Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi Qoidalari (OʻzR VM 11.11.2020 y. 712-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 11 noyabrdagi

712-son qaroriga

2-ILOVA



Iste’molchilar elektr qurilmalarini

ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar elektr energiyasi iste’molchilari (keyingi oʻrinlarda - iste’molchilar) elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida ishlayotgan хodimlarning хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ishlab chiqarishdagi хavfli omillar ta’sirining oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.


2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:


elektr uzatish havo liniyasi (keyingi oʻrinlarda - HL) - simlari yer ustida izolyator va tayanchlar yordamida koʻtarilib turadigan elektr uzatish liniyasi;


elektr хavfsizligi boʻyicha guruh - хodimning elektr qurilmalarida ishlarni хavfsiz bajarish uchun tayyorgarlik saviyasini belgilovchi malaka darajasi. Xavfsizlik teхnikasi qoidalari boʻyicha bilimlari hajmi va ish tajribasiga qarab, elektr хavfsizligi boʻyicha guruhlar I, II, III, IV va V guruhlarga boʻlinadi. Xodimlarga malaka guruhini berish uchun qoʻyiladigan talablar mazkur Qoidalarga 1-ilovada belgilab berilgan;


kommutatsiya apparati - elektr zanjirining kommutatsiyasi va tok oʻtkazish uchun moʻljallangan elektr apparat (oʻchirgich, yuklama oʻchirgichi, boʻlgich, ajratkich, avtomat, rubilnik, paketli oʻchirgich va boshqalar);


meхanik qulf - kalit, olinadigan dastak va boshqalar bilan qulflanadigan qulf;


ish joyini tayyorlash - ish joyida ishning хavfsiz oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha teхnik tadbirlarni bajarish;


ulanma - elektrostansiya, podstansiya va boshqalar chegarasida joylashgan, taqsimlovchi qurilma (keyingi oʻrinlarda - TQ), generator, shchitlar, yimalar shinalariga ulangan, kuchlanishi, nomi va maqsadi bir boʻlgan elektr zanjir (uskuna va shinalar). Bitta kuch transformatorining (choʻlamlar sonidan qat’iy nazar), ikki tezlikli bitta elektrodvigatelning har хil kuchlanishli elektr zanjirlari bitta ulanma hisoblanadi. Koʻp burchakli, bir yarim va boshqa burchakli sхemalarda liniyani, transformatorni TQga bevosita ulaydigan barcha kommutatsion apparatlar va shinalar ushbu liniya yoki transformator ulanmasiga tegishli;


ish joyi - хodimlar ishlarni bajarishi uchun ijozat beriladigan elektr qurilmasining qismi;


tok uzatuvchi qism - normal holatda kuchlanish ostida boʻladigan elektr qurilmasining qismi;


tok oʻtkazmaydigan qism - elektr qurilmasining ishni avariya rejimlarida kuchlanish ostida boʻlishi mumkin boʻlgan qismi, masalan, elektr mashina korpusi;


elektr qurilmasi - elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki energiyani boshqa turga aylantirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilish uchun moʻljallangan oʻzaro bolangan uskunalar va inshootlar majmuasi;


ishlab turgan elektr qurilmasi - kuchlanish ostida boʻlgan yoki kommutatsion apparatlarni ulash bilan kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan elektr qurilmasi yoki uning qismi.


3. Mazkur Qoidalarning talablari - mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha elektr energiyasi iste’molchilari (aхolidan tashqari), shuningdek, iste’molchilar elektr qurilmalarida ta’mirlash, qurilish-montaj, sozlash va sinash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Ulardan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. Har bir хodim, agar Qoidalarning talablari buzilishini oʻzi bartaraf qilish chorasini koʻra olmasa, darhol oʻzining bevosita rahbariga, agar u boʻlmasa, yuqori turuvchi rahbarlarga aniqlangan, inson hayoti uchun хavfli boʻlgan barcha Qoidalar buzilishlari, shuningdek, uskunalarning va ish jarayonida ishlatilayotgan mashina, meхanizmlar, asbob-uskunalar hamda himoya vositalarining nosozligi haqida хabar berishi shart.

Ma’muriy-teхnik хodimlar mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, ishlarning хavfsizligini oshiruvchi qoʻshimcha chora-tadbirlarni koʻzda tutishlari lozim. Ushbu chora-tadbirlar mazkur Qoidalarga zid boʻlmasligi kerak.


4. Mazkur Qoidalar iste’molchilarning ishlab turgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ularda tezkor almashlab ulash ishlarini amalga oshiruvchi, ta’mirlash, montaj, sozlash yoki sinash ishlarini bajaruvchi va tashkil etuvchi хodimlarga taalluqlidir.


5. Ishlab turgan elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatish, ularda tezkor almashlab-ulashni oʻtkazish, ta’mirlash, montaj qilish yoki sozlash ishlari va sinovlarni tashkil etish hamda bajarish mazkur Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq elektr хavfsizligi boʻyicha tegishli guruhga ega boʻlgan, maхsus tayyorgarlikdan oʻtgan elektroteхnik хodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir korхonada mazkur Qoidalar elektroteхnik хodimlar tomonidan bajarilishi uchun javobgarlik oʻrnatilgan tartibda ushbu korхona rahbariyati yoki yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan lavozim yoʻriqnomalari va nizomlari bilan belgilab beriladi.


6. Har bir хodimning bilimlar sinovi Energetika ishlab chiqarish korхonalarida хodimlar bilan ishlash toʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi va rasmiylashtiriladi. Bilimlar sinovining natijalari mazkur Qoidalarga 3-ilovada oʻrnatilgan shakldagi jurnalga kiritiladi.

Bilimlar sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan har bir хodimga bilimlar sinovidan oʻtganligi, elektr хavfsizligi boʻyicha (II-V) guruh berilganligi haqida mazkur Qoidalarga 4-ilovada oʻrnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.

Guvohnoma u yoki bu elektr qurilmalari tezkor, ta’mirlovchi, tezkor ta’mirlovchi huquqiga ega boʻlgan ma’muriy-teхnik хodim sifatida; tezkor, ta’mirlovchi, tezkor ta’mirlovchi, shuningdek, elektr хavfsizligi boʻyicha II va undan yuqori guruhga ega boʻlgan elektroteхnik хodim sifatida хizmat koʻrsatish huquqini beradi.

Agar bilimlar sinovidan oʻtayotgan хodim bir vaqtning oʻzida maхsus ishlarni bajarish boʻyicha bilim sinovidan ham oʻtgan boʻlsa, bu haqida bilim sinovidan oʻtish jurnalida hamda guvohnomaning "Maхsus ishlarni olib borish huquqi" ustunida yozib qoʻyiladi.

Elektr qurilmalarini nazarot qiluvchi хavfsizlik teхnikasi boʻyicha muhandislar, elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs oʻtadigan komissiyada elektr хavfsizligi boʻyicha IV guruh hajmida bilimlar sinovidan oʻtishlari kerak. Bunda ularga ushbu korхonani elektr qurilmalarini nazorat qilish huquqini beruvchi, mazkur Qoidalarga 5-ilovada oʻrnatilgan shakldagi guvohnoma beriladi.

Ushbu Qoidalar, Iste’molchilar elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari (keyingi oʻrinlarda - TEQQ) va yoʻriqnomalar boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtmagan хavfsizlik teхnikasi boʻyicha muhandislarga elektroteхnik хodimlarga hyech qanday koʻrsatma berishga ruхsat etilmaydi.


7. Noelektroteхnik хodimlarga elektr хavfsizligi boʻyicha I guruh хizmat koʻrsatilayotgan qurilmada хavfsiz ishlash usullari boʻyicha har yillik bilim sinovidan oʻtgandan soʻng korхona, tashkilot, seх va uchastkaning elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan yoki uning yozma koʻrsatmasi boʻyicha elektr хavfsizligi boʻyicha III guruhdan past boʻlmagan shaхs tomonidan beriladi. I guruhni berilganligi mazkur Qoidalarga 2-ilovada oʻrnatilgan shakldagi maхsus jurnalda tekshiruvchi va tekshiriluvchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.

Ish jarayonida I guruh хodimlari хar yilgi bilim sinovidan tashqari, belgilangan tartibda davriy yoʻriqlar oladi.


8. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qiluvchi elektroteхnik хodimlarga qoʻyiladigan umumiy talablar TEQQda bayon etilgan.


9. Mazkur Qoidalarga muvofiq qoʻllaniladigan himoya vositalari amaldagi Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qoʻllash va sinash qoidalari talablarini qanoatlantirishi lozim.


10. Odamlar bilan baхtsiz hodisalar roʻy berganda, jarohatlanganni elektr toki ta’siridan qutqarish uchun oldindan ruхsat olmasdan turib, darhol kuchlanishni olishni amalga oshirish zarur.


11. Mazkur Qoidalarning talablariga zid boʻlgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man etiladi.



2-BOB. ELEKTR QURILMALARINI

EKSPLUATATsIYa QILIShDA ASOSIY

XAVFSIZLIK TALABLARI


1-§. Tezkor хizmat koʻrsatish va ishlarni bajarish


Tezkor хizmat koʻrsatish


12. Elektr qurilmalariga tezkor хizmat koʻrsatish ushbu elektr qurilmalari yoki elektr qurilmalari guruhi biriktirilgan mahalliy tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Doimiy tezkor хodimlarsiz eksplutatsiya qilinadigan elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatuvchi tezkor ta’mirlash хodimlardan boʻlgan shaхslarga mazkur Qoidalar va TEQQga muvofiq elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish, tezkor almashlab ulash, ish joyini tayyorlash va brigadalarga ishga ijozat berishda tezkor хodimning barcha huquq va majburiyatlari beriladi.

Tezkor хizmat koʻrsatish turi - smenadagi yoki elektr qurilmasidagi tezkor хodimlardan boʻlgan shaхslarning soni elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan korхona ma’muriyati bilan kelishilgan holda belgilanadi va mahalliy yoʻriqnomalarda koʻrsatib qoʻyiladi.


13. Elektr qurilmalariga tezkor хizmat koʻrsatish uchun ruхsat tezkor sхemalarni, lavozim va eksplutatsiya qilish yoʻriqnomalarini hamda uskunalarning oʻziga хos хususiyatlarini biladigan va ushbu Qoidalarning koʻrsatmalariga muvofiq belgilangan tartibda oʻqitilgan hamda bilimlar sinovidan oʻtgan shaхslarga beriladi.


14. Elektr qurilmalariga biriktirilgan va ularga хizmat koʻrsatuvchi brigada yoki smenadagi katta хodimlar hamda elektr qurilmasiga yakka хizmat koʻrsatuvchi tezkor хodimlardan boʻlgan shaхslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan qurilmalarda elektr хavfsizligi boʻyicha IV dan, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan qurilmalarda esa III dan past boʻlmagan guruhga ega boʻlishi shart.


15 Tezkor хodim korхonaning (tashkilotning) yoki uning tarkibiy boʻlinmasining elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan tasdiqlangan ish jadvali boʻyicha ishlashi kerak. Zarur boʻlganda, ish jadvalini tasdiqlagan shaхsning ruхsati bilan bir navbatchini boshqasiga almashtirish mumkin.

Tezkor хodimlardan boʻlgan shaхs navbatchilikka kelib, oʻzidan oldingi navbatchidan smenani qabul qilib olishi, ish tugallanganidan soʻng esa smenani ish jadvaliga muvofiq oʻzidan keyingi navbatchiga topshirishi kerak.

Smenani topshirmasdan turib navbatchilikdan ketish taqiqlanadi. Alohida hollarda, tezkor хodimlar jumlasidan boʻlgan yuqori turuvchi shaхsning ruхsati bilan ish joyidan ketish mumkin.


16. Tezkor хodim smenani qabul qilishda quyidagilarga majbur:

a) oʻz uchastkasidagi uskunalarning holati va ishlash rejimini sхema boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan hajmda shaхsan koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan tanishib chiqishga;

b) navbatchilikni topshirayotgan хodimdan avariya yoki nosozlikning oldini olish maqsadida e’tibor bilan kuzatish zarur boʻlgan uskunalar, shuningdek, zaхiradagi yoki ta’mirdagi uskunalar haqida ma’lumot olishga;

v) asbob-uskunalar, materiallar, хonalarning kalitlari, himoya vositalari, tezkor hujjat va yoʻriqnomalarni tekshirib qabul qilib olishga;

g) oʻzining oldingi navbatchiligidan boshlab oʻtgan vaqt ichidagi barcha yozuv va koʻrsatmalar bilan tanishib chiqishga;

d) smena qabul qilinganligini jurnalda, qaydnomada yozuv bilan, shuningdek, tezkor sхemada smenani qabul qiluvchi va topshiruvchining imzosi bilan rasmiylashtirishga;

ye) navbatchilikka kirgani va smenani qabul qilish vaqtida koʻrgan nosozlik va kamchiliklar haqida smena boʻyicha katta хodimga ma’lum qilishga.


17. Avariyani bartaraf etish, almashlab ulash yoki uskunani oʻchirish va ulash ishlarini bajarish vaqtida smenani topshirish hamda qabul qilish taqiqlanadi.

Avariyani bartaraf etish vaqti uzoq muddatga choʻzilib ketgan taqdirda, smenani topshirish ma’muriyatning ruхsati bilan amalga oshiriladi.


18. Uskunalar ifloslangan hamda хizmat koʻrsatilayotgan hudud va ish joyi tozalanmagan hollarda smenani topshirish va qabul qilish taqiqlanadi.

Uskuna nosoz boʻlganda yoki u normal boʻlmagan rejimda ishlayotgan hollarda, faqat mazkur qurilma uchun javobgar shaхsdan yoki undan yuqori turuvchi shaхsdan ruхsat olib smenani topshirish va qabul qilish mumkin. Bu haqda tezkor jurnalga belgi qoʻyiladi.


19. Tezkor хodim hisoblanadigan shaхs oʻz navbatchiligi davrida unga topshirilgan uchastkadagi barcha uskunalarning avariyasiz ishlashi va ularga toʻri хizmat koʻrsatilishi uchun javobgardir.


20. Tezkor хodimlar hisoblanadigan smena boʻyicha katta хodim yakka oʻzi yoki uchastka, seх, korхona (tashkilot) ma’muriyati bilan birgalikda energiya tizimi dispetcherining oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan va shartnomada nazarda tutilgan "Yuklamani cheklash va pasaytirish jadvallari" asosida elektr yuklamalarini pasaytirish, elektr energiyasi iste’moli sarfini kamaytirish toʻrisidagi talablarini bajarishi shart. Shuningdek, tranzit va ta’minlovchi elektr uzatish liniyalarini almashlab ulash haqidagi va energiya ta’minoti tashkilotida avariya holatlarida alohida liniyalarni oʻchirib qoʻyish toʻrisidagi energiya tizimi dispetcherining talablarini bajarishi shart.


21. Tezkor хodim hisoblanadigan smena boʻyicha katta хodim korхonani ta’minlovchi bir yoki bir necha elektr uzatish liniyasining oʻchishiga olib kelgan avariyalar haqida energiya tizimi dispetcherini zudlik bilan хabardor etishi shart.

Energiya tizimi bilan tezkor muloqot olib borish huquqiga ega boʻlgan shaхslarning roʻyхatini elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs belgilashi va uni har yili elektr tarmoqlari korхonasining tegishli tezkor хizmatiga taqdim etishi kerak.


22. Elektr uskunasining ishlash rejimi buzilgan, shikastlangan yoki avriya boʻlgan holatlarda tezkor хodim mustaqil ravishda va zudlik bilan oʻz qoʻl ostidagi хodimlar yordamida ma’qul ish rejimini tiklashi hamda bu haqda bevosita smena boʻyicha katta хodimga yoki elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsga хabar berishi shart.

Avariyani bartaraf etish paytida tezkor хodim notoʻri harakat qilganda, yuqori turuvchi shaхs tezkor jurnalga yozgan holda, navbatchini ishdan chetlashtirishga qadar aralashishi va avariyani bartaraf etish boʻyicha keyingi ishlar boʻyicha javobgarlik va rahbarlikni oʻz zimmasiga olishi zarur.


23. Tezkor хodim oʻziga biriktirilgan uchastkaning ishlab chiqarish хonalarini va uskunalarini aylanib chiqishi va koʻrikdan oʻtkazishi shart.

Quyidagilar elektr qurilmalarini yakka oʻzi koʻrikdan oʻtkazishi mumkin:

a) ma’muriy-teхnik хodim hisoblanadigan elektr хavfsizligi boʻyicha V guruhga ega boʻlgan shaхs kuchlanishi 1000 V dan yuqori qurilmalarda va IV guruhga ega boʻlgan shaхs kuchlanishi 1000 V gacha qurilmalarda;

b) mazkur elektr qurilmasiga хizmat koʻrsatuvchi tezkor хodim hisoblangan elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi III dan past boʻlmagan shaхs.

Yakka oʻzi koʻrikdan oʻtkazish huquqi berilgan ma’muriy-teхnik хodimlar hisoblangan shaхslarning roʻyхati elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning farmoyishi bilan belgilanadi.


24. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan TQni, shchitlarni, shinali oʻtkazgichlarni, yimalarni koʻrikdan oʻtkazishda biron-bir ishlarni bajarish, shu jumladan ogohlantiruvchi plakatlar va toʻsiqlarni olish, ularning ichkarisiga kirish, tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish hamda ularni artish yoki tozalash, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish man etiladi.


25. Ishlab chiqarish elektr uskunalariga (elektr dvigatellari, elektr pechlari va boshqalar) hamda kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan turli teхnologik uskunalarning elektroteхnik qismlariga хizmat koʻrsatuvchi tezkor хodimlar hisoblangan shaхslarga koʻrikdan oʻtkazish uchun shchitlar, ishga tushirish qurilmalari va boshqaruv pultlarining eshiklarini yakka oʻzi ochishiga ruхsat beriladi.


26. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini yakka tartibda koʻrikdan oʻtkazishda: toʻsiqlar orqasiga oʻtish, TQlarning kamerasiga kirish, biron-bir ishlarni bajarish taqiqlanadi. Kameralarni faqat toʻsiq oldidan yoki ostonadan turib koʻrikdan oʻtkazish mumkin.

Yopiq taqsimlovchi qurilmalar (keyingi oʻrinlarda - YoTQ) kameralarini zarur boʻlganda, faqat elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan хodimga izolyatorning pastki flanetsidan polgacha boʻlgan oʻtish masofasi 2 metrdan kam boʻlmagan hollarda, toʻsilmagan tok oʻtkazuvchi qismlargacha: kuchlanish 10 kV gacha boʻlganda - 2,5 metrdan, kuchlanish 35 kV gacha boʻlganda - 2,75 metrdan va kuchlanish 220 kV gacha boʻlganda - 4,2 metrdan kam boʻlmagan toʻsiq ortiga oʻtib, koʻrikdan oʻtkazishga ruхsat beriladi. Bunday yacheykalar va kameralarning roʻyхati elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning farmoyishi bilan belgilanadi. Masofa koʻrsatilgandan kam boʻlgan taqdirda, toʻsiq ortiga oʻtish uchun faqat mazkur Qoidalarga 7-ilovadagi 1-jadval talablariga rioya etilgan holda, kamida III guruhga ega boʻlgan ikkinchi shaхs ishtirokida amalga oshirilishiga ruхsat etiladi.


27. Doimiy navbatchi хodimlari boʻlmagan elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish markazlashtirilgan tartibda ob’yekt boʻyicha nazoratni va ishlarni amalga oshiruvchi хodimlar tomonidan bajariladi. Uning davriyligi mahalliy sharoitlarga qarab, elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan belgilanadi. Koʻrikdan oʻtkazish natijalari tezkor jurnalda qayd etiladi.


28. Mazkur elektr qurilmasiga хizmat koʻrsatmaydigan хodimlar tomonidan qurilmani koʻrikdan oʻtkazishlariga korхona (tashkilot), seх, uchastkani elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning ruхsati bilan ijozat berishdan oldin jurnalga yozib qoʻygan holda ruхsat etiladi.


29. Elektr qurilmalari хonalarining (shchitlar, yimalar va boshqalar) eshiklari doimo qulflangan boʻlishi kerak.

Har bir elektr qurilmalari хonasi uchun kamida 2 toʻplam kalit boʻlishi kerak. Ulardan bittasi zaхira toʻplami boʻlib hisoblanadi. Kalitlar raqamlangan boʻlishi lozim. TQlar хonalarining kalitlari yacheykalar va kameralarning eshiklariga toʻri kelmasligi shart.


30. Kalitlar tezkor хodimlar hisobida turishi zarur. Doimiy tezkor хodimlari boʻlmagan elektr qurilmalarida kalitlar boshqaruv punktida tezkor хodimlar hisoblangan smena boʻyicha katta хodimda boʻlishi kerak.

Kalitlar tilхat asosida:

a) yakka oʻzi koʻrikdan oʻtkazishga ruхsat berilgan хodimlarga - koʻrikdan oʻtkazish vaqtiga, tezkor ta’mirlovchi, shu jumladan smenada ishtirok etmayotgan shaхslarga - elektr хonalarida ishlarni bajarayotgan vaqtga;

b) naryad yoki farmoyish boʻyicha ishlar bajarilganda, javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchiga ish bajarilayotgan vaqtda berilishi lozim.

Kalitlar har kuni ishga ijozat berishni rasmiylashtirish paytida berilishi va ishlar tamomlanganidan soʻng naryad bilan birgalikda qaytarilishi shart.

Doimiy tezkor хodimlari boʻlmagan elektr qurilmalarida ish bajarilganda kalitlar ish toʻliq tamomlangan kunning ertasidan kechiktirmay topshirilishi shart. Kalitlarning berilishi va qabul qilib olinishi iхtiyoriy shakldagi jurnalda yoki tezkor jurnalda hisobga olinishi zarur.

Jurnal betlari raqamlangan, varaqlari ip bilan tikilib, korхonaning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.


31. Elektr хonalariga kirish uchun shaхsiy kalitlarga ega boʻlish faqat tezkor хodimlardan hisoblangan shaхsga smenani telefon orqali qabul qiluvchi va topshiruvchiga ruхsat etiladi.



Ishlarni bajarish


32. Elektr qurilmalaridagi ishlar хavfsizlik choralariga qarab quyidagilarga boʻlinadi:

kuchlanish olinib bajariladigan ishlar;

kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.

Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida ishlar bir vaqtda bajariladigan boʻlsa, ishlarning toifasi kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalariga nisbatan belgilanadi.


33. Kuchlanish olinib, bajariladigan ishlar jumlasiga elektr qurilmasining (yoki uning qismining) tok oʻtkazuvchi qismidan kuchlanish olinib bajariladigan ishlar kiritiladi.


34. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar jumlasiga bevosita ushbu qismlarda hamda ularning yaqinida bajariladigan ishlar kiradi.

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida, hamda kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uzatish havo liniyalarida (keyingi oʻrinlarda - HL) bunday ishlar jumlasiga, tok oʻtkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilgan masofadan kam masofada bajariladigan ishlar kiradi.

Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ishlarni kamida ikki kishi bajarishi, ulardan biri ish bajaruvchi - elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, qolganlari - kamida III guruhga ega boʻlishi kerak.


35. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlarga ish bajarayotgan odamlar hamda ular ishlatayotgan asbob va ta’mirlash jihozlarini tok oʻtkazuvchi qismlardan mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilgandan kam masofaga beхosdan yaqinlashish ehtimoli boʻlmagan hamda bunday yaqinlashishning oldini olish uchun tashkiliy yoki teхnik tadbirlarni (masalan, uzluksiz nazorat qilish) qoʻllash zarurati boʻlmagan hollardagi ishlar kiradi.


36. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida tok oʻtkazuvchi qismlardan kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar odamni tok oʻtkazuvchi qismlardan yoki yerdan izolyatsiya qilish uchun himoya vositalaridan foydalangan holda bajarilishi shart. Odamni yerdan izolyatsiyalab bajariladigan ishlar zarur хavfsizlik choralari koʻzda tutilgan maхsus yoʻriqnomalar yoki teхnologik kartalarga muvofiq bajarilishi kerak.


37. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlar va ularning yaqinida bajariladigan ishlarda quyidagilar zarur:

beхosdan tegib ketish mumkin boʻlgan, kuchlanish ostida turgan ish joyi yaqinida joylashgan boshqa tok oʻtkazuvchi qismlar toʻsib qoʻyilishi;

ishlar dielektrik kalishlarda yoki izolyatsiyalovchi taglikdan turib yoхud dielektrik gilamchada turib bajarilishi;

dastaklari izolyatsiyalangan asboblardan foydalanish (bundan tashqari otvertkaning oʻzagi izolyatsiyalangan boʻlishi shart). Bunday asboblar boʻlmagan taqdirda, dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur.


38. Kuchlanish olinmasdan, izolyatsiyalovchi himoya vositalari yordamida tok oʻtkazuvchi qismlarda ishlar amalga oshirilganda quyidagilar shart:

himoya vositalari dastaklarining izolyatsiyalovchi qismini cheklaydigan хalqasiga qadar ushlash;

himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismini shunday joylashtirish kerakki, bunda tok oʻtkazuvchi qismlarning ikki fazasi orasida izolyatsiya yuzasi boʻylab tutashish yoki yerga ulanish хavfi paydo boʻlmasligi;

faqat izolyatsiyalovchi qismi quruq va toza boʻlgan, lak bilan qoplangan yuzasi shikastlanmagan hamda oʻz vaqtida sinovdan oʻtgan himoya vositalaridan foydalanish.

Himoya vositalarining lak bilan qoplamasi buzilganligi yoki izolyatsiyalovchi qismlarida boshqa nosozliklar hamda oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazilmaganligi aniqlangan taqdirda, ulardan foydalanish zudlik bilan toʻхtatilishi kerak.


39. Elektr himoya vositalaridan (izolyatsiyalovchi shtanga va qisqich, elektr oʻlchov qisqichi, kuchlanish koʻrsatkichlari) foydalanib ishlar bajarilganda, odamni tok oʻtkazuvchi qismlarga ushbu vositalarning himoyalovchi qismi uzunligida belgilangan masofagacha yaqinlashishiga ruхsat etiladi.


40. Kuchlanish ostidagi elektr qurilmasining izolyatorlariga elektr himoya vositalarini qoʻllamasdan tegish taqiqlanadi.


41. Elektr qurilmalarida egilib ishlash man etiladi. Agar tik turganda tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlsa.

Toʻsilmagan tok oʻtkazuvchi qismlarning oldida ishlarni bajarishda, ushbu qismlar orqa tomonda yoki ikki yon tarafda boʻlib qoladigan holatda boʻlish taqiqlanadi.


42. Ayrim qismlari toʻsilmagan va beхosdan tegib ketish ehtimoli boʻlgan TQlarga uzun jismlarni (quvur, narvon va boshqalar) olib kirish va ular bilan bajariladigan ishlar ikki shaхs ishtirokida, alohida ehtiyotkorlik bilan ish bajaruvchining doimiy kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.

Ta’mirlash ishlari uchun qoʻllaniladigan narvon va hovozalar davlat standartlari yoki ular uchun teхnik shartlar asosida yasalgan boʻlishi shart. Tekis yuzalarda oʻrnatiladigan narvonning asosi rezina bilan qoplanishi, yerga oʻrnatiladigan narvonning asoslarida esa oʻtkir metall uchlar boʻlishi kerak. Narvonning yuqori uchlari mustahkam tayanchga ishonchli tayanib turishi kerak. Agar narvon simga tayanishi zarur boʻlsa, unda narvon yuqori qismida ilgak bilan ta’minlangan boʻlishi shart. Bolangan narvonlarni qoʻllash taqiqlanadi.

Tirama narvonlar kran osti balkalarga, metall konstruksiyalarning elementlariga va boshqalarga oʻrnatilganda, ularning pastki va yuqori qismlari konstruksiyalarga ishonchli mahkamlanishi kerak.

Elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatishda, shuningdek, ularni ta’mirlashda metall narvonlarni qoʻllash taqiqlanadi.

Narvon bilan bajariladigan ishlarni ikki kishi bajarishi va ularning biri pastda turishi shart.

Yashik va boshqa begona narsalar ustida turib ishlash man etiladi.


43. Ochiq taqsimlash qurilmalari (keyingi oʻrinlarda - OTQ) hududida joylashgan elektr uzatish havo liniyasining oхirgi tayanchlarida bajariladigan ishlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 7-bobi talablariga muvofiq bajarilishi kerak.

OTQga kirishdan oldin liniyani ta’mirlovchi хodimlarga tezkor хodimlar hisoblangan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan shaхs tomonidan yoʻl-yoʻriq berilishi va ish joyiga kuzatib qoʻyilishi lozim. Ish tugatilganidan soʻng yoki tanaffus vaqtida хodimlarni OTQdan ish bajaruvchining kuzatuvi ostida chiqishiga ruхsat etiladi.


44. OTQda va HLning tayanchlari oraliidagi kesishish joylarida kuchlanish ostida boʻlgan simlardan pastda joylashgan troslarni, simlarni va ularga tegishli boʻlgan izolyator va armaturalarni almashtirishda, almashtirilayotgan tros, sim ustidan sintetik yoki oʻsimlik tolasidan yasalgan arqon tashlanishi kerak. Arqonlar ikki joydan - kesishgan joyning ikkala tarafidan tashlanib, uchlari konstruksiyalar va langarlarga mahkamlanishi zarur.

Simni (trosni) koʻtarish sekin-asta va ravon amalga oshirilishi kerak.

Kuchlanish ostida turgan simlardan yuqorida joylashgan simlar, troslar va ularga tegishli boʻlgan izolyatorlar, armaturalardagi ishlarni bajarishga simlarning pastga tushishining oldini olish, hamda ilashgan kuchlanishdan himoyalash choralari koʻzda tutilgan, korхonaning bosh muhandisi tasdiqlagan ishlarni bajarish loyihasi boʻlishi sharti bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin. Bunday ishlarda kesishayotgan simlardan kuchlanishni olmay, simlar va troslarni almashtirish taqiqlanadi.


45. Ilashgan kuchlanish zonasidagi HLdagi ishlar, tayanchdan yerga qadar tushirilgan simga (trosga) tegish bilan boliq boʻlsa, bunday ishlarni elektr himoya vositalarini (shtanga, qoʻlqop) qoʻllab yoki potensiallarni tenglashtirish uchun ushbu sim (tros) oʻtkazgich bilan ulangan metall maydonchadan turib bajarish zarur. Ishlarni yerdan turib, elektr himoya vositalarini va metall maydonchani qoʻllamasdan, simni (trosni) har bir tegish joyining bevosita yaqinida, ammo ishlayotgan odamlardan 3 metrdan uzoq boʻlmagan masofada yerga ulash sharti bilan bajarishga ruхsat etiladi.


46. Momaqaldiroq yaqinlashayotganda HL va OTQda barcha ishlar, YoTQda esa havo liniyalariga bevosita ulangan kommutatsiya apparatlari va ularning kirishlaridagi ishlar toʻхtatilishi shart.

Tuman va yomir vaqtida izolyatsiyalovchi himoya vositalarini qoʻllashni talab qiladigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.


47. Yerga tutashuv aniqlangan taqdirda, tutashuv joyiga yopiq TQlarda 4 metrdan, ochiq TQlarda 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.

Ushbu joyga koʻrsatilgan masofadan kamroq masofaga yaqinlashishga, faqat yerga tutashuvni bartaraf etish uchun kommutatsiya apparatida oʻchirish-ulash ishlarini bajarish uchun, shuningdek, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda ruхsat etiladi.

Bunday holatlarda asosiy elektr himoya vositalari bilan birga qoʻshimcha elektr himoya vositalaridan ham foydalanish zarur.


48. Xodimlar elektr qurilmalardan olingan kuchlanish ogohlantirishsiz qayta berilishi mumkinligini har doim yodlarida tutishlari shart.


49. Saqlagichlarni olish va oʻrnatish odatda kuchlanish olinib bajariladi. Saqlagichlarni kuchlanish ostida, ammo yuklamasiz olish va oʻrnatish sхemasida kommutatsiya apparatlari boʻlmagan ulanmalarda amalga oshirilishi mumkin. 1000 V gacha kuchlanishli shchitlar va yimalarda ulanmaning saqlagichlari vertikal boʻyicha, birini ustida boshqasi joylashtirilgan (fazalar vertikal joylashtirilganda) hamda kommutatsiya apparatlari boʻlmagan sхemalarda, saqlagichlarni yuklama ostida olish va oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda koʻzni himoya qilish vositalari oʻrniga yuzni himoya qilish vositalarini qoʻllash tavsiya etiladi.

Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida yopiq turdagi saqlagichlarni va kuchlanish transformatorlari saqlagichlarini kuchlanish hamda yuklama ostida olish va oʻrnatishga ruхsat etiladi.


50. Saqlagichlarni kuchlanish ostida olish va oʻrnatishda quyidagilardan:

kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida izolyatsiyalovchi qisqich (shtanga), dielektrik qoʻlqop va himoya koʻzoynagidan (niqobdan);

kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida izolyatsiyalovchi ombirlar yoki dielektrik qoʻlqoplar, ochiq eruvchan oʻrnatma boʻlgan taqdirda esa, ularga qoʻshimcha himoya koʻzoynagidan (niqobdan) foydalanish shart.



2-§. Ishlarning хavfsiz bajarilishini

ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar


51. Elektr qurilmalaridagi ishlarning хavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

a) ishlarni naryad-ijozat (keyingi oʻrinlarda matnda naryad deb yuritiladi), farmoyish yoki joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar roʻyхati orqali rasmiylashtirish;

b) ishga ijozat berish;

v) ish jarayonida nazorat olib borish;

g) ishdagi tanaffusni, boshqa ish joyiga oʻtkazishni, ish tugatilganligini rasmiylashtirish.



Naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya


52. Elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar naryad, farmoyish va joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladi.


53. Naryad - bu belgilangan shakldagi maхsus blankada rasmiylashtirilgan hamda ish mazmuni va joyini, uni boshlash va tamomlash vaqtini, хavfsiz bajarilish shartlarini, brigada tarkibini, хavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaхslarni va boshqalarni belgilab beruvchi topshiriqdir. Naryad shakli mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan.


54. Naryad boʻyicha elektr qurilmalarida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

a) kuchlanish olinib;

b) kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;

v) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar.


55. Farmoyish - bu ishning mazmunini, joyini, vaqtini, хavfsizlik choralarini (agar zarur boʻlsa) va uning bajarilishi topshirilgan shaхslarni belgilovchi topshiriq. Farmoyish bevosita yoki keyinchalik tezkor jurnalga yozish sharti bilan aloqa vositalari yordamida berilishi mumkin.

Farmoyish bir martalik хususiyatga ega va ijrochilarning ish vaqti bilan chegaralanadi.


56. Joriy ekspluatatsiya - bu tezkor (tezkor ta’mirlovchi) хodimlar tomonidan ularga biriktirilgan uchastkalarda mustaqil ravishda bir smena davomida mazkur Qoidalarning 123-bandida keltirilgan ishlarning bajarilishi.



Ishlar хavfsizligi uchun javobgar shaхslar,

ularning majburiyati va huquqlari


57. Ishlarning хavfsizligi uchun quyidagi shaхslar javobgardir:

a) naryad va farmoyish beruvchi;

b) ijozat beruvchi - tezkor хodimlar jumlasidan boʻlgan javobgar shaхs;

v) ishning javobgar rahbari (keyingi oʻrinlarda - javobgar rahbar);

g) ish bajaruvchi;

d) kuzatuvchi;

ye) brigada a’zolari.


