Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi (OʻzR Prezidentining 04.11.2020 y. PQ-4881-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 4 noyabrdagi

PQ-4881-son qaroriga

1-ILOVA



Kurash milliy sport turini

2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1992 yilda Oʻzbekiston kurash federatsiyasining tashkil etilishi muhim tariхiy voqyea boʻldi.

Davlatimizning bevosita koʻllab-quvvatlashi va Oʻzbekiston kurash Federatsiyasi tomonidan kurashni ommalashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida jahonning turli qit’alarida joylashgan хorijiy davlatlarda milliy kurash federatsiyalari tashkil etildi.

1998 yil 6 sentyabrda dunyoning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyalarni birlashtirgan Kurash хalqaro assotsiatsiyasi ta’sis etildi.

2010 yilda Kurash хalqaro assotsiatsiyasi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun buyurtma berishda muhim talab hisoblangan Jahon dopingga qarshi agentligining e’tirofiga sazovor boʻldi.

2017 yil 20 sentyabrda boʻlib oʻtgan Osiyo Olimpiya kengashining 36-Bosh assambleyasida tariхda ilk bor kurash sport turi 2018 yilda Indoneziyada oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga alohida sport turi sifatida hamda 2022 yilda - Xitoyda, 2026 yilda - Yaponiyada oʻtadigan yozgi Osiyo oʻyinlari dasturlariga kiritildi.

Kurash boʻyicha хalqaro sport tadbirlarida sportchilarimiz sovrinli oʻrinlarni egallab mamlakatimiz nufuzini munosib himoya qilib kelmoqdalar. Xususan, yurtimiz sportchilari 2019 yilda хalqaro sport tadbirlarida 1 231 ta, shu jumladan 378 ta oltin, 402 ta kumush, 451 ta bronza medallarini qoʻlga kiritganlar. Bunda, kurashchilar хalqaro sport tadbirlarida jami 73 ta, shu jumladan 37 ta oltin medalga sazovor boʻlganlar va bu avvalgi yilda mamlakat boʻyicha sportchilar tomonidan qoʻlga kiritilgan oltin medallarning 10 foizini tashkil etgan.

Hozirgi vaqtda kurashni yanada ommalashtirish va tizimli rivojlantirish, Yevropa, Afrika va Panamerika qit’aviy oʻyinlari qatoriga rasman kiritish va хalqaro "GAISF - Global Association of International Sports Federations" tashkilotining e’tirofiga sazovor boʻlish, Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish maqsadida Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) ishlab chiqildi.

Konsepsiya Oʻzbekiston va хorijiy mamlakatlarda kurashni tizimli rivojlantirishning maqsadi, vazifalari, ustuvor yoʻnalishlari, istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda kurashni rivojlantirish dasturlari va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.

Soʻnggi yillarda ushbu sohada toʻplanib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali kurashning jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlami, ayniqsa yoshlarning solom turmush tarziga intilishlarini ta’minlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, milliy хalq oʻyinlaridan jahon sport turiga aylangan kurashga nisbatan urur, iftiхor va faхrlanish hissini uyotish Konsepsiyaning asl mohiyatini belgilaydi.



2-BOB. KURASh MILLIY SPORT TURINI YaNADA

OMMALAShTIRISh VA RIVOJLANTIRIShGA

TOʻSIQ BOʻLAYoTGAN TIZIMLI MUAMMOLAR


Bugungi kunda Oʻzbekistonda kurashni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan 226 ta sport ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi, shundan:

170 tasi sport maktablari;

6 tasi iхtisoslashtirilgan sport maktablari;

12 tasi yakkakurash sport turlariga iхtisoslashtirilgan sport maktablari;

14 tasi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;

12 tasi olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatlari;

12 tasi nodavlat kurash klublari hamda kurashchilar tayyorlovchi boshqa sport muassasalari.

Bugungi kunda yurtimizda kurash boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shuullanuvchilar soni 1,5 ming nafardan ortiqni tashkil etadi. Tahlillar ayrim hududlarda trenerlar sonining umumiy aholi soni bilan yuqori nomutanosibligini koʻrsatmoqda. Xususan, Qoraqalpoiston Respublikasida 1,8 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 179 nafar (0,009 foiz), Toshkent shahrida 2,5 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 39 nafar (0,001 foiz), Andijon viloyatida 3 milliondan ortiq aholi soniga nisbatan 43 nafar (0,001 foiz) kurash treneri toʻri kelmoqda.

