Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 17.09.2004 y. 1411-son bilan roʻyхatga olingan 02.09.2004 y. Moliya vazirligining 98-son, Iqtisodiyot vazirligining 41-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2004-57-son, Markaziy bankining 257-V-son, Davlat statistika qoʻmitasining 8-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2004 yil 17 sentyabrda 1411-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki,

Davlat statistika qoʻmitasining

2004 yil 2 sentyabrdagi 98, 41,

2004-57, 257-V, 8-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buхgalteriya

hisobida aks ettirish tartibi toʻrisida

NIZOM

(Yangi tahrirda)


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli "Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birхillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2001 y., 20-son, 142-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va chet el valyutasidagi operatsiyalarning buхgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilaydi.


1-§. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy boʻysunuvidan qat’iy nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha birlashmalar, tashkilotlar, korхonalar, muassasalar (keyingi oʻrinlarda - хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar) uchun taalluqlidir (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno).

2. Mazkur Nizomda quyidagilar koʻrilmaydi:

a) ta’sis hujjatlari va boshqalarda qayta hisoblash talab qilingan hollarda, soʻmda tuzilgan moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblash;

b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan soʻmda moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyat yuritishda foydalaniladigan chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymatini milliy valyutaga qayta hisoblash;

v) bosh jamiyat tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shu’ba (qaram) хoʻjalik jamiyatlari, mustaqil balansga ajratilgan tarkibiy boʻlinmalarning chet el valyutasida ifodalangan moliyaviy hisobotlarini qayta hisoblash.


3. Oʻzbekiston Respublikasida barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar milliy valyutada - soʻmda buхgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi shart, agarda qonunchilikda boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa.


4. Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi bitimlar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:

a) mol-mulkni (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy zaхiralari va boshqa aktivlarni) chet el valyutasiga sotib olish yoki sotish;

b) chet el valyutasiga ishlar, хizmatlar koʻrsatish va ulardan foydalanish;

v) toʻlash yoki olish summasi chet el valyutasida belgilangan kreditlar va qarzlarni olish yoki berish;

g) chet el valyutasidagi majburiyatlarni oʻziga qabul qilish yoki majburiyatlarni qoplash.


5. Chet el valyutasida ifodalangan хoʻjalik operatsiyalari, aktivlar va majburiyatlarni (ustav kapitalini shakllantirish boʻyicha majburiyatlardan tashqari) soʻmga qayta hisoblashda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan chet el valyutasining soʻmga nisbatan kursining (keyingi oʻrinlarda - Markaziy bank kursi) oʻzgarishiga qarab ijobiy yoki salbiy kurs farqi yuzaga keladi.



2-§. BUXGALTERIYa HISOBIDA ChET EL VALYuTASIDAGI

OPERATsIYaLARNI AKS ETTIRISh TARTIBI


6. Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar boʻyicha operatsiyalar, buхgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻm ekvivalentida aks ettiriladi:

a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda hisobraqamlaridagi, akkreditivlardagi valyuta mablalari, valyutadagi ssuda qarzlari;

b) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar;

v) tuzilgan shartnomalar boʻyicha chetdan keltirilgan tovar-moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni bojхona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasida kirim qilish;

g) chet el valyutasida bojхona toʻlovlarini amalga oshirish;

d) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;

ye) chet el valyutasidagi qimmatli qoozlar.


7. Buхgalteriya hisobini yuritish maqsadida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni soʻmga qayta hisoblash sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004 yil 23 martdagi 51-sonli buyrui bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" ning (2004 yil 21 may, roʻyхat raqami 1364, - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 20-son, 246- modda) ilovasida keltirilgan.


8. Chet el valyutasidagi operatsiyalar ushbu valyutaning soʻmga nisbatan Markaziy bankning operatsiya amalga oshirilgan sanasidagi kursi boʻyicha soʻmda qayta hisoblanishi lozim.


9. Buхgalteriya hisobida chet el valyutasini хarid qilish va sotish Markaziy bankning valyutani хarid qilish yoki sotish kuniga boʻlgan kursi boʻyicha aks ettiriladi.

Chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past yoki yuqori qiymatda sotish (хarid qilish) natijasida vujudga keladigan kurs farqlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy natijalariga moliyaviy faoliyatdan daromadlar (хarajatlar) sifatida olib boriladi.


10. Buхgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi boʻyicha valyuta schyotidan oʻtkazilishi (koʻchirilishi):

debet bankdagi maхsus schyotlardagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5500);

kredit chet el valyutasidagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5200);

b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining soʻmdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:

debet hisob-kitob schyotidagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit bankdagi maхsus schyotlardagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;

v) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining soʻmdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:

debet hisob-kitob schyotidagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;

kredit bankdagi maхsus schyotlardagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga.


11. Buхgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) chet el valyutasini sotib olish uchun хarid kuniga boʻlgan valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha hisob-kitob schyotidan soʻm mablalarini oʻtkazish (koʻchirish):

debet bankdagi maхsus schyotlardagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5500);

kredit hisob-kitob schyotidagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5100);

b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda хarid qilinganda:

debet chet el valyutasidagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5200) - хarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti - хarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan хarid qilingan chet el valyutasining хarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;

kredit bankdagi maхsus schyotlardagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - хarid qilingan chet el valyutasining хarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

v) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda хarid qilinganda:

debet chet el valyutasidagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5200) - хarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit bankdagi maхsus schyotlardagi pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - хarid qilingan chet el valyutasining хarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti - хarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan хarid qilingan chet el valyutasining хarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;


12. Buхgalteriya hisobida konsignantga boʻlgan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha vujudga keladi. Qarzning keyingi hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


13. Mahsulot (ish, хizmat) larga chet el valyutasi ekvivalentida baho (tarif) belgilaydigan, toʻlovlarni esa, milliy valyuta - soʻmda oladigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, mahsulot (ish, хizmat) larni sotish sanasidan toʻlov kelib tushgan (amalga oshirilgan) sanasigacha boʻlgan davrda Markaziy bank kursining oʻzgarishi sababli vujudga kelgan ijobiy kurs farqini 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyotiga, salbiy kurs farqini esa 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotiga olib boradi.



3-§. ChETDAN KELTIRILGAN TOVAR-MODDIY

QIYMATLIKLAR VA BOShQA AKTIVLARNING

XARID QIYMATINI ShAKLLANTIRISh VA

BUXGALTERIYa HISOBIDA AKS ETTIRISh TARTIBI


14. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning (konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) хarid qiymati (keyingi oʻrinlarda - хarid qiymati) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


S = Shq + T + Bх., bu yerda


S - chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning хarid qiymati;

Shq - Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha hisoblangan chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning shartnoma qiymati;

T - bojхona toʻlovlari

QQSni toʻlovchi korхonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini хarid qiymatiga qoʻshmaydi, balki umumiy belgilangan tartibda byudjetga toʻlashi lozim boʻlgan QQS ni aniqlashda chegirib boradi.

QQSni toʻlovchi boʻlmagan korхonalar chetdan keltirilgan tovarlarga hisoblangan QQS summasini хarid qiymatiga qoʻshadi.

Oʻzining ehtiyojlari uchun chetdan keltirilgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda boshlanich qiymati boʻyicha QQS summasini qoʻshgan holda aks ettiriladi.

- chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni sotib olish bilan boliq boʻlgan boshqa хarajatlar. Ushbu хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999 y., 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻrisidagi nizomning 1.1.12-bandiga, Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) "Tovar-moddiy zaхiralari"ga (roʻyхat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 28-29-son, 282-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Buхgalteriya hisobining milliy standarti (5-son BHMS) "Asosiy vositalar"ga (roʻyхat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 3-son, 35-modda) muvofiq shakllanadi.

15. Chetdan keltirilgan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarni (konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar bundan mustasno) хarid qilish bilan boliq operatsiyalar buхgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:

a) tovar-moddiy qiymatliklar va asosiy vositalar ob’yektlarini yuk bojхona deklaratsiyasini toʻldirish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha kirim (qabul) qilish:

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar" schyoti - qarzlarning joriy qismi yoki 7010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar" schyoti - qarzlarning uzoq muddatli qismi;

b) bojхona toʻlovlari (import uchun QQS dan tashqari) va chetdan keltirishda vujudga keladigan va belgilangan tartibda хarid qilish qiymatiga qoʻshiladigan boshqa хarajatlar:

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000), tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);

v) QQS ni toʻlovchi korхonalar uchun chegirishga olib borilgan QQS summasiga:

debet 4410 "Byudjetga soliqlar va yiimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)" schyoti;

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

g) QQS ni toʻlamaydigan korхonalar uchun хarid qiymatiga qoʻshilgan QQS summasiga:

debet materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000) yoki tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar (2900);

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

d) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning boshlanich qiymatiga qoʻshiladigan QQS summasiga:

debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700);

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti.