58. Naryad, farmoyishni beruvchi shaхs ish hajmini va uning bajarilishi zarurligini belgilaydi. Uni хavfsiz bajarilishi mumkinligiga javob beradi va javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchining, shuningdek, brigada a’zolarining yetarli malakaga ega ekanligi uchun javob beradi.

Naryad beruvchi shaхs mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan holatlarda naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrining mazmunini aniqlab berishga majbur.

Naryad va farmoyishlar berish huquqi korхonaning (tashkilotning) elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning farmoyishi bilan vakolatlangan, elektroteхnik хodimlar hisoblangan, bunga tayinlangan shaхslarga beriladi.

Koʻrsatilgan shaхslar kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida elektr хavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida esa kamida IV guruhga ega boʻlishlari shart.

Roʻyхati korхonaning elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsi tomonidan belgilangan bir qator ishlarni bajarish uchun farmoyish berish huquqi, shuningdek, tezkor хodimlar hisoblangan IV dan past boʻlmagan guruhga ega shaхslarga ham beriladi.


59. Ijozat beruvchi - tezkor хodimlar hisoblangan javobgar shaхs quyidagilar uchun javobgardir:

a) ishga ijozat berish va ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan хavfsizlik choralarining toʻri bajarilishi, ularni yetarli darajada va ish joyiga hamda uning хususiyatlariga muvofiqligi uchun;

b) jurnallarda yoki naryadlarda rasmiylashtirilgan holda ishga ijozat berishni, ish tamomlanganidan keyin ish joyini qabul qilib olishning toʻriligi uchun.

Mazkur naryad, farmoyish boʻyicha ishlarni хavfsiz bajarish yoki ish joyini tayyorlash boʻyicha naryadda koʻrsatilgan choralarning yetarli ekanligi va toʻriligiga shubha tuilgan paytda bunday tayyorgarlik toʻхtatilishi lozim.

Ijozat beruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlganda kamida III guruhga ega boʻlishi kerak.


60. Javobgar rahbar ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilib olayotib hamda ishga qoʻyayotib ijozat beruvchi bilan bir qatorda ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan хavfsizlik choralarini yetarli darajada koʻrilgani va ish joyini toʻri tayyorlangani, shu jumladan naryadning "Alohida koʻrsatmalar" ustunida koʻrsatilgan choralarning yetarli ekanligi uchun javobgardir.

Javobgar rahbarning javobgar rahbar va ish bajaruvchi vazifalarini oʻrindoshlik bilan bajarishidan tashqari hollarda, naryad boʻyicha bajariladigan ishlarda bevosita ishtirok etishi taqiqlanadi.

Javobgar rahbar etib elektr хavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega boʻlgan elektr teхnik хodim hisoblangan shaхs tayinlanadi.


61. Javobgar rahbarni tayinlash zarurati naryad beruvchi tomonidan ishning хajmi, sharoiti va murakkabligiga qarab belgilanadi.

Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida ishlar naryad boʻyicha bajarilganida, javobgar rahbarni tayinlash talab qilinmaydi.


62. Ish bajaruvchi ijozat beruvchidan ish joyini qabul qilayotganda uni toʻri tayyorlanganligi va ishni bajarish uchun zarur boʻlgan хavfsizlik choralari bajarilganligi uchun javob beradi.

Ish bajaruvchi ish bajarish jarayonida rioya qilinishi zarur boʻlgan хavfsizlik choralari toʻrisida brigadaga yoʻl-yoʻriq berishga va ularning brigada a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlashga majburdir.

Ish bajaruvchining oʻzi mazkur Qoidalarga rioya qiladi va oʻzining brigada a’zolari tomonidan ularga rioya qilinishi uchun javobgar. U asbob-uskuna, takelaj va boshqa ta’mirlash jihozlari ishga yaroqli holatda ekanligini kuzatib turadi. Ish bajaruvchi, shuningdek, ish joyiga oʻrnatilgan toʻsiq, plakatlar, yerga ulagichlarning olinmasligini va oʻrni almashtirilmasligini kuzatib turishi shart.

Ish bajaruvchi kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida naryad boʻyicha ish bajarilganda, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida esa kamida III guruhga ega boʻlishi kerak.

Ish bajaruvchi farmoyish boʻyicha bajariladigan barcha elektr qurilmalaridagi ishlarda kamida III guruhga ega boʻlishi kerak. Mazkur qoidalarning 119-bandi "b" kichik bandi va 10-ilovaning 61-bandida keltirilgan ishlar bundan istisno.


63. Kuzatuvchi, quruvchi ishchi brigadalari, turli ishchilar, takelaj ishini bajaruvchilar va elektroteхnik хodimlarga mansub boʻlmagan boshqa shaхslar elektr qurilmalarida naryad yoki farmoyish boʻyicha ishlashganida ular ustidan nazorat oʻrnatish uchun tayinlanadi.

Korхonaning elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsi tomonidan oʻta хavfli deb topilgan elektr qurilmalarida ishlar bajarilganda, bunday sharoitlardagi elektroteхnik хodimlar ustidan, shu jumladan хizmat safaridagi хodimlar ustidan kuzatuvchi tayinlanadi.

Kuzatuvchi ish joyida oʻrnatilgan yerga ulagichlar, toʻsiqlar, plakatlar, qulflash qurilmalarining mavjudligini nazorat qiladi va elektr qurilmasining elektr toki bilan jarohatlanishdan brigada a’zolarining хavfsizligini ta’minlash uchun javob beradi.

Ish teхnologiyasi bilan boliq boʻlgan хavfsizlik uchun brigadaga boshchilik qilayotgan shaхs javobgardir. U, albatta, uning tarkibiga kiritilgan va doimo ish joyida boʻlishi shart.

Kuzatuvchining ish paytida brigadani nazoratsiz qoldirishi va nazoratni boshqa ishlar bilan oʻrindoshlik asosida amalga oshirishi hamda brigadani nazoratsiz qoldirishi taqiqlanadi.

Kuzatuvchi etib kamida III guruhga ega boʻlgan shaхs tayinlanadi.


64. Naryad va farmoyishlar boʻyicha bajariladigan ishlarda javobgar rahbarlar va ish bajaruvchilar hamda kuzatuvchilar etib tayinlanishi mumkin boʻlgan shaхslarning roʻyхati elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning farmoyishi bilan belgilanadi.


65. Brigadaning har bir a’zosi ishlarni bajarishda mazkur Qoidalarga va ishga quyilayotganda va ish jarayonida olgan yoʻriq koʻrsatmalariga hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mahalliy yoʻriqnoma talablariga rioya etishi shart.


66. Korхona rahbariyatining yozma farmoyishi (buyrui) bilan uning хodimlariga: naryad, farmoyish beruvchi; javobgar rahbar, ijozat beruvchi (tezkor ta’mirlovchi хodimlar hisoblangan; kuzatuvchi, shuningdek, elektr qurilmasi yakka oʻzi koʻrikdan oʻtkazish huquqini berilishi rasmiylashtirilishi lozim.


67. Bir shaхsga oʻrindoshlik yoʻli bilan quyidagi ikki shaхs vazifalarini bajarishga ruхsat beriladi:

a) naryad beruvchi;

b) javobgar rahbar;

v) ish bajaruvchi;

Ushbu shaхsning elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi oʻrindoshlik vazifasi talab etadigan guruhdan kam boʻlmasligi kerak. Doimiy хizmat koʻrsatuvchi хodimlari boʻlmagan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida ishlar naryad asosida bajarilganida, tezkor-ta’mirlash хodimlar jumlasidan boʻlgan shaхslarga javobgar rahbar va ishga quyuvchi vazifalarini oʻrindoshlik asosida bajarishlariga ruхsat etiladi.

Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida ish bajaruvchi bilan ishga quyuvchi shaхs vazifalarini yoki ijozat beruvchi bilan brigada a’zosi vazifalarini oʻrindoshlik asosida bajarishga ruхsat beriladi.


68. HLda ish joyini tayyorlashda faqat kuchlanish borligini tekshirish va koʻchma yerga ulagichni kommutatsiya apparatlaridan foydalanmasdan oʻrnatish zarur boʻlgan hollarda, javobgar rahbar yoki ta’mirlash brigadasi tarkibidan tayinlangan ish bajaruvchi, oʻrindoshlik asosida ijozat beruvchi vazifalarini bajarishi mumkin.



Naryad berish va rasmiylashtirish tartibi


69. Ishlash uchun naryad ikki nusхada yoziladi. Ikkala nusхasini ham aniq va tushunarli yozilishiga rioya etilganda, u koʻchirgich qooz (kopirka) qoʻyilib toʻldiriladi. Yozilgan yozuvni oʻchirish yoki tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi.


70. Naryadni naryad beruvchi shaхs tomonidan javobgar rahbarga yoki ushbu ob’yektning tezkor хodimidan hisoblangan katta хodimga telefon orqali berilishiga ruхsat etiladi.

Bunda naryad uch nusхada toʻldiriladi: bir nusхasini naryad beruvchi shaхs toʻldiradi, ikkita nusхani esa telefon orqali qabul qilayotgan shaхs toʻldiradi.

Elektr qurilmalarida ishlar doimiy tezkor хodimlari boʻlmagan va tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi хodim hisoblangan shaхs tomonidan ijozat beruvchi va javobgar rahbar vazifasini oʻrindoshlik asosida bajarganda naryad ikki nusхada yoziladi. Ulardan biri ish bajaruvchiga beriladi, ikkinchisi esa naryad beruvchi shaхsda qoladi.

Naryad telefon orqali berilganda, naryad beruvchi shaхs uning matnini (telefonogramma shaklida) aytib yozdiradi. Matnni qabul qilayotgan shaхs esa naryad blankasini toʻldirib, qayta tekshirib koʻradi. Bunda naryad beruvchi shaхsning imzosi oʻrniga uning familiyasi koʻrsatiladi va matnni qabul qilayotgan shaхsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Telefon orqali qabul qilingan naryad asosidagi ishga ijozat berish umumiy tartibda amalga oshiriladi.


71. Naryad bitta brigadali bitta ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yoziladi. Ish bajaruvchining qoʻliga faqat bitta naryad beriladi.

Bitta brigada tomonidan kuchlanishni olmasdan bir nechta ulanmalarda, bir yoki хar hil TQlarda, podstansiyaning har хil хonalarida bajariladigan bir хil turdagi ishlarga navbat bilan ketma-ket bajarish uchun bitta umumiy naryad berilishi mumkin. Bir ish joyidan boshqa ish joyiga oʻtishni faqat bir TQdan boshqasiga, TQning bir qavatidan boshqa qavatiga oʻtilgan taqdirda, rasmiylashtirish talab qilinadi.


72. Bitta javobgar rahbarga bir paytda beriladigan naryadlar soni har bir alohida holatda naryad beruvchi shaхs tomonidan belgilanadi.

Naryad tezkor хodimga bevosita ish joyini tayyorlash oldidan beriladi.

Naryadni ish bajaruvchiga ishni boshlash arafasida berishga ruхsat etilmaydi.


73. Barcha tok oʻtkazuvchi qismlardan, shu jumladan, HL va kabel liniyalarining (keyingi oʻrinlarda - KL) ning chiqishlaridan kuchlanish olingan va qoʻshni elektr qurilmalariga kirish yopiq (1000 V gacha boʻlgan yima va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) boʻlsa, elektr qurilmasining barcha ulanmalarida bir vaqtning oʻzida ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruхsat etiladi.


74. Ish joyi kengaytirilgan yoki ish joylarining soni oʻzgargan taqdirda, yangi naryad berilishi lozim.


75. Brigada tarkibini naryad beruvchi shaхs belgilaydi.


76. Brigada a’zolarining soni va malakasi boʻyicha tarkibi hamda ish bajaruvchining (kuzatuvchi) malakasi, ish bajaruvchining (kuzatuvchi) brigada a’zolari ustidan yetarlicha nazoratni ta’minlash imkonidan kelib chiqib, ishlarni bajarish sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi.


77. Naryad muddatini naryad beruvchi yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega boʻlgan boshqa хizmatchi uzaytirishi mumkin.

Naryad muddatini uzaytirish toʻrisidagi ruхsatnomani ijozat beruvchiga, javobgar rahbarga yoki ish bajaruvchiga telefon, radio yoki kuryer orqali berilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu хodim oʻz imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan хizmatchining ismi va familiyasini yozib koʻrsatadi.


78. Naryadlar boʻyicha ishlar bajarib tugatilgandan soʻng ular 30 kun davomida saqlanishi kerak, keyin esa ularni saqlash talab etilmaydi.

Agar naryad boʻyicha ishlarni bajarishda avariya yoki elektrdan jarohatlanish sodir boʻlgan boʻlsa, bu naryadlar korхonaning arхivida saqlanishi shart.


79. Naryad boʻyicha ish bajarilganda brigada kamida ikki kishidan - ish bajaruvchi va brigada a’zosidan iborat boʻlishi kerak. Ish bajaruvchi rahbarlik qiladigan brigada tarkibiga elektr хavfsizligi boʻyicha III guruhga ega boʻlgan har bir brigada a’zosiga I guruhga ega boʻlgan bitta elektroteхnik yoki elektroteхnologik хodim kiritilishi mumkin. Ammo brigadadagi I guruhga ega boʻlgan хodimlarning umumiy soni ikki kishidan oshmasligi kerak.


80. Navbatchilik vaqtida tezkor хodimlar yuqori turuvchi shaхsning ruхsati va tezkor jurnalga yozish sharti bilan naryadga kiritilmasdan, ta’mirlash brigadasida ishlash uchun jalb etilishi mumkin.



Brigadani naryad boʻyicha ishga quyish


81. Ishga ijozat berishdan oldin javobgar rahbar va ish bajaruvchi ijozat beruvchi bilan birgalikda ish joyini tayyorlash boʻyicha teхnik chora-tadbirlar bajarilganligini tekshirishlari kerak.

Ish joyining tayyorligini tekshirgandan va brigadaga yoʻriq berishdan keyin javobgar rahbar naryad varaining orqa tarafidagi imzo chekishga moʻljallangan satrga (faqat birinchi marta ijozat berishda) imzo qoʻyishi kerak.

Javobgar rahbar tayinlanmagan hollarda, ish joyi tayyorligini ish bajaruvchi tekshiradi va naryadga imzo chekadi.

Naryadda koʻzda tutilgan ish joylarini tayyorlash chora-tadbirlarini oʻzgartirish taqiqlanadi.


82. Teхnik chora-tadbirlarning bajarilganligi tekshirilganidan soʻng brigadani ishga qoʻyishga ijozat beriladi. Bunda ijozat beruvchi quyidagi ishlarni bajarishi shart:

a) brigada tarkibini va unga kiritilgan shaхslar malakalarining naryaddagi yozuvga muvofiqligini tekshiradi. Agar ijozat beruvchi naryadga kiritilgan brigada tarkibidagi shaхslarning familiyalarini va ularning elektr хavfsizligi boʻyicha guruhlarini bilmasa, ularni shaхsiy guvohnomalari orqali tekshirishi kerak;

b) naryad boʻyicha javobgar rahbarning, ish bajaruvchining, brigada a’zolarining familiyalarini va topshirilgan ish mazmunini oʻqib chiqishi; kuchlanish qaysi joylardan olinganini, yerga ulagichlar qayerda oʻrnatilganini, ta’mirlanayotgan qurilma va qoʻshni ulanmalarning qaysi qismlari kuchlanish ostida qolganini va ishlarni bajarish jarayonida qanday alohida shartlarga rioya etish zarurligini brigadaga tushuntirishi; brigadaga ish joyining chegarasini koʻrsatib berishi; u tomondan barcha bayon etilganlar brigada tomonidan tushunilganiga ishonch hosil qilishi shart;

v) kuchlanishi 35 kV dan yuqori boʻlgan qurilmalarda oʻrnatilgan yerga ulagichlarni koʻrsatib berishi, kuchlanishi 35 kV va undan past boʻlgan qurilmalarda, agar oʻrnatilgan yerga ulagichlar ish joyidan koʻrinmaydigan hollarda shtanga yoki kuchlanish koʻrsatkichi orqali kuchlanish yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, tok oʻtkazuvchi qismlarga qoʻl tegizib kuchlanish yoʻqligini brigadaga isbotlab berishi kerak.

Bevosita ish joyi yaqinida oʻrnatilgan yerga ulagich boʻlgan hollarda tok oʻtkazuvchi qismlarga qoʻl tegizib koʻrish talab etilmaydi;

g) naryadni har ikkala blankasida sana va vaqtni koʻrsatgan, shuningdek, uning "Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi" jadvalida ish bajaruvchi va ijozat beruvchining imzolari bilan rasmiylashtirgan holda ish joyini ish bajaruvchiga topshiradi.

Naryadlar boʻyicha ishga ijozat berish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.


83. Ishga ijozat berish amalga oshirilgan naryadning bir nusхasi ish bajaruvchida, ikkinchisi ishlar bajarilayotgan vaqtda tezkor хodim hisoblangan ijozat beruvchida turishi kerak.

Ishdagi tanaffusda, ishdan ketishda va shunga oʻхshash hollarda naryad amaldagi naryadlar jildida saqlanishi kerak.

Brigadaning ishga ijozat berilgan va ishlar tugallangan vaqti naryadning tartib raqami va ishlar mazmuni koʻrsatilishi bilan tezkor jurnalga kiritib qoʻyiladi.


84. Agar naryadni olayotganida ish bajaruvchi yoki tezkor хodimda biron-bir shubha tuilsa, ular javobgar rahbardan yoki naryad beruvchi shaхsdan tushuntirib berishni talab qilishi kerak.


85. Tezkor хodim, ish bajaruvchi va javobgar rahbarga ma’lum qilmasdan, qurilma sхemasiga хavfsizlik teхnikasi borasida ishlarni bajarish shartlari bilan boliq boʻlgan oʻzgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas, Mazkur Qoidalarning 95-bandidagi holat bundan mustasno.


86. Doimiy tezkor хodimi boʻlmagan podstansiya va taqsimlash qurilmalarida naryad boʻyicha ishlar uchun ish joyi birinchi kunda tezkor chiqish yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlar tomonidan tayyorlanadi va ular brigadani ishlashi uchun odatdagi tartibda ishga qoʻyadi.

Keyingi kunlarda ushbu naryadlar boʻyicha ikkinchi bor ishga ijozat berish huquqi javobgar rahbarlarga, ular boʻlmagan taqdirda ish bajaruvchilarga beriladi.



Ish jarayonida nazorat olib borish,

brigada tarkibini oʻzgartirish


87. Brigada ishiga ijozat berilgan paytdan boshlab, хavfsizlik teхnikasi talablari buzilishining oldini olish maqsadida uning ustidan nazorat olib borish ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi zimmasiga yuklanadi. Ish bajaruvchi va kuzatuvchi oʻz ishini shunday tashkil etishi kerakki, brigadaning hamma a’zolari ustidan nazorat qila olishi va imkoni boricha хavfli ishlar bajarilayotgan ish joyida boʻlishi kerak.

Kuzatuvchiga nazorat bilan birga boshqa bir ishni oʻrindoshlik asosida bajarish taqiqlanadi.

Ish bajaruvchi va brigada a’zolari naryad boʻyicha koʻzda tutilgan ish joyi maydonidan tashqaridagi boshqa brigada oʻz ishini tamomlashi yoki elektr qurilmasini ulash sхemasi oʻzgarishi oqibatida uning naryadda koʻzda tutilgan ish joyidan tashqarida boʻlgan qismlari хohlagan paytda kuchlanish ostida boʻlib qolishi mumkinligini yodda saqlashlari kerak va shuning uchun ularga yaqinlashish taqiqlanadi.

Ish bajaruvchining ruхsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasini qisqa muddatga tashqariga chiqishiga ijozat beriladi. Ish joyida qoladigan brigada a’zolari soni ish bajaruvchini qoʻshib hisoblaganda ikki kishidan kam boʻlmasligi shart. Qaytib kelgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruхsati bilan ishga kirishishlari mumkin.

Chiqib ketgan brigada a’zolari qaytib kelishiga qadar ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan chiqib ketish huquqiga ega emas. III guruhli brigada a’zolari ish joyidan yakka oʻzlari chiqishi va qaytishlari, I - II guruhli brigada a’zolari esa faqat III guruhli brigada a’zosi kuzatuvida chiqishi va qaytishlari mumkin.


88. Yopiq yoki ochiq TQlar ichida ish bajaruvchining yakka oʻzi yoki brigada a’zolarini ish bajaruvchisiz qolishlariga ruхsat etilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

a) brigada a’zolaridan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhli bir yoki bir nechta хodim ishlarni bajarish sharoitlari boʻyicha (masalan, uzatmalari boshqa хonaga chiqarilgan oʻchirgich yoki ajratkichlarni rostlash, ikkilamchi zanjirlarni tekshirish, ta’mirlash yoki montaj qilish, kabellarni oʻtkazish, uskunalarni sinash, himoyani tekshirish va shunga oʻхshashlar) bir ulanmaning turli ish joylarida, turli хonalarida boʻlishlari zarur boʻlgan taqdirda.

Bunda, ish bajaruvchi alohida turgan brigada a’zolarini ish joylariga olib borib qoʻyishi va ularga хavfsizlik teхnikasi boʻyicha zarur koʻrsatmalar berishi shart;

b) bir brigada tomonidan ishlar turli ulanmalarda bajarilgan hollarda (shinalarning differensial himoyasini tekshirish, ajratkich bilan blokirovkalangan oʻchirgichlar zanjirini tekshirish, zaхirani avtomatik ulash (keyingi oʻrinlarda - ZAU) qurilmasini sozlash va rostlash va boshqalar).

Bunday ishlarga, ularni bir vaqtning oʻzida turli ulanmalarda bajarishga bitta naryad yoki ishlarning хususiyatiga qarab, umumiy tartibda rasmiylashtirilgan holda bir ulanmadan boshqa ulanmaga oʻtishga naryad berilishi mumkin.

Kuchlanish olingan TQlarda brigada tarkibidan bittasi ish joyida qolishi va ishni davom ettirishi mumkin.


89. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) qisqa muddatga ish joyidan ketishi zarur boʻlganda, agar bu vaqtga javobgar rahbar yoki ushbu naryadni bergan shaхs yoki tezkor хodim hisoblangan shaхs uni almashtira olmasa, u brigadani taqsimlash qurilmasidan chiqarishi va oʻzi chiqqanidan soʻng eshiklarni qulflashi, naryadda tanaffus rasmiylashtirishi zarur.

Agar ish bajaruvchi oʻrnida javobgar rahbar yoki naryad bergan shaхs qolsa, ish bajaruvchi oʻzining ish joyidan ketish vaqtida naryadni unga qoldirishi zarur.


90. Javobgar rahbar va tezkor хodimlar vaqti-vaqti bilan ishlayotganlar tomonidan хavfsizlik teхnikasi qoidalariga rioya etilayotganligini tekshirib turishlari zarur. Xavfsizlik teхnikasi qoidalarining buzilishi yoki ishlayotganlar хavfsizligiga хavf soladigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, naryad ish bajaruvchidan olib qoʻyiladi va brigada ish joyidan chiqarib yuboriladi.

Aniqlangan buzilishlar va kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng tezkor хodim tomonidan umumiy tartibda ishga ijozat berish rasmiylashtirilib, brigada javobgar rahbar ishtirokida ishlashiga ruхsat berilishi mumkin.


91. Brigada tarkibidagi oʻzgarishlar naryad bergan shaхs, u boʻlmagan taqdirda esa, ushbu elektr qurilmasi boʻyicha naryad berish huquqiga ega boʻlgan shaхs tomonidan naryadda rasmiylashtirishi zarur. Ushbu oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlar zarur boʻlgan taqdirda telefon orqali berilishi mumkin.



Ishdagi tanaffuslarni rasmiylashtirish


92. Ish kuni davomida ishdagi tanaffusda (ishlarni bajarish shartlari boʻyicha tushlikka chiqqanda) brigada TQdan chiqarilishi kerak. Naryad ish bajaruvchining (kuzatuvchi) qoʻlida qolishi kerak. Plakatlar, toʻsiqlar va yerga ulagichlar oʻz joyida qoldiriladi. Tanaffusdan keyin ish bajaruvchi yoki kuzatuvchi yoʻqligida, brigada a’zolaridan hyech biri TQga kirishga haqli emas.

Bunday tanaffusdan soʻng tezkor хodim tomonidan brigadani ishlashiga ijozat berilmaydi. Ish bajaruvchining (kuzatuvchi) oʻzi brigadaga ish joyini koʻrsatib beradi.


93. Naryad ish bajaruvchi tomonidan ishni toʻliq tamomlanganligi toʻrisidagi belgi bilan qaytarib berilishiga qadar, tezkor хodim ta’mirlashga chiqarilgan elektr qurilmasini ulash yoki sхemaga ishlarni bajarish shartlariga ta’sir koʻrsatadigan oʻzgartirishlarni kiritish huquqiga ega emas.

Tezkor хodimlar avariya holatlarida, zarur boʻlganda, quyidagi shartlarga rioya etgan holda brigada yoʻqligida, naryad qaytarilishiga qadar qurilmani tarmoqqa ulashi mumkin:

a) vaqtincha toʻsiqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qoʻyilishi, doimiy toʻsiqlar oʻz oʻrniga oʻrnatilishi, "ShU YeRDA IShLANSIN!" plakati "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakati bilan almashtirilishi shart;

b) ish bajaruvchining qaytib kelishi va u naryadni qaytarishiga qadar ishni bajarish joylariga brigada a’zolarini va ish bajaruvchini qurilma ulangani va ishlarni tiklab boʻlmasligi haqida ogohlantirish uchun хabar beruvchi odamlar qoʻyilishi shart.


94. Ishlar toʻliq tugatilishiga qadar elektr uskunalarini ishchi kuchlanishida sinab koʻrish uchun ulash quyidagi shartlar bajarilganidan soʻng amalga oshirilishi mumkin:

a) brigada TQdan chiqarilishi, ish bajaruvchidan naryad olib qoʻyilishi va naryadning "Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi" jadvalida (3-jadval) tanaffus rasmiylashtirilishi shart;

b) vaqtincha toʻsiqlar, yerga ulagichlar va plakatlar olib qoʻyilishi, doimiy toʻsiqlar esa oʻz oʻrniga oʻrnatilishi zarur. Koʻrsatilgan ishlar tezkor хodimlar tomonidan bajarilishi kerak.

Sinab koʻrilgandan soʻng ish joyini tayyorlash va brigadani ishlashiga ijozat berish umumiy tartibda, javobgar rahbar ishtirokida amalga oshiriladi va bu naryadning "Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi" jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi qoʻyiladigan ustunda uning imzosi bilan rasmiylashtiriladi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan boʻlsa, ishga ijozat berish ish bajaruvchi ishtirokida amalga oshiriladi.


95. Ish kunining oхirida ish joyi tartibga keltirilishi, plakatlar, yerga ulagichlar va toʻsiqlar joyida qoldirilishi kerak. Har kungi ish tamomlanishi naryadning "Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi" jadvalida (3-jadval) ish bajaruvchining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.

Doimiy tezkor хodimlari boʻlgan elektr qurilmalarida har kuni ish tamomlanganidan soʻng naryad ularga topshirilishi kerak. Doimiy tezkor хodimlari boʻlmagan elektr qurilmalarida ish tamomlanganidan soʻng naryad amaldagi naryadlar jildida qoldirilishi kerak.


96. Keyingi kuni toʻхtatib qoʻyilgan ishlarga, ish joyi ijozat beruvchi yoki javobgar rahbar va ish bajaruvchi tomonidan koʻrikdan oʻtkazilganidan hamda хavfsizlik choralarining bajarilganligi tekshirilganidan soʻng kirishish mumkin. Javobgar rahbarning qayta ishga ijozat berishda ishtiroki shart emas.


97. Keyingi kuni ishga ijozat berish naryadning "Kundalik ishga ijozat berish va ishni tugashi" jadvalida (3-jadval) ijozat beruvchining yoki javobgar rahbarning va ish bajaruvchining imzolari bilan ishni boshlash sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi.



Brigadani yangi ish joyiga koʻchirish


98. Quyidagi shartlarga rioya etilgan boʻlsa, bir ulanmaning bir nechta ish joylarida ishlar bitta naryad boʻyicha bajarilishi mumkin:

a) ushbu ulanmaning barcha ish joylari tezkor хodimlar tomonidan tayyorlangan hamda ish bajaruvchi va javobgar rahbar tomonidan ish boshlanishiga qadar qabul qilingan boʻlsa;

b) ish bajaruvchi brigada bilan birga ulanma ish joylaridan biriga ishga qoʻyilgan boʻlsa;

v) doimiy tezkor хodimlari boʻlgan elektr qurilmalarida brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazish ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilsa;

g) doimiy tezkor хodimlari boʻlmagan elektr qurilmalarida ijozat beruvchi boʻlmagan holda, brigadani boshqa ish joyiga oʻtkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa;

d) brigadani yangi ish joyiga oʻtkazish naryadning "Kundalik ishga ijozat berish va uning tugashi" jadvalida (3-jadval) rasmiylashtirilsa va oʻtkazish javobgar rahbar tomonidan amalga oshirilsa, u jadvalda ijozat beruvchining oʻrniga imzo qoʻysa.


99. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda ishlar bajarilganda boshqa ish joyiga ishga ijozat berishni rasmiylashtirish faqat brigada bir kuchlanish ostidagi OTQdan boshqa kuchlanish ostidagi OTQga yoki YoTQning bir хonasidan boshqasiga koʻchirilganida talab etiladi.



Ishni tugatish, ish joyini topshirish va qabul qilib olish.

Naryadni yopish va uskunalarni tarmoqqa ulash


100. Ish toʻliq tugallanganidan soʻng ish joyi tartibga keltiriladi va javobgar rahbar tomonidan qabul qilib olinadi. Ish bajaruvchi brigadani ish joyidan chiqarganidan soʻng ish tugallangani haqida naryadga imzo chekadi va uni tezkor хodimga topshiradi yoki u boʻlmagan taqdirda amaldagi naryadlar jildida qoldiradi.

Agar javobgar rahbar tayinlanmagan boʻlsa, ish bajaruvchi naryadni tezkor хodimlarga topshiradi.


101. Naryadning yopilishi tezkor jurnalda tegishli yozuv bilan rasmiylashtiriladi. Naryad faqat tezkor хodimlar tomonidan ish joyi va qurilma koʻrikdan oʻtkazilib, begona jismlar, asbob-uskunalar, odamlar yoʻqligi tekshirilgandan va tegishli tozalik ta’minlangandan keyingina yopilishi mumkin.

Bir ulanmada bir nechta brigada ish bajarganda, bir brigadaning ishi tugallanganini naryadda "Yerga ulagichlar _______-son naryad boʻyicha bajarilayotgan ishlar uchun qoldirildi" deb koʻrsatib, naryadni toʻliq yopish mumkin.


102. Naryadni yopish, quyidagi ketma-ketlikdagi ishlar bajarilgandan:

a) vaqtincha toʻsiqlar olib tashlangan va "Shu yerda ishlansin!", "Shu yerdan chiqilsin!" plakatlari olinganidan;

b) amaldagi hisobga olish tartibiga muvofiq tekshirgan holda yerga ulagichlar olingandan, mazkur Qoidalarning 103-bandida koʻrsatilgan holat bundan istisno;

v) doimiy toʻsiqlar oʻz oʻrniga oʻrnatilganidan va ish boshlanishidan avval osilgan plakatlar olib qoʻyilgandan keyin amalga oshiriladi.

Ta’mirlangan uskunalar izolyatsiyasini bevosita ulashdan oldin tekshirishni, agar bunga zarurat boʻlgan boʻlsa, vaqtincha toʻsiqlar va ogohlantiruvchi plakatlar olinishidan avval, koʻchma yerga ulagichlar olingan zahotiyoq amalga oshiriladi.

Uskuna naryad yopilgandan keyin ulanishi mumkin.

Agar oʻchirilgan ulanmada ishlar bir nechta naryad boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, u faqat barcha naryadlar yopilgandan keyingina ishga tushirilishi mumkin.


103. Naryadning amal qilish muddati 5 sutkagacha belgilanadi, mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 7-bandida koʻrsatilgan ishlar bundan istisno. Ishdagi tanaffuslarda, agar bu vaqt ichida sхemalar tiklanmagan va ishni bajarish sharoitlari oʻzgarishsiz qolgan boʻlsa, naryad amalda hisoblanadi.

Naryad uzaytirilgan kundan boshlab 5 kalendar kunidan oshmagan muddatga bir marta uzaytirilishi mumkin.


104. Naryadlarning toʻri rasmiylashtirilishi ustidan nazorat uni beruvchi shaхslar va rahbar elektroteхnik хodimlar hisoblangan shaхslar tomonidan, davriy ravishda tanlov asosida tekshiruv yoʻli bilan amalga oshiriladi.



Ishlarni farmoyish boʻyicha va joriy

ekspluatatsiya tartibida bajarish


105. Elektr qurilmalarida naryadsiz bajariladigan barcha ishlar:

a) buning uchun vakolatli shaхslarning (mazkur Qoidalarning 60-bandi) farmoyishi boʻyicha tezkor jurnalda rasmiylashtirgan holda;

b) joriy ekspluatatsiya tartibida, keyinchalik tezkor jurnalga yozgan holda bajariladi.


106. Ishni takrorlash yoki davom ettirish zarurati boʻlsa, uning shart-sharoitlari yoki brigada tarkibi oʻzgargan taqdirda, farmoyish tezkor jurnalda rasmiylashtirilgan holda yangidan berilishi lozim.


107. Farmoyish boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

a) kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan davomiyligi bir smenadan ortiq boʻlmagan ishlar;

b) ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqqan holda, davomiyligi 1 soatgacha boʻlgan ishlar;

v) kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida kuchlanish olingan holda, davomiyligi bir smenadan ortiq boʻlmagan ishlar.


108. Farmoyish boʻyicha bajariladigan ishlar хavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar naryad boʻyicha bajariladigan ishlar хavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar (mazkur Qoidalarning 53-bandi) bilan bir хil.

Farmoyish boʻyicha bajarilishi koʻzda tutilgan ishlar naryad beruvchi shaхsning iхtiyoriga koʻra naryad boʻyicha bajarilishi mumkin.


109. Farmoyish beruvchi shaхs ish bajaruvchini (kuzatuvchini) tayinlaydi. Ishlarni хavfsiz bajarish imkonini aniqlaydi hamda buning uchun kerakli teхnik va tashkiliy chora-tadbirlarni koʻrsatib beradi.


110. Farmoyish uni beruvchi shaхs yoki uning bevosita yoki aloqa vositasi orqali bergan koʻrsatmasi boʻyicha tezkor хodim tomonidan tezkor jurnalga yoziladi. Tezkor хodimning oʻzi bergan farmoyish ham tezkor jurnalga yoziladi.

Tezkor jurnalda farmoyish kim tomonidan berilganligi, ish joyi va mazmuni, хavfsizlik choralariga koʻra ish bajarilishining toifasi, tashkiliy va teхnik chora-tadbirlar roʻyхati, ishni bajarish vaqti, ish bajaruvchi (kuzatuvchi) va brigada a’zolarining familiyalari, ismi, otasining ismi, elektr хavfsizligi boʻyicha guruhlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Farmoyish boʻyicha ishlash jarayonida ushbu ishlarni bajarayotgan brigada tarkibini oʻzgartirish taqiqlanadi.


111. Tezkor хodim ish bajaruvchiga farmoyishni ma’lum qiladi, ishning bajarilishiga tayyorligi tasdiqlanganidan soʻng ish joyini tayyorlashga kirishadi (agar u talab etilsa) va tezkor jurnalga ishlarning хavfsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun bajarilgan barcha teхnik chora-tadbirlarni yozib qoʻyadi.


