Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.12.2020 y. 765-son "Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.12.2020 y.

N 765




KIMYoLAShTIRISh VA OʻSIMLIKLARNI

HIMOYa QILISh VOSITALARINI RESPUBLIKA

HUDUDIGA OLIB KIRISh TARTIBINI

SODDALAShTIRISh TOʻRISIDA


Respublika hududiga kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini olib kirishni tartibga solish, jumladan qishloq хoʻjaligida qoʻllaniladigan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish hamda roʻyхatga olishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, "Oʻzagrokimyohimoya" AJ va "Oʻzkimyosanoat" AJning хorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini respublika hududiga olib kirish tartibini soddalashtirish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyхatga olish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                            A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 3 dekabr