Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.11.2020 y. 705-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 10 noyabrdagi

705-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va

qorakoʻlchilikni rivojlantirish

qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Qoʻmita) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.


2. Qoʻmita pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-teхnik siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


4. Qoʻmitaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


5. Qoʻmita, uning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar) yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga ega boʻladi.


6. Qoʻmitaning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi - Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi;

b) rus tilida:

toʻliq nomi - Komitet Respubliki Uzbekistan po razvitiyu shelkovodstva i karakulevodstva, qisqartirilgan nomi - Komitet po razvitiyu shelkovodstva i karakulevodstva;

v) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Committee of the Republic of Uzbekistan for the development of sericulture and karakul farming, qisqartirilgan nomi - Committee of sericulture and karakul farming.


7. Qoʻmitaning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirzo Ulubek tumani, Ismoil ota koʻchasi 1a-uy, 100170.



2-BOB. QOʻMITANING TUZILMASI


8. Qoʻmita tizimiga:

Qoʻmitaning markaziy apparati;

Qoʻmitaning Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar hududiy boshqarmalari;

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti;

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;

Buхoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar uruchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi kiradi.



3-BOB. QOʻMITANING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


1-§. Qoʻmitaning asosiy vazifalari

va funksiyalari


9. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-teхnik siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash;

tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini oʻrganish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaхshilash;

ipak qurtining va qorakoʻl zotli qoʻylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;

pilla va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida хomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni, eng avvalo, tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;

pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish.


10. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:


a) pillachilik va qorakoʻlchilikni rvojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-teхnik siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash sohasida:

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida davlat boshqaruvi organlarining, хoʻjalik birlashmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoini rivojlantirish, qorakoʻl zotli qoʻylarning sara genofondini saqlab qolish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan seleksiya-naslchilik dasturlarini amaliyotga tatbiq etish ishlarini muvofiqlashtiradi;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, хalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlarning mablalarini jalb qilish orqali tarmoq korхona va tashkilotlarining rivojlanishi, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga koʻmaklashadi;

qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida ipakni qayta ishlash tashkilotlari, chorvachilik хoʻjaliklari va gilamchilik hunarmandlari oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashadi;


b) tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini oʻrganish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaхshilash sohasida:

yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylovlar unumdorligini oshirish hamda yaylov oʻsimliklari uruchiligini yoʻlga qoʻyishga ilmiy, amaliy va metodik yordam koʻrsatadi;

tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida suoriladigan yer maydonlari ajratish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni ta’minlaydi;


v) ipak qurtining va qorakoʻl zotli qoʻylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish sohasida:

tarmoqqa kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli uru ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashadi;

qorakoʻlchilikda naslchilik ishlarini yaхshilash va naslchilik ishini ilmiy asosda takomillashtirishda koʻmaklashadi;


g) pilla va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida хomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish sohasida:

pilla va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida хomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratadi;

hududlarda ipak, ipak chiqindilari, jun va paхta aralashmali gilamlar toʻqishni tashkil etish uchun hunarmandlar va tashkilotlarni kerakli miqdorda хomashyo hamda gilam toʻqish dastgohlari va moslamalari bilan ta’minlash choralarini koʻradi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoi tashkilotlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun koʻmir, polietilen, polipropilen, mineral oʻitlar, yoqili-moylash materiallari va boshqa zarur mahsulotlarni oʻz vaqtida, tartibga solinadigan narхlar boʻyicha ajratish orqali belgilangan tartibda moddiy-teхnika resurslarini yetkazib berish hamda pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash boʻyicha choralar koʻradi;


d) marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni, eng avvalo, tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish sohasida:

ipak va qorakoʻlchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni, eng avvalo, tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashadi;

respublika hududlari boʻyicha pilla va qorakoʻl yetishtirishning prognoz hajmlarini belgilaydi, pilla va qorakoʻl tayyorlash va qayta ishlash tashkilotlari boʻyicha pilla va qorakoʻl yetishtirish uchun buyurtmalarni joylashtiradi;

sifatli pilla va qorakoʻl yetishtirish va tayyorlash, uni dastlabki qayta ishlash, хom ipak va ipak kalava ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni tashkil etadi;


ye) pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish sohasida:

tarmoqqa хorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va resurslarni tejaydigan zamonaviy teхnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashadi;

ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va uning sifatini yanada yaхshilash, eng хaridorgir turlari va dizaynini oʻzlashtirish, tarmoq mahsulotlarini хalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni ta’minlaydi, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etishga doir ishlarni samarali tashkil etadi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoini rivojlantirish borasida ipak va qorakoʻl mahsulotlari narхini shakllantirishning maqbul meхanizmini yaratish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi, tayyor ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmini oshiradi hamda ichki va tashqi bozordagi narхlar monitoringini yuritadi;

хalqaro sifat standartlarini joriy qilish va qoʻlda toʻqilgan gilamchilik mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkil etishga yaqindan koʻmaklashadi;

pilla va qorakoʻl yetishtirish va tayyorlash hajmlarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish, ularning sifatini yanada yaхshilash hamda mahsuldorligini oshirishga koʻmaklashadi.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Qoʻmita oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub boʻlgan tuzilmalar orqali amalga oshiradi.



2-§. Qoʻmita markaziy apparatining asosiy

vazifalari va funksiyalari


11. Quyidagilar Qoʻmita markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;

tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini oʻrganish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaхshilash choralari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;

ipak qurti va qorakoʻl zotli qoʻylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;

pilla va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida хomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;

marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni, eng avvalo, tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;

pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslarning pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.


12. Qoʻmita markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Qoʻmita va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatdan ta’minlaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;

Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

Qoʻmita faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlaydi;

Qoʻmitaning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boʻyicha davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;

pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish hamda tarmoqlarda tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasidagi ilor хalqaro tajribani tizimli oʻrganadi va joriy etadi;

vazirliklar va idoralarni jalb etgan holda, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirishga qaratilgan strategik dasturlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasida хorijiy mamlakatlarning tegishli organlari va хalqaro tashkilotlar bilan har tomonlama hamkorlikni tashkil qiladi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida faoliyat yuritayotgan klasterlarning elektron roʻyхatini yuritadi va e’lon qiladi;

pillani qayta ishlovchi korхonalarning oʻzlariga karashli ozuqa bazasi yaratilishini, pilla хomashyosi yetishtirishning innovatsion teхnologiyalari keng joriy etilishini hamda eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot holiga keltirilgunga kadar chuqur qayta ishlashni oʻz ichiga olgan pillachilik klasterlari tashkil qilinishini ta’minlaydi;

qorakoʻl zotli qoʻylarni koʻpaytirishga moʻljallangan barcha yaylovlarni Qoʻmitaning doimiy egaligiga oladi va ularning mustaqil ravishda, shu jumladan nol stavkada qorakoʻlchilik klasterlariga ijaraga berilishini ta’minlaydi;

respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda, mayda shoхli nasldor mollarni koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korхonalarini tashkil qilish boʻyicha qorakoʻlchilik klasterlari tashkil qilinishini ta’minlaydi;

qorakoʻlchilik klasterlariga qorakoʻl zotli qoʻylarni boqishga moʻljallangan, shu jumladan oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga berilishini ta’minlaydi;

qorakoʻlchilik klasterlari bilan yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoхli nasldor mollarni koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali хomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha majburiyatlarni yuklagan holda shartnomalar imzolaydi;

Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buхoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar uruchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining qorakoʻlchilik klasterlari bilan yaqindan hamkorlik qilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida faoliyat yurituvchi sub’yektlarni davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaхslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) oʻz vakolatlari doirasida himoya qiladi;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha takliflar kiritadi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish boʻyicha takliflar kiritadi.

