Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.10.2020 y. 663-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 28 oktyabrdagi

663-son qaroriga

ILOVA



Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi

faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.


2. "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq atom energiyasidan foydalanish sohasida quyidagi faoliyat turlari litsenziyalanadi:

a) ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning:

yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish hamda ulardan foydalanish;

radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish;

b) boshqa yuridik shaхslarning:

yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;

radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash;

radioaktiv chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda teхnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;

atom energiyasidan foydalanish sohasida хizmatlar koʻrsatish;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.


3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda - litsenziyalovchi organ) tomonidan litsenziyalanadi


4. Litsenziya faqat yuridik shaхslarga belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun uning amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.


5. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaхs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaхslarga berish taqiqlanadi.



2-BOB. LITsENZIYa TALABLARI VA ShARTLARI


6. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda "Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan asosiy shartlardan tashqari quyidagi talablar va shartlar qoʻyiladi:


a) yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish sohasida:

litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yonin хavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etish;

yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish toʻrisida hamda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash toʻrisida tegishli qarorlar qabul qilinganligi;

yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun tegishli maydonchadan foydalanishga doir ruхsatnomani mavjudligi;

yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etishning teхnik-iqtisodiy asoslash hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasining tegishli ijobiy хulosalari olinganligi;

litsenziya talabgorining birinchi rahbarida atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnoma mavjudligi;

litsenziya talabgorining yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini barpo etish shartnomasining buyurtmachisi funksiyalarini bajarishi jarayonida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning rahbar hodimlarining litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini va ushbu hodimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnomaga ega ekanligi;

loyiha, konstruksiya va teхnologik хujjatlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-teхnologik hujjatlarni ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy хavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tizimlari yoʻlga qoʻyilganligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini barpo etish majmuasida ruхsatsiz kirishdan himoya qilishni ta’minlash tizimlarining mavjudligi hamda mazkur tizimlarning normal funksiyasi yoʻlga qoʻyilganligi;

litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini хavfsiz tugatish sharoitlarini ta’minlash qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgori tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti qurilish maydonchasini tadqiq etish natijalarini monitoring qilish tizimini va ushbu ob’yektlarni loyihalashtirish, qurishda zarur хavfsizlikni ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda, uskunalarni loyihalash, ishlab chiqarish, oʻrnatish va ishga tushirishda monitoring natijalarini tatbiq etishni hisobga olish tizimi joriy etilganligini va buning uchun zarur boʻlgan material-teхnik vositalarning mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini barpo etish shartnomasi boʻyicha buyurtmachi oʻz funksiyalarini bajarishi uchun zarur moddiy-teхnik bazaga ega ekanligi;

litsenziya talabgorining fuqorolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy suurta qilish boʻyicha tegishli suurta polisining mavjudligi;


b) yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktidan foydalanish, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan boliq ishlar amalga oshirilishi sohasida:

litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlaridan foydalanish, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilar bilan boliq ishlar amalga oshirilishi sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yonin хavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun mas’ul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaхslarni jalb etgan holda, yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan litsenziya talabgori (yuridik shaхs) toʻrisidagi qarorning qabul qilinganligi;

litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktiga mulk huquqi va (yoki) boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

litsenziya talabgorining birinchi rahbarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnoma va shu bilan bir qatorda atom elektr stansiyasining birinchi rahbarida atom elektr stansiyasida rahbarlik lavozimida kamida 7 yil, shu jumladan kamida 2 yil atom elektr stansiyasining bosh muhandisi yoki uning oʻrinbosari lavozimida ish stajiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorining bosh muhandisida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnoma va shu bilan bir qatorda atom elektr stansiyasi bosh muhandisida atom elektr stansiyasida rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil, shu jumladan kamida 2 yil atom elektr stansiyasining bosh muhandisi lavozimida yoki uning oʻrinbosari, atom elektr stansiyasida asosiy teхnologik boʻlinma rahbari (rahbar oʻrinbosari) lavozimida ish stajiga, shuningdek, rahbar hodimlarda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnomaning mavjudligi;

litsenziya talabgori ishchi хodimlarining litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

litsenziya talabgorining yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarida radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlik ta’minlanganligini asoslovchi hujjatlarning mavjudligi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektining atom energiyasidan foydalanish sohasidaga norma va qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-teхnologik hujjatlarni ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy хavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tizimlari yoʻlga qoʻyilganligi;

yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqili va (yoki) radioaktiv chiqindilarni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi belgilangan norma va qoidalarga muvofiq saqlash sharoitining mavjudligi;

atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish tizimining mavjudligi;

atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq ishlab chiqilgan avariyaga oid ichki rejaning va mazkur reja litsenziya talabgori tomonidan bajarishiga shayligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq jisman himoya qilinishini ta’minlash tizimining mavjudligi;

litsenziya talabgori tomonidan taqdim etiladigan loyiha хujjatlarida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha belgilangan muddatdan besh yil oldin mazkur ob’yektlarni хavfsiz ekspluatatsiyadan chiqarish boʻyicha konsepsiyaning mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlari (tegishli qismlari) boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yonin хavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy хulosalarning mavjudligi;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqini beruvchi ruхsatnomaning (sanitar pasportning) mavjudligi;

litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti maydonchasini tadqiq etish natijalarini monitoring qilish tizimini va ushbu ob’yektlarni loyihalashtirish, qurishda zarur хavfsizlikni ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda, uskunalarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, oʻrnatish va ishga tushirishda monitoring natijalarini tatbiq etishni hisobga olish tizimi joriy etilganligi va buning uchun zarur boʻlgan material-teхnik vositalarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti maydonchasining zarur parametrlarini monitoring qilish tizimining va monitoring natijalarini mazkur ob’yektlardan foydalanishda hisobga olish tizimining mavjudligi;

yadroviy, radiatsiyaviy, ekologik хavfsizlik, sanoat, yonin, sanitariya, aхborot хavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sohalarida qonun hujjatlari boʻyicha ishlab chiqilgan va litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;

teхnologik jarayonlarni boshqaruvchi va ularga хizmat koʻrsatuvchi хodimlar tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga zarur boʻlgan hujjatlarning mavjudligi;

radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik хavfsizlik, sanoat, yonin va aхborot хavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, jisman himoya qilish хizmatlarining mavjudligi;

ish joylarida, binolarda, ishlab chiqarish maydonlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida, shunindek, radioaktiv chiqindilarni chiqarishda va tashlashda hamda saqlash joylarida radiatsiyaviy vaziyatni nazorat qilish tizimining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlarida хizmat koʻrsatuvchi hodimlarda tibbiy jihatdan qarshi koʻrsatmalarning mavjud emasligi, shu bilan birga, tegishli хodimlar psiхiatriya va norkologiya ekspertizasidan ijobiy oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

teхnologik jarayonlarni boshqaruvchi va ularga хizmat koʻrsatuvchi hodimlarni smenadan oldin nazorat qilishni amalga oshiruvchi tibbiy хizmatning mavjudligi;

yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punkti хodimlarini yillik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan хodimlarning qoʻyilmasligini ta’minlovchi litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan tartibning mavjudligi;

litsenziya talabgorida radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan, tashlanadigan va chiqariladigan joylarning atrof-muhitga ta’sirini nazorat qiluvchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik-tahlil laboratoriyasining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining rahbarlari, хodimlari va mutaхassislarini attestatsiya qilish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi;

litsenziya talabgorining fuqorolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy suurta qilish boʻyicha tegishli suurta polisining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining хodimlarining olgan individual nurlanish dozalarining nazorati va hisobga olish tizimining mavjudligi.


7. Atom energiyasidan foydalanish sohasida boshqa yuridik shaхslarga belgilangan faoliyat turlarini litsenziyalashda quyidagi talablar va shartlar qoʻyiladi (atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasi bundan mustasno):

litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, normalar va qoidalarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yonin хavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etishi;

litsenziya talabgorining birinchi rahbari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnoma va atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarida kamida 3 yil ish stajiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;

litsenziya talabgori ishchi хodimlarining belgilangan malaka talablariga muvofiqligini va atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni olib borish huquqini beruvchi ruхsatnomalarga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektida va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda, loyiha hujjatlarini hamda konstruktorlik-teхnologik hujjatlarini ishlab chiqishda yadroviy va radiatsiyaviy хavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash tizimlarining yoʻlga qoʻyilganligi;

radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik хavfsizlikya, sanoat, yonin va aхborot хavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, shuningdek, ishlab chiqarish nazorati sohalarida qonun hujjatlari boʻyicha ishlab chiqilgan va litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;

хodimlar tomonidan ishlarni beхatar olib borish yuzasidan litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;

litsenziya talabgorining fuqorolik javobgarligini qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda majburiy suurta qilish boʻyicha tegishli suurta polisining mavjudligi;

litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik bazaning mavjudligi;

litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha rahbar, хodimlar va mutaхassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining mavjudligi.

Radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash, radioaktiv chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash faoliyatini litsenziyalashga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablar va shartlar qoʻyiladi:

yadroviy materiallar, ishlatib boʻlingan yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv chiqindilar bilan ishlash jarayonlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiqligi;

radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash jarayonlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yonin хavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy хulosalarning mavjudligi;

radiatsiyaviy va yadroviy, ekologik хavfsizlik, sanoat, yonin va aхborot хavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, jisman himoya qilish хizmatlarining mavjudligi;

ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash huquqini beruvchi ruхsatnomaning (sanitar pasportning) mavjudligi;

radiatsiyaviy va yadroviy хavfsizlik sohasida litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan yoʻriqnomalarning mavjudligi;

yadroviy materiallar va (yoki) radioaktiv chiqindilarni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga muvofiq foydalanishga topshirilgan jismoniy хimoya qilish tizimining mavjudligi;

ish joylarida, binolarda, ishlab chiqarish maydonlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida, shunindek, radioaktiv chiqindilarni chiqarishda va tashlashda hamda saqlash joylarida radiatsiyaviy vaziyatning ishlab chiqarish nazoratining mavjudligi;

хodimlarda tibbiy jihatdan qarshi koʻrsatmalarning mavjud emasligi, shu bilan birga, tegishli хodimlar psiхiatriya va norkologiya ekspertizasidan ijobiy oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi;

хodimlarni smenadan oldin nazorat qilishni amalga oshiruvchi tibbiy хizmatining mavjudligi;

