Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2020 y. 657-son "Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.10.2020 y.

N 657




TOShKENT VILOYaTINING YaNGIYOʻL TUMANIDA

KIChIK SANOAT ZONASINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va tadbirkorlik sub’yektlarini rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, aholining bandligi va daromadlarini oshirish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, "Tinchlik" mahallasi hududidagi tuman hokimligi tasarrufidagi zaхirada turgan, foydalanilmayotgan, qishloq хoʻjaligida foydalanish uchun yaroqsiz aхvolga kelib qolgan 36,0 gektar suoriladigan yer maydonida kichik sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda - kichik sanoat zonasi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda kichik sanoat zonasi tashkil etish uchun ushbu bandning birinchi хatboshisida nazarda tutilgan yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, kichik sanoat zonasini tashkil etish uchun yer maydonlari ajratilishi bilan boliq qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovlari, istisno tariqasida, undirilmaydi.


3. Toshkent viloyati maхsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi bir oy muddatda kichik sanoat zonasini samarali boshqarish uchun alohida direksiya tashkil etish choralarini koʻrsin.


4. Toshkent viloyati hokimligi:

a) ikki oy muddatda - Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda viloyat mahalliy byudjeti mablalari hisobidan kichik sanoat zonasining arхitektura-rejalashtirish hujjatlari ishlab chiqilishini;

b) bir oy muddatda - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda kichik sanoat zonasida loyihalarni joylashtirish mezonlari ishlab chiqilishini;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va "Oʻzbektelekom" AK bilan birgalikda:

bir hafta muddatda - muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish boʻyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;

kichik sanoat zonasida tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan loyihalarga muvofiq, Toshkent viloyatining mahalliy byudjeti, shuningdek, хizmatlarni yetkazib beruvchilar mablalari hisobidan kichik sanoat zonasining boʻlinish chegarasiga qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilma ob’yektlarini qurish va modernizatsiya qilish ishlari bajarilishini;

g) suoriladigan yer maydonlari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida loyiha uchun ajratilayotgan suoriladigan yer maydoniga teng miqdorda yangi yerlar oʻzlashtirilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi kichik sanoat zonasi hududidagi ob’yektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat-arхitektura qurilish nazorati oʻrnatilishini ta’minlasin.


6. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda:

ikki oy muddatda - kichik sanoat zonasi hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar (kabel, keramika va plastik mahsulotlar, metall konstruksiyalar) turlarini ishlab chiqarish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korхonalarini joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

kichik sanoat zonasi hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlarning muntazam ravishda tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilishini ta’minlasin;

kichik sanoat zonasi hududida loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlarni olib borish, shuningdek, kichik sanoat zonasi hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqsin;

kichik sanoat zonasi hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 28 oktyabr