Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.12.2020 y. 776-son "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

11.12.2020 y.

N 776



MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYaTI ORGANLARI

TOMONIDAN SOLIQ TOʻLOVChILARNING SOLIQ

TOʻLASh MUDDATLARINI OʻZGARTIRISh TARTIBI

TOʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, shuningdek, soliq toʻlovchilar uchun soliq toʻlovlarini amalga oshirishda qulaylik yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish boʻyicha soliq toʻlovchilar tomonidan murojaat qilish tartibi;

soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori loyihasini tayyorlash tartibi;

soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qaror qabul qilish tartibi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer solii va yagona yer solii boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2019 yil 25 noyabrdagi 951-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 11 dekabr