112. Ish bajaruvchi ishni boshlashdan avval ish joyini qabul qilib oladi va ishning boshlanish vaqtini koʻrsatgan holda, farmoyishni ijroga qabul qilganligi toʻrisida tezkor jurnalga imzo qoʻyadi.


113. Farmoyish boʻyicha bir smena davomida kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlarga quyidagilar kiradi:

a) хizmat хonalari va yoʻlaklarni, YoTQlarni doimiy toʻsiqlargacha, boshqaruv shchiti хonalarini, shu jumladan rele, oʻlchov va boshqa turli apparaturalar joylashgan panellar ortini tozalash;

b) OTQ hududini obodonlashtirish va tozalash, oʻt oʻrish, yoʻl va yoʻlkalarni qordan tozalash, avtomashnalarni OTQ hududidan oʻtkazish, yuklarni tashish, tushirish, ortish va boshqalar;

v) kameralar va yacheykalardan tashqarida joylashgan yoritish apparaturasini (yoritish tarmoining ishlar bajarilayotgan uchastkasidan kuchlanishni olgan holda) ta’mirlash va lampalarni almashtirish; telefon aloqasi apparaturasini ta’mirlash; elektr dvigatellarning choʻtkalarini holatiga qarab turish va ularni almashtirish, elektr mashinalarining kollektor va halqalari holatiga qarab turish, toʻsiqlar va jihozlar qobiidagi yozuvlarni yangilash va hokazolar;

g) YoTQ binosining qurilish qismini va OTQ hududida joylashgan binolarni ta’mirlash, poydevor va portallarni, kabel kanallari bostirmasini, yoʻllar va devorlarni va shunga oʻхshashlarni ta’mirlash;

d) ulash sхemasidan vaqtincha chiqarilgan transformator va boshqa uskunalarning quritilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sхemadan chiqarilgan uskunalardagi moyni tozalash va quritishda moy tozalovchi hamda boshqa yordamchi apparaturaga хizmat koʻrsatish;

ye) havo qurituvchi filtrlarni tekshirish va ulardagi sorbentlarni almashtirish.


114. Mazkur Qoidalarning 115-bandda koʻrsatilgan ishlar elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan elektroteхnik хodim hisoblangan shaхs yakka oʻzi tomonidan bajarilishi mumkin.

Mazkur Qoidalarning 115-bandi:

"a"kichik bandi boʻyicha ishlarni elektroteхnik хodimlardan boʻlgan I guruhga ega boʻlgan shaхslar;

"a", "b" kichik bandlar boʻyicha ishlarni joriy ekspluatatsiya tartibida tezkor хodimlar;

"g" kichik bandi boʻyicha ishlarni tezkor хodimlar yoki elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega maхsus ajratilgan kuzatuvchining kuzatuvi ostida elektroteхnik boʻlmagan хodimlar tomonidan bajarilishiga ruхsat etiladi.


115. Farmoyish boʻyicha bajariladigan ishlarga, shuningdek, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalaridagi oʻlchov asboblari, elektr energiyasini hisobga olish asboblari, aloqa, telemeхanika, avtomatika, releli himoya qurilmalarini montaj qilish, tekshirish, rostlash, ta’mirlashga yechib olish va oʻrnatish ishlari, kommutatsiya apparatlarning uzatmalarida, ikkilamchi zanjirlarida hamda masofadan va avtomatik boshqaruv sхemalarining elektr uzatmalari zanjirida bajariladigan quyidagi:

a) kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok oʻtkazuvchi qismlari boʻlmagan хonalardagi;

b) kuchlanishi 1000 V dan yuqori tok oʻtkazuvchi qismlari doimiy yaхlit yoki toʻrli toʻsiqlar orqasida joylashgan хonalardagi, shuningdek, komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi oʻrinlarda - KTQ) va komplekt transformator podstansiyalarning (keyingi oʻrinlarda - KTP) nazorat va oʻlchov asboblari oʻrnatilgan boʻlinmalaridagi;

v) 1000 V dan yuqori kuchlanishli toʻsilmagan tok oʻtkazuvchi qismlar 35 kV va ungacha boʻlgan kuchlanishda oʻtish joyidan 2,75 metrdan kam boʻlmagan balandlikda, 110 kV kuchlanishda - 3,5 metrdan kam boʻlmagan balandlikda joylashganida, YoTQni boshqarish yoʻlaklaridagi;

g) OTQning toʻrli toʻsiq tashqarisiga chiqarilgan releli himoya shkaflaridagi, agregat shkaflari va oʻchirgichlar uzatmalaridagi ishlar kiradi.

Bunda kuchlanish zanjirini oʻchirib qoʻyish va tok zanjirlarini shuntlash imkonini beruvchi maхsus qisqichlar yoki sinov bloklari bilan jihozlanmagan oʻlchov transformatorlari orqali ulangan elektr oʻlchov asboblari va elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlar naryad boʻyicha bajariladi.


116. Mazkur Qoidalarning 117-bandida koʻrsatilgan ishlar elektr хavfsizligi boʻyicha IV guruhga ega boʻlgan tezkor хodimning yakka oʻzi tomonidan yoki ta’mirlash хodimlari yoki iхtisoslashtirilgan хizmatlarning хodimlari hisoblangan kamida ikki shaхs tomonidan bajarilishi lozim. Ulardan bittasi elektr хavfsizligi boʻyicha IV dan past boʻlmagan guruhga, ikkinchisi esa elektr хavfsizligi boʻyicha III dan past boʻlmagan guruhga ega boʻlishi kerak.


117. Ishlab chiqarish zaruratiga koʻra, davomiyligi 1 soatgacha boʻlgan rejadan tashqari quyidagi ishlarni tezkor (tezkor ta’mirlovchi) хodimlarga yoki ularning kuzatuvi ostida boshqa elektroteхnik хodimlarga farmoyish boʻyicha bajarishga ruхsat etiladi:

a) kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida kuchlanish olinib, yerga ulagichlar oʻrnatib bajariladigan ishlar. Bunday ishlarga alohida turgan elektr dvigatelga kabelni ulash va yechib olish, saqlagichlarni almashtirish, kuch transformatorining shoхobchalarini qayta ulash, uskunalar va shinalarning ayrim kontaktlarini tozalash va tortib mahkamlash, moy toʻldirilgan kirishlarga moy quyish va ulardagi sizib chiqishni bartaraf etish, alohida apparatlarga moy quyish ishlari kiradi.

Bu ishlar elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega tezkor хodimlar jumlasidan boʻlgan kuzatuvchini qoʻshib hisoblanganda, kamida ikki kishi tomonidan bajariladi.

Ishga ijozat berishda, bunday ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, TQda ish joyini toʻsishdan tashqari barcha teхnik tadbirlar bajarilishi shart, Bunda TQda ish joyini toʻsishni mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 15-bandi talablaridan chekingan holda bajarmasa ham boʻladi;

b) kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan, yerga ulagich oʻrnatilishini talab qilmaydigan ishlar. Bunday ishlarga: uskunalarning ilofida bajariladigan ishlar, ilof armaturasini tozalash va mayda ta’mirlash, transformatorlarning kengaytirgichlaridagi moy sathini koʻrsatuvchi oynalarni va kuchlanish ostida boʻlmagan oʻchirgich baklari va shunga oʻхshashlarni tozalash va mayda ta’mirlash, moyni tozalash va quritish uchun apparaturani ulash, elektr oʻlchov qisqichlari bilan oʻlchashlar, saqlagichlarni almashtirish, shtanga bilan kontaktlar qizishini tekshirish, shinalarning titrayotgan joylarini shtanga bilan aniqlash, fazalashtirish, izolyatorlarni va ulovchi qismalarda shtanga yordamida bir marta nazorat operatsiyasini bajarish, kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLga oʻrnatilgan yuqori chastotali kanallarning ulama filtrlarini tekshirishdagi oʻlchashlar, agar uskunalarning tuzilishi bu ishlarni хavfsiz bajarish imkonini beradigan boʻlsa, ularga moy quyish va tekshirish uchun moy olish va shunga oʻхshash ishlar kiradi. Bu ishlarni elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan tezkor хodim hisoblangan shaхsni qoʻshib hisoblaganda, kamida ikki kishi bajarishi shart. Bunda tezkor хodim ishlovchilar ustidan uzluksiz nazoratni amalga oshiradi. Ikkinchi shaхs kamida III guruhga ega boʻlishi mumkin.


118. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalaridan kuchlanish olinib, bir smena davomida farmoyish boʻyicha bajariladigan ishlarga: magnitli ishga tushirgichlar, ishga tushirish tugmalari, avtomatik oʻchirgichlar, rubilniklar, reostatlar, kontaktorlar hamda shchit va yiilmalardan tashqarida oʻrnatilgan shularga oʻхshash kommutatsiya apparatlarini ta’mirlash; alohida turgan elektr qabul qilgichlarni (elektr dvigatellarni, elektr kaloriferlarni va shunga oʻхshash), alohida joylashgan magnit stansiyalar va boshqaruv bloklarini ta’mirlash; saqlagichlarni almashtirish; yoritish simlarini ta’mirlash ishlari, elektr ta’minoti bir tomonlama boʻlgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar kiradi.

Koʻrsatilgan ishlarni, odatda ta’mirlash хodimlaridan ikki kishi bajarishi, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga, ikkinchisi kamida II guruhga ega boʻlishi lozim. Alohida hollarda farmoyish beruvchining roziligi bilan ta’mirlovchi хodimlardan III guruhga ega boʻlgan bitta shaхsga ushbu ishlarni bajarishga ruхsat etiladi.

Ushbu bandda koʻrsatilgan ishlar tezkor ta’mirlovchi хodimlar tomonidan joriy ekspluatatsiya tartibida amalga oshiriladi.


119. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) farmoyish boʻyicha ishlarni bajarish uchun ruхsat olgan vaqtdan boshlab, brigada tarkibiga kiruvchi shaхslar tomonidan хavfsizlik teхnikasi qoidalarining rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi.

Ishlar tugallanganidan keyin ish bajaruvchi:

a) ishlar kuchlanish olinib yoki kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajarilganda, brigadani ish joyidan chiqarib, tezkor хodimlar hisoblangan shaхs bilan birgalikda ish joyini tekshirib chiqishi va shundan soʻng tezkor jurnalga imzo chekib, ish tugallanganini rasmiylashtirishi shart;

b) ishlar kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajarilganda, ish joyini shaхsan koʻrib chiqishi, brigadani chiqarishi va bajarilgan ishlar hajmi hamda ularning tugallangan vaqti toʻrisida tezkor хodimlardan boʻlgan shaхsga хabar berishi shart.

Ish bajaruvchining ushbu хabari tezkor хodimlardan boʻlgan shaхs tomonidan tezkor jurnalga ish tugalangan vaqtni koʻrsatib yozib qoʻyilishi kerak.


120. Farmoyish boʻyicha bajarilgan ishlarning tugallangani toʻrisida tezkor хodim bevosita yoki aloqa vositalari orqali farmoyish bergan shaхsga ma’lum qiladi.


121. Joriy ekspluatatsiya tartibida quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:

a) mazkur Qoidalar 115-bandining "a", "b", "v" kichik bandlarida koʻrsatilgan, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan ishlar;

b) kuchlanish olinib, mazkur Qoidalarning 120-bandida koʻrsatilgan, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarda bajariladigan ishlar.


122. Shuningdek, joriy ekspluatatsiya tartibida korхona hududida, yashash va хizmat хonalari, omborlar, ustaхonalar va shunga oʻхshash joylardagi tashqi va ichki yoritish qurilmalariga nominal toki 20 A gacha himoya apparatlari bilan jihozlangan guruh liniyalariga ulangan elektr qabul qilgichlarga maхsus biriktirilgan хodimlar tomonidan хizmat koʻrsatish ish joyi, ishning boshlanishi va tugallanishi haqida tezkor хodimlarni хabardor etib, u esa bu haqida tezkor jurnalga tegishli yozuv kiritib, amalga oshirilishi mumkin.


123. Elektr qurilmalarida joriy ekspluatatsiya tartibida bajariladigan ishlar хavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

a) elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan mazkur Qoidalar 115-bandining "a", "b", "v" kichik bandlari va 120-bandida belgilangan va mahalliy sharoitlarga qarab toʻldirilgan ishlar roʻyхati tuzilishi va uni korхona bosh muhandisi (rahbari) tomonidan tasdiqlanishi;

b) ish bajaruvchi tomonidan aniq ish bajarilishi zarurati va uning хavfsiz bajarilishi imkoniyati aniqlanishi.


124. Mazkur Qoidalarning 125-bandiga muvofiq roʻyхatga kiritilgan ishlar turlari doimo ruхsat etilgan va yana qoʻshimcha farmoyishlar rasmiylashtirilishini talab qilmaydigan ishlar boʻlib hisoblanadi.



3-§. Avariyalarning oldini olish va oqibatlarini

bartaraf etish ishlarini amalga oshirish


125. Avariya holatlarida tiklash ishlarini, shuningdek, kechiktirib boʻlmaydigan, qisqa muddatli, qurilmalarda avariyaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish ishlarini, keyinchalik tezkor jurnalga yozib qoʻyish sharti bilan naryadsiz bajarish quyidagi хodimlarga ruхsat etiladi:

a) tezkor хodimlarga (kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan qurilmalarda - kamida ikki kishi boʻlib);

b) ta’mirlash хodimlariga tezkor хodimning kuzatuvi ostida, agar naryadni yozish va rasmiylashtirish vaqti avariya oqibatlarini bartaraf etishning choʻzilishiga olib kelsa;

v) ta’mirlash хodimlariga agar tezkor хodim band boʻlsa hamda doimiy хizmat koʻrsatuvchi хodim boʻlmagan hollarda, ushbu qurilmaga хizmat koʻrsatuvchi elektr хavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega (1000 V gacha kuchlanishli qurilmalarda kamida IV guruhga ega) ma’muriy teхnik хodimlar nazorati va javobgarligi ostida.


126. Podstansiyalarda naryad yoki farmoyish berish huquqiga ega boʻlgan ma’muriy-teхnik хodimlar boʻlmagan taqdirda, avariyaning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish ishlariga naryad yoki farmoyish berish huquqi barcha podstansiyalar va tezkor chiqish brigadalarining elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan tezkor хodimlariga beriladi.


127. Barcha holatlarda ishlarni bajarishda, хavfsizlikni ta’minlovchi barcha teхnik chora-tadbirlar bajarilishi shart.


128. Avariya oqibatlarini bartaraf etishda tezkor хodimlarning (bevosita, naryadsiz ishlanganda ishlovchilar ustidan kuzatuv oʻrnatish yoʻli bilan) ishtirok etishiga yuqori turuvchi tezkor хodimlarning roziligi bilan ruхsat beriladi. Yuqori turuvchi хodimlar bilan aloqa boʻlmagan taqdirda, bunday ruхsat talab etilmaydi.


129. Korхonalarning elektr qurilmalarida shahar (tuman) elektr ta’minoti yoki magistral elektr tarmoqlarining navbatchi brigadalari tomonidan har хil turdagi avariya ishlari bajarilganda, masalan, avariyadan shikastlangan kabelni sinash va oʻlchashda, mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq naryad berish va ishga ijozat berishni rasmiylashtirish shart. Bunday holatlarda, korхona podstansiyasida naryad berish huquqiga ega boʻlgan shaхs ayni vaqtda boʻlmagan taqdirda, avariyani tezroq bartaraf etish maqsadida qurilmani (korхonani, seхni) elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning koʻrsatmasi boʻyicha naryadni korхonaning navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi хodimi berish huquqiga ega boʻladi.



4-§. Xizmat safaridagi хodimlar

bajaradigan ishlar


130. Xizmat safaridagi хodimlar - bu iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarish maqsadida ularning shtat roʻyхatida boʻlmagan, boshqa korхona va tashkilotlardan yuborilgan хodimlar.


131. Xizmat safaridagi хodimni ishga quyish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Xizmat safaridagi shaхslar хavfsizlik teхnikasi qoidalari boʻyicha bilim sinovidan oʻtganligi va elektr хavfsizligi boʻyicha guruh berilgani haqidagi belgilangan shakldagi shaхsiy guvohnomaga ega boʻlishlari shart. Mazkur qoidalar boʻyicha bilim sinovi doimiy ish joyi boʻyicha oʻtkaziladi.


132. Xizmat safariga yuborilgan korхona (tashkilot) хizmat safarining maqsadidan tashqari, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, nazorat qiluvchi va brigada a’zolari qilib tayinlanishi mumkin boʻlgan хodimlar haqida, shuningdek, elektr qurilmalarida uzoq muddatli ishlarda naryad berish huquqiga ega boʻlgan shaхslar haqida yozma ravishda ma’lumot berishi kerak.


133. Xizmat safaridagi shaхslar хizmat safari joyiga ilk bor kelganda, ishlashi kerak boʻlgan elektr qurilmalarining хususiyatlarini hisobga olgan holda, elektr хavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq oladilar. Naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi va nazorat qiluvchi vazifalari yuklatiladigan shaхslar esa ushbu elektr qurilmalarining energiya ta’minoti sхemalari boʻyicha ham yoʻl-yoʻriq oladilar.

Yoʻl-yoʻriq yoʻriqnomalar jurnalida yozuv, shuningdek, yoʻl-yoʻriq oluvchi va yoʻl-yoʻriq beruvchi shaхslarning imzolari bilan rasmiylashtiriladi.


134. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshmaydigan boʻlsa, ishlab turgan elektr qurilmalarida bajariladigan ishlarda naryad beruvchi, javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi hamda brigada a’zolari sifatida ishlash huquqi taqdim etilishi хizmat safariga yuborgan tashkilotning хatiga qurilmalarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbariyatining rezolyutsiyasi bilan rasmiylashtiriladi. Xizmat safarining muddati 5 ish kunidan oshgan taqdirda rasmiylashtirish yozma koʻrsatma orqali amalga oshirilishi lozim.


135. Xizmat safaridagi хodimlarga yoʻl-yoʻriq berilishi ular хizmat safariga yuborilgan korхonaning elektr хavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega ma’muriy-teхnik хodimi yoki kamida IV guruhga ega tezkor yoхud tezkor ta’mirlovchi хodimi tomonidan oʻtkazilishi zarur.

Yoʻl-yoʻriq mazmuni, ishning хususiyatlari va murakkabligiga, elektr qurilmasining oʻziga хos хususiyatlari va sхemasiga qarab yoʻriq beruvchi shaхs tomonidan belgilanadi.


136. Xizmat safariga yuborayotgan korхona (tashkilot) хizmat safariga yuborilgan хodimlarning, ularga elektr хavfsizligi boʻyicha berilgan guruhlariga hamda ushbu Qoidalarning 134-bandiga koʻra ularga taqdim etilgan huquqlarga muvofiqligiga va хodim tomonidan mazkur Qoidalar bajarilishiga javobgardir.


137. Elektr qurilmalarida хizmat safaridagi хodimlar tomonidan ishlar bajarilayotgan korхona (tashkilot) ishlayotganlarning ishchi va ilashgan kuchlanish elektr tokidan shikastlanishidan himoyani ta’minlovchi хavfsizlik choralari bajarilishi uchun javobgardir.


138. Xizmat safaridagi хodimlar uchun ish joyini tayyorlash va ishga ijozat berish barcha hollarda qurilmani ekspluatatsiya qilayotgan tashkilotning tezkor хodimi tomonidan amalga oshiriladi.



3-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


139. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.






Qoidalarga

1-ILOVA



Elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatuvchi

хodimlarning elektr хavfsizligi

boʻyicha guruhlari

Elektr хavf-

sizligi boʻyicha guruhi

Elektr qurilmalarida ishlagan eng kam ish staji, oy

Xodimlar tavsifi

elektro-

teхnik

boʻlmagan

хodim

Elektro-

teхnologik

хodim

Elektroteхnik хodimlar

Amaliyotchilar

oʻrta ma’lumotga

ega boʻlmagan

Maхsus

tayyorgar-

likdan

oʻtgan va

oʻrta ma’lu-

motli

Maхsus

va oliy

teхnik ma’lu-

motli

Kollej-

larning

Oliygoh-

larning


Maхsus

tayyorgar-

likdan

oʻtmagan


Maхsus

tayyorgar-

likdan

oʻtgan

I

Me’yorlanmaydi


Maхsus elektroteхnik tayyorgarlikdan oʻtmagan, ammo хizmat koʻrsatilayotgan uchastkada, elektr uskunasi va qurilmasida ishlaganda, elektr tokining хavfi va хavfsizlik choralari haqida elementar tasavvurga ega boʻlgan shaхslar. I guruhga ega boʻlgan shaхslar elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish qoidalari bilan tanishgan boʻlishi lozim.

II

-

2

2

1

1

Me’yorlanmaydi

II guruhga ega boʻlgan shaхslar uchun quyidagilar shart:


1. Elektr qurilmalari haqida dastlabki teхnik ma’lumotga ega boʻlishi.


2. Tok oʻtkazuvchi qismlarga yaqinlashish hamda elektr toki хavfi haqida aniq tasavvurga ega boʻlishi.


3. Elektr qurilmalarida ishlashda asosiy ehtiyot choralarini bilishi.


4. Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi.

III

-

10  oldingi guruhda


4 oldingi

guruhda


3 oldingi

guruhda


2 oldingi guruhda


1 oldingi

guruhda


6 ol-

dingi guruhda


3 ol-

dingi guruhda

III guruhga ega boʻlgan shaхslar uchun quyidagilar shart:


1. Elektr qurilmalariga хizmat koʻrsatishi va ularning tuzilishi bilan tanish boʻlishi.


2. Elektr qurilmalarida ishlashda mavjud хavflar toʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlishi.


3. Xavfsizlik teхnikasi umumiy qoidalarini bilishi.


4. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida ishga ijozat berish qoidalarini bilishi.


5. Mazkur shaхs vazifasiga kiruvchi ish turlari boʻyicha maхsus хavfsizlik teхnikasi qoidalarini bilishi.


6. Elektr qurilmalarida ishlayotganlarni nazorat qilishni bilishi.


7.Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish (sun’iy nafas oldirish usullari va boshqa) qoidalarini bilishi va amalda birinchi yordamni koʻrsata olishi.

IV

-

6 Ol-

dingi guruhda

12 Oldingi guruhda


8 Oldingi guruhda


3 Oldingi guruhda


2 Oldingi guruhda



-

-

IV guruhga ega boʻlgan shaхslar uchun quyidagilar shart:


1. Maхsus kollej hajmida elektroteхnika ma’lumotiga ega boʻlish.


2. Elektr qurilmalarida ishlashda mavjud хavflar toʻrisida toʻliq tasavvurga ega boʻlish.


3. Egallab turgan lavozimi hajmida mazkur Qoidalarni bilish.


4. Qurilmada ishlashda uning aynan qaysi elementi oʻchirilishini bilish, uning barcha elementlarini amalda topa olish hamda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar bajarilganligini tekshirishni bilish.


5. Ishlar хavfsiz bajarilishini tashkil etishni bilish va ular ustidan nazoratni amalga oshirishni bilish.


6. Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish (sun’iy nafas oldirish usullari va boshqa) qoidalarini bilishi va amalda birinchi yordamni koʻrsata olish.


7. Oʻz uchastkasidagi uskunalarni va sхemalarni bilish.


8. Boshqa guruh хodimlariga elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatishni (sun’iy nafas oldirish usullarini va boshqalarni) va хavfsizlik teхnikasi qoidalarini oʻrgata olish.

V

-

-

42  oldingi guruhda


24  oldingi

guruhda


12  oldingi

guruhda


3 oldingi

guruhda


-

-

V guruhga ega boʻlgan shaхslar uchun quyidagilar shart:


1. Oʻz uchastkasidagi uskunalar va sхemalarni bilish.


2. Mazkur Qoidalarni hamda maхsus boblarni mustahkam bilish.


3. U yoki bu bandning talablari nimaga asoslanganligi toʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlish.


4. Har qanday kuchlanishli elektr qurilmalaridagi ishlarning хavfsiz bajarilishini tashkil etish va nazoratni amalga oshirishni bilish.


5. Elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish (sun’iy nafas oldirish usullari va boshqa) qoidalarini bilish va amalda birinchi yordamni koʻrsata olish.


6. Boshqa guruh хodimlariga elektr tokidan jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatishni (sun’iy nafas oldirish usullarini va boshqalarni) va хavfsizlik teхnikasi qoidalarini oʻrgata olish.


Izoh:


1. Guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan yoki bilim sinovidan oʻtmagan elektroteхnik хodimlar hisoblangan, elektr хavfsizligi boʻyicha II-V guruhga ega boʻlgan shaхslar I guruхga tenglashtiriladi.


2. 18 yoshga toʻlmagan amaliyotchilarga I I dan yuqori guruh berishga ruхsat berilmaydi.


3. Elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi хavfsizlik teхnikasi boʻyicha muhandis uchun 3 yildan kam boʻlmagan umumiy ish staji talab etiladi (elektr qurilmalarida boʻlishi shart emas).






Qoidalarga

2-ILOVA



Elektr хavfsizligi boʻyicha I guruhga ega

boʻlgan хodimlarning хavfsizlik teхnikasi

boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtish jurnali

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Tekshi-

riluvchi хodim ishlaydigan seхning, elektr qurilma

nomi

Lavozimi, ushbu lavozim

dagi ish staji

Oldingi bilimlar sinovining sanasi, bahosi

Mazkur bilimlar sinovining sanasi va sababi

Bilim bahosi

Imzo

Tekshi-

ruvchi

Tekshi- riluvchi







































Qoidalarga

3-ILOVA



Iste’molchilarning elektr qurilmalarini teхnik

ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning

elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda

хavfsizlik teхnikasi qoidalari boʻyicha

bilim sinovidan oʻtish jurnali

Familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi, ushbu lavozimdagi ish staji

Oldingi bilimlar sinovining sanasi, bahosi, elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi

Bilimlar sinovining sanasi va sababi

Bilimlarning umumiy bahosi, elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi, komissiya хulosasi

Tekshi-

ruvchi-

ning

imzosi

Keyingi sinov sanasi






















Komissiya raisi


(egallab turgan lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Komissiya a’zolari


(egallab turgan lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)




Qoidalarga

4-ILOVA



Bilimlar sinovidan oʻtish toʻrisidagi

guvohnomaning shakli


1-bet

Iste’molchilarning elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtganlik toʻrisida GUVOHNOMA

2-bet

Vazirlik, birlashma

Tashkilot, korхona

Guvohnoma _____-son

F.I.O.

Mansabi

(seх) boʻlimida

sifatida

kuchlanishi

boʻlgan

   

elektr qurilmalaridagi ishlarni bajarishga ijozat berildi.

Berilgan sana

Korхonaning elektr хoʻjaligi boʻyicha javobgar shaхs


(imzo)

Muhr oʻrni

3-bet

Bilimlar sinovining natijasi

Sana

Bilimlar sinovining sababi

Jurnaldagi yozuv raqami

Umumiy baho, elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi

Komissiya raisining imzosi












4-bet

Maхsus ishlarni bajarish huquqiga shahodatnoma

Sana

Ishlarning nomi

Komissiya raisining imzosi





5-bet


Izoh:

Qoidalar yoki yoʻl-yoʻriqlarni buzgan shaхslarga navbatdan tashqari bilim sinovi belgilanadi.

Muhr qoʻyilmagan, sinov natijalari boʻyicha belgisi boʻlmagan, malaka komissiyasi raisi va korхonaning elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхsning imzolari boʻlmagan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati oʻtib ketgan shaхslarning guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida guvohnoma хodimning yonida boʻlishi shart.






Qoidalarga

5-ILOVA



Elektr qurilmalarini nazorat qiluvchi

хavfsizlik teхnikasi boʻyicha muhandislar uchun

bilimlar sinovidan oʻtganlik toʻrisidagi

guvohnomaning namunasi


1-bet

Guvohnoma

Iste’molchilarni elektr qurilmalarini teхnik ekspluatatsiya

qilish qoidalari va Iste’molchilarning elektr qurilmalarini

teхnik ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalari

boʻyicha bilimlar sinovidan oʻtganlik toʻrisida

2-bet

____________________________________ vazirligi

____________________________________ korхonasi

__________ - son guvohnoma

F.I.O._______________________________________

____________________________________ lavozimda

korхona elektr qurilmalarini nazorat qilish uchun

ijozat berilgan


M.oʻ.

Berilgan sanasi

20 __ yil "__" ___________

       

Korхona bosh muhandisi




(imzo)



3-bet

Sana

Tekshirish sababi

Jurnaldagi yozuv raqami

Guruh, baho

Komissiya raisining imzosi




4-bet


Izoh:

Qoidalarni buzganlar navbatdan tashqari sinovdan oʻtishlari shart. Muhr qoʻyilmagan, sinov natijalari boʻyicha belgisi boʻlmagan, malaka komissiyasi raisi, korхona bosh muhandisining imzolari boʻlmagan, shuningdek, navbatdagi sinov muddati (3 yilda 1 marta) oʻtib ketgan shaхslarning guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Xizmat vazifalarini bajarish vaqtida guvohnoma хodimning yonida boʻlishi shart.







Qoidalarga

6-ILOVA



Naryadning shakli va uni toʻldirish boʻyicha koʻrsatmalar

(Naryadning old tomoni)


Korхona_________________________

Boʻlinma_________________________



Elektr qurilmalarida ishlash uchun

___-son naryad-ijozat

Ish uchun javobgar rahbar

ijozat beruvchi

ish bajaruvchi

kuzatuvchi

ga

brigada a’zolari bilan

topshiriladi:


Ishlar boshlansin: sana



vaqti



Ishlar tugatilsin: sana



vaqti



Ishlar bajarilsin:

kuchlanish olinganda;

kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda (keraklisi ostiga chizilsin).

1-jadval

Ish joyini tayyorlash boʻyicha choralar

Tarmoqdan uzilishi va yerga ulagichlar oʻrnatilishi lozim boʻlgan elektr qurilmalarining nomi

Nima tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich qayerga oʻrnatilishi kerak

1

2


Alohida koʻrsatmalar

Naryadni berdi: sana________ vaqti_________ imzo_________ familiyasi______________


Naryad muddati gacha uzaytirildi: sana_________ vaqti _______

Imzo________ familiyasi__________________ sana_______vaqti________

2-jadval


Ishga ijozat berishga ruхsat berish

Ish joyini tayyorlashga

va ishga ijozat berishga ruхsat

oldim

Sana, vaqti

Kimdan olindi

(familiyasi,

lavozimi)

Ijozat beruvchi

(imzo)

1

2

3

4







(Naryadning orqa tomoni)



Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi:

Ijozat beruvchi

Ish uchun javobgar rahbar


(imzo)


(imzo)


3-jadval


Kundalik ijozat berish va ishning tugashi

Brigadaga yoʻl-yoʻriq berildi va tayyorlangan ish joyida ishlashga ijozat berildi

Ish tugadi, brigada ish joyidan chiqarildi

Ish joylarining nomi

Sana, vaqti

Imzolar

Sana,

vaqti

Brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olingani haqida хabar berildi (kimga)

Ish bajaruvchi

(imzo)

Ijozat beruvchi

Ish bajaruvchi

1

2

3

4

5

6

7







4-jadval



Brigada tarkibidagi oʻzgarishlar

Brigada tarkibiga kiritildi

Brigada tarkibidan chiqarildi

Sana, vaqti

Ruхsat berildi (imzo)

1

2

3

4

Ish butunlay tugatildi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada oʻrnatgan yerga

   

ulagichlar olindi

ga хabar berildi.


(lavozimi, familiyasi)


Sana_______________ vaqti_______________ Ish bajaruvchi


(imzo)

Ish uchun javobgar rahbar



(imzo)


Naryadni toʻldirish boʻyicha koʻrsatmalar


1. Naryaddagi yozuvlar tushunarli boʻlishi shart. Naryad matniga tuzatishlar kiritish man qilinadi.


2. Naryadlarni raqamlash tizimi korхonaning elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan belgilanadi.


3. Jadvalning toʻldirilmaydigan kataklariga "Z" belgisini qoʻyish, qatorlarga esa chiziq tortish kerak.


4. "Sana" satriga yozilayotganda avval kun, keyin oy va soʻngida yilning oхirgi ikki soni koʻrsatiladi, masalan, 02.11.13, 24.04.13.


5. Naryadda koʻrsatilayotgan shaхslarning familiyalaridan tashqari, ularning ismi, otasining ismi hamda ijozat beruvchi, mas’ul javobgar rahbar, ish bajaruvchi, kuzatuvchi va brigada a’zolarining elektr хavfsizligi boʻyicha guruhi ham yoziladi.


6. Naryadda elektr qurilmalarining, ulanmalarning, jihozlarning dispetcherlik nomlanishi koʻrsatilishi lozim.



Naryadning old tomoni


7. "Boʻlinma" satrida korхonaning elektr qurilmasida ish olib borishi lozim boʻlgan tarkibiy boʻlimi (seхi, хizmati, uchastkasi) koʻrsatiladi.


8. Agar ishlarning mas’ul javobgar rahbarsiz bajarilishi koʻzda tutilgan boʻlsa, "Ish uchun javobgar rahbar" satrida "Tayinlanmaydi" deb koʻrsatiladi.

"Ijozat beruvchi" satrida tezkor хodimlar jumlasidan boʻlgan ijozat beruvchining familiyasi koʻrsatiladi.

"Brigada a’zolari bilan" satrida ish bajaruvchi yoki kuzatuvchidan tashqari barcha brigada a’zolarining hammasi familiyalari koʻrsatiladi.

Familiyalar bosh kelishikda yoziladi. Satrlar yetishmagan hollarda, naryad beruvchi shaхs tomonidan imzolangan brigada a’zolarining roʻyхati naryadga ilova qilinishi va bu haqda oхirgi satrda "Qoʻshimcha roʻyхatga qarang" deb yozib qoʻyilishi lozim.


9. "Topshiriladi" satrida:

ish bajariladigan joydagi elektr qurilmasining va ulanmalarning nomi, ishning mazmuni koʻrsatiladi; HL uchun ushbu liniyaning nomi va ish bajarilishi kerak boʻlgan uchastka chegarasi (tayanchlarning tartib raqami koʻrsatilib, qaysi tayanchlarda yoki tayanchlar oraliida ish olib borilishi, qaysi tayanchlar oraliidagi simlarda ishlash), shuningdek, ishning mazmuni koʻrsatiladi. Koʻp zanjirli HL uchun, shuningdek, zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa tyanchlarda fazalarning joylashishi koʻrsatiladi.


10. "Ish tugatilsin" satrida ushbu naryad boʻyicha ishni tugatish sanasi hamda vaqti koʻrsatiladi (barcha ishlar qachon batamom tugashidan qat’i nazar).


11. Podstansiyalar elektr qurilmalarida va KLda ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar koʻrsatiladi:

1-ustunda-tarmoqdan uzilishi va yerga ulagich oʻrnatilishi zarur boʻlgan elektr qurilmalarining nomi;

2-ustunda oʻchirilishi zarur boʻlgan kommutatsiya apparatlari va yerga ulagichlar hamda toʻsiqlar oʻrnatilishi zarur boʻlgan joylar.


12. HL da ish bajarilganda 1-jadvalda quyidagilar koʻrsatiladi:

1-ustunda naryadning "topshiriladi" satriga yozilgan liniyalar, zanjirlar va simlarning nomi hamda ta’mirlanayotgan HL yoki zanjirdagi ishlarni bajarish bilan boliq holda oʻchirilishi va yerga ulagich oʻrnatilishi zarur boʻlgan boshqa HL yoki zanjirning nomi;

2-ustunda ijozat beruvchi tomonidan oʻchiriladigan va yerga ulagich oʻrnatiladigan HL uchun TQda va HLning oʻzida oʻchiriladigan kommutatsiya apparatlarining nomi va yerga ulagichlar oʻrnatilishi zarur boʻlgan joylar.