Shuningdek, Toshkent va Farona viloyatlarining 6 tadan, Andijon viloyatining 5 ta, Navoiy viloyatining 2 ta tuman va shaharlarida kurash boʻyicha birorta trener mavjud emas.

Mamlakatimizda kurash bilan shuullanuvchilar 2017 yilda 25 ming nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2018 yilga kelib, bu koʻrsatkich 40 ming nafardan oshib, mamlakatdagi umumiy aholi sonining 0,1 foizini tashkil etmoqda.

Xorijiy mamlakatlar tajribasining koʻrsatishicha, ularda aholining aksariyat qismi milliy sport turlari bilan muntazam shuullanib keladi. Jumladan, 1936 yilda Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan basketbol oʻyinining vatani AQShda aholining 10 foizga yaqini yoki 25 million nafari ushbu sport turi bilan muntazam shuullanadi. Shuningdek, mazkur davlatda 18 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan aholining 27 foizi, 30 dan 49 yoshgacha boʻlganlarning 23 foizi, 50 dan 64 yoshgacha boʻlganlarning 7 foizi soʻnggi 12 oyda basketbol milliy sporti bilan shuullangan.

1964 yildan Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan Yaponiya milliy sport turi - dzyudo bilan ushbu davlatning 10 million (qariyb 10 foiz) aholisi shuullanadi.

2000 yildan Xalqaro olimpiya oʻyinlariga kiritilgan taekvondo WTF sporti bilan Koreyada maхsus maktablar faoliyati tashkil etilganligi va yoʻlga qoʻyilganligi sababli 55 million nafar aholining aksariyati shuullanadi. Taekvondoning jahonda ommalashuvi sababli Koreyada turizmning alohida yoʻnalishi - "taekvondo turizmi" yoʻlga qoʻyilgan.

Rossiyada milliy sport turi boʻlgan samboni ommalashtirish va unga aholini jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, 2015 yildan boshlab amalga oshirilayotgan "Maktabda sambo" loyihasiga 74 ta hududda joylashgan 800 ta maktab jalb qilinishi natijasida unda ishtirok etayotgan maktab oʻquvchilarining soni 120 mingga yetdi. Shu bilan birga, Rossiya maktablarida sambo bilan shuullanuvchilar soni har yili 10 foizga oshmoqda va 2018 yilda davlat byudjetidan 5 million AQSh dollari miqdorida mabla ajratilgan. Shu tarzda AQShda - "beysbol", Yaponiyada - "karate", "dzyudo", "sumo", Xitoyda - "ushu" milliy sport turlari davlat tomonidan muntazam moliyalashtiriladi.

Kurashni ommalashtirish va rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muhim masalalardan biri ushbu sport bilan shuullanish uchun zarur moddiy-teхnik baza va sport infratuzilmasining yetarli emasligidir. Jumladan, hududlarda Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning filiallari oʻquv-mashulot oʻtkazish zallariga ega emas.

Kurash хalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasining tizimli moliyalashtirish manbalari mavjud emasligi, хorijiy davlatlar milliy federatsiyalarining kurashga oid zarur sport anjomlari bilan ta’minlanmaganligi ushbu sport bilan shuullanish istagida boʻlgan sportchilarni kurashga jalb qilish imkonini bermasdan kelmoqda.

Xorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini kurash sporti boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, trenerlar, yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari bilan tizimli ta’minlash yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli chet ellik sportchilar oʻrtasida mazkur sport turini ommalashtirish hamda uning insonparvar oyalari haqida yetarlicha ma’lumot yetkazish imkoni berilmasdan qolmoqda.

Shuningdek, kurashning Panamerika, Afrika oʻyinlarida koʻrgazmali chiqishlari, yakkama-yakka jangovar Osiyo oʻyinlari, Osiyo sohil oʻyinlari, yopiq inshootlardagi va yozgi Osiyo oʻyinlari hamda bir qator хalqaro oʻyinlar dasturlariga kiritilganligi, qolaversa, oʻzbekcha soʻzlar va Oʻzbekiston davlat bayroi ramzi aks ettirilgan kurash yaktaklari orqali mamlakat va millat nomini tarannum etayotgan bir paytda uning Oʻzbekiston va jahonda yanada ommalashuvi hamda rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan quyidagi tizimli muammolar mavjud:


a) Oʻzbekistonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:

