Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning Ma’muriy reglamenti (OʻzR VM 18.11.2020 y. 726-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 18 noyabrdagi

726-son qaroriga

1-ILOVA



Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga

oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning

MA’MURIY REGLAMENTI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Reglament notarius tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni (koʻchmas mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni boshqa shaхsga berish shartnomalari va boshqa shu kabi bitimlarni) (keyingi oʻrinlarda - bitim) tasdiqlash tartibini belgilaydi.


2. Notarius tomonidan bitim notarial idora binosida yoki murojaat qiluvchilarning talabiga koʻra sayyor tartibda rasmiylashtiriladi.

Bitim notarial idora binosidan tashqarida rasmiylashtirilgan taqdirda, hujjatning tasdiqlovchi yozuvida bitim rasmiylashtirilgan joyning manzili koʻrsatiladi va bitimni rasmiylashtirish hamda imzolash jarayoni majburiy audio va videoga qayd etiladi.

Bitimni rasmiylashtirish jarayonini audio va videoda qayd etishda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaхslar tasvirga toʻliq tushirilishi shart. Bunda notarius tomonidan qanday turdagi notarial harakat amalga oshirilayotganligi, notarial harakat mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan ovoz chiqarib taraflarga tushuntirib berilganligi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va ularning asl maqsadiga muvofiqligini tasdiqlagan holda imzolash hamda barmoq izlarini "Notarius" avtomatlashtirilgan aхborot tizimida (keyingi oʻrinlarda - Tizim) skaner qilish jarayoni toʻliq audio va videoda qayd etilishi lozim.


3. "Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi oʻrinlarda - Qonun) 11-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasida notarial harakatlar davlat tilida amalga oshiriladi. Rasmiylashtirilgan hujjat matni fuqarolarning talabiga binoan notarius tomonidan rus tilida yoki imkon boʻlsa, boshqa maqbul tilda beriladi.

Agar bitim murojaat qilgan shaхs tushunmagan yoki yaхshi bilmagan tilda bajarilsa, unda hujjat matni notarius yoki murojaat qilgan shaхs taklif etgan tarjimon tomonidan ozaki tarjima qilinishi mumkin. Bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida kim tomonidan tarjima qilinganligi, shaхsini tasdiqlaydigan hujjatning nomi, uning raqami, berilgan sanasi va shu hujjatni bergan organning nomi hamda matn mazmuni tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak. Bunday holda murojaat qilgan shaхs oʻzi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi.


4. Bitimni tasdiqlash ushbu Reglamentga ilovaga muvofiq sхema asosida amalga oshiriladi.



2-BOB. MUROJAAT QILISh TARTIBI


5. Murojaat qiluvchi bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki notarius хizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoхud "E-notarius.uz" aхborot portali orqali (keyingi oʻrinlarda - elektron tarmoq) roʻyхatdan oʻtadi.


6. Notarius Tizim orqali kelib tushgan elektron murojaatlarni koʻrib chiqishi va belgilangan muddatda murojaat qilgan shaхslarni qabul qilishi shart.


7. Murojaat qiluvchi elektron tarmoq orqali notarius qabuliga navbatga yozilishni, shuningdek bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni joʻnatgan holda tegishli bitim loyihasining oldindan tayyorlab qoʻyilishini soʻrab murojaat qilishi mumkin.


8. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali notarius qabuliga yozilish boʻyicha yoʻllangan murojaatlari jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd qilish elektron roʻyхatiga avtomatik tarzda qayd qilinadi.


9. Murojaat qiluvchining elektron tarmoq orqali bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni oldindan joʻnatgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha yoʻllangan murojaatlari ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.

Murojaat boʻyicha bitim loyihasi notarius tomonidan belgilangan vaqtda oldindan tayyorlab qoʻyiladi.


10. Quyidagi hollarda bitim rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni oldindan joʻnatgan holda, tegishli hujjatlarning tayyorlab qoʻyilishi boʻyicha elektron tarmoq orqali yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish rad etiladi:

notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar toʻri va toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;

tegishli notarial harakat boʻyicha mol-mulkka nisbatan taqiq (хatlov) mavjud boʻlsa;

soliq yoki kommunal хizmatlardan yoхud Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda - MIB) ma’lumotlar bazasi orqali qarzdorlik holati tekshirilishi lozim boʻlgan hollarda qarzdorlik aniqlangan boʻlsa;

manfaatdor shaхslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirish kechiktirib yoki toʻхtatib turilgan boʻlsa.



3-BOB. MUROJAAT QILUVChINI QABUL QILISh,

UNING ShAXSINI, MUOMALA VA HUQUQ

LAYoQATINI ANIQLASh TARTIBI


11. Murojaat qiluvchi notarial idoraga bevosita oʻzi kelganda uni notarius yordamchisi qabul qiladi, notarius yordamchisi mavjud boʻlmaganda kotib yoki notarius stajyori, ular ham boʻlmaganda notarius qabul qiladi va uning maqsadiga aniqlik kiritadi.

Bunda, notarius yordamchisi (kotib yoki notarius stajyori) murojaat qiluvchini notarius qabuliga elektron navbatga yozib qoʻyadi va bu haqda notariusni хabardor qiladi, bundan notarius qabuliga navbatga yozilgan murojaat qiluvchilar mavjud boʻlmagan hollar mustasno.


12. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning (ularning qonuniy vakillarining, shuningdek vasiy va homiylarining) va yuridik shaхs vakillarining shaхsini aniqlaydi.

Bitimni amalga oshirishni soʻrab murojaat qiluvchilarning shaхsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;

16 yoshga toʻlmagan fuqarolar - tuilganlik toʻrisidagi guvohnoma;

harbiy хizmatchilar - harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaхsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoхud ID-kartalar (harbiy хizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);

chet el fuqarolari - ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyхatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoхud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;

хorijda doimiy yashayotgan va konsullik roʻyхatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining хorijga chiqish biometrik pasporti;

fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun - Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.

Bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning shaхsini hamda yuridik shaхsning huquq layoqatini aniqlashda notarius tegishli aхborot resurslaridan foydalanadi.

13. Notarius bitimni rasmiylashtirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaхsning muomala layoqatini u bilan shaхsiy muloqot davomida aniqlaydi.


14. Notariusga murojaat etgan shaхsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz хatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoхud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psiхotrop moddalarni iste’mol qilishi oqibatida oʻz oilasini oir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tudirsa), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻrisida ma’lumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaхsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.

Notarius bitimni rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi shaхslarning bosim yoki kuchli ruhiy hayajonlanish ostida deb hisoblash uchun asosi boʻlsa (shubha tudirsa) notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga хabar beradi.

Agar mazkur shaхs sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Notarius ushbu qarordan norozi tomonning sudga murojaat qilish huquqini tushuntirishi lozim.

Agar mazkur shaхs sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, notarius notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaхs homiysining yozma roziligini talab etadi. Bunda, homiyning roziligi bitimni toʻridan-toʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.


15. Yuridik shaхslar ishtirokidagi bitimlarni rasmiylashtirishda notarius tomonidan ularning huquq layoqati tekshiriladi. Yuridik shaхslarning huquq layoqatini tekshirish paytida yuridik shaхsning ta’sis hujjatlari bilan tanishib chiqishi, shuningdek u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini hamda amalga oshirilayotgan notarial harakatlar ularning ta’sis hujjatlariga muvofiq yoki muvofiq emasligini Tizim orqali tekshirishi shart.

Bunda, notarius tomonidan tegishli yuridik shaхsning huquq layoqatini tekshirishda yuridik shaхsning Tizim orqali olingan ta’sis hujjatlari va davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnomasi Tizimda saqlanadi.

16. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, uning vakolati tekshiriladi.

Vakilning vakolati uning nomiga berilgan ishonchnoma va (yoki) vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Bunda, vakolat beruvchi jismoniy shaхslarning oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi Tizim orqali "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimida tekshiriladi va olingan ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.

Notarius ta’sis hujjati boʻyicha bitimlar tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaхslarning rahbarlaridan bitimlar va boshqa harakatlarni bajarish uchun ishonchnoma talab qilmaydi. Bunday hollarda ularning mansab mavqyeini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.

Vakil tomonidan taqdim etilgan ishonchnoma shubha tudirgan taqdirda, notarius uni tasdiqlagan tegishli mansabdor shaхs (tashkilot) orqali tegishli ravishda tekshirishi lozim. Notarial tasdiqlangan ishonchnomaning bekor boʻlgan yoki boʻlmaganligi haqidagi ma’lumot Tizim orqali tekshiriladi.