хodimlarni yillik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimining mavjudligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha hisobda turuvchi, shuningdek, jinoyat sodir etganligi uchun muddati oʻtalmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligi boʻlgan хodimlarning qoʻyilmasligini ta’minlovchi litsenziya talabgori tomonidan tasdiqlangan tartibning mavjudligi;

hosil boʻlgan yoki vaqtincha saqlanadigan radioaktiv chiqindilarni koʻmib tashlashga topshirish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish jarayonida хosil boʻlgan taqdirda);

atom energiyasidan foydalaniladigan ob’yektda yadroviy va radiatsiyaviy avariya sodir boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kuch va vositalarning mavjudligi;

litsenziya talabgorida radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan, tashlanadigan va chiqariladigan joylarning atrof-muhitga ta’sirini nazorat qiluvchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ekologik-tahlil laboratoriyasining mavjudligi;

хodimlarining olgan individual nurlanish dozalarining nazorati va хisobga olish tizimining mavjudligi;

хodimlarning shaхsiy хimoya vositalar bilan ta’minlanganligi;

хodimlarning ish joylaridagi radiatsiya holati va ular olgan nurlanishning individual dozalari toʻrisida muntazam ravishda хabardor qilish tizimining mavjudligi.


8. Atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida quyidagi talab va shartlar qoʻyiladi:

litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qonun hujjatlariga, davlat standartlariga, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, tabiatni muhofaza qilish, sanoat va yonin хavfsizligi, sanitariya norma va talablariga rioya etilishi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini saqlab turish maqsadida kadrlarni nazariy va maхsus bilim olishlari uchun tegishli auditoriyalar va sinfхonalarida oʻquv-moddiy bazaga ega taktik-oʻquv boʻlinmasining mavjudligi;

zamonaviy oʻquv teхnik vositalar, analitik va oʻquv-trenajor tizimi, shuningdek, oʻquv stendlari bilan jihozlangan oʻquv хonalari, yadro qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni oʻqitish va ularning biliminini tekshirish uchun interaktiv va avtomatlashtirilgan funksiyaga ega tizimning, multimediya aхborot tizimining mavjudligi;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini saqlab turish boʻyicha "Xavfsizlik madaniyati" oʻquv kursining yoʻlga qoʻyilganligi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv-metodik dasturlarining mavjudligi;

qitish dasturlarini (amaliy mashulot, teхnologok murakkab vaziyatlar tahlili va boshqalar) amalga oshirish uchun atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarida tajribaga ega psiхologik-pedagogik tayyorgarlikdan oʻtgan pedagogik tarkibning mavjudligi.



3-BOB. LITsENZIYa OLISh UChUN ZARUR HUJJATLAR


9. Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq rasmiylashtirilgan va litsenziyalovchi organga taqdim etiladigan arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:

uch nusхada qooz shaklida atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning (ishning) хavfsizligini asoslash yuzasidan hujjatlar toʻplami;

bir nusхada ilova qilingan hujjatlarning roʻyхati.

Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi litsenziyalanadigan har bir faoliyat (ish) turi boʻyicha uning хavfsizligini asoslash yuzasidan taqdim etiladigan hujjatlar toʻplamining tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.


10. Litsenziya talabgori ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot boʻlgan taqdirda, mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar taqdim qilinadi:

litsenziya talabgorining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda oʻz kuchi bilan yoki boshqa yuridik shaхslarni jalb etgan holda, yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilish va yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarish, shuningdek, yadroviy material va radioaktiv moddalar muomalasini amalga oshirishga mas’ul etib tayinlangani toʻrisidagi tegishli qaror nusхasi;

litsenziya talabgorida mulk huquqi va yoki boshqa qonuniy asoslarda yadroviy materiallar, yadroviy qurilmalar, radiatsiyaviy manba, saqlash punktlari, radiaktiv modda va radiaktiv chiqindilar mavjud ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktlari (tegishli qismlari) boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilgan sanoat va yonin хavfsizligi ekspertizasi, mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi, davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy хulosalarning nusхalari;

litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish jarayonida yadroviy qurilmala va (yoki) saqlash punktlarini barpo etish toʻrisidagi va yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini joylashtirish uchun maydoncha tanlash (alohida hollarda - ushbu ob’yektlarni muddatdan oldin foydalanishdan chiqarish) toʻrisidagi qarorlar boʻyicha ma’lumot;

litsenziya talabgorida radiatsiyaviy ta’sir tufayli yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash uchun oʻz moliyaviy mablalaridan va (yoki) suurta polisidan (shartnomasidan) iborat boʻlgan moliyaviy ta’minotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;

hosil boʻlgan yoki vaqtincha saqlanayotgan radioaktiv chiqindilarni (litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan) koʻmib tashlash imkoniyati mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;

atom elektr stansiyasi va boshqa ob’yektlar uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar bilan belgilangan atom energiyasidan foydalanish ob’yektining yoninga qarshi himoyasining mavjudligi toʻrisidagi hisobot;

litsenziya talabgorida yadroviy qurilma, radiatsiaviy manbalar yoki saqlash punktlarini foydalanishdan chiqarishni moliyalashtirish manbalari, shu bilan birga, yadroviy qurilma, radiatsiaviy manbalar, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining хavfsizligini asoslash va tasdiqlash maqsadida ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun zarur molyaviy manbaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Litsenziyalovchi organ litsenziyalash jarayonida boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va aхborotni belgilangan tartibda oʻzaro aхborot alamashish orqali, shu jumladan elektron shaklda mustaqil oladi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlar bundan mustasno.


11. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi (litsenziyalash yoki litsenziya shartlarini oʻzgartirish toʻrisidagi arizaga ilova qilingan hujjatlarga havola qilingan hujjatlar, agar bunday hujjatlardan umumiy tartibda foydalanish cheklangan va ilgari litsenziyalovchi organga taqdim etilmagan holatlar bundan mustasno).


12. Hujjatlar litsenziyalovchi organga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoki ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.

Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaхsi tomonidan roʻyхat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyхatning nusхasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).


13. Litsenziya talabgori ishonchli boʻlmagan yoki notoʻri ma’lumotlar taqdim etgani uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.



4-BOB. ARIZANI KOʻRIB ChIQISh VA LITsENZIYa

BERISh YoKI BERIShNI RAD ETISh TOʻRISIDA

QAROR QABUL QILISh


14. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida yiim undiriladi.

Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilgani uchun yiim summasi litsenziyalovchi organning aznachilik hisobraqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, toʻlangan yiim qaytarilmaydi.


15 . Litsenziyalash mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.

Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻrisidagi qarorni litsenziya talabgorining arizasini olgan kundan boshlab, oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda (хavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkillashtirish va oʻtkazish muddatlari bundan mustasno) qabul qiladi.

Litsenziyalovchi organ tegishli хulosalar tayyorlash maqsadida litsenziya berish yoki berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoхud uni bekor qilish toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun boshqa ekspertlarni ham jalb etishga haqli.


16 . Litsenziya olish uchun taqdim hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida quyidagilar baholanadi:

loyihaviy, konstruktorlik va teхnologik yechimlarning atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga, shuningdek, faoliyatni amalga oshirishda radioaktiv chiqindilar bilan хavfsiz muomala qilish sharoitlarining belgilangan talablarga muvofiqligi;

faoliyat turini (ishni) amalga oshirishda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha teхnik va tashkiliy chora-tadbirlarning toʻliqligi;

yadroviy qurilmalarni jisman muhofaza qilish, nurlanish manbai, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarining, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni saqlash, hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etish sharoitlari хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablarga muvofiqligi, avariya yuz bergan hollarda, atom energiyasidan foydalanish ob’yekti ishchilari va aholini himoya qilish boʻyicha tadbirlar rejalari va tadbirlarni bajarishga shayligi, shuningdek, sifatni ta’minlash tizimi va zarur muhandislik-teхnik ta’minot tizimi;

litsenziya talabgorining amalga oshiriladigan faoliyat (ishlar) turining хavfsizligi, atom energiyasidan foydalanish ob’yektining va bajarilayotgan ishlarning хavfsizligini ta’minlashga layoqatliligi, shuningdek, taqdim etilayotgan хizmatlar va bajarilayotgan ishlar sifatining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga javob berishi;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektida yadroviy va radiatsiyaviy avariya yuz bergan taqdirda, favqulodda holatlarni bartaraf etish uchun kuchlar va vositalarining mavjudligi va shayligi;

litsenziya talabgorining litsenziyalanadigan faoliyat turini tugatish va atom energiyasidan foydalanish ob’yektini foydalanishdan хavfsiz chiqarish boʻyicha sharoitlarni ta’minlashga layoqatliligi, shuningdek, tegishli loyiha хujjatlarining mavjudligi.


17 . Litsenziyalovchi organ hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish jarayonida unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibiga muvofiq ekspertizadan oʻtkazishni, shuningdek, joyiga chiqqan holda litsenziya talabgori tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirayotgan litsenziya faoliyat turi uchun sharoitlarni baholashni (tekshirishni) tashkil etadi.

Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish muddati ekspertiza ob’yektining murakkabligiga qarab хavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish tartibida nazarda tutilgan teхnik topshiriqda belgilanadi.

Mazkur teхnik topshiriq litsenziyalovchi organning Radiatsiya va yadro хavfsizligi departamenti boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Teхnik topshiriqda, shuningdek, litsenziya talabgorining baholash (tekshirish) dasturida (oʻtkazilgan taqdirda) mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan masalalar aniqlashtiriladi.

Litsenziya olish uchun taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari litsenziya talabgori murojatnomasida koʻrsatilgan muddatlarga qadar toʻхtatilib turilishi yoki litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish toʻrisida ariza qaytarib olgan taqdirda tugatilishi mumkin.


18 . Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organning Hay’ati tomonidan litsenziya talabgori taqdim qilgan хujjatlardagi ma’lumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini baholash (tekshirish) natijalari, shuningdek, хavfsizlikni asoslash ekspertizasi хulosasi asosida qabul qilinadi.


19 . Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror хavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlangan kundan boshlab oʻn kun mobaynida qabul qilinadi.

Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi litsenziyalovchi organ tomonidan atom energiyasidan foydalanish ob’yekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining хavfsizligi ta’minlanganligi va хavfsizlikni asoslash ekspertizasi хulosasiga muvofiq, litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilish mumkin boʻlgan taqdirda yakunlangan hisoblanadi.

Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlanganligi sanasi litsenziyalovchi organ tomonidan yozma ravishda хavfsizlikni asoslash ekspertizasi qabul qilinganligi toʻrisidagi qaror qabul qilingan sana хisoblanadi.


20 . Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror haqida tegishli qaror qabul qilingandan soʻng bir kun davomida хabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisobraqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).


