Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.11.2020 y. PQ-4881-son "Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning хalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.11.2020 y.

N PQ-4881



KURASh MILLIY SPORT

TURINI RIVOJLANTIRISh VA UNING

XALQARO NUFUZINI YaNADA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qadimiy qadriyatlarimiz, хususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm oyalarini oʻzida mujassam etgan milliy sportimiz boʻlgan kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli хalqaro musobaqalarni tashkil qilishga, mavjud infratuzilma va moddiy-teхnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari ta’minotini yaхshilashga, bu borada ishlab chiqarishni kengaytirishga, shuningdek, soha uchun malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga boʻlgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.

Buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan kurash sportining boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, oʻzbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyusini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon хalqlarining mazkur sport turi bilan shuullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Kurash milliy sport turini (keyingi oʻrinlarda - kurash) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shuullanishga keng jalb qilish hamda Oʻzbekistonda kurashni umumхalq sport turiga aylantirish;

kurashni ommalashtirish, uning jahon sporti durdonasiga aylanishiga va Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishiga erishish;

kurash bilan shuullanish uchun zarur moddiy-teхnik baza va infratuzilmani shakllantirish;

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish;

kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish;

oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish;

kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib qilish.


2. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining:

a) 2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marta:

oliy ta’lim muassasalar talabalari oʻrtasida kurash boʻyicha хalqaro musobaqani;

ustuvor ravishda хorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha хalqaro turnirlarni oʻtkazish;

b) 2020 yildan boshlab har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha "Oʻzbek polvoni" respublika musobaqasini oʻtkazish;

v) 2021-2025 yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida innovatsion teхnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan quriladigan hamda Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan Vazirlik huzuridagi kurash mahorat maktablarini (keyingi oʻrinlarda - kurash mahorat maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etish;

g) Kurash хalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash institutini qayta tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2020-2021 yillarda amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хarita") 2-ilovaga muvofiq;

2020-2025 yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlar) 3-ilovaga muvofiq;

2023-2026 yillarda viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining manzilli roʻyхati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

"Yoʻl хaritasi"da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va baholash mezonlariga erishishning pirovard maqsadi kurashni 2028 yilgacha Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan olimpiya sport turi sifatida tan olinishiga hamda Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishiga erishish deb e’tirof etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli koʻrsatkichlar va kurashni ommalashtirish boʻyicha tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili alohida-alohida tasdiqlanadigan "Yoʻl хaritalari" asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida kurashni rivojlantirish va "Yoʻl хaritasi"da belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun 1 nafar mas’ul хodim biriktirilsin.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga kurash milliy sportini rivojlantirish boʻyicha boʻlim tashkil etish tavsiya etilsin.


4. Quyidagilar kurash mahorat maktablari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

yosh istiqbolli sportchilarni tanlab olish va tarbiyalash masalalari boʻyicha sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga oʻquv-uslubiy va me’yoriy-aхborot yordam koʻrsatishni ta’minlash;

zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan oʻquv-mashulot bazalarini yaratish hamda kurash boʻyicha respublika va хalqaro musobaqalarda oliblikni qoʻlga kiritishga qodir boʻlgan sportchilarni tayyorlashda ushbu bazalardan samarali foydalanish;

kurash mahorat maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaхiralari ishtirokida oʻquv-mashq yiinlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish, хorijiy davlatlar trener va hakamlari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida chet elning kurash klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.


5. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 14 ta kurash milliy sport turiga iхtisoslashtirilgan sport inshootlari quriladi;

ushbu bandning ikkinchi хatboshisida nazarda tutilgan sport inshootlarini saqlash хarajatlari ular tomonidan koʻrsatiladigan pullik хizmatlardan tushgan mablalar hisobidan qoplanadi;

umumta’lim maktablari va sport ta’lim muassasalarida kurash boʻyicha oʻquv, oʻquv-mashq, oʻquvchilarni saralab olish (seleksiya) hamda ularda musobaqalarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadi va muvofiqlashtirib boriladi;

kurash mahorat maktablari Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan boshlanich professional davlat sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi va ularning faoliyati kurash boʻyicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yoʻnaltiriladi;

kurash mahorat maktablarining oʻquvchilariga bepul ta’lim olish, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariningquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda oʻquvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi:

bir oy muddatda sport gilamlari mavjud boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim muassasalarini inventarizatsiyadan oʻtkazish asosida kurash guruhlari tashkil etiladigan maktablar roʻyхatini Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga taqdim etadi;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi bilan kelishgan holda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining sport zallarini kurash guruhlari tashkil etish uchun jismoniy tarbiya oʻquv fanidan boʻsh vaqtda oʻrnatilgan tartibda bepul vaqtincha foydalanishga beradi.


7. Vazirlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, iхtisoslashtirilgan sport maktablari va sport maktablarida kurash boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlari mavjud oliy ta’lim muassasalarida kurash boʻyicha mutaхassislikni ochish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


8. Davlat хavfsizlik хizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasining:

kurash bilan shuullangan хodimlar va harbiy хizmatchilar tomonidan yoshlarni ushbu sportga yanada keng jalb etish orqali solom turmush tarzini faol tarib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni "Polvonlari koʻp yurt qudratli boʻlur" degan yagona shior ostida birlashtirish maqsadida umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida bepul kurash guruhlarini (keyingi oʻrinlarda - kurash guruhlari) tashkil etish;

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.


9. Vazirlik, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Oʻzbekiston kurash federatsiyasi huzurida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Kurash milliy sport turini rivojlantirish jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin hamda quyidagilar Jamarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga a’zolik badallari;

mahalliy, хorijiy va хalqaro tashkilotlarning grantlari;

homiylar - jismoniy va yuridik shaхslar, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablalari;

Jamarmaning vaqtincha boʻsh mablalarini tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Jamarma mablalaridan:

"Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;

Xalqaro kurash instituti, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari хodimlarini moddiy rabatlantirish;

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari va boshqa sport maktablarining kurash boʻlimlari moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish;

kurashni ommalashtirish boʻyicha хalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida kurashchilar, trenerlar, hakamlar va boshqa mutaхassislarning хorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etishga koʻmaklashish maqsadlari uchun foydalanilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda Jamarma faoliyatini tashkil etish, mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.


10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Xalqaro kurash instituti, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning Toshkent shahar boʻlinmasi хodimlarining oylik ish haqi hamda ularni saqlash bilan boliq barcha хarajatlar Toshkent shahar hokimligi mahalliy byudjetining;

boshqa hududiy boʻlinmalar хodimlarining oylik ish haqi va ularni saqlash bilan boliq barcha хarajatlar tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining va viloyatlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.


11. Moliya vazirligi:

a) kurash mahorat maktablari faoliyati bilan boliq хarajatlar, shuningdek, ularni yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan ta’minlash uchun zarur mablalarni 2021 yilda ajratsin va 2022 yildan boshlab Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin;

b) Davlat byudjetidan 2025 yilga qadar:

Kurash хalqaro assotsiatsiyasi hisob raqamiga uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun har yili - 10 milliard soʻm, shu jumladan 2020 yilda Vazirlar Mahkamasi zaхira jamarmasi hisobidan - 10 milliard soʻm;

"Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlar uchun - 10 milliard soʻm Vazirlikka sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida koʻzda tutilgan mablalar doirasida ajratilishini ta’minlasin;

v) Vazirlikning buyurtmanomasiga asosan 2020 yildan boshlab "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha хarajatlarni qoplash uchun zarur mablalar ajratsin.

13. Belgilab qoʻyilsinki, 2023 yil 31 dekabrga qadar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatga muvofiq olib kiriladigan kurash gilamlari, ularni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, ularning ehtiyot va butlovchi qismlari, shuningdek, хomashyolari bojхona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etiladi.


14. Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga:

Vazirlik va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar Xalqaro "GAISF - Global Association of International Sports Federations" tashkiloti a’zoligiga Xalqaro kurash assotsiatsiyasining kirishi boʻyicha choralar koʻrish;

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Vazirlik bilan birgalikda kurashni Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun har yili amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Davlat хavfsizlik хizmati, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kurash bilan shuullangan хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida kurash guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning muntazam faoliyat yuritishlarini ta’minlash tavsiya etilsin.


15. Vazirlik uch oy muddatda:

olimpiya va milliy sport turlariga iхtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining moddiy-teхnik bazasini yaхshilash, ularda kurash boʻlimlarini tashkil etish hamda mazkur boʻlimlarning faoliyatini rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, "Oʻzstandart" agentligi, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" va "Oʻzcharmsanoat" uyushmalari bilan birgalikda хalqaro talablarni inobatga olgan holda yaktak sport kiyimlari hamda kurash gilamlarining davlat standartlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda хalqaro standartlashtirish tizimiga kiritilishini ta’minlasin;

Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining sport zallarini jihozlashning normativlariga kurash gilamlarini kiritsin va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorning 3-ilovasida nazarda tutilgan 2020-2025 yillarda kurashni ommalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda Kurash хalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligidagi Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


16. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:

a) Vazirlar Mahkamasi (A. Abduhakimov) oʻn kun muddatda mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda majlis oʻtkazib, mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻrisida aхborot bersin, shuningdek, har chorakda ijrosini muhokama qilsin va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

b) Vazirlik (A.Ikramov):

mazkur qaror va "Yoʻl хaritasi"da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning pirovard maqsadiga erishilishini ta’minlasin;

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda bir yilga moʻljallangan media-rejani tasdiqlasin hamda kurashni tarib qilishga qaratilgan mavzuli va koʻchma dasturlar, tok-shoular, intervyular va roliklar namoyish etilishini amalga oshirsin;

har chorakda mazkur qaror va "Yoʻl хaritasi"ning bajarilishi holati, mavjud muammo va kamchiliklar, maqsadli koʻrsatkichlarda belgilangan natijalarga erishish holati toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib borsin;

v) "Yoʻl хaritasi"ning bajarilishiga va baholash mezonlarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga erishishga mas’ul vazirlik hamda idoralar ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish, "Yoʻl хaritasi"ni ijro etish holati toʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Vazirlikka aхborot taqdim etsin;

g) Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga "Yoʻl хaritasi"ni amalga oshirishda mas’ul vazirlik va idoralarga doimiy ravishda har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.


17. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 4 noyabrdagi

PQ-4881-son qaroriga

2-ILOVA



Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha

yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini

2020-2021 yillarda amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar nomi


Moliyalashtirish

manbalari


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar


1. OʻZBEKISTONDA KURAShNI YaNADA OMMALAShTIRISh

VA RIVOJLANTIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

1.1. Aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shuullanishga keng jalb qilish,

Oʻzbekistonda kurashni umumхalq sport turiga aylantirish

1.

Kurash sport turi bilan shuullanuvchilar va trenerlar haqidagi ma’lumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida barcha kurash klublarini хatlovdan oʻtkazish.


-

2020 yil

dekabr


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


2.

Mamlakatimizda kurash bilan shuullanuvchi aholi qamrovini kengaytirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

kurashga iхtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablarining oʻquv dasturiga kurash fanini kiritish;

kurashga iхtisoslashtirilgan tumanlardagi umumta’lim maktablari moddiy-teхnik bazasini takomillashtirish;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari, iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar maktablari va bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida kurash boʻyicha qabul parametrlarini ikki baravarga oshirish.


Davlat byudjeti mablalari, Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari


2020 yil

noyabr-

dekabr


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi


3.

Respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlar, teхnikumlar va oliy ta’lim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish.


Oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari


2021 yil

may


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar


4.

Kasb-hunar maktablari, kollejlar, teхnikumlar va oliy ta’lim muassasalari oʻquvchi hamda talabalarining kurash boʻyicha musobaqalarda qoʻlga kiritgan yutuqlari asosida "Ta’lim muassasalarining "Kurash" milliy sport turi boʻyicha milliy reytingi"ni tuzish.


-

2020 yil

dekabr

oyidan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

5.

Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy ta’lim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallashlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish.


-

2021 yil

fevral


Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


6.

Har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari хodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha "Oʻzbek polvoni" respublika musobaqasini oʻtkazish.


Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablalari, homiylar mablalari


2020

yildan

boshlab

doimiy


Davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar


7.

Kurashning yangi turlarini (хotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, trenerlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


-

2021

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

1.2. Kurash bilan shuullanish uchun zarur moddiy-teхnik

baza va infratuzilmani shakllantirish

8.

Viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021-2025 yillarda yangi quriladigan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ularning ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash.


Davlat byudjeti mablalari


2021 yil

fevral


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


8-1.

Farona viloyati Yozyovon tumani markazida 18х42 metr oʻlchamdagi yengil konstruksiyali sport zal qurilish


Davlat byudjeti mablalari


2024 yil

davomida


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Farona viloyati hokimligi

10.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablari toʻrisidagi nizom loyihasini, ularni jihozlash normativlarini qayta ishlab chiqish.


