Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2020 y. 691-son "Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.11.2020 y.

N 691




KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI

DAVLAT STIPENDIYaSINI TA’SIS

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rabatlantirish uchun zarur mablalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratish choralarini koʻrsin.


3. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy aхborot vositalarida oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarning oʻz kasbiy va badiiy salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                 A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 6 noyabrdagi

691-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻrisidagi nizomning (3-ilova) 1-bandiga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi";


2. Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020 y., 1-son, 21-modda):


a) Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomning (1-ilova) 10-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi";


b) Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlarining (2-ilova) "Stipendiya nomi va qoʻshimcha toʻlovlar" ustuni 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulubek, Imom al-Buхoriy, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyalari".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 noyabr