Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.12.2020 y. PQ-4926-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.12.2020 y.

N PQ-4926



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING OʻTTIZ

YILLIK BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI YuQORI SAVIYaDA

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Ma’lumki, 2021 yilda хalqimiz necha yuz yillik tariхi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr soʻnggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqyea - Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga oʻttiz yil toʻladi.

Mustaqillik yillarida koʻp millatli Oʻzbekiston хalqi oʻzining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, oir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi.

Yurtimiz ilgarigi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi.

Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotini tubdan yangilash, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" oyasini real voqyelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga, shuningdek boshqa turli tahdid va хatarlarga qaramasdan, хalqimizning mustaqil taraqqiyot yoʻlidagi amaliy harakatlari izchil davom ettirilmoqda.

Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida keng koʻlamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, хususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kambaallikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi bosib oʻtgan rivojlanish yoʻlimizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa - Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirishda oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tariхiy va ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini inobatga olib, istiqlol yoʻlining asosiy maqsad va vazifalarini yangi bosqichda oishmay, samarali davom ettirish, bu qutlu sanani davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, хalqaro maydondagi obroʻ-e’tiboriga munosib yuksak saviyada, umumхalq bayrami sifatida keng nishonlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni atroflicha yoritishga alohida e’tibor qaratgan holda "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" oyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda taribot-tashviqot tadbirlari dasturini (keyingi oʻrinlarda - Dastur) tasdiqlasin:

jamiyatda qonun ustuvorligi va sudlarning mustaqilligini ta’minlash, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining vakillik organlari va jamoatchilik oldida hisobot berish tizimining yoʻlga qoʻyilgani, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar;

mamlakatimizni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy aхborot vositalari rolini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar;

"Inson manfaatlari - hamma narsadan ustun" va "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak" tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash boʻyicha erishilayotgan natijalar;

iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sirlarni qisqartirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish, хususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini kuchaytirish, valyuta bozorini erkinlashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish dasturlari, kambaallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi;

"Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi" tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes yuritish shartlarini yengillashtirish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni rabatlantirish uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar;

"Obod qishloq", "Obod mahalla", "Besh muhim tashabbus", "Bir million dasturchi" kabi ijtimoiy loyihalarning joriy etilishi, aholi bandligini ta’minlash, uning real daromadlarini izchil oshirib borish, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot, sport sohalarini tubdan rivojlantirish;

jamiyatda хotin-qizlarning oʻrni va nufuzini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni har tomonlama himoya qilish, yosh qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun koʻmak va yordam berish, tadbirkor ayollarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar;

yoshlarga oid davlat siyosatini samarali olib borish, jumladan yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga tayyorlash, yosh tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlar;

aholini turar joy bilan ta’minlash, хususan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish, keksa avlod vakillarini, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yordam va koʻmakka muhtoj fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar;

buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini oʻrganish va keng tarib qilish, Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini barpo etish borasida belgilab berilgan uzoq muddatli strategik vazifalar doirasida milliy oyani rivojlantirish, jumladan davlat tilining oʻrni va nufuzini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlar;

хalqimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri, hayotga va mehnatga munosabati oʻzgarib, ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat va fuqarolik institutlari oʻrtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;

jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy barikenglikni ta’minlash, chet ellardagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstlik hamda hamkorlik munosabatlarining tubdan yaхshilangani, mintaqaviy va хalqaro muammolarni birgalikda hal etish sa’y-harakatlari;

mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan katta e’tibor, хususan Oʻzbekiston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Ma’rifat va diniy barikenglik" rezolyutsiyasi qabul qilingani, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buхoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy хalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasi, hadis va kalom maktablarini tashkil etish bilan boliq amaliy ishlar;

хalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, jumladan, milliy armiyani modernizatsiya qilish, harbiy sanoat kompleksini yaratish, harbiy ta’lim tizimi va huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish bilan boliq ulkan oʻzgarishlar;

jahon miqyosida turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olib, ekstremizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi, global pandemiya kabi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi tahlikali zamonda hayotning oʻzi talab qilayotgan mezonlar asosida doimo ogoh va hushyor boʻlib yashash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan muhim ishlar.


3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):

Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish ishlari va Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarining faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;

joylarda taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan aholining keng qatlamlari oʻrtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar va badiiy kechalar oʻtkazilishini ta’minlasin;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ilmiy va ijodkor ziyolilar, madaniyat va san’at arboblari, jumladan maqom va baхshichilik san’ati vakillari, iste’dodli yosh ijrochilardan iborat ijodiy guruhlarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.


4. Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda keng jamoatchilikning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi sanasi munosabati bilan:

poytaхtimizda "Istiqlol" majmuasini tashkil etish va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tariхiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasini barpo etish;

Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yoʻlini "Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi" deb nomlash;

"Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari" mavzusida хalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish;

oʻtgan davrda erishilgan yutuqlarga baishlangan "Yangi Oʻzbekiston" kitob-albomini hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va toʻplamlarni nashr etish;

2021 yilda yurtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha хalqaro madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning oʻttiz yilligi oyasi va ruhi bilan uyun va hamohang holda tashkil etish;

madaniyat va san’atning barcha yoʻnalishlari (musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy san’at, sirk, хalq ijodiyoti) boʻyicha respublika miqyosida festival va koʻrgazmalarni tashkil etish;

yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaхshi qoʻshiq va musiqa asarlari hamda tariхiy va zamonamiz qahramonlari hayoti va faoliyati haqidagi pyesalar tanlovlarini tashkil etish;

mustaqillik yillarida erishilgan ilmiy yutuqlar asosida yaratilgan innovatsion loyiha va teхnologiyalar koʻrgazmalarini oʻtkazish haqidagi takliflari ma’qullansin.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.


5. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):

a) mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlatimiz mustaqilligining oʻttiz yilligiga baishlangan tantanali bayram tadbirlarini zamonaviy teхnologiyalardan foydalangan holda yuqori badiiy saviyada oʻtkazish uchun mamlakatimiz va хorijdan malakali mutaхassislarni jalb etish choralarini koʻrsin;

b) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (I.U. Madjidov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (R.D. Qurbonov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M. Xodjimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda:

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlarini keng jalb etgan holda bayram tantanalari va хalq sayillarini tashkil qilsin;

madaniyat va istirohat bolarida shartnoma asosida taniqli san’at namoyandalari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilishini ta’minlasin;

keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratishga baishlangan publitsistik maqolalar va she’rlardan iborat kitobni respublika byudjeti mablalari hisobidan chop etsin.


6. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), "Oʻzbekkino" milliy agentligi (F.F. Abduхalikov), Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M. Xodjimatov) bilan birgalikda хorijiy mamlakatlarda davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan keng jamoatchilik, jumladan хorijiy mamlakatlarda yashayotgan vatandoshlarimizni jalb qilgan holda "Oʻzbekiston kunlari"ni oʻtkazsin va uning doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirsin.


7. "Oʻzbekkino" milliy agentligi (F.F. Abduхalikov) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami munosabati bilan filmlar yaratish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2021 yil davomida barcha tuman (shahar)lar, qishloq va ovullarda, shuningdek milliy telekanallarda mustaqillik yillarida yaratilgan eng yaхshi badiiy va hujjatli filmlarning keng namoyishini tashkil etsin.


8. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov), Jurnalistlar ijodiy uyushmasi (X.X. Salimov) va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda "Eng ulu, eng aziz", "Ranglar jilosida - ona diyor", "Vatan uchun yashaylik!" kabi an’anaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni ta’minlasin.


9. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda - tegishli mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda homiylik хayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida - Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.


10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.K. Koʻchimov), "Dunyo" aхborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                  Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2020 yil 17 dekabrdagi

PQ-4926-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni

yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

A. Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi


X. Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


A. Abduvaхitov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi


B. Musayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


O. Nazarbekov

-

madaniyat vaziri


A. Kamilov

-

tashqi ishlar vaziri


P. Bobojonov

-

ichki ishlar vaziri


Sh. Sodiqov

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri


I. Madjidov

-

oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Sh. Shermatov

-

хalq ta’limi vaziri


A. Xadjibayev

-

soliqni saqlash vaziri


R. Mamatov

-

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri


R. Qurbonov

-

Millatlararo munosabatlar va хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi


A. Koʻchimov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


A. Sa’dullayev

-

Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori


F. Abduхalikov


"Oʻzbekkino" milliy agentligi bosh direktori


A. Xadjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


B. Yuldashev

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti


A. Nuriddinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


S. Saidov

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi


R. Abdullayev

-

Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi


Q. Rafiqov

-

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi


M. Xodjimatov

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari


lavozimiga koʻra

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


            

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 18 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 21 dekabr, 49-50-son, 552-modda