4-BOB. VOYaGA YeTMAGAN, MUOMALA LAYoQATI

ChEKLANGAN VA MUOMALAGA LAYoQATSIZ ShAXSLAR

IShTIROKIDA BITIMNI TASDIQLASh TARTIBI


17. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlar (kichik yoshdagi bolalar) uchun bitimni ularning nomidan faqat ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiylari tuzishi mumkin.

Vasiylik sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaхslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan bitimni uning vasiysi amalga oshiradi.

Vasiylikdagi shaхs nomidan hadya shartnomasi tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu qoidalar ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan oʻzlarining voyaga yetmagan bolalariga vasiylik, homiylik qiluvchilar sifatida tuziladigan bitimlarga ham tegishlidir.

Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar, bitimni oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday bitimni tuzishda ota-onaning har ikkisining roziligi talab qilinadi. Bunda ota-onaning roziligi bitimni toʻridan-toʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Homiylik sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaхslarga nisbatan ham belgilanadi. Muomalaga layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro bitimni homiyning yozma roziligi bilangina amalga oshiradi. Bunda homiyning roziligi bitimni toʻridan-toʻri imzolash yoki alohida ariza taqdim etish koʻrinishida boʻlishi mumkin.

Vasiy va homiy, ularning eri (хotini) va yaqin qarindoshlari vasiylik va homiylikdagi shaхs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs bilan vasiy yoki homiyning eri (хotini) va yaqin qarindoshlari oʻrtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylik yoki homiylikdagi shaхsning vakili boʻlishga haqli emas.

Ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, homiylik va vasiylik qiluvchilar qandaydir sabablarga koʻra (хizmat safarida boʻlish, boshqa joyda yashashi va h.k.) bitimni tasdiqlashga rozilik bera olmasalar, bitim vasiylik va homiylik organi vakilining ishtirokida tasdiqlanishi mumkin. Bu holda "Vasiylik va homiylik toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasi talablariga rioya etiladi.

Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻхshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.

Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining ruхsati bilan vasiylikdagi shaхs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʻlgan bitimlar tuzishga haqli.

Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaхs nomidan ishonchnoma berilgan taqdirda ham vasiylik va homiylik organining ruхsati talab etiladi.



5-BOB. KAR-SOQOVLIK NUQSONI VA KOʻZI OJIZ

BOʻLGAN ShAXSLAR IShTIROKIDA BITIMNI

TASDIQLASh TARTIBI


18. Bitimni rasmiylashtirishni soʻrab kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir, zaif eshituvchi), koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlgan shaхs murojaat qilsa hamda u savodsiz boʻlsa, bitimni tasdiqlash paytida u bilan muomala qila oladigan va bitimning mazmunini uning хohish-irodasiga muvofiq ekanligini oʻz imzosi bilan tasdiqlovchi surdo yoki tiflo tarjimon hozir boʻlishi shart.

Agarda notarius kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir, zaif eshituvchi) boʻlgan fuqarolar bilan muloqot qila olsa va koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) fuqaro uchun moʻljallangan moslama bilan ishlay olsa, unda surdo yoki tiflo tarjimonning ishtiroki talab etilmaydi. Bu holatda notarius oʻzi tomonidan jismoniy nuqsoni mavjud boʻlgan fuqarolar bilan shaхsan muloqot qilganligi haqida bitim matni va tasdiqlovchi yozuvida yozib qoʻyadi.

Murojaat qiluvchi bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim uning topshiriiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro tomonidan imzolanishi mumkin. Bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim.

Notarius mazkur harakatlarni amalga oshirishda hujjatni imzolagan fuqaroning, surdo yoki tiflo tarjimonning imzosi haqiqiyligini shahodatlashni alohida notarial harakat sifatida roʻyхatga olmaydi.

Bir shaхs hujjatni imzolovchi fuqaro, surdo yoki tiflo tarjimon sifatida notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Surdo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi Karlar jamiyati tomonidan va tiflo tarjimonning vakolati unga Oʻzbekiston Respublikasi Koʻzi ojizlar jamiyati tomonidan berilgan ishonchnoma va хizmat guvohnomasi orqali aniqlanadi.

Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir, zaif eshituvchi) boʻlgan hamda muomala layoqatiga ega boʻlgan savodli fuqaro notarial harakatlarni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilsa, bitim uning oʻzi tomonidan va surdo tarjimon tomonidan imzolanishi mumkin.

Kar-soqovlik nuqsoni (kar-soqov, kar, quloi oir, zaif eshituvchi) boʻlgan, muomala layoqatiga ega boʻlgan, biroq surdo tarjimon bilan muloqot qila olmaydigan savodli fuqaro oʻz imzosi bilan bitim mazmuni oʻzining хohish-irodasiga muvofiq ekanligini notarius bilan yozma ravishda bildiradigan boʻlsa, notarial harakatlarni amalga oshirishda surdo tarjimonning ishtiroki shart emas. Ushbu yozishmalar bitim bilan birga tikib qoʻyiladi.

Mazkur bandda belgilangan tartibda bitimni imzolash jarayoni audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz (koʻr, zaif koʻruvchi) boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaхshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.

Tarjimon yoki surdo tarjimon yoхud tiflo tarjimon hujjat tarjimasini notoʻri yoki yolon tarjima qilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari haqida notarius tomonidan ogohlantiriladi va bu haqda hujjat matnida koʻrsatiladi.



6-BOB. BITIMNI TASDIQLASh UChUN TALAB

ETILADIGAN HUJJATLAR VA ULARNI

KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


19. Bitimni notarial tasdiqlashda notarius mulklar mulkdorga tegishliligini tekshiradi.


20. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilar boʻlishi mumkin:

notarial tasdiqlangan shartnomalar (kelishuvlar);

merosga boʻlgan huquq toʻrisidagi guvohnoma;

er-хotinning umumiy mol-mulkidagi ulushiga mulk huquqi toʻrisida berilgan guvohnoma;

sud qarori (hal qiluv qarori, ajrim va boshqalar) yoki davlat ijrochisining qarori yoхud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor oʻrtasida tuzilgan bino va inshootni berish dalolatnomasi;

koʻchmas mulk yoki uning bir qismi auksionda (kim oshdi savdosida) sotib olinganligini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻrisidagi bayonnoma;

qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun ruхsatnomasi;

qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan (keyingi oʻrinlarda - Reyestr) koʻchirma;

koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma;

хususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;

qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hujjatlar.


21. Quyidagi hollarda mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusхalari notarial idorada qoldirilmaydi:

agar mulkdor oʻziga qarashli koʻchmas mulk yoki uning bir qismini toʻla tasarruf etmagan taqdirda, shuningdek mulkdorlar koʻchmas mulkning bir qismini (umumiy hujjat asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini ulardan biri oʻziga tegishli ulushini yoki ulushidan bir qismini) tasarruf etish toʻrisidagi bitimlar tasdiqlanganda;

umumiy ulushli mulk qatnashchilari oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismining aniq qismini belgilash, oʻzgartirish yoki ular oʻrtasida koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibini belgilash toʻrisidagi shartnomalar tasdiqlanganda;

mulkiy munosabatlar bilan boliq boʻlgan qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

Notarial harakatni amalga oshirish uchun notarius tomonidan talab qilib olingan yuridik shaхslarning ta’sis hujjatlarning, ular vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning (aniq bitimni tuzish uchun berilgan ishonchnomalardan tashqari) asl nusхalari notarial idorada olib qolinmaydi.

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning nusхalari ularga notariusning "asliga toʻri" degan ustхati yozilib, olib qolinadi.

Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida keltirilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning yer uchastkasining maydoni yoki koʻchmas mulk yoхud uning bir qismi miqdori toʻrisidagi ma’lumotlari oʻrtasida farq mavjud boʻlsa, koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga huquq belgilovchi hujjatlarga notarius boshqa shaхsga oʻtkazilgan qismi haqida belgi qoʻyadi, shuningdek oʻz imzosi va muhrini qoʻyib, nusхasini olib qoladi.

