Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2017 y. PQ-2858-son "Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilari uchun uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.03.2017 y.

N PQ-2858



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MUDOFAA VAZIRLIGINING HARBIY

XIZMATChILARI UChUN UY-JOYLAR

QURISh DASTURI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻrisida" 2017 yil 24 yanvardagi PQ-2738-sonli qaroriga muvofiq hamda zamon talablari va standartlariga javob beradigan yangi uy-joylar barpo etish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uy-joy bilan ta’minlangan harbiy хizmatchilari sonini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilariga uy-joy qurish Dasturi (keyingi oʻrinlarda - Dastur)ni bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.


2. 2017 yilda uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilariga uy-joy qurish Dasturining asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilansinki:

keyingi yillarda Dasturning har yilgi parametrlari (har yili 56 tagacha uy-joy qurish) Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanishi lozim;

Dastur doirasida uy-joylarning qurilishi (keyingi oʻrinlarda - uy-joylar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida"gi PQ-2639-son hamda 2018 yil 24 noyabrdagi "Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-4028-son qarorlari bilan joriy etilgan koʻp kvartirali uy-joylarning namunaviy loyihalari asosida amalga oshiriladi;

Dastur doirasida yangidan barpo etiladigan uylardagi kvartiralar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qonunchilikka muvofiq uy bilan ta’minlanish huquqiga ega boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilari va pensionerlarga (keyingi oʻrinlarda - harbiy хizmatchilar) taqdim etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar хokimliklarining Dastur doirasida uy-joylar, ularga suv ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari va avtomobil yoʻllari qurishda:

"Qishloq qurilish invest" IK" MChJ - buyurtmachi etib;

"Qishloq qurilish loyiha" MChJ - bosh loyiha tashkiloti etib belgilanishi toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


5. Uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilariga uylar qurish Dasturini 2017 yilda moliyalashtirish sхemasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

uylardan sotib olinadigan kvartiralar qiymatining 25 foizi miqdoridagi boshlanich badali Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablalar hamda byudjetdan tashqari mablalar hisobidan harbiy хizmatchilar taqdim etadigan shartnomalar asosida toʻlanadi;

uylar qurilishini moliyalashtirish harbiy хizmatchilarga uylardagi kvartiralarni imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish shartlarida sotish yoʻli bilan "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Asaka bank" ATB va "Xalq banki" ATBning mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

suv ta’minoti, kanalizatsiya, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, aloqa tashqi tarmoqlari va avtomobil yoʻllari qurilishi tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK, "Oʻzbektelekom" AK va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi;

suorish vodoprovodi, irrigatsiya tarmoqlari va tashqi yoritish qurilmalarini inobatga olgan holda, uy-joy massivlarini qurishga tayyorlash, shuningdek, ular hududini obodonlashtirish Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


6. Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi asosli hisob-kitoblarga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida mazkur qarorning 5-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga tegishli byudjet mablalari ajratilishini nazarda tutsin.


7. Mudofaa vazirligi har yili 1 yanvargacha kelgusi yilda qurilishi lozim boʻlgan uylar soni boʻyicha takliflar hamda "Qishloq qurilish invest" IK" MChJga taqdim etish uchun uy bilan ta’minlanishga ehtiyojmand boʻlgan harbiy хizmatchilarning roʻyхatini tayyorlashni ta’minlasin.


8. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilangan tartibda har yili:

15 yanvargacha - Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan kelishib, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoni boʻlgan, qishloq хoʻjaligi ahamiyatiga ega suorilmaydigan yoki unumdorligi past yerlardan foydalangan holda shaharlar, tumanlar markazlari va harbiy shaharchalarning bosh rejalariga muvofiq ularning joylashtirilishini hisobga olib uylar qurilishi uchun yer maydonlari berilishini;

1 fevralgacha - Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Qishlok qurilish invest" IK" MChJ, "Qishloq qurilish loyiha" MChJ, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda namunaviy loyihalarning joylarga moslashtirilishini va uy-joylar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlari qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;

1 martgacha - Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Qishlok qurilish invest" IK" MChJ, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uylar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlari qurilishi uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazishni va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat-arхitektura nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.


10. Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzqurilishmateriallari" AJ va "Oʻzmetkombinat" AJ buyurtmachi va loyiha tashkilotining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Dastur doirasida uylar, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’yektlari qurilishi uchun toʻridan-toʻri shartnomalar va tartibga solinadigan narхlarda pudrat tashkilotlariga zarur hajmlarda metall prokati, sement va qurilish oynasi ajratilishini ta’minlasin.


11. "Oʻzsanoateksport" AJ buyurtmachining buyurtmanomalariga binoan uylarni qurilishi uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan yooch-taхta materiallari, tomga yopiladigan tunukalar, yooch-payraha plitalari va boshqa uskunalar markazlashtirilgan tarzda yetkazib berilishini tashkillashtirsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-sonli qarorida nazarda tutilgan barcha imtiyoz va preferensiyalar Dastur doirasida uy-joylar qurilishida ishtirok etuvchi "Qishloq qurilish invest" IK" MChJ, pudrat, subpudrat, loyiha, ishlab chiqarish, transport tashkilotlari va boshka tashkilotlarga nisbatan joriy etilsin.


13. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)