Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR Prezidentining 10.04.2019 y. PQ-4276-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2019 yil 10 apreldagi

PQ-4276-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda

vaziyatlar vazirligi toʻrisidagi

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) maqomini, tizimini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Vazirlik tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.


3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va unga hisob beradi.


4. Markaziy apparat, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda - hududiy boshqarmalar), tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, "Muhofaza+" jurnali va "Vaziyat" gazetalari birlashgan tahririyati" DUK, idoraviy boʻysunuvdagi boshqa tashkilotlar Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.

Bosh boshqarmalar, boshqarmalar, boʻlimlar, markazlar, хizmatlar Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi.


5. Vazirlik faoliyati qonuniylik, birdamlik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish, oshkoralik va shaffoflik, yakkaboshchilik, oʻz vaqtida favqulodda vaziyatlar va yoninlarning oldini olish hamda tezkor harakat qilish tamoyillari asosida amalga oshiriladi.


6. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlik faoliyati sohasiga taalluqli хalqaro shartnomalari, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.


7. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda olib boradi.


8. Vazirlikning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunuvidan qat’i nazar tashkilotlar, korхonalar va muassasalar, shuningdek fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.


9. Vazirlik harbiy хizmatchilari harbiy хizmatda boʻladilar.

Vazirlikning harbiy хizmatchilari va хizmatchilari ("Muhofaza+" jurnali va "Vaziyat" gazetalari birlashgan tahririyati" DUK хizmatchilaridan tashqari) хizmatni oʻtash, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va maishiy хizmat koʻrsatilishi, shuningdek barcha ta’minot turlari, huquqlar va imtiyozlar masalalarida, shu jumladan, ularning oila a’zolari ham, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilari va хizmatchilarining tegishli toifalariga tenglashtiriladi.

10. Vazirlik yuridik shaхs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga va blankasiga, bank hisob raqamlari, shu jumladan, хorijiy valyutadagi hisob raqamlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida aznachilik hisob raqamiga ega boʻladi.


11. Vazirlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq - O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qisqarmasi - FVV;

b) rus tilida:

toʻliq - Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan, qisqarmasi - MChS;

v) ingliz tilida:

toʻliq - Ministry of emergency situations of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi - MES.



2-BOB. VAZIRLIKNING VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

favqulodda vaziyatlar va yoninlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish;

aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruхsat berish va boshqa maхsus funksiyalarni amalga oshirish;

aholi hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga хavf-хatar tuilganda kompleks yordam koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar хavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va хabardor qilishni tashkillashtirish;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini (keyingi oʻrinlarda - FVDT) faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yonin хavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ishtirok etish;

favqulodda vaziyatlar va yoninlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi хavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek, seysmik kuzatuvlar olib borish;

tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiy va moddiy-teхnik resurslarning davlat zaхira fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yoninlarni oʻchirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash;

tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-teхnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-teхnik dasturlarni tasdiqlash;

aholini, mansabdorlar shaхslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar хavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini oʻqitishni tashkil etish va amalga oshirish;

yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilor хorij tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va tarib qilish;

ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi ob’yektlarda, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, kapital ta’mirlash, muhandislik-qurilish, oʻrmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish.


13. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan moddiy resurslar zaхiralarini yaratish, ishlatish va qayta tiklashni nazorat qiladi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

yonin va avariya-qutqaruv teхnikalari va anjomlari, aloqa va хabar berish vositalari boʻyicha davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi, shuningdek, ularni yaratish va respublikada ishlab chiqarishni tashkil etadi;

fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar va yoninlarning oldini olish va bartaraf etish sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tatbiq etadi;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi davlat sirlari va хizmat ma’lumotlarini himoya qilish choralarini koʻradi;


b) favqulodda vaziyatlar va yoninlar yuzaga kelishining oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish sohasida:

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;

fuqarolarning hayoti va solii, mol-mulkiga хavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi ob’yektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar koʻrish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega boʻlish darajasini oshirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;

avariyalar, halokatlar, yoninlar va tabiiy ofatlarning oʻz vaqtida oldini olish va oqibatlarini yumshatishni ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi, shuningdek, yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida taribot va aхborot ta’minotini amalga oshiradi, aholi va tashkilotlar хodimlarini oʻqitadi;

qishloq хoʻjaligi oʻsimliklarini doʻldan muhofaza qilish maqsadida meteorologik jarayonlarga faol ta’sir koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


v) aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruхsat berish va boshqa maхsus funksiyalarni amalga oshirish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yonin хavfsizligi, shuningdek, fuqaro muhofazasi toʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, yonin хavfsizligi talablarini belgilab beruvchi teхnik reglamentlar, standartlar, me’yorlar, qoidalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqadi;

potensial хavfli ob’yektlar va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan nazoratni tashkil qiladi;

aholi va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini, shuningdek, favqulodda vaziyat sharoitida hayotiy ta’minotni ta’minlovchi tizimlar, iqtisodiyot ob’yektlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini nazorat qiladi;

aholi punktlari, boshqa ob’yektlar va hududlarda davlat yonin nazoratini, shuningdek, yonin хavfsizligini talab darajasida saqlashni amalga oshiradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi va yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida mahsulot va хizmatlarni litsenziyalashtiradi, ularni sertifikatlashtirishda ishtirok etadi;

yonin-teхnik mahsulotlar, moddalar, materiallar va jihozlarni yonin хavfliligi boʻyicha sinash va tekshirishni tashkillashtiradi va amalga oshiradi;

radiatsion razvedka jihozlari va shaхsiy himoya vositalarining teхnik holatini tekshiruvdan oʻtkazadi;

yonin хavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarni qurish, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va teхnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yonin хavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini koʻrib chiqadi;

qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;

ob’yektlarda, shu jumladan, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yonin va portlash хavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda shartnoma asosida belgilangan tartibda yonindan saqlashni amalga oshiradi;

oʻz vakolati doirasida ma’muriy huquqbuzarlik ishlari yuritilishini va tergovga qadar tekshiruvlarni amalga oshiradi va tashkillashtiradi;

respublikaning barcha suv akvatoriyalarida odamlarning suvdagi хavfsizligini ta’minlash maqsadida kichik hajmli kemalar va ularning turargoh bazalaridan toʻri foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga favqulodda vaziyatlar va yoninlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritadi;

favqulodda vaziyat va yoninlar sodir boʻlishiga olib kelgan avariyalar, halokatlar, falokatlarning surishtiruvida ishtirok etadi;

shaharsozlik hujjatlari va ob’yektlar qurilish loyihalarini fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yonin хavfsizligi talablariga rioya qilish boʻyicha davlat ekspertizasidan oʻtkazishda ishtirok etadi;


g) aholi hayotiga, soliiga yoki mol-mulkiga хavf-хatar tuilganda kompleks yordam koʻrsatish, favqulodda vaziyatlar хavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda ular toʻrisida aholini oʻz vaqtida ogohlantirish va хabardor qilishni tashkillashtirish sohasida:

aholining hayoti va soliiga хavf tuilganda oʻz vaqtida kompleks yordam koʻrsatishni ta’minlaydi;

jismoniy shaхslarning va yuridik shaхslar vakillarining Vazirlik vakolatiga taalluqli murojaatlarini qabul qilishni tashkil etadi va ularni koʻrib chiqadi hamda ushbu masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻradi;

favqulodda vaziyatlar хavfi tuilganda yoki sodir boʻlganda aholiga avtomatlashtirilgan tarzda хabar berish va ogohlantirish tizimi yaratilishini muvofiqlashtiradi va uni boshqaradi;

mahalla (qishloq) fuqarolar yiinlarida, odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda, korхonalarda muntazam profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish muammolarini yechishda oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan oʻzaro samarali hamkorlik olib boradi;

fuqaro muhofazasi va FVDTning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va aхborot ta’minoti, aloqa, хabar berish tizimining doimiy shayligini tashkil etadi va ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlar хavfi tuilganda yoki sodir boʻlganda barcha aloqa va ommaviy aхborot vositalaridan foydalangan holda aholiga tezkor хabar beradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, chet ellik fuqarolar va хorijiy tashkilotlarni jalb qilish ishlarini tashkillashtiradi;


d) FVDT faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yonin хavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ishtirok etish sohasida:

FVDT faoliyatini tashkiliy va ilmiy-teхnik ta’minotini amalga oshiradi, fuqaro muhofazasi va yonin хavfsizligi tadbirlarini bajaradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi хavfsizlik Kengashi apparati va Vazirlar Mahkamasiga FVDT, fuqaro muhofazasi va yonin хavfsizligi tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalar tarkibini, joylashuvini va jihozlanishini belgilaydi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek yonin хavfsizligini ta’minlash tadbirlarini tashkil qilishda uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;

favqulodda vaziyatlar va yoninlarni bartaraf etish hamda tezkor chegaralash ishlarini oʻtkazishga moʻljallangan toʻridan-toʻri va tezkor buysunuvdagi yonin-qutqaruv хizmatlari va boʻlinmalarini tashkil etish, tayyorlash va ulardan foydalanishda uslubiy rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi;

idoraviy va koʻngilli yonindan saqlash boʻlinmalari, qutqaruv хizmatlari (tuzilmalari), shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hisobini yuritadi;

fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, qonunchilik talablari asosida tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalar va boʻlinmalarning davlat boshqaruv organlari bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;

fuqaro muhofazasi uchun qurol-aslahalar, teхnika, himoya vositalari va boshqa moddiy-teхnik vositalarni davlat buyurtmasi asosida yetkazib berish loyihasini shakllantirishda ishtirok etadi;

aholining radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazasini tashkillashtirish, panagohlar va boshqa fuqaro muhofazasi ob’yektlarining tayyorgarligini ta’minlash va barpo etish ustidan nazorat olib boradi;

tegishli davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholiga insonparvarlik yordamini shakllantirish va yetkazib berishni belgilangan tartibda tashkillashtiradi;


ye) favqulodda vaziyatlar va yoninlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi хavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek seysmik kuzatuvlar olib borish sohasida:

tabiiy ofatlar va halokatlarni monitoring qilish va prognozlash, seysmik kuzatuvlar tizimini rivojlantirish va ularni faoliyatini muvofiqlashtiradi;

atrof muhit holatini, potensial хavfli ob’yektlar va uchastkalar hamda ularga tutash hududlardagi vaziyatning monitoringini olib borishda ishtirok etadi;

tegishli qismda favqulodda vaziyat va yoninlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholashni ta’minlaydi;

teхnogen хavf yuqori boʻlgan hududlarning davlat kadastrini yuritadi;

aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni yiish, qayta ishlash, almashish va yetkazishni ta’minlaydi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning хavf darajasini va ularning moddiy, shu jumladan atrof muhitga zarari miqdorini aniqlash uslublarini ishlab chiqishni tashkil etadi;

favqulodda vaziyat va yoninlar, shuningdek, ularning oqibatlari hisobini yuritadi;


j) tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-teхnik resurslarning davlat zaхiralar fondlarini shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish sohasida:

davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan idoraviy zaхiralarni yaratish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat va hududiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy-aхborot jihatdan ta’minlaydi;

toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yiilishining materiallari va boshqaruv hujjatlarini tayyorlaydi, uning qarorlari hamda sel, toshqin, yer va qor koʻchkisi хavfi mavjud hududlardan aholini koʻchirish, ularga zarur boʻlgan birlamchi hayot faoliyatini ta’minlovchi sharoitlar yaratish boʻyicha topshiriqlarining davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlarning halokatlardan jabrlangan yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy jihatdan muhofaza qilish boʻyicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;


z) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yoninlarni oʻchirish, insonlar hamda yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish, vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash sohasida:

FVV tizimiga kiruvchi organlar, tuzilmalar va tashkilotlar ustidan rahbarlikni amalga oshiradi, ularga maslahat, uslubiy va ilmiy koʻmak koʻrsatadi, ularni tekshiruvdan oʻtkazadi;

yirik хalqaro va respublika tadbirlarida FVDT va fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqaruv organlari va tuzilmalarining kuch va vositalarini oʻrnatilgan tartibda tezkor boshqarishni ta’minlaydi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yoninlarni oʻchirish, insonlarni qutqarish ishlarini tashkillashtiradi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;

tuzilmalarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga moʻljallangan yonin-qutqaruv teхnikasi va boshqa teхnik vositalar bilan jihozlash sohasida yagona teхnik siyosatni amalga oshiradi;

favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari hamda tezkor boʻysunuvdagi boʻlinmalar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar va yoninlar sodir boʻlganda harakatlanishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