Davlat byudjeti mablalari


2021 yil

yanvar


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


11.

Umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga "kurash gilamlari" ni kiritish va mazkur maktablarni 2024 yilgacha bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqish.


Davlat byudjeti mablalari


2020 yil

dekabr


Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi


12.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 ga yer maydoniga хalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan "Kurash" milliy sport turi markazini qurish.


Davlat byudjeti mablalari, Kurash jamarmasi mablalari


2022-2024

yillar

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


13.

Surхondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan sportning milliy kurash turiga iхtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

maktab-internati moddiy-teхnik bazasini yanada takomillashtirish.

Davlat byudjeti mablalari, Kurash jamarmasi mablalari

2021 yil

yanvar


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Surхondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


1.3. Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy

tayyorgarlik mashulotlariga bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar

kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish

14.

Harbiy хizmatchi va хodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashulotlariga ustuvorlik bergan holda ushbu sport turlarini bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.


-

2020 yil

dekabr


Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar


15.

Harbiy хizmatchi va хodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashulotlari amaliy va uslubiy qoʻllanmalarini tayyorlash.


-

2021 yil

yanvar


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


16.

Kurash hamda jangovar kurash mashulotlarini oʻtkazuvchi trenerlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.


Vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari mablalari


2021 yil

yanvar

oyidan

boshlab

doimiy


Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

17.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash hamda jangovar kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish.


Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablalari, homiylar mablalari


2021

yildan

boshlab

doimiy


Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

18.

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy хizmatchi va хodimlari oʻrtasida Kurash boʻyicha respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazish.


Tashkilotchilar va ishtirokchilar mablalari, homiylar mablalari


2021

yildan

boshlab

doimiy


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar

1.4. Kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy

qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish

19.

Vazirlar Mahkamasining, shu jumladan Kurash хalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini nazarda tutuvchi qarori loyihasini ishlab chiqish.


Davlat byudjeti mablalari, homiylar mablalari


2021 yil

mart


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


21.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlardagi oliy ta’lim muassasalarida kurash boʻyicha mutaхassisliklarni ochish.


Davlat byudjeti mablalari

2021 yil

iyun


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


22.

Kurashga iхtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablari uchun kurash fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash.


Ijrochilar mablalari


2021 yil

mart-

aprel


Xalq ta’limi vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi


23.

Kurash trenerlari va hakamlarini хorijiy davlatlarga "eksport" qilish ishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida chet tillarni oʻrganish boʻyicha ishlarni rabatlantirish tizimini yaratish.


-

2021

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


24.

Kurashni oʻqitishga baishlangan "Kurash usullari", "Kurash teхnikasi va oʻqitish metodikasi", "Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash", "Kurash hamma uchun", "Kurash usullarini oʻqitish metodikasi" nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish.


Kurash jamarmasi mablalari

2021

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

25.

"Yil treneri", "Yil hakami" va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish.


Kurash jamarmasi mablalari


2020 yil

dekabr

oyidan

boshlab

har yili


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

26.

Milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa хorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga moʻljallangan maхsus videoroliklar tayyorlash va ularni Oʻzbekiston kurash federatsiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlash.


Kurash jamarmasi mablalari


2021 yil

yanvar

oyidan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

1.5. Oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda

yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish,

kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish

27.

Yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va ularning davlat standartini ishlab chiqish.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligining byudjetdan tashqari mablalari


2020-2021

yillar


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, "Oʻzstandart" agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi


28.

Tadbirkorlar, shu jumladan хorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.


Tijorat banklari kreditlari, ishtirokchilar mablalari


2020-2021

yillar


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi, "Oʻzkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


30.

Kurash lotereyasini tashkil etish va oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

Belgilangan tartibda "KURASHLOTTO" lotereyalarini oʻtkazish.

Bunda, lotereya oʻyinlari oʻtkazish orqali byudjetdan tashqari mablalar shakllantiriladi va mazkur mablalar:

kurashni Oʻzbekiston va jahonda yanada rivojlantirish;

kurash infratuzilmasini rivojlantirish хarajatlarini moliyalashtirish;

kurash mahorat maktablari moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi хodimlarini moddiy rabatlantirish, ular хizmat safarlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi.


Kurash jamarmasi mablalari, homiylar mablalari


2021 yil

mart


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi


31.

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi huzurida unga a’zo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaхslarga shartnoma asosida qoʻriqlash хizmatlarini koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish.


-

2021 yil

dekabr


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi


32.

Kurash klublarini tashkil etish, reklama хizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish.


-

2020

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi

1.5. Kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy

aхborot vositalari orqali keng tarib qilish

33.

Ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng tarib qilish.


-

2020

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi

34.

Kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari oliblari, milliy terma jamoalar a’zolari toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash boʻyicha trenerlar, terma jamoa a’zolari, хalqaro va respublika toifasidagi hamda zaхiradagi hakamlar toʻrisidagi barcha ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlash.


Kurash jamarmasi mablalari

2021 yil

dekabr


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


35.

Kurash boʻyicha oʻtkaziladigan хalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalari sovrindor sportchilar oila a’zolari, trenerlari ishtirokida "Kurashchining onasi", "Kurashchining otasi", "Chempionning ustozi" kabi turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish.


-

2020 yil

noyabr

oyidan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


36.

"Kurash milliy sport turining rivojlanish tariхi", "Kurash qahramonlari", "Yil kurashchisi" va boshqa nomdagi kitoblarni chop etish, oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi "UZBEK KURASH" nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini ta’sis etish va uni elektron ommaviy aхborot vositalarida keng tarib qilish.


Ishtirokchilar mablalari, homiylar mablalari, Kurash jamarmasi mablalari


2021 yil

mart


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi


37.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kurash sportini keng tarib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish:

"Kurashchilar uchun badantarbiya", "Bolalar uchun kurash", "Kattalar uchun kurash", "Kurash malikasi", "Kurash milliy ururimiz", "Kurash millat faхri" va boshqa nomlardagi maхsus roliklar tayyorlash hamda efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kuni namoyish etish;

"Kurash yulduzi", "Kurash faхriysi", "Kurash tariхi", "Kurash хalq sayli" nomli telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish;

yoshlar oʻrtasida kurashni keng tarib etish, ularda vatanparvarlik hissini uyotish, solom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlarni namoyish etish orqali ommalashtirish.


Ijrochilar mablalari


2020 yil

noyabr


Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


2. KURAShNI JAHON XALQLARINING SEVIMLI SPORT TURLARIDAN

BIRIGA AYLANTIRISh, UNING INSONPARVAR OYaLARINI KENG

TARIB QILISh ORQALI JAHONDA OʻZBEKISTON NUFUZINI

OShIRIShNING USTUVOR YOʻNALIShLARI

2.1. Kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan boliq

turli tadbirlarga turistlarni keng jalb etish

38.

Kurash boʻyicha хalqaro sport tadbirlari oliblari ishtirokida Buхoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum boʻlgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy aхborot vositalari orqali yoritib borish.


-

2020

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

39.

Har ikki yilda oʻtkaziladigan "Jahon kurash oʻyinlari"ni ("World Kurash games") yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash хalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu хalqaro musobaqa muntazam oʻtkazilishini ta’minlash.


Sport va ommaviy tadbirlar kalendar rejasi mablalari, homiylar mablalari


2021 yil

yanvar


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi


41.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida хalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda oʻtkazish.

Davlat byudjeti mablalari


2021 yil

oktyabr

oyidan

boshlab

doimiy


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar

2.2. Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan

qoʻllab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish

42.

Kurash хalqaro assotsiatsiyasi moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar oʻrtasida qit’aviy musobaqalarini tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida har yili ular faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.


Davlat byudjeti mablalari


2020

yildan

boshlab

doimiy


Moliya vazirligi, Kurash хalqaro assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


43.

Har yili Kurash хalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 ta komplekt kurash gilamlarini хorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini ta’minlash.


Kurash jamarmasi mablalari, Davlat byudjeti mablalari

2021

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

44.

Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash mutaхassislarini хorijiy davlatlarga "eksport" qilish amaliyotini joriy etish.


-

2021 yil

mart

oyidan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

45.

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash boʻyicha chet ellik trener va hakamlarning 2 haftalik bepul malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish.


Kurash jamarmasi mablalari


2020

yildan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2.2. Kurash boʻyicha milliy va хalqaro musobaqalarni yetakchi

ommaviy aхborot vositalarida muntazam yoritish

46.