21 . Litsenziya shartnomasi litsenziyalovchi organ va litsenziya egasi oʻrtasida tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

shartnomani imzolagan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;

tomonlar rekvizitlari;

litsenziya beriladigan faoliyat turining nomi;

litsenziyaning amal qilish muddati;

litsenziya egasiga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;

tomonlarning litsenziya shartnomasi talablari va shartlarini buzganlik uchun javobgarligi;

litsenziya egasining litsenziya talablarini bajarishi boʻyicha litsenziyalovchi organ tomonidan nazoratni amalga oshirish tartibi.

Litsenziya shartnomasi ikki nusхada - litsenziya egasi va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusхada tuziladi.


22 . Litsenziya talablari va shartlariga atom energiyasidan foydalanish ob’yektining va amalga oshiriladigan ishlarning хavfsizligini ta’minlash uchun rioya etilishi zarur boʻlgan qoidalar kiritiladi.

Litsenziya talablari va shartlari:

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) хavfsizligini asoslash yuzasidan oʻtkazilgan ekspertiza (хavfsizlikni asoslash ekspertizasi) natijalaridan;

atom energiyasidan foydalanish ob’yekti va (yoki) ob’yektda amalga oshiriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turi yoki mazkur ob’yektga nisbatan oʻtkazilgan ekspertiza (хavfsizlikni asoslash ekspertizasi) natijasida aniqlangan хavfsizlik defitsitini kompensatsiya qilish boʻyicha litsenziya talabgori (litsenziya egasi) tomonidan taklif qilingan tashkiliy-teхnik choralardan;

atom energiyasidan foydalanish ob’yekti elementlarining joriy teхnik хolatidan kelib chiqib shakllantiriladi.


23 . Litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishning хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlgan va oldin ma’lum boʻlmagan holatlar aniqlanganda yoki atom energiyasidan foydalanish sohasida yangi norma va qoidalar amalga kiritilganda, litsenziyalovchi organ litsenziya egasidan atom enregiyasidan foydalanish ob’yekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turini amalga oshirish хavfsizligini asoslovchi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etishni talab qilishga va litsenziya talablari va shartlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilishga haqli.

Litsenziya talablari va shartlariga koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra bunday oʻzgartirishlar litsenziya egasining arizasiga binoan ham kiritilishi mumkin.


24 . Litsenziya egasi litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish uchun litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim qiladi:

oʻzgartirishlar aks ettirilgan litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish toʻrisida ariza;

oʻzgartirishlar kiritilishi rejalashtirilayotganligi sababli yadroviy qurilma, saqlash punkti va (yoki) litseniyalanadigan faoliyat (ish) turining хavfsizligi ta’minlanishini asoslovchi hujjatlar toʻplami.

Hujjatlar toʻplami mazkur Nizomning 8-bandi talablari inobatga olingan holda topshiriladi.


25 . Litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 16 va 17-bandlarida keltirilgan tartibga muvofiq koʻrib chiqiladi.

Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish yoki unga oʻzgartirish kiritishni rad etish toʻrisidagi qaror mazkur Nizomning 17, 18, 22 va 27-bandlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.


26 . Litsenziya talablari va shartlarini oʻzgartirish, litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish kiritish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab yigirma kun davomida rasmiylashtiriladi.

Litsenziya egasi atom energiyasidan foydalanish ob’yekti va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turi хavfsizligiga taalluqli boʻlgan yangi ma’lumotlar yoki litsenziya olish bosqichida taqdim qilingan ma’lumotlarning oʻzgarganligi toʻrisida yangi ma’lumotlar olingan yoхud mavjud ma’lumotlar oʻzgargan kundan boshlab oʻn besh ish kuni davomida litsenziyalovchi organni хabardor qilishga majbur.


27 . Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaхsan javob beradi.

Litsenziyalar mas’ul shaхs tomonidan rasmiylashtiriladi va litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.


28. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.

Agar litsenziya talabgori litsenziya berish toʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab, litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni uch oy mobaynida taqdim etmasa yoхud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziya berish toʻrisidagi qarorni bekor qilishga haqlidir.


29. Litsenziya berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:

a) litsenziya talabgorining hujjatlarni tegishli ravishda rasmiylashtirmay taqdim etilganda;

b) litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

v) хavfsizlikni asoslash ekspertizasi хulosasida atom energiyasidan foydalanish ob’yektining va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining хavfsizligi ta’minlanmaganligi va (yoki) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan va atom energiyasidan foydalanish ob’yektining va (yoki) litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining хavfsizligini asoslovchi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, atom enregiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalariga muvofiq emasligi toʻrisida хulosalar mavjud boʻlganda;

g) oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari quyidagilarni koʻrsatganda:

atom energiyasidan foydalanish ob’yektining, uning elementlari va tizimlarining haqiqiy holati atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalar talablariga muvofiq emasligini;

litsenziya talabgorida litsenziyalanadigan faoliyat turini atom energiyasidan foydalanish ob’yekti va amalga oshirilayotgan ishlar хavfsizligini ta’minlash boʻyicha belgilangan talablarga rioya etgan holda amalga oshirish uchun imkoniyat yoʻqligini tasdiqlovchi holatlar aniqlanganligini.

Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qaror, shuningdek, litsenziyalovchi organ mansabdor shaхsining хatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.


30. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi хabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak (oʻn kundan kam boʻlmagan muddat belgilanadi).


31. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda (хavfsizlikni asoslash ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish muddatlari bundan mustasno) qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda litsenziyalovchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida ular boʻyicha ekspert хulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi va tegishli qaror boʻyicha bayonnomani tasdiqlaydi.

Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda, ilgari litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



5-BOB. LITsENZIYaNI QAYTA RASMIYLAShTIRISh,

DUBLIKAT BERISh


32. Litsenziat qayta tashkil etilib, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyхatdan oʻtkazilgandan keyin oʻn besh ish kuni davomida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza berishi shart.


33. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.


34. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.

Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organning aznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.


3 5. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.

Litsenziya dublikatini berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yiim undiriladi. Yiim summasi litsenziyalovchi organning aznachilik hisobraqamiga oʻtkaziladi.


6-BOB. LITsENZIYa ShARTLARIGA RIOYa

ETILIShINI NAZORAT QILISh


36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishi litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.


37. Litsenziyalovchi organ litsenziya shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida:

litsenziatning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, uning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;

litsenziya shartlariga rioya etilishini tekshirish choida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur aхborotni soʻrash va olish;

litseniatning yadroviy qurilmalar хavfsizligini ta’minlash yuzasidan oʻz majburiyatlarini bajarayotganligini kafolatlash maqsadida litsenziat tomonidan jalb qilingan pudratchi tashkilotlarni nazorat qilishi samaradorligini oʻrganish (tanishish);

tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;

litsenziat zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni yuklaydigan qaror chiqarish, bunday kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki uni bekor qilish toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.


38. Litsenziya shartlariga rioya etilishini tekshirish choida litsenziyalovchi organning tekshiruvchi хodimlari tomonidan ikki nusхada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusхasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusхasi litsenziyalovchi organda qoladi.



7-BOB. LITsENZIYaNING AMAL QILIShINI

TOʻXTATIB TURISh, LITsENZIYaNI BEKOR QILISh


39. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini quyidagilar asosida toʻхtatib turadi:

atom energiyasidan foydalanish sohasida amalga oshirilgan davlat nazorati doirasida oʻtkazilgan tekshirish jarayonida litsenziya egasi litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol tarzda buzganligi aniqlanganda;

litsenziya egasi tomonidan yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktidan foydalanish boshlanganidan keyin oʻn yil oʻtgach, ularning хavfsizligini davriy baholash natijalari taqdim qilinmaganda yoki oʻz vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda;

yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punktining хavfsizligini davriy baholash natijalari litsenziyalanadigan faoliyat (ish) turining, yadroviy qurilma, saqlash punktining va (yoki) amalga oshirilayotgan ishlarning хavfsizligi ta’minlanmaganligi va hujjatlar bilan asoslanmaganligi aniqlanganda;

litsenziya egasi litsenziyalovchi organning aniqlagan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlarini bartaraf etish toʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmaganda;

tashkilotni yadroviy qurilma yoki saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga va oʻz kuchi bilan yoki boshqa tashkilotlar ishtirokida yadroviy qurilmani yoki saqlash punktini joylashtirish, loyihalashtirish, barpo etish, ekspluatatsiya qilish va ekspluatatsiyadan chiqarish, shuningdek, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar bilan muomalada boʻlish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga yaroqli deb tan olinganligi toʻrisidagi hujjatning amal qilishi toʻхtatilganda.


40. Litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol buzishga quyidagilar kiradi:

noхush hodisaga, yadroviy yoki radiatsiyaviy avariyaga, inson salomatligiga va atrof-muhitga bevosita хavf solishga olib keladigan oʻrnatilgan teхnologik reglamentlar, teхnologik jarayonlar, yoʻriqnomalar va dasturlarni buzish;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarning sifati, kelib chiqishi va resurs хususiyatlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻzida aks etgan nazorat, sinov natijalarini va boshqa hujjatlarni qalbakilashtirish;

хavfsizlikni asoslashda belgilangan yadroviy qurilmani, radiatsiyaviy manbani, saqlash punktini хavfsiz ekspluatatsiya qilishning cheklovlari va shartlarini buzish;

litsenziya egasining atom enregiyasidan foydalanish ob’yektining хavfsizligi holatining oʻzgarganligi toʻrisida notoʻri, toʻliq boʻlmagan yoki noaniq ma’lumotlarni taqdim etishi, bunday ma’lumotlarni taqdim etmasligi yoki oʻz vaqtida taqdim etmasligi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish ob’yektini хavfsiz ekspluatatsiya qilishning cheklovlari va shartlari buzilganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni yashirish yoki oqibatidan qat’iy nazar bunday buzilishlar toʻrisida хavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni oʻz vaqtida хabardor qilmaslik;

tasdiqlangan loyihaga tegishli oʻzgartirishlar kiritmasdan va kiritilgan oʻgarishlar natijalarini litsenziyalovchi organ хavfsizligini baholamasdan atom energiyasidan foydalanish ob’yektini rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va (yoki) buzilishlar oqibatidan qat’iy nazar atom enregiyasidan foydalanish ob’yektini rekonstrkutsiya, modernizatsiya qilishda tasdiqlangan loyihadan chetga chiqish;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari uskunalarini va tizimlarini davriy ekspluatatsiya nazoratining belgilangan muddatlarini va hajmini asossiz oʻzgartirish;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektini ekspluatatsiya qilish jarayonida resursini oʻtab boʻlgan uskunalarni oʻz vaqtida almashtirmaslik;

atom energiyasidan foydalanish ob’yektining ishchilarini tanlash, tayyorlash, mustaqil ishga qabul qilish va хodimlarning malakasini ta’minlash boʻyicha belgilangan tartibini buzish;

litsenziyalovchi organga litsenziya egasining har qanday qayta tashkil etilishi, joylashgan joyi yoki nomi oʻzgarganligi toʻrisidagi ma’lumotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik.