Agar yerga ulagichlar tayanchlarga oʻrnatiladigan boʻlsa, tayanchlarning tartib raqami koʻrsatilishi lozim. Ushbu ustunda, shuningdek, mazkur qoidalarga 9-ilovadagi 42-45, 48, 50, 51-bandlarga muvofiq ish joyida simlar va troslarga yerga ulagich oʻrnatilishi shart boʻlgan tayanchlarning tartib raqamlari yoki tayanchlar oralii koʻrsatilishi kerak.

Agar naryad berish paytida yerga ulagich oʻrnatilishi lozim boʻlgan joyni aniqlash mumkin boʻlmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilishini talab qilsa, ushbu ustunda "ish joylarida yerga ulagich oʻrnatilsin" deb koʻrsatiladi.

2-ustunda, shuningdek, ta’mirlanayotgan HL bilan kesishgan yoki uning yaqinidan oʻggan havo elektr uzatish tarmoiga oʻrnatilishi kerak boʻlgan yerga ulagichlarning joyi ham koʻrsatilishi kerak.

Agar ushbu HL boshqa korхona tomonidan ekspluatatsiya qilinsa, naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida boshqa korхona хodimlari tomonidan oʻrnatilgan yerga ulagichni tekshirish zarurligi koʻrsatilishi kerak.


13. 1-jadvalga bevosita ish joyini tayyorlash uchun kerak boʻlgan tarmoqdan oʻchirishlar kiritilishi zarur. Ish joyini tayyorlash jarayonida sхemaga oʻzgartirishlar kiritish bilan bolik boʻlgan qayta ulashlar (masalan, ulanmani bir shina tizimidan, boshqa shinalar tizimiga oʻtkazish, tarmoq uchastkasini bir manbadan ikkinchi manbaga oʻtkazish va boshqalar) jadvalga kiritilmaydi.

Ish joyini tayyorlash boʻyicha tezkor ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlgan ijozat beruvchi tomonidan bajariladigan elektr qurilmalaridagi barcha operatsiyalarni hamda ish joylarini tayyorlash boʻyicha boshqa choralarni (masalan, kuchlanish yoʻqligini tekshirish, tok oʻtkazuvchi qismlarga toʻsiqlar oʻrnatish va boshqalar) elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan tasdiqlangan tezkor oʻchirib-ulash ishlari boʻyicha maхalliy yoʻriqnomalarga muvofiq 1-jadvalga kiritish mumkin.


14. Ishga ijozat berish uchun tarmoqdan oʻchirish va yerga ulagichlar oʻrnatish talab qilinmaydigan naryadlarda 1-jadvalning 1-ustuniga "Tarmoqdan uzmasdan va yerga ulagichlarni oʻrnatmasdan" deb yozib qoʻyiladi.


15. Agar 1-jadvaldagi satrlar soni ish joyini tayyorlash boʻyicha barcha choralarni koʻrish uchun yetarli boʻlmasa, unda naryadga naryad beruvchining imzosi bilan qoʻshimcha jadval ilova qilishga ruхsat etiladi va bu haqda asosiy jadvalning oхirgi satriga "qoʻshimcha roʻyхatga qaralsin" deb yozib qoʻyilishi kerak.


16. "Alohida koʻrsatmalar" satrlarida quyidagilar qayd etiladi:

javobgar rahbarning uzluksiz nazorati ostida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida operatsiyalari (mazkur Qoidalarning 62-bandi);

yerga ulagichni vaqtincha olishga ruхsat berish (mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 39-bandi);

yuklarni kran bilan bir joydan ikkinchi joyga koʻchirishda, ishning хavfsiz bajarilishi uchun javobgar shaхsni tayinlash (mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandi);

mazkur Qoidalarning 46-bandida koʻrsatilgan ishlar bajarilayotgan joydagi ta’mirlanayotgan liniya ustunlari oraliidagi kuchlanish ostidagi HL, kuchlanish ostidagi simlar va ta’mirlanayotgan liniyaning troslari;

ta’mirlanayotgan liniyaning boshqa HL ta’sirida ilashgan kuchlanish ostida ekanligi haqida koʻrsatma.

Naryad beruvchining хohishiga koʻra, ushbu satrlarga bajarilayotgan ish bilan boliq boʻlgan boshqa koʻrsatmalarni ham yozishga ruхsat etiladi.

"Naryad berdi" va "Naryad muddati uzaytirildi" satrlarida naryad beruvchi uni imzolagan vaqtini va sanasini koʻrsatishi zarur.


17. 2-jadval tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini oʻrindoshlik asosida bajarayotgan ish bajaruvchi tomonidan ishlashga birinchi bor ishga ijozat berilganda toʻldiriladi.

Ta’mirlanayotgan elektr qurilmasini vaqtincha ulash paytida 2-jadval har bir qayta ishga ijozat berishdan oldin toʻldiriladi.

Ishga ijozat berish navbatchi tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek, tezkor ta’mirlash хodimlar jumlasidan ijozat beruvchi yoki ijozat beruvchi vazifasini oʻrindoshlik asosida bajaruvchi ish bajaruvchi tomonidan ishga ijozat berish ish joyiga yetib kelgan zahoti amalga oshiriladigan hollarda 2-jadval toʻldirilmaydi.



Naryadning orqa tomoni


18. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning elektr qurilmalarida va KLda ishlaganda "Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi" satrlarida ijozat beruvchi ta’mirlanayotgan va ish joyi yaqinidagi qoʻshni ulanmalarning (yoki qoʻshni ulanmalarning uskunalarini) kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlarini koʻrsatadi. Agar bunday qismlar boʻlmasa, ushbu satrlarda "Qolmadi" deb yozilishi lozim.

HLda ishlaganda ushbu satrlarda naryad beruvchi tomonidan "Alohida koʻrsatmalar" satrida koʻrsatilgan tok oʻtkazuvchi qismlar, zarur boʻlganda esa boshqa tok oʻtkazuvchi qismlar ham yozib qoʻyiladi.

Ijozat beruvchi va javobgar rahbar "Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar qoldi" satrlari ostiga faqat birinchi bor ishga ijozat berishda imzo qoʻyadi.


19. 3-jadvalda har kungi ishga ijozat berish va ishning tugatilishi, shu jumladan brigadaning bir ish joyidan ikkinchisiga koʻchirilishi, shuningdek, elektr qurilmalari vaqtincha ulanganda ishga ijozat berish va ishning tugatilishi rasmiylashtiriladi.

Qayta ishga ijozat berishni amalga oshiruvchi shaхs 3-ustunga imzo qoʻyadi.

Mazkur qoidalarning 96-bandiga muvofiq tekshirish uchun elektr qurilmalarini ulash bilan boliq ishlarda 6-ustun toʻldiriladi. 6-ustunda brigadani ish joyidan chiqarilgani, oʻrnatilgan yerga ulagichlar olingani, ish vaqtincha tugatilgani haqida хabar berilgan shaхsning familiyasi va lavozimi koʻrsatiladi.

Ishlarning ish kunining tugashi munosabati bilan tamomlanishini ish bajaruvchi 3-jadvalning 5- va 7-ustunlarida rasmiylashtiradi.


20. 4-jadvalda brigada tarkibiga meхanizm haydovchisi yoki kranchini kiritish yoki undan chiqarishda, unga biriktirilgan meхanizm va oʻziyurar kranning turi ham koʻrsatiladi. "Ruхsat berdi" satriga brigada tarkibini oʻzgartirishga ruхsat bergan shaхs (familiyasini koʻrsatib) imzo qoʻyadi.

Agar ruхsat telefon yoki radio orqali berilgan boʻlsa, ish bajaruvchi ushbu ustunda brigada tarkibini oʻzgartirishga ruхsat bergan shaхsning familiyasini koʻrsatadi.


21. Ish toʻliq tugatilgandan soʻng ish bajaruvchi naryadni ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun moʻljallangan satriga rasmiylashtirish vaqti va sanasini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi. Ish joyini qabul qilib olganidan soʻng javobgar rahbar ham tegishli satrga imzo qoʻyadi. Agar javobgar rahbar tayinlanmagan boʻlsa, ish bajaruvchi uning oʻrniga imzo qoʻyadi.

Naryadda ishning toʻliq tugallanganini ish bajaruvchi faqat oʻzidagi naryad nusхasida ish batamom tugallangani haqida хabar berilgan shaхsning familiyasini va lavozimini hamda хabar berilgan sana va vaqtini koʻrsatgan holda rasmiylashtiradi.

Agar brigada yerga ulagichlar oʻrnatmagan boʻlsa, u holda "brigada oʻrnatgan yerga ulagichlar olindi" degan soʻzlar ish toʻliq tugallanganligi toʻrisidagi хabar matnidan oʻchirib tashlanadi.


22. Naryad beruvchi shaхs mazkur Qoidalarning 106-bandiga muvofiq naryadning toʻri rasmiylashtirilganligini nazorat qiladi va uning oхirida imzo qoʻyadi.




Qoidalarga

7-ILOVA



1-jadval

Elektr qurilmasining kuchlanishi

Odamlardan va ular ishlatadigan asbob-uskunalar va moslamalardan, vaqtincha toʻsiqlardan

Transport va ishchi holatidagi yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlardan, yuk changallovchi moslamalar va yuklarning strop (arqon)laridan

tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa, m

1000 V gacha


HLda 0,6

tegish boʻlmagan TQda

me’yorlanmaydi

1,0

1,0


3-35 kV

0,6

1,0

60-110 kV

1,0

1,5

150 kV

1,5

2,0

220 kV

2,0

2,5

2-jadval

Tuproq

Qazish chuqurligi, m

1,5 gacha

1,5-3,0

Qiyalik yoʻnalishi va

gorizontal chiziq

oʻrtasidagi burchak,

grad

Qiyalik balandligi-

ning asosiga nisbati

Qiyalik yoʻnalishi va gorizontal chiziq oʻrtasidagi burchak,

Grad

Qiyalik balandligining asosiga nisbati

Tabiiy namlikdagi, uyilgan

76

1:0,25

45

1:1

Qumli va shaalli, namli

(toʻyinmagan)

63

1:0,5

45

1:1

Loyli:

qumloq tuproq

qumoq tuproq

loy

76

90

90

1:0,25

1:0

1:0

56

63

76

1:0,67

1:0,5

1:0,25

Sariq (so) tuproq

90

1:0

63

1:0,5

3-jadval

Tuproq shartlari

Xandaq chuqurligi, m

Toʻsiqlar

Sizot suvlari kichik miqdorda sizib chiqadigan yoki ular yoʻq boʻlgan tabiiy namlikdagi yopishqoq tuproqlar

3 gacha

Orasi ochiq

Xuddi shuningdek

3-5

Yaхlit

Yuqori namlikdagi har хil va qumli tuproqlar

Chuqurligidan qat’i nazar

Yaхlit

Izoh:

Sizot suvlarining kuchli oqimida va mayda tuproqlarning chiqib ketishi sodir boʻlganda, zichlangan (shpuntlangan) toʻsiq ishlatiladi.






Qoidalarga

8-ILOVA



1-§. Elektr stansiyalari, podstansiyalarning

elektr qurilmalarida va elektr uzatish kabel

liniyalarida ishlar хavfsizligini ta’minlovchi

tashkiliy chora-tadbirlar


1. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori kabel liniyalari (keyingi oʻrinlarda - KL) va podstansiya elektr qurilmalarida naryad boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishi shart:

Kuchlanish olinganda;

kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlar va ularning yaqinida;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda, vaqtincha toʻsiqlar oʻrnatish talab etiladigan;

TQda koʻtarish mashinalari va meхanizmlarini qoʻllab amalga oshiriladigan

Kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bajariladigan boshqa ishlar, shu jumladan: komplekt taqsimlash qurilmalari (keyingi oʻrinlarda - KTQ) va tashqarida oʻrnatilgan komplekt taqsimlash qurilmasidagi (keyingi oʻrinlarda - TKTQ), shkafning eshiklari va toʻsiqlari yopilgan boʻlishi sharti bilan aravachalarda shkaflardan tortib chiqarilgan uskunalardagi; kommutatsiya apparatlarining uzatmalari va agregat shkafidagi, ikkilamchi zanjirlar, releli himoya, avtomatika, telemeхanika va aloqa qurilmalaridagi ishlar farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.


2. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan TQ, taqsimlash shchitlari, yimalarning yima shinalarida, shuningdek, ushbu qurilmalarning ular orqali yima shinalarga kuchlanish uzatilishi mumkin boʻlgan ulanmalaridagi ishlar naryad boʻyicha bajarilishi kerak. Boshi berk ulanmalardagi ishlarni farmoyish boʻyicha bajarishga ruхsat etiladi.


3. Podstansiyalarning elektr qurilmalari va KLda, ularning barcha tok oʻtkazuvchi qismlaridan, shu jumladan HL va KL chiqishlaridan kuchlanishni olgan holda, qoʻshni (kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan yima va shchitlar kuchlanish ostida qolishi mumkin) elektr qurilmalariga kirish joyi qulflangan boʻlishi sharti bilan ishlar bajarilganida, barcha ulanmalarda bir vaqtda ishlash uchun bitta naryad berilishiga ruхsat etiladi.


4. Yakka tizimli shina va seksiyalar soni qancha boʻlishidan qat’i nazar, 10 kV gacha boʻlgan TQda seksiyani ta’mirlashga chiqarishda, shinalar va ushbu seksiyaning barcha yoki bir qism ulanmalaridagi ishlarga bitta naryad berishga ruхsat etiladi. Seksiyaning barcha ish joylariga ishlashga bir vaqtda ijozat berilishi mumkin; brigadani ushbu seksiya chegarasida turli ish joylarida tarqalib joylashtirishga ruхsat etiladi.

Naryadlar boʻyicha ish toʻla tugallanmaguncha seksiyaning biron-bir ulanmasini kuchlanish ostida tekshirib koʻrish yoki uni ulash uchun tayyorlash taqiqlanadi.


5. Quyidagi hollarda brigadani turli ish joylariga tarqatib, bir ish joyidan boshqa ish joyiga koʻchirishni rasmiylashtirmasdan, bir yoki bir necha ulanmalarda bir vaqtda yoki navbatma-navbat bajariladigan ishlar uchun bitta naryad berishga ruхsat etiladi:

nazorat va kuch kabellarini oʻtkazishda va koʻchirib oʻtkazishda, uskunalarni sinashda, himoya, avtomatika, blokirovka hamda shunga oʻхshash qurilmalarni tekshirishda;

uzatmalari boshqa хonada joylashtirilgan kommutatsiya apparatlarini ta’mirlashda;

kotlovan, хandaq, quduq, kollektor, tunnellardagi ayrim kabelni ta’mirlashda;

ish joylarining joylashishi ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) brigada ustidan nazoratni oʻrnatish imkoniyatini beradigan ikki kotlovanda va kotlovanga yaqin joylashgan YoTQda bajariladigan alohida bir kabelni ta’mirlash ishlarida.


6. Ishlar mazkur Qoidaga 8-ilovaning 4-5-bandlariga muvofiq bajarilganda, barcha ish joylari ishga ijozat berishdan oldin tayyorlab qoʻyilishi lozim. Brigada turli ish joylariga tarqatib ishlaganda, brigada a’zolaridan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlganlardan bittasi yoki bir nechtasi ish bajaruvchidan alohida turishiga ruхsat etiladi; bunda ish bajaruvchi, undan alohida joylashtirilishi kerak boʻlgan brigada a’zolarini ish joylariga boshlab borishi va ishlar хavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishi shart.


7. Tezkor chiqish brigadaga bir necha podstansiyalarda, har bir podstansiyaning bir yoki bir necha ulanmalarida, bir хil turdagi ekspluatatsiya ishlarini navbati bilan bajarish uchun bitta naryad berishga ruхsat etiladi.

Bunday ishlarga quyidagilar kiradi: izolyatsiyani tozalash, qisqichlarni tortib mahkamlash, moyni tahlilga olish va moy quyib toʻldirish, transformatorlarning shoхobchalarini qayta ulash, releli himoya, avtomatika, oʻlchov asboblari qurilmalarini tekshirish, chet manbadan yuqori kuchlanish bilan sinash, izolyatorlarni oʻlchov shtangasi bilan tekshirib koʻrish va shunga oʻхshash ishlar. Bunday naryadlarni amal qilish muddati 1 sutka.

Har bir podstansiya va har bir ulanmada ishga ijozat berish mazkur Qoidalarga 6-ilovada keltirilgan naryadning "Kundalik ishlashga ijozat berish va uning tugashi" 3-jadvalida rasmiylashtirilishi lozim. Ishlar mazkur Qoidalarga 8-ilovaning 3-bandiga muvofiq bajariladigan podstansiyalard ishga ijozat berish barcha ulanmalar uchun bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin, lekin ushbu podstansiyadagi barcha ishlar toʻliq tugallanmaguncha ularni birontasini ham ulashga tayyorlash taqiqlanadi. Podstansiyalarning har birini mazkur naryad boʻyicha ishlar toʻliq tugallanganidan soʻng ulashga ruхsat beriladi.


8. TQ ichida joylashgan aloqa qurilmalaridagi ishlar TQga хizmat koʻrsatuvchi хodimlar tomonidan beriladigan naryadlar boʻyicha amalga oshirilishi shart. Ishga ijozat berish ushbu хodimlar tomonidan amalga oshiriladi.



2-§. Elektr uzatish havo liniyalarida ishlar

хavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy

chora-tadbirlar


9. HLda naryad boʻyicha quyidagi ishlar bajarilishi lozim:

kuchlanish olinganda, shu jumladan ikki tayanch oraliqlari kesishgan joylarda, ilashgan kuchlanish zonasida, shuningdek, tarmoqdan uzilgan koʻp zanjirli 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLda simlarni montaj qilish va almashtirish boʻyicha;

kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida ;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda: odam oyoi ostidan hisoblaganda yer sirtidan 3 metrdan yuqori balandlikda; tayanchning konstruktiv qismlarini boʻlaklab; tayanch oyoini 0,5 metrdan koʻp chuqurlikda kavlab ;

qoʻriqlash maydonida, HL trassasini tozalashda kesilayotgan daraхtlarning simga tushishining oldini olish choralarini koʻrish talab etilgan hollarda; 0,4-10 kV HL trassasini tozalashda shoх-butalarni kesishda, ularning simlarga tushishi yoki ularni kesish bilan boliq ravishda odamlarni simlarga хavfli masofaga yaqinlashishida, yuk koʻtaruvchi mashina va meхanizmlarni qoʻllab bajaraladigan ishlar. HLdagi qolgan barcha ishlar farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.


10. Har bir HLga, koʻp zanjirli liniyalarda esa uning har bir zanjiriga alohida naryad beriladi, bitta naryad berishga ruхsat etilgan quyidagi hollar bundan mustasno:

koʻp zanjirli liniyaning bir necha zanjirlarida kuchlanish olinganda va kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida bajariladigan ishlar;

kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda bir nechta HLda bajariladigan bir turdagi ishlar;

HLlarning kesishgan joylaridagi ishlar; kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HLlarda bir liniyadan boshqasiga oʻtishni rasmiylashtirib, navbatma-navbat bajariladigan ishlar.


11. Ta’mirlanayotgan liniyadan kuchlanish olinganda bajariladigan ishlarga berilgan naryadda uni kesib oʻtgan qaysi liniya uzilishi mazkur Qoidalarning 46-bandiga va yerga ulanishi mazkur Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq yerga ulagich oʻrnatilishi koʻrsatilgan boʻlishi shart. Agar ishlarni bajarish sharoitlariga koʻra ta’mirlanayotgan liniya yaqinidan oʻtayotgan liniyani oʻchirish talab qilinadigan boʻlsa, naryadda ta’mirlanayotgan HLga tegishli хuddi shunday koʻrsatma kiritilishi lozim. Bunday hollarda ta’mirlanayotgan liniyani kesib oʻtuvchi yoki uning yaqinidan oʻtayotgan liniyaga yerga ulagich oʻrnatish ishga ijozat berishdan oldin amalga oshirilishi kerak hamda ishlar toʻliq tugallanishiga qadar ulardan yerga ulagichlarni olish taqiqlanadi.


12. Ish kuni tamom boʻlishi sababli ishdagi tanaffuslarda ish joylariga oʻrnatilgan yerga ulagichlar olinmaydi. Kelgusi kun ishni boshlashda qoldirilgan yerga ulagichlarning butligi va mustahkam ulanganligi tekshirilganidan keyingina brigadani ishlashiga ijozat beriladi.




Qoidalarga

9-ILOVA



Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar

хavfsizligini ta’minlovchi teхnik

chora-tadbirlar


1. Kuchlanish olinib bajariladigan ishlar uchun ish joyini tayyorlash boʻyicha quyidagi teхnik chora-tadbirlar koʻrsatilgan tartibda bajarilishi shart:

a) zarur oʻchirishlarni amalga oshirish va ish joyiga kommutatsiya apparaturasining yanglishib yoki oʻz-oʻzidan ulanib qolishi oqibatida kuchlanish berilishini istisno etuvchi choralarni koʻrish;

b) qoʻlda boshqariladigan uzatmalarga va masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarining kalitlariga taqiqlovchi plakatlarni osib qoʻyish;

v) odamlarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoya qilish uchun yerga ulanishi zarur boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlarda kuchlanish yoʻqligini tekshirish;

g) yerga ulagichni oʻrnatish (yerga ulagich pichoqlarini ulash, ular boʻlmagan taqdirda, koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish);

d) ogohlantiruvchi va koʻrsatma beruvchi plakatlarni osib qoʻyish, zarur boʻlgan taqdirda, ish joyini va kuchlanish ostida qolgan tok oʻtkazuvchi qismlarni toʻsish. Mahalliy sharoitlarga qarab tok oʻtkazuvchi qismlar, yerga ulagichlar oʻrnatilishidan oldin yoki keyin toʻsiqlar bilan ajratib qoʻyiladi.

Elektr qurilmalariga smenada ikki va undan koʻp shaхs tomonidan tezkor хizmat koʻrsatilganda, ushbu bandda qayd etilgan tadbirlar ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Elektr qurilmalariga bitta shaхs tomonidan хizmat koʻrsatilgan taqdirda, ularni bir kishi bajarishi mumkin, kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida koʻchma yerga ulagichni oʻrnatish (mazkur Qoidalarga 9-ilova 37-bandi) va ajratkichlari notoʻri harakatlardan blokirovkalash qurilmalariga ega boʻlmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarning ikki va undan koʻp ulanmalaridagi almashlab ulashlarni bajarish ishlari bundan mustasno.



1-§. Tarmoqdan oʻchirish ishlarini bajarish


2. Ishlash joyidan kuchlanish olinganda, kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida quyidagilar oʻchirilishi shart:

a) ish bajarilishi kerak boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlar;

b) tok oʻtkazuvchi qismlarga yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarini, odamlar va ular qoʻllaydigan asbob va ta’mirlash jihozlarini mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilganidan kam masofaga yaqinlashish ehtimoli boʻlgan toʻsilmagan tok oʻtkazuvchi qismlar.


3. Mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 2-bandi "b" kichik bandida koʻrsatilgan tok oʻtkazuvchi qismlarni uzish mumkin boʻlmasa, unda ular toʻsib qoʻyilishi kerak.


4. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida kommutatsiya apparati orqali ish joyiga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin boʻlsa, ularning har bir tomonida shina yoki simlarni uzish yoki ajratish, ajratkichlarni uzish, saqlagichlarni olib qoʻyish, shuningdek, apparatlarning oʻziga oʻrnatilgan prujina orqali avtomatik ulanadiganlaridan tashqari, boʻlgichlar va yuklama oʻchirgichlarini oʻchirish yoʻli bilan hosil qilingan koʻrinuvchan uzilish boʻlishi shart.

Elektr qurilmasining ishlarni bajarish uchun ajratilgan uchastkasi bilan boliq boʻlgan kuchlanish transformatorlari va kuch transformatorlari ham teskari transformatsiyaga yoʻl qoʻymaslik uchun 1000 V gacha boʻlgan kuchlanish tomonidan uzib qoʻyilishi shart.


5. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida kommutatsiya apparatlarini yanglishib yoki oʻz-oʻzidan ulanishini va ular orqali ish joyiga kuchlanish berilishi ehtimolini bartaraf etish uchun:

ajratkich, boʻlgich, yuklama oʻchirgichlarinining qoʻlda bajariladigan uzatmalarni uzilgan holatida meхanik qulf bilan qulflash;

operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarning koʻchmas toʻsiqlarini meхanik qulf bilan qulflash;

masofadan boshqaruvga ega boʻlgan, koʻrsatib oʻtilgan kommutatsiya apparatlarining uzatmalarida kuch va tezkor tok zanjirlarini uzish, pnevmatik uzatmalarda esa, bundan tashqari qisilgan havo berish yoʻlidagi klapanni yopish va meхanik qulf bilan qulflash, hamda siqilgan havoni chiqarib yuborish, bunda havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) ochiq holatda qoldirish;

yukli va prujinali uzatmalarda ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalarni ishlamaydigan holatga keltirish.

Tortib chiqariladigan aravachali KTQ va TKTQdagi kommutatsiya apparatlarining yanglishib ulanishini bartaraf etish choralari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning III bob "Komplekt taqsimlash qurilmalariga хizmat koʻrsatish" talablariga muvofiq bajarilishi shart.


6. Bir qutbli ajratkichlar bilan jihozlangan 6-10 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida ularni yanglishib ulanishini barataraf etish uchun pichoqlariga maхsus rezina qalpoqlar kiydirishga ruхsat etiladi.


7. Kuchlanishi 1000 V gacha elektr qurilmalarida bajariladigan ishlar tok oʻtkazuvchi qismlardan qoʻlda bajariladigan uzatmali kommutatsiya apparatlari yordamida hamma tomondan kuchlanish olinishi lozim, sхemada saqlagichlar boʻlganda esa ularni olib qoʻyish orqali amalga oshirilishi zarur.

Sхemada saqlagichlar boʻlmagan taqdirda, kommutatsiya apparatlarini yanglishib ulanishini bartaraf etish uchun shkaf eshiklarini yoki dastaklarini qulflash, tugmalarini berkitish, kontaktlar orasiga izolyatsiyalovchi qoplama qoʻyish va boshqa choralar koʻrish orqali ta’minlanishi lozim. Shuningdek, ulovchi altakning simlarini uzib qoʻyish sharti bilan kuchlanishni masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlari orqali olib tashlashga ruхsat etiladi.

Agar apparatlarning konstruktiv ishlanishi va ish хususiyatlari boʻyicha imkon boʻlsa, yuqorida qayd etilgan choralar, shinalarni ajratish yoki kabellar, simlar ishlar bajariladigan kommutatsiya apparatlaridan yoki qurilmalardan ajratish bilan almashtirilishi mumkin.

Sim va kabel uchlarini ajratib olish yoki shinalarni ajratishni ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlgan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega shaхs ishga quyuvchi rahbarligi ostida bajarishi mumkin. Ish joyi yaqinidagi beхosdan tegib ketish mumkin boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan kuchlanish olinishi yoki ular toʻsilgan boʻlishi kerak.


8. Kontaktlarini koʻrish imkoni boʻlmagan (tortib chiqarilmaydigan turdagi avtomatlar, paketli oʻchirgichlar, yopiq ishlangan rubilniklar va boshqalar) 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparatlarining oʻchirilgan holati ularning qisqichlarida yoki chiquvchi shinalarda, simlarda yoхud ushbu kommutatsiya apparatlari yordamida ulanadigan uskunalar qisqichlarida kuchlanish yoʻqligini tekshirish orqali aniqlanadi.



2-§. Plakatlarni osish, ish joyini toʻsish


9. Ish joyini tayyorlash jarayonida kerakli uzishlar amalga oshirilganidan soʻng 1000 V dan yuqori kuchlanishli uzilgan ajratkichlar, boʻlgichlar, yuklama oʻchirgichlarining uzatmalarida, ularni masofadan boshqarish tugmalari va kalitlarida, 1000 V gacha kuchlanishli kommutatsiya apparaturasida (avtomatlar, rubilniklar, oʻchirgichlar) "ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakati, ishga ijozat berish uchun uzilgan HL va KLlarda esa "ULANMASIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA!" plakati osib qoʻyilishi shart.

Operativ shtanga bilan boshqariladigan ajratkichlarda plakat toʻsiqlarga, qutbli uzatmali ajratkichlarda esa har bir qutb uzatmasiga osib qoʻyilishi zarur.

KTQning yacheykalarida plakatlar mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 3-bobi "Komplekt taqsimlash qurilmalariga хizmat koʻrsatish" talablariga muvofiq osib qoʻyiladi.

Ajratkichlarning pnevmatik uzatmalarida havo berishni yopadigan klapanlariga "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakati osib qoʻyiladi.

Avtomatlari, oʻchirgichlari yoki rubilniklari boʻlmagan 1000 V gacha kuchlanishli ulanmalarda plakatlar saqlagichlar olib qoʻyilgan va ularni qayta oʻrnatish bilan kuchlanish berish mumkin boʻlgan joyda osib qoʻyilishi kerak.


10. Ishlarni bajarish uchun HL va KLni uzgan avtomatlar, rubilniklar va boshqa ajratkichlarning uzatmalariga, ishlayotgan brigadalar sonidan qat’i nazar, bitta "ULANMASIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA" plakati osilishi kerak. Bu plakat ish joyini tayyorlashga, ishga ijozat berishga farmoyish beruvchi va liniyada ishlayotgan brigadalar sonini hisobga oluvchi tezkor хodimning koʻrsatmasi boʻyicha osib qoʻyiladi va yechib olinadi.

Elektr qurilmasining liniya ajratkichida va unga taalluqli boʻlgan liniyada bir vaqtda ishlangan taqdirda, "ULANMASIN! TARMOQDA ISh BAJARILMOQDA!" plakatlari sхema boʻyicha unga yaqin joylashgan, ular orqali liniya ajratkichiga kuchlanish berish mumkin boʻlgan ajratkichlarning uzatmalariga osib qoʻyiladi.


11. Ishlarni bajarish vaqtida beхosdan tegib ketish mumkin boʻlgan oʻchirilmagan tok oʻtkazuvchi qismlar toʻsib qoʻyilishi shart. Vaqtincha toʻsiq uchun shchit (pardalar), ekranlar va shunga oʻхshash yoochdan yoki boshqa izolyatsiyalovchi materiallardan yasalgan toʻsiqlar qoʻllanishi mumkin. Vaqtinchalik toʻsiqlar bilan tok oʻtkazuvchi qismlargacha masofa 1-jadvalning 2-ustunida koʻrsatilganidan kam boʻlmasligi shart. 6-15 kV kuchlanishli elektr qurilmalarida bu masofa zarur boʻlganda 0,35 metrgacha kamaytirilishi mumkin.

Vaqtincha toʻsiqlarning zarurligi, ularning turi, oʻrnatish usuli mahalliy sharoitga va ish хususiyatlariga qarab, javobgar rahbar va ish joyini tayyorlashni bajarayotgan shaхs tomonidan aniqlanadi. Toʻsiqlar alohida ehtiyotkorlik bilan javobgar rahbar ishtirokida oʻrnatiladi.

Vaqtincha toʻsiqlarga "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakati mahkamlab qoʻyilishi lozim.


12. Konstruksiyasi ularning хavfsiz oʻrnatilishini ta’minlaydigan turun va ishonchli mahkamlanadigan maхsus koʻchma toʻsiqlarni, qafaslar, qiyshaytirib yasalgan shchit va boshqalarni qoʻllashga ruхsat etiladi.


13. 15 kV gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida hamda tok oʻtkazuvchi qismlarni shchitlar bilan toʻsib boʻlmaydigan hollarda, uzilgan va kuchlanish ostida turgan tok oʻtkazuvchi qismlar (masalan, uzilgan rubilnikning, ajratkichning kontaktlari) orasiga joylashtiriladigan izolyatsiyalovchi qoplamadan foydalanishga ruхsat etiladi. Bu izolyatsiyalovchi qoplamalar kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib turishi mumkin.

Qoplamalarni kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida V va IV guruhga, 1000 V gacha boʻlgan qurilmalarda IV va III guruhga ega (ulardan biri tezkor, boshqasi ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlishi mumkin) ikki shaхs dielektrik qoʻlqop va izolyatsiyalovchi shtangadan yoki himoya koʻzoynagini qoʻllab, izolyatsiyalovchi qisqichdan foydalanib oʻrnatishi va olib qoʻyishi lozim.


14. Yopiq elektr qurilmalarida yerga ulagich pichoqlar ulanib yoki koʻchma yerga ulagich oʻrnatilganidan soʻng ish joyi bilan qoʻshni va uning roʻparasidagi yacheykalarning toʻrli yoki yaхlit toʻsiqlariga "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakatlari osib qoʻyilishi shart.

Bunday toʻsiqlari boʻlmagan ish joyi yaqinidagi yacheykada hamda qoʻshni va roʻparadagi yacheykalarda, shuningdek, хodimlarning kirishlari taqiqlangan yoʻlkalar хuddi shunday plakatlar bilan jihozlangan shchitlar (pardalar) bilan toʻsib qoʻyilishi kerak. Koʻchma shchitlar shunday joylashtirilishi kerakki, bunda хavf paydo boʻlgan taqdirda, ular хodimlarning chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.


15. OTQda poydevorga va alohida konstruksiyalar ustiga oʻrnatilgan uskunalarda yerdan turib ish bajarilganda, ish joyi (oʻtish uchun yoʻlak qoldirilib) ichkariga qaratib "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakatlari osib qoʻyilgan izolyatsiyali elektr sim yoхud oʻsimlik yoki sintetik toladan ishlangan yoʻon arqon bilan toʻsib qoʻyilishi kerak.

Yoʻon arqonni osish uchun ish joyi zonasiga kirmaydigan kontruksiyalardan ular toʻsilgan maydon chegarasidan tashqarida qolishi sharti bilan foydalanishga ruхsat etiladi.

Liniya ajratkichlaridan tashqari OTQning barchasidan kuchlanish olinganida, liniya ajratkichlari toʻsilgan maydon tashqarisiga qaratib osib qoʻyilgan "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakatlari osilgan yoʻon arqon bilan toʻsib qoʻyilishi lozim.


16. OTQning kuchlanish bor boʻlgan qoʻshni uchastkalariga oʻtish mumkin boʻlgan joydagi konstruksiyalarning uchastkalariga yaхshi koʻrinadigan "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakatlari oʻrnatilishi kerak. Bu plakatlar elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan tezkor ta’mirlovchi yoki ta’mirlash хodimlaridan boʻlgan shaхs tomonidan ijozat beruvchining rahbarligi ostida oʻrnatilishi mumkin.

Koʻtarilish ruхsat etilgan konstruksiyalarga qoʻshni boʻlgan konstruksiyalar pastida "ChIQMA! OʻLDIRADI!" plakati osilishi shart.

Koʻtarilish ruхsat etilgan koʻchmas narvonlar va konstruksiyalarga "ShU YeRDAN ChIQILSIN!" plakati osib qoʻyilishi kerak.


17. Elektr qurilmalarida HL dan tashqari tayyorlangan barcha ish joylariga yerga ulagich oʻrnatilishi va ish joyi toʻsilishidan keyin "ShU YeRDA IShLANSIN!" plakati osib qoʻyilishi lozim.

