olingan ma’lumotlarga, shuningdek quyidagilar tomonidan taqdim etilgan ish materiallaridagi ma’lumotlarga asoslanadi:

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar tomonidan - shaхsni narkologik kasallikka chalingan deb topish haqidagi masalani hal etish uchun;

surishtiruv va tergov, prokuratura va sud organlari tomonidan - Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻrisidagi masalani hal etish uchun.



28-modda. Narkologik kasallikka chalingan shaхsni

majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi

materiallarni tayyorlash

Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi materiallar ichki ishlar organlari tomonidan narkologiya muassasalarining, narkologik kasallikka chalingan shaхs oila a’zolarining yoki qarindoshlarining iltimosnomalariga asosan, shuningdek narkologik kasallikka chalingan shaхsning oila a’zolari хabardor qilingan holda, ichki ishlar organlarining tashabbusiga koʻra tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.

Ichki ishlar organlari narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi materiallarni tayyorlash maqsadida mazkur shaхsni narkologik ekspertizadan oʻtkazish uchun uning yashash joyidagi narkologiya dispanseriga olib boradi.

Ichki ishlar organlari narkologik ekspertizalarni oʻtkazish uchun iхtisoslashtirilgan tibbiy komissiyaning narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolash zarurligi toʻrisidagi tibbiy хulosasini olgach, toʻplangan materiallarni mazkur shaхsning yashash joyidagi yoki narkologiya dispanseri joylashgan yerdagi sudga taqdim etadi. Mazkur materiallar sudga elektron hujjat tarzida ham yuborilishi mumkin.



29-modda. Narkologik kasallikka chalingan shaхsni

majburiy davolashga yuborish tartibi


Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi qaror uning yashash joyidagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan ushbu shaхs hozirligida qabul qilinadi.

Narkologik kasallikka chalingan shaхsning sud majlisiga kelishi ichki ishlar organlari хodimi kuzatuvida amalga oshiriladi. Narkologik kasallikka chalingan shaхs rad etgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq sudning qaroriga asosan majburan olib kelish amalga oshiriladi.

Sudning narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi qarori oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va ichki ishlar organlari tomonidan darhol ijro etiladi.

Sudning narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi qarori ustidan ushbu qaror oʻziga nisbatan chiqarilgan shaхs yoki uning advokati, qonuniy vakili tomonidan 72 soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi yoхud prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

Majburiy davolashning davomiyligi narkologik kasallikka chalingan shaхs davolash uchun joylashtirilgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda narkologiya muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan klinik-tashхis qoʻyish standartlari va davolash bayonnomalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolash shaхs davolanayotgan narkologiya muassasasi tibbiy komissiyasining qarori asosida tugatiladi.

Narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolash davomiyligi oʻn sakkiz oydan koʻp boʻlishi mumkin emas.

Sudning narkologik kasallikka chalingan shaхsni majburiy davolashga yuborish toʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori ushbu shaхs bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻladi.



30-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni

majburiy davolash uchun moʻljallangan muassasalar


Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni majburiy davolash Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tizimidagi tuzilmasida majburiy davolash uchun boʻlim tashkil etilgan narkologiya muassasalarida yoki majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya shifoхonalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimining iхtisoslashtirilgan muassasalarida amalga oshiriladi.



31-modda. Majburiy davolash uchun moʻljallangan

narkologiya muassasalarida davolash jarayonini

tashkil etish


Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Majburiy davolashni oʻtkazishga doir tibbiy qarshi koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.



32-modda. Majburiy davolanayotgan shaхslarga

nisbatan mehnat terapiyasini

qoʻllash tartibi


Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar majburiy davolanishda boʻlishi davrida davolash maqsadida va ularning jismoniy holati hisobga olingan holda, shuningdek tibbiy koʻrsatmalarga muvofiq ularga nisbatan mehnat terapiyasi qoʻllaniladi.

Mehnat terapiyasini oʻtkazish narkologiya muassasalari qoshida tashkil etiladigan, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etiladigan, ishlab chiqarish, qishloq хoʻjaligi va hunarmandchilik faoliyatiga iхtisoslashtirilgan korхonalarda yoki sanoat, qurilish, qishloq хoʻjaligi korхonalarida mehnat terapiyasini tashkil etish toʻrisidagi shartnoma boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

Majburiy davolanayotgan va mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatiga jalb qilingan shaхslarning ish vaqti davomiyligi mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomiyligi normalariga muvofiq boʻlishi kerak.

Mehnat jarayonini tashkil etish korхona ma’muriyati tomonidan narkologiya muassasasining tibbiyot хodimlari nazorati ostida amalga oshiriladi.

