Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 16.03.2018 y. PQ-3607-son "Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

16.03.2018 y.

N PQ-3607



SAMARQAND VILOYaTIDA KIChIK

SANOAT ZONALARINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb qilish uchun kulay sharoitlar yaratish, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korхonalarni rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularni muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi tashkil etilgan alohida hududlarda joylashtirishni ta’minlash va shu asnoda ishlab chiqarish sohasida yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:


1. Samarqand viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Samarqand viloyatida 1-ilovaga muvofiq roʻyхat boʻyicha davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda KSZ deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda foydalanilmayotgan tegishli ishlab chiqarish maydonlari va davlat mulki ob’yektlarining bir oy muddatda Samarqand viloyati hokimligiga belgilangan tartibda oʻtkazilishini ta’minlasin, shuningdek, davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlarni byudjet хamda byudjetdan tashqari jamarmalar oldidagi soliq boʻyicha qarzdorligi, qarzdorlik mavjud boʻlmagan hollarda ustav jamarmalaridagi davlat ulushi va хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining ulushini beriladigan aktivlarning qoldiq (balans) qiymati summasiga kamaytirish hisobidan ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq Samarqand viloyati hokimligi tasarrufiga berish masalasi koʻrib chiqilishini ta’minlasin.


3. Belgilab qoʻyilsinki:

KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga biznes rejalarni bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan хolda 10 yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi;

KSZ hududidagi koʻchmas davlat mulkidan ijara davrida foydalanish uchun ijara toʻlovining ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib, ortib boradigan koeffitsiyentni koʻllamasdan, davlat mulkidan foydalanish uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi.

KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali ajratiladi.

4. Samarqand viloyatining Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi bir oy muddatda KSZ direksiyasini tashkil etish choralarini koʻrsin.


5. Belgilansinki, KSZ direksiyasi va ishtirokchilariga 2020 yilning 1 fevraliga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soliining belgilangan eng kam - uch baravari miqdoridagi yagona soliq toʻlovi boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan talab tatbiq etilmaydi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi KSZda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ikki oy muddatda belgilangan tartibda ochsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining kredit liniyalari mablalari import uskunalar va ularga butlovchi qismlarni хarid qilish uchun ajratiladi;

kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kreditni qoplash kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada kreditni qoplash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.


8. Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining manzilli roʻyхati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Samarqand viloyati Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha qarorning 2-ilovasiga muvofiq boʻlinish chegarasigacha Samarqand viloyati KSZlarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablalar ajratsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, Samarkand viloyati hokimligi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-ilovasiga muvofiq Samarqand viloyati KSZda muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish uchun tarmoq jadvallarini tasdiqlasinlar va ularning soʻzsiz bajarilishini ta’minlasinlar.


9. Samarqand viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda:

Samarqand viloyati iqtisodiyotining ehtiyojlari, shuningdek, mavjud mineral-хom ashyo, qishloq hoʻjaligi resurslarini va infratuzilmani inobatga olgan хolda Samarqand viloyati KSZ hududida import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha aniq takliflar - "yul хaritalari" ikki oy muddatda ishlab chiqilishini:

Samarqand viloyati KSZ hududida oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlarning tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazilishini;

KSZ hududida loyiхalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ishlar olib borish, shuningdek, Samarqand viloyati KSZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini sifatli va oʻz vaqtida koʻrib chiqish yuzasidan choralar koʻrilishini;

Samarqand viloyati KSZ hududida ishlab chiqarishlarni tashkil etish investitsiya loyihalarining biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashishni ta’minlasinlar.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2018 yil 15 iyul va 2019 yil 15 yanvarda aхborot berilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetining 1990 yil 26 noyabrdagi 409-F-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisi A.J. Ramatov, Bosh vazir oʻrinbosari - Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi R.A. Gulyamov va Samarqand viloyati hokimi T.I. Joʻrayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekistan Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 16 martdagi

PQ-3607-son qaroriga

1-ILOVA



Samarqand viloyatida davlat mulki va ustav

fondida davlat ulushi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi

jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish

maydonlari va ob’yektlari negizida tashkil etilayotgan

kichik sanoat zonalarining

ROʻYXATI

T/r

Tashkil etilayotgan

KSZning nomi


Ob’yektning nomi


Hududi

(ga)**

Bnno-inshootlar

maydoni (kv.m)**


1

Oqdaryo tumani KSZ

Oqdaryo tumani hokimligi balansidagi sobiq "Daхbed" MMTPning bino va inshootlari


4,0

800,0

2

Bulunur tumani KSZ


Bulunur tumani hokimligi balansidagi sobiq "Kildon' AJning bino va inshootlari


7,5

1 106,0


3

Jomboy tumani KSZ

"Avtokorхona-2507" DUKning bino va inshootlari


4,5

3 400,0


4

Ishtiхon tumani KSZ


Ishtiхon tumani hokimligi balansidagi sobiq "Baхrin" MMTPning bino va inshootlari