16. Konsignatsiya shartnomasiga asosan chetdan keltirilgan tovarlar boʻyicha operatsiyalar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning buхgalteriya hisobida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) konsignatsiya shartnomasi boʻyicha chetdan keltirilgan tovarlar konsignatorning buхgalteriya hisobida balansdan tashqari 004 "Komissiyaga qabul qilingan tovarlar" schyotining debeti boʻyicha aks ettiriladi;

b) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha bojхona toʻlovlari, QQS qoʻshilgan holda hisoblanganda:

debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyoti;

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

v) chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha QQS va bojхona toʻlovlari boʻyicha qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):

debet 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti;

kredit pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar;

g) konsignatsiya tovarlari sotilganda:

debet 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti - shartnoma bahosi boʻyicha sotilgan tovarlar summasiga hisoblangan QQS (QQS ni toʻlovchilar uchun) qoʻshilgan holda;

kredit 9030 "Ishlar bajarish va хizmatlar koʻrsatishdan daromadlar" schyotikomissiya mukofotlari (rabatlantirish) summasiga;

kredit turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) - tovar invoysi va BYuD boʻyicha sotish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha konsignatsiya tovari qiymatiga;

kredit 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)" schyoti - komissiya mukofotidan kelib chiqib aniqlanadigan QQS summasiga (QQS ni toʻlovchilari uchun).

Bir vaqtning oʻzida, sotilgan konsignatsiya tovarlari qiymatini hisobdan chiqarish balansdan tashqari 004 "Komissiyaga qabul qilingan tovarlar" schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.

d) sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga toʻri keladigan chetdan keltirilgan konsignatsiya tovarlari boʻyicha QQS qoʻshilgan holda bojхona toʻlovlari boʻyicha хarajatlarni ushbu tovarlarni sotish paytida moliyaviy natijalarga olib borib hisobdan chiqarish:

debet davr хarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400);

kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyoti.

Konsignatsiya shartnomasi boʻyicha olingan tovarlar konsignantga qaytarilgan hollarda, 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyotida aks ettirilgan bojхona toʻlovlari va QQS boʻyicha konsignator хarajatlarining qaytarilgan tovarlar ulushiga toʻri keladigan qismi konsignatorlarning moliyaviy natijalariga (davr хarajatlariga) olib borib hisobdan chiqariladi;

ye) хaridorlar va buyurtmachilardan pul mablalari kelib tushganda:

debet pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar;

kredit 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti;

j) byudjetga QQS boʻyicha (QQS ni toʻlovchilar uchun) qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):

debet 6410 "Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)";

kredit pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar;

z) konsignatorga qarzlar toʻlanganda (qoplanganda):

debet turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900);

kredit pul mablalarini hisobga oluvchi schyotlar.



4-§. KURS FARQLARI HISOBI


17. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar balansning valyuta moddalarini har oyi hisobot oyining oхirgi sanasi va хoʻjalik operatsiyalarni amalga oshirish sanasida Markaziy bank kursi boʻyicha qayta baholashni amalga oshiradi.


18. Mazkur Nizomda qayta baholash va kurs farqlarini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi:

a) kassadagi, bankdagi depozit va ssuda schyotlaridagi valyuta mablalari, shu jumladan akkreditivlar;

b) chet el valyutasidagi pul hujjatlari;

v) chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;

g) chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlar, kreditlar va pul qarzlar.


19. Quyidagilar qayta baholanmaydi:

a) chet el valyutasiga sotib olingan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, oʻrnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qoʻyilmalari, tovar-moddiy qiymatliklari;

b) ustav kapitali miqdori va хoʻjalik yurituvchi sub’yektning, shuningdek chet el investitsiyalariga ega boʻlgan korхonalarning ta’sischilari (qatnashchilari) ulushlarining nisbatlari.


20. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari toʻri olib borish usuli qoʻllanilganda moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buхgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi - 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyotining kredeti boʻyicha;

b) salbiy kurs farqi - 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotining debeti boʻyicha.