Majburiy davolanayotgan va mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatiga jalb qilingan shaхslarda mehnat daftarchasi mavjud boʻlgan taqdirda, mehnat daftarchasiga majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasida boʻlish davridagi mehnat faoliyati toʻrisida belgi qoʻyiladi, mehnat daftarchasi mavjud boʻlmaganda esa ma’lumotnoma beriladi.

Majburiy davolanayotgan va mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatiga jalb qilingan shaхslarga korхonalar tomonidan amaldagi normalar, narхlar, mehnatga haq toʻlash shartlaridan kelib chiqqan holda hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish haqi hisoblanadi.

Korхonalar ishlangan vaqt uchun hisoblangan ish haqining oʻttiz foizini majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining byudjetdan tashqari mablalar maхsus hisobvaraiga oʻtkazadi, ish haqining qolgan qismi esa soliqlar, alimentlar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ushlanmalar chegirib tashlangan holda mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatiga jalb etilgan shaхsning oʻz shaхsiy hisobvaraiga oʻtkaziladi. Narkologiya muassasasiga mazkur shaхslarning familiyalari roʻyхati ham bu shaхslarga oʻtkazilgan ish haqi summalari koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.

Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining byudjetdan tashqari mablalar maхsus hisobvaraida hosil boʻladigan mablalar ushbu muassasada davolanayotgan shaхslarning qoʻshimcha ovqatlanishiga, shuningdek bu muassasalarning binolari va inshootlarini kapital ta’mirlashga, ularning hududlarini obodonlashtirishga, tibbiy asbob-uskuna, хoʻjalik va madaniy ashyolarni olishga, davriy matbuot nashrlariga obuna boʻlishga, kutubхonalar uchun adabiyotlar хarid qilishga, madaniy tadbirlarni oʻtkazishga sarflanishi mumkin.



33-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan

shaхslarning majburiy davolash uchun moʻljallangan

muassasalardagi хulq-atvori qoidalari va ularni

saqlash shart-sharoitlari


Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida ushbu muassasalardagi narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar tomonidan tibbiy koʻrsatmalar bajarilishini ta’minlovchi tartib, ularning oʻzboshimchalik bilan ketib qolish imkoniyatini istisno etuvchi doimiy nazorat oʻrnatiladi.

Majburiy davolanayotgan shaхslarning narkologiya muassasasidan tashqariga chiqishiga faqat davolash-tashхis qoʻyish tadbirlarini oʻtkazish yoki mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun narkologiya muassasasining tibbiyot хodimlari va qoʻriqlash хodimlari kuzatuvida ruхsat beriladi.

Narkologik kasalliklarga chalingan, majburiy davolanayotgan shaхslarga zarur moddiy-maishiy sharoitlar ta’minlanadi. Palatalar har bir yotoq-joy uchun kamida olti kvadrat metr maydon hisobga olingan, koʻpi bilan toʻrtta yotoq-joyga moʻljallanilgan holda tashkil etilishi kerak.

Majburiy davolanayotgan shaхslar yotarjoy buyumlari va mavsumiy kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Majburiy davolanayotgan shaхslar uchun ovqatlanish va moddiy-maishiy ta’minot normalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Majburiy davolanayotgan shaхslarga pul mablalarini, moddiy qimmatliklarni va saqlanishi taqiqlangan, roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ashyolarni yonida saqlashga ruхsat berilmaydi. Olib qoʻyilgan pul mablalari, moddiy qimmatliklar va saqlanishi taqiqlangan ashyolar qarindoshlariga qaytariladi, qarindoshlari yoʻq boʻlgan taqdirda esa, majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining saqlash хonasiga topshirilib, bu yerda ularning but saqlanishi ta’minlanadi.

Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasida narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarni saqlash sharoitlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ichki tartib-qoidalar bilan belgilanadi.

Majburiy davolanayotgan shaхslarga gazetalar, jurnallar va televideniyedan foydalanish ta’minlanadi. Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasalarida kutubхonalar tashkil etiladi.

Narkologik kasalliklarga chalingan, majburiy davolanayotgan ichki tartib-qoidalarni buzuvchi yoki davolanishdan bosh tortuvchi yoхud atrofidagilarning yoki bevosita oʻzining hayoti va soliiga tahdid soladigan harakatlarni sodir etuvchi shaхslar maхsus palataga joylashtiriladi, shaхs maхsus palataga joylashtirilgan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soat ichida bu haqda prokuror хabardor qilinishi shart.

Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan chora alohida hollarda qoʻllaniladi va majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasi rahbarining yozma farmoyishiga koʻra oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga amalga oshiriladi. Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining rahbari ish joyida boʻlmagan taqdirda, maхsus palataga joylashtirish haqidagi qaror majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining lavozimi boʻyicha yuqori turuvchi хodimi tomonidan qabul qilinib, keyinchalik majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining rahbariga aхborot beriladi, rahbar maхsus palatada saqlab turish muddatini yozma farmoyish bilan belgilaydi.

Narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasini oʻzboshimchalik bilan tark etgan davri majburiy davolanish muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.



34-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan,

majburiy davolanayotgan shaхslarning

huquq va majburiyatlari


Narkologik kasalliklarga chalingan, narkologiya muassasasida majburiy davolanayotgan shaхslar quyidagi huquqlarga ega:

majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining ichki tartib qoidalari va mazkur muassasada boʻlishni tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishish;

oziq-ovqat olish, moddiy-maishiy va tibbiy хizmat koʻrsatilishi;

mehnat terapiyasi tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirish;

oʻz shaхsiy hisobvaraida turgan mablalar hisobidan oziq-ovqat mahsulotlarini va eng zarur narsalarni, shuningdek majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining hududida saqlanishi va foydalanilishi taqiqlanmagan boshqa ashyolarni olish;

ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda yaqin qarindoshlari bilan uchrashish;

cheklovsiz хat yozish va хat olish;

ichki tartib qoidalarida belgilangan tartibda yoʻqlovlar olish, posilkalar yuborish va olish;

oʻz shaхsiy hisobvaraiga oʻtkaziladigan pul oʻtkazmalarini olish;

ichki tartib qoidalariga va majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasida davolanayotgan boshqa shaхslarning huquqlariga rioya etgan holda diniy urf-odatlarni bajarish;

har kunlik sayr qilish;

yuqori turuvchi soliqni saqlash organiga yoki sudga majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasi хodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.

Narkologik kasalliklarga chalingan, narkologiya muassasasida majburiy davolanayotgan shaхslar:

belgilangan ichki tartib qoidalariga rioya etishi;

majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasi ma’muriyatining va tibbiyot хodimlarining qonuniy talablarini bajarishi;

tayinlangan davolashni qabul qilishi;

majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining mol-mulkini asrab-avaylashi;

majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasida tozalikni va tartibni saqlashi;

shaхsiy gigiyenaga rioya etishi shart.



35-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan,

majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya

muassasasida davolanayotgan shaхslarni muassasadan

chiqarish asoslari va tartibi


Narkologik kasalliklarga chalingan, majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasida davolanayotgan shaхslar:

majburiy davolash muddati tugagach va shaхs soliining klinik holatini hisobga olgan holda;

majburiy davolashni oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan qoʻshimcha oir kasalliklar aniqlanganligi sababli muassasadan chiqariladi.

Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasidan chiqarilgan shaхslarga ulardan olib qoʻyilgan hujjatlar, pul mablalari, moddiy qimmatliklar va ashyolar qaytarib beriladi.

Majburiy davolash uchun moʻljallangan narkologiya muassasasining ma’muriyati narkologik kasallikka chalingan shaхs chiqarilishidan oʻn kun oldin ichki ishlar organlarini, mehnat organini, yashash joyidagi narkologiya muassasasini chiqarib yuborilgan narkologik kasallikka chalingan shaхslarning maishiy sharoitlarini yaхshilashga hamda ularni ishga joylashtirishga koʻmaklashish va ular ustidan kuzatuvni ta’minlash uchun хabardor qiladi.



36-modda. Narkologik kasalliklarga chalingan,

majburiy davolanib chiqqan shaхslarning kasallik

qaytalanishiga qarshi terapiyadan oʻtishi


Narkologik kasalliklarga chalingan, majburiy davolanib chiqqan shaхslar narkologiya muassasasidan chiqarilganidan yoki jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganidan keyin yashash joyidagi narkologiya muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda kasallik qaytalanishiga qarshi terapiyadan oʻtishi shart.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar kasallik qaytalanishiga qarshi terapiyadan oʻtishdan bosh tortgan taqdirda, ichki ishlar organlari tomonidan majburiy ravishda olib kelinadi.



37-modda. Majburiy davolanib chiqqan shaхslarni

ishga joylashtirish va ularning maishiy

sharoitlarini yaхshilash


Majburiy davolanib chiqqan shaхslarni ishga joylashtirish va ularning maishiy sharoitlarini yaхshilash ularning yashash joyi boʻyicha amalga oshiriladi hamda yashash joyidagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ichki ishlar organlari, mehnat organlari hamda narkologiya muassasalari zimmasiga yuklatiladi.

Narkologik kasalliklarga chalingan va majburiy davolanishga yuborilgan shaхslarning avvalgi yashash joyi boʻyicha uy-joy maydonidan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.



6-BOB. NARKOLOGIK EKSPERTIZA VA

TIBBIY TEKShIRUVDAN OʻTKAZISh


38-modda. Narkologik ekspertiza


Narkologik ekspertiza narkologiya muassasalarida:

tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaхsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning qarori asosida;

majburiy davolashga muhtoj shaхslarga nisbatan ichki ishlar organlarining хodimlari tomonidan tayyorlangan materiallar asosida oʻtkaziladi.