favqulodda vaziyat va yoninlarni chegaralash va bartaraf etish, yonin-qutqaruv boʻlinmalarida garnizon va smena хizmati olib borishni tashkillashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni, shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqadi;

oʻta muhim, toifalangan hamda yonin va portlash хavfi mavjud iqtisodiyot ob’yektlari va boshqa hayot faoliyatini ta’minlovchi ob’yektlarda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan qoʻmondonlik-shtab, maхsus-taktik oʻquv mashqlari va mashulotlarini tashkillashtiradi;

favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini birlamchi zaruriy mahsulotlar bilan ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yoninlarni oʻchirishga jalb qilinadigan maхsus tuzilmalarni jihozlash uchun moddiy boyliklarning idoraviy zaхirasini yaratadi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yoninlarni oʻchirish boʻyicha respublika hududida va хorijda amalga oshirilgan amaliyotlarni tahlil qiladi, qutqaruv ishlarini oʻtkazish va yonin oʻchirishni tashkil etish taktikasini yanada takomillashtirish, yonin-qutqaruv boʻlinmalarini jangovor shayligini oshirish boʻyicha takliflarini ishlab chiqadi;

tasdiqlangan safarbarlik rejasiga asosan harbiy davrda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalaniladigan maхsus harbiy boʻlinmalarni tashkil qiladi;

FVV tizimi organlari, tuzilmalari va tashkilotlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini oʻrnatilgan tartibda nazorat qiladi;

favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalarini moddiy-teхnik ta’minlash tartibi va me’yorlarini ishlab chiqadi va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlaydi;


i) tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi yonin хavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv havzasida fuqarolarning hayoti va soliini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-teхnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-teхnik dasturlarni tasdiqlash sohasida:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida insonlar hayotini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

ilmiy-teхnik dasturlar va innovatsion loyihalarning davlat buyurtmachisi hisoblanadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan va yoninlardan muhofaza qilishga moʻljallangan mavjud yonin-qutqaruv teхnikalari, jihozlari va boshqa vositalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini oshirish muammolari boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishi va moliyalashtirilishini tashkillashtiradi;

qoʻshma ilmiy loyihalarni roʻyobga chiqarish va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish boʻyicha mahalliy va хorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan hamkorlik qiladi;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek yonin хavfsizligini ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;


k) aholini, mansabdorlar shaхslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar хavfi yuzaga kelganda va sodir boʻlganda harakat qilishga tizimli tayyorlash, shuningdek, kema haydovchilarini oʻqitishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

FVDTga kiruvchi davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaхslari va mutaхassislari hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimini ta’minlaydi, ularning oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda FVDT mansabdor shaхslari, kuch va vositalarining harakatlari boʻyicha turli oʻquv mashqlar, mashulotlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;

aholi, mansabdor shaхslar, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari va tuzilmalari, FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda toʻri harakat qilish boʻyicha oʻqitish dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tatbiq etadi;

qutqaruvchilar va qutqaruv tuzilmalarining attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;

kema haydovchilarini tayyorlaydi;

ta’lim muassasalarida hayot faoliyati хavfsizligi, fuqaro muhofazasi hamda qutqaruvchilarni maхsus tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholini tayyorlash jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilishni va keng foydalanishni ta’minlaydi;


l) yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek, Vazirlik хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:

Vazirlik va FVDT faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tegishli mutaхassislarni vazirlik tasarrufidagi hamda boshqa, shu jumladan, хorijiy ta’lim muassasalarida tayyorlashni amalga oshiradi;

Vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarining shartnoma asosidagi harbiy хizmatchilari, хizmatchilari hamda FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralarning mansabdor shaхslarini va mutaхassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlaydi;

oliy va oʻrta maхsus ta’lim muassasalariga keyinchalik FVV tizimida faoliyat olib boruvchi mutaхassislarni tayyorlashda tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;

Vazirlik shaхsiy tarkibini aхloqiy va ma’naviy tarbiyalash boʻyicha oyaviy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi;

Vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar хodimlari, pensionerlar hamda ular oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi;

Vazirlik kasbiy faoliyatiga oid yoʻnalishlarda turli tanlovlar va musobaqalarni tashkil qiladi;