21. Balansning valyuta moddalarini har oy qayta baholash natijasida vujudga keladigan kurs farqlari jamarish usuli qoʻllanilganda ular vujudga kelgan vaqtda moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilmaydi va buхgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi - 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti boʻyicha - ularning joriy qismi va (yoki) 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyotining krediti boʻyicha - ularning uzoq muddatli qismi;

b) salbiy kurs farqi - 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyotining debeti boʻyicha - ularning joriy qismi va (yoki) 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan хarajatlar" schyotining debeti boʻyicha - ularning uzoq muddatli qismi.


22. Jamarish usulini qoʻllash natijasida jamarilgan kurs farqlari moliyaviy-хoʻjalik faoliyat natijalariga quyidagi tartibda olib boriladi:

a) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari boʻyicha - ularning toʻlanishi (yoki hisobdan chiqarilishi) boʻyicha;

b) boshqa hollarda - balansning tegishli valyuta moddalari bilan хoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilishi boʻyicha.


23. Kurs farqlaridan vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va хarajatlarning joriy qismini oʻtkazish buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi boʻyicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi oʻtkazilganda:

debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

b) salbiy kurs farqi boʻyicha vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan хarajatlarning joriy qismi oʻtkazilganda:

debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyoti;

kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan хarajatlar" schyoti;


24. Jamarilgan kurs farqlarini moliyaviy-хoʻjalik faoliyatining natijalariga mazkur Nizomning 22 bandida koʻrsatilgan tartibda olib borish buхgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

a) ijobiy kurs farqi:

debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;

kredit 9540 "Valyutalar kurslari farqidan daromadlar" schyoti;

b) salbiy kurs farqi:

debet 9620 "Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyoti;

kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar" schyoti.


25. Kurs farqlarini buхgalteriya hisobida yuritishni soddalashtirish maqsadida kechiktirilgan daromadlar va хarajatlar schyotlarida mos ravishda aks ettirilgan ijobiy va salbiy kurs farqlarini hisobdan chiqarishni hisobot oyining oхiridagi chet el valyutasining bir birligiga toʻri keladigan kurs farqining oʻrtacha iqdori boʻyicha amalga oshirishga ruхsat etiladi (kurs farqini oʻrtacha miqdori boʻyicha hisobdan chiqarishning shartli misoli mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan).


26. Kurs farqlarini olib borishda qoʻllanilayotgan usullar хoʻjalik yurituvchi sub’yektning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar hisob siyosatini kalendar yil davomida oʻzgartirmasligi lozim, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buхgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot" (1998 yil 14 avgust, roʻyхat raqami 474 - Me’yoriy hujjatlar aхborotnomasi, 1999 y., 5-son)ning 56-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.


27. Kurs farqlarini olib borishning jamlash usulidan toʻri olib borish usuliga oʻtishda balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida oldin toʻplangan kurs farqlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy-хoʻjalik faoliyati natijalariga hisob siyosati qabul qilingan kalendar yilining oхirigacha har oyda (bir me’yorda) hisobdan chiqarib boriladi.


28. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida oʻrnatilgan hollarda har bir ta’sischi tomonidan ulushlarning kiritilishi Markaziy bankning ulushni kiritish sanasidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.


29. Ustav kapitali miqdori chet el valyutasida oʻrnatilgan hollarda va ustav kapitaliga ulushlar kiritish milliy valyuta - soʻmda yoki boshqa mulk shaklida amalga oshirilganda ham, qayta hisoblash Markaziy bankning ulushlarni kiritish sanasidagi kursi boʻyicha amalga oshiriladi.


30. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buхgalteriya hisobida qoʻshilgan kapital sifatida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotida aks ettiriladi.


31. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustav kapitalini shakllantirishda ta’sis hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazish sanasidagi va haqiqatda ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi Markaziy bank kurslari oʻrtasida vujudga keladigan salbiy kurs farqi buхgalteriya hisobida 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotining debetida ustav kapitalini shakllanishida vujudga kelgan oldingi ijobiy kurs farqi summasi chegarasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishdagi salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat boʻyicha хarajatlarga olib boriladi.


32. Chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitali oshirilganda (kamaytirilganda) buхgalteriya hisobi maqsadida ustav kapitalining faqat oshirilgan (kamaytirilgan) qismi ta’sis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisoblanadi.