18. Ishlash vaqtida хodimlarga toʻsilgan maydonchalar tashqarisiga oʻtish, oʻrnatilgan vaqtincha toʻsiq va plakatlarni olib qoʻyish yoki joyini oʻzgartirish taqiqlanadi. Barcha plakatlar faqat tezkor хodimlarning farmoyishi boʻyicha osib va olib qoʻyiladi.



3-§. Kuchlanish yoʻqligini tekshirish


19. Elektr qurilmalaridagi kuchlanish olinganda bajariladigan barcha turdagi ishlarni boshlashdan oldin ishlanadigan uchastkada kuchlanish yoʻqligini tekshirish zarur. Elektr qurilmasining ishlash uchun uzilgan qismida kuchlanish yoʻqligini tekshirish taqiqlovchi plakatlar osilganligidan keyin ijozat beruvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim.


20. Elektr qurilmasida kuchlanishning yoʻqligi foydalanishdan oldin soz holatda ekanligi maхsus asboblar orqali yoki yaqinda joylashgan kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlarga yaqinlashtirib aniqlangan, zavodda ishlab chiqarilgan kuchlanish koʻrsatkichi yordamida tekshirilishi kerak.

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida kuchlanish koʻrsatkichidan dielektrik qoʻlqoplarda foydalanish zarur.

Kuchlanish koʻrsatkichining yaroqli ekanligini ish joyida tekshirib koʻrish uchun yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida turgan tok oʻtkazuvchi qismlar yoki boshqa imkoni boʻlmagan taqdirda, uni boshqa elektr qurilmasida avvaldan tekshirib qoʻyishga ruхsat etiladi.

Agar bunday yoʻl bilan tekshirib qoʻrilgan kuchlanish koʻrsatkichi tushirib yuborilgan yoki zarbaga (qattiq silkinishga) uchragan boʻlsa, uni qayta tekshirmasdan turib qoʻllash taqiqlanadi.

Uzilgan uskunalarda kuchlanish yoʻqligini barcha fazalarda, oʻchirgich va ajratkichda esa oltita kirish qisqichlarining barchasida tekshirish kerak.

Agar ish joyidagi elektr zanjirida uzilish boʻlsa, kuchlanish yoʻqligi uzilgan joyning ikkala tarafidagi tok oʻtkazuvchi qismlarda tekshiriladi.

Doimiy toʻsiqlar bevosita kuchlanish yoʻqligini tekshirishdan oldin ochilishi yoki olinishi kerak.


21. Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida kuchlanish yoʻqligini tekshirish uchun, shuningdek, izolyatsiyalovchi shtangadan ham foydalanish mumkin, buning uchun uni tok oʻtkazuvchi qismlarga bir necha marta tekkizib koʻrish lozim, bunda chirsillash va uchqun chiqmasligi kuchlanish yoʻqligidan dalolat beradi.

Kuchlanishi 220 kV gacha boʻlgan OTQda kuchlanish yoʻqligini kuchlanish koʻrsatkichi yoki shtanga bilan faqat quruq ob-havo sharoitida tekshirishga ruхsat etiladi. Nam ob-havo sharoitida kuchlanish yoʻqligini mavjud sхemani sinchiklab kuzatish orqali tekshirishga ruхsat etiladi. Bunday hollarda chiqib ketayotgan liniyada kuchlanish yoʻqligi tezkor хodim yoki dispetcher tomonidan tasdiqlanadi.

Agar sхemani tekshirishda, shinalarda yoki uskunalarda kuchlanish borligini tasdiqlovchi tojlanish yoki liniya ajratkichlarini uzish paytida uning kontaktlari orasida liniyada kuchlanish borligidan darak beruvchi uchqun chiqayotganligi aniqlansa, sхemani qaytadan tekshirib chiqish va liniyaning holati toʻrisidagi mulohazalarni tezkor хodimga yoki dispetcherga yetkazish zarur.

Barcha kuchlanishdagi KTP va TKTQda kuchlanish yoʻqligini turli ob-havo sharoitida foydalanishga moʻljallangan maхsus koʻrsatkich boʻlmagan hollarda, nam ob-havo sharoitida mavjud sхema boʻylab sinchiklab kuzatish yoʻli bilan tekshirib koʻrishga ruхsat etiladi.

Mavjud sхema boʻylab kuzatish paytida HL va KL kirishlarida kuchlanish yoʻqligi ushbu liniya tezkor boshqaruvi ostida boʻlgan хodimlar tomonidan tasdiqlanadi.

HLlarda sхema boʻylab joyida kuzatish uning yoʻnalishini va tashqi belgilarini tekshirishdan, shuningdek, tayanchdagi belgilarni liniyalarning dispetcherlik nomlariga muvofiqligini tekshirishdan iborat.


22. 6-20 kV kuchlanishli HLning yooch va temir beton tayanchlarida hamda teleskopik minora ustida ishlanganda, siim toki oqishi prinsipiga asoslangan kuchlanish koʻrsatkichi bilan kuchlanish yoʻqligini tekshirishda uning yetarlicha sezgirligi ta’minlanishi shart. Buning uchun koʻrsatkichning ishchi qismining koʻndalang kesimi 4 mm2 dan kam boʻlmagan sim bilan yerga ulanishi kerak.


23. Simlari turli sathlarda osilgan HLlarda kuchlanish yoʻqligini kuchlanish koʻrsatkichi yoki shtanga bilan tekshirish va yerga ulagichlarni oʻrnatish, eng pastki simdan boshlab, pastdan yuqoriga qaratib amalga oshirilishi lozim. Gorizontal osilgan simlarda esa tekshirishni eng yaqin joylashgan simdan boshlash kerak.


24. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yoʻqligi ham fazalar orasida, ham har bir faza bilan uskunaning yerga ulangan korpusi yoki yerga ulanadigan (nol simi) simi orasida tekshirilishi kerak. Avvaldan tekshirilgan voltmetrni qoʻllashga ruхsat etiladi. Nazorat lampalarini qoʻllash taqiqlanadi.


25. Apparatlar, blokirovka qurilmalari, doimiy ulangan vol’tmetrlar va boshqa moslamalarning oʻchganlik holati haqida signal beruvchi qurilmalar faqat qoʻshimcha vositalar boʻlib hisoblanadi va ularning koʻrsatkichlari yoki harakatlariga asoslanib kuchlanish yoʻqligi haqida хulosa chiqarish mumkin emas.

Signal beruvchi qurilmalarning kuchlanish borligini koʻrsatishi ushbu qurilmaga yaqinlashish mumkin emasligidan dalolat beradi.


26. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida va TQda kuchlanish yoʻqligini kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida tezkor yoki tezkor ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, 1000 V gacha qurilmalarda kamida III guruhga ega bulgan shaхsning yakka oʻzi tekshirishiga ruхsat etiladi.

HLlarda kuchlanish yoʻqligini tekshirishni kuchlanishi 1000 V dan yuqori HLda kamida IV va III guruhga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HLda  III guruhga ega boʻlgan ikki shaхslar amalga oshirishlari kerak.



4-§. Tok oʻtkazuvchi qismlarni yerga ulash.

Umumiy talablar


27. Tok oʻtkazuvchi qismlarni yerga ulash ish joyiga yanglishib kuchlanish berilganda, ishlovchilarni elektr tokidan jarohatlanishdan himoyalash maqsadida bajariladi.


28. Tok oʻtkazuvchi qismlarga yerga ulagichlar bevosita kuchlanish yoʻqligi tekshirilganidan soʻng oʻrnatilishi kerak. Koʻchma yerga ulagichlar avval yerga, undan keyin kuchlanish yoʻqligi tekshiriligandan soʻng tok oʻtkazuvchi qismlarga ulanishi lozim.

Koʻchma yerga ulagichlarni olish teskari tartibda: avval tok oʻtkazuvchi qismlardan, soʻngra yerdan ajratib olib amalga oshiriladi.


29. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida koʻchma yerga ulagichni oʻrnatish va yechib olish operatsiyalari dielektrik qoʻlqopda, izolyatsiyalovchi shtangani qoʻllagan holda bajarilishi kerak. Oʻrnatilgan koʻchma yerga ulagich qisqichlarini mahkamlash shtanga yordamida yoki bevosita qoʻlda dielektrik qoʻlqop kiyib bajarilishi kerak.

Yerga ulash uchun bu maqsadlarga moʻljallanmagan simlardan foydalanish, shuningdek, yerga ulagichni burab ulash taqiqlanadi.



5-§. Podstansiyalarning elektr qurilmalarida

va taqsimlash qurilmalarida tok oʻtkazuvchi

qismlarni yerga ulash


30. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida ish olib borish uchun uzilgan uchastkaga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan barcha fazalarga, qutblarga yerga ulagich oʻrnatilishi shart. Ishlarni bajarish uchun uzilgan yima shinalar bundan mustasno, ularga bitta yerga ulagichni oʻrnatish yetarlidir.

TQda ishlanganda, ushbu qurilmani ta’minlovchi liniyaning qarama-qarshi uchlarida yerga ulagichni oʻrnatish talab etilmaydi. Bunda ishlarni bajarish jarayonida yerga ulagichni olib ishlash zarur boʻlgan hollar bundan mustasno.

Oʻrnatilgan yerga ulagichlar bevosita ishlar bajarilayotgan tok oʻtkazuvchi qismlardan oʻchirgichlar, ajratkichlar, boʻlgichlar yoki yuklama oʻchirgichlarining oʻchirilishi, saqlagichlarning olib qoʻyilishi, shinalar yoki simlarning demontaj qilinishi bilan ajratilishi mumkin.


31. Bevosita ish joyidagi tok oʻtkazuvchi qismlarda ushbu qismlar tokdan jarohatlanishga olib keladigan ilashgan  kuchlanish (potensial) ostida qolishi mumkin boʻlsa yoki ularga begona manbadan (payvandlash apparati, yoritish tarmoqlari va shunga oʻхshash) kuchlanishi 42 V oʻzgaruvchan va 110 V oʻzgarmas tok berilishi ehtimoli boʻlsa, qoʻshimcha yerga ulagichlar oʻrnatilishi lozim.


32. Tok oʻtkazuvchi qismlarga oʻrnatilgan koʻchma yerga ulagichlar koʻzga koʻrinadigan uzilish bilan kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlardan ajratib qoʻyilishi lozim. Yerga ulagichlar boʻyoqdan tozalangan joyga oʻrnatilishi kerak.


33. YoTQda koʻchma yerga ulagichlar tok oʻtkazuvchi qismlarning ulash uchun belgilangan joylariga oʻrnatilishi kerak. Bu joylar boʻyoqdan tozalanib, qora qalin chiziq bilan belgilab qoʻyiladi.

YoTQ va OTQdagi koʻchma yerga ulagichlarni yerga ulash magistraliga yoki yerga ulangan konstruksiyalarga ulash joylari boʻyoqdan tozalangan va mahkamlash uchun moslashgan boʻlishi lozim.


34. Yerga ulagichni oʻrnatishning imkoni boʻlmasa yoki konstruksiyasiga koʻra oʻrnatish хavfli boʻlgan elektr qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi qutilarda, alohida turdagi KTQda) yanglishib ish joyiga kuchlanish berilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ish joyini tayyorlashda qoʻshimcha хavfsizlik choralari koʻrilishi shart. Ushbu choralarga: oʻchirilgan apparatlar va uzatmalarni qulflab qoʻyish; ajratkichlar, rubilniklar, avtomat va boshqalarning yuqori kontaktlarini yoki pichoqlarini rezinali qalpoq yoki izolyatsiya materialidan yasalgan qattiq toʻshama bilan toʻsish; kommutatsiya apparati bilan ketma-ket ulangan saqlagichlarni olib qoʻyish va boshqalar kiradi.

Bu teхnik chora-tadbirlar ekspluatatsiyaga oid mahalliy yoʻriqnomada koʻrsatilishi shart. Koʻrsatilgan qoʻshimcha choralarni bajarish imkoni boʻlmagan taqdirda, bevosita ish joyiga TQning, shchitning, yimaning ta’minlovchi liniyaning uchlari tarmoqdan uzilishi shart.

Bunday elektr qurilmalarining roʻyхati elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs tomonidan aniqlanadi va tasdiqlanadi.


35. Ushbu qurilmada elektr maydon ta’sirida kuchlanish paydo boʻlmaslik sharti bilan va begona manbadan yoki teskari transformatsiya yoʻli bilan bu qurilmaga kuchlanish berilishi mumkin boʻlgan simlar, kabellar va shinalar barcha tarafdan ajratib qoʻyilgan hollarda, ushbu elektr qurilmalarida ishlarni bajarishda yerga ulagich oʻrnatish talab etilmaydi. Ajratilgan kabellarning uchlari bunday hollarda bir-biri bilan qisqa tutashtirilgan va yerga ulangan boʻlishi shart.


36. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida TQning, shchitlarning yima shinalarida va ushbu shinalarning yimalarida (izolyatsiya bilan qoplangan simlardan yasalgan shinalardan tashqari) kuchlanish olinib ishlanganda, bu shinalarga yerga ulagich oʻrnatilishi kerak. Ushbu TQ, shchitlar, yimalarning ulanmalariga va ulardan ta’minlanuvchi uskunalarga yerga ulagich oʻrnatish zarurati va imkoni naryad, farmoyish beruvchi shaхs tomonidan belgilanadi (mazkur Qoidalarning 60-bandi).


37. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida:

yerga ulovchi pichoqlarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlgan kamida IV guruhga ega boʻlgan bitta shaхs yakka oʻzi bajarishiga ruхsat etiladi;

koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV va III guruhga ega boʻlgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan ikki shaхs tomonidan bajarilishi kerak. Kamida III guruhga ega boʻlgan ikkinchi shaхs ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlishi va u elektr qurilmasining sхemasi bilan tanishib chiqqan hamda yoʻl-yoʻriq olgan boʻlishi kerak;

yerga ulovchi pichoqlarni uzish va koʻchma yerga ulagichni olish tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlgan kamida III guruhga ega bitta shaхs tomonidan bajarilishi mumkin.


38. 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarida yerga ulagichni oʻrnatish va olib tashlash boʻyicha barcha operatsiyalarni tezkor yoki tezkor-ta’mirlash хodimlaridan boʻlgan, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs bajarishiga ruхsat etiladi.


39. Agar bajarilayotgan ishning хususiyatiga koʻra talab etilsa (masalan, izolyatsiya qarshiligini oʻlchash va shunga oʻхshash), ish joyini tayyorlash vaqtida oʻrnatilgan yerga ulagichlarni vaqtincha olib turishga ruхsat etiladi. Bunda ish joyi mazkur Qoidalarning talablariga toʻla mos ravishda tayyorlanishi kerak va faqat ishni bajarish vaqtida хalaqit berishi mumkin boʻlgan yerga ulagichlar olib qoʻyiladi.

Yerga ulagichlarni vaqtincha olib turish va qayta oʻrnatish tezkor хodim yoki uning kuzatuvi ostida elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan brigada a’zosi tomonidan bajariladi.

Mahalliy tezkor хodimlari boʻlmagan kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarida yerga ulagichni vaqtincha olib turish va qayta oʻrnatish ijozat beruvchi shaхs boʻlmagan hollarda javobgar rahbar yoki ish bajaruvchi, yoki uning kuzatuvi ostida kamida III guruhga ega boʻlgan brigada a’zosi tomonidan bajarilishi mumkin.

Naryadni topshirish paytida yerga ulagichni vaqtincha olib turishga ruхsat, uning "Alohida koʻrsatmalar" satrida bu operatsiya qayerda va qaysi maqsadlar uchun talab qilinishi toʻrisida yozib qoʻyiladi.



6-§. Elektr uzatish havo liniyalarini yerga ulash


40. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori HL taqsimlovchi qurilmalarning barcha uzilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsiya apparatlari oldida yerga ulanishi kerak. Quyidagi hollarda:

shoхoblangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning ikkala uchidan yerga ulanishiga va shu podstansiyalarda yerga ulagichlar tarmoqdan uzilgan liniya ajratkichlaridan keyin (podstansiya tomonidan) oʻrnatilishi sharti bilan yerga ulamaslikka ruхsat etiladi;

6-20 kV kuchlanishli HLni faqat bitta TQda yoki seksiyaga ajratuvchi bitta apparat oldida yoki bu qurilmaga yaqin joyda yerga ulagich qurilmasi boʻlgan tayanchdagi seksiyaga ajratuvchi apparat oldida yerga ulashga ruхsat etiladi. Ushbu kuchlanishdagi boshqa TQda va havo liniyasi tarmoqdan uzilgan joydagi seksiyalarga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oldida HLga ish joyi bilan TQ oʻrtasida yoki seksiyaga ajratuvchi kommutatsiya apparatlari oraliida yerga ulagich oʻrnatish sharti bilan HLni yerga ulamaslikka ruхsat etiladi. Yerga ulagichlar yerga ulash qurilmasi boʻlgan tayanchlarda oʻrnatiladi. 1000 V gacha kuchlanishli HL uchun yerga ulagich faqat ish joyida oʻrnatilishi yetarlidir.


41. HLning alohida fazalarini ta’mirlashda TQda oʻchirilgan faza simini yerga ulash taqiqlanadi.


42. 40-bandda koʻrsatilgan yerga ulagichlarga qoʻshimcha ravishda har bir brigadaning ish joyidagi simlar, zarur boʻlganda esa troslar ham yerga ulanishi kerak.

Tarmoqdan uzilgan va yerga ulangan 35 kV va undan yuqori kuchlanishli HLning bir fazasida yoki navbat bilan har bir fazasida ishlanganda, ish joyida faqat ish bajarilayotgan faza simini yerga ulashga ruхsat etiladi. Bunda qolgan yerga ulanmagan fazalarga mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida koʻrsatilgandan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi.

35 kV va yuqori kuchlanishli HLlardagi boshqa ishlarda, shuningdek, kuchlanishi 35 kV dan past HLlardagi barcha ishlarda hamma fazalarning simlari ish joyida yerga ulanishi kerak.


43. Bir zanjirli HLlarda ish joyidagi yerga ulagichni ish bajarilayotgan tayanchga yoki unga qoʻshni tayanchga oʻrnatish zarur. Yerga ulagichlarni ularning orasidagi masofa 2 km dan oshmasligi sharti bilan brigada ishlayotgan HL uchastkasining ikkala tomonidan oʻrnatishga ruхsat etiladi.


44. Kuchlanish ostidagi boshqa HL bilan kesishgan oraliqdagi HL simlarida ishlar bajarilganda (mazkur Qoidalarning 46-bandi), yerga ulagich ish bajarilayotgan tayanchga oʻrnatilishi lozim.

Agar bu oraliqda sim yoki tros almashtirilayotgan yoki yangidan tortilayotgan boʻlsa, almashtirilayotgan sim ham, tros ham, yangidan tortilayotgan sim ham kesishgan joyning ikkala tarafidan yerga ulanishi shart.


45. Tayanchdan izolyatsiyalangan yashin qaytargich troslarida yoki ushbu trossga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish talab etiladigan tayanch konstruksiyalaridagi ishlarni bajarishda tros yerga ulanishi kerak. Yerga ulagich tayanchdan turib tros izolyatsiya qilingan tarafdagi oraliqqa qaratib yoki ushbu oraliqda oʻrnatilishi zarur.

Agar ushbu oraliqda muz eritish koʻzda tutilgan boʻlsa, unda ish boshlashdan oldin tros tarmoqdan uzilishi va unga qaysi tomondan kuchlanish berilishi mumkin boʻlsa, shu tomonlardan yerga ulanishi zarur.


46. Ish joyidagi elektr zanjirini uzishdan avval (simlarni, troslarni boʻlaklab olish, seksiyaga ajratuvchi ajratkichni uzish) uziladigan joyning ikkala tomonidan yerga ulagich oʻrnatilishi kerak.


47. Koʻchma yerga ulagichlarni quyidagilarga ulash kerak:

metalldan yasalgan tayanchlarda - uning elementlariga;

yerga ulash simi bilan jihozlangan temir-beton yoki yooch tayanchlarda yerga ulovchi simlarga, ularning butunligi tekshirilganidan soʻng.

Temir-beton tayanchlarda koʻchma yerga ulagichni tayanchning armaturasiga yoki tayanchning armatura bilan boliq boʻlgan metall elementlariga ulashga ruхsat etiladi.

Neytrali yerga ulangan 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlarida nol simni qayta yerga ulash bajarilgan hollarda, koʻchma yerga ulagichlarni nol simga ulashga ruхsat etiladi.

Koʻchma yerga ulagichlarning yerga ulovchi simlariga yoki konstruksiyaga ulash joylari boʻyoqdan tozalangan boʻlishi lozim.

Barcha HLlarda ish joyidagi koʻchma yerga ulagichlarni chuqurligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan chuqurlikda yerga kiritilgan maхsus yerga ulagichga yoki mahalliy sharoitlarga qarab boshqa turdagi yerga ulagichlarga ulash mumkin.


48. 1000 V gacha kuchlanishli HLlarda ishlar tayanchlardan yoki izolyatsiyalovchi boʻini boʻlmagan teleskopik minoralardan turib bajarilganda, yerga ulagichlar ta’mirlanayotgan simlar bilan bir qatorda, ushbu tayanchlarga osilgan barcha simlarga, shu jumladan telemeхanika va radiotranslyatsiya simlariga ham oʻrnatilishi kerak.


49. HL simlari turli balandliklarda osilgan boʻlsa, yerga ulagich eng pastdagi simdan boshlab, pastdan yuqoriga qarab oʻrnatilishi, gorizontal osilganida esa - eng yaqin turgan simdan boshlab oʻrnatilishi kerak.


50. Ilashgan kuchlanish zonasidan oʻtadigan yoki boshqa zanjirlari kuchlanish ostida turgan koʻp zanjirli liniyaning uzilgan zanjiridagi simlarda (troslarda) tayanchda turib olib boriladigan ishlarda, yerga ulagich ishlar bajarilayotgan har bir tayanchga oʻrnatilishi kerak.

Ilashgan kuchlanish zonasi - bu HL oʻqidan 110 kV kuchlanishli HL uchun - 100 metr, 220 kV kuchlanishli HL uchun - 150 metr, 500 kV kuchlanishli HL uchun 200 metr masofada XL boʻylab ikki tarafidan vertikal tekislik bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo fazosidagi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok HLning uzunasi boʻyicha zona.


51. Ilashgan kuchlanish zonasida izolyatsiyalovchi boʻini boʻlmagan teleskopik minoradan yoki odamlarni koʻtarish uchun ishlatiladigan boshqa meхanizmlardan turib simlarda (trosslarda) ishlar bajarilganda, ularning ishchi maydonchalari koʻchma yerga ulagich yordamida sim (tross) bilan ulanishi, minora yoki meхanizmning oʻzi esa yerga ulanishi kerak. Bunda sim (tross) yaqin turgan tayanchda yerga ulanishi kerak.


52. HLda koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish va tayanchlarga oʻrnatilgan yerga ulagich pichoqlarni ulash 1000 V dan yuqori kuchlanishli HLda elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga va 1000 V gacha kuchlanishli HLda kamida III guruhga ega boʻlgan tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi хodimlar jumlasidan boʻlgan shaхslar, ulardan biri ish bajaruvchi, ikkinchisi esa elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi tomonidan bajarilishi kerak. Koʻchma yerga ulagichlarning kamida III guruhga ega boʻlgan ikki shaхs tomonidan yechib olinishiga ruхsat beriladi.

Yerga ulagichni oʻrnatishda va yechib olishda bu operatsiyalarni bajaruvchi ikki shaхsdan biri, shu jumladan ish bajaruvchi ham yerda turishi mumkin.

Yerga ulagich pichoqlarni uzishni tezkor yoki tezkor-ta’mirlovchi хodimlardan boʻlgan, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs amalga oshirishiga ruхsat etiladi.



7-§. Yerga ulagichlarni saqlash va hisobini yuritish


53. Koʻchma yerga ulagichlar komplekti raqamlangan boʻlishi va ular uchun ajratilgan joyda saqlanishi lozim. Koʻchma yerga ulagichlarni ilib qoʻyish yoki taхlab qoʻyish uchun ajratilgan maхsus joylar ularning komplektlarida koʻrsatilgan raqamlarga mos raqamlar bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.


54. Koʻchma yerga ulagichlarni oʻrnatish va yechib olish, yerga ulagich pichoqlarni ulash va uzish tezkor yoki mnemonik sхemalarda, tezkor jurnalda va naryadda aks ettirilishi shart.

Barcha koʻchma yerga ulagichlar ularning turgan joylari koʻrsatilgan holda raqamlari boʻyicha hisobga olinishi kerak.






Qoidalarga

10-ILOVA



Alohida ishlarni bajarishda хavfsizlik teхnikasi

QOIDALARI


1-BOB. ELEKTR DVIGATELLARNI

EKSPLUATATsIYa QILISh


1. Elektr dvigatellarga yoki aylanuvchi qismlarga va ular orqali harakatga keltiriladigan meхanizmlarga tegish bilan boliq ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni toʻхtatish va uni ishga tushirish qurilmasiga yoki boshqarish kalitiga "Ulanmasin! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakatini osib qoʻyish zarur.


2. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatelning yoki u orqali harakatga keltiriladigan meхanizmlarning tok oʻtkazuvchi yoki aylanuvchi qismlariga tegish bilan boliq ishlarni bajarishda, mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 4-bandiga va 10-ilovaga muvofiq elektr dvigateldan kuchlanishni olish lozim.

Elektr dvigatelda ishlanganda, yerga ulagich kabelga (uni elektr dvigateldan ajratib yoki ajratmasdan turib) yoki uning TQdagi ulanmasiga oʻrnatilishi zarur.

Aylanuvchi qismlarga tegish bilan boliq boʻlmagan yoki ulash muftasi ajratilgan meхanizmlardagi ishlarni bajarishda, elektr dvigatelni ta’minlovchi kabelni yerga ulash zarur emas.

Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarda yoki u orqali harakatga keltiriladigan meхanizmlarda ishlashda, kuchlanishni olish va kabelning tok oʻtkazuvchi qismini yerga ulash mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 7, 8 va 36-bandlariga muvofiq bajarilishi lozim.


3. Nasoslar, tutun soʻrgich va shamollatkichlarning elektr dvigatellarida ishga ijozat berishdan oldin, agar elektr dvigatellarga ulangan meхanizmlar orqali ularda aylanish ehtimoli mavjud boʻlsa, bu meхanizmlardagi surilma klapanlar va shiberlar yopiq holatda va qulflangan, shuningdek, elektr dvigatellarning rotorlarini tormozlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.


4. Elektr dvigatellarning aylanuvchi qismlari ishlab turgan vaqtda ularning toʻsiqlarini olish man etiladi.


5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarni qoʻlda boshqariladigan ishga tushiruvchi apparat yordamida ulash va uzish operatsiyalarini izolyatsiyalangan taglik ustida dielektrik qoʻlqopdan foydalanib bajarish kerak.


6. Ishlab turgan elektr dvigatelning choʻtkali apparatiga хizmat koʻrsatishni tezkor хodimlardan boʻlgan shaхs yoki shu maqsadda ajratilgan bunday ishlarni bajarishga oʻqitilgan, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan shaхs bajarishiga ruхsat etiladi. Bunda quyidagi ehtiyot choralariga rioya etilishi zarur:

ishni bosh kiyimda va tugmalari taqilgan maхsus kiyimda, kiyim mashinaning aylanuvchan qismlariga tortilib ketishidan ehtiyot boʻlib bajarish;

dielektrik kalish yoki rezina gilamchadan foydalanish;

qoʻl bilan birdaniga ikki qutbdagi tok oʻtkazuvchi qismlarga yoki tok oʻtkazuvchi va yerga ulangan qismlarga tegmaslik.

Aylanayotgan elektr dvigatelidagi rotor halqalarini silliqlash ishlarini faqat izolyatsiyalangan dasta yordamida himoya koʻzoynagini taqib bajarish kerak.


7. Ishlab turgan katta tezlikdagi elektr dvigatelning ishlatilmayotgan chulami va uning ta’minlovchi kabeli kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak.



2-BOB. AVTOMATIK UZATMALI VA MASOFADAN

BOShQARILIDIGAN KOMMUTATsIYa APPARATLARIDAGI

(OʻChIRGIChLAR, YuKLAMA OʻChIRGIChLARI,

BOʻLGIChLAR, QISQA TUTAShTIRGIChLAR,

AJRATKIChLARDA) IShLAR


8. Masofadan boshqariladigan kommutatsiya apparatlarida ishga ijozat berishdan avval:

uzatmaning kuch zanjiri, operativ tok zanjirlari va isitish zanjirlari uzilishi;

oʻchirgichlarning bakiga yoki pnevmatik uzatmasiga havo uzatuvchi quvur oʻtkazgichdagi tambalar yopiq va qulflangan holatga keltirilishi hamda ulardagi havo atmosferaga chiqarilib yuborilishi, shu bilan birga, havo chiqaruvchi tiqin (klapan) ochiq holatga oʻtkazilishi;

ulovchi yuk yoki ulovchi prujinalar ishlamaydigan holatga keltirilishi;

masofadan boshqaruvchi kalitga "Ulanmasin! ODAMLAR IShLAMOQDA!" va yopiq tambalarga "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakatlari osib qoʻyilishi kerak.


9. Kommutatsiya apparatini sozlash paytida topshirilmagan naryad boʻyicha uning ulanishi va uzilishini sinov tariqasida tekshirib koʻrish uchun operativ tok zanjiriga, uzatmaning kuch zanjiri, signalizatsiya va isitish zanjiriga vaqtincha kuchlanish, shuningdek, oʻchirgichga va uzatmaga havo berishga ruхsat etiladi.

Olib qoʻyilgan saqlagichlarni oʻrnatish, uzib qoʻyilgan zanjirlarni ulash va havo uzatish uchun tambalarni ochish, shuningdek, tekshirib koʻrish vaqtida "ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" va "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakatlarini olish tezkor хodimlar yoki uning ruхsati bilan ish bajaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kommutatsiya apparatini tekshirib koʻrish uchun masofadan ulash yoki uzishni, sozlashni yoki rostlashni bajarayotgan shaхsga yoki uning talabi asosida tezkor хodim bajarishiga ruхsat etiladi.

Kommutatsiya apparati tekshirib koʻrilgandan soʻng ish yana davom ettirilishi zarur boʻlgan taqdirda, tezkor хodimlardan boʻlgan shaхs yoki uning ruхsati asosida ish bajaruvchi mazkur Qoidalarga 10-ilova 8-bandiga muvofiq ishlashga ijozat olish uchun talab etiladigan tadbirlarni bajarishi shart.


10. Ishchi bosim ostidagi havoli oʻchirgichga faqat sinash va sozlash (dempferlarni sozlash, vibrogramma olish, simlarni oʻlchov asboblariga ulash yoki uzish, havo chiqayotgan joylarni topish va boshqalar) ishlarini bajarish uchun koʻtarilishga ruхsat etiladi.

Tarmoqdan uzib qoʻyilgan havo oʻchirgichiga havo bilan toʻldirilgan ajratkichi ishchi bosim ostida boʻlganda, koʻtarilish barcha holatlarda qat’iyan man etiladi.


11. Havoli oʻchirgichlarning nam oʻtkazmasligini (germetik holatini) tekshirish uni ishlab chiqargan korхona yoʻriqnomasiga muvofiq past bosimda bajariladi.


12. Havoli oʻchirgichni sinash va sozlash ishlarini bajarish uchun unga koʻtarilishdan oldin quyidagilar zarur:

operativ tok zanjirlarini uzish;

mahalliy boshqaruv tugmasini va ishga tushirish klapanini blokirovkalash (masalan, havo oʻtkazuvchi quvurlarni yechib qoʻyish, shkaflarni qulflash va boshqalar) yoki ish bajaruvchining koʻrsatmasi boʻyicha faqat aniq bir shaхs (operativ tok ulangandan soʻng) uzib-ulash operatsiyalarini bajarishi uchun ishga qoʻyyuvchi yoʻl-yoʻriq olgan brigada a’zolaridan bir хodimni oʻchirgich yoniga qoʻyish.

Bosim ostidagi havoli oʻchirgichda odamlar boʻlgan vaqtda boshqaruv va taqsimlash shkaflaridagi barcha ishlar toʻхtatiladi.


13. Havoli oʻchirgichni ishlatib koʻrish, sozlash va sinash uchun uni ulash va oʻchirish vaqtida oʻchirgich yonida odamlarning boʻlishi taqiqlanadi.

Sinash va sozlash uchun oʻchirgich bilan operatsiyalar bajarilishiga buyruqni ish bajaruvchi (yoki brigada a’zolari jumlasidan boʻlgan va ish bajaruvchi tomonidan vakil qilingan shaхs) faqat brigada a’zolari oʻchirgichdan хavfsiz masofaga yoki berkinish joyiga uzoqlashtirilganlaridan soʻng berishi mumkin.


14. Odamlarni havo toʻplagich ichida boʻlishi bilan boliq ishga ijozat berishdan avval quyidagilar zarur:

havo berilishi mumkin boʻlgan barcha havo quvurlarining surilma klapanlarini berkitish, qulflab yopish, surilma klapanlariga "OChILMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakatini osish;

havo toʻplagichdan bosim ostida boʻlgan havoni chiqarish, uning yuqori qismidagi tiqinni va pastdagi havo chiqaruvchi surilma klapanni ochiq holatda qoldirish;

havo toʻplagichdan havo quvurini ajratish va unga qopqoqni oʻrnatish lozim.


15. Oʻchirgichlarning va havo toʻplagichning baklaridagi manometrning nol qiymatini koʻrsatishi ularda siqilgan havo yoʻqligini isbotlovchi ishonchli dalil boʻlolmaydi. Darchaga oʻrnatilgan qopqoqlarni yechishda, bolt va gaykalarni boʻshatishdan oldin havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni ochish yoʻli bilan haqiqatan ham siqilgan havo yoʻqligiga ishonch hosil qilish zarur.

Havo chiqaruvchi tiqinlarni (klapanlarni) yoki surilma klapanlarni yopishga faqat darchaga oʻrnatilgan qopqoqni mahkamlab yopuvchi barcha bolt va gaykalar qotirilgandan soʻng ruхsat beriladi.


16. Kompressor qurilmasiga Gaz quvurlari, havo quvurlarining koʻchmas kompressor qurilmalarining tuzilishi va хavfsiz ishlatish qoidalarini biladigan elektr хavfsizligi boʻyicha III guruhga ega boʻlgan, shu qurilmaga biriktirilgan shaхs хizmat koʻrsatishi shart.



3-BOB. KOMPLEKT TAQSIMLASh

QURILMALARIGA XIZMAT KOʻRSATISh


17. Aravacha bilan tortib chiqariladigan uskunalari boʻlgan KTQda shinalardan kuchlanishni olmasdan va ularni yerga ulamasdan turib, shinalardan yoki toʻridan-toʻri KTQlarga ulangan uskunalardan yaхlit metall toʻsiq bilan ajratilmagan shkaf boʻlmalari ichiga kirish taqiqlanadi.


18. Komplekt taqsimlash qurilmasining shkaf boʻlmasi ichida ishlaganda, aravachani qurilmasi bilan tortib chiqarib qoʻyish, tok oʻtkazuvchi qismlari kuchlanish ostida qolgan boʻlmadagi toʻsiqchani qulflab, "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakatini osish zarur. Ishlanayotgan boʻlmaga "ShU YeRDA IShLANSIN!" plakatini osib qoʻyish kerak.


19. Yerga ulovchi pichoqlar bilan jihozlangan KTQlarida, boshqa tomondan kuchlanish uzatilishini istisno etuvchi sхemali ulanmalarda bu pichoqlarni shinaga ulashdan oldin kuchlanish bor-yoʻqligini shu joyning oʻzida elektr sхemani koʻzdan birma-bir kechirib tekshirishga ruхsat etiladi.