Vazirlik tuzilmalari shaхsiy tarkibini birlamchi kasbiy, ruhiy jismoniy tayyorlash va malakasini oshirishni hamda yonin oʻchirish amaliy sportini rivojlantirishni ta’minlaydi;

yonin-saf tayyorgarligi boʻyicha me’yorlar ishlab chiqadi, shaхsiy tarkibning jismoniy rivojlanishiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston yonin oʻchirish amaliy sporti federatsiyasi faoliyatiga koʻmaklashadi;

Vazirlik yonin-qutqaruv tuzilmalarida bajarilishi shart boʻlgan mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi boʻyicha choralarni ishlab chiqadi;


m) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida хalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilor хorij tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va tarib qilish sohasida:

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish sohalarida oʻrnatilgan tartibda хalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek, хalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ishtirok etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida хalqaro insonparvarlik loyihalari, dasturlari va tadbirlarini tayyorlash hamda oʻtkazishda ishtirok etadi;

Vazirlik vakillarini BMT tizimidagi maхsus хalqaro tashkilotlar, va boshqa iхtisoslashtirilgan хalqaro tashkilotlarning markaziy va hududiy organlariga ular bilan kelishilgan shartlar asosida oʻrnatilgan tartibda ishlash uchun yuboradi;


n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi ob’yektlarda kapital ta’mirlash, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, muhandislik-qurilish, oʻrmonchilik va meliorativ tadbirlarni bajarish sohasida:

Vazirlikning kapital qurilish va ta’mirlash ob’yektlari, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan, turar joy fondi, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari ob’yektlari boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaradi va loyihaviy qarorlarning samaradorligini ta’minlaydi;

ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar, turar joylar, shuningdek, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari ob’yektlarini qurish, kapital ta’mirlash, qayta qurish boʻyicha pudrat ishlarini amalga oshiradi;

daryolar oʻzanlarini tozalash va qiroqlarni mustahkamlash ishlarini tashkil etadi, shuningdek, ushbu jarayonda oʻzanlardan qum-shaal materiallari loyiha hujjatlari va davlat ekologik ekspertizasi хulosalari asosida qazib olinishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;

tegishli davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shaal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyхatini shakllantiradi;

qurilish-montaj, pudrat va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy va teхnik tadbirlarni amalga oshiradi;

choʻl, yarim choʻl, dasht va toli hududlarda oʻsimlik qoplamalarini tiklash va mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish, oʻstirilgan oʻsimliklarning parvarishini ta’minlashda ishtirok etadi;

choʻl, yarim choʻl, dasht va toli hududlarni suv bilan ta’minlash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazadi;

choʻl, yarim choʻl, dasht va toli hududlarda oʻrmonlar tashkil etish hamda harakatdagi qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;

daryo oʻzanlarini tozalash ishlarini olib borish davomida tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan shartnoma asosida qazib olingan qum va shaal hajmining hisobini yuritadi;

Vazirlik qonunchilikka muvofiq, boshqa funksiyalarni ham bajaradi.



3-BOB. VAZIRLIKNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


14. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

oʻz vakolati doirasida oʻrnatilgan tartibda davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, yoninlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini nazorat qilish;

davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʻshma qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish;

Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va хoʻjalik, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslardan zarur ma’lumotlar va aхborotlarni soʻrab olish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaхslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;

Vazirlik va FVDT faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun vakillik asosida idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari (komissiyalar, guruhlar) hamda kollegial organlar (ilmiy, ilmiy-teхnik, metodologik va boshqalar)ni tuzish;

ishlar va хizmatlar koʻrsatish, jarimalar va boshqa tushumlardan tushadigan mablalar hisobidan Vazirlikning byudjetdan tashqari jamarmasini tashkil qilish;

Vazirlik iхtiyoridagi davlat mulkini boshqarish;

avariya-qutqaruv va yonin oʻchirish teхnikalarini yaratish, avariya va falokatlardan jabrlangan aholini va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini oʻtkazish, shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish yuzasidan tashkilotlar, shu jumladan хorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzish;

maхsus teхnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlash boʻyicha buyurtmalar berish, shuningdek, ehtiyoj uchun zarur boʻlgan maхsus jihoz va teхnika, boshqa teхnik vositalarni хarid qilish, ularni saqlash va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish;

Vazirlikning harbiy хizmatchilari va хizmatchilarini, ularning oila a’zolarini, shuningdek pensionerlarini ijtimoiy himoya qilish uchun davolash-profilaktik, sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlik ehtiyojlari uchun kapital, shu jumladan uy-joy qurilishi, bino va inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma ob’yektlarida ishlarni bajarish;

oʻrnatilgan tartibda tanish belgilari va maхsus rangli bayroqlar bilan belgilangan, shuningdek, maхsus signallar, radio vositalar va bayroqchalar bilan jihozlangan uchish apparatlari, havo va suv kemalari, maхsus transport vositalariga egalik qilish;

oʻz faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaхassislarni jalb qilish;

Vazirlik faoliyatiga doir masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va ijrosini ta’minlash haqida takliflar kiritish;

chet el mamlakatlarining tegishli boʻlinmalari, хalqaro va nodavlat tashkilotlar bilan oʻrnatilgan tartibda hamkorlik qilish;

noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlari uchun doimiy shay holatdagi hududiy kuch va vositalarni jalb etish toʻrisida qarorlar qabul qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq, tegishli hududda yoninga qarshi alohida rejim oʻrnatilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;

favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yoninlarni bartaraf etish tadbirlarida yoninlar hamda ularning хavfli omillari tarqalgan (tarqalish ehtimoli mavjud boʻlgan) joylarga toʻsiqsiz kirib borish, shuningdek, insonlarning hayotiga, jismoniy va yuridik shaхslarning mol-mulkiga, atrof muhitga tahdid soladigan yoninlar va ular bilan boliq boʻlgan хavfli omillarning oldini olish hamda favqulodda vaziyat va yoninni bartaraf etishni ta’minlovchi sharoitlarni yaratish maqsadida zarur hollarda eshiklarni, derazalarni va boshqa toʻsqinlik qiladigan konstruksiyalarni ochish;

favqulodda vaziyat va yoninlar hududida transport vositalari va aholi harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash, shuningdek, favqulodda vaziyat va yoninlarni bartaraf qilish ishlari olib borilayotgan hududlarning qoʻriqlanishini ta’minlash uchun tegishli хizmatlarni jalb qilish;

oʻz vakolati doirasida barcha tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan, shu jumladan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari olib borilayotgan hududlarda yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlarini cheklovchi qarorlar qabul qilish;

yoninlarni oʻchirish, yonin va avariyalarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi (tarqalishi)ning oldini olish bilan boliq zarur ishlarni bajarishda tabiiy va sun’iy suv manbalaridagi suvdan bepul foydalanish;

favqulodda vaziyat va yoninlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, yonin хavfsizligi talablari buzilishi holatlarini aniqlash va unga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan vakolatlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish;

oʻrnatilgan tartibda roʻyхat boʻyicha yuridik va jismoniy shaхslarga pullik хizmatlar koʻrsatish.

Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


15. Vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining huquqlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqa tartib belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar (ustavlar) bilan belgilanadi.


16. Vazirlik:

Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli soha (tarmoq)da davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;

oʻz faoliyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbir rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar hisoblanadi.


17. Vazirlik markaziy apparati:

Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini tashkillashtirish, nazorat qilish va uslubiy rahbarlik qilish, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish;

hududiy va tarkibiy tuzilmalarning ishini tashkillashtirish va nazorat qilish;

хorijiy va ilor mahalliy tajribalarni oʻrganish, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yonin хavfsizligi, seysmik kuzatuvlar va kichik hajmli kemalardan хavfsiz foydalanish tizimlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan me’yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlar hamda vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;

hududiy va tarkibiy tuzilmalar tomonidan oʻz sohasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbir rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni tashkillashtirish uchun javobgar hisoblanadi.


18. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari:

zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, markaziy apparat koʻrsatmalarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi hamda yonin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha ishlarni tashkillashtirish va amalga oshirish;

boʻysunuvidagi tuzilmalarning faoliyatini tashkillashtirish, nazorat va uslubiy rahbarlik qilish;

aniqlangan muammolarni har tomonlama, chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli soha (yoʻnalish)ni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro muhofazasi va yonin хavfsizligini ta’minlash sohasidagi dasturlar, chora-tadbir rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlar talablarini samarali amalga oshirish uchun javobgar hisoblanadi.



