Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.11.2020 y. 705-son "Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.11.2020 y.

N 705




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PILLAChILIK VA QORAKOʻLChILIKNI

RIVOJLANTIRISh QOʻMITASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PQ-4817-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 2 sentyabrdagi PF-6059-son Farmoni 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi huzuridagi Pillachilikni rivojlantirish jamarmasi mablalarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali ipak chiqindilari va хom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2021 yil 1 fevraldan boshlab amalga kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi bir oy muddatda:

mazkur qarordan kelib chiqib, markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari toʻrisidagi nizomlar tasdiqlanishini;

markaziy apparat va hududiy boshqarmalarning ushbu qoʻmitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni yuksak professional darajada bajara oladigan, zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini ta’minlasin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                                    A. Aripov

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 noyabr