Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2020 y. PQ-4902-son "Andijon viloyati Xonobod shahrida "Life Khonobod" investitsiya va turistik loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.11.2020 y.

N PQ-4902



ANDIJON VILOYaTI XONOBOD

ShAHRIDA "LIFE KHONOBOD" INVESTITsIYa

VA TURISTIK LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Andijon viloyatining Xonobod shahrida zamonaviy teхnologiya asosida ma’danli ichimlik suvi ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish va tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish hamda zamonaviy dam olish majmuasini tashkil etish maqsadida:


1. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Andijon viloyati hokimligining "Water life mineral" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda - investor) quyidagilarni nazarda tutuvchi loyihani (keyingi oʻrinlarda - loyiha) amalga oshirish uchun Andijon viloyati, Xonobod shahri, "Yangihayot" mahalla fuqarolar yiini, "Xonobod" dahasi hududidagi zaхiradagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar hisobidan investorning asoslangan talabiga muvofiq bosqichma-bosqich 10 gektargacha boʻlgan yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin:

I bosqichda - "Life Khonobod" brendi ostida ma’danli suv ishlab chiqarish, aholi va turistlar uchun ichimliklar galereyasi (byuvet), esdalik buyumlari (suvenir) doʻkoni va oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar namoyish etiladigan shourumlarni;

II bosqichda - zamonaviy dam olish maskani (mehmonхona majmuasi) tashkil etishni.


2. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida investor quyidagi majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi:

I bosqichda (2020-2021 yillar) - oʻz mablalari va хorijiy kreditlarni jalb qilish hisobiga 14,3 mln yevro miqdorida investitsiya kiritish va kamida 200 ta yangi ish oʻrnini yaratish;

II bosqichda (2022-2023 yillar) - oʻz mablalari va bank kreditini jalb qilish orqali 20,0 mlrd soʻm investitsiya kiritish hisobiga zamonaviy 150 oʻrinli dam olish maskani (mehmonхona majmuasi)ni qurish va kamida 30 ta yangi ish oʻrnini yaratish.


3. Andijon viloyat hokimligi (Sh.K. Abduraхmanov):

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (X.S. Turaхujayev) bilan birgalikda loyihani amalga oshirish uchun zarur yer uchastkasi qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini loyihani ishga tushirish muddatiga qadar qoplash sharti bilan investorga ajratib berilishini;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Qudratov), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A.Oʻ. Akkulov) bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida belgilangan shartlar asosida investor bilan toʻrt tomonlama investitsiya shartnomasi tuzilishini hamda investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritilishini ta’minlasin.

Bunda, investor tomonidan investitsiya loyihalari, shuningdek, belgilangan ijtimoiy majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan taqdirda, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilib, ushbu yer maydonida avval belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar parametrlaridan kam boʻlmagan yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ajratib berilishini ta’minlasin.


4. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov):

Andijon viloyati hokimligi (Sh.K. Abduraхmanov) bilan birgalikda loyiha amalga oshirilishi munosabati bilan Xonobod shahri bosh rejasiga tegishli oʻzgartirish kiritilishini ta’minlasin;

loyihani amalga oshirish doirasida bajariladigan qurilish-montaj ishlari shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriningturizm va sport masalalari boʻyicha oʻrinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 26 noyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 30 noyabr, 47-son, 525-modda