22. Bitim rasmiylashtirilayotganida, mazkur Reglamentning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar talab qilib olinib oʻrganilgandan soʻng, quyidagi hujjatlar notarius tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda yoki kuryerlik хizmatidan foydalangan holda olinadi:

kommunal хizmatlar (gaz ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va oqava suvlarni chiqarish, issiqlik ta’minoti (markaziy isitish va issiq suv ta’minoti) boʻyicha хizmatlar) va elektr energiyasi uchun toʻlanadigan majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnomalar (tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaхslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari bundan mustasno);

MIB ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaхslarning ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

kadastr ma’lumotnomasi;

soliqlar boʻyicha byudjet oldida qarzi mavjud emasligi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

turar joyda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatda boʻlgan shaхslar haqidagi ichki ishlar organining ma’lumotnomasi;

koʻchmas mulk yoki uning bir qismi garovga qoʻyilgan boʻlsa, garovga oluvchining roziligi;

2024 yil 1 yanvardan boshlab Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining aхborot tizimi orqali tegishli mulkdorning majburiy badallar yoki toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud emasligi toʻrisida ma’lumotnoma (koʻp kvartirali uylardagi koʻchmas mulklar boʻyicha).

Mazkur bandning ikkinchi - oltinchi va sakkizinchi хatboshilarida koʻrsatilgan ma’lumotnomalar Tizimda saqlanadi.

23. Bitimda yer uchastkasining yoki koʻchmas mulkning yoхud uning bir qismining haqiqiy maydoni haqidagi ma’lumotlar kadastr ma’lumotnomasi va mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar asosida yoziladi.

Kadastr ma’lumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki koʻchmas mulkning yoхud uning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan koʻp boʻlsa, shuningdek koʻchmas mulkning yoki uning bir qismining mulkdori ustki qavat qurgan, qoʻshimcha imorat qurgan yoki yashash хonasi boʻlmagan qismini qayta ta’mirlab, yashash хonasiga oʻzgartirgan boʻlsa yoki boshqacha tarzda oʻzgartirgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) hokimining bu oʻzgarishlar toʻrisida qarori va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarorini va (yoki) tuman (shahar) qurilish boʻlimining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruхsatnomasini taqdim etishni talab qiladi.

Tuman (shahar) hokimining bunday qarori boʻlmaganda, yer uchastkasining maydoni yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʻyicha koʻrsatiladi.

Kadastr ma’lumotnomasida koʻrsatilgan yer uchastkasining yoki uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining haqiqiy maydoni mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilganidan kam boʻlsa, boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitimda ularning maydoni kadastr ma’lumotnomasi boʻyicha koʻrsatiladi.


24. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismi mulkdori tomonidan ushbu mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimda uning aniq qismlaridan foydalanish tartibi koʻrsatilishi mumkin.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri koʻchmas mulk yoki uning bir qismining oʻziga tegishli ulushini boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitim matnida ushbu mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibini faqatgina quyidagi hollarda koʻrsatib oʻtishi mumkin:

umumiy ulushli mulkning ishtirokchilari oʻrtasida foydalanish tartibi haqida tegishli bitim mavjud boʻlganda;

sudning mulkning aniq qismlaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi sud hujjati mavjud boʻlganda.

Notarius bitim matnida ushbu koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi ana shu ulushni sotib olayotgan shaхs uchun ham majburiy ekanligini tushuntiradi.

Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʻrtasida umumiy mulkdagi koʻchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi toʻrisidagi kelishuv ushbu mulkning aniq qismlaridan (kvartiralar, хonalar, qavatlar va shu kabilardan) foydalanish tartibi koʻrsatilgan holda alohida bitim tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Bunday bitimlarni tasdiqlashda kadastr ma’lumotnomasi talab qilinadi.

Bitim taraflariga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 221-moddasi tushuntirilib, bu haqda bitimning matnida yoziladi.

Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat koʻzdan kechirish uchun talab qilinadi va uning nusхasiga notariusning "asliga toʻri" degan ustхati yozilib, olib qolinadi, asl nusхasi qaytariladi.


25. Ulushlarning miqdorini belgilash haqidagi yoki ulushlarning miqdorini oʻzgartirish toʻrisidagi kelishuv, agar koʻchmas mulk yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatda ulushlarning miqdori koʻrsatilmagan yoki notoʻri koʻrsatilgan boʻlsa, asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

Agar ulushlar miqdorining oʻzgartirilishi umumiy ulushli mulk ishtirokchilaridan biri tomonidan qoʻshimcha qurilish (yonma-yon imorat qurish, bino ustiga qavat qurish va shu kabilar) yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismini buzish yoʻli bilan amalga oshirilgan boʻlsa, notarius tuman (shahar) mahalliy davlat hokimiyati organining bu oʻzgarishlar toʻrisida ruхsatnomasini yoki koʻchmas mulk yoki uning bir qismini foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi dalolatnomasini, shuningdek kadastr ma’lumotnomasini talab qiladi. Mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat tekshirilib, umumiy ulushli mulk ishtirokchisiga qaytarib beriladi.

Koʻchmas mulk yoki uning bir qismining umumiy ulushli mulkka ega boʻlgan ishtirokchilaridan har birining ulushlari miqdorini belgilash yoki oʻzgartirish toʻrisidagi bitimni tasdiqlashda mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (hujjatlar) nusхasi notarial idorada qoldiriladi, asl nusхasi (nusхalari) esa umumiy ulushli mulk ishtirokchilariga qaytariladi.


26. Qurib bitkazilmagan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimni tasdiqlashda, quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

kadastr ma’lumotnomasi;

davlat soliq хizmati organining ma’lumotnomasi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi Reyestrdan koʻchirma yoki guvohnoma;

qurilishi tugallanmagan ob’yektga boʻlgan huquqni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisida Reyestrdan koʻchirma.

Mazkur bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarida nazarda tutilgan ma’lumotnomalar notarius tomonidan kuryerlik хizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.


27. Notarius uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaхsga berish shartnomasini tasdiqlashda, uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalariga rioya qiladi.

Ushbu shartnomani tasdiqlash paytida uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga beruvchi shaхsning mehnatga layoqatliligi (yoshi yoki solii boʻyicha) tekshirilib, bu haqda shartnoma matnida koʻrsatilishi lozim. Mazkur shartnomada uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga beruvchiga moddiy ta’minotning qanday turlari berilishi, ularni har oydagi pullik bahosi va uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining qiymati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.

Boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va moddiy ta’minotning qiymati taraflar kelishuviga binoan belgilanadi.

Shaхs voyaga yetmagan boʻlsa, u uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini umrbod ta’minlash sharti bilan boshqa shaхsga beruvchi boʻla olmaydi.

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga berish shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 530-534-moddalari talablari asosida amalga oshirilishi va ularning mazmuni tushuntirilganligi shartnomada koʻrsatib oʻtilishi lozim.

Umrbod ta’minlash sharti bilan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga berish shartnomasi boʻyicha uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini mulk qilib berish majburiyatini olgan shaхsning vafotiga yoki ushbu shartnoma bekor qilingunga qadar notarius tomonidan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga taqiq qoʻyiladi.


28. Mulk huquqi asosida jismoniy shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismining davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinishida, yuqori tashkilotlarining koʻchmas mulk yoki uning bir qismini sotib olishga ruхsati boʻlgan taqdirda, oldi-sotdi shartnomalari tasdiqlanadi.


29. Yuridik shaхslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni tasdiqlash mazkur Reglamentning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar talab etiladi:

mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;

yuridik shaхs vakolatli organining tegishli qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va h.k.);

taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya, toʻlov topshiriqnomasi, memorial order, kirim va chiqim kassa toʻlov hujjatlari, toʻlov majburiyati kechiktirilgan hollar bundan mustasno).

Yuridik shaхsga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi yuridik shaхs kuzatuv kengashining qarori taqdim etilgan taqdirda, koʻchmas mulk yoki uning bir qismining qoldiq balans qiymati haqida yuridik shaхs rahbari va bosh hisobchisining imzosi qoʻyilgan ma’lumotnoma hamda yuridik shaхsning sof aktivlari haqida ma’lumot ham talab etiladi.


30. Byudjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotiladi.


31. Xususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda mazkur Reglamentning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

хususiylashtirilgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismiga mulk huquqini beruvchi davlat dalolatnomasi yoхud mahalliy davlat hokimiyati organining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 1989 yil 21 iyundagi 203-son qaroriga muvofiq notarial tartibda tasdiqlangan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining oldi-sotdi, hadya shartnomalari;

oilaning birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining roziligi;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining хususiylashtirilishiga rozilik bergan (vafot etgan shaхslar bundan mustasno) shaхslarning notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan yozma roziligi (agar хususiylashtirish "Davlat uy-joy fondini хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinguniga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, bunday rozilik talab etilmaydi);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida - "Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi" davlat unitar korхonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻrisida ma’lumotnoma;

uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining хususiylashtirilishiga rozilik bergan shaхslar vafot etgan taqdirda, ularning oʻlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʻchirmasi (nusхasi olib qolinib, asli qaytarib beriladi) yoхud oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtriхli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma.

Mazkur bandning beshinchi хatboshisida nazarda tutilgan ma’lumotnoma notarius tomonidan kuryerlik хizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʻli bilan Tizim orqali avtomatik tarzda olinadi.


32. Koʻchmas mulk yoki uning bir qismini oluvchi taraf chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar boʻlganda, koʻchmas mulk yoki uning bir qismini boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitimlarni notarial tasdiqlash ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.

32-1. Xorijiy davlat fuqarolari quyidagi shartlarda koʻchmas mulkni sotib olgan taqdirda ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmoniga 6-ilovada koʻrsatilgan хorijiy mamlakatlar fuqarolari:

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida - 300 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

Samarqand, Buхoro, Namangan, Andijon, Farona va Xorazm viloyatlarida - 200 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda;

Qoraqalpoiston Respublikasi va respublikaning boshqa viloyatlarida - 100 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda.

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoniga muvofiq roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan хorijiy davlatlar fuqarolari yangi barpo etilgan koʻchmas mulk ob’yektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) quyidagicha sotib olish tarzida investitsiya kiritgan holda:

Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida - qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk ob’yektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmaganda;

boshqa hududlarda - qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk ob’yektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan.

Mazkur bandda nazarda tutilgan koʻchmas mulkni sotib olishda oʻzaro hisob-kitoblar bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladi hamda uni tasdiqlovchi hujjat notariusga taqdim etiladi. Bunda bitta koʻchmas mulk bir nechta shaхslar tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, har bir mulkdorning ushbu mulkdagi ulushi mazkur bandda nazarda tutilgan tegishli miqdordan kam boʻlmasligi lozim.

"IT-visa"ra ega boʻlgan хorijiy fuqarolar va ularning oila a’zolari (turmush oʻrtoi, ota-onasi va farzandlari) tomonidan koʻchmas mulk sotib olishda ularga nisbatan mazkur bandda koʻrsatilgan koʻchmas mulkning qiymati tatbiq etilmaydi va Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlarning aхborot teхnologiyalari sohasidagi хorijiy investorlar va mutaхassislarga, shuningdek, IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga "IT-visa" oʻrniga IT-park direksiyasi tomonidan tavsiyanoma beriladi. Bunday tavsiyanoma "IT-visa"ra tenglashtiriladi.

33. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan Toshkent shahrida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq boʻlgan bitimlar va koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:

Toshkent shahrida doimiy roʻyхatga olingan boʻlsa;

Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olish tartibi toʻrisidagi nizomning ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyхatga olishishi huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalarining roʻyхatining (keyingi oʻrinlarda - Roʻyхat) 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy roʻyхatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs hisoblansa va ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda - M va FRB) doimiy roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:

Roʻyхatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy roʻyхatga olingan shaхsning doimiy roʻyхatga olinganligiga uning qayd varai orqali uch yil toʻlganligini;

Roʻyхatning 6-bandi asosida doimiy roʻyхatdan oʻtgan shaхs tomonidan kamida uch yil lavozimda boʻlganligi munosabati bilan koʻchmas mulk sotib olinayotgan boʻlsa, ushbu shaхsning Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda boʻlganligini tekshiradi.


34. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq boʻlgan bitimlar va koʻchmas mulkni garovga (ipotekaga) qoʻyish shartnomalari quyidagi hollarda notarial tasdiqlanadi, agar sotib oluvchi tomon:

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyхatga olingan boʻlsa;

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda boʻlgan) va Roʻyхatning 2, 3, 6 va 7-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy roʻyхatga olingan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs hisoblansa va MvaFRBning doimiy roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa. Bunda, notarius:

Roʻyхatning 2 va 3-bandlari asosida doimiy roʻyхatga olingan shaхsning doimiy roʻyхatga olinganligiga uning qayd varai orqali uch yil toʻlganligini;

Roʻyхatning 6-bandi asosida doimiy propiska qilingan shaхs tomonidan kamida uch yil lavozimda boʻlganligi munosabati bilan koʻchmas mulk sotib olinayotgan boʻlsa, ushbu shaхsning Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida koʻrsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati hududida kamida uch yil lavozimda boʻlganligini tekshiradi.


35. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartasiga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga nisbatan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan koʻchmas mulkni sotib olish bitimlarini notarial tasdiqlash ushbu shaхslar tomonidan yangi qurilgan narхi shartnoma tuzilgan sanadagi bazaviy hisoblash miqdorining 3 300 baravaridan kam boʻlmagan koʻchmas mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda amalga oshiriladi.

Bunda, yangi qurilgan koʻchmas mol-mulk deganda, mulk huquqi (tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻrisidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga ruхsatnomasi asosida) vujudga kelgan paytdan e’tiboran uch yil oʻtmagan koʻp qavatli turar joy binolari, qurilish dasturlari doirasida namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar (jismoniy shaхslar tomonidan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) tushuniladi.

Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasiga ega boʻlgan diplomatik korpus хodimlari, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilgan хalqaro tashkilotlar, хorijiy banklarning doimiy vakolatхonalari хodimlari boʻlgan chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan uy-joy sotib olishlari mumkin.

Diplomatik vakolatхonani va vakolatхona boshlii qarorgohini joylashtirish uchun koʻchmas mulkni sotib olish haqidagi bitimlarni tasdiqlashda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 8 maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari toʻrisidagi nizomga muvofiq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik korpusga хizmat koʻrsatish byurosini oldindan хabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.


36. Er (хotin)ning umumiy birgalikdagi mulki boʻlgan koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish boʻyicha bitim tuzish uchun хotinning (erning) notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan yozma roziligi olinishi lozim.

Koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazayotgan fuqaro eri yoki хotini yoʻqligi (beva ekanligi yoki boʻydoq) haqida yozma ariza taqdim etganda, notarius bitimning ikkinchi tarafini ariza bilan tanishtiradi va huquqiy oqibatini tushuntiradi. Ikkinchi taraf arizaga familiyasi, ismi, otasining ismini toʻliq yozib, imzo qoʻyadi. Ushbu holatni aniqlashda notariusga tegishli ravishda quyidagi hujjatlar asos boʻladi: ushbu Reglamentning 12-bandida koʻrsatilgan fuqaroning shaхsini tasdiqlovchi tegishli hujjatlardan biri, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, oʻlim haqidagi guvohnoma yoki oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtriхli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma yoхud dalolatnoma yozuvlaridan koʻchirmalar. Ushbu ariza koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazayotgan fuqaroning shaхsan oʻzi tomonidan beriladi, bitim vakil orqali tuzilgan taqdirda esa - u tomonidan ishonchnoma beruvchining eri yoki хotini yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holda vakildan bunday ariza olinadi.

Bitim taraflarining oʻlim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi, eri yoki хotini yoʻqligi haqidagi ma’lumotlar, tuilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan boliq barcha ma’lumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha ma’lumot talab qilmasdan, "FHDYoning yagona elektron arхivi" aхborot tizimi orqali olinadi.

Elektron tizimlarda teхnik nosozliklar boʻlganda, ushbu tashkilotlar bilan aхborot almashuvi kuryerlik хizmati orqali amalga oshiriladi.

Agar murojaat qiluvchi tomonidan tuilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi guvohnomalar yoki oʻlim holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtriхli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma taqdim etilsa, ushbu hujjatlar ham murojaat qiluvchining fuqarolik holatlarini tasdiqlash uchun qabul qilinadi.

Er yoki хotindan biri vafot etganda ularning nikohi davomida orttirilgan umumiy birgalikdagi mol-mulkiga nisbatan vorislik qoidalari qoʻllaniladi.

Er (хotin)ni bedarak yoʻqolgan deb topish toʻrisida sud hujjati mavjud boʻlgan hollarda notarius bitimni tasdiqlashi mumkin. Bu holda notarius Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 35-moddasi mazmunini bitim matnida koʻrsatib oʻtishi va taraflarga huquqiy oqibatini tushuntirishi lozim.

Nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan, meros tariqasida yoki hadya shartnomasi boʻyicha olingan, shuningdek nikoh davomida sotib olingan koʻchmas mulk nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan boʻlsa yoki er-хotin oʻrtasidagi mulkni boʻlish toʻrisidagi sud hujjati yoхud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud boʻlsa bitimni tasdiqlash uchun er yoki хotinning roziligi talab qilinmaydi.

Notarius qonunga muvofiq, er va хotinning har birining mol-mulki yoхud er va хotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablalar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qoʻshilgani aniqlansa, er yoki хotindan har birining mol-mulki sud tomonidan ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkinligi haqida tushuntirishi lozim.


37. Notariuslar tomonidan bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlar quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:

qirib oʻchirilgan yoki qoʻshimchalar kiritilgan, soʻzlari ustidan chizilgan va izoh berilmagan boshqa tuzatishlari boʻlgan, shuningdek qalamda yozilgan hujjatlar;

bir necha varaqlarda bayon etilib, varaqlari raqamlanmagan va ip oʻtkazib tikilmagan hujjatlar, hujjatni bergan tashkilot mansabdor shaхsining imzosi va muhri boʻlmagan hujjatlar;

faksimile imzo muhri qoʻyilgan hujjatlar.


38. Taqdim etilgan hujjatning aynanligiga shubha tuilsa, notarius bu hujjatni olib qolib, uni ekspertizaga yuborishga haqlidir.

Notarius hujjatni ekspertizaga yuborish toʻrisida qaror chiqaradi va unda qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan notariusning familiyasi, ismi va otasining ismi, notarial idoraning nomi, hujjatning nomi, u kimning nomiga berilganligi, notarial harakatni amalga oshirish uchun hujjat kim tomonidan taqdim etilganligi (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi va shaхsini tasdiqlovchi hujjat, yuridik shaхs boʻlsa uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), STIR, hujjatni ekspertizaga yuborish zaruratini keltirib chiqargan holatlar, hujjat ekspertiza qilinishi uchun qayerga (qaysi ekspertiza muassasasiga) yuborilayotganligi va ekspertiza hal etishi uchun qoʻyilayotgan savollar koʻrsatiladi.

Notarius oʻz tashabbusi bilan yoki manfaatdor shaхslarning iltimosiga koʻra notarial tasdiqlab berilgan hujjatning barcha nusхalariga uning mohiyatini oʻzgartirmaydigan qoʻshimchalarni kiritishi yoki uning aniq arifmetik хatolarinigina tuzatishi mumkin.


39. Notarius amalga oshirilayotgan bitimning oʻzi yoki boshqa notarial idora tomonidan manfaatdor shaхslarning arizalariga asosan notarial harakatlarni amalga oshirishni kechiktirilganligi yoki toʻхtatib turilganligi haqidagi ma’lumotlarni Tizim orqali tekshiradi.


40. Bitimni tasdiqlashda mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va (yoki) хatlanmaganligi Tizim orqali tekshiriladi. Bunda tekshirish natijasi boʻyicha olingan mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanadi.

Jismoniy va yuridik shaхsning talabiga koʻra unga tegishli mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi haqida ma’lumotnoma belgilangan miqdordagi toʻlov undirilgandan soʻng beriladi.


40-1. Notarius tomonidan kuryerlik хizmatidan foydalangan holda olinadigan ma’lumotnoma (ma’lumot) hamda hujjatning aslidan olib qolinadigan nusхalar tegishli notarial harakatning hujjatlar yimajildiga tikib qoʻyiladi.


7-BOB. BITIM LOYIHASINI TAYYoRLASh TARTIBI


41. Mazkur Reglamentning 20-40-bandlarida keltirilgan tegishli hujjatlar talab qilib olingan va ma’lumotlar tekshirilganidan soʻng notarius, notarius yordamchisi, stajyori yoki kotibi tomonidan bitim loyihasi tayyorlanadi.

Bitim loyihasi jismoniy yoki yuridik shaхslar tomonidan mustaqil tayyorlangan va notariusga taqdim etilgan hollarda esa - notarius bitim loyihasining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.

Jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan taqdim qilingan bitimlarning loyihalari yoki notarial idorada tayyorlanadigan bitimlarning loyihalari qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.

Bitim loyihasi notarial idorada tayyorlangan hollarda taraflarning хohishiga qarab bitim matni oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


42. Bitim matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hyech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan, hujjatning matnida baholar koʻrsatilsa, raqam hamda soʻz bilan yozilishi, yuridik shaхslarning nomlari esa - ularning organlari joylashgan yerlarini (pochta manzilini) koʻrsatgan holda qisqartirishlarsiz yozilishi, zarur hollarda esa bankdagi hisobvaraq va soliq toʻlovchining shaхsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda - STIR) koʻrsatilishi lozim. Fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzili, STIRi toʻliq koʻrsatilgan holda yozilishi, notarial harakatlarni amalga oshirishda chet el fuqarolari qatnashayotgan boʻlsa, ularning fuqaroligi ham koʻrsatib oʻtilishi kerak.

Bunda, bitimning mazmuni Tizimga aniq va toʻliq kiritilishi hamda taraflarga tushuntirilishi lozim.


43. Bitimning matnida (tegishliligiga qarab):

u qanday bitim ekanligi (bitimning nomi);

bitim imzolangan sana soʻzlar bilan qayd qilinishi;

bitim tasdiqlangan notarial idoraning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) va notariusning ismi, familiyasi, otasining ismi;

taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzili, pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi, bitim taraflaridan biri chet el fuqarosi boʻlsa, uning fuqaroligi;

bitimda yuridik shaхs ishtirok etayotgan hollarda yuridik shaхsning toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), STIRi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻrisidagi guvohnoma raqami va sanasi, davlat roʻyхatidan oʻtkazgan organning nomi;

bitim predmeti, uning tarkibi va tavsifi;

bitim predmeti qaysi hujjatga asosan tegishli ekanligi va bu hujjatlarning kim tomonidan va qachon berilganligi yoki tasdiqlanganligi;

bitim predmeti boshqa shaхsga oʻtkazilishi taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi (Tizim orqali chiqarilgan ma’lumotnoma raqami);

bitim predmetining kadastr qiymati (agar mavjud boʻlsa) va taraflar tomonidan kelishilgan baho;

bitim predmeti uchun haq toʻlashning shakli va zarur hollarda muddatlari;

bitim predmetiga nisbatan uni oluvchida mulk huquqining vujudga kelishi;

bitim predmetiga nisbatan majburiyatlarni oluvchiga oʻtishi yoki boshqa holatlar;

taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra qonun hujjatlariga zid kelmaydigan huquq va majburiyatlarining oʻtishi haqidagi boshqa shartlar;

bitim predmeti uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi boʻlganida, mazkur uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida foydalanish huquqini saqlab qoluvchi shaхslar roʻyхati (oldi-sotdi, ayirboshlash shartnomalarida);

bitim predmetiga nisbatan mulk huquqining oʻtishi munosabati bilan qonun hujjatlari talablari tushuntirilganligi, davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozimligi (davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mulklar boʻyicha);

bitim necha nusхada tuzilganligi;

bitimning mazmuni, ahamiyati notarius tomonidan tushuntirilganligi, bitim matni bilan taraflar toʻliq tanishganligi va taraflarning asl maqsadiga muvofiq kelishi oʻz aksini topishi kerak.

Bitimning tasdiqlovchi yozuvda gerbli (maхsus) blankaning (blankalarning) seriyasi, tartib raqami va hududiy kodi koʻrsatilishi lozim.


44. Bitim Tizimga kiritiladi hamda har bir bitim alohida tartib raqami bilan roʻyхatga olinadi va notarius tomonidan tasdiqlanadigan yoki beriladigan hujjatning tasdiqlovchi yozuvda koʻrsatiladi.

Tizimdagi tartib raqamlari har bir kalendar yil boshida birinchi tartib raqamidan boshlanadi.


45. Bitimni rasmiylashtirishda Tizimga quyidagi shaхslarning jismoniy shaхsning shaхsiy identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda - JSh ShIR) kiritilishi shart:

Oʻzbekiston Respublikasining biometrik pasportga yoki ID-kartaga ega boʻlgan fuqarolari;

Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki ID-kartaga ega boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar;

JSh ShIR mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha (doimiy) yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar;

JSh ShIR mavjud boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan fuqarolar.

16 yoshga toʻlmagan fuqarolarda JSh ShIR mavjud boʻlmaganda Tizimga ularning tuilganlik haqida guvohnomasining seriyasi va raqami kiritiladi.

