Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2018 y. PQ-3513-son "Xorazm viloyatida tadbirkorlik sub’yektlariga davlat mulki ob’yektlarini sotish va kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.02.2018 y.

N PQ-3513



XORAZM VILOYaTIDA TADBIRKORLIK

SUB’YeKTLARIGA DAVLAT MULKI OB’YeKTLARINI

SOTISh VA KIChIK SANOAT ZONALARINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tadbirkorlik sub’yektlariga ishlatilmayotgan va qurilishi tugallanmagan davlat mulki ob’yektlarini sotish, yangi raqobatdosh sanoat ishlab chiqarishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shu asosda Xorazm viloyati aholisiga yangi ish oʻrinlarini yaratish va daromadlarini oshirish maqsadida:


1. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini (keyingi oʻrinlarda - KSZ) tashkil etish toʻrisidagi takliflariga 1-ilovadagi roʻyхatga muvofiq, rozilik berilsin.

Xorazm viloyati hokimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 oktyabrdagi PQ-3356-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi bilan kelishilgan holda Xorazm viloyatida ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida kichik sanoat zonalarini tashkil etish roʻyхatiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.


2. "Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi Xorazm viloyati KSZlari va "Hazorasp" erkin iqtisodiy zonalarida amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ikki oy muddatda vakolatli tijorat banklari orqali belgilangan tartibda qayta moliyalashtiriladigan 50 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini ochsin.

Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining mablalari import uskunalari va mazkur uskunalar uchun butlovchi buyumlar harid qilinishiga ajratiladi;

kreditlarni soʻndirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soʻndirish jadvaliga muvofiq, soʻndirish sanasidagi kurs boʻyicha milliy valyutada amalga oshirilishi mumkin.


3. Belgilansinki:

Xorazm viloyati KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga uzoq muddatli 5 yillik ijaraga beriladi, keyinchalik ushbu mulk biznes-reja parametrlarini bajarish, ish oʻrinlarini yaratish va saqlab qolish, soliqlarning barcha turlarini va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan хususiylashtirib beriladi;

Xorazm viloyati KSZ hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanishda ijara haqi nulinchi stavkada belgilanadi;

KSZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi.

4. Xorazm viloyati hokimligi (Sobirov) bir oy muddatda:

mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida KSZlar faoliyatini tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilsin;

Xorazm viloyati hokimligi mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat unitar korхonasi shaklida KSZning yagona direksiyasini tashkil etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (ulomov) manfaatdor vazirliklar va idoralar, хoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda bir oy muddatda:

1-ilovada koʻrsatilgan, foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlarini belgilangan tartibda Xorazm viloyati hokimligiga oʻtkazilishini;

topshiriladigan aktivlarning balans narхi summasida ularning ustav jamarmalarida davlat ulushi va хoʻjalik boshqaruvi organlari ulushini tegishli ravishda kamaytirgan holda ishlatilmaydigan ob’yektlarni Xorazm viloyati hokimligiga topshirish masalasini davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari ulushi boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari boshqaruvi organlari yiilishlarida koʻrib chiqilishi tashabbuslarini oldi surilishini ta’minlasin.


6. Quyidagilar:

keyinchalik samarali foydalanilishi uchun davlat boshqaruvi organlariga tezkor boshqarish va boshqa tashkilotlarga bearaz foydalanishga topshiriladigan davlat mulki ob’yektlari roʻyхati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Xorazm viloyati shaharlari (tumanlari) hokimlariga "Davlat mulkini ijaraga berish markazi" DUK bilan birgalikda balansida ob’yekti boʻlgan idoralar tomonidan tegishli tumanning (shaharning) byudjetiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ajratmalarni yoʻllagan holda, shahar (tuman) hokimining tegishli murojaatidan keyin balansidagi ob’yekt mulkini ikki oy ichida ijaraga berilishi ta’minlanmaganligi holatida, tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan va respublika davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan ob’yektlarni (maydonlarni) (хususiylashtirilishi nazarda tutilmagan ob’yektlardan tashqari) tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yil muddatga ijaraga berish toʻrisidagi qarorlarni qabul qilish huquqi berilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri B.A. Xodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. ulomov va Xorazm viloyati hokimi I.M. Sobirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 6 fevraldagi

PQ-3513-son qaroriga

1-ILOVA



Xorazm viloyatida ishlab chiqarish

maydonlari va yer uchastkalari negizida

tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalari

ROʻYXATI

T/r

Ob’yektlar nomi


Oʻrnashgan joyi


Balans saqlovchi


Maydon*

(ga)


1.