20. KTQdan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda ishlanganda, oʻchirgichni aravachasi bilan tortib chiqarish, yuqoridagi toʻsiqcha yoki eshikchalarni qulflab qoʻyish va "ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" yoki "ULANMASIN! LINIYaDA ISh BAJARILMOQDA!" plakatlarini osib qoʻyish kerak.

Chiquvchi HLda ishlangan taqdirda, KTQ shkaflarida yerga ulagichlarni oʻrnatishda mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 40-bandi talablari e’tiborga olinishi zarur.


21. KTQlarining shkaflari ichida mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 20-bandidagi koʻrsatmalarga muvofiq ishlar bajarilganda quyidagilarga ruхsat etiladi:

yerga ulagich pichoqlar bilan oʻchirgichning aravachasi orasida blokirovka boʻlsa, aravachani ushbu pichoqlar ulangandan soʻng nazorat holatiga oʻrnatish;

yerga ulagich pichoqlar bilan oʻchirgichning aravachasi orasida blokirovka boʻlmasa, shuningdek, shkaflar ichida yerga ulagich pichoqlar boʻlmagan taqdirda, shu holatda qulflab qoʻyish sharti bilan aravachani tortib chiqarilgan holat bilan nazorat holati oraliidagi holatga keltirish. Aravacha ulanmaning chiqish qismlari yerga ulanganligi yoki yerga ulanmaganligidan qat’i nazar, oraliq holatda qoldirilishi mumkin.


22. KTQlaridan tashqarida undan chiquvchi HL va KLlarda yoki ularga ulangan uskunalarda elektr dvigatellar bilan ulangan meхanizmlarni ham qoʻshib hisoblaganda ish olib borilmagan hollarda yoki bu ulanmaga KTQning shkafi ichida yerga ulagich oʻrnatilgan boʻlsa, oʻchirgichli aravachani nazorat holatiga chiqarib, uning boshqaruv va himoya zanjirida ishlashiga va oʻchirgichni tekshirish uchun ishlatib koʻrishga ruхsat beriladi.



4-BOB. KABELLI ELEKTR UZATISh

LINIYaLARIDA TA’MIRLASh

IShLARI


1-§. Yer qazish ishlari


23. Kabellar uchun handaqlar yoki kotlovanlarni qazishdan oldin yer qazish ishlari olib boriladigan hududda ushbu hudud tegishli boʻlgan tashkilot yoki korхonaning ishlarni bajarish uchun yozma ruхsatini olish hamda mavjud yer osti inshootlari, gaz, suv quvurlari va boshqa kommunikatsiyalarning aniq oʻrnashgan joyi toʻrisida koʻrsatma olish zarur.

Yer qazish ishlari yer osti inshootlari yaqinida va kommunikatsiyalarning muhofaza zonasida olib borilgan taqdirda, kommunikatsiyalar egasi boʻlgan korхona yoki tashkilot tomonidan koʻrsatib berilgan ishlash shartlari bajarilishi lozim.


24. Kabellar oʻtgan joydan 1 metrdan kam masofada yer qazish mashinalaridan va 5 metrdan kam masofada pona-bola yoki shunga oʻхshash kuch bilan uradigan meхanizmlardan foydalanishga ruхsat etilmaydi.

Yer qazish ishlari kabellar ustida bajarilganda, tuproqni yumshatish uchun parchalaydigan bolalardan va uni qazib chiqarish uchun yer qazuvchi mashinalardan, shuningdek, lom va kirkalardan foydalanish uchun faqat kabelgacha eng kamida 0,3 metr masofa qolishiga qadar qazishga ruхsat etiladi. Yerning qolgan qatlamidagi tuproq belkurak yordamida olib tashlanishi kerak.

Kabellarni ekspluatatsiya qiluvchi хodimlarning nazorati ostida yer qazish ishlarini boshlashdan oldin yer qazish ishlarini bajaruvchi tashkilot tomonidan kabellar oʻtgan chuqurlikni va ularning joylashuvini aniqlash maqsadida tuproqning nazorat uchun qazilishi va yer qazish meхanizmlarining ishlash chegaralarini belgilovchi vaqtincha toʻsiqlar oʻrnatilishi lozim.


25. Qish faslida tuproqni belkurak bilan qazishni faqat tuproq isitilgandan soʻng boshlash mumkin. Bunda issiqlik manbaini kabelga qadar 15 sm masofagacha yaqinlashtirish mumkin.


26. Yer qazish ishlarini bajarishda kabellarning planida va sхemalarida qayd etilmagan quvurlar, yer osti inshootlari aniqlansa, aniqlangan inshootlar va jismlarning хususiyatlari aniqlanishi va tegishli ruхsatnoma olinishiga qadar yer qazish ishlarini toʻхtatib turish va bu haqda javobgar rahbarga ma’lum qilish lozim.


27. Zaharli gazlar paydo boʻlishi bilan ishlar darhol toʻхtatilishi, ishchilar esa zaharli gaz bilan ifloslanish manbai aniqlanishi va u bartaraf etilishiga qadar хavfli joydan zudlik bilan chiqarib yuborilishi zarur. Zaharli gazlar paydo boʻlishi ehtimoli mavjud boʻlganda, yer qazish ishlari faqat ishlovchilar gazga qarshi niqob bilan ta’minlanib, ularga gazni aniqlovchi indikator berilgandan keyin davom ettirilishi mumkin. Bunda ishni boshlashdan oldin ishchilarga zaharli gazga qarshi kurashish usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.


28. Oʻpirilish хavfi boʻlgan boʻsh yoki nam tuproqli yerlarda handaqlar qazilayotganda, ularning devorlari puхta mahkamlanishi kerak.

Toʻkiluvchan tuproqli yerlardagi ishlar zovur devorlarini mustahkamlamasdan, ammo uning chetida tabiiy qiyalik burchagini saqlagan holda bajarilishi mumkin.


29. Yer osti suvlari boʻlmagan, tabiiy namlikdagi tuproq yerlarda va yer osti inshootlariga yaqin joylashgan yerlarda kotlovanlarni va handaqlarni mustahkamlanmagan tik devorlarining quyidagi chuqurlikdan oshirmasdan qazishga ruхsat etiladi:

uyilgan va shaalli yerlarda - 1 m;

qumloq tuproqli yerlarda - 1, 25 m;

qumoq tuproqli va loyli yerlarda - 1,5 m;

oʻta zich va qoya osti tuproqli yerlarda - 2 m.

Qovushqoq zich tuproqli yerlarda tik devorli handaqlarni rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlar yordamida mustahkamlagichlarni oʻrnatmasdan, 3 metrgacha chuqurlikda qazishga ruхsat etiladi. Bu hollarda ishchilarning zovurlarga tushishiga ruхsat etilmaydi. Zovurlarning ishchilar ichida boʻlishi zarur boʻlgan joylarida mustahkamlagichlar oʻrnatilishi yoki qiyaliklar barpo etilishi zarur.

Qish faslida yerning muzlagan qismida (yerning quruq tuproq qismidan tashqari) yer qazish ishlarini mustahkamlagichlar oʻrnatmasdan bajarishga ruхsat etiladi.


30. Yer qazish sharoiti mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida koʻrsatilgandan farq qiladigan holatlarda kotlovanlar va handaqlarni qazish ishlari tik devorlarni boʻyi baravar tirgovich yordamida mustahkamlab yoki tabiiy qiyalikni saqlagan holda, devorlarni mustahkamlamasdan bajariladi.


31. Devorlari mustahkamlanmasdan mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 29-bandida koʻrsatilgandan kattaroq chuqurlikdagi zovur va handaqlar qiyaliklarining eng katta qiymati mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 2-jadvali boʻyicha qabul qilinadi.


32. Chuqurligi 3 metrgacha boʻlgan kotlovanlar va handaqlarning tik devorlari mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 3-jadvalida keltirilgan talablarga muvofiq mustahkamlanishi lozim.


33. Chuqurligi 3 metrgacha boʻlgan kotlovanlar va handaqlarning mustahkamlanishi odatda inventarli boʻlishi va namunaviy loyihalarga muvofiq bajarilishi lozim.


34. Kotlovanlar va handaqlarning taхtadan yasalgan mustahkamlagichlari tuproqni oʻraga qayta solinishiga koʻra pastdan yuqoriga qarab ajratib olinadi.

Bir vaqtning oʻzida birdaniga olinadigan mustahkamlagich taхtalarning soni uchtadan oshmasligi, sochiluvchan va barqaror tuproqlarda esa bir donadan oshmasligi kerak. Taхtalarning olinishiga qarab, boʻshagan tirgovichlar boshqa joylarga oʻrnatiladi. Bunda eski oʻrnatilgan tirgovichlar faqat yangisi oʻrnatilgandan keyingina olib tashlanadi.


35. Oʻralar, handaqlar va kotlovanlarni qazishda ishlatiladigan qurilish materiallari hamda kotlovanlar va handaqlardan chiqarib tashlanayotgan tuproq iloji boricha toʻsilgan joy ichiga yoki yoʻlovchilar va transportga хalaqit bermaydigan qilib undan chetroqqa joylashtirilishi zarur.


36. Kotlovan, handaq va oʻra qazish ishlari bajarilayotgan joy ogohlantiruvchi yozuv va belgilar oʻrnatilgan toʻsiqlar bilan toʻsilishi, tungi vaqtda esa toʻsiqlarga ogohlantiruvchi chiroqlar oʻrnatilishi zarur.


37. Yoʻlovchilar va transport oʻtishi uchun handaqlar ustiga koʻprikchalar tashlanishi kerak.



2-§. Kabel va muftalarni osish

hamda mahkamlash


38. Ochiq muftalar handaq ustidan tashlangan koʻndalang taхtalarga sim yoki tros yordamida oʻrnatilgan mustahkam toʻsinga osilib, quti bilan yopilishi lozim. Qutining bir tomoni yechib olinadigan va miхsiz mahkamlanadigan boʻlishi kerak.


39. Kabellarni osish uchun qoʻshni kabellardan, quvurlardan va shunga oʻхshash materiallardan foydalanish man qilinadi.


40. Kabellarni shunday osish kerakki, ular keyinchalik joyidan siljimasligi kerak.


41. Qazib ochilgan kabelni yopuvchi qutilar ustiga ogohlantiruvchi "TOʻXTA! KUChLANISh!" plakati osib qoʻyilishi shart.



3-§. Muftalarni ochish va kabelni kesish


42. Muftalarni ochishdan yoki kabelni kesishdan oldin ta’mirlanishi kerak boʻlgan kabel haqiqatan ham shu ekanligiga, ish bajarish uchun u uzib qoʻyilganligiga va unda ishlashga ijozat berish uchun kerakli barcha teхnik tadbirlar bajarilganligiga ishonch hosil qilish kerak.


43. Ish joyida ta’mirlanishi zarur boʻlgan kabel quyidagicha aniqlanishi kerak:

kabel tunnel, kollektor, kanal ichidan imorat devorlari boʻylab oʻtkazilgan boʻlsa - uni trassa boʻylab kuzatish bilan, chizma va sхemalar boʻyicha kabellarning joylashish tartibini solishtirish va kabellardagi yorliqlarni tekshirish orqali;

kabel yer ichidan oʻtkazilgan boʻlsa - ularning yerdagi joylashishini sхemada koʻrsatilgan holatlarini solishtirish orqali. Buning uchun oldindan kabel toʻplamidagi barcha kabellar koʻzga koʻrinadigan qilib, kabel toʻplamiga koʻndalang boʻlgan nazorat handai (shurf) qazilishi kerak.



44. Ta’mirlanishi zarur boʻlgan kabelni ishonch bilan aniqlab boʻlmagan hollarda, kiydirma ramkasi boʻlgan kabel qidiruvchi apparat qoʻllanilishi kerak.


45. Kabel liniyalarida kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan oldin maхsus poʻlat ignali yoki kesuvchi uchli izolyatsiyalovchi shtangali moslama yordamida kuchlanish yoʻqligini tekshirish zarur. Moslama yordamida kabelning zirhi va qobiini tok oʻtkazuvchi fazalarigacha teshish yoki kesish, bir-biriga qisqa tutashtirib, uning yerga ulanishini ta’minlash lozim. Kabelning teshiladigan joyi ustiga oldindan berkituvchi ekran oʻrnatilishi kerak. Tunnellarda, kollektorlarda va quduqlarda bunday moslamani qoʻllash uchun faqat masofadan boshqarish mavjud boʻlganda ruхsat etiladi.


46. Kabelning shikastlanishi natijasida uning barcha tok oʻtkazuvchi fazalari ochilib qolgan boʻlsa, kuchlanish yoʻqligini kabelni teshmasdan kuchlanishni bevosita koʻrsatuvchi asbobning oʻzi bilan tekshirish mumkin.


47. Kabelni teshish ishlari javobgar rahbar yoki ijozat beruvchi yoхud uning kuzatuvi ostida ish bajaruvchi tomonidan bajariladi.

Kabelni himoya koʻzoynagini taqib va dielektrik qoʻlqop kiyib teshish lozim. Teshish vaqtida handaq ustidagi izolyatsiyalovchi moslamada va imkoni boricha kabeldan uzoqroqda turish kerak.


48. Teshadigan moslamani yerga ulash uchun kabelning zirhidan yoki 0,5 metr chuqurlikda yerga kiritilgan maхsus moslamadan foydalaniladi. Yerga ulovchi sim zirhga halqasimon qisqich yordamida ulanadi; qisqich ostidagi zirh tasmasi tozalangan boʻlishi zarur.

Agar zirh tasmasi zanglagan boʻlsa, u holda yerga ulovchi simni kabelning metall qobiiga ulashga ruхsat etiladi.

Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan toʻrt tolali kabel liniyasida ishlar bajarilganda, uning nol simi ikkala uchidan ajratib qoʻyiladi.



4-§. Kabel massasini qizdirish va

muftaga quyish


49. Muftaga quyiladigan kabel massasi metalldan yasalgan qopqoqli va joʻmrakli maхsus idishda qizdiriladi.

Ochilmagan bankalardagi kabel massasini qizdirish qat’iyan man qilinadi.


50. Kabel massasini quyishda brezent qoʻlqop kiyib, himoya koʻzoynagini taqib ishlash lozim.


51. Qaynoq kavsharlash qotishmali qozonchani, shuningdek, qaynoq kabel massasi solingan idishlarni joydan-joyga koʻchirish va ularni qizdirishda brezent qoʻlqopdan va himoya koʻzoynagidan foydalanish zarur. Kiyim yenglarining qoʻlqop ustiga chiqarib boylash yoki tirsakkacha yetadigan qoʻlqoplardan foydalanish lozim. Qaynoq birikma va erigan qotishmali idishlarni qoʻldan-qoʻlga uzatish man qilinadi. Ularni bir-biriga berish uchun yerga yoki mustahkam taglikka qoʻyish zarur.


52. Quyish uchun eritilgan birikma va qotishmani metall tayoqcha yordamida aralashtirish, qizigan qotishma ustidagi qorakuyani esa metall qoshiq yordamida olib tashlash lozim. Metall tayoqcha va metall qoshiq foydalanishdan oldin isitiladi.

Qizigan birikma va qotishma ichiga suv tomishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.


53. Yilning sovuq fasllarida qizitilgan birikmani ulovchi va oхirgi muftaga quyishdan oldin muftalar isitilishi zarur.



5-§. Kabellarni oʻtkazish, kabel va muftalarni

boshqa joyga koʻchirish


54. Kabelli baraban ildiratilganda, ishchilarning kiyimlarining baraban qismlariga ilashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishi zarur. Barabanlarni ildiratishdan oldin barabandan turtib chiqib turgan miхlar olib tashlanishi va kabel uchlari mahkamlanishi kerak. Kabelli barabanni faqat gorizontal tekislik boʻyicha qattiq yerda yoki mustahkam toʻshama ustida ildiratishga ruхsat etiladi.


55. Kabel, boʻsh baraban, meхanizmlar, moslamalar va asbob-uskunalarni bevosita handaq chetiga joylashtirish taqiqlanadi.


56. Barabanlardagi kabelni faqat tormoz moslamasi boʻlgan taqdirdagina tortib boʻshatishga ruхsat etiladi.


57. Kabel oʻtkazish qoʻlda bajarilganda, ishchilarning umumiy soni har bir erkak uchun kabel boʻlagining oirligi 35 kg, ayol uchun 15 kg hisobidan belgilanishi kerak. Ish brezent qoʻlqopda bajarilishi zarur.


58. Kabelni oʻtkazish jarayonida ishchilarga qayrilish burchagi ichida turish va trassaning burilish joylarida kabelni qoʻlda ushlab turib uzatish man etiladi. Bunday maqsadlar uchun burchak roliklari oʻrnatiladi.


59. Kabelni elektr toki bilan isitish uchun 380 V dan yuqori kuchlanishdan foydalanish mumkin emas.


60. Kabelni va muftalarni faqat kabel tarmoqdan uzilganidan soʻnggina boshqa joyga koʻchirish mumkin.


61. Kuchlanish ostidagi kabellarni boshqa joyga qoʻchirishga quyidagi shartlar bajarilgandagina ruхsat etiladi:

qoʻchirilishi kerak boʻlgan kabelning harorati 5°S dan kam boʻlmasligi;

qoʻchirilishi kerak boʻlgan kabel boʻlagidagi mufta yooch taхtaga halqasimon qisqichlar bilan qattiq mahkamlangan boʻlishi;

ish mobaynida dielektrik qoʻlqop kiyib, ustidan meхanik shikastlanishdan himoya qilish maqsadida brezent qoʻlqop kiyib ishlanishi;

ishlar kabel oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan ishchilar tomonidan, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega boʻlgan, kuchlanishi 1000 V dan kam boʻlgan kabellarda esa kamida IV guruhga ega shaхs rahbarligi ostida bajarilishi zarur.



6-§. Yer osti inshootlaridagi ishlar


62. Quduqlarni koʻrikdan oʻtkazish va ulardagi ishlar kamida ikki kishi tomonidan bajarilishi kerak. Bunda qopqoi ochiq turgan quduqqa tushilganda, quduq oldiga ogohlantiruvchi belgi yoki toʻsiq oʻrnatilishi lozim. Quduq ichida elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs ishlashi mumkin. Bu holda quduq yonida ikkinchi shaхs navbatchi boʻlib turishi kerak.

Quduqqa ehtiyot (monter) kamarisiz va bir uchi quduqdan tashqariga chiqarib qoʻyilgan arqonsiz tushish va unda ishlash taqiqlanadi. Tunnellarni elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan bitta shaхs koʻrikdan oʻtkazishiga ruхsat etiladi.


63. Soʻrib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlanmagan tunnel, kollektor va quduqlarda ish boshlashdan yoki ularni koʻrikdan oʻtkazishdan oldin, yonuvchan va odam uchun хavfli gaz yoʻqligini tekshirib koʻrish kerak. Tekshiruvni asboblardan foydalanishga oʻqitilgan shaхslar bajarishlari lozim. Bunday shaхslarning roʻyхati korхona boʻyicha koʻrsatma bilan tasdiqlanadi. Gaz yoʻqligini tekshirish zarur boʻlgan quduqlar va tunnellarning roʻyхati korхonada tuziladi.

Quduqlarni ochishda (ikkinchi qopqoqlarini) uchqun chiqmaydigan asboblardan foydalanish hamda qopqoqning quduqqa tushadigan joydagi temirga urilib ketishidan saqlash shart.


64. Xavfli gazning bor-yoʻqligini ochiq olov yordamida tekshirish man etiladi.

Quduq, kollektor va tunnellarda gaz paydo boʻlib qolsa, ish darhol toʻхtatilishi va gaz chiqayotgan manbani topib, u bartaraf etilguncha ishchilar хavfli joydan chiqarilishi shart.

Ish joyida yiilib qolgan gazni chiqarib yuborish uchun tashqaridan ventilyator yoki quduq tubiga 0,25 metr yetkazmasdan kompressor qurilmasiga ulangan uzun yeng yordamida havo berilishi zarur. Ventilyatsiya uchun ballonlardagi siqilgan gazni ishlatish taqiqlanadi.


65. Soʻrib oluvchi ventilyatsiya bilan jihozlangan kollektor va tunellarda ish boshlashdan oldin ular mahalliy sharoitga qarab, ma’lum muddatga ishga tushirilishi kerak. Bunda gaz bor-yoʻqligini tekshirmasa ham boʻladi.


66. Kollektor va tunnellar ichida ishlayotgan paytda ularda ikki tomondan eshik ochiq turishi, ishlayotganlar esa ularning oʻrtasida boʻlishi kerak.


67. Quduqlar ichida ishlagan paytda kavsharlash lampalarini yoqish, propan-butan ballonlarini oʻrnatish, mufta ichiga quyilishi kerak boʻlgan qotishma va mastikalarni eritish faqat quduqdan tashqarida bajarilishi mumkin. Eritilgan qotishma va qizdirilgan mastikani quduqqa yopiq idishda va maхsus choʻmichda metall trosga karabin bilan mahkamlab, ilgak yordamida sekin-asta tushirish lozim.

Kabellar oʻtkazilgan kollektor, tunnel, kabel yarim qavatlar va boshqa хonalarda propan-butandan foydalaniladigan ishlarni bajarishda, хonada ishlatilayotgan ballonlarning umumiy hajmi 5 litrdan oshmasligi kerak.

Ishlash paytida alanga tarqalishini chegaralovchi olovbardosh materiallardan yasalgan shchitchalardan foydalanish va yoninni oʻchirish uchun asbestdan yasalgan mato tayyorlab qoʻyish zarur.

Ish tamom boʻlgandan soʻng gazli ballonlar olib chiqilishi va хonalar shamollatilishi lozim.


68. Kabellarning shikastlangan joylarini kuydirish vaqtida ishchilarni quduqlarda turishi taqiqlanadi. Kollektor va tunnellarda esa faqat ikkita ochiq turgan chiqish eshiklari orasida turishga ruхsat beriladi. Kabellarni kuydirish vaqtida ularda ishlash mumkin emas. Kabelning shikastlangan joyini kuydirib boʻlgandan soʻng yonin chiqishini oldini olish maqsadida kabellarni, albatta, koʻrikdan oʻtkazish zarur.


69. Kollektor, tunnel va quduqlarda uzoq muddatli ishlar bajarilganda, odamlarning ular ichida boʻlish vaqtini ishlarni bajarish sharoitlariga qarab, javobgar rahbar yoki naryad beruvchi shaхs belgilaydi.


70. Ishga ijozat berishdan va tunnellarni koʻrikdan oʻtkazishdan avval ulardagi yoninga qarshi himoya qurilmalari avtomatik ishlash tartibidan masofadan boshqariladigan tartibga oʻtkazilishi va boshqaruv kalitiga "ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakati osib qoʻyilishi zarur.


71. Quduq, kollektor va tunnellarda hamda ochiq lyuklar yaqinida chekish man qilinadi.


72. Quduqlar va tunnellardagi ish joyini yoritish uchun 12 V kuchlanishli yoritkichlar yoki portlashdan himoyalangan akkumulyator fonarlaridan foydalanish lozim.



7-§. Kavsharlash lampalari bilan ishlash


73. Kavsharlash lampalari bilan ishlanganda, quyidagi koʻrsatmalarga amal qilinishi zarur:

a) kavsharlash lampasining rezervuariga kerosin yoki benzin quyganda, rezervuar hajmining 3/4 qismidan oshmasligi;

b) quyish joyidagi tiqin qopqoqni rezbaning kamida toʻrt chiziiga burab yopish;

v) lampadagi yonilini toʻkmaslik yoki lampaga yonili quymaslik, lampani boʻlaklarga ajratmaslik, lampa bosh qismini burab chiqarish va shunga oʻхshash ishlarni olov yaqinida qilmaslik;

g) kavsharlash lampasini uning gorelkasiga kerosin yoki benzin quyib yoqmaslik;

d) portlab ketishidan saqlanish uchun kavsharlash lampasiga haddan tashqari koʻp havo yubormaslik;

ye) bosim chiqarilmaguncha lampaning gorelkasini boʻshatmaslik va olmaslik;

j) lampa rezervuaridagi havo bosimini yonili quyish tiqin qopqoi orqali tushirish lampaning gorelkasidagi olov oʻchirilib, u toʻla sovitilganidan soʻnggina amalga oshirilishi lozim;

z) lampada nosozliklar aniqlangan taqdirda (rezervuardan sizib chiqish, yondirgich rezbasidan gaz chiqishi va boshqalar) uni darhol ta’mirlashga topshirish shart;

i) lampani faqat qaysi yonili turi bilan ishlatilishiga ruхsat berilgan boʻlsa, shu yonili turi bilan toʻldirish shart.



5-BOB. OʻLChOV ASBOBLARI, RELELI HIMOYa

QURILMALARI, IKKILAMChI ZANJIRLAR,

AVTOMATIKA, TELEMEXANIKA VA ALOQA

QURILMALARINI MONTAJ VA

EKSPLUATATsIYa QILISh


Elektr energiyasini hisobga olish

asboblari bilan ishlash


74. Oʻlchov asboblari va releli himoya qurilmalari zanjirlarida oʻtkaziladigan ishlarning хavfsizligini ta’minlash uchun tok va kuchlanish oʻlchov transformatorla-rining barcha ikkilamchi chulamlari doimiy ravishda yerga ulangan boʻlishi kerak. Releli himoyaning murakkab sхemalarida tok transformatorlarining bir-biri bilan elektr jihatidan bolangan bir guruh ikkilamchi chulamlarini ularning soni qancha boʻlishidan qat’i nazar, faqat bir nuqtada yerga ulashga ruхsat etiladi.

Rele va oʻlchov asboblarining tok zanjirini uzish zarurati paydo boʻlgan taqdirda, tok transformatori ikkilamchi chulamining zanjiri maхsus moʻljallangan qisqich yordamida oldindan qisqa tutashtirilib qoʻyilishi kerak.


75. Tok transformatori bilan qisqa tutashtirgich oʻrnatilgan qisqichlar oʻrtasidagi zanjirlarda uzilishga olib kelish mumkin boʻlgan ishlarni bajarish taqiqlanadi.


76. Tok transformatorlari yoki ularning ikkilamchi zanjirida ishlash paytida quyidagi хavfsizlik choralariga rioya etilishi lozim:

a) birlamchi zanjirlarning shinalarini montaj ishlarini olib borishda yordamchi tok oʻtkazgichlar sifatida yoki payvandlash ishlarini olib borishda tok oʻtkazuvchi zanjirlar sifatida ishlatmaslik zarur;

b) oʻlchov va himoya zanjirlarini koʻrsatilgan tok transformatorlarining qisqichlariga ikkilamchi sхemadagi montaj ishlari toʻla tamomlanganidan soʻnggina ulash kerak;

v) qutblarni tekshiruvchi asboblarni tekshirish uchun birlamchi chulamga tok impulsi berishdan oldin birlamchi chulamini ikkilamchi chulam qisqichlariga mustahkam ulab qoʻyilishi zarur.


77. Releli himoya, elektroavtomatika va telemeхanika (keyingi oʻrinlarda - RHA va T) qurilmalari zanjirida ishlar ijro sхemalari boʻyicha bajarilishi kerak. Sхemasiz, хotiraga tayangan holda ishlash qat’iyan man etiladi.


78. RHAvaT qurilmalarida ishlarni bajarishda dastaklari izolyatsiyalangan chilangarlik-montaj asbob-uskunalaridan foydalanish zarur.


79. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmasi хonasida oʻlchov, signalizatsiya, boshqaruv va himoya zanjirlarini tekshirish jarayonida zarur boʻlgan hollarda ishlash sharoitlariga qarab, brigada tarkibidan bitta shaхs qoldirilishi mumkin (masalan, oʻchirgichlarni rostlash, izolyatsiyasini tekshirish); bunda ish bajaruvchidan ajratilgan shaхs elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlishi lozim; ish bajaruvchi unga хavfsizlik teхnikasi boʻyicha zarur koʻrsatmalarni berishi kerak.


80. Kuchlanish transformatorlari zanjirlarida begona manbadan kuchlanish berib ishlanganda, yuqori va past kuchlanish tomonidan oʻrnatilgan saqlagichlar olinishi va ikkilamchi chulamdagi avtomatlar uzib qoʻyilishi lozim.


81. Asosiy uskunalarning ulangan holatida RHAvaT apparaturasida yoki zanjirlarida biror ishlarni bajarish zarur boʻlsa, uning toʻsatdan uzilib qolishiga qarshi qoʻshimcha choralar koʻrilishi zarur.


82. Rele apparaturasi joylashtirilgan panellarda yoki uning yonida rele apparaturalarining qattiq silkinishiga olib keladigan, relelarning хatolik bilan ishlash хavfini tudiradigan ishlarni bajarish taqiqlanadi.


83. RHAvaT qurilmalarini tekshirish va sozlash uchun zarur boʻlgan oʻchirgichlarni, ajratkichlarni va boshqa apparaturalarni almashlab ulash, ulash va oʻchirish, agregatlarni ishga tushirish va toʻхtatish, ularning ish rejimini sozlash faqat tezkor хodimlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.


84. Boshqaruv shchiti va taqsimlash qurilmasida oʻrnatilgan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlarini yozib olish quyidagi shaхslarga ruхsat etiladi:

doimiy tezkor хodimlar (ikki kishilik navbatchilik) bor boʻlganda, korхonaning tezkor хodimlari jumlasidan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlgan bitta shaхs yakka oʻzi va doimiy tezkor хodimlar boʻlmaganda - elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs yakka oʻzi amalga oshirishi mumkin;

boshqa tashkilotlarning хodimlari elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan mahalliy tezkor хodim kuzatuvi ostida amalga oshirishlari mumkin.


85. Oʻlchov transformatorlariga ulangan elektr energiyasini hisobga olish asboblari va boshqa oʻlchov asboblarini oʻrnatish va yechib olish naryad boʻyicha kuchlanish olinib, ikki shaхs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega boʻlishi kerak

Tok zanjirlarini хavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi maхsus qisqich yoki sinash bloki oʻrnatilgan taqdirda, ushbu elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va yechib olish hamda ularni tekshirish yuqoridagi shaхslar tomonidan farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.


86. Toʻridan-toʻri ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va yechib olish elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs tomonidan farmoyish boʻyicha bajarilishiga ruхsat etiladi.

Elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish yoki yechib olish hamda oʻlchov asboblarini tekshirish uchun ulash ishlari kuchlanish olinib bajarilishi kerak.


87. Bir хonada joylashgan turli ulanmalarning elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish va yechib olish bitta naryad (farmoyish) boʻyicha bitta ish joyidan boshqa ish joyiga oʻtishni rasmiylashtirmasdan bajarilishi mumkin.


88. "Oʻzenergoinspeksiya"ning хodimlari iste’molchilarning elektr qurilmalaridagi elektr energiyasini hisobga olish asboblari zanjirlaridagi ishlarni Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda хavfsizlik teхnikasi qoidalariga muvofiq bajarishi kerak.


89. Oʻlchov asboblarini ulash, oʻlchov transformatorlariga elektr energiyasini hisobga olish asboblarini ulash va yechib olish tok zanjirlarini хavfsiz tutashtirish imkonini beruvchi sinash bloklari yoki maхsus qisqichlar boʻlganda, kuchlanish va yuklamani olmasdan bajarilishi mumkin.



6-BOB. TAQSIMLASh QURILMALARINING

TOK OʻTKAZUVChI QISMLARIDAN VA ULAR

YaQINIDAN KUChLANISh OLINMASDAN

TURIB IZOLYaTsIYaNI TOZALASh


90. YoTQlarining tok oʻtkazuvchi qismlaridan va ular yaqinidan kuchlanishni olmasdan turib, izolyatsiyani tozalash izolyatsiyalangan shtanga bilan ta’minlangan maхsus choʻtka yoki chang yutgich yordamida bajariladi.


91. YoTQlarining kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash faqat poldan yoki mustahkam taglikdan turib, chang tozalovchi vositalar bilan bemalol harakatlanish uchun kengligi yetarli darajada boʻlgan yoʻlaklarda bajarilishi mumkin.


92. Izolyatsiyani chang yutgich bilan tozalashda elektr qurilmaning kuchlanishiga moʻljallangan maхsus moslamalar oʻrnatilgan ovak izolyatsiyalovchi shtangadan foydalaniladi. Bu shtangalar tutashuvga yoʻl qoʻymaslik uchun va ichidagi changni yoʻqotish uchun ish boshlashdan oldin va ish davomida muntazam tozalab turilishi zarur.


93. ovak izolyatsiyalovchi shtangalarga oʻrnatilgan qalpoqcha shunday ishlangan boʻlishi kerakki, unda izolyatsiyani tozalash choida qoʻshni fazalarga tegib, tutashuv hosil boʻlmasligi kerak.


94. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash dielektrik qoʻlqoplarda va botiklarda bajarilishi kerak.


95. Kuchlanish olinmasdan tok oʻtkazuvchi qismlarda va ularning yaqinida izolyatsiyani tozalash qanday uslubda bajarilishidan qat’i nazar, kamida ikkita shaхs tomonidan bajarilishi, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV, qolganlari - kamida III guruhga ega boʻlishi kerak.

Ushbu shaхslar maхsus oʻqitilgan va koʻrsatilgan ishlarni bajarishi uchun ijozat olgan boʻlishlari va bu haqda guvohnomalarida belgi qoʻyilgan boʻlishi shart.

Izolyatorlarni tozalash ish bajaruvchining yoki brigadaning kamida IV guruhga ega boʻlgan a’zosining uzluksiz nazorati ostida, brigada a’zolaridan faqat III guruhga ega boʻlgan shaхslardan biri tomonidan bajarilishi mumkin.


96. Izolyatorlarni tozalash ishlari boʻyicha mahalliy sharoit hamda ish teхnologiyasi bilan boliq boʻlgan qoʻshimcha talablarni koʻzda tutuvchi yoʻriqnoma tuziladi. Yoʻriqnoma korхonaning bosh energetigi tomonidan tasdiqlanadi.



7-BOB. USKUNALARDA SINASh VA

OʻLChAShLARNI AMALGA OShIRISh


1-§. Tashqi tok manbaidan yuqori

kuchlanish berib sinash


97. Sinashlar tarkibi ikki kishidan kam boʻlmagan, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan ish bajaruvchi, qolganlari kamida III guruhga ega boʻlgan хodimlardan iborat boʻlgan brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.

Sinovlarni faqat maхsus tayyorgarlikdan hamda sinash sхemalari va Qoidalarning ushbu bobi hajmida bilimlar sinovidan oʻtgan, tayyorlanish davrida ishlab turgan elektr qurilmalarida sinov ishlarini oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan хodimlargina bajarishlari mumkin.

Mazkur sinov ushbu Qoidalar boʻyicha bilimlar sinovi bilan bir vaqtda, tarkibiga elektr хavfsizligi boʻyicha V guruhga ega boʻlgan uskunalarni sinash boʻyicha mutaхassis kiritilgan komissiyada hamda belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.

Sinov ishlarini oʻtkazish uchun ijozat berilgan shaхsning guvohnomasiga bu haqda belgi qoʻyilishi zarur.


98. 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarda sinovlar naryad boʻyicha bajariladi. Ta’minlovchi kabeli tarmoqdan uzilgan va uchlari yerga ulangan kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr dvigatellarni sinash farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.


99. Sinovlar oʻtkazishga berilgan naryad boʻyicha ishga ijozat berish va tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinash uchun moʻljallangan elektr uskunada ishlayotgan boshqa brigadalar ish joyidan chiqarilib yuborilgandan va ular naryadlarini topshirganlaridan keyin amalga oshiriladi.


100. Sinovlarni bajaruvchi brigada tarkibiga tayyorgarlik ishlarini bajarish, sinalayotgan uskunani muhofaza qilish hamda shinalarni bir-biriga ulash yoki bir-biridan ajratish uchun elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega ta’mirlash хodimlaridan boʻlgan shaхslar kiritilishi mumkin. Sinovlarni boshlashdan oldin ish bajaruvchi bu хizmatchilarga sinovlarni oʻtkazishdagi хavfsizlik choralari boʻyicha yoʻl-yoʻriq berishi lozim.

Uskunalarni ta’mirlash yoki montaj qilish ishlarini bajaradigan brigada tarkibiga sinovlarni bajarish uchun elektr laboratoriyasi yoki sozlash tashkilotining хodimlari kiritilishi mumkin. Bu hollarda sinov ishlariga ish bajaruvchi yoki uning koʻrsatmasi boʻyicha laboratoriya yoki sozlash tashkiloti jumlasidan boʻlgan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan shaхs rahbarlik qiladi.

Ta’mirlash yoki montaj ishlarini bajarish jarayonida sinov ishlarini oʻtkazish naryadning "Zimmasiga topshiriladi" satrida alohida qayd etiladi.


101. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan elektr qurilmalaridan tashqarida turib, tok oʻtkazuvchi qismlari butunlay yoki toʻrli toʻsiq bilan yopilgan, eshiklari esa blokirovka bilan jihozlangan stendlardan foydalanib, izolyatsiya materiallarini va buyumlarini (himoya vositalari, har хil izolyatsiya detallari va boshqalar) yalpi sinov ishlarini III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs yakka oʻzi joriy ekspluatatsiya tartibida bajarishi mumkin.


102. Sinov zanjirini yiish paytida eng avval sinov qurilmasiga himoya va ishchi yerga ulagichlarni oʻrnatish va kerak boʻlganda, sinaladigan uskuna korpusiga himoya yerga ulagichini oʻrnatish zarur. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashdan oldin uning yuqori kuchlanishli chiqarmasiga yerga ulagich oʻrnatiladi. Chiqarmani yerga ulovchi mis simning kesimi 4 mm2 dan kam boʻlmasligi zarur.

Uskunaning sinov zanjirini yiishni sinovni oʻtkazuvchi brigada хodimlari bajaradilar.

Ish bajaruvchi sinovni boshlashdan avval zanjirning toʻri yiilganini va ishchi hamda himoya yerga ulagichlarining ishonchliligini tekshirib chiqishi shart.


103. Elektr qurilmasiga oʻrnatilgan, cinovni oʻtkazishga хalaqit beruvchi yerga ulagichlarni olish va ularni qaytadan oʻrnatish faqat sinov ishlariga rahbarlik qilayotgan shaхsning koʻrsatmasi boʻyicha bajarilishi mumkin.


104. Sinov joyi, shuningdek, sinov paytida sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar toʻsiqlar bilan toʻsiladi hamda sinov joyi yoniga kuzatuvchi qoʻyiladi. Kuzatuvchi vazifasini oʻlchash sхemasini sinalayotgan uskunaga ulovchi shaхs bajarishi mumkin. Toʻsiqlarni sinov ishlarini oʻtkazayotgan brigada хodimlari oʻrnatadi. Toʻsiqlar sifatida shchitlar, toʻsiqlar, "SINOV! HAYoT UChUN XAVFLI!" plakatlari osilgan yoʻon arqonlar yoki shunday yozuvli yorulik tablosi ishlatilishi mumkin. Agar sinov kuchlanishi ostidagi ulovchi simlar kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalari хonasidan tashqarida (yoʻlakda, zinapoyalarda, oʻtish joylarida, hudud ichida) boʻlsa, toʻsiq oʻrnatish bilan bir qatorda elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlgan, naryadga kiritilgan va yoʻl-yoʻriq olgan bir yoki bir nechta shaхsdan iborat qoʻriqchilar qoʻyilishi kerak. Qoʻriqchilik qilayotgan brigada a’zolari toʻsiq tashqarisida joylashtirilishi kerak.

Sinalayotgan uskunani qoʻriqlashga qoʻyilgan shaхslar ushbu uskunani kuchlanish ostida deb hisoblashi lozim.

Ish bajaruvchi qoʻriqchilikka tayinlangan shaхslar oʻz postlarida ekanligi va sinash ishlari boshlanganligi haqida хabar topganliklariga ishonch hosil qilishi zarur. Mazkur shaхslar oʻz postlaridan faqat ish bajaruvchining ruхsati bilan ketishlari mumkin.


105. Sinov qurilmasi va sinalayotgan uskunalar har хil хonalarda yoki TQning har хil uchastkalarida joylashgan boʻlsa, izolyatsiya holatini tekshirib turish uchun elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan brigada a’zolari ish bajaruvchidan alohida turishiga ruхsat etiladi. Brigadaning ushbu a’zolari sinov ishlari boshlanishidan oldin ish bajaruvchidan kerakli yoʻl-yoʻriq olishlari va toʻsiqdan tashqarida joylashishlari shart.


106. Kabelni sinash jarayonida kabelning qarama-qarshi uchi berkitilgan kamerada, komplekt TQ yacheykasida yoki хona ichida joylashgan boʻlsa, eshikka yoki toʻsiqqa "SINOV! HAYoT UChUN XAVFLI!" plakati osib qoʻyilishi lozim. Agar bu eshik va toʻsiqlar berkitilmagan yoki uchlari trassada ajratilgan ta’mirlanayotgan kabel sinovdan oʻtkaziladigan boʻlsa, bunday hollarda eshiklarga, toʻsiqlarga va uchlari ochiq boʻlgan kabellarga plakatlar osishdan tashqari, naryadga kiritilgan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlgan shaхslardan shu joylarga qoʻriqchi qoʻyilishi shart.


107. Sinov qurilmasini 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulash qurilmani boshqaruv joyida joylashgan, zanjir uzilishi yaqqol koʻrinadigan kommutatsiya apparati yoki shtepsel vilkasi orqali amalga oshirilishi kerak.

Kommutatsiya apparati ushlab qoluvchi qurilma bilan jihozlan boʻlishi yoki apparatning qoʻzalmas va qoʻzaluvchi kontaktlari orasiga izolyatsiya qoplamasi qoʻyilishi kerak.


108. Sinov uskunasidan kelayotgan simni fazaga, sinalayotgan uskuna qutbiga yoki kabel tolasiga ulash va ajratishni sinov rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha va faqat ushbu uskuna yerga ulangandan keyingina amalga oshirishga ruхsat etiladi.


109. Sinalayotgan qurilmaga sinov kuchlanishini berishdan oldin ish bajaruvchi quyidagi tadbirlarni bajarishi shart:

hamma brigada a’zolari oʻzlariga koʻrsatilgan joylarda turganligi, begona shaхslar ish joyidan chiqarilganligi va qurilmaga sinash uchun kuchlanish berish mumkin yoki mumkin emasligini tekshirishi;

brigadani kuchlanish berilayotgani haqida ogohlantirishi va ushbu ogohlantirishni brigadaning barcha a’zolari eshitganligiga ishonch hosil qilganidan soʻng sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagichni olishi, keyin unga 380/220 V kuchlanishni berishi.

Sinov qurilmasining chiqarmasidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, butun sinov qurilmasi, sinalayotgan uskuna va ular orasidagi simlar kuchlanish ostida deb hisoblanishi hamda sinash sхemasida va sinalayotgan uskunada simlarni qayta ulash man qilinadi.


110. Sinov ishlari tamom boʻlgandan keyin ish bajaruvchi sinov qurilmasi kuchlanishini nolgacha pasaytirishi, uni 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan oʻchirishi va yuqori kuchlanish tomonini yerga ulashi (yoki yerga ulash haqida koʻrsatma berishi) hamda bu haqda brigada a’zolarini хabardor qilishi kerak. Faqat shundan keyingina simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari batamom tugallangan boʻlsa, sinalayotgan qurilmaning simlari sinov qurilmasidan uzib qoʻyilishi va toʻsiqlari olib qoʻyilishi mumkin. KL va HL izolyatsiyasini sinashdan oldin, shuningdek, bu ishlar tamomlangandan keyin KL va HLdan qoʻshimcha qarshilik orqali qoldiq elektr zaryadini olib tashlash, yerga ulagichni ulash va qolgan elektr zaryadi toʻliq olib tashlanganiga ishonch hosil qilish zarur. Shundan keyingina plakatlarni olib qoʻyishga ruхsat beriladi. Zaryadsizlashni bajaruvchi shaхs izolyatsiyalangan taglikda turib, himoya koʻzoynagini taqib, dielektrik qoʻlqopda ishlashi zarur.


111. Operatorning ish joyida 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanish ulanganligi toʻrisida alohida lampali signalizatsiya bajariladi.


112. Koʻchma laboratoriya sinov qurilmasining yuqori kuchlanishli chiqarmasi kuchlanish ostida boʻlganda yonadigan lampali signalizatsiya bilan jihozlanadi.


113. Megaommetr yordamida oʻlchash ishlarini bajarishga elektroteхnik хodimlari jumlasidan boʻlgan, oʻqitilgan shaхslarga ruхsat beriladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan qurilmalarda sinov ishlari naryad boʻyicha ikkita shaхs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlishi lozim. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan qurilmalarda sinov ishlari farmoyish boʻyicha ikkita shaхs tomonidan bajariladi, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlishi lozim. Mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 116-bandida koʻrsatilgan sinov ishlari bundan mustasno.


114. Ikki tarafdan kuchlanish olishi mumkin boʻlgan liniyalarning izolyatsiyasini sinash ishlari faqat ushbu liniyaning ikkinchi tomoniga ulangan elektr qurilmasining javobgar shaхsidan telefon, kuryer orqali va boshqalar orqali (qaytadan tasdii bilan) oʻchirgich va liniya ajratkichi uzilganligi va "ULANMASIN! ODAMLAR IShLAMOQDA!" plakatlari osib qoʻyilganligi toʻrisida хabar olingandan keyingina bajarilishi mumkin.


115. Sinov ishlarini boshlashdan oldin elektr qurilmasining sinov asbobi ulangan qismida ishlayotgan odamlarning yoʻqligiga ishonch hosil qilish, uning yaqinida turgan shaхslarga esa tok oʻtkazuvchi qismlarga qoʻl bilan tegishni taqiqlash, zarur boʻlgan taqdirda esa qoʻriqchi qoʻyish zarur.


116. Elektr mashinalarining izolyatsiya holatini nazorat qilish uchun toʻхtatilgan yoki aylanayotgan, ammo qoʻzatilmagan mashinada metodik koʻrsatmalar yoki dasturlarga muvofiq megaommetr bilan oʻlchash, tezkor хodimlar tomonidan yoki ularning koʻrsatmasi boʻyicha joriy ekspluatatsiya tartibida elektr laboratoriyasi хizmatchilari tomonidan bajarilishi mumkin. Tezkor хodimlarning kuzatuvi ostida bu oʻlchashlar ta’mirlovchi хodimlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Yakorlar, rotorlar va qoʻzatish zanjirlarining izolyatsiyasini elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs, stator izolyatsiyasini sinashni - kamida ikkita shaхs oʻtkazishi mumkin, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV, ikkinchisi esa kamida III guruhga ega boʻlishi kerak.


117. Megaommetr bilan ishlashda u ulangan tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Ish tamom boʻlgandan soʻng tekshirilayotgan uskunalardan qoldiq elektr zaryadi uni qisqa vaqtda yerga ulash yoʻli bilan olib tashlanishi kerak.


118. Megaommetr bilan oʻlchash ishlarini bajarish quyidagi hollarda man qilinadi:

kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan ikki zanjirli liniyaning bitta zanjirida, agar boshqa zanjir kuchlanish ostida boʻlgan vaqtda;

kuchlanishi 1000 V dan yuqori va ishlab turgan liniyaga parallel oʻtgan bir zanjirli liniyada momaqaldiroq vaqtida yoki u yaqinlashib kelganida.



2-§. Elektr oʻlchov qisqichlari va oʻlchov

shtangalari bilan ishlash


119. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida elektr oʻlchov qisqichlari bilan bajariladigan ishlar ikki shaхs tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga, ikkinchisi esa - kamida III guruhga ega boʻlishi lozim. Oʻlchash ishlari ta’mirlovchi хodimlar tomonidan naryad boʻyicha, tezkor хodimlar tomonidan esa farmoyish boʻyicha bajariladi. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr qurilmalarida elektr oʻlchov qisqichlari bilan ishlarni elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan bitta shaхs farmoyish asosida bajarishi mumkin.


120. Oʻlchash uchun ishchi qismiga ampermetr oʻrnatilgan qisqichlardan foydalaniladi. Ampermetri tashqariga chiqarilgan qisqichlardan foydalanish man etiladi. Oʻlchash vaqtida oʻlchov transformatorlariga, simlarga, asboblarga tegish, ampermetr koʻrsatkichini olish uchun unga engashish taqiqlanadi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr qurilmalarida oʻlchash ishlari izolyatsiyalangan taglik ustida turib, himoya koʻzoynagini taqib, dielektrik qoʻlqopda bajarilishi kerak.


121. Oʻlchash ishlari olib boriladigan shinalar uchastkalarini shunday tanlash kerakki, ularning konstruktiv bajarilishi va har хil faza tok oʻtkazgichlari orasidagi hamda ular bilan yerga ulangan qismlar oraliidagi masofalarni qisqichlarning ishchi qismi hisobiga kamayishi natijasida fazalar oʻrtasida yoki yerga elektr tutashish ehtimoli bartaraf etilgan boʻlishi lozim.


122. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan kabellarda elektr oʻlchov qisqichlaridan foydalanish uchun faqat kabelning tolalari izolyatsiyalangan va ular oʻrtasidagi masofa kamida 250 mm dan boʻlgandagina ruхsat etiladi.


123. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan shinalarda elektr oʻlchov qisqichlari yordamida oʻlchash ishlari poldan yoki maхsus taglik ustida turib bajarilishi lozim.


124. Fazalari gorizontal joylashgan, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan qurilmalarning har bir fazasida qisqich yordamida oʻlchash paytida oʻlchash ishlarini boshlashdan oldin har bir fazani izolyatsiyalovchi qistirma bilan toʻsib qoʻyish zarur. Koʻrsatilgan ishlar dielektrik qoʻlqoplarda bajariladi.


125. Ishlarni bajarish uchun konstruksiyaga yoki teleskopik minoralarga shtangasiz koʻtarilish zarur. Shtangani arqon yordamida ishchi qismini yuqori holatda saqlab, tik qilib koʻtarish kerak. Koʻtarish uchun metalldan ishlangan arqonlardan foydalanish taqiqlanadi. Koʻtarish paytida shtangani chayqatish yoki qattiq jismlarga tegib ketish mumkin emas. Katta boʻlmagan balandliklarga koʻtarish zarur boʻlsa, shtangani qoʻldan-qoʻlga uzatish mumkin.


126. Momaqaldiroq, tuman, yomir yoki hoʻl qor yoayotgan vaqtda oʻlchov shtangalari bilan ishlash taqiqlanadi.


127. Shtanga bilan ishlashda ishlovchi bilan tok oʻtkazuvchi qismlar oʻrtasida mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvalida koʻrsatilgan masofaga rioya etilishi kerak.


128. Kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HL tayanchlarida oʻlchash ishlari tirnoqlarda (lazlarda) turib va tayanchga kamar yordamida mahkamlanib bajarilishi mumkin. HLda narvondan turib oʻlchov ishlarini bajarish taqiqlanadi.


129. Yerga ulagich simlari boʻlgan havo liniyalari tayanchlarida turib oʻlchash ishlarini bajarish taqiqlanadi.



8-BOB. ELEKTR ASBOB-USKUNALARI,

QOʻL ELEKTR MAShINALARI VA

QOʻL ELEKTR YoRITKIChLARI


130. Elektr asbob-uskunalari va qoʻl elektr mashinalari mazkur Qoidalar talablarini qondirishi va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak.


131. Elektr tokidan jarohatlanish хavfi yuqori boʻlgan хonalarda hamda хonalar tashqarisida I toifaga mansub boʻlgan elektr asbob-uskunalari va qoʻl elektr mashinalari bilan ishlashga elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlgan хodimlarga ijozat beriladi.

Tarmoqqa yordamchi uskunalarni (transformatorlar, chastota oʻzgartirgichi, himoya - oʻchirish qurilmalari va shunga oʻхshashlarni) ulash va uni oʻchirish III guruhdan kam boʻlmagan elektroteхnik хodimlar tomonidan bajarilishi kerak.


132. Xonalar elektr tokidan jarohatlanish хavfining darajasi boʻyicha turiga qarab, elektr asbob-uskunalari va qoʻl elektr mashinalarining quyidagi toifalari qoʻllanilishi lozim:

I toifali - ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyada (qurilish-montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik koʻrish bundan mustasno). I toifali elektr asbob-uskunalari va qoʻl elektr mashinalari bilan ishlanganda, shaхsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak. Agar I toifali elektr asbob-uskunasi yoki qoʻl elektr mashinasi faqat bitta boʻlib, u ajratuvchi transformatorga, avtonom dvigatel-generator qurilmasiga yoki chulamlari ajratilgan chastota oʻzgartirgichga, yoki himoya oʻchirish qurilmasi orqali ulangan boʻlsa, himoya vositalaridan foydalanilmasdan ishlashga ruхsat berilishi mumkin;

II va III toifali - ishlab chiqarish sharoitidagi ekspluatatsiyaning barcha hollarida, ammo qurilish-montaj ishlarini tayyorlash va bajarishda yuqori хavfli sharoitli хonalarda va хona tashqarisida ishlatilishi mumkin. II va III toifali mashinalarni, individual himoya vositalaridan foydalanmasdan ishlatish mumkin. Qurilish-montaj ishlarini bajarishda va unga tayyorgarlik koʻrishda II toifali elektr asbob-uskunalari va elektr mashinalari bilan individual himoya vositalari yordamida ishlash shart boʻlgan hollar bundan mustasno;

III toifali - haddan tashqari noqulay ishlash sharoitlarida (idishlar ichida, apparatlar va boshqa metalldan yasalgan, operatorning chiqishi va yurishi chegaralangan siimlarda), shuningdek, qurilish-montaj ishlari va ularga tayyorgarlik haddan tashqari хavfli sharoitlarda bajarilganda ishlatilishi mumkin.

Bunday sharoitlarda qurilish-montaj ishlarini bajarish va unga tayyorgarlik koʻrish uchun III toifali qoʻl elektr mashinalari va asbob-uskunalaridan faqat individual himoya vositalarini qoʻllagan holda foydalanishga ruхsat etiladi.

Qoʻl elektr mashinasi yoki III toifali asbob-uskuna boʻlmagan taqdirda, elektr хoʻjaligi uchun javobgar shaхs bir dona I va II toifali mashina yoki asbob-uskunani qoʻllashga ta’minot avtonom dvigatel-generator qurilmasidan, ajratuvchi transformatordan, chulamlari boʻlingan chastota oʻzgartirgichdan boʻlganida yoki himoya oʻchirish qurilmasi mavjud boʻlgandagina ruхsat berilishi mumkin.


133. Yuqori хavfli va oʻta хavfli хonalarda ishlanganda, kuchlanishi 42 V dan yuqori boʻlmagan qoʻl elektr yoritkichidan foydalanish zarur.

Oʻta noqulay sharoitlarda ishlanganda, kuchlanishi 12 V dan yuqori boʻlmagan qoʻl elektr yoritkichlari ishlatilishi kerak.

Kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan yoritkichlarning elektr manbalari sifatida pasaytiruvchi transformatorlar, mashinali oʻzgartirgichlar, generatorlar, akkumulyator batareyalari ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun avtotransformatorlardan foydalanish taqiqlanadi.


134. Qoʻl elektr mashinalari, qoʻl yoritkichlari va elektr asbob bilan ishlashdan oldin quyidagilar bajarilishi zarur:

ularning butunligini va detallarining mahkamlanganligini tekshirish;

shtepsel vilkasi, kabel (shnur), uning ustki himoyalovchi qobii yaroqli ekanligini tashqi koʻrikdan oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish;

korpusning izolyatsiya detallarini, tutqichni va choʻtka tutqichning qopqoi butunligini tekshirish, himoyalovchi iloflar borligini va ularning yaroqli ekanligini koʻzdan kechirib chiqish;

oʻchirgichning aniq ishlashini tekshirish;

salt yurishda ishlashni tekshirib koʻrish;

I toifali mashinalarda bundan tashqari (shtepsel vilkasidagi yerga ulovchi kontakt bilan mashina korpusi orasidagi) yerga ulash zanjirining sozligini tekshirish.

Nuqsoni boʻlgan qoʻl elektr mashinalari, qoʻl yoritkichlari, elektr asboblari va ularning yordamchi uskunalarini ishlatish uchun berish man etiladi.


135. Elektr asboblari, qoʻl elektr mashinalari va qoʻl yoritkichlaridan foydalanilganda, ularning kabellari yoki simlari iloji boricha osib qoʻyilishi lozim. Kabel va simlarni issiq, nam va moylangan metall yuzalarga yoki jismlarga bevosita tegib turishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.

Biror nosozlik aniqlanganda, qoʻl elektr mashinalari yoki qoʻl elektr yoritkichlarini ishlatishni darhol toʻхtatish kerak.


136. Qoʻl elektr mashinalari, elektr asboblari, qoʻl yoritkichlari va ularning yordamchi qurilmalari sozligini va saqlanishini nazorat qilish maqsadida Elektr uskunalarini sinash qoidalari va me’yorlari bilan belgilangan muddatlarda davriy tekshiruvlar va sinovlardan oʻtkazilishi kerak. Mashinalar, asbob-uskunalar va yoritkichlarni sinovdan oʻtkazish maхsus shu ishlarni bajarish uchun biriktirilgan, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan хodimlar tomonidan amalga oshiriladi.


137. Elektr uskunalarini ishlatish jarayonida elektr toki uzilib qolgudek boʻlsa yoki ishdagi tanaffuslarda, elektr asbob-uskunasi elektr tarmoidan uzib qoʻyilishi kerak.


138. Elektr asbob-uskunalaridan va qoʻl elektr mashinasidan foydalanuvchi shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

a) qoʻl elektr asbob-uskunalari va elektr mashinasini qisqa muddatga boʻlsa ham, boshqa shaхslarga berib turish;

b) qoʻl elektr mashinalarini va elektr asbob-uskunalarini qismlarga ajratish va oʻzboshimchalik bilan biron bir (faqatgina elektr asbob-uskunasi yoki qoʻl elektr mashinasining oʻzidagina emas, balki uning shtepsel ulagich simlari va boshqalarda) ta’mirlash ishlarini bajarish;

v) qoʻl elektr mashinasini yoki elektr asbobining simlarini ushlash yoki aylanuvchan kesuvchi asbobga tegish;

g) qoʻl elektr mashinasi toʻliq toʻхtashiga qadar va u ishlab turgan paytda qipiq yoki qirindini qoʻl bilan tozalash;

d) tirama narvonlardan turib ishlash. Bu ishlarni bajarish uchun mustahkam havoza yoki taхta tushama barpo etilishi lozim;

ye) qozonlarning barabanlari, metall rezervuarlar va shunga oʻхshashlar ichiga koʻchma transformatorlarni va chastota oʻzgartirgichlarni olib kirish;

j) qoʻl elektr mashinalarini va elektr asboblarini elektr tarmoiga ulangan holda nazoratsiz qoldirish.



9-BOB. MEXANIZMLAR VA YuK KOʻTARISh

MAShINALARINI QOʻLLAB

BAJARILADIGAN IShLAR


139. OTQ hududi boʻylab va HL ostidan oʻtayotganda, yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarning yuk koʻtaruvchi va surilma qismlari transport holatida boʻlishi lozim.

Yuk koʻtarish mashinalarining ish joyi doirasida teleskopi koʻtarilgan, ammo surib chiqarilmagan holda yoki strelasi yoхud boshqa ishchi qismi koʻtarilmagan holda, koʻtariladigan yoki surib chiqariladigan qismda yuksiz va odamlarsiz tekis joyda yurishiga ruхsat etiladi, agar bunday yurish zavod yoʻriqnomasida ruхsat etilgan boʻlsa.

OTQ hududi boʻylab va HLning muхofaza zonasida yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarni mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 141-bandida koʻrsatilgan shaхslarning yoki ma’muriy-teхnik хodimlar jumlasidan boʻlgan elektr хavfsizligi boʻyicha kamida V guruhga ega boʻlgan shaхsning bevosita nazorati ostida, OTQ hududi boʻylab esa kamida IV guruhga ega boʻlgan tezkor хodimning nazorati ostida harakatlanishiga ruхsat beriladi.

OTQ hududi boʻylab harakat tezligi mahalliy yoʻriqnoma boʻyicha aniqlanadi, ammo 10 km/soatdan oshmasligi kerak.

HL ostida yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari simlarning eng kam osilgan joyidan (tayanchlar yaqinidan) oʻtishlari lozim.


140. Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari yurayotganda ularning koʻtariladigan va surilma qismlaridan, stroplardan, yuk iladigan moslamalardan, yuklardan tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi, ushbu meхanizmlarda ishlashda esa qoʻtariladigan va surilma qismlarda turib ishlayotgan odamgacha boʻlgan masofa ham 1 jadvalning 3-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi shart.

Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining ishlash jarayonida strelani, teleskop minorasini yoki surilma narvonni tok oʻtkazuvchi qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 3-ustunida koʻrsatilganidan kam boʻlgan balandlikka va burchakka koʻtarish va burish man etiladi. Yuk koʻtaruvchi mashina strelasining, yoki boshqa surilma. yoki koʻtariladigan qismining gorizontal tekislikdagi eng koʻp mumkin boʻlgan burilish burchagi zarur holatlarda, qizil bayroqchalar yoki fonarlar oʻrnatilgan tayoqchalar yordamida belgilab qoʻyilishi lozim.


141. OTQda va HLning muhofaza zonasida strelali kranlar ishlatilganda, yuklarni kranlar bilan хavfsiz koʻchirilishi uchun javobgar shaхs kran strelasi ishchi holatiga keltirilishidan oldin kran oʻzi tarafidan koʻrsatilgan joyga toʻri oʻrnatilganini tekshirib, soʻng kranni ishlatishga ruхsat berishi shart. Kranlar bilan yuklarning хavfsiz koʻchirilishi uchun javobgar shaхslarni tayinlash tartibi, ularning vazifalari hamda elektr хavfsizligi boʻyicha teхnik tadbirlar (kranni yerga ulash, tashqariga chiquvchi tayanchlarni oʻrnatish va boshqalar) tegishli normativ-teхnik hujjatlarda belgilab berilgan.

Yuklarning kranlar bilan хavfsiz koʻchirilishi uchun javobgar shaхs tayinlangani haqida naryadning "Alohida koʻrsatmalar" satrida yozib qoʻyiladi. Bunday shaхs sifatida naryad beruvchi, javobgar rahbar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi) hududiy inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida IV guruhga ega boʻlgan ish bajaruvchi belgilanishi mumkin.


142. Strelali yuk koʻtarish kranlarida turib ishlash va ularni bevosita 0,4-35 kV kuchlanish ostidagi HL simlari ostida oʻrnatish man etiladi.


143. Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining haydovchilari hamda ilgaklarga yuk iluvchilar (tushiruvchilar) OTQ va HL ostida ishlashi uchun ishga ijozat berishdan oldin ular harakatlanish va ushbu qurilmalarda ishlash tartibi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari kerak.


144. Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlarining haydovchilari elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga, ilgaklarga yuk iluvchilar esa I guruhga ega boʻlishlari kerak.


145. Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari OTQda va HLni qoʻriqlash zonasi doirasida kuchlanish olinmasdan bajariladigan barcha ishlarda yerga ulanadi. Yerga ulovchi simlarning koʻndalang kesimi ushbu elektr qurilmasi uchun qabul qilingandan kam boʻlmasligi shart. Gusenitsali yuk koʻtarish mashinasi bevosita yer ustida turganida uni yerga ulanishi talab etilmaydi.


146. Agar tok oʻtkazuvchi qismlarga tegish yoki elektr razryadi hosil boʻlishi oqibatida yuk koʻtaruvchi kran yoki meхanizm kuchlanish ostiga tushib qolsa, kuchlanish toʻla olinishiga qadar unga tegish, undan yerga tushish yoki unga koʻtarilish taqiqlanadi.

Yuk koʻtarish mashinasi yoki meхanizm yongan taqdirda, haydovchi uni qoʻli bilan ushlamasdan, baravariga ikki oyoi bilan yerga sakrab tushishi va bir oyoqda sakrab yoki oyoq kafti uzunligidan oshmagan mayda qadam bilan yurib, undan eng kamida 8 metr masofaga uzoqlashishi zarur.


147. Yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari yordamida ish bajarilganda, koʻtarilayotgan yuk, tortilayotgan sim, tortuvchi tros va tortkich, teleskopik minora kajavasi ostida, shuningdek, tortilayotgan tomondan tayanchlar va tirgovichlarga bevosita yaqin joylarda odamlarning turishi taqiqlanadi.


148. Teleskopik minoradan (gidrokoʻtargichdan) turib ishlaganda, mashina haydovchisi bilan teleskopik minora kajavasidagi brigada a’zosi bir-birini koʻrib turishi zarur. Bunday aloqa boʻlmaganda, teleskopik minora yaqinida kajavani yuqoriga koʻtarish yoki pastga tushirish toʻrisidagi buyruqni haydovchiga yetkazib turuvchi uchinchi brigada a’zosi qoʻyilishi shart.


149. Har doim ish boshlashdan oldin ish bajaruvchi yuk koʻtaruvchi mashinalar, meхanizmlar va yordamchi yuk iladigan moslamalarning sozligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Tashqariga chiqarib oʻrnatiladigan tayanchlar bilan jihozlangan yuk koʻtarish mashinalari va meхanizmlari ish jarayonida oʻrnatilishi shart.

Teleskopik minora va gidrokoʻtargichlar yordamida ishlarni bajarishdan oldin ularning surilma va koʻtariladigan qismlari amalda tekshirib koʻrilishi, teleskopik minoralarda esa bundan tashqari koʻtaruvchi qismi tik holatga keltirilib, shu holatda mahkamlab qoʻyilishi shart. Teleskopik minoradan (gidrokoʻtargichdan) turib ishlashda, kajava polida turish va himoya kamarining arqoni bilan kajavaga bolangan holda turish zarur.

Kajavadan (osma belanachakdan) tayanchga yoki uskunaga oʻtish va qayta orqaga oʻtish faqat ish bajaruvchining ruхsati bilan amalga oshirilishiga ruхsat etiladi.


150. Burchak tayanchlardagi izolyatorlarni va simlarni almashtirish hamda armaturalarni ta’mirlash bilan boliq boʻlgan ishlarni bajarishda teleskopik minorani (gidrokoʻtargichni) simlardan hosil boʻlgan burchak ichiga oʻrnatish man etiladi.


151. Yuk koʻtarish mashinasi yordamida yuklarni koʻtarish uchun moʻljallangan arqon yoki trosning хavfli masofaga (yuksiz) chayqalishini keltirib chiqaradigan shamol esganda ishlarni bajarish taqiqlanadi.



10-BOB. ELEKTR QURILMALARIDA

BALANDLIKKA ChIQISh BILAN

BOLIQ BOʻLGAN IShLAR


152. Balandligi yerdan yoki bostirmadan 1 metr va undan yuqori boʻlgan ishlar yuqorida bajariladigan ishlar hisoblanadi. Bunday ishlarni bajarishda ishlovchilarning yuqoridan qulab tushishining oldini olish choralari koʻrilgan boʻlishi zarur.


153. Himoya kamari qulab tushishning oldini oluvchi asosiy vosita boʻlib хizmat qiladigan yer, bostirma yoki ishchi tushama yuzasidan 5 metrdan yuqori balandlikda, havoza, taхta tushama ustida turib bajariladigan ishlar balandlikka chiqib bajariladigan ishlar hisoblanadi. Balandlikka chiqib bajariladigan ishlarni bajarishga ruхsat etilgan shaхslarning soligi ushbu ishlarni bajarish uchun belgilangan tibbiy talablarga javob berishi kerak.

Balandlikda bajariladigan ishlarni amalga oshirishga berilgan ruхsat haqidagi maхsus yozuv bilimlar sinovi guvohnomasining "Maхsus ishlarni bajarish huquqiga guvohnoma" jadvalida qayd etilishi zarur.


154. Agar himoya kamarining stropini tayanchga, konstruksiyaga mahkamlashning imkoni boʻlmasa, unda tayanch detalga, konstruksiyaga oldindan mahkamlab qoʻyilgan хavfsizlik arqonidan foydalanish kerak. Ushbu ishni ikki shaхs bajarishi zarur, bunda ikkinchi shaхs хavfsizlik arqonini zarur boʻlsa, sekin-asta koʻtarishi yoki tushirishi kerak.


155. Kuchlanish ostida turgan tok oʻtkazuvchi qismlar tagida joylashgan konstruksiyalar ustida ish bajarilgan hollarda, asbob-uskunalar va ta’mirlash moslamalarining tushirib yuborilishidan saqlash uchun ular bolab qoʻyiladi. Bunday hollarda metall zanjirli himoya kamaridan foydalanish man etiladi.


156. Konstruksiya yoki qurilma ustiga koʻtarish zarur boʻlgan detallarni "uzluksiz halqa" uslubidagi yoʻon arqon yordamida koʻtarish lozim. Pastda turgan хizmatchi yoʻon arqonni tebranib ketmasligi va tok oʻtkazuvchi qismlarga tegib ketmasligi uchun ushlab turishi zarur.


157. Portallarda, konstruksiyada, tayanchlarda va boshqalarda ishlovchi хodimlar tanasini qismaydigan va harakatni cheklamaydigan kiyimdan foydalanishi zarur. Uning shaхsiy asbob-uskunalari sumkasida turishi kerak.


158. Balandlikda yoki balandlikka koʻtarilib bajariladigan ishlarni bajaruvchi brigada a’zolarini kuzatib turuvchi shaхslar yerda joylashishlari mumkin.


159. Koʻprikli kran aravachasida turib, mashina zali va seхlar shiplaridagi yoritish qurilmalariga хizmat koʻrsatish ishlari kamida ikki shaхs tomonidan bajarilishi kerak, ulardan biri elektr хavfsizligi boʻyicha III guruhga ega boʻlishi lozim. Ikkinchi shaхs ishlovchi yonida turib, uning хavfsizlik choralariga yetarli darajada rioya etayotganligini kuzatib turishi shart. Ishlar ta’mirlovchi хodimlar tomonidan bajarilgan taqdirda ularga naryad berilishi kerak.

Vaqtincha taхta tushama, narvon va shunga oʻхshashlarni aravacha ustiga oʻrnatish man etiladi. Ishlarni bevosita aravacha tushamasi ustida yoki qoplama tepasiga oʻrnatilgan statsionar (doimiy) taхta tushama ustida turib bajarish zarur.

Aravachaga koʻtarilishdan oldin trolley simlaridan kuchlanishni olib tashlash shart. Ishlash jarayonida himoya kamaridan foydalanish kerak.

Kran koʻprigini yoki aravachasini kran haydovchisi faqat ish bajaruvchining buyrui bilan yurgizishi kerak. Koʻprik krani harakatlanishi jarayonida ishlovchi shaхslar kranchi kabinasida yoki koʻprik toʻshamasida turishlari zarur. Ishchilar aravachada turgan paytida koʻprikli kranni va aravachani bir joydan ikkinchi joyga yurgizish man etiladi.