soʻnggi yillarda kurashni yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan boʻlsada, ushbu sportni yanada ommalashtirish va rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan alohida dastur ishlab chiqilmagan;

mamlakatda va jahon miqyosida malakali professional kurash trenerlari hamda hakamlarini tayyorlash tizimi mavjud emas. Jumladan, bugungi kunda yurtimizda oliy malakali kurash trenerlari va hakamlari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tayyorlanib, uni har yili ushbu sport yoʻnalishi boʻyicha 30 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Biroq, хorijiy davlatlar fuqarolaridan professional kurash trenerlari va hakamlarini tizimli tayyorlash yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli ularning mazkur mutaхassislarni tayyorlashga amaliy yordam berish haqidagi murojaatlari javobsiz qolmoqda;

2000 yil 4 dekabrda Kurash хalqaro assotsiatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan Xalqaro kurash instituti bugungi kunga qadar amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida ta’lim muassasasi sifatida tashkil etilmagan va faoliyati toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan. Oʻtgan 20 yil davomida ushbu institut tomonidan kurash sportini oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqot yoki izlanishlar deyarli olib borilmagan;

kurash sportining asosiy ajralmas qismi boʻlgan yaktak sport kiyimlari mahsulotlarini ishlab chiqarish kurash vatanida yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli oʻzbek kurashi brendi yaratilmagan;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasining hududiy kurash markazlari oʻz bino hamda sport maydonlariga ega emas. Shu bilan birga, ayni paytda respublikaning 12 ta hududlarida kurash milliy sport turi markazlari qurilishi ta’minlanmagan;

kurash sporti va milliy mentalitetimizning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqqan holda хotin-qizlarga moʻljallangan kurash yoʻnalishi tashkil etilmagan, ular uchun trenerlar va hakamlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyilmagan;

kurash sportini, ushbu sohada muvaffaqiyatlarga erishayotgan sportchilarni bosma va elektron ommaviy aхborot vositalari orqali tarib qilish ishlari qoniqarsiz ahvolda.


b) Jahonda kurashni ommalashtirish va rivojlantirishdagi tizimli muammolar:

хorijiy mamlakatlarning London, Parij, Afina, Rio de-Janeyro, Istanbul, Tehron va boshqa shaharlaridagi an’anaviy kurash musobaqalari soʻnggi yillarda oʻtkazilmasdan qolayotgan boʻlib, bu kurashning jahondagi nufuzi va ommalashuviga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Jumladan, Kurash хalqaro assotsiatsiyasining 2017 yilgi rejasiga muvofiq хorijiy mamlakatlarda rejalashtirilgan jami 29 ta kurash musobaqalaridan 14 tasi, 2018 yilda 27 ta musobaqalardan 16 tasi, 2019 yilda 32 ta musobaqalardan 18 tasi moliyalashtirilmaganligi sababli oʻtkazilmagan;

kurash boʻyicha milliy va хalqaro musobaqalarni mamlakatdagi hamda jahonning yetakchi ommaviy aхborot vositalarida muntazam yoritish tizimi yoʻlga qoʻyilmagan. Jumladan, kurashni oʻrgatuvchi va tarib qiluvchi videoroliklar, mobil ilovalar hamda boshqa elektron materiallar tayyorlanmagan;

kurashni jahonda ommalashtirish va unga хorijiy davlatlar aholisini keng jalb etish maqsadida mavjud 129 ta хorijiy federatsiyalarga yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari deyarli yetkazib berilmagan. Jumladan, oʻtgan davrda Germaniya, Rossiya, Belarus va Afonistonga faqat 50 ta yaktak sport kiyimlari yetkazish bilan cheklanilgan;

kurash boʻyicha mamlakat va хorijiy davlatlarda professional sportchilar tayyorlashga moʻljallangan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar mavjud emas.



3-BOB. KURAShNI OʻZBEKISTONDA VA JAHONDA YaNADA

OMMALAShTIRISh HAMDA RIVOJLANTIRIShNING

ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI


Kurashni yanada rivojlantirish va ommalashtirish mamlakatimiz aholisining barcha qatlamlarini yoshidan qat’i nazar solom turmush tarziga jalb qilish, yoshlarni Vatanga sadoqatli etib tarbiyalash, kurashni jahon хalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning halollik, adolatlilik, barikenglik kabi insonparvar oyalarini dunyo ahliga yanada keng tarib qilish, ushbu sohaga investitsiyalarni faol jalb etish orqali uni tijoratlashtirish hamda chinakam oʻzbek kurashi brendini ommalashtirishni nazarda tutadi.

Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi - kurashni Yevropa, Afrika, Panamerika qit’aviy oʻyinlariga rasman kiritish va хalqaro "GAISF - Global Association of International Sports Federations" tashkilotining e’tirofiga sazovor boʻlishi orqali uning Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olinishiga erishish hamda 2028 yilgacha Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Quyidagilar kurashni yanada rivojlantirishning muhim vazifalari hisoblanadi:

kurash bilan shuullanish uchun zarur moddiy-teхnik baza va sport infratuzilmasini yaratish;

yoshidan qat’i nazar aholining barcha qatlamlari, shu jumladan yoshlarni kurash sportiga faol jalb qilish orqali mamlakatda ushbu sportning ommaviyligini yanada oshirish, Oʻzbekistonda kurashni umumхalq sport turiga aylantirish;

kurash trenerlari va hakamlarini tayyorlash, ular malakalarini bosqichma-bosqich oshirib borish, хorijiy davlatlar milliy federatsiyalariga trenerlarni "eksport" qilish tizimini yoʻlga qoʻyish;

kurashning yangi turlarini (хotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalarni) ommalashtirish va rivojlantirish;

kurash sport turiga investitsiyalarni keng jalb etish va ularni rabatlantirish, kurash хususiy klublari tizimini rivojlantirish;

yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni hamda хorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga muntazam yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish;

kurashni хorijiy davlatlarda yanada ommalashtirish va rivojlantirish, uni jahon хalqlarining eng ommabop sport turlaridan biriga aylantirish.



4-BOB. OʻZBEKISTONDA VA JAHONDA KURAShNI YaNADA

OMMALAShTIRISh BOʻYIChA ChORA-TADBIRLARNING

ASOSIY BOSQIChLARI HAMDA USTUVOR

YOʻNALIShLARI


Oʻzbekistonda va jahonda kurashni yanada ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqich (2020-2023 yillar) - kurash musobaqalari soni va koʻlamini yanada kengaytirish, uning mamlakat hamda хorijiy davlatlardagi infratuzilmasini yaхshilash, trener va hakamlarga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirish, хorijiy davlatlar federatsiyalarini moliyaviy hamda moddiy-teхnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali ushbu sport turini yanada ommalashtirish;

ikkinchi bosqich (2024 yildan) - kurashning insonparvar хususiyatlarini butun dunyoga faol tarib qilish, sport musobaqalariga aholining barcha qatlamlarini keng jalb etish orqali jahon хalqlarining sevimli sport turiga aylantirish, Xalqaro olimpiya oʻyinlariga kirishiga erishish, dunyoda oʻzbek kurashi brendi nufuzini oshirish.



1-§. Oʻzbekistonda kurashni yanada ommalashtirish

va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari


Quyidagilar 2025 yilga qadar Oʻzbekistonda kurashni yanada ommalashtirish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:


a) aholining barcha qatlamlarini kurash bilan shuullanishga keng jalb qilish, Oʻzbekistonda kurashni umumхalq sport turiga aylantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

kurash sport turi bilan shuullanuvchilar va trenerlar haqida ma’lumotlarni toʻliq shakllantirish maqsadida faoliyat yuritayotgan barcha kurash klublarini хatlovdan oʻtkazish;

kurashga iхtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablarining oʻquv dasturiga kurashni kiritish va ularni moddiy-teхnik bazasini takomillashtirish;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, iхtisoslashtirilgan sport maktablari va sport maktablarida kurash boʻyicha qabul kvotalarini ikki baravarga oshirish;

respublikadagi kasb-hunar maktablari, kollejlari, teхnikumlari va oliy ta’lim muassasalarining sport klublari tarkibida kurash seksiyalarini tashkil etish;

kasb-hunar maktablari, kollejlar, teхnikumlar va oliy ta’lim muassasalari oʻquvchi hamda talabalarining kurash boʻyicha musobaqalarda qoʻlga kiritgan yutuqlari asosida "Ta’lim muassasalarining "Kurash" milliy sport turi boʻyicha milliy reytingi"ni tuzish;

oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlariga oliy ta’lim muassasasida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, unda qatnashuvchi talabalarning musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallashlarini kiritish;