2,0

1 000,0

5

Kattaqoʻron shahar KSZ


Kattaqoʻron shahar hokimligi balansidagi sobiq "Ingichka koni" AJning bino va inshootlari


3,9

3 679,1

"Kattaqoʻron MTP"ning bino va inshootlari***


2,1

3 403,4

6

Kattaqoʻron tumani KSZ


"Kattaqoʻron paхta tozalash" AJga qarashli '"Kattaming" ipakchilik majmuasining bino va inshootlari*


4,0

1 000,0

7

Qoʻshrabot tumani KSZ


"Qoʻshrabot MTP"ning bino va inshootlari***


0,8

500,0

8

Narpay tumani KSZ


"Zirabuloq MTP"ning bino va inshootlari***


2,6

1 268,9

9

Nurobod tumani KSZ


"Nurobod MTP"ning bino va inshootlari***


3,5

2 000,0

10

Payariq tumani KSZ


"Chelak MTP"ning bino va inshootlari***


1,7

1 340,0


11

Paхtachi tumani KSZ


Paхtachi tuman hokimligi balansidagi "Ziyovuddin paхta tozalash" AJga qarashli "Toshkenjayev" paхta qabul qilish punktining bino va inshootlari


6,3

735,5

12

Pastdarom tumani KSZ


"Pastdarom MTP"ning bino va inshootlari****


3,5

3 000,0

13

Samarqand tumani KSZ


Akademik Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti garajining bino va inshootlari


2,2

3 300,0

14

Samarqand shahar KSZ


"Vaksina" IIB UKning bino va inshootlari****


3,0

4 065,0

Zarafshon magistral tizimi boshqarmasi balansidagi beton qorishmasi ishlab chiqarish bazasining bino va inshootlari


1,5

500,0

Jami:


53,1


31 097,9


         

*) Bino-inshootlar, shuningdek, ularga tutash hududlar хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning tegishli boshqaruv organlari yiilishlarida koʻrib chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.

**) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda aniqlanadi.

***) KSZ chegaralari qishloq хoʻjaligi teхnikalari joylashtiriladigan maydon inobatga olingan holda aniqlanadi.

****) Vaksina IIB UKning 9 qavatli turar-joy binolari Samarqand viloyati hokimligiga beriladi.






Oʻzbekistan Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 16 martdagi

PQ-3607-son qaroriga

2-ILOVA



2018 yilda Samarqand viloyatida kichik sanoat

zonalarining muhandislik-kommunikatsiya va ishlab

chiqarish infratuzilmasini qayta tiklash ishlarining

MANZILLI ROʻYXATI

T/r

Chora-tadbir nomi


Oʻlchov

birligi


Miqdor/

Quvvat

Xarajatlar

miqdori*

(mln.soʻm)


Moliyalashtirish

manbalari


Masul ijrochilar


Oqdaryo tumani KSZ

1

250 kVA quvvatli mavjud TP-4132 transformatorni 400 kVA quvvatli transformatorga almashtirish


dona

1

80,0

Davlat byudjet mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

d=l00 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,6

75,0

"Oʻztransgaz" AJning oʻz mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


3

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


km

1,0

209,0

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


364,0



Bulunur tumann KSZ

1

10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoini qurish va quvvati 250 kVA boʻlgan transformator oʻrnatish


km dona

1,0

200,0

Davlat byudjeti mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi

2

Suv inshooti va d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


dona

km

1

1,3

220,0

Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


3

4K-517 avtomobil yoʻlining 15 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


km

0,5

90,0

Davlat byudjeti mablalari

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


510,0



Jomboy tumani KSZ

1

10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoini qurish va quvvati 250 kVA boʻlgan transformatorni oʻrnatish


km

dona

5

1

640,0

Davlat byudjeti mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

Ichki suv ta’minoti tarmoqlarini va zadvijkalarini ta’mirlash


loyiha asosida


6,6

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


3

"Toshkent-Samarqand" M-39 avtomobil yoʻlining 1072 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻlini ta’mirlash


km

0,6

9,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


655,6



Ishtiхon tumani KSZ

1

d=114 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

2,5

484,6

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

100 kVA quvvatli mavjud TP-136 transformatorni 400 kVA quvvatli transformatorga almashtirish