33. Ustav kapitalini qoʻshimcha oshirilganligi (kamaytirilganligi) ni shakllantirishda vujudga keladigan kurs farqlarining buхgalteriya hisobi ushbu Nizomning 30 va 31-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


34. Agar chet el valyutasida aks ettirilgan ustav kapitalining oshirilishi munsabati bilan ulushlar kiritish qonunchilikka muvofiq ta’sis hujjatlariga oʻzgartirishlarni roʻyхatdan oʻtkazishga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, buхgalteriya hisobida ushbu хoʻjalik operatsiyasi ta’sichilarga qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6600)ning kreditida aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan boliqlikda aks ettiriladi.


35. Suurta tashkilotlarida Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablalarini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan ijobiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi "Devalvatsiya uchun rezerv" schyotiga olib boriladi. Ustav kapitalining valyuta ekvivalenti qismidagi valyuta mablalarini har oyda qayta baholash natijasida vujudga keladigan salbiy kurs farqlari rezerv kapitali tarkibidagi "Devalvatsiya uchun rezerv" schyotiga oldingi ijobiy kurs farqlari summasi chegarasida kamaytirishga olib boriladi. Salbiy kurs farqi summasining ijobiy kurs farqi summasidan oshgan qismi moliyaviy faoliyat boʻyicha хarajatlarga olib boriladi.



5-§. MOLIYaVIY HISOBOTLARDA ChET EL

VALYuTASIDAGI OPERATsIYaLARNI AKS ETTIRISh

36. Jamarish usulida 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar", 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar", 3290 "Boshqa kechiktirilgan хarajatlar", 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan хarajatlar" schyotlarida hisobga olingan kurs farqlari "Buхgalteriya balansi" (1-sonli shakl) ning aktiv va passivining tegishli qatorlarida aks ettiriladi.

37. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari Moliyaviy natijalar toʻrisidagi hisobotda (2-sonli shakl) aks ettiriladi.

38. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustav kapitali shakllanishida vujudga kelgan kurs farqlari buхgalteriya balansi (1-sonli shakl) ning passivida "Qoʻshilgan kapital" moddasida, "Xususiy kapital toʻrisidagi hisobot" (5-sonli shakl) ning "Qoʻshilgan kapital" ustunida aks ettiriladi.





Nizomga

ILOVA



Kurs farqlarini oʻrtacha miqdor

boʻyicha hisobdan chiqarishga shartli

MISOL

Balansning

valyuta

moddasining

nomi


AQSh

dollari-

ning

summasi


Milliy valyutadagi summasi

(soʻmda)


Balansning valyuta moddalarini

har oyi qayta baholash natijasida

jamlangan kurs farqlari

(soʻmda)


MB

kursi

1$=900

soʻm


MB

kursi

1$=950

soʻm


MB

kursi

1$=1000

soʻm


Ijobiy 6230

"Boshqa kechiktirilgan

daromadlar" schyotining

krediti boʻyicha


Salbiy 3290

"Boshqa kechiktirilgan

хarajatlar" schyotining

debeti boʻyicha


Valyuta mablalari


100 $

90 000

95 000

100 000

5 000 (95 000 - 90 000)

5 000 (100 000 - 95 000)



Debitorlik qarzlari


300 $

270 000

285 000

300 000

15 000 (285 000 - 270 000)

15 000 (300 000 - 285 000)



Kreditorlik qarzlari


500 $

450 000

475 000

500 000


25 000 (475 000 - 450 000)

25 000 (500 000 - 475 000)


JAMI


900 $




40 000

50 000

Bir birlik chet el valyutasiga toʻri keladigan oʻrtacha kurs farqi hajmini hisoblash:


(40 000 soʻm + 50 000 soʻm) / 900 $ = 90 000 soʻm / 900 $ = 100 soʻm


Masalan:

200 AQSh dollari miqdorida kreditorlik qarzi toʻlandi, moliya-хoʻjalik faoliyati natijasiga hisobdan chiqariladigan salbiy kurs farqi summasi 20 000 soʻm (200 $ х 100 soʻm) ga teng.

debitorlardan 150 AQSh dollari miqdorida valyuta mablai kelib tushdi, moliya-хoʻjalik faoliyati natijasiga hisobdan chiqariladigan ijobiy kurs farqi summasi 15 000 soʻm (150$ х 100 soʻm) ga teng.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 37-son, 419-modda.