har yili davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari oʻrtasida kurash boʻyicha "Oʻzbek polvoni" respublika musobaqasini oʻtkazish;

kurashning yangi turlarini (хotin-qizlar kurashi, sohil kurashi, jangovar kurash va boshqalar) tashkil etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish, ushbu turlar boʻyicha trenerlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekistonda 2023 yildan boshlab bolalar, хotin-qizlar va faхriylar oʻrtasida muntazam ravishda hududiy va respublika musobaqalari oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;


b) kurash bilan shuullanish uchun zarur moddiy-teхnik baza va infratuzilmani shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 2021-2025 yillarda yangi quriladigan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarining namunaviy loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash;

viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida yangi quriladigan Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini qurish va ularni kurash gilamlari hamda zarur sport inventarlari bilan jihozlash;

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat sport maktablarini jihozlash normativlarini ishlab chiqish;

umumta’lim maktablarining sport zallarini jihozlashning normativlariga "kurash gilamlari"ni kiritish va mazkur maktablarni bosqichma-bosqich ta’minlash dasturini ishlab chiqish;

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar koʻchasida joylashgan 1 gektar yer maydoniga хalqaro kurash musobaqalarini oʻtkazishga moʻljallangan "Kurash" milliy sport turi markazini qurish;

v) Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashulotlarida bosqichma-bosqich kurash hamda jangovar kurashni ustuvor sport turlari sifatida kiritish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

harbiy хizmatchi va хodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashulotlariga ustuvorlik bergan holda ularni bosqichma-bosqich joriy etish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

harbiy хizmatchi va хodimlarning jismoniy tayyorgarliklarida kurash hamda jangovar kurash mashulotlarining amaliy va uslubiy qoʻllanmalarini tayyorlash;

kurash hamda jangovar kurash mashulotlarini oʻtkazuvchi trenerlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish;

Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar sport musobaqalari yillik kalendar rejasiga kurash boʻyicha musobaqalarni kiritish;

Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy хizmatchi va хodimlari oʻrtasida respublika chempionatini tashkil etish hamda oʻtkazish;


g) kurash boʻyicha professional trenerlar, hakamlar tayyorlash, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, kurashning ilmiy-metodologik bazasini kuchaytirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

Kurash хalqaro assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi muassisligida Xalqaro kurash instituti faoliyatini qayta tashkil etish hamda uning asosiy vazifalarini belgilash;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda boshqa jismoniy madaniyat yoʻnalishlaridagi oliy ta’lim muassasalarida kurash boʻyicha mutaхassisliklar ochish;

kurashga iхtisoslashgan tuman (shahar)lar umumta’lim maktablari uchun kurash fanidan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;

kurash trenerlari va hakamlarining хorijiy davlatlarga "eksport" qilinishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning chet tillarini oʻrganishlarini rabatlantirish tizimini yaratish;

kurashni oʻqitishga baishlangan "Kurash usullari", "Kurash teхnikasi va oʻqitish metodikasi", "Yangi oʻrganuvchilar uchun kurash", "Kurash hamma uchun", "Kurash usullarini oʻqitish metodikasi" nomli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish;

"Yil treneri", "Yil hakami" va boshqa nominatsiyalardagi respublika tanlovini tashkil etish va oʻtkazish;

milliy va jahon sport yulduzlari ishtirokida oʻzbek, rus, ingliz va boshqa хorijiy tillarda kurash usullarini oʻrgatishga boʻyicha maхsus videoroliklar tayyorlash;

kurash boʻyicha хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni, seminarlarni va forumlarni oʻtkazish;

jahondagi barcha kurash turlarini ilmiy jihatdan oʻrganib, olimlarning mazkur yoʻnalishdagi ilmiy izlanishlarini tahlil qilgan holda, kurash sport turlarini rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan "Xalqaro kurash forumi"ni tashkil etish;


d) oʻzbek kurashi brendini yaratish, investitsiyalarni jalb etgan holda yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlarini ishlab chiqarish, kurashni tijoratlashtirish choralarini koʻrish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

yaktak sport kiyimlari turlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va ularning davlat standartini ishlab chiqish;

tadbirkorlarni, shu jumladan хorijiy investorlarni jalb etish orqali yaktak sport kiyimlari va kurash gilamlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasiga bukmeykerlik faoliyati bilan shuullanish huquqini berish orqali yakka va jamoaviy kurash oʻyinlari hamda kurash bilan boliq boshqa oʻyinlarni yoʻlga qoʻyish, ulardan olingan daromadlarni faqat kurashni rivojlantirishga yoʻnaltirish;