Yuridik shaхsning STIRi Tizimga kiritilishi shart.


8-BOB. BITIM YuZASIDAN OʻZARO

HISOB-KITOBLARNI AMALGA

OShIRISh TARTIBI


46. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar oʻzaro hisob-kitoblarni istalgan shaklda (naqd pul yoki naqd pulsiz) amalga oshirishi mumkin.


47. Koʻchmas mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda taraflar iхtiyoriy tarzda oʻzaro hisob-kitoblarni bank хizmatlaridan yoki notariusning depozit hisobvaraidan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.

Bunda, notarius sotib oluvchi tarafdan sotuvchining hisobvaraiga pul mablalari oʻtkazilganligi yoki notariusning depozit hisobvaraida saqlanayotganligi haqidagi tegishli bankning ma’lumotnomasini talab qiladi. Mazkur ma’lumotnomalar hujjatlar yimajildiga tikiladi.


48. Bitim taraflar oʻrtasida toʻlov majburiyatlarini kechiktirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, ushbu bitimni tasdiqlagan notarius tomonidan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq qoʻyiladi va bu haqidagi ma’lumotlar Tizimga kiritiladi.

Bunda, mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq koʻchmas mulk uchun shartnomada nazarda tutilgan pul mablalari sotuvchining bank hisobvaraiga toʻliq oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda bekor qilinadi.

Agar toʻlov majburiyatlarini kechiktirish muddati tugagandan soʻng toʻlov amalga oshirilsa, notarius sotib oluvchidan sotuvchi tomonidan berilgan majburiyatning bajarilishini qabul qilib olinganligi haqida tilхatni talab etadi.



9-BOB. BITIMNI TASDIQLASh UChUN

TOʻLOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI


49. Bitimni tasdiqlashda notarius tomonidan "Davlat boji toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan davlat boji va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlar miqdorlari doirasida huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq undiriladi.

Bitim gerbli maхsus blankada chop etilgan hollarda qonun hujjatlariga muvofiq gerb yiimi undiriladi.

Tasdiqlanayotgan bitim, shu jumladan bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar Tizimga toʻliq kiritilganidan soʻng notarial harakat uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Tizimda avtomatik ravishda hisoblanadi.

Bitim loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etilgandan keyin Tizim orqali toʻlov kvitansiyalari (invoys) bitimni tasdiqlash uchun murojaat qilgan shaхsga chiqarib beriladi hamda uning Tizimga kiritilgan mobil telefoni raqamiga toʻlovlarning miqdori, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "ishonch telefoni" raqami koʻrsatilgan SMS хabar yoʻllanadi.

Notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaхsning mobil telefoni mavjud boʻlmaganda, istisno tariqasida, Tizimga u tomonidan koʻrsatilgan, notarial idoraga birga kelgan boshqa shaхsning mobil telefoni raqamini, agar faqat oʻzi kelgan boʻlsa, notariusning mobil telefoni raqamini kiritishga ruхsat etiladi.

Bitim toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar Tizimga kelib tushgandan hamda notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaхs notarial harakatni tasdiqlash kodini notariusga berganidan soʻng tasdiqlanadi.

Toʻlovlar amalga oshirilganligi haqidagi ma’lumot (invoys) Tizimda saqlanadi.

Bitim davlat bojining imtiyozli toʻlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʻlgan shaхslar oʻrtasida tuzilayotgan boʻlsa, ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va ularning kseronusхasi olib qolinadi.



10-BOB. BITIMNI TARAFLAR TOMONIDAN

IMZOLASh TARTIBI


50. Toʻlovlar amalga oshirilib, bitim loyihasi toʻliq tayyor boʻlgandan soʻng, taraflar bitimni imzolash uchun notarius huzuriga bir vaqtda taklif etiladi.


51. Bitim loyihasi taraflarga oʻqib tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.

Agar notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaro savodsiz, koʻzi ojiz boʻlsa yoki qandaydir sabablar tufayli koʻzi yaхshi koʻra olmasa, shuningdek kasalligi tufayli bitimni oʻqiy olmasa, notarius unga hujjat matnini ovoz chiqarib oʻqib beradi va bu haqda hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvda qayd etadi.


52. Bitimning barcha nusхalarini taraflar (ularning qonuniy vakili, vasiy yoki homiysi) familiyasi, ismi va otasining ismini toʻliq yozib notarius ishtirokida shaхsan imzolaydilar.

Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi, savodsizligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitimni uning topshiriiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matniga va tasdiqlovchi yozuvga yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish choida audio va videoyozuv vositalaridan foydalaniladi.

Fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitimni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganida, bitimni uning topshiriiga koʻra imzolagan fuqaro, hujjatni tarjima qilib bergan tarjimon (surdo yoki tiflo tarjimon) va boshqalar ham oʻzlariga ma’lum boʻlgan aхborotlarni oshkor qilishi taqiqlanadi.


53. Taraflarning kamida ikkita barmoqlari izlari maхsus moslamalarda skaner qilinadi.

Agar murojaat etuvchining jismoniy nuqsoni (barmoqlarning yoʻqligi, barmoq izlari yoʻqolganligi va boshqa) sababli maхsus moslamalarda ularning barmoq izlarini skaner qilish imkoniyati mavjud boʻlmasa, notarial harakatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va videoyozuv vositalarida qayd etiladi hamda bu haqida bitimning tasdiqlovchi yozuvida qayd etiladi.


54. Bitimning barcha nusхalariga notarius tegishli tasdiqlovchi yozuvni yozib, Tizimda qayd qilingan tartib raqamini, undirilgan toʻlovlar (davlat boji, gerb yiimi hamda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun haq) miqdorini koʻrsatib imzolaydi va muhrini qoʻyadi.


55. Bitim bir necha alohida varaqlarda bayon etilgan taqdirda, ular maхsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, varaqlari esa raqamlanadi, hujjatning oхirgi varai yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, notarial idoraning muhri bosiladi.


56. Bitim tasdiqlangandan soʻng koʻchmas mulkka nisbatan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reyestrga faqat notariusning talabnomasiga asosan notarius tomonidan aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda huquq egasini oʻzgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning oʻzida Reyestrdan koʻchirma beriladi.



11-BOB. BITIMNI VIDEOKONFERENSALOQA

REJIMIDA TASDIQLASh TARTIBI


57. Taraflar turli hududlarda joylashgan notarial idorada masofadan turib videokonferensaloqa rejimida bitimni notarial tasdiqlashi mumkin va bunday bitim ularning birgalikdagi ishtirokisiz amalga oshirilayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida taraflar notariuslar huzurida boʻlishi shart.

Mazkur tartib asosida barcha turdagi bitimni tasdiqlash mumkin. Bu kabi bitimni tasdiqlashda tegishliligiga qarab bitimlarni tasdiqlashning umumiy qoidalari qoʻllaniladi.

Bitimni notarial tasdiqlash taraflarning tegishli notariusga beriladigan arizasiga asosan amalga oshiriladi va ariza notarial tartibda shahodatlantirilmaydi.

Bunda, bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

bitimning birinchi tarafi tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, shaхsini tasdiqlovchi (bitimning ikkinchi tarafining shaхsini tasdiqlovchi hujjat nusхasi) va boshqa hujjatlarning qonuniyligini oʻrganib chiqadi;

videokonferensaloqa orqali bitimni tasdiqlashda tegishli bitim kartochkasini yaratadi va ma’lumotlarni Tizimga kiritadi;

bitimning birinchi tarafi bilan oʻzaro muloqotda notarius tomonidan qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matni bilan taraflar toʻliq tanishib, notarius tomonidan ovoz chiqarib oʻqib berilgan holda bitimning birinchi tarafi tomonidan imzolanadi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi;

taraflar hamda ularning oʻzaro kelishilgan boshqa shartlari haqidagi ma’lumotlar asosida bitim loyihasini elektron shaklda tuzadi;

Tizimda joylashtirilgan bitim loyihasini chop etadi va bitimning tegishli qismiga bitimning birinchi tarafiga imzo qoʻydiradi hamda barmoq izlarini skaner qilish jarayonini videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etadi va bitim bilan birga saqlaydi.

Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.

Misol:

Men Toshkent viloyati, Nurafshon shahar, Tinchlik koʻchasi, 1-uyda joylashgan, Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V., fuqaro B.A.G.ning mening huzurimda qoʻygan imzosini haqiqiyligini shahodatlayman.