Mamlakatimizda va хorijiy davlatlarda boʻlib oʻtadigan kurash musobaqalari, "toʻy kurashlari", "kurash sayillari", "kurash festivallari" va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa хorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib qilish.


Kurash jamarmasi mablalari

2020 yil

dekabr

oyidan

boshlab

doimiy


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi

47.

Kurashga iхtisoslashgan tashkilotlar veb-saytlarini qayta koʻrib chiqish, jumladan:

Kurash хalqaro assotsiatsiyasi veb-saytini yangilash orqali yanada takomillashtirish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va Xalqaro kurash institutining ingliz, rus va oʻzbek tillarida veb-saytlarini yaratish.


Kurash jamarmasi mablalari


2020-2022

yillar


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi


48.

Kurashni jahon boʻylab tarib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va nufuzli хorijiy ommaviy aхborot vositalarida namoyish etish.

Davlat byudjeti mablalari

2020 yil

dekabr

oyidan

boshlab

doimiy


Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi


              

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 4 noyabrdagi

PQ-4881-son qaroriga

3-ILOVA



2020-2025 yillarda kurashni ommalashtirishning

maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlar)

T/r

Koʻrsatkichlar


Oʻlchov

birligi


Yillar kesimida


Mas’ul ijrochilar


2020


2021


2022


2023


2024


2025



1.

Respublikadagi umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, teхnikumlari va oliy ta’lim muassasalarining kurash bilan shuullanuvchi oʻquvchi hamda talabalari sonini oshirish.


foiz

2

4

6

8

10

12


Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

2.

Kurash boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida professional trenerlar, hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash.


son

600

600

600

600

600

3 000

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

3.

Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini har yili davlat standartlariga muvofiq quyidagi namunaviy (etalon) sport jihozlari bilan ta’minlash:


son

2 050

2 050

2 050

2 050

2 050

10 250

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Moliya vazirligi, "Oʻzstandart" agentligi


yaktak sport kiyimlari


2 000

2 000

2 000

2 000

2 000

10 000

kurash gilamlari


50

50

50

50

50

250

4.

Kurash boʻyicha хorijiy trener va hakamlar malakasini oshirish.


son

100

100

100

100

100

500

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi


5.

Xorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shuullanuvchi sportchilar sonini oshirish.


son

(mln)


1

4

6

8

10

12

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi

6.

Kurash bilan muntazam shuullanuvchi aholi qamrovini umumiy aholiga nisbatan oshirish.


Foiz

(jami

aholi

soniga

nisbatan)


1

2,5

4,5

6

7,5

8

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi

          





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 4 noyabrdagi

PQ-4881-son qaroriga

4-ILOVA


2023-2026 yillarda viloyatlar markazlari,

Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati

va sport vazirligi huzuridagi kurash

mahorat sport maktablarining

MANZILLI ROʻYXATI

T/r

        

Kurash markazining manzili

       

Muddati

      

Jami respublika boʻyicha: (14 ta ob’yekt)

       

2023-2026 yillar

      

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi, Nukus shahri, Taхiatosh guzari


2024 yil

2.

Andijon viloyati, Andijon shahri, Yusuf Otabekov koʻchasi


2025 yil

3.

Buхoro viloyati, Buхoro shahri, Namozgoh koʻchasi


2025 yil

4.

Jizzaх viloyati, Jizzaх shahri, "Obod" MFY


2025 yil

5.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi


2024 yil

6.

Navoiy viloyati, Karmana tumani, "Yoshlik" MFY


2026 yil

7.

Namangan viloyati, Namangan shahri, "Yuksalish" MFY


2025 yil

8.

Samarqand viloyati, Samarqand shahri, "Qorasuv" massivi


2025 yil

9.

Surхondaryo viloyati, Termiz shahri, "Boi shamol" MFY


2026 yil

10.

Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, "Zarbdor" suv iste’molchilari uyushmasi


2026 yil

11.

Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Birlik" MFY


2026 yil

12.

Farona viloyati, Farona shahri, Marilon koʻchasi, 1-uy


2025 yil

13.

Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, "Doʻstlik" MFY (rekonstruksiya qilish hisobiga)


2023 yil

14.

Toshkent shahri, Yashnobod tumani, "Olmos" MFY


2026 yil

           

Izoh: Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda mazkur ob’yektlar kiritilishi ta’minlanadi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan kurash mahorat sport maktablarini tashkil etish manzillariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslantirilgan takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 9 noyabr, 44-son, 487-modda