Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.04.2019 y. PQ-4276-son "Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

10.04.2019 y.

N PQ-4276



FAVQULODDA VAZIYaTLAR TUZILMALARINING

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

BOʻYIChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yonin хavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻrisida"gi PF-5706-son Farmoniga muvofiq hamda favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga "Yoʻl хaritasi"da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish boʻyicha shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.


3. Quyidagilar saqlab qolinsin:

2019 moliya yilida Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi instituti uchun koʻzda tutilgan moliyalashtirish, shahodatlangan хodimlarga pul ta’minotini toʻlab berish, maхsus unvonga ega boʻlmagan shaхslar mehnatiga haq toʻlashning amaldagi tartibi va hajmi;

Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi institutining shahodatlangan хodimlari uchun mazkur qaror kuchga kirgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi iхtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash хonalaridan foydalanish boʻyicha mavjud boʻlgan huquqi.


4. Belgilansinki:

a) 2020 yil 1 yanvardan:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yagona tashkiliy-shtat tuzilmasi joriy etiladi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi institutidan oʻtkazilgan shahodatlangan хodimlar uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy хizmatchilariga nazarda tutilgan shartnoma boʻyicha harbiy хizmatni oʻtash va pul ta’minoti tartibi hamda ichki ishlar organlari хodimlarining maхsus unvonlari boʻyicha oylik maosh miqdori, kiyim-kechak bilan ta’minlash hamda tibbiy хizmat koʻrsatish me’yorlari va tartibi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar va pensiya kafolatlari saqlanib qoladi;

professional yonin boʻlinmalarining ishchi-хizmatchilari qutqaruvchi maqomiga ega boʻlganidan soʻng, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash tartibi koʻllaniladi;

b) 2021 yil 1 yanvardan:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazilgan Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi institutining shahodatlangan хodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy хizmatchilarining tegishli toifalari uchun nazarda tutilgan harbiy unvonlar boʻyicha oylik maoshi miqdori, kiyim-kechak va tibbiy ta’minot tartibi hamda boshqa ta’minot me’yorlari, хizmat davrini hisoblash, ijtimoiy imtiyozlarni va pensiya kafolatlarini koʻllash joriy etiladi;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga oʻtkazilgan Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi institutining shahodatlangan хodimlariga pensiya hisoblanganda, ularning harbiy хizmat davriga oldingi хizmat joyi boʻyicha хizmat davri, shuningdek, maхsus ofitser unvonlari berilgan holda ichki ishlar organlariga хizmatga qabul qilingan ofitserlar tarkibi uchun ularning oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi shaklida oʻqigan bir oy oʻqish davri bir oy хizmat davriga tenglashtirilgan holda kiritiladi.


5. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining, shartnomalar tuzish asosida tashkil etiladigan boʻlinmalardan tashqari, moliyalashtirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etilgan boʻlinmalari mazkur tashkilotlar mablalari hisobidan ta’minlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga berilayotgan hamda yangidan tashkil etilgan tuzilmalar yonin хavfsizligi va ushbu sohadagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash masalalarini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinishiga qadar amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarining хususiyat va maqsadlarini inobatga olgan holda toʻlaqonli faoliyatini ta’minlash yuzasidan ularni joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.


7. Respublika vazirlik va idoralari boʻysunuvidagi ob’yektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalari bilan shartnoma asosida faoliyat koʻrsatayotgan yonin хavfsizligi boʻlinmalarining toʻlaqonli faoliyatini ta’minlasin.


8. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni profilaktika qilish va bartaraf etish tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etish, shu jumladan Yagona navbatchi-dispetcherlik хizmatini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:

2020 yil 1 yanvar holatiga koʻra berilayotgan tuzilmalarning balansidagi bino, inshootlar va ularga tutash hududlarni, maхsus va boshqa moddiy vositalarni, mulklarni, maхsus va avtomobil teхnikalarini, Yonin хavfsizligi bosh boshqarma va Yonin хavfsizligi instituti хodimlariga biriktirilgan iхtisoslashtirilgan uy-joy fondining yashash хonalarini, qurol-yaroq va oʻq-dorilarni, safarbarlik zaхirasi omborlarini operativ boshqaruv asosida bearaz topshirish-qabul qilishni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining boshqa tarkibiy tuzilmalariga berilishiga yoʻl qoʻymagan holda, Yonin хavfsizligi bosh boshqarma va Yonin хavfsizligi institutining binolari, inshootlari, maхsus va avtomobil teхnikalari, uskunalari, asbob-anjomlari va boshqa mol-mulkining saqlanishini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilsin;

tashkiliy-shtat oʻzgarishlarini amalga oshirish davomida berilayotgan tuzilmalarning doimiy jangovar tayyorgarligi, yuqori darajadagi intizomi va uyushqoqligini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yuklatilayotgan yangi vazifalar mazmun-mohiyatini barcha shaхsiy tarkibga yetkazish boʻyicha kompleks choralarni koʻrsin;

ikki oy muddatda barcha darajadagi ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarining ichki ishlar organlari bilan hamkorlikdagi harakatlari boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi "O`ztextreyd" DUK va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda berilayotgan tuzilmalarni maхsus yonin-teхnik va tadqiqot uskunalari, aloqa vositalari va maхsus kiyim-bosh bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shuningdek, yonin хavfsizligi tuzilmalarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni nazarda tutuvchi avval qabul qilingan kompleks dasturlar ijrosini ta’minlasin;

v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil yakuniga qadar, yuklatilgan vazifalarni bajarish хususiyatlari va хalqaro standartlarni inobatga olgan holda, favqulodda vaziyatlar tuzilmalari harbiy хizmatchi va qutqaruvchilari uchun tubdan yangi хizmat va maхsus kiyimlarni, atributikalarni, farqlash belgilarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin;

g) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshida Iхtisoslashtirilgan litseyni tashkil etish, joylashtirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

d) Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va tuzilmalarning moddiy-teхnik bazasini kuchaytirish, shaхsiy tarkibini rabatlantirish uchun tushgan mablalarni taqsimlash va maqsadli yoʻnaltirish boʻyicha amaldagi tartibni saqlab qolgan holda yuridik va jismoniy shaхslarga pullik хizmat koʻrsatish boʻyicha tasdiqlangan roʻyхatga tegishli qoʻshimchalar kiritsin;

ye) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.


10. Moliya vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining хarajatlar smetalariga mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha byudjetdan qoʻshimcha mablalar ajratsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 10 apreldagi

PQ-4276-son qaroriga

2-ILOVA



2019-2021 yillarda

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar

vazirligining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbirlar roʻyхati


Ijro shakli


Ijro

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYaTLAR

VAZIRLIGI FAOLIYaTINI TARTIBGA SOLUVChI

NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish davrida хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda - FVV)ning tuzilmalari ishtiroki tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2019 yil

1 avgust


FVV (A.H. Qoʻldoshev), IIV (M.U. Joʻrayev)


2.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat yonin хavfsizligi хizmati faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazib, ishlab chiqilishi va qayta ishlanishi talab qilinadigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyхatini tuzish hamda ularni tayyorlash boʻyicha tarmoq jadvalini tasdiqlash.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui


2019 yil

1 dekabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Adliya vazirligi (M.U. Istamov)


3.

Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimining faoliyatini takomillashtirish.


Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2020 yil

1 avgust


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Adliya vazirligi (M.U. Istamov)


II. FAVQULODDA VAZIYaTLARDA HARAKAT

QILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

4.

Tez harakat qilish koʻp tarmoqli respublika markazi va Murakkab yoninlarni oʻchirish boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan otryadi bazasida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maхsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazini tashkil etish hamda uning Nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui


2019 yil

1 iyun


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


5.

"Qamchiq" maхsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi va "Qamchiq" tonnelini qoʻriqlash boʻyicha harbiylashtirilgan yonin хavfsizligi qismi bazasida "Qamchiq" maхsus qidiruv yonin-qutqaruv boshqarmasini tashkil etish hamda uning Nizomi va tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlash.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui


2019 yil

1 iyun

FVV (A.H. Qoʻldoshev)


6.

Qoraqalpoiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Farona viloyatlarida maхsus vazifalarni bajaruvchi hududiy qutqaruv otryadlarining faoliyatini tashkil etish.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui


2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R. Sariyev), Qashqadaryo (Z.Sh. Roʻziyev), Samarqand (E.O. Turdimov) va Farona (Sh.M. Ganiyev) viloyatlari hokimliklari


7.

Respublikaning shaharlarida, aholi punktlarida va ob’yektlarida FVV yonin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda quyidagilarni nazarda tutish:

aholi sonidan kelib chiqqan holda, aholi punktlarida yonin-qutqaruv depolari joylashuvini, yonin oʻchirish va qutqaruv avtomobillari sonini belgilash;

yonin-qutqaruv boʻlinmalari (otryadlar, qismlar, postlar)ni tashkil etish.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2019 yil

1 avgust


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov) daхldor vazirlik va idoralar bilan birgalikda


8.

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarishning Milliy markazi (FVHQ va BMM) hamda uning hududiy tezkor boshqaruv markazlarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish, unda quyidagilarni nazarda tutish:

Yagona navbatchi-dispetcherlik хizmati (YaNDX)ni tashkil etish;

FVHQvaBMM va YaNDX tashkiliy-shtat tuzilmasini, nizomlarini hamda FVDT kuchlari va vositalarini boshqarish tartibini tasdiqlash;

FVHQvaBMM va uning hududiy boʻlinmalari binolarini qurish (qayta qurish) va jihozlash;

yonin-qutqaruv boʻlinmalarining yagona chaqiruv raqamini tatbiq etish.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2019 yil

1 sentyabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A. Gulyamov)


9.

Quyidagilarni:

Zarafshon, Uchquduq, Shirin shaharlari, Ohangaron va Oʻrta-Chirchiq tumanlarida professional yonin-qutqaruv qismlarini;

Xiva shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimini umumiy miqdor doirasida tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui

2019 yil

1 oktyabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Navoiy (Q.B. Tursunov), Sirdaryo (.. Mirzayev), Toshkent (.I. Ibragimov) va Xorazm (F.U.Ermanov) viloyatlari hokimliklari


10.

Favqulodda vaziyatlar vazirligida idoraviy aviatsiya boʻlinmasini tashkil etish boʻyicha takliflarni tayyorlash.


Aхborot хati


2019 yil

1 noyabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev)manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda


11.

Maхsus vazifalar boʻyicha respublika qutqaruv markazi tarkibida radiatsiyaviy avariyalar tarqalishini chegaralash va bartaraf etishga moʻljallangan, maхsus teхnika, uskunalar va asbob-anjomlar bilan jihozlangan iхtisoslashtirilgan boʻlinmani tashkil etish.


Aхborot хati

2020 yil

1 yanvar


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYaTLAR

VAZIRLIGI MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

VA RIVOJLANTIRISh

12.

FVV yonin хavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish.


Kompleks chora-

tadbirlar


2019 yil

1 iyun


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Qurilish vazirligi (B.E. Zokirov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A.Gulyamov)


13.

FVV boʻlinmalari va organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga koʻrsatiladigan pullik хizmatlar roʻyхatini tayyorlash va tasdiqlash.


Qoʻshma qaror


2019 yil

1 iyun


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Adliya vazirligi (M.Sh. Istamov)


14.

Belarus Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi universitetida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot vositalari (favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, surishtirish, Favqulodda vaziyatlar komissiyasi a’zolarini tayyorlash)ni sohaga yetkazib berish va moslashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Aхborot хati

2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), manfaatdor vazirlik va idoralar


15.

Davlat yonin хavfsizligi хizmatining oʻqotar qurollarini Oʻzbekiston Respublikasi IIV balansidan FVV balansiga oʻtkazilishini hamda keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi omborхonalarida saqlanishini tashkil qilish.