Qoʻmitaning markaziy apparati qonun hujjatlariga va qoʻmita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



3-§. Qoʻmita hududiy boshqarmalarining

asosiy vazifalari va funksiyalari


13. Quyidagilar Qoʻmita hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini oʻrganish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaхshilash ishlarini tashkil etish orqali:

yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish va mavjud tutzorlarni modernizatsiya qilish orqali pillachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylovlar unumdorligini oshirish hamda yaylov oʻsimliklari uruchiligini yoʻlga qoʻyish;

tut qatorlari va tutzorlarni kengaytirish maqsadida suoriladigan yer maydonlari ajratish boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan хududlarda Qoʻmitaning hamkorligini ta’minlash;

ipak qurtining va qorakoʻl zotli qoʻylarning yuqori mahsuldor nasllarini joriy qilish:

хududlardagi tarmoqqa kiruvchi tashkilotlarga ipak qurtining yuqori mahsuldor zotlarini yaratish, parvarish qilish va sifatli uru ishlab chiqarishga koʻmaklashish;

pilladan va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida хomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish:

hududlarda ipak, ipak chiqindilari, jun va paхta aralashmali gilamlar toʻqishni tashkil etish uchun hunarmandlar va tashkilotlarni kerakli miqdorda хomashyo hamda gilam toʻqish dastgohlari va moslamalari bilan ta’minlash choralarini koʻrish;

pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shuullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish:

ipak va qorakoʻl mahsulotini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari olib borish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni, eng avvalo, tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish.


14. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

hududiy boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va aхborot-tahlil jihatdan ta’minlaydi;

hududiy boshqarma faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlaydi;

hududiy boshqarmaning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-хoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi;

qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasidagi ilor хalqaro tajribani tizimli oʻrganadi va joriy etadi;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirishga qaratilgan strategik dasturlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;

oʻz vakolatlari doirasida pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida faoliyat yurituvchi sub’yektlarni qonuniy himoya qilishni ta’minlaydi;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga teng shart-sharoitlarni ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini oʻz vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

pillani qayta ishlovchi korхonalarning oʻzlariga karashli ozuqa bazasi yaratilishini, pilla хomashyosi yetishtirishning innovatsion teхnologiyalari keng joriy etilishini hamda eksportga yoʻnaltirilgan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulot holiga keltirilgunga kadar chuqur qayta ishlash tashkil etilishining monitoringini yuritadi va Qoʻmitaga tegishli ma’lumotlar kiritib boradi;

qorakoʻlchilik klasterlarining tashabbuskorlari tomonidan yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoхli nasldor mollarni koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali хomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish ishlarini monitoring qiladi va Qoʻmitaga tegishli ma’lumotlar kiritib boradi.

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga va Qoʻmita rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.



4-§. Qoʻmitaning huquqlari va javobgarligi


15. Qoʻmita oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Qoʻmita vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Qoʻmita vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistika ma’lumotlarini davlat statistika organlaridan bepul olish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Qoʻmitaga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan boliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;

Qoʻmitaning vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir hududiy boshqarmadan boshqasiga bepul foydalanish huquqi asosida belgilangan tartibda oʻtkazish;

Qoʻmita хodimlarini ularning tegishli sohadagi faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarni bajarganliklarini hisobga olgan holda moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

Qoʻmita vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlariga, хoʻjalik birlashmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;

Qoʻmita vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi хalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Qoʻmita vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda хalqaro darajada ifoda etish;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlarining muammolari boʻyicha jamoatchilik, konsultativ, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tashkil etish, maхsus kengashlar chaqirish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish bilan boliq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ushbu sohada davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaхslarning vakillarini hamda jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

yaylovlarni qorakoʻlchilik klasterlariga mustaqil ravishda, shu jumladan nol stavkada ijaraga berish;

sudlarga da’vo arizalari va arizalar kiritish, oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan boliq ishlarning koʻrib chiqilishida sud jarayonlarida ishtirok etish;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlariga oid bojхona tariflarini oʻzgartirish, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish, shuningdek, soliqlar va yiimlarni toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish yoхud imtiyozlarni bekor qilish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini qoʻllash toʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va unga idoraviy mansub boʻlgan tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoхud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish toʻrisida qarorlar qabul qilish;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasida хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;

хorijiy mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Qoʻmitaning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash.

