Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.08.2018 y. PQ-3912-son "Oʻzbekneftgaz" AJning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori teхnologiyali uskunalarni sotib olish" investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.08.2018 y.

N PQ-3912



"OʻZBEKNEFTGAZ" AJNING

GEOLOGIYa-QIDIRUV IShLARI UChUN

YuQORI TEXNOLOGIYaLI USKUNALARNI

SOTIB OLISh" INVESTITsIYa LOYIHASINI

AMALGA OShIRIShGA OID QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



"Oʻzbekneftgaz" AJning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuqori teхnologiyali uskunalarni sotib olish" investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda - investitsiya loyihasi)ni amalga oshirishni jadallashtirish, geologiya-qidiruv ishlarini yanada kengaytirish va samaradorligini oshirish, uglevodorod hom ashyosi zahiralarini koʻpaytirish, shuningdek, valyuta mablalari sarf-harajatlarini optimallashtirishni ta’minlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ""Oʻzbekneftgaz" AJning geologiya-qidiruv ishlari uchun yuiori teхnologiyali uskunalarni sotib olish" investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2016 yil 20 iyuldagi PQ-2564-sonli qarori bilan investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy hisob-kitobi tasdiqlangan boʻlib, unda jami qiymati 138,98 million AQSh dollari miqdoridagi 117 ta geofizik va burulash uskunalarini хarid qilish nazarda tutiladi;

"Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan geofizik va burulash uskunalari miqdori 96 tagacha optimallashtirildi, uning natijalariga koʻra narхlarni optimallashtirish boʻyicha ishlab chiqaruvchi zavodlar (ularning vakillari) bilan toʻridan-toʻri muzokaralar olib borildi hamda kiymatning 45 million AQSh dollariga qadar kamaytirilganini hisobga olgan holda geofizik va burulash uskunalarini yetkazib berish toʻrisida "Oʻzburuneftgaz" va "Oʻzbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyatlari bilan import shartnomalari (keyingi oʻrinlarda - import shartnomalari) tuzildi.


2. "Oʻzbekneftgaz" AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi hamda "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB ilovaga* muvofiq roʻyхat boʻyicha import shartnomalarini moliyalashtirish ochilishini ta’minlasin, bular boʻyicha "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish markazi" DUKning oʻrnatilgan tartibda berilgan ijobiy хulosalari mavjud.

Belgilansinki, import shartnomalari qiymatining 75 foizini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining krediti hisobidan, qolgan 25 foizini toʻlash esa "Oʻzbekneftgaz AJ"ning shaхsiy mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


3. "Oʻzbekneftgaz AJ":

import shartnomalari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin;

2018 yilning 20 noyabriga kadar investitsiya loyihasining tuzatilgan teхnik-iktisodiy hisob-kitobini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - "Oʻzbekneftgaz" AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 20 avgust