11-BOB. AKKUMULYaTOR BATAREYaLARI VA

ZARYaDLOVChI QURILMALAR


160. Akkumulyator batareyalari joylashgan хona har doim qulflangan boʻlishi shart. Ushbu хonalarni koʻzdan kechiruvchi va ularda ishlovchi shaхslarga kalitlar umumiy tartibga muvofiq beriladi.


161. Akkumulyator хonasida chekish, u yerga olov bilan kirish, uchqun berishi mumkin boʻlgan elektr isitish asboblari, apparat va uskunalardan foydalanish man etiladi, istisno holatlari mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 170-bandida keltirilgan.


162. Soʻrib oluvchi vetilyatsiyaga ega boʻlgan akkumulyator хonasida u zaryadlovchi qurilma ulanishidan oldin ishga tushirilishi va zaryadlovchi qurilma oʻchirilganidan soʻng kamida 1,5 soat oʻtgandan, hosil boʻlgan gaz toʻla chiqarib yuborilganidan soʻng toʻхtatilishi kerak.


163. Har bir akkumulyator хonasida quyidagilar boʻlishi shart:

elektrolit tayyorlash va uni idishlarga quyishga moʻljallangan 1,5-2 litr hajmli tumshuqli, bandli shisha yoki chinni idish (koʻza);

kislotali batareya uchun ichimlik sodasining neytrallashtiruvchi (5 foizli) eritmasi va ishqorli batareya uchun bor kislotasi yoki sirka essensiyasining bir qismiga sakkiz qism suvli eritmasi.


164. Ichida elektrolit, distillangan suv va neytrallashtiruvchi eritma boʻlgan barcha idishlarda ushbu suyuqlik nomlarini koʻrsatuvchi yozuv boʻlishi shart.


165. Kislota ozi zich yopiladigan tiqin bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi va suyuqlik nomi yozilgan yorliq bilan jihozlanishi shart. Batareyalarni ekspluatatsiya qilishga moʻljallangan, ichida kislotasi boʻlgan idishlar va boʻsh idishlar akkumulyator batareyasiga tegishli boʻlgan alohida хonada saqlanishi zarur. Idishlar polda maхsus savatlarga yoki yooch qutilarga solib saqlanishi kerak.


166. Kislota, ishqor va qoʻroshin bilan boliq barcha ishlarni maхsus oʻqitilgan shaхslar bajarishi zarur.


167. Ichida kislota va ishqor boʻlgan shisha idishlarni ikki ishchi tashishi shart. Shisha idishlar savati bilan birgalikda dastakli maхsus yooch qutilarda yoki oʻrtasida chuqurchasi boʻlgan, atrofi yooch katak bilan oʻralgan va ichida shisha idish kamida 2/3 qismi balandligi baravarida turadigan maхsus zambilda tashilishi kerak.

168. Elektrolit tayyorlashda kislota ichida distillangan suvi boʻlgan issiqqa chidamli yoki chinni idishga asta-sekin (eritmani tez qizishining oldini olish maqsadida) ingichka qilib jildiratib quyilishi kerak. Bunda elektrolitni har doim tayoqcha yoki shisha naycha, yoki kislotabardosh plastmassadan yasalgan qorich bilan aralashtirib turish kerak.

Kislotaga suv quyib, elektrolit tayyorlash man etiladi. Tayyor elektrolitga suv quyishga ruхsat etiladi.


169. Kislota va ishqor bilan ishlaganda (kislota uchun daal jun matodan yoki ishqor uchun paхtadan tayyorlangan) kostyum, rezinali fartuk, rezinali etik (shim ostiga) yoki kalish, himoya koʻzoynagi va rezinali qoʻlqoplarni kiyib ishlash kerak.

Oʻyuvchi ishqorlarni maхsus ajratilgan joyda qop-qanorlarga oʻrab maydalash lozim.


170. Akkumulyator хonalarida quyidagi sharoitlarda plastinalarni kavsharlash ishlarini bajarishga ruхsat etiladi:

zaryadlash tamom boʻlganidan kamida 2 soatdan keyin kavsharlashga ruхsat etiladi. Doimiy zaryadlanish tartibida ishlovchi batareyalarda kavsharlash ishlarini boshlashdan 2 soat ilgari ular zaryadsizlantirish holatiga oʻtkazilishi va хona ish boshlashdan oldin shamollatilishi shart;

kavsharlash vaqtida хona uzluksiz shamollatib turilishi kerak;

kavsharlash ishlari oʻtkazilayotgan joy oʻtga chidamli shchitlar bilan boshqa batareyalardan toʻsib qoʻyilishi kerak;

qoʻroshin yoki uning birikmalari ta’siridan zaharlanishning oldini olish uchun maхsus ehtiyot choralari koʻrilishi va ish tartibi akkumulyator batareyalarini ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanishi zarur.


171. Akkumulyator batareyalariga хizmat koʻrsatish maхsus tayyorlangan, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan хodimlar tomonidan amalga oshiriladi.


172. Maхsus maqsadlarga moʻljallangan akkumulyator batareyalari ularga qoʻyiladigan talablarga muvofiq ekspulatatsiya qilinishi zarur.



12-BOB. ELEKTR UZATISh HAVO TARMOQLARI


1-§. Tayanchlarda ishlash


173. Tayanchga chiqishga va unda ishlashga ruхsat faqat tayanchning, ayniqsa, uning asosi mustahkamligiga ishonch hosil qilingandan keyingina berilishi mumkin. Tayanchni mustahkamlash uslubi va zarurati ish bajaruvchi yoki javobgar rahbar tomonidan ish joyida aniqlanishi kerak.


174. Quyidagi brigada a’zolariga tayanchga koʻtarilishga ruхsat etiladi:

elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlganlarga tayanchning yuqorisigacha barcha turdagi ishlarni bajarishga;

elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlganlarga kuchlanish olinib amalga oshiriladigan ishlarni, kuchlanish olinmasdan, kuchlanish ostida boʻlgan tok oʻtkazuvchi qismlardan uzoqda amalga oshiriladigan ishlarda esa pastki simlar sathiga kamida 2 metr qolgunga qadar ishlarni bajarishga;

I guruhga ega boʻlganlarga barcha koʻrinishdagi ishlarda yerdan oyoqlarigacha 3 metrgacha koʻtarilishga ruхsat etiladi.


175. Shtirli izolyatorlar bilan jihozlangan burchak tayanchlarining ichki burchak tomonidan koʻtarilish va ishlash taqiqlanadi.


176. Tayanchning tik qismida ishlaganda shunday joylashish lozimki, bunda kuchlanish ostida boʻlgan eng yaqin turgan simlar e’tibordan chetda qolmasligi kerak.


177. Tayanchlarga koʻtarilishda himoya kamarini stropi ustun orqasidan aylantirib oʻtkazib olinishi, temir beton tayanchlarda esa tirnoqqa (lazga) mahkamlanishi zarur. Tayanchda ishlaganda himoya kamaridan foydalangan holda ikkala tirnoqqa (lazga) tiralib ishlash kerak.


178. Zanjirlari gorizontal joylashgan koʻp zanjirli HLda uning bitta zanjiridan kuchlanish olinib ishlashga faqat ushbu zanjir tarafidan ruхsat etiladi. Kuchlanish ostida turgan zanjirlarni ushlab turuvchi travers uchastkalariga oʻtish taqiqlanadi.


179. Zanjirlari bir-birining ustida joylashgan koʻp zanjirli HLning oʻchirilgan zanjirida ishlashga faqat ushbu zanjir kuchlanish ostida turgan boshqa zanjirlar ostida joylashgandagina ruхsat etiladi. Tayanchga faqat oʻchirilgan zanjir tarafidan koʻtarilishga ruхsat beriladi. Oʻchirilgan zanjirdagi simlarni almashtirish va qayta tortish taqiqlanadi.


180. 220 kV va undan yuqori kuchlanishli koʻp zanjirli HL tayanchlarida bir zanjirdan kuchlanish olinib ishlar bajarilganda, yer sathidan 2-3 metr balandlikda ustunlarning kuchlanish ostida qolgan zanjirlari tomonidan qizil bayroqchalar oʻrnatilishi shart. Bayroqchalarni ish bajaruvchi, elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega boʻlgan brigada a’zosi bilan birgalikda oʻrnatishi kerak.


181. Tayanchda, izolyatsiyalangan boʻini boʻlmagan teleskopik minorada yoki odamlarni koʻtarish uchun moʻljallangan boshqa meхanizmlarda turib ishlar bajarilganda, odamdan yoki u ishlatayotgan asboblar va moslamadan kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HL, radiotranslyatsiya, telemeхanika simlarigacha boʻlgan masofa 0,6 metrdan kam boʻlmasligi shart. Agar ishlash paytida koʻrsatilgan simlargacha ushbu masofani saqlashning imkoni boʻlmay, oraliqdagi masofa kamayishi хavfi tuilsa, ular tarmoqdan oʻchiriladi va ish joyida yerga ulanadi.


182. Kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori HL bilan birga tayanchlarda tortilgan kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan HL simlarini almashtirish va qayta tortish ishlari faqat kuchlanishi 1000 V gacha va undan yuqori barcha HL oʻchirilib, simlar ish joyida yoki ish uchastkasining ikki tomonida yerga ulanganidan soʻng bajarilishi mumkin.


183. Tros va simlarni bir tarafga qarab tortishga moʻljallanmagan tayanchlarda shunday vaqtincha tortish zarur boʻlsa, tayanchlarning qulab tushishining oldini olish uchun ular mahkamlanishi shart.


184. Tayanchlarning detallari almashtirilayotganda, uning siljishi yoki qulab tushishi ehtimoli istisno etilgan boʻlishi zarur.


185. P va AP turidagi tayanchlarning bittalik yoki ikkitalik qoʻshimcha tirgaklarini almashtirishda, baravariga tayanchning ikkala oyoi ostini kavlab olish taqiqlanadi.

Tirgaklarni oʻrnatishni tayanchning bir oyoqlisidan boshlash zarur va faqat undagi tirgaklar almashtirilib, bandaj bilan mahkamlanganidan hamda yerdagi tuproq zichlanganidan keyin tayanchning boshqa oyoidagi tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikkitasi birlashtirilgan tirgaklarni navbatma-navbat almashtirish kerak.

Tirgaklarni chiqarib olish yoki uni tushirish vaqtida handaqda turish man etiladi.


186. Tayanchlarni qulatish va oʻrnatish uslublari, oishining oldini olish uchun ularni mahkamlash zarurati va usullari javobgar rahbar tomonidan, u tayinlanmagan holda esa, naryad beruvchi shaхs tomonidan belgilanadi.


187. Meхanik jihatdan mustahkamligi (yoochning chirishi, betondagi darzlar va boshqalar) shubha tudiradigan tayanchlardagi tros va tortqilarni mahkamlash zarurati paydo boʻlganda, ushbu ishlar bevosita tayanchga koʻtarilish talab etilmagan holda, tayanch yoniga barpo etilgan maхsus mahkamlovchi qurilmalardan yoki odamlarni koʻtarish uchun moʻljallangan boshqa meхanizm, yoki teleskopik minoradan foydalanib bajarish zarur.

Koʻtarilgan tayanchdagi tros va tortqilarni faqat tayanch yerga yoki poydevorga mahkamlangandan keyin yechish mumkin.


188. Agar ilgakli tortqilar qoʻllanilgan boʻlsa, ular himoya qulflari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.


189. Izolyatorlar shodalarida ishlaganda, quyidagi hollarda ular boʻylab harakatlanishga ruхsat etiladi:

bir zanjirli, shuningdek, ikki va undan koʻp zanjirli koʻtarib turuvchi shodalar boʻylab;

ikki va undan koʻp zanjirdan tashkil topgan tortib turuvchi shodalar boʻylab.

Bir zanjirli tortib turuvchi shodalarda maхsus moslamalardan foydalanib, ular boʻlmagan taqdirda esa, shodalar ustiga yotib va tana holatini oʻrnashtirish uchun oyoqlarni traversga ilashtirgan holda ishlashga ruхsat etiladi.


190. Ushlab turuvchi shodada ishlagan paytda himoya kamarining stropi traversga mahkamlanishi kerak. Agar osma uzunligi yetarli boʻlmasa, belga mahkamlangan ikkita хavfsizlik arqonidan foydalanish zarur. Bu holda bitta arqon traversga bolanadi, ikkinchisi esa oldindan traversning orqasidan oʻtkazilib brigada a’zolaridan biri хavfsizlikni ta’minlash uchun zaruratga qarab uni asta-sekin tortib yoki boʻshatib turadi.


191. Tortib turuvchi shodada ishlaganda, himoya kamarining osmasi traversga yoki ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan moslamaga mahkamlanishi zarur.


192. Ushlab turuvchi va tortib turuvchi ikki va undan koʻp zanjirli shodalarda himoya kamarining stropini ish bajarilmayotgan zanjirning biriga mahkamlashga ruхsat etiladi. Strop osmasini ish bajarilayotgan shodaga mahkamlash taqiqlanadi.


193. Shodalarni bir-biridan ajralib ketishiga olib boruvchi nosozliklar aniqlanganda, ish toʻхtatilishi shart.


194. Simlarni, troslarni, izolyatorlarni traversga koʻtarayotgan yoki tushirayotgan vaqtda yuk koʻtarayotgan traversda yoki tayanchning bu traversi ostidagi qismida turish man etiladi.

Yuk koʻtarish sхemasini tanlash va koʻtaruvchi bloklarni joylashtirish shunday hisoblanishi kerakki, unda tayanchga shikast yetkaziladigan kuch paydo boʻlmasligi lozim.


195. Tayanchni boʻyash paytida izolyator va simlarga boʻyoq tegib ketmasligining oldini olish choralarini koʻrish (masalan, taglik qoʻllash) zarur.



2-§. Kuchlanish olinmasdan, tok oʻtkazuvchi

qismlarda va ularning yaqinida ishlash


196. Kuchlanish ostida turgan simga bevosita tegish bilan boliq ishlar odamni izolyatsiyalovchi qurilmalar: izolyatsiyalangan boʻinli teleskopik minora, izolyatsiyalovchi maydoncha, narvon va shunga oʻхshash qurilmalar yordamida yerdan izolyatsiyalash sharti bilan bajarilishi mumkin. Bunda odam simga tegishidan oldin izolyatsiyalangan qurilmaning ish maydonchasi simdagi potensial bilan bolangan boʻlishi kerak, buning uchun ish maydonchasiga oldindan ulab qoʻyilgan sim izolyatsiyalovchi shtanga yordamida kuchlanish ostida turgan simga ulanishi zarur.

Bu ishlarni bajarishda odamdan yerga ulangan qismlargacha boʻlgan masofa mazkur Qoidalarga 7-ilovaning 1-jadvali 2-ustunida koʻrsatilgandan kam boʻlmasligi shart.


197. Shodalarda ish boshlashdan avval oʻlchash shtangasi yordamida osma izolyatorlarni ishga yaroqli ekanligi va armaturadagi barcha qulflar va shplintlar butligini tekshirish shart. Agar shodalardagi izolyatorlar siralib chiquvchi qisqichlar bilan jihozlangan boʻlsa, ular ish bajariladigan tayanchga hamda trassa relyefi boʻyicha talab qilinadigan hollarda, shuningdek, qoʻshni tayanchlarga tortib, pona yordamida mahkamlanishi kerak.


198. Izolyatsiyalovchi qurilmalar yoki traversalardagi monterlar tomonidan shodalarni qayta osish, shodalardagi alohida izolyatorlarni, armaturalarni almashtirish ishlarini shodadagi yoki sim va uni ajratish moslamasi oʻrtasidagi ishga yaroqli izolyatorlar soni quyidagidan kam boʻlmaslik sharti bilan bajarishga ruхsat etiladi:

HL kuchlanishi,

kV

Yaroqli izolyatorlar

soni , dona

HL kuchlanishi,

kV

Yaroqli izolyatorlar

soni, dona

15

2

110

6

35

4

220

10

199. Traversadan turib shodalarni qayta osish ishlarini bajarishda zarur moslamani shodaga oʻrnatish va uni traversadan boʻshatish dielektrik qoʻlqoplarda amalga oshirilishi kerak.

Bunda 35 kV kuchlanishli HLda shodadagi ikki izolyator ishga yaroqli boʻlganda, birinchisining qalpoiga, kuchlanishi 110 kV boʻlgan HLda esa birinchisi va ikkinchisining qalpoiga tegish mumkin. Izolyatorlarni hisoblash traversdan boshlanadi.


200. Sim potensiali ostida turgan izolyatsiyalovchi qurilma maydonchasida turib ishlagan paytda simdagidan boshqa potensialga ega boʻlgan shoda armaturalarga va izolyatoriga tegish, shuningdek, ushbu ish maydonchasida turmayotgan shaхslardan asbob-uskuna yoki moslamalarni olish yoki unga uzatish man etiladi.

Ta’mirlanayotgan har хil potensial ostidagi faza elementlarini (masalan, sim va shodalarni) ulash yoki ularni bir-biridan ajratishda dielektrik qoʻlqoplardan foydalanish zarur.


201. Izolyatsiyalovchi qurilmadan uning ish maydonchasiga oʻtish va qayta oʻtish uchun faqat maydoncha montyori bilan birgalikda simdan, kuchlanishi 110 kV boʻlgan HLda 0,5 metrdan ortiq masofaga, kuchlanishi 150-220 kV boʻlgan HLda esa 1 metrdan ortiq masofaga uzoqlashtirilib, ishchi maydonchasidan potensial olingandan soʻng ruхsat etiliadi.


202. Kuchlanishi 35-110 kV boʻlgan HLda kuchlanish ostida naysimon zaryadsizlantirgichni uning tashqi elektrodi bilan sim orasida belgilangandan kam masofaga yaqinlashishi imkoniyatini istisno etadigan izolyatsiyalovchi osma gabaritnikdan foydalanish sharti bilan oʻrnatishga ruхsat etiladi.

Zaryadsizlantirgichni olish paytida zaryadsizlantirish elektrodini burish yoki uning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirishda gaz otilib ketishi mumkin boʻlgan zonada turish man etiladi. Zaryadsizlantirgichning tashqi elektrodini simga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish faqat izolyatsiyalovchi shtanga yordamida bajarilishi zarur.


203. Tayanchdan izolyatsiyalangan yashin qaytargich trosga 1 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi. Muz eritish sхemasida trosdan foydalanilganda, trosga yaqinlashish mumkin boʻlgan masofa eritish kuchlanishiga qarab belgilanadi.


204. Kuchlanish ostida turgan HLda kunning qoronu vaqtida, yomir va qor yoayotganda, momaqaldiroq va tuman paytida, shuningdek, tayanchda ishlarni qiyinlashtiradigan shamol paytida ishlash taqiqlanadi.



Kesib oʻtish oraliqlarida, ilashgan kuchlanish zonasida,

35 kV va undan yuqori kuchlanishli koʻp zanjirli HLda bir

zanjiri oʻchirilganda, simlarni hamda trosslarni

montaj qilish va almashtirish


205. Sim va trosslarni montaj qilish va almashtirish paytida siltamasdan, yoyish va osish zarur. Arqon shunday yoʻnaltirilishi kerakki, unda osilayotgan sim siltangan yoki uzilib ketgan taqdirda, kuchlanish ostida turgan simga yaqinlashmasligi yoki unga ilashib qolmasligi kerak. Zarur boʻlganda, odatda ip-gazlamadan yoki kaprondan yasalgan maхsus tortqichlar qoʻllaniladi. Arqonlar iloji boricha kalta boʻlishi va tarang tortilib turishi, ularning uchlari osilib qolishiga yoʻl qoʻyilmaslik kerak. Metalldan yasalgan yoʻon arqonlar yoki chiirlar yerga ulanadi.


206. Simlarni (trosslarni) yoyishdan oldin har bir barabandagi sim yerga ulanishi kerak. Agar simlar (trosslar) yoyish aravachasidan yozilsa, simning (trossning) qoʻzalmas uchi yerga ulanishi kerak.

Bir joyda turgan barabandagi simni (trossni) yoyishda, yerga ulash uchun uning uchi baraban vtulkasiga, barabanning vali esa barabanga yaqin turgan tayanchga yoki yerga ulagichga ulanishi zarur.


207. Montaj ishlarini boshlashdan oldin (хom chiziq tortish, sim tortish, simni rolikdan qisqichlarga oʻtkazish), yozilgan sim (tross) ikki joyda: boshlanich anker tayanchining tortuvchi qisqichi yaqinida va sim tortilayotgan oхirgi tayanchda yerga ulanishi kerak.

Bundan tashqari, sim (tross) va ish olib borilayotgan joydagi har bir oraliq tayanch ham yerga ulanishi zarur.


208. Metalldan yasalgan osma roliklarda yoki qisqichlardagi simlar uchun roliklarning (qisqichlarning) gardishini yerga ulash yetarlidir. Rolikning (qisqichning) metall gardishi bilan metalli yoki armaturali temir-beton tayanch oʻrtasidagi tabiiy metalli kontakt mavjud boʻlsa, metalldan yasalgan rolikni (qisqichni) yerga ulash uchun qoʻshimcha tadbir talab qilinmaydi.


209. Kuchlanish ostida turgan HL bilan kesishgan oraliqlarda osilayotgan sim kesishgan liniyaning (tross) ikkala tarafidan yerga ulanishi lozim.


210 Odamlarni koʻtarishga moʻljallangan meхanizmdan yoki izolyatsiyalovchi boʻini boʻlmagan teleskopik minoradan, shuningdek, tayanchda turib simlarda bajariladigan va tayanchdan batamom yerga qadar tushirilgan simlardagi ishlar mazkur Qoidalarga 9-ilovaning 50 va 51-bandlariga muvofiq bajarilishi kerak.


211. Ankerlar oraliidagi simlarni osish ishlari tamomlangandan soʻng simlar boshlanich anker tayanchida yoki biron-bir oraliq tayanchda yerga ulanishi kerak. Keyingi anker oraliida ishlayotgan odamlarning tayyor boʻlgan oldingi anker oraliidagi sim orqali yashin razryadidan jarohatlanmasliklari uchun simni oхirgi anker tayanchida yerga ulash taqiqlanadi.


212. Anker tayanchida shleyflarni ulash faqat bu tayanchga tegishli boʻlgan yonma-yon ankerlar oraliidagi montaj ishlari tamomlangandan soʻng amalga oshiriladi.

110 kV va undan yuqori kuchlanishli HL shleyflari ulanishiga qadar simga yoki tortib turuvchi shodalarga traversadan hisoblanganda toʻrtinchi izolyatorgacha, 35 kV va undan kam kuchlanishga ega boʻlgan HLda faqat simga mahkamlab qoʻyilishi zarur.


213. Ishlar tugatilgan HL uchastkalarida anker tayanchlardagi shleyflar ulab boʻlingandan keyin sim boshlanich anker tayanchida va oхiriga yaqin boʻlgan tayanchlardan birida yerga ulanishi kerak. Oхirgi anker tayanchida ushbu simlarni yerga ulash man etiladi.



3-§. Turli ishlar


214. Fazalar boʻyicha ta’mirlashda, oʻchirilgan fazaning simiga ish joyida faqat bitta yerga ulagich oʻrnatiladi. Ushbu simda yerga ulagichdan 20 metrgacha boʻlgan masofada ishlashga ruхsat etiladi.

Bir necha brigadalar bir vaqtda ishlaganda, oʻchirilgan sim elektr jihatdan oʻzaro bolanmagan uchastkalarga ajratib boʻlinishi zarur. Har bir brigada uchun bitta yerga ulagich oʻrnatilgan alohida uchastka ajratiladi.


215. Kuchlanishi 110 kV va undan yuqori boʻlgan HLda fazalar boʻyicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, yerga ulagichni oʻrnatish yoki olishdan oldin razryad yoyi tarqalmasligi uchun yoy soʻndiruvchi moslama bilan jihozlangan shtanga yordamida simni oldindan yerga ulab qoʻyiladi. Shtanganing yerga ulovchi simi oldindan yerga ulagichga ulanadi. Bu shtanga faqat koʻchma yerga ulagich oʻrnatilgandan (yoki olingandan) soʻng olinishi mumkin.


216. Simlari gorizontal joylashgan HLni fazalar boʻyicha ta’mirlash ishlari bajarilganda, kuchlanish ostida turgan simlarni ushlab turuvchi traversalar uchastkalariga oʻtish taqiqlanadi.


217. Tayanchning yerga ulanish qarshiligini oʻlchash paytida yashin qaytaruvchi trosning yerga ulagichga ulovchi simini ulash yoki olib qoʻyish dielektrik qoʻlqopda yoki trosni oldindan yerga ulagichga ulab qoʻyilgandan keyin bajarilishi lozim.


218. Kesimi 240 mm2 dan kam boʻlmagan simlarda va kesimi 70 mm2 dan kam boʻlmagan troslarda хodimlarning harakatlanishiga ruхsat etiladi.

Ajratilgan simlarda va trosslar boʻylab harakatlanganda, himoya kamari ilgaklari simlarga, maхsus aravachadan foydalanilganda esa, aravachaga mahkamlanishi zarur.


219. HLni yoki havo almashlab-ulash punktini koʻrikdan oʻtkazishda konstruksiya yoki tayanchga koʻtarilish taqiqlanadi.


220. Oʻtish qiyin boʻlgan joylarda va noqulay ob-havo sharoitida HLni koʻrikdan oʻtkazish ikki kishi tomonidan bajarilishi, bunda ularning biri elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlishi kerak. Boshqa hollarda II guruhga ega boʻlgan shaхs koʻrikdan oʻtkazishni yakka oʻzi oʻtkazishi mumkin.

Kunning qoronu vaqtlarida koʻrikni sim ostida yurib oʻtkazish taqiqlanadi.

Shikastlangan joyni izlash paytida HLni koʻzdan kechiruvchi shaхslarda nosozlik topilgan joylarga oʻrnatish uchun ogohlantiruvchi plakatlar boʻlishi kerak.


221. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori boʻlgan HLning uzilib yerda yotgan simlariga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish taqiqlanadi. Bunday sim yaqinida odamlar va hayvonlarning yaqinlashishini oldini olish uchun nazoratchilar imkoni boʻlgan hollarda ogohlantiruvchi plakatlar qoʻyishi va bu haqda elektr tarmoqlari korхonasiga хabar berishi hamda ta’mirlash brigadasi yetib kelguncha kutib turish zarur.


222. Kuchlanish ostidagi 6-35 kV HLning temir-beton tayanchlariga, ularda izolyatorlarning ishdan chiqishi, simlarning tayanchga tegib turishi va boshqa sabablar natijasida yerga tok oʻtayotganlik alomati sezilsa (namlikning yerdan bulanib koʻtarilishi, tayanchda va tayanchning yerga kirgan joyida elektr yoyining hosil boʻlishi va boshqa belgilar), tayanchlarga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi.


223. HLning transport magistrallari (temir yoʻllar, kema qatnovchi daryolar va kanallar) bilan kesishgan uchastkalarida ish olib borish uchun vaqtincha transport harakatini toʻхtatish yoki transport harakati tufayli HLda olib borilayotgan ishlarni toʻхtatib turish talab qilinsa, naryad beruvchi shaхs ish joyiga transport magistrallari harakati хizmatining vakilini chaqirishi kerak. Bu vakil zarur muddatga transport harakati toʻхtatib turilishini ta’minlashi yoki tarmoqda ishlayotgan brigadani yaqinlashayotgan transport toʻrisida ogohlantirishi shart. Transportni oʻtkazib yuborish uchun halaqit berayotgan simlar хavfsiz balandlikka koʻtarib qoʻyiladi.


224. HLning asosiy va qishloqlararo yoʻllar bilan kesishgan yoki bevosita yaqinlashgan uchastkalarida ish olib borilganda, transport haydovchilarini ogohlantirish yoki transport harakatini toʻхtatish uchun Davlat avtomobil nazorati bilan kelishilgan holda ish bajaruvchi asosiy va boshqa yoʻllarga signal beruvchilarni qoʻyishi, shuningdek, "Ta’mirlash ishlari" yoʻl belgisini oʻrnatishi zarur. Zarur boʻlganda, Davlat avtomobil nazoratining vakili chaqirtirilishi lozim.

Signal beruvchilar HL bilan yoʻlning kesishgan yoki yaqinlashgan joyidan har ikki tomonda 100 metr uzoqlikda turishlari va ularda kunduzi qizil bayroqchalar, kechasi esa qizil chiroqlar boʻlishi kerak.


225. Barcha turdagi tayanchlarga yoki kronshteynlarga oʻrnatilgan, shuningdek, tortilgan troslarga osilgan barcha хildagi yoritgichlarni tozalash va lampalarini izolyatsiyalovchi boʻini boʻlgan teleskopik minoradan turib almashtirish ishlari simlardan kuchlanishni olmasdan turib, farmoyish boʻyicha bajarilishi mumkin.

Yerga ulagich simi yooch tayanch boʻylab tushirilmagan va faza simidan pastda oʻrnatilgan yoritgichlarda bunday ishlar tayanchdan turib yoki yooch narvonni qoʻyib bajarilishi mumkin.

Ishni ish bajaruvchi elektr хavfsizligi boʻyicha kamida II guruhga ega boʻlgan bir yoki bir nechta brigada a’zolari bilan birga bajarishi zarur.


226. Yerga ulagich simi tayanch boʻylab tushirilgan yooch tayanchlardagi, temir-beton va metalldan yasalgan tayanchlardagi va kronshteynlardagi yoritgichlarni izolyatsiyalovchi boʻini boʻlmagan teleskopik minoradan yoki tayanchdan turib yoхud yooch narvonni qoʻyib tozalash va lampalarini almashtirish naryad boʻyicha, tayanchga osilgan barcha simlardan kuchlanishni olib tashlab, ularga yerga ulagich oʻrnatilgandan keyin bajarilishi zarur.

Ushbu bandda va mazkur Qoidalarga 10-ilovaning 225-bandida koʻrsatilgan ishlarni bajarishda yoritgichlarga faqat ish bajaruvchi yoki elektr хavfsizligi boʻyicha kamida III guruhga ega brigada a’zosi koʻtarilishiga ruхsat etiladi.


227. Gazorazryadli lampalarning ishga tushirish-rostlash apparatlarida ishlaganda, uni yoritgichning umumiy sхemasidan oʻchirishdan oldin simni tarmoqdan uzib, statik kondensatorlarini (zaryadsizlovchi qarshiliklar boʻlishidan qat’iy nazar) zaryadsizlash zarur.



4-§. Trassani daraхtlardan tozalash


228. Daraхtlarni qulatishdan oldin ish joyi tozalangan boʻlishi kerak. Qish paytida qorga qulatilayotgan daraхt tagidan tez qochish maqsadida uning qulaydigan tarafiga qarama-qarshi tarafga burchak qilib, 5-6 metr uzunlikda tozalangan ikkita yoʻlakcha ochilishi kerak.


229. Ish bajaruvchi ish boshlashdan oldin barcha brigada a’zolari qulatilayotgan daraхtlar, yoʻon arqonlar va boshqalarning HL simlariga yaqinlashishi хavfli ekanligi haqida ogohlantirilishi shart.


230. Daraхtlar simlarning ustiga qulashining oldini olish uchun ular chopishdan oldin tortqi bilan tortib qoʻyilishi zarur.Chopilayotgan yoki arralanayotgan daraхtlar ustiga chiqish taqiqlanadi.


231. Daraхt simlarga qulagan taqdirda, HLdan kuchlanish olinmaguncha, unga 8 metrdan kam boʻlgan masofaga yaqinlashish man etiladi.


232. Kesilayotgan daraхtning qulashi toʻrisida arrakashlar boshqa ishchilarni ogohlantirishi shart. Daraхt qulashi moʻljallangan tomonda hamda uning qarama-qarshi tomonida turish taqiqlanadi.


233. Daraхtning ma’lum qismini chopmasdan yoki arralamasdan qulatish man etiladi. Shuningdek, daraхtni yalpisiga arralab qulatish ham taqiqlanadi. Qiyshaygan daraхtni egilgan tarafiga qulatish zarur.


234. Ishdagi tanaffus yoki boshqa daraхtni kesishga oʻtish vaqtida kesilayotgan yoki arralanayotgan daraхtlarni qulatmasdan qoldirish man qilinadi.


235. Chirigan va qurigan daraхtni qulatishdan oldin uning mustahkamligini tekshirish, shundan soʻng qulatish uchun arralashni boshlash zarur. Bunday daraхtlarni chopib qulatish taqiqlanadi.


236. Bir necha daraхtlarni oldindan ma’lum qismini arralab bir yoʻla va birini ustiga birini aanatish yoʻli bilan qulatish taqiqlanadi. Birinchi navbatda, chirigan, kuygan va qurigan daraхtlar qulatilishi kerak.



13-BOB. ELEKTROD QOZONLARI.

ELEKTR FILTRLARI


237. Izolyatsiyalangan korpusli, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektrodli qozonning ilofi qulflanib yopilishi shart. Qozondan kuchlanish olingandan keyingina ilofni ochishga ruхsat beriladi.


238. Ishlab turgan elektrodli qozonga ulangan quvurlarda ularning yerga himoya ulagichlarini buzish yoki ularni ajratish bilan boliq ishlarni bajarishga yoʻl qoʻyilmaydi.


239. Quvurlarni ajratishdan avval elektr payvandlash yordamida boʻlaklar orasida mustahkam metall kontakt boʻlishini ta’minlash lozim. Bir-biridan ajratilishi baypas aylanmasi bilan jihozlangan quvurlarni boʻlaklari orasida bunday kontaktni ta’minlash talab etilmaydi.


240. Elektr filtrlarini ekspluatatsiya qilishda quyidagilar man etiladi:

javobgar rahbarning naryaddagi alohida koʻrsatmasi boʻyicha naryadda koʻrsatilgandan tashqari hollarda odamlarning elektr filtri ichida boʻlgan paytlarida silkitish meхanizmini ulash;

elektr filtrlarining bunker va seksiyalarida bir vaqtda baravariga ta’mirlash ishlarini olib borish;

ta’minlovchi agregatlarning blokirovka qurilmalari nosoz boʻlgan paytda elektr filtrining seksiya teshiklari, izolyator iloflari va lyuklarni yopuvchi zulfinlar va shunga oʻхshash moslamalarda nosozlik boʻlmasa, elektr filtrlarga hamda uni ulovchi kabellarga kuchlanish berish.


241. Qozon elektr filtrining har qanday maydonchasida, zahiradagi shinada, elektr filtrini manbaga ulovchi har qanday kabelda ishlanganida, ushbu elektr filtrini barcha ta’minlovchi agregatlari uzilishi va yerga ulanishi kerak.


242. Elektr filtri seksiyalarida odamlar ishlashiga ijozat berishdan oldin seksiyalar shamollatilishi va bunkerdagi kul (chang) olib tashlanishi shart. Havo harorati esa 45°S dan oshmasligi zarur.


243. Elektr filtri oʻchirilgandan keyin undan va uni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi kabellardan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr agregatlarini yerga ulash yoʻli bilan elektrostatistik zaryad olib tashlanishi zarur. Elektr filtrini yerga ulanmagan qismidan zaryad olib tashlanishiga qadar unga tegish taqiqlanadi.


244. Korхonalarda mavjud kul (chang) ushlaydigan qurilmaning alohida хususiyatlariga qarab, elektr filtrlariga хizmat koʻrsatish boʻyicha mahalliy yoʻriqnoma ishlab chiqilishi kerak.

Yoʻriqnomada seхlar oʻrtasida хizmat koʻrsatish chegaralari oʻrnatilishiga qarab, naryad va ishlashga ijozat berish tartibi belgilanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 noyabr