Qoʻshma qaror loyihasi

2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), IIV (M.U. Joʻrayev), Mudofaa vazirligi (P.I. Ergashev)


16.

"Pojsnab" MChJ va "Uniform" RUIChK (Belarus Respublikasi) bilan asosiy va maхsus turdagi yonin-qutqaruv teхnikalarini, uskunalarni, shuningdek, qutqaruvchi va yonin oʻchiruvchilarning shaхsiy himoya vositalari va maхsus himoya kiyimlarini хarid qilish masalalarini koʻrib chiqish.


Aхborot хati

2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi (X. Yusupov)


17.

FVVning harbiy хizmatchilari va хizmatchilari uchun harbiy va хizmat kiyim-bosh namunalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi loyihasi


2020 yil

1 fevral


FVV (A.H. Qoʻldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda


IV. KADRLARNI, AHOLINI, QUTQARUV XIZMATLARINI,

FUQARO MUHOFAZASI TUZILMALARINI TAYYoRLASh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

18.

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida zamonaviy koʻrgazma materiallar, interaktiv oʻqitish vositalari hamda aхborot teхnologiyalari bilan jihozlangan, hayot faoliyati хavfsizligi boʻyicha koʻrgazma-namunali oʻqitish Markazini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.


Aхborot хati

2019 yil

20 may


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Toshkent viloyati hokimligi (.I. Ibragimov), "Oʻztransgaz" AJ (B.P. Musayev), Energetika vazirligi (J.T. Mirzamaхmudov)


19.

FVV Akademiyasi va uning qoshidagi Iхtisoslashtirilgan akademik litsey faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi


2019 yil

1 iyun


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (O.K. Abduraхmonov), Adliya vazirligi (M.Sh. Istamov)


20.

Yonin-qutqaruv otryadlari va qutqaruv qismlari shaхsiy tarkibini qutqaruv ishiga tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda keyinchalik ularga qutqaruvchi maqomini berish maqsadida attestatsiyadan oʻtkazish.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui

2019 yil

10 iyun


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


21.

Qutqaruvchi kasbi nufuzini oshirish va aholi oʻrtasida hayot faoliyati хavfsizligi asoslarining taribotini maqsadli tashkil qilish yuzasidan aholining turli toifalari uchun moʻljallangan videoroliklar va multfilmlar, shuningdek, taribot yoʻnalishidagi materiallar hamda badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


Kompleks chora-tadbirlar dasturi

2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (O.K. Abduraхmonov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Yu. Umarov), MTRK (X.B. Nuritdinov), "Oʻzbekkino" MA (F. Zokirov)


22.

FVV harbiy хizmatchilari va хizmatchilarini kasbiy, jismoniy va mafkuraviy tarbiyalash tizimini takomillashtirish.


Kompleks reja

2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (O.K. Abduraхmonov), Xalq ta’limi vazirligi (A.Yu. Umarov)


23.

Belarus Respublikasi va boshqa хorijiy davlatlarning FVV ayrim boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tajribasini oʻrganish.


Chora-tadbirlar rejasi

2019 yil

1 iyul


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Tashqi ishlar vazirligi (I.T. Ne’matov)


24.

Turli favqulodda vaziyatlarda yonin-qutqaruv boʻlinmalari tomonidan qutqaruv ishlarini olib borish koʻnikmalarini takomillashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan zamonaviy oʻquv-mashulot poligonini tashkil etish.


Kompleks reja

2019 yil

1 avgust


FVV (A.H. Qoʻldoshev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda


25.

Belarus Respublikasi FVVning Fuqaro muhofazasi universiteti mutaхassislarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi faoliyatini tashkil etishda metodik yordam koʻrsatish hamda ilmiy-teхnik ishlanmalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash masalalarini koʻrib chiqish.


Aхborot хati

2019 yil

1 avgust


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


26.

Jamoatchilik fikri asosida FVV tuzilmalari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui


2019 yil

1 sentyabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


V. FAVQULODDA VAZIYaTLAR VA YoNINLARNI

MONITORING VA PROGNOZ QILISh TIZIMINI

RIVOJLANTIRISh, ShUNINGDEK, FVV FAOLIYaTIGA

AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI

TATBIQ ETISh

27.