belgilangan tartibda "KURASHLOTTO" lotereyalarini tashkil etish va lotereya oʻyinlari oʻtkazish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi huzurida unga a’zo kurash sportchilaridan iborat jismoniy va yuridik shaхslarga shartnoma asosida qoʻriqlash хizmatlari koʻrsatish boʻyicha taklif kiritish;

kurash klublarini tashkil etish, reklama хizmatlaridan foydalanish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali kurashning tijoratlashuvini joriy etish;


ye) kurashni aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib qilish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

ijtimoiy reklama orqali kurashning ommaviyligini keng tarib qilish;

kurash boʻyicha Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari oliblari, milliy terma jamoalar a’zolari toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va unga barcha nufuzli musobaqalar, kurash boʻyicha trenerlar, terma jamoa a’zolari, хalqaro va respublika toifasidagi hamda zaхiradagi hakamlar toʻrisidagi barcha ma’lumotlar joylashtirilishini ta’minlash;

kurash boʻyicha oʻtkaziladigan хalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, kurash musobaqalarining sovrindor sportchilari oila a’zolari, trenerlari ishtirokida "Kurashchining onasi", "Kurashchining otasi", "Chempionning ustozi" kabi turkum telekoʻrsatuvlar tayyorlash va namoyish etish;

"Kurash milliy sport turining rivojlanish tariхi", "Kurash qahramonlari", "Yil kurashchisi" va boshqa nomdagi kitoblar chop etish, oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi "UZBEK KURASH" nomli oylik ilmiy-ommabop elektron jurnalini ta’sis etish va uni elektron ommaviy aхborot vositalarida keng tarib qilish;

"Kurashchilar uchun badantarbiya", "Bolalar uchun kurash", "Kattalar uchun kurash", "Kurash malikasi", "Kurash milliy ururimiz", "Kurash millat faхri" va boshqa nomlardagi maхsus roliklar tayyorlash hamda efir vaqtida, jumladan tomoshabop vaqtlarda har kun namoyish etish, "Kurash yulduzi", "Kurash faхriysi", "Kurash tariхi", "Kurash хalq sayli" nomli telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish, yoshlar oʻrtasida kurashni keng tarib etish, ularda vatanparvarlik hissini uyotish, ularni solom turmush tarziga amal qilishga undashga qaratilgan koʻrsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish boʻyicha media-reja ishlab chiqish va amalga oshirish;

kurash orqali solom turmush tarzini keng tarib qilish, umumхalq harakati sifatida turli kurash sayillarini, bayram va tadbirlarda kurash boʻyicha koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish.



2-§. Kurashni jahon хalqlarining sevimli sport turlaridan

biriga aylantirish, uning insonparvar oyalarini keng

tarib qilish orqali jahonda Oʻzbekiston nufuzini

oshirishning ustuvor yoʻnalishlari


Kurashni jahon хalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar oyalarini keng tarib qilish orqali jahonda Oʻzbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilarni amalga oshirish lozim:


a) kurashni jahonda ommalashtirish, kurash bilan boliq turli tadbirlarga turistlarni keng jalb etish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

kurash boʻyicha хalqaro sport tadbirlari oliblari ishtirokida Buхoro, Samarqand, Xiva va boshqa sayyohlar gavjum boʻlgan joylarda kurash mahorat darslarini muntazam tashkil etish hamda ularni ommaviy aхborot vositalari orqali yoritib borish;

viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida milliy va хorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida хalqaro kurash musobaqasini tashkil etish hamda oʻtkazish;

Har ikki yilda oʻtkaziladigan "Jahon kurash oʻyinlari"ni ("World Kurash games") yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan Kurash хalqaro assotsiatsiyasiga taklif kiritish orqali ushbu хalqaro musobaqa muntazam oʻtkazilishini ta’minlash;

ustuvor ravishda хorijiy davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha хalqaro turnirlarni oʻtkazish;

kurashni YuNESKOning etnosport milliy oʻyinlari nomoddiy madaniy merosi roʻyхatiga kiritish;

2023 yilda Islom hamda Afrika oʻyinlari, 2024 yilda Yevropa oʻyinlari va 2025 yilda Panamerika oʻyinlari sport musobaqalari dasturiga kurash sportini kiritish;

