Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2018 y. PQ-4029-son "Oʻzbekneftgaz" aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.11.2018 y.

N PQ-4029



"OʻZBEKNEFTGAZ" AKSIONERLIK

JAMIYaTINI DAVLAT TOMONIDAN

QOʻLLAB-QUVVATLAShNING BIRINChI

GALDAGI ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy gaz va neft mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmoi korхonalarining moliyaviy holatini yaхshilash va muntazam rivojlantirishda "Oʻzbekneftgaz" aksionerlik jamiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB, "Asaka" ATB va "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatining ilovaga muvofiq "Oʻzbekneftgaz" aksionerlik jamiyati investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi kreditlari boʻyicha 2019 yil 1 yanvardan 2021 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrda soʻndirilishi lozim boʻlgan asosiy qarzni qaytarish muddatlarini, qayta moliyalashtiruvchi banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda 3 yilga uzaytirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi kreditlari boʻyicha "Oʻzbekneftgaz" aksionerlik jamiyatining tijorat banklari oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining avval taqdim etilgan davlat kafolatlariga oʻzgartirishlar kiritish vakolati berilsin.


3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 24 noyabrdagi

PQ-4029-son qaroriga

ILOVA



"Oʻzbekneftgaz" AJ investitsiya loyihalarini birgalikda

moliyalashtirish uchun ajratilgan, qayta moliyalashtiruvchi

banklarning majburiyatlarini restrukturizatsiya qilgan holda,

asosiy qarz toʻlovlari muddati 3 yilga uzaytiriladigan

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasi kreditlari

ROʻYXATI


mln. AQSh dollari

N

Investitsiya loyihalarining nomi


Jami kredit summasi,

shundan


Toʻlov muddati

uzaytiriladigan

asosiy qarz summasi*


rasmiylash-

tirilgan

kredit

summasi


ajratilgan

kredit

summasi


jami


shundan


2019

yil


2020

yil


2021

yil


"Oʻzsanoatqurilishbank" ATB

1

Suril koni negizida konni jihozlash bilan Ustyurt gaz-kimyo kompleksini qurish*


748,4

745,4

272,1

90,7

90,7

90,7

2

Somontepa, Girsan, Choʻlquvar, Qumli, Toyloq, Qoʻshimcha va Chegaraqum gazkondensat konlarini jihozlash


75,5

76,4

40,5

13,5

13,5

13,5

3

Janubiy Kemachi konini qoʻshimcha jihozlash


33,0

33,0

18,0

6,0

6,0

6,0

4

"Shoʻrtanneftgaz" UShK propan-butan aralashmasi olish qurilmasini qurish (5-navbati)


37,5

37,5

16,8

8,4

8,4

0,0

5

Shoʻrtan konini 2-siquv kompressor stansiyasini qurish bilan qoʻshimcha jihozlash


53,4

53,0

29,1

9,7

9,7

9,7

6

Alan konini siquv kompressor stansiyasini qurish bilan qoʻshimcha jihozlash


53,5

48,6

26,4

8,8

8,8

8,8

7

Shimoliy Shoʻrtan koni va Shoʻrtan bosh qurilmalarida yoʻldosh gazlarni utilizatsiya qilish*


15,0

15,0

8,1

2,7

2,7

2,7

8

Sharqiy Berdaх va Shimoliy Berdaх konlarini siquv kompressor stansiyasini qurish bilan qoʻshimcha jihozlash


57,9

57,9

31,5

10,5

10,5

10,5

9

"Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJda gazni oltingugurtdan tozalash uchta blokini qurish, safdan chiqariladigan quvvatlar oʻrnini toʻldirish


32,8

32,8

19,8

6,6

6,6

6,6

10

Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan gazi asosida suyultirilgan sintetik yoqili ishlab chiqarish*


280,0

105,1

18,0

6,0

6,0

6,0

"Asaka" ATB

11

Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksining tozalangan metan gazi asosida suyultirilgan sintetik yoqili ishlab chiqarish*


740,0

740,0

105,7

-

35,2

70,5

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

12

"Muborak gazni qayta ishlash zavodi" MChJda propan-butan aralashmasi olish qurilmasini qurish


55,4

55,4

22,2

7,4

7,4

7,4


JAMI


2 182,4

2 000,1

608,2

170,3

205,5

232,4

         

*) Kreditlarni toʻlash muddatlarini uzaytirshi toʻrisidagi bitimlar, joriy kredit bitimlari bilan belgilangan muddatlarda toʻliq soʻndirilishini nazarda tutgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining har bir krediti boʻyicha alohida tuziladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 24 noyabr