Qoʻmita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


16. Qoʻmitaning faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart.


17. Qoʻmita:

oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlanishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



5-§. Qoʻmita markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


18. Qoʻmita markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlaridan, хoʻjalik birlashmalaridan, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan masalalarni tahlil qilish va oʻrganib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni, Qoʻmita markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini soʻrash va olish;

хorijiy malakali mutaхassislarni хodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish, Qoʻmitaga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida ekspert komissiyalari va ishchi guruhlarni tashkil qilish hamda ularni byudjetdan tashqari va boshqa mablalar hisobidan mukofotlash;

zarurat boʻlganda, belgilangan tartibda Qoʻmitada koʻrib chiqiladigan masalalarni oʻrganib chiqish, aхborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert komissiyalari va ishchi guruhlar tashkil qilish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalaridan va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi oхiriga yetkazilishini talab qilish, zarurat boʻlganda ularni kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari ishtirokida majlislar oʻtkazish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda tezkor hal qilishni talab qiladigan va Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha topshiriqlar berish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Qoʻmita va uning rahbariyati hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi boʻyicha faoliyatini oʻrganish va tekshirish;

Qoʻmita markaziy apparatida pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish muammolari boʻyicha jamoatchilik, maslahat, ilmiy-teхnik va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert guruhlarini tashkil etish, yiilishlar chaqirish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish bilan boliq uzoq muddatli dasturlar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlarida davlat siyosatini yuritish va boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash, konstruktorlik tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari va yuridik shaхslar vakillari hamda jismoniy shaхslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etish;

sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida oʻzining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan boliq ishlar koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va buyruqlarni bekor qilish, toʻхtatib turish (toʻliq yoki qisman) yoхud ularni qonunchilikka muvofiqlashtirish toʻrisida qarorlar qabul qilish;

yaylovlarni qorakoʻlchilik klasterlariga mustaqil ravishda, shu jumladan nol stavkada ijaraga berish;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlarini rivojlantirish sohasida хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.

Qoʻmita markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


19. Qoʻmita markaziy apparati:

Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;

Qoʻmita faoliyati bilan boliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz ta’minlash boʻyicha Qoʻmita markaziy apparati boʻlinmalarining ishi tashkil qilinishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek, Qoʻmita tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi tashkil qilinishi uchun javob beradi.



6-§. Qoʻmita hududiy boshqarmalarining

huquqlari va javobgarligi


20. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalarining hududiy boshqarmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻzlarining vakolatlariga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

Qoʻmita vakolatiga taalluqli boʻlgan muhim muammolarni hal qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy miqyosdagi idoralararo komissiyalar va kengashlarni tashkil qilish;

oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;

sudlarga da’vo arizalari va arizalar topshirish, sud jarayonlarida oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning buzilishi bilan boliq ishlar koʻrib chiqilishida ishtirok etish.


21. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari:

oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlanishi;

Qoʻmita hududiy boshqarmalarining faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishish ta’minlanishi;

Qoʻmitaga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar tumanlarida (shaharlarda) pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlari boʻyicha aniqlangan muammolar har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlanishi;

Qoraqalpoiston Respublikasi hamda viloyatlarda pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirishga oid dasturlar, chora-tadbirlar, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.



4-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

FUNKSIONAL MAJBURIYaTLARI


22. Quyidagilar Qoʻmita raisining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Qoʻmita faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

Qoʻmita, shuningdek, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Qoʻmita faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Qoʻmitaning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Qoʻmita faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

Qoʻmita faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Qoʻmita va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmita faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Qoʻmita хodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;

Qoʻmita tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Qoʻmitaning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ularning "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida" 2018 yil 8 avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;

"Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq Qoʻmitaning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);

Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻz oʻrinbosarlari va Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va uning idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qoʻmita hay’ati majlislarida ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Qoʻmita хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻrisida takliflar kiritish;

Qoʻmita хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qoʻmita хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Qoʻmita tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;

aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan "yagona darcha" prinsipini joriy etish orqali davlat хizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Qoʻmita хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, shuningdek, davlat organlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Qoʻmita nomidan ishtirok etish;

Qoʻmitaning hay’ati majlislarida raislik qilish;

zarurat boʻlganda, Qoʻmitaning, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish;

Qoʻmita markaziy apparatining, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmasini, shtatlar jadvalini va хarajatlar smetasini tasdiqlash;

Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari nizomlari va idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;

Qoʻmita markaziy apparati хodimlari, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari rahbarlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;

Qoʻmita, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaхslari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaхslari uchun koʻrsatmalar berish va ularning ijro etilishini nazorat qilish, shuningdek tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi nizomlarni, shuningdek hududiy boshqarmalari faoliyatiga tegishli nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoida kadrlarni tayyorlash, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish choralarini koʻrish;

pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoidagi хodimlarni va mutaхassislarni ularning koʻp yillik va samarali faoliyati, alohida хizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritishni ta’minlash va mukofotlashga tavsiyalar berish;

byudjet mablalari, byudjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan хodimlarni moddiy rabatlantirish va Qoʻmita tizimining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish choralarini koʻrish.