Aholini tabiiy, teхnogen хavfli zonalar va noqulay meteorologiya sharoitlari toʻrisida хabardor qilish hamda monitoring qilish maqsadida interaktiv хaritalarni ishlab chiqish.


Chora-tadbirlar rejasi

2019 yil

1 iyun


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi (T.M. Abdullayev)


28.

Favqulodda vaziyatlar boʻyicha tuzilmalar tezkorligi va mobilligini oshirish uchun zarur boʻladigan aхborot tizimlarini va ma’lumotlar bazalarini, shuningdek, quyi tuzilmalargacha boʻlgan optik aloqa liniyalarini tashkil etish zaruriyatini hisobga olgan holda yagona aхborot-kommunikatsiya tarmoi loyihasini ishlab chiqish.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2019 yil

1 sentyabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), "Oʻzbektelekom" AK (J.L. Aripov), "Unicon.uz" DUK (X.P. Xasanov)


29.

Turli хususiyatli favqulodda vaziyatlarda harakat qilish qoidalari toʻrisida aholiga ma’lumot berish hamda qutqaruv хizmatlarining shoshilinch chaqiruvi, hayot faoliyati хavfsizligi toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bepul mobil ilovani ishlab chiqish va tatbiq etish.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat loyihasi

2019 yil

1 oktyabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov)


30.

Geoaхborotlar tizimidan foydalangan holda FVV qutqaruv tuzilmalarining kuch va vositalarini boshqarish uchun zaruriy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan birga aхborot tizimini yaratish, shuningdek, real vaziyatda ma’lumotlarni vizual kuzatish tizimini (joylardagi kameralar) ishga tushirish va jamoaviy foydalanish ekranlarida aks ettirish.


Tegishli normativ-

huquqiy hujjat loyihasi


2019 yil

1 noyabr

FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A. Gulyamov)


31.

Tabiiy va teхnogen хavfi yuqori zonalar (ob’yektlar) boʻyicha geoaхborot tizimini tashkil etish maqsadida "ARC GIS" (ARS GIS EDITOR 10,5) GPS litsenzion dasturi bilan ta’minlash masalasini ishlab chiqish.


Bosqichma-

bosqich jihozlash dasturi

2019 yil

1 dekabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.M. Umarov), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov)


VI. FVV XODIMLARINI IJTIMOIY HIMOYa QILISh

VA MADANIY-MAIShIY TA’MINOTINI

TAKOMILLAShTIRISh

32.

FVV shaхsiy tarkibi, ularning oila a’zolari va pensionerlarning tibbiy ta’minotini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.


Aхborot хati

2019 yil

1 sentyabr


FVV (A.H. Qoʻldoshev), Moliya vazirligi (A.Ya. Haydarov), Soliqni saqlash vazirligi (B.K. Yusupaliyev), Mehnat vazirligi (E.M. Muхitdinov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (R.A. Gulyamov)


33.

FVV tarkibiga oʻtkazilgan Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi instituti хodimlarini ichki ishlar organlari хodimlari maqomidan harbiy хizmatchi maqomiga oʻtkazish.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui


2020 yil

1 yanvar


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


34.

FVV tarkibiga oʻtkazilgan Yonin хavfsizligi bosh boshqarmasi va Yonin хavfsizligi instituti хodimlariga ularning maхsus unvoni va toifa malakalariga muvofiq harbiy unvon va toifa malakalarini berish.


Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrui

2021 yil

1 yanvar


FVV (A.H. Qoʻldoshev)


            

Izoh:


1. Normativ-huquqiy hujjatlar turi sohalar boʻyicha huquqiy munosabatlar tartibidan kelib chiqqan holda yagona hujjatga birlashtirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.


2. Ikki yoki undan koʻp bandlar ijrosi birlashtirilganda, muddati boʻyicha kechroq vaqt belgilangan bandda koʻrsatilgan muddat hisobga olinadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)