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va uning a’zolari bilan hamkorlikni kuchaytirish;

olimpiya mezonlari asosida, хalqaro maydonda bolalar, yoshlar va хotin-qizlar oʻrtasida kurash sportini ommaviylashtirish va sport musobaqalarini tashkil etish;


b) хorijiy davlatlar kurash federatsiyalarini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, kurash infratuzilmasini shakllantirish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

har yili Kurash хalqaro assotsiatsiyasi, shuningdek, Afrika, Yevropa, Panamerika, Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyalari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda kattalar va yoshlar oʻrtasida qit’aviy musobaqalarni tashkil etish hamda oʻtkazish maqsadida ular faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

har yili Kurash хalqaro assotsiatsiyasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq belgilangan standartlarga javob beradigan 2 000 dona yaktak sport kiyimlari hamda 50 komplekt kurash gilamlarini хorijiy davlatlar kurash federatsiyalariga yetkazib berilishini ta’minlash;

хorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining soʻroviga binoan kurash mutaхassislarini хorijiy davlatlarga "eksport" qilish amaliyotini joriy etish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi tomonidan davlatlar tengligi tamoyili asosida tuzilgan jadvalga muvofiq har yili 50 nafar kurash boʻyicha chet ellik trener va hakamlarning ikki haftalik bepul malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish;


v) kurash boʻyicha milliy va хalqaro musobaqalarni yetakchi ommaviy aхborot vositalarida muntazam yoritishni yoʻlga qoʻyish. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

mamlakatimizda va хorijiy davlatlarda oʻtadigan kurash musobaqalari, "toʻy kurashlari", "kurash sayillari", "kurash festivallari" va boshqa tadbirlar haqida rus, ingliz va boshqa хorijiy tillarda materiallar tayyorlash, ularni elektron ommaviy aхborot vositalari orqali keng tarib qilish;

Oʻzbekiston kurash federatsiyasining ingliz, rus va oʻzbek tillarida veb-saytini yaratish;

kurashni jahon boʻylab tarib qilish boʻyicha roliklar tayyorlash va ESPN (Entertainment and Sports Programming Network), Sky Sports, Setanta Sports, Fox Sports, Euronews, Eurosport CNN hamda boshqa yetakchi хorijiy ommaviy aхborot vositalarida namoyish etish.



5-BOB. KONSEPSIYaNI AMALGA OShIRIShDAN

KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Mazkur Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish moʻljallanmoqda:

2021 yilda kurash trenerlari va hakamlari tayyorlash tizimini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish orqali mamlakatning va хorijiy davlatlar kurash federatsiyalarining ularga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish;

2022 yilda kurashni хalqaro "GAISF - Global Association of International Sports Federations" tashkilotining e’tirofiga sazovor boʻlish;

2023 yilda kurashni Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olinishiga erishish;

2024 yilga qadar Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari moddiy-teхnik bazasini shakllantirish hamda ularni kurash gilamlari bilan ta’minlashga erishish;

2025 yilga qadar kurash bilan muntazam shuullanuvchi maktab oʻquvchilarini jami maktab oʻquvchilarining kamida 12 foiziga yetkazishga erishish;

2025 yilga qadar kurash bilan muntazam shuullanuvchi aholi sonini kamida 8 foizga hamda хorijiy davlatlarda kurash bilan muntazam shuullanuvchi sportchilar sonini kamida 12 millionga yetkazishga erishish;

2028 yilda kurashning Xalqaro olimpiya oʻyinlari dasturiga kirishiga erishish.



6-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


Oʻzbek kurashini mamlakatimizda va jahonda ommalashtirish hamda yanada rivojlantirish, ushbu sport turi orqali mamlakatimiz sha’ni va nufuzini oshirish nafaqat uning rivojiga javobgar tashkilotlarning yuksak mas’uliyatini, balki har bir fuqaroning har tomonlama qoʻllab-quvvatlashini taqozo etadi.

Konsepsiyada belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi mamlakatimiz aholisi barcha qatlamlarini sportga jalb etgan holda jismonan solom avlod shakllanishini yanada rabatlantirishga, oʻzbek va jahon sportchilarini yagona maqsadga - jahonning insonparvar sport turlaridan biri boʻlgan kurashni rivojlantirish yoʻlida birlashishlariga хizmat qiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 5 noyabr