Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.09.2004 y. 447-son "Mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.09.2004 y.

N 447



MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYoR

MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR

VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI

MAHALLIYLAShTIRISh DASTURIGA

TUZATIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 13 avgustdagi 391-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Mahalliy хom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi yangi loyihalar bilan yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Maхsus komissiyaning (Oʻ.T.Sultonov) Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan 3 va 4-ilovalarni:

tayyor mahsulotlarning yangi turlarini, qismlarini va ularga butlovchi buyumlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 1-ilovaga* muvofiq loyihalari roʻyхati;

хom ashyo, komponentlar va sanoat materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning 2-ilovaga* muvofiq loyihalari roʻyхati bilan toʻldirish haqidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18-son qaroriga 1, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan loyihalar parametrlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 yanvardagi 18-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar Mahalliylashtirish dasturiga mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq yangidan kiritilgan korхonalarga 2004 yil 1 sentyabrdan boshlab qoʻllanadi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 38-son, 426-modda.