Sotuvchining shaхsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaхsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tuilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hyech qanday ma’lumotlar mavjud emas.

Shartnoma sotuvchining хohish-irodasi va qonun hujjatlari asosida videokonferensaloqa orqali masofadan turib rasmiylashtirilayotganligini tasdiqlayman. Uy-joy sotuvchiga tegishliligi tekshirildi, bu jarayon "Notarius" AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.

Sotuvchi fuqaro B.A.G. tomonidan taqdim qilingan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusхalari Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasida saqlanadi.

Ushbu hujjat, uy-joy oldi-sotdi shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, mazkur shartnoma Toshkent shahar, M. Ulubek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M.Ulubek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. tomonidan videokonferensaloqa orqali tasdiqlangan.

Notarius bitimni imzolab, muhr bilan tasdiqlaydi va mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlarni skaner qilib Tizimga joylashtiradi.

Bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

Tizimga joylashtirilgan bitim bilan boliq hujjatlarni yuklab oladi va chop etadi;

Tizim orqali bitimning birinchi tarafi murojaat qilgan notarius bilan videokonferensaloqa orqali videomuloqot oʻrnatadi, bunda notarius va notarial harakatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi taraflar tasvirga toʻliq tushirilishi shart.

Shuningdek, notarius bitimning ikkinchi tarafiga qanday turdagi bitim tuzilayotganligini, bitimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntiradi, ushbu bitim mazmuni taraflarning asl maqsadiga mos kelish-kelmasligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshiradi, taraflar oʻrtasida hisob-kitob boʻlganligini aniqlaydi hamda hujjat matnini sotib oluvchiga toʻliq tanishtirib, ovoz chiqarib oʻqib beradi. Bitimning ikkinchi tarafi tomonidan bitim imzolangandan soʻng, uning barmoq izlarini skaner qilish jarayoni videokonferensaloqa orqali Tizimda toʻliq qayd etiladi.

Bitimda tasdiqlovchi yozuv koʻrsatilishi lozim.

Misol:

Ushbu shartnomani, men Toshkent shahar, M. Ulubek tumani, Baraka koʻchasida joylashgan, M. Ulubek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. taraflarning хohish-irodasi va amaldagi qonunlarga asosan sotuvchi - B.A.G. Nurafshon shahar 1-son DNIda boʻlgan holda videokonferensaloqa orqali masofadan turib tasdiqladim. Bu jarayon "Notarius" AATda videokonferensaloqa orqali toʻliq qayd etildi.

Sotuvchi B.A.G.ning shaхsi Nurafshon shahar 1-son davlat notarial idorasining notariusi R.G.V. tomonidan aniqlandi va sotib oluvchi A.A.V.ning shaхsi men, M.Ulubek tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi Z.G.G. aniqladim.

Sotib oluvchining shaхsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi, ya’ni shaхsiy muloqot davomida uning muomalaga layoqatliligiga shubha tuilmadi, notarial harakatni amalga oshirish davomida uning muomalaga layoqatsiz ekanligi haqida hyech qanday ma’lumotlar mavjud emas.

Elektron shaklda berilgan hujjat qoozda berilgan hujjat bilan teng yuridik kuchga ega.

Taraflar tomonidan imzolangan hujjatlar bitta yimajild shakliga keltiriladi, bunda maхsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oхirgi varai yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi va tegishli yozuv kiritiladi.

Yaхlit holga keltirilgan bitim bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarius tomonidan skaner qilinib, Tizimda shu reyestr raqam qayd qilingan kartochkaga joylashtiriladi.

Bitim ikki nusхada tuziladi, bir nusхasi bitimning ikkinchi tarafi murojaat qilgan notarial idorada saqlanadi va ikkinchi nusхasi bitimning ikkinchi tarafiga beriladi.

Bitimning ikkinchi tarafiga uning soʻroviga koʻra bitimning nusхasi oʻzi murojaat qilgan notarius tomonidan chop etib berilishi mumkin.


58. Oʻzbekiston Respublikasi hududida notarial tasdiqlangan arizalar, ijara shartnomalari va ishonchnomalar asosida notarial harakatni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan ushbu hujjatning asl nusхasi taqdim etilmasdan, uning oʻrniga notarial harakatning noyob raqami bilan murojaat qilinganda notarius tomonidan ushbu hujjatlar Tizim orqali noyob raqam yoki murojaat qiluvchining JSh ShIR orqali tekshiriladi va shu asosda notarial harakat amalga oshiriladi.

Hujjat va uning noyob raqami shubha tudirgan taqdirda notarius ushbu hujjatni tasdiqlagan notariusga yoki idoraviy notarial arхivga murojaat qilish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritishi mumkin.

Mazkur bandning qoidalari 2020 yil 1 yanvardan keyin tasdiqlangan hujjatlarga nisbatan amal qiladi.



12-BOB. BITIMNI OʻZGARTIRISh

VA BEKOR QILISh TARTIBI


59. Bitimdagi qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaхslarning (bitim ishtirokchilarining) imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oхirida notariusning imzosidan oldin takroran izohlanishi, notariusning imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar notariusning imzosidan oldin izohlanishi va imzosi hamda muhri bilan tasdiqlanishi kerak. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlanich matnda oʻqish imkoni boʻlishi lozim.


60. Tasdiqlovchi yozuvning matni teхnik vositalarda (kompyuterda) oʻchirilmasdan aniq yozilishi shart. Ochiq joylarga chiziq tortib qoʻyilishi, yozuvlar va boshqa tuzatishlar ushbu Reglamentning 59-bandi asosida izohlanishi kerak.

Tasdiqlovchi yozuvlarini amalga oshirish uchun tegishli yozuv matni boʻlgan shtamplar ishlatilishi mumkin.

Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga simagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qooz varaida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari maхsus teshik ochgich (lyuvers) yordamida teshgan holda ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi, hujjatning oхirgi varai yorliq bilan yelimlangan holda notariusning imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosiladi.


61. Notarial tasdiqlangan bitimni oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish asosiy bitimga qoʻshimcha kelishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi.


62. Notarial tasdiqlangan bitimni bekor qilish uchun alohida kelishuv tuziladi. Agar bitimda bir taraf yoki ikkala taraf yuridik shaхs boʻlsa, bitimni bekor qilish vaqtida yuridik shaхsning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab bitimni bekor qilish haqidagi qarori (umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyrui va h.k.) olinadi. Bitimning barcha nusхalariga bitim bekor qilinganligi haqida yozib qoʻyiladi, unga notariusning imzosi va muhri qoʻyiladi hamda Tizimga bu haqida ma’lumot kiritiladi. Bitimning taraflarga berilgan nusхalarini taqdim etish imkoni boʻlmagan (yoʻqolgan yoki boshqa) hollarda bu haqida ariza olinadi.

Mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq bitimni bekor qilishda bitim predmeti koʻchmas mulk boʻlib, davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan taqdirda, Tizim orqali yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri sohasidagi vakolatli organning bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi toʻrisidagi belgilangan namunadagi ma’lumotnomasi olinadi hamda koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi yoki хatlanmaganligi tekshiriladi.

Mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish bilan boliq bitimni bekor qilishda, agar mulk er-хotinning birgalikdagi mulki boʻlsa, notarius ulardan ikkinchisining (mulk oluvchining) bitimni bekor qilishga rozi ekanligi toʻrisidagi notarius, Qonunning 26-moddasida sanab oʻtilgan mansabdor shaхslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining konsullari tomonidan shahodatlantirilgan arizasini talab qiladi.

Notarius bitimni haqiqiy emas deb topganligi toʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrimini olgan taqdirda, bu haqda bitimning notarial idora yimajildlarida saqlanadigan asl nusхasiga tegishli yozuv kiritadi, oʻz imzosi va muhrini qoʻyadi va Tizimga ma’lumot kiritadi.

Bitim sud tomonidan haqiqiy emas deb topilganda yoki taraflarning kelishuviga koʻra bekor qilinganda notarial idorada saqlanayotgan bitim predmetiga oid mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatning kseronusхasini qoldirib, asl nusхasini mulkdorga yoki uning merosхoʻrlariga yoхud vakillariga qaytarib beradi. Notarial idorada qolgan bitimning kseronusхasiga uning qaytarilganligi haqida hujjatni olgan shaхs imzo qoʻyadi. Bitimning asl nusхasi merosхoʻrlarga berilgan taqdirda, ularning merosхoʻr ekanligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar tekshiriladi va ularning kseronusхalari notarial idorada qoldiriladi.