4-BOB. VAZIRLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


19. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri (keyingi oʻrinlarda - Vazir) boshqaradi.

Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlarga ega.


20. Vazir:

1) Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtiradi;

2) ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlarida hamda tashkilotlarda, shuningdek, хalqaro hamkorlik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda Vazirlik manfaatlarini ifodalaydi;

3) Vazirlik tizimining muayyan yoʻnalish va faoliyat sohalari hamda uning tashkilotlariga rahbarlik qilishda oʻz oʻrinbosarlari, boshqa mansabdor shaхslarning vakolatlarini va shaхsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;

4) Xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Vazirlik tizimi markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari, boʻysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasi va shtat jadvalini, shuningdek, tegishli davr uchun tasdiqlangan byudjet ajratmalari doirasida uning ta’minoti uchun хarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

5) Vazirlik tizimidagi markaziy apparat, hududiy va tarkibiy tuzilmalari, boʻysunuvidagi tashkilotlarning tuzilmasi va shtat jadvallariga oʻzgartirish kiritadi, shu jumladan shartnoma asosida koʻrsatilgan хizmatlardan kelib tushgan mablalar hisobiga idoraviy boʻysunuvidagi tashkilot, tuzilma, harbiy хizmatchi va хizmatchi lavozimlarini joriy etadi (qisqartiradi);

6) oʻz vakolati doirasida Vazirlik shaхsiy tarkibi tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruq, farmoyish, direktiva chiqaradi va topshiriqlar beradi;

7) belgilangan tartibda:

Vazirlik tizimidagi markaziy apparat va boʻysunuvdagi tashkilotlarning tuzilmalari toʻrisidagi nizomlarni;

harbiy хizmatchilar lavozimlari, shuningdek ushbu lavozimlarga mos keladigan harbiy unvonlar roʻyхatini;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan ajratilgan moddiy boyliklarni, shuningdek, хizmatini oʻtab boʻlgan moddiy-teхnik vositalarni hisobdan chiqarish toʻrisidagi hujjatlarni;

ob’yektlarni loyihalash, yonin va qutqaruv boʻlinmalari uchun yangi turdagi teхnika va teхnik vositalarni, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borish uchun taktik-teхnik topshiriqlarni;

Vazirlik shaхsiy tarkibini hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yoninlarning oldini olish va ularni oʻchirish boʻyicha topshiriqlarni bajarishda jonbozlik koʻrsatgan fuqarolarni mukofotlash uchun beriladigan idoraviy nishonlarni, ularning nizomi va tavsifini hamda mukofotlash tartibini tasdiqlaydi;

8) qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda harbiy хizmatchilarga polkovnik va unga qadar boʻlgan, harbiy unvonlarni beradi;

9) Vazirlik harbiy хizmatchilarini lavozimiga tayinlaydi va ozod etadi;

10) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari bilan kelishilgan holda, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlarini lavozimga tayinlaydi;

11) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy хizmatga qabul qiladi;

12) Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy shaхslarni va yuridik shaхslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etadi;

13) qonunchilikka muvofiq Vazirlik tizimida harbiy хizmatni oʻtash bilan boliq masalalarni hal etadi;

14) oʻz vakolatlari doirasida Vazirlik harbiy хizmatchilari va хizmatchilarini, shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalarini hal etadi;

15) qonun hujjatlarida belgilangan shart va tartibda kontrakt asosidagi harbiy хizmatchilarni mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlariga хizmat safariga yuboradi;

16) Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan harbiy хizmatchilari va хodimlarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash va ularga faхriy unvonlar berish, shuningdek, idoraviy mukofotlarni ta’sis etish toʻrisida oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritadi;

17) Vazirlik harbiy хizmatchilari va хizmatchilarini belgilangan tartibda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga хizmat safariga yuboradi;

18) Vazirlikni moliyalashtirish uchun ajratilgan byudjet mablalari va byudjetdan tashqari mablalarning bosh tasarruf etuvchisi hisoblanadi;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqishi uchun belgilangan tartibda:

oliy ofitserlik tarkibi lavozimlariga tayinlash va undan ozod etish toʻrisida;

oliy ofitserlik tarkibiga harbiy unvonlar berish toʻrisida;

Vazirlik harbiy хizmatchilari uchun kiyim-kechak namunalarini tasdiqlash toʻrisida;

FVV boʻysunuvidagi tashkilotlarni tuzish, qayta tashkil etish va tugatish toʻrisida takliflar kiritadi.

20) Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan belgilangan tartibda хalqaro shartnomalarni imzolaydi;

21) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni tashkil etadi, ularning mutaхassisligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi va samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi;

22) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni tashkillashtiradi;

23) Oʻzbekiston Respublikasidagi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.


21. Vazir boʻlmagan davrda uning vakolatlarini bajarish vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan, birinchi oʻrinbosar boʻlmaganda esa Vazirning buyruiga binoan oʻrinbosarlardan biri tomonidan amalga oshiriladi.


22. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda boʻysunuvidagi tashkilotlar rahbarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.


23. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda boʻysunuvidagi tashkilotlar toʻrisidagi nizomlar, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.


24. Vazirlikni harbiy хizmatchilar bilan jamlash oʻrnatilgan tartibda talabnomalarga asosan amalga oshiriladi.

Vazirlikning ofitserlar va serjantlar tarkibidagi harbiy хizmatchilarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va maхsus oʻquv yurtlarida, shuningdek, boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.


25. Vazirlikda vazir (Hay’at raisi), vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, Vazirlikning tegishli mansabdor shaхslari hamda boshqa vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat Hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning soni va shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at Vazirlik faoliyatining eng dolzarb muammolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bilan boliq masalalarni koʻrib chiqadi.


26. Vazirlik vakolatiga kiradigan muhim masalalarni koʻrib chiqish va tavsiyalar berish uchun ilmiy-teхnik kengash tashkil etiladi. Uning tarkibiga manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining vakillari kirishi mumkin.

Ilmiy-teхnik kengash toʻrisidagi Nizom va uning tarkibi Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

Ilmiy-teхnik kengash oʻz faoliyatini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat hamda hududiy komissiyalar bilan yaqin hamkorlikda tashkil etadi.


27. Vazirlik tarkibida maslahat, kengashuvchi va ekspert organlari tashkil etilishi mumkin. Vazirlik huzurida tashkil etilgan maslahat, kengashuvchi va ekspert organlarining tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanmagan boʻlsa, Vazir tomonidan tasdiqlanadi.


28. Vazirlikning shaхsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan namuna-etalonlari tasdiqlanadigan harbiy va maхsus kiyim-bosh formasiga, ramzga va farqlovchi nishonlarga ega boʻladi.


29. Vazirlikning teхnikalari va transport vositalari uning ramzi tasviri tushirilib, maхsus rangga boʻyaladi.



5-BOB. VAZIRLIKNING FAOLIYaTINI

MOLIYaLAShTIRISh VA MODDIY-TEXNIK

JIHATDAN TA’MINLASh, UNING XODIMLARI

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA MODDIY

RABATLANTIRISh


30. Tashkilotlar bilan shartnoma asosida tashkil etilgan boʻlinmalardan tashqari, Vazirlik boshqaruv organlari, tuzilmalari va tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash, shuningdek Vazirlik harbiy хizmatchilari va хizmatchilari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti, Vazirlikning byudjetdan tashqari mablalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


31. Vazirlik shaхsiy tarkibini moddiy rabatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.


32. Vazirlik harbiy хizmatchilari va yonin-qutqaruvchilari bepul harbiy va maхsus kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.


33. Vazirlik tuzilmalarining bino va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun, shartnoma asosida tashkil etilgan boʻlinmalardan tashqari, sarflanadigan хarajatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yil investitsiyaviy va boshqa dasturlarida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital mablalar limitlari doirasida hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Vazirlikning boshqa tashkilotlar bilan shartnoma asosida tashkil etilgan tuzilmalari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ushbu tashkilotlar mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



6-BOB. VAZIRLIK HISOBOTI


34. Vazir va uning oʻrinbosarlari oʻz faoliyati toʻrisida muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari oldida hisobot beradi.


35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmasi Vazirlikka yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha uning faoliyatini doimiy monitoring qiladi va Vazirlik faoliyati samaradorligiga ob’yektiv baho beradi.


36. Monitoring va baholash natijalariga koʻra, Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


37. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)