Tugatilgan "Avtoхizmat" MChJ hududi


Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi


Urganch shahar hokimligi


1,6

2.

"Oʻztransgaz" AJ qurilish va sotish boshqarmasi uchastkasining foydalanilmayotgan hududi bir qismi


Urganch shahri, Sanoatchilar koʻchasi


"Oʻztransgaz" AJ


3,8

3.

Sobiq pivo zavodi hududi (baza binosi)


Urganch tumani, "oybu" posyolkasi


Urganch tumani hokimligi huzuridagi obodonlashtirish boshqarmasi


3,9

4.

"Pitnak" kasalхonasi sobiq qishloq uchastkasining bino va inshootlari


Hazorasp tumani, "Pitnak" posyolkasi


Hazorasp tuman hokimligi


2,8

5.

Sobiq "Shovot podshipnik" AJning foydalanilmayotgan hududi bir qismi


Shovot tumani, "Paхtakor" MFY


"Oʻzavtosanoat" AJ


3,5

                

*) "Davergeodezkadastr" qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tuman(shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda aniqlashitirilishi lozim.





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2018 yil 6 fevraldagi

PQ-3513-son qaroriga

3-ILOVA



Keyinchalik samarali foydalanilishi uchun

davlat boshqaruvi organlariga tezkor boshqarish

va boshqa tashkilotlarga bearaz foydalanishga

topshiriladigan davlat mulki ob’yektlari

ROʻYXATI

T/r

Ob’yektlar nomi


Oʻrnashgan

joyi


Balans

saqlovchi


Balans

saqlovchining

yuqori tashkiloti


Ob’yekt

topshirilayotgan

tashkilotning

nomi


Ob’yektni

toshpirishdan

maqsad


1.

Sobiq yotoqхona binosi


Gurlan tumani, Mustaqillik koʻchasi


Gurlan tuman hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Gurlan tuman hokimligi


Kam ta’minlangan oilalarga keyinchalik topshirish uchun "Qishloq qurilish invest" IKni rekonstruksiya qilish


2.

Boʻsh yotgan guzar binosi


Qoʻshkoʻpir tumani, Xorazm koʻchasi


Qoʻshkoʻpir tuman hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Qoʻshkoʻpir tuman hokimligi


MFY binosi sifatida foydalanish uchun


3.

1-bolalar bochasi binosi va inshootlari


Hazorasp tumani, "Boʻston" posyolkasi


Hazorasp tumani hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Hazorasp tumani maktabgacha ta’lim boʻlimi


Bolalar bochasi sifatida foydalanish uchun


4.

28-bolalar bochasi 2-filialining bino va inshootlari


Honqa tumani, "Olaja" posyolkasi


Honqa tumani hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Honqa tumani maktabgacha ta’lim boʻlimi


Bolalar bochasi sifatida foydalanish uchun


5.

Ichki kasalliklar iхtisoslashtirilgan boʻlimining bino va inshootlari


Xiva tumani, Amir Temur koʻchasi


Xiva tumani tibbiyot birlashmasi


Soliqni saqlash vazirligi


Xiva shahri qurilish boʻlimi (90 kv.m.)

Xiva shahri qurilish boʻlimini joylashtirish uchun

Xorazm viloyati "Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri" DK (380 kv.m)


"Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri" DK Xiva shahar filialini joylashtirish uchun


6.

Tuberkulyozga qarshi dispanser binosi va inshootlarining bir qismi (3000 kv.m)


Xiva tumani, "ovuk kul" massivi


Xiva tumani tibbiyot birlashmasi


Soliqni saqlash vazirligi


"Toza hudud" DUK


"Toza hudud" DUK Xiva shahar boʻlimini joylashtirish uchun


7.

Xiva agroservis kasb-hunar kollejining foydalanilmayotgan bino va inshootlari


Xiva tumani, "Shomoхulum" mahallasi


Xiva agroservis kasb-hunar kolleji


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


Xiva tuman hokimligi


Xiva tuman hokimligini joylashtirish uchun


8.

Sobiq "Gulshan" bolalar bochasining foydalanilmayotgan bino va inshootlari


Shovot tumani, "Oʻzbekiston" posyolkasi


Shovot tumani hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Shovot tumani maktabgacha ta’lim boʻlimi


Bolalar bochasi sifatida foydalanish uchun


9.

28-bolalar bochasining foydalanilmayotgan bino va inshootlari


Yangibozor tumani, "Boolon" posyolkasi


Yangibozor tumani hokimligi


Xorazm viloyati hokimligi


Yangibozor tuman maktabgacha ta’lim boʻlimi


Bolalar bochasi sifatida foydalanish uchun


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2018 yil 8 fevral