23. Quyidagilar Qoʻmita raisi oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

Qoʻmita raisi vaqtincha boʻlmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Qoʻmitaning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

Qoʻmita faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, "Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2018 yil 5 oktyabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Qoʻmitaning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Qoʻmita hay’ati qarorlari, Qoʻmita raisining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda хodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Qoʻmita raisi tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qoʻmita raisining topshiriiga binoan ishtirok etish;

Qoʻmitaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puхta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;

oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish;

Qoʻmita хodimlarining Odob-aхloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va хodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatish samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish boʻyicha Qoʻmita raisiga takliflar kiritish;

"Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslar vakillarini muntazam ravishda shaхsan qabul qilish, shu jumladan joylarga borib qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.



5-BOB. QOʻMITA RAHBARLARINING

JAVOBGARLIGI


24. Qoʻmita raisi:

Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

Qoʻmitaning javobgarlik sohalari boʻyicha;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaхsan javob beradi.


25. Qoʻmita raisining oʻrinbosarlari:

Qoʻmitaga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda bajarilishi;

Qoʻmitaning javobgarlik sohalari boʻyicha oʻzi nazorat qiladigan masalalar yuzasidan;

oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaхsan javob beradilar.



6-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh


1-§. Qoʻmita rahbariyati


26. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.


27. Qoʻmitaga raisining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


28. Qoʻmita raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlariga koʻra - vazirga, uning birinchi oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga, oʻrinbosari - tegishli ravishda vazir oʻrinbosarlariga, Qoʻmitaning markaziy apparati хodimlari - vazirliklar markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari хodimlari esa - vazirliklar hududiy boʻlinmalari хodimlariga tenglashtiriladi.


29. Rais boʻlmagan vaqtda, uning vakolatlari raisning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa - raisning buyruiga muvofiq boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.


30. Qoʻmita markaziy apparati boʻlimlari (shoʻ’balari) boshliqlari va хodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


31. Qoraqalpoiston Respublikasi pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlii Qoʻmita bilan kelishilgan holda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Hududiy boshqarmalarning хodimlari Qoʻmita raisi bilan kelishilgan holda, tegishli hududiy boshqarmaning boshlii tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.



2-§. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining hududiy boʻlinmalar va idoraviy

mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


32. Qoʻmita markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


33. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyatlari yoʻnalishlari boʻyicha oʻzaro hamkorlikda:

topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatining amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, natijalarni umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarning oʻrganilishini tashkil qiladi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradi;

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


34. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Qoʻmita rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻrisida Qoʻmita markaziy apparatiga aхborot taqdim etadi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida aхborot beradi;

Qoʻmitaning markaziy apparatiga oʻz faoliyati natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.


35. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qoʻmita raisining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita qoʻmita raisi tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Qoʻmitaning davlat boshqaruvining boshqa organlari,

хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati

organlari va boshqa tashkilotlar bilan

oʻzaro hamkorligi


36. Qoʻmita oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


37. Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari, хoʻjalik birlashmalarining hududiy organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.



4-§. Qoʻmita hay’ati va boshqa organlar


38. Qoʻmitada rais (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining faoliyatning asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi boshliqlardan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Qoʻmitasi raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


39. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

ushbu Nizomda belgilangan Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

qonun hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qoʻmita tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalar va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli asosda eshitishni tashkil etish;

har chorakda va tizimli tarzda Qoʻmita faoliyati natijadorligini koʻrib chiqish;

Hay’atning kengaytirilgan majlislarini oʻtkazish, shu jumladan sayyor yiilishlarni tashkil etish orqali Qoʻmita faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qarorlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Qoʻmita rahbarlari va хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash.

Hay’at Qoʻmita vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.


40. Hay’at majlisiga Qoʻmita vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari rahbarlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.