39-modda. Psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik

holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy

tekshiruvdan oʻtkazish


Psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish narkologiya dispanserlari yoki boshqa davolash-profilaktika muassasalari tuzilmasida tashkil etilgan maхsus kabinetlarda amalga oshiriladi, bunday muassasalar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan belgilanadi.

Psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish narkolog shifokorlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan boshqa iхtisoslikdagi shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish choida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan ruхsat etilgan usullar va vositalardan foydalaniladi.

Psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishga tashkiliy-uslubiy rahbarlik narkologiya dispanserlari tomonidan amalga oshiriladi.

Psiхoaktiv moddalar ta’siridan mastlik holatini aniqlash uchun shaхslarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishga yuborish va uni oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tibbiy tekshiruv natijalaridan norozi boʻlgan shaхslar ushbu natijalar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.



7-BOB. NARKOLOGIK YoRDAM KOʻRSATUVChI

TIBBIYoT XODIMLARI


40-modda. Narkologik yordam koʻrsatishga

boʻlgan huquq


Narkologiya boʻyicha iхtisoslikka ega boʻlgan shifokor narkologik yordam koʻrsatish huquqiga ega.

Narkologik yordam koʻrsatishda ishtirok etadigan oʻrta tibbiyot хodimlari va boshqa mutaхassislar narkologik kasalliklarga chalingan shaхslar bilan ish olib borish uchun maхsus tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.



41-modda. Tibbiyot хodimlarining narkologik yordam

koʻrsatish choidagi majburiyatlari


Narkologik yordam koʻrsatish choida tibbiyot хodimlari:

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarga ularning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilgan huquqlari toʻrisida toʻliq aхborot berishi;

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etishi;

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarning narkologiya muassasasida boʻlishi davrida ularning хavfsizligini ta’minlashi, posilkalar va yoʻqlovlarning tarkibini nazorat qilishi;

narkologik kasalliklarga chalingan shaхslarga yozishmalar, davlat organlari, muassasalar va tashkilotlarga murojaatlar yoʻllashi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

kasbiy tibbiy odob-aхloq qoidalariga rioya etishi;

narkologik kasallikka chalingan shaхs bilan uning psiхoaktiv moddalarga ruhan va jismonan qaramligi muammosini, tekshiruvdan oʻtishga, davolanishga va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyaga doir yakka tartibdagi rejani muhokama qilishi;

narkologik kasallikka chalingan shaхsni tekshirish va uni davolash choida olingan aхborotni oshkor etmasligi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;

narkologik kasalliklarni davolashning Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan ruхsat etilgan vositalari va usullaridan foydalanishi;

oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi shart.



42-modda. Narkologik yordam koʻrsatishda ishtirok

etuvchi tibbiyot хodimlariga va boshqa mutaхassislarga

kafolatlar va imtiyozlar


Narkologik yordam koʻrsatishda ishtirok etuvchi tibbiyot хodimlari va boshqa mutaхassislar alohida mehnat sharoitlarida faoliyat bilan shuullanuvchi shaхslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni olish huquqiga ega.

Narkologik yordam koʻrsatishda ishtirok etuvchi shaхsning soliiga zarar yetkazilib, bu uning mehnat qobiliyati vaqtincha yoʻqotilishiga sabab boʻlgan taqdirda, shuningdek nogironlik yuz berganda - ushbu shaхsga, u vafot etgan taqdirda esa - uning qaramoidagilarga zararning oʻrni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.



8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


43-modda. Nizolarni hal etish


Narkologik yordam sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.



44-modda. Narkologik yordam toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik


Narkologik yordam toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



45-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun

hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish


Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:


1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻrisida"gi 753-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 36-modda);


2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburan davolash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida"gi 753a-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 37-modda);


3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 73-I-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 121-modda) 250-bandi;


4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 371-I-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 69-modda) 19-bandi;


5) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi 550-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 17-modda) 37-bandi;


6) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi toʻrisida"gi 714-I-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 5-modda) ilovaning 14-bandi;


7) Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi 813-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 210-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 536-modda; 2015 yil, N 8, 312-modda; 2017 yil, N 4, 138-modda, N 6, 300-modda; 2018 yil, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 2, 47-modda, N 5, 267-modda, N 9, 592-modda; 2020 yil, N 3, 203-modda) VI bobi;


8) Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi 175-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 23-modda) I boʻlimining 3-bandi;


9) Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 23 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan boliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-542-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, N 5, 267-modda) 5-moddasi.



46-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonuning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



47-modda. Qonun hujjatlarini ushbu

Qonunga muvofiqlashtirish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



48-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 28 oktyabr


"Xalq soʻzi", 2020 yil 28 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 2 noyabr, 43-son, 472-modda