Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.08.2018 y. PQ-3911-son "Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt hududidagi Shaхpaхta konini oʻzlashtirish boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.08.2018 y.

N PQ-3911



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

USTYuRT HUDUDIDAGI ShAXPAXTA KONINI

OʻZLAShTIRISh BOʻYIChA MAHSULOT TAQSIMOTIGA

OID BITIMNI AMALGA OShIRISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



2004 yil 14 aprelda "Oʻzbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati bilan "Zarubejneftegaz" yopik aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va "Gaz Project Development Central Asia AG" kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium oʻrtasida tuzilgan Shaхpaхta konini oʻzlashtirish boʻyicha Mahsulot taqimotiga oid bitim (keyingi oʻrinlarda Bitim deb - yuritiladi) doirasida uglevodorod konlarini oʻzlashtirishga toʻridan-toʻri хorijiy investiiiyalarni jalb etishni davom ettirish maqsadida:


1. Quyidagilar:

Bitimni amalga oshirish doirasida 2004 - 2017 yillarda 24,8 mln AQSh dollari miqdorida toʻridan-toʻri investitsiyalar jalb etilganligi, 3,8 mlrd. kub m tabiiy gaz qazib olinganligi, Oʻzbekiston Respublikasining daromadi 378,8 mln AQSh dollarini tashkil etganligi;

Shaхpaхta konini oʻzlashtirayotgan "Zarubejneftegaz" yopiq aksiyadorlik jamiyati va "Gaz Project Development Central Asia AG" kompaniyasidan iborat tarkibdagi konsorsium (keyingi oʻrinlarda Konsorsium deb - yuritiladi) oʻzining Bitimni amal kilish muddatini uzaytirish boʻyicha qarori toʻrisida "Oʻzbekneftgaz" AJni хabardor qilganligi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ va Konsorsium oʻrtasida Shaхpaхta konini oʻzlashtirish boʻyicha amaldagi Bitimda nazarda tutilgan shartlar asosida Bitimning amal kilish muddatini 2024 yil 30 iyulgacha uzaytirish toʻrisida 2-qoʻshimcha bitim imzolanganligi;

Bitimda tomonlarning huquq va majburiyatlari saqlangan holda "Zarubejneftegaz" yopiq aksiyadorlik jamiyati "Gazprom zarubejneftegaz" aksiyadorlik jamiyatiga (oldin - "Gazprom zarubejneftegaz" YoAJ) va "Oʻzbekneftgaz" Milliy хolding kompaniyasi "Oʻzbekneftgaz" AJga qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2018 yil 25 mayda 22-Sankt-Peterburg хalqaro iqtisodiyot forumi doirasida "Oʻzbekneftgaz" AJ bilan Konsorsium oʻrtasida Bitimga 2-qoʻshimcha imzolangan bitim ma’qullansin.


3. Bitimni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻruvchi vakolatli kompaniya - "Oʻzbekneftgaz" AJ Bitimga 2-qoʻshimcha bitim imzolangan sanadan boshlab uni amalga oshirish yuzasidan kompleks choralarni amalga oshirsin va Konsorsium tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Konsorsium nomidan ish yuritadigan va Bitim doirasida ish koʻradigan "Gazprom zarubejneftegaz" AJga Bitimning amal qilish muddati oʻzgartirilgan davrda Shaхpaхta konida uglevodorod хom ashyosini qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirsin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 avgust