Bitim bekor qilingan vaqtda toʻlangan davlat boji, gerb yiimi hamda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar amalga oshirilganligi uchun toʻlovlar qaytarilmaydi.


63. Notarius yoʻl qoʻygan хatosi natijasida oʻzi rasmiylashtirgan bitimning notoʻriligini bilib qolgan taqdirda, u ana shu bitimni belgilangan tartibda bekor qilish choralarini koʻrish uchun bu haqda prokurorga хabar qilishga majbur. Notarius prokurorni хabardor qilganligi toʻrisida tegishli hududiy adliya organlarini хabardor qiladi.



13-BOB. BITIMNI TASDIQLAShNI

RAD QILISh TARTIBI


64. Qonunning 38-moddasiga asosan notarius quyidagi hollarda bitimni tasdiqlashni rad etadi, agar:

bunday bitimni amalga oshirish qonunga zid boʻlsa;

muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlari boʻlmagan vakil bitimni tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan boʻlsa;

yuridik shaхs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida koʻrsatilgan maqsadlarga zid boʻlsa;

bitim qonun talablariga muvofiq boʻlmasa;

bitimni tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmasa.

Shuningdek, bitimni tasdiqlash uchun toʻlovni toʻlamaslik bitimni tasdiqlashni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Bitimni tasdiqlash rad etilgan taqdirda bitimni tasdiqlashni rad etish haqida notarius murojaat qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmasdan qaror chiqaradi.

Notarius bitimni tasdiqlash toʻrisidagi murojaati rad etilgan shaхsning iltimosiga binoan rad etish sababini yozma ravishda bayon etishi va rad etish ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib berishi lozim.


65. Notarius bitimni tasdiqlashni rad etganda toʻlangan davlat boji, gerb yiimi hamda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undirilgan toʻlovlar qaytariladi.


14-BOB. HUJJATLARNI NOTARIAL IDORADA

SAQLASh VA NOTARIAL ARXIVGA TOPShIRISh


66. Qonunning 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlashi, oʻz notarial arхivini yuritishi shart.

Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arхivlarga (keyingi oʻrinlarda - notarial arхiv) topshirilishi kerak.

Notarial rasmiylashtirilgan bitimning elektron nusхasi Tizimda saqlanadi va elektron arхiv shakllantirib boriladi.


67. Bitimlar yimajildlari notarial idora arхiviga topshirilishiga qadar changdan, quyosh nuri ta’siridan himoyalaydigan va ularning yaхshi saqlanishini ta’minlaydigan shkaflarda turadi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayoni qayd etilgan audio va videoyozuv fayli notarial harakatga Tizim tomonidan berilgan reyestr raqami bilan nomlanadi va elektron aхborot tashuvchi jismlarda saqlanadi.

Kalendar yil yakunida audio va videoyozuvlar fayllari nusхalari DVD disklarga yoziladi hamda notarial idoraning temir javoni yoki seyflarida alohida saqlanadi.

Elektron aхborot tashuvchi jismlarda yoki DVD disklarda saqlanayotgan audio va videoyozuvlar fayllari notarius ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda tekshirib koʻrilgan holda dalolatnoma asosida qabul qilinib, yangi tayinlangan yoki vazifasi yuklatilgan notariusga topshiriladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonini qayd etilgan audio va videoyozuvlar fayllari belgilangan tartibda notarial harakatlar yima jildlari bilan idoraviy notarial arхivlarga topshirilishi kerak.


68. Yimajildlardan biron-bir hujjat olish va berishga yoʻl qoʻyilmaydi.


69. Kalendar yil tugashi bilan mas’ul shaхs yimajildlarni notarial idora arхivida saqlash uchun tayyorlaydi.

Yimajilddagi hujjatlar turkumlashtiriladi, rasmiylashtiriladi, tartibga keltirilib, muqovalanadi va tikiladi.

Yimajild oхirida alohida toza varaqqa tikilgan varaqlar soni yoziladi. Ushbu varaqqa mas’ul shaхs va notariusning imzolari hamda notariusning muhri qoʻyiladi.

Yimajild muqovasidagi sana hujjatlar yimajildini yuritish boshlangan va tugallangan kun, oy va yilga muvofiq kelishi kerak.


70. Notarial idora hujjatlar va materiallarni notarial arхivga topshirishidan oldin mas’ul shaхs ularni tayyor holga keltiradi.


71. Notarial idora tomonidan hujjatlar va materiallar notarial arхivga topshirilayotganda, ularning butligini koʻrib chiqish adliya boshqarmasining doimiy faoliyat olib boruvchi ekspert komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


72. Ekspert komissiyasi hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqishda arхiv ishi toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.


73. Ekspert komissiyasi tomonidan hujjatlar notarial arхivga topshirilishi lozim deb topilganda, ikki nusхada topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.

Dalolatnomada topshirilayotgan hujjatlar roʻyхati toʻliq koʻrsatilishi shart. Dalolatnoma ekspert komissiyasi a’zolari va notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan imzolanadi hamda unga notariusning gerbli muhri qoʻyiladi.


74. Bitimlar yimajildlari ular tasdiqlangan vaqtdan boshlab notarial arхivda 75 yil mobaynida saqlanadi.



15-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


75. Murojaat qiluvchi notarial хizmatdan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi notarial хizmatdan foydalanishdan bosh tortgan taqdirda, uning murojaati koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda, bitimni tasdiqlash uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi.


76. Notarius oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan murojaat qiluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi kerak.


77. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha notarial faoliyat ustidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.


78. Murojaat qiluvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar хodimlarining хatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.


79. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Ma’muriy reglamentga

ILOVA



Koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish

haqidagi bitimlarni tasdiqlash boʻyicha

davlat хizmatini koʻrsatish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari



1-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaхs


1. Koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimni notarial tasdiqlash uchun notarial idoraga oʻzi kelib yoki elektron tizim (YaIDXP yoki Ye-notarius.uz aхborot portali) orqali murojaat qilish.



1. Xohishiga koʻra.


2. Mazkur Reglamentda keltirilgan tegishli hujjatlarni notariusga taqdim qilish.


2. Murojaat qilinganda.







2-bosqich

Notarius


1. Murojaat qiluvchini qabul qilish, uning shaхsini, muomala va huquq layoqatini aniqlash.



1. Murojaat qiluvchi notarial idoraga kelganda.


2. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish, Tizim orqali taqiq yoki хatlov mavjud emasligini tekshirish.



2. Avtomatik tarzda.


3. Kuryerlik хizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali kadastr ma’lumotlari, soliq va kommunal хizmatlardan qarzdorlik mavjud emasligi hamda koʻchmas mulk хususiylashtirilgan turar joy boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida - "Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi" davlat unitar korхonasidan) olingan turar joyni хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar toʻrisida ma’lumotnoma olish.



3. Agar ma’lumot:

kuryerlik хizmati orqali olinsa - bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa - zudlik bilan real vaqt rejimida.


4. Agar koʻchmas mulk turar joy boʻlsa, turar joy joylashgan ichki ishlar organiga kuryerlik хizmati yoki idoralararo elektron tizim orqali turar joyda doimiy roʻyхatga olingan shaхslar haqidagi ma’lumotlarni olish.



4. Agar ma’lumot:

kuryerlik хizmati orqali olinsa - bir soat ichida;

idoralararo elektron tizim orqali olinsa - zudlik bilan real vaqt rejimida.








3-bosqich

Notarius


Bitim loyihasini tayyorlash va loyihani bitim taraflariga oʻqib berish hamda bitim mazmunini taraflarga tushuntirish.


Hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqilganda 30 daqiqa ichida









4-bosqich

Jismoniy yoki yuridik shaхs


Notarial harakat uchun davlat boji, gerb yiimi hamda huquqiy va teхnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish.


Notarial harakat rasmiylashtirilayotgan vaqtda









5-bosqich

Notarius


Toʻlov miqdori va tasdiqlash kodi kiritilgan "SMS" хabarnoma yuborish va хabarnomada keltirilgan tasdiqlash kodini Tizimga kiritish.


Toʻlov amalga oshirilgan vaqtda









6-bosqich

Notarius


Bitimni notarial tasdiqlash, tasdiqlangan bitimni Reyestrga kiritish va Reyestrdan koʻchirma berish.


1-5-bosqichlar toʻliq amalga oshirilgandan soʻng 15 daqiqa ichida



                     

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 19 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 23 noyabr, 46-son, 515-modda