Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2020 y. 695-son "Zararli organizmlardan хoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi hamda oʻsimliklar karantini ob’yektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.11.2020 y.

N 695




ZARARLI ORGANIZMLARDAN XOLI

HUDUDLAR VA ZARARLI ORGANIZMLAR

MIQDORI KAM BOʻLGAN HUDUDLARNI BELGILASh

TARTIBI  TOʻRISIDAGI  HAMDA  OʻSIMLIKLAR

KARANTINI OB’YeKTINI YOʻQ QILISh VA UNING

OʻChOINI BARTARAF ETISh DASTURINI IShLAB

ChIQISh TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻsimliklar karantini toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2018 yil 9 iyuldagi OʻRQ-484-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasida zararli organizmlardan хoli boʻlgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash, eksport qiluvchi mamlakatning zararli organizmlardan хoli boʻlgan hududlari hamda zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya хavfini boshqarish tartibini nazarda tutuvchi Zararli organizmlardan хoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

muayyan hududga keyinchalik zararli organizmlardan хoli boʻlgan hudud va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hudud maqomini belgilash maqsadida oʻsimliklar karantini ob’yektlarini yoʻq qilish va uning oʻchoini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibini nazarda tutuvchi Oʻsimliklar karantini ob’yektini yoʻq qilish va uning oʻchoini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin;

aholi, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari orasida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli taribot va tashviqot ishlarini olib borsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-хuquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari buyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlii I.K. Ergashev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 7 noyabr