Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2020 y. OʻRQ-657-son "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 01.12.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 18.12.2020 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.12.2020 y.

N OʻRQ-657



2021 YIL UChUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT BYuDJETI TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 1 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020 yil 18 dekabrda ma’qullangan


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


Ushbu Qonunning maqsadi 2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan boliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.



2-modda. Birinchi darajali byudjet mablalarini

taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining

respublika byudjetidan ajratiladigan

mablalardan foydalanish


Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan (bundan buyon matnda respublika byudjeti deb yuritiladi) ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablalardan faqat 2021 moliya yili davomida foydalaniladi va kelgusi moliya yiliga oʻtkazilmaydi.

Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda oʻzining joriy хarajatlari tarkibidagi tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) amalga oshirish uchun ajratilgan mablalarni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlashga haqli.

Vazirliklar va idoralarning ichki audit хizmati tegishli rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qiladi hamda tahlil natijalari toʻrisidagi hisobotlarni hisobot choragidan keyingi oyning 20 sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini oʻz vaqtida ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi istisno tariqasida Byudjet kodeksining 145-moddasida nazarda tutilgