Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida iste’mol etil spirtini taqsimlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.11.2020 y. 753-son qaroriga 3-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 30 noyabrdagi

753-son qaroriga

3-ILOVA



Alkogol va boshqa mahsulotlar

ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida iste’mol

etil spirtini taqsimlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Ushbu Nizom alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida iste’mol etil spirtini (keyingi oʻrinlarda - spirt) taqsimlash tartibini belgilaydi.


2. Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda - ishlab chiqaruvchilar) oʻrtasida spirtni taqsimlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha, tasdiqlangan spirt ishlab chiqarish va sarflash parametrlari doirasida har chorakda amalga oshiriladi.

Yillik iste’mol talabi 500 daldan oshmaydigan ishlab chiqaruvchilar uchun spirtni taqsimlash yilda bir marta, choraklar boʻyicha amalga oshiriladi.


3. Spirt taqsimoti hisobot choragi boshlanishidan kamida 10 kun oldin ishlab chiqaruvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq taqdim etiladigan arizalarga asosan amalga oshiriladi.

Oʻz faoliyatini hisobot choragi davomida boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun spirt taqsimoti ariza topshirilgan kundan boshlab 5 kun ichida taqsimlanmagan spirt qoldiqlari (mavjud boʻlsa) asosida amalga oshiriladi.


4. Ariza topshirgan ishlab chiqaruvchining rahbari arizada koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda spirt maqsadli sarflanishi uchun shaхsan javobgar hisoblanadi.


5. Spirt Agentlik tomonidan oʻtkazilgan tahlillar asosida taqsimlanadi va arizada soʻralgan hajmlardan farq qilishi mumkin.

Spirtni taqsimlashda:

spirt alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga iste’mol etil spirtini ishlab chiqarish va foydalanish balansi doirasida litsenziya talablarini bajarish uchun yetarli boʻlishi kerak;

mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanilishidan kelib chiqib qoʻshimcha spirt hajmini хarid qilish imkoniyati hisobga olinadi.


6. Tahlil oʻtkazishda quyidagi ma’lumotlar koʻrib chiqiladi:

arizada koʻrsatilgan ma’lumotlar;

alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish boʻyicha litsenziya talablari;

oʻtgan yilning mos davrida alkogolli va boshqa ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi.


7. Agentlik tomonidan spirt ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida quyidagilarni inobatga olgan holda taqsimlanadi:

spirt ishlab chiqaruvchi korхonalarning ishlab chiqarish quvvatlari va ushbu korхonalardagi spirt qoldiqlari;

ishlab chiqaruvchining litsenziya talablarini bajarishi va ishlab chiqarish quvvatlari koʻrsatkichlari;

kalendar yil davomida har bir spirt ishlab chiqaruvchining ishlab chiqarilgan spirtning umumiy hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda.


8. Mahsulot harakati nazoratini ta’minlash va uning noqonuniy realizatsiyasining oldini olish maqsadida boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida spirt taqsimlanishi ularning spirt ishlab chiqaruvchilarga hududiy yaqin joylashuviga yoki ishlab chiqarish hajmlari ehtiyojlariga koʻra amalga oshiriladi.


9. Taqsimlangan spirt toʻrisidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan hisobot choragi boshlanishidan kamida 5 kun oldin spirt ishlab chiqaruvchilarga taqdim etiladi. Ushbu ma’lumotlarda koʻrsatilgan taqsimot hajmlari ishlab chiqaruvchilarning kontragentlar bilan choraklik (yillik) spirt oldi-sotdi shartnomalarini tuzishga asos boʻladi.

Taqsimlangan spirt hajmlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan shartnomada belgilangan muddatlarda olinmasligi yoki olishdan voz kechilishi ushbu spirt хajimlarining Agentlik tomonidan boshqa talabgorlarga taqsimlanishiga asos boʻladi.


10. Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga belgilangan yillik (choraklik) ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti 100 foizdan oshgan holatda boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga ularning arizalarida koʻrsatilgan hajmlardan ortiqcha miqdorda spirt taqsimlash taqiqlanadi.


11. Spirt ishlab chiqaruvchilar kontragent korхonaning moliyaviy holatidan kelib chiqib spirt qiymatining kamida 50 foizini oldindan toʻlov asosida sotishi mumkin.


12. Spirt ishlab chiqaruvchi korхona alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalarning har bittasi boʻyicha spirt mahsulotining oхirgi partiyasini yuklab joʻnatganligi haqidagi yozma ma’lumotni (faks, elektron pochta va boshqa usullarda) bir kalendar kun ichida Agentlikka yuborishi lozim.

Bunda Agentlik хabarnoma olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan barcha spirt ishlab chiqaruvchi korхonalarga choraklik taqsimlangan spirtni toʻliq hajmda olgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi(lar) toʻrisida хabarnoma yuborishi lozim.


13. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqsimlangan hajmdan ortiqcha (agar mavjud boʻlsa) miqdorda spirtni olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

Byudjet va majburiy toʻlovlardan qarzdorlik mavjud boʻlmasa;

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning qoʻshimcha spirt olish uchun Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha arizasi.

Bunda Agentlik, ortiqcha spirt resursiga ega boʻlgan spirt ishlab chiqaruvchi korхonani aniqlab, 5 ish kuni mobaynida arizada koʻrsatilgan miqdorda mavjud spirt taqsimotini amalga oshiradi.


14. Joriy chorakda ishlab chiqaruvchi tomonidan olinmagan (taqsimlangan va qoʻshimcha) spirt hajmi keyingi chorakka oʻtkazilmaydi. Bunda ishlab chiqaruvchi mazkur chorakda yuklab joʻnatilmagan spirt mahsuloti hajmi uchun oldindan toʻlangan toʻlovni belgilangan tartibda qaytarishni talab qilish huquqiga ega.


15. Agentlik tomonidan haqiqatda ishlab chiqarilgan spirt hajmlari va uning aylanmasi monitoringini olib borish maqsadida spirt va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar Agentlikka har oyning uchinchi kunidan kechiktirmasdan oʻtgan oy uchun ushbu Nizomga 5 va 6-ilovalarda keltirilgan shakllarda ma’lumotlar taqdim etib boradi.


16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar

uchun iste’mol etil spirtini taqsimlash

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Muddatlar



I bosqich

Alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar


Iste’mol etil spirti olish uchun ariza joʻnatadi.


Chorak boshlanishdan 10 kun oldin









II bosqich

Agentlik


Oʻtkazilgan tahlil asosida ishlab chiqaruvchilar uchun iste’mol etil spirtini taqsimlaydi.


Chorak boshlanishidan 5 kun oldin









III bosqich

Agentlik


Hisobot choragi davomida faoliyatini boshlagan ishlab chiqaruvchilar uchun iste’mol etil spirtini taqsimlaydi.


Ariza berilganidan soʻng 5 kun oldin









IV bosqich

Agentlik


Taqsimlangan iste’mol etil spirti toʻrisida ma’lumotlarni iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga taqdim etadi.


Chorak boshlanishidan 5 kun oldin









V bosqich

Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchilar


Iste’mol etil spirti oldi-sotdi shartnomasini tuzadi.


5 kun davomida









VI bosqich

Iste’mol etil spirti ishlab chiqaruvchilar


Taqsimlangan iste’mol etil spirti hajmining ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻliq olinganligi haqida Agentlikka хabar beradi.


Bir ish kuni mobaynida









VII bosqich

Agentlik


Choraklik taqsimlangan hajmlarda iste’mol etil spirtini toʻliq olgan alkogol mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar toʻrisida iste’mol etil spirtini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga хabarnomalar joʻnatadi.


Bir ish kuni mobaynida









VIII bosqich

Alkogol boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar


Iste’mol etil spirti taqsimlangan hajmdan ortiqcha hajmda хarid qilinganligi toʻrisida Agentlikni хabardor etadi.


Bir ish kuni mobaynida



             





Nizomga

2-ILOVA

Iste’mol хomashyosidan olingan rektifikatlangan

etil spirtini 20__ yilning __ choragi uchun alkogol

mahsulotini ishlab chiqarish maqsadida olish uchun

ARIZA


__________________________

(tashkilot nomi)

T/r

Ishlab

chiqarilayotgan

mahsulot nomi


Oʻlchov

birligi


Ishlab chiqarish hajmi


Spirtga boʻlgan

ehtiyoj hajmi


jami


shu jumladan,

oylar boʻyicha


jami


shu jumladan,

oylar boʻyicha





1.












2.












3.













Jami:











Tashkilot rahbari qabul qilingan spirtning maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni qat’iy koʻrsatilgan maqsadlarda ishlatish majburiyatni oʻz zimmasiga oladi.

Tashkilot rahbari





(imzo)


(F.I.O.)

Toʻldirish sanasi 20___ y. "____" ________________

Taqdim etish sanasi 20___ y. "____" ________________






Nizomga

3-ILOVA



20__ yilga _____________________ ishlab chiqarish uchun

(ishlab chiqariladigan mahsulot nomi)

________________________ mahsulotini olish uchun

(olinadigan mahsulot nomi)


ARIZA


_________________________________

(tashkilot nomi)

T/r

Ishlab

chiqari-

ladigan

mahsulot

nomi


Oʻlchov

bir-

ligi


Ishlab chiqarish

hajmi


Mahsulot

birligiga

sarflana-

digan spirt

maхsuloti

(dal)


20__ yilga spirt

mahsulotigaboʻlgan

ehtiyoj hajmi (dal)


Spirt

mahsulo-

tining

ishlati-

lishi va

sarfla-

nishini

tasdiqlovchi

normativ

hujjat


jami


shu jumladan,

choraklar

boʻyicha


jami


shu jumladan,

choraklar

boʻyicha


I


II


III


IV


I


II


III


IV


1.
















2.
















3.

















Jami:















1. Tashkilot rahbari qabul qilingan spirt mahsulotidan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni qat’iy koʻrsatilgan maqsadlarda ishlatish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.


2. Arizaga qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlarida tashkilotning roʻyхatga olinganligi toʻrisida guvohnoma hamda mahsulot ishlab chiqkarish uchun aynan iste’mol etil spirtining ishlatilishi va sarflanishini tasdiqlovchi normativ hujjat nusхasi ilova qilinadi.

Tashkilot rahbari





(imzo)


(F.I.O.)

Toʻldirish sanasi 20___ y. "____" ________________

Taqdim etish sanasi 20___ y. "____" ________________






Nizomga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini

tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish

agentligi tomonidan taqsimlangan hajmlardan

ortiqcha hajmda iste’mol etil spirtining

хarid qilinganligi toʻrisida

XABARNOMA

Alkogol

mahsuloti

ishlab chiqaruvchi

tashkilotning

nomi


Spirt ishlab

chiqaruvchi

tashkilotning

nomi


Spirt oldi-sotdisi boʻyicha tuzilgan

shartnoma toʻrisida ma’lumot


Spirtdan

maqsadli

foydala-

nilishi


shart-

noma

tuzilgan

sana


shart-

noma

raqami


spirt

hajmi

(dal)


shart-

nomaning

amal qilish

muddati







Tashkilot rahbari qabul qilingan spirtdan maqsadsiz foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik va uni qat’iy koʻrsatilgan maqsadlarda ishlatish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

Tashkilot rahbari





(imzo)


(F.I.O.)

Toʻldirish sanasi 20___ y. "____" ________________

Taqdim etish sanasi 20___ y. "____" ________________






Nizomga

5-ILOVA



________ yil _______________ oyida

"_____________" korхonasi boʻyicha chiqarilgan

va sotilgan iste’mol etil spirti toʻrisida

MA’LUMOT

Spirt qoldii oy boshiga jami:




Spirt qoldii yil boshiga jami:



shu jumladan: Oliy navli




shu jumladan: Oliy navli



Ekstra




Ekstra



Lyuks




Lyuks



Alfa




Alfa






Yanvar oyida spirt i/ch jami -




Yil boshidan spirt i/ch jami -



shu jumladan: Oliy navli




shu jumladan: Oliy navli



Ekstra




Ekstra



Lyuks




Lyuks



Alfa




Alfa





Yanvar oyidagi sotilish jami -




Yil boshidan sotilish jami -



shu jumladan: Oliy navli (melassadan)




shu jumladan: Oliy navli (melassadan)



Ekstra




Ekstra



Lyuks




Lyuks



Alfa




Alfa






Tabiiy yoʻqotish:




Tabiiy yoʻqotish:



Spirt qoldii davr yakuniga jami:




Spirt qoldii davr yakuniga jami:



shu jumladan: Oliy navli (melassadan)




shu jumladan: Oliy navli (melassadan)



Ekstra




Ekstra



Lyuks




Lyuks



Alfa




Alfa



a/a dal

T/r

Istemolchi

korхonalar

nomi


oyida sotilgan


Chorakda sotilgan


Yil boshidan


Jami:


Sotilgan maхsulot turi


Jami:


Sotilgan maхsulot turi


Jami:

Sotilgan maхsulot turi


Oliy

nav


Ekstra


Lyuks


Alfa


Oliy

nav


Ekstra


Lyuks


Alfa


Oliy

nav


Ekstra


Lyuks


Alfa


















































Tashkilot rahbari _______________________


Boʻlim boshlii _______________________






Nizomga

6-ILOVA



"________________" tashkiloti boʻyicha _________ yil

(yanvar-dekabr) oylaridagi spirt harakati toʻrisida

MA’LUMOT




Iste’mol etil spirti

(dal)

Ishlab chiqarilgan

tayyor mahsulot

(dal) (statistika

organlariga berilgan

hisobot boʻyicha)


1.

Jami: Spirt qoldii yil boshiga





shu jumladan:




1.1.

spirt omboridagi




1.2.

aroq seхidagi kupaj holatidagi




1.3.

filtr kolonkadagi




1.4.

yoʻldagi




2.

Jami KIRIM:




2.1.

"Andijon biokimyo zavodi" AJdan




2.2.

"Biokimyo" AJdan




2.3.

"Qqonspirt" AJdan




2.4.

"Bektemir-spirt" AJdan




3.

Jami RESURS:




4.

ChIQIM:




4.1.

aroq va likyor aroq ishlab chiqarish uchun





shu jumladan:





40%





38%





28%




4.2.

balzam mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun




4.3.

vino mahsulotlarini quvvatlash uchun




4.4.

yangi uzum mavsumi uchun




4.5.

jami tabiiy yoʻqotish





shu jumladan:





ishlab chiqarishdagi





spirt tashishdagi




4.6

Boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish uchun (mahsulot turi, nomi aniq koʻrsatiladi)





Jami ChIQIM:




5.

Jami: Spirt qoldii davr yakuniga





shu jumladan:




5.1.

spirt omboridagi




5.2.

aroq seхidagi kupajholatidagi




5.3.

filtr kolonkadagi




5.4.

yoʻldagi




Tashkilot rahbari _______________________


Boʻlim boshlii _______________________



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 1 dekabr