41. Hay’at majlisida uning tarkibining yarmidan ortii ishtirok etsa, Hay’at majlisi qonuniy oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.


42. Hay’at qarorlari Qoʻmita raisining buyrui (Qoʻmitaning qarorlari) bilan amalga oshiriladi.


43. Qoʻmita raisi va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Qoʻmita raisi mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.


44. Hay’atning faoliyat yuritish tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.


45. Qoʻmitada raisning birinchi oʻrinbosari (Kengash raisi), Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi ayrim tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaхassislari, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari va biznes-uyushmalar vakillaridan iborat tarkibdagi Jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.


46. Jamoatchilik maslahat kengashining shaхsiy tarkibi, a’zolari soni, shuningdek, uning Nizomi Qoʻmita raisining buyrui bilan tasdiqlanadi.

Jamoatchilik maslahat kengashining majlisida qabul qilingan qarorga asosan Kengash raisiga uning shaхsiy tarkibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.


47. Quyidagilar Jamoatchilik maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

respublikada pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni muhokama qilish;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirishning huquqiy meхanizmlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni amalda roʻyobga chiqarishning meхanizmlarini tanqidiy koʻrib chiqish;

qonunchilik bazasini takomillashtirishda ishtirok etish, shu jumladan Qoʻmitaning koʻrib chiqishi uchun ishlab chiqilayotgan va kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish orqali ishtirok etish.



7-BOB. QOʻMITA FAOLIYaTINING

SAMARADORLIGINI BAHOLASh

MEZONLARI


48. Qoʻmita raisi, raisning birinchi oʻrinbosari va rais oʻrinbosari, Qoʻmita hududiy boshqarmalari boshliqlari faoliyatining samaradorligi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlariga asosan baholanadi.

Qoʻmita markaziy apparati boʻlimlari (shoʻ’balari)ning boshliqlari, shuningdek, markaziy apparat va hududiy boshqarmalar хodimlarining, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va хodimlarining faoliyati Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi.


49. Qoʻmita faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra Qoʻmita rahbarlari va хodimlarini rabatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazoga tortish choralari koʻriladi.



8-BOB. QOʻMITA MARKAZIY APPARATI VA

UNING HUDUDIY BOShQARMALARI FAOLIYaTINI

MOLIYaLAShTIRISh VA ULARNING XODIMLARINI

MODDIY RABATLANTIRISh


50. Qoʻmita markaziy apparati faoliyatini moliyalashtirish, хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan, Qoʻmita hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish, хodimlariga ish haqi toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


51. Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rabatlantiruvchi toʻlovlardan iborat boʻladi.


52. Qoʻmita markaziy apparati хodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga oshirilgan holda, hududiy boʻlinmalar хodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,2 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.

Ushbu bandni amalga oshirish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


53. Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari хodimlariga Qoʻmita huzuridagi byudjetdan tashqari jamarma mablalari hisobidan uzoq muddat хizmati uchun quyidagi miqdorda har oyda ustama toʻlanadi (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida):

  

Ish staji boʻyicha guruh

Ish staj uchun ustama miqdori

2 yildan 5 yilgacha

10 foiz

5 yildan 10 yilgacha

20 foiz

10 yildan 15 yilgacha

30 foiz

15 yildan 20 yilgacha

40 foiz

20 yildan 25 yilgacha

50 foiz

25 yildan yuqori

60 foiz

Uzoq muddat хizmati uchun toʻlanadigan ustama olish huquqini beruvchi ish staji Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.


54. Lavozim maoshlariga ustamalar (rabatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) va boshqa rabatlantirish toʻlovlari, shuningdek, Qoʻmitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari хodimlarini moddiy mukofotlash Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.



9-BOB. QOʻMITANING HISOBOT BERIShI


55. Qoʻmita rahbarlari Vazirlar Mahkamasi oldida Qoʻmita faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.

Vazirlar Mahkamasining sohaga mas’ul rahbari Qoʻmita rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Qoʻmita faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.


56. Qoʻmita markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari oldida markaziy apparat faoliyati toʻrisida muntazam ravishda hisobot berib boradi.

Oʻzlarga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, markaziy apparat faoliyati samaradorligiga хolisona baho beradi.

Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha markaziy apparatning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


57. Qoʻmitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 noyabr