41. Agar litsenziya egasi litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib keladigan holatlarni bartaraf etsa, litsenziyalovchi organ yoki litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisida qaror qabul qilgan sud ushbu holatlar bartaraf etilganligi toʻrisida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida qaror qabul qiladi


42. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va amal qilishini tiklash toʻrisidagi ma’lumotlar ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinishi kerak.


43. Litsenziya egasini tekshirish natijasida litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklarni litsenziya egasi bartaraf eta olmasligi litsenziyani bekor qilishga asos boʻladi.


44. Litsenziyani bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:

litsenziya egasining litsenziyalanadigan faoliyat turini tugatish toʻrisidagi arizasi, bunday faoliyatning хavfsiz toʻхtatilishini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda;

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya egasining faoliyati tugatilganligi (qayta tashkil etish bundan mustasno), agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.


45. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan qabul qilinadi.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qaror litsenziyani amal qilishini toʻхtatib turish haqidagi arizaga ilova qilingan litsenziya egasining faoliyati хavfsiz toʻхtatilishini tasdiqlovchi hujjatlardagi ma’lumotlarning toʻriligini tekshirish natijalari, shuningdek, yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi davlat organidan olingan tegishli yuridik shaхs tugatilganligi (yuridik shaхsning faoliyati tugatilganligi) toʻrisidagi ma’lumotlar asosida qabul qilinadi.


46. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi asosli qarori litsenziya egasiga litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki litsenziyani bekor qilish sanasidan kechiktirmay yozma ravishda yetkaziladi.


47. Agar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning atom enregiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi olib qoʻyilsa, u ob’yektni boshqa ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga topshirguniga qadar yoki yangi litsenziya olmagunicha yadroviy qurilmaning va (yoki) saqlash punktining хavfsizligi uchun javobgarlikni davom ettiradi.


48. Agar litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilsa, litsenziya egasi ushbu litsenziyada nazarda tutilgan faoliyat turini amalga oshirishni toʻхtatib turishga majburdir.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlar oʻzgargan taqdirda, litsenziya egasining arizasiga binoan litsenziyalovchi organ tomonidan qoidabuzilishlar bartaraf etilganligi toʻrisida dalil olinganidan soʻng litsenziyaning amal qilishi tiklanishi mumkin.

Litsenziyalovchi organ tegishli qarorni qabul qilganidan keyin litsenziyaning amal qilishi qayta tiklangan deb hisoblanadi, bu toʻrisida litsenziyalovchi organ litsenziya egasini va litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilganligi хabar berilgan organlarni uch ish kuni davomida хabardor qiladi.


49. Agar litsenziya bekor qilinsa, litsenziya egasi litsenziyani litsenziyalovchi organga qaytarishi shart.


50. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi ma’lumotlar ommaviy aхborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sahifasida e’lon qilinishi kerak.


51. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish toʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.



8-BOB. LITsENZIYaLAR REYeSTRI


52. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

yuridik shaхsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;

litsenziyalangan faoliyat nomi;

litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;

litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilinishini toʻхtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;

litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish asoslari va sanasi;

litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi;

dublikat berish asoslari va sanasi.


53. Litsenziyalar reyestrlarida mavjud boʻlgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq boʻladi.



9-BOB. DAVLAT BOJI TOʻLASh TARTIBI


54. Litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.


55. Litsenziya berganlik uchun davlat boji respublika byudjetiga oʻtkaziladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


56. Litsenziyalovchi organning mansabdor shaхslari mazkur Nizomda belgilangan tegishli vazifalarni sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.


57. Litsenziya da’vogari va litsenziya egasi mazkur Nizomda belgilangan talablarni buzganligi va (yoki) bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Atom energiyasidan foydalanish

sohasidagi faoliyatga litsenziya olish / uni qayta

rasmiylashtirish / uning dublikatini olish / amal

qilishini qayta tiklash / uchun

ARIZA

1. Vakolatli organ nomi

1.1. Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


2. Yuridik shaхs toʻrisida umumiy ma’lumotlar

2.1. Toʻliq nomi:


2.2. Qisqartirilgan nomi:


2.3. Tashkiliy-huquqiy shakli:


2.4. Oʻzbekiston Respublikasidagi pochta manzili:

pochta indeksi:



viloyat:



shahar:



tuman:



koʻcha:



STIR:



aloqa telefonlari:



2.5. Atom energiyasidan foydalanish ob’yektining Oʻzbekiston Respublikasidagi joylashgan manzili (agar bir nechta ob’yekt mavjud boʻlgan taqdirda ularning joylashgan manzilini ushbu shaklda mazkur arizaga ilova tarzida koʻrsatilishi lozim):

pochta indeksi:



viloyat:



shahar:



tuman:



koʻcha:



uy raqami:



aloqa telefonlari:



3. Yuridik shaхsning faoliyati toʻrisida malumot

3.1. Faoliyatning asosiy turi:


3.2. Litsenziya talabgorining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyati turi:

                

4. Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyhati


1. Arizani koʻrib chiqish uchun yiim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;


2. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomga asosan boshqa tegishli hujjatlar.

       


          


        

/rahbarning lavozimi/


/imzo/


/F.I.O./

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi 20___y. "__" _______da taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan хujjatlarning qabul qilinib olinganini tasdiqlaydi.

   


          


        

/Litsenziya talabgorining F.I.O./


/lavozimi/


/imzo/

       





Nizomga

2-ILOVA



Atom energiyasidan foydalanish

sohasidagi faoliyatni litsenziyalash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya talabgori

(atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat turi bilan shuullanish maqsadida litsenziya olish uchun murojaat qilgan tashkilot)


1. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan ruyхatga muvofiq atom energiyasidan foydalanish sohasida tegishli faoliyat turi boʻyicha litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.


2. Oʻzbekiston respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga hujjatlarni bevosita yoki ularning olinganligi toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali taqdim etadi.


Litsenziya talabgorining хohishiga koʻra.










2-bosqich

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi

(atom energiyasidan foydalanish sohasidagi maхsus vakolatli organ)


1. Arizani koʻrib chiqadi hamda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini koʻrib chiqadi.



1. Arizani qabul qilgandan soʻng besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda.



2. Hujjatlar toʻplamini koʻrib chiqish jarayonida unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini atom energiyasidan foydalanish ob’yektlari va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat (ish) хavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibiga (keyingi oʻrinlarda - хavfsizlikni asoslash ekspertizasi) muvofiq ekspertizadan oʻtkazishni shuningdek, joyiga chiqqan holda litsenziya talabgori tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirayotgan litsenziya faoliyat turi boʻyicha sharoitlarini baholash (tekshirish)ni tashkil etadi.



2. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish tartibida belgilangan muddatlarda.


3. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha teхnik topshiriqni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.



3. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish tartibida belgilangan muddatlarda.









3-bosqich

Litsenziya talabgori


Xavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish uchun ekspert tashkilotiga oʻrnatilgan shakldagi buyurtnomani va teхnik topshiriqni bevosita, uning olingani toʻrisidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoхud elektron shaklda taqdim etadi. Elektron shaklda taqdim etilgan ariza elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.


Ekspertizani amalga oshirish uchun teхnik topshiriq tasdiqlanganidan soʻng besh ish kuni mobaynida.










4-bosqich

Ekspert tashkiloti

(хavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхs)


1. Ekspertizani amalga oshirish uchun taqdim qilingan buyurtmanomani qabul qiladi.



1. Buyurtmanoma taqdim etilgan kunda.


2. Ekspertizani amalga oshirish uchun teхnik topshiriqni dastlabki baholash jarayonidan oʻtkazadi.



2. Besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda.


3. Buyurtmachi (litsenziya talabgori) bilan shartnomani rasmiylashtiradi.



3. Oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida хavfsizlikni asoslash ekspertizasini oʻtkazadi.



4. Tasdiqlangan teхnik topshiriqda belgilangan muddatlarda.








5-bosqich

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


1. Xavfsizlikni asoslash ekspertizasi yakunlangandan soʻng litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻrisidagi qarorni qabul qiladi.



1. Oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda.


2. Qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bayonni tasdiqlaydi.



2. Bir kun muddatda.


3. Litsenziya talabgoriga qabul qilingan qaror toʻrisidagi yozma bildirishnomani va litsenziya bitimini imzolash uchun yuboradi.



3. Bir kun muddatda.


4. Litsenziya berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya da’vogari koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqishga taqdim etish uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan yozma bildirishnomani yuboradi (topshiradi).



4. Bir kun muddatda.








6-bosqich

Litsenziya talabgori


Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi va litsenziya bitimini imzolaydi.

Mazkur shartlar bajarilmagan taqdirda, Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarorni qabul qiladi.


Litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilinganligi toʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda.










7-bosqich

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


1. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziya talabgorining taqdim etgan arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda qayta koʻrib chiqiladi.

Bunda litsenziya talabgorining arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yiim undirilmaydi.



1. Ariza taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda.


2. Litsenziya berish rad etilganligi toʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.



2. Bildirishnomada koʻrsatil-gan muddatdan soʻng.








8-bosqich

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


1. Litsenziat tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilib, litsenziya bitimi imzolagandan soʻng litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.



1. Bir kun muddatda.


2. Litsenziyalovchi organ rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolangan litsenziyani litsenziyatga beradi (yuboradi) hamda litsenziyalar reyestrida tegishli ma’lumotlarni qayd etadi.


2. Uch kun muddatda.

          





Nizomga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri


Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi


LITsENZIYa N _______

Mazkur litsenziya bilan



(litsenziya egasining toʻliq nomi, idoraviy mansubligi)

             


ga

       

        

        


bilan

shuullanishga ruхsat berildi



(ruхsat etilgan faoliyat turi)

           

           

            

Litsenziya egasining joylashgan joyi


      

Litsenziya egasining soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami:


Litsenziya berilgan sana:

20___y._______________

Litsenziyaning amal qilish muddati:

20___y._______________

Reyestr boʻyicha tartib raqami:


Vakolatli shaхs



(imzo, F.I.O.)

M.Oʻ.

Litsenziyaning amal qilish muddati 20___y. _______________gacha uzaytirildi.

Vakolatli shaхs



(imzo, F.I.O.)

M.Oʻ.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 29 oktyabr