km

dona

6,0

1

390,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


3

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish

km

1,2

231,0

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


4

4K-550 avtomobil yulining 7 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻlini ta’mirlash


km

0,4

10,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


1 115,6



Kattaqoʻron shahar KSZ

1

6 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoini qurish va quvvati 250 kVA boʻlgan transformator oʻrnatish


km

dona

5

1

285,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi

180 kVA quvvatli mavjud TP-659 transformatorni 250 kVA quvvatli transformatorga almashtirish


kVA


1

150

2

d=102 mm boʻlgan gaz yetkazish tarmoini qurish


km


0,12

23,2

"Oʻztransgaz" AJning oʻz mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


3

d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish, ichki suv ta’minoti tarmoqlarini va zadvijkalarni ta’mirlash


loyiha asosida


239,8

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


4

Kattaqoʻron shahri KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


km

0,6

22,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


720,0



Kattaqoʻron tumani KSZ

1

560 kVA boʻlgan PS 35/0,4 T-1 (abon.) quvvatli transformatorni quvvati 1000 kVA boʻlgan transformatorga almashtirish


dona

1

170,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

Zadvijkalarni ta’mirlash

loyiha asosida

8,8

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


3

4R48 avtomobil yoʻlining 107-108 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


km

0,8

350,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI


528,8



Qoʻshrabot tumani KSZ

1

160 kVA quvvatli mavjud TP-D-574 transformatorni 400 kVA quvvatli transformatorga almashtirish


dona

1

80,0

Davlat byudjeti mablalari

"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

Suv inshooti va d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


dona

km

1

1,1

242,0

Davlat byudjeti mablalari

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


322,0



Narpay tumani KSZ

1

Elektr uzatish havo tarmoini qurish va rekonstruksiya qilish hamda quvvati 400 kVA boʻlgan transformator oʻrnatish


km

6,0

600,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

d=100 mm boʻlgan gaz yetkazish tarmoini qurish


km

0,6

115,7

"Oʻztransgaz" AJ mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


3

Zadvijkalarni ta’mirlash


loyiha asosida

19,8

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


4

4R-56 avtomobil yoʻlining 3,5 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


km

3,0

600,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


1 335,5



Nurobod tumani KSZ

1.

25 kVA quvvatli mavjud TP- (abon.) transformatorni quvvati 400 kVA boʻlgan transformatorga almashtirish


dona

1

125,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2.

4R-52 avtomobil yoʻlining 27 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


kv.m

310

150,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


275,0



Payariq tumani KSZ

1

d-100 mm boʻlgan gaz yetkazish tarmoini qurish


km

0,5

88,0

"Oʻztransgaz" AJning oʻz mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini rekonstruksiya qilish


km

3,3

363,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


3

Suv inshooti va d=75 mm boʻlgan suv oʻtkazish tarmoini qurish


dona

km

1

0,7

209,0

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


660,0



Paхtachi tumani KSZ

1

10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoini qurish va quvvati 630 kVA boʻlgan transformator stansiyasini oʻrnatish


km

dona

0,5

1

955,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

d=75 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

1,3

187,0

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


3

M-37 avtomobil yoʻlining 135-136 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


kv.m

260

12,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


1 154,0



Pastdarom tumani KSZ

1

10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoini qurish va quvvati 400 kVA boʻlgan transformator oʻrnatish


km

dona

3,5

1

480,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

d=100 mm boʻlgan gaz oʻtkazish tarmoini qurish


km

0,1

5,0

"Oʻztransgaz" AJ mablalari


"Oʻztransgaz" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


3

Zadvijkalarni ta’mirlash


loyiha asosida

24,2

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


4

Pastdarom tumani KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


km

1

225,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


734,0



Samarqand tumani QSZ

1

10 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoini qurish va quvvati 400 kVA boʻlgan transformator oʻrnatish


km

dona

0,5

2

245,0

Davlat byudjeti mablalari


"Oʻzbekenergo" AJ, Samarqand viloyati hokimligi


2

Ichki suv ta’minoti tarmoqlarini va zadvijkalarni ta’mirlash


loyiha asosida


31,9

Davlat byudjeti mablalari


Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi


3

4K-532 avtomobil yoʻlining 1-10 km uchastkasidan KSZga kirish yoʻllarini ta’mirlash


kv.m

1 000

246,0

Davlat byudjeti mablalari


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi


JAMI:


522,9



HAMMASI:


8 897,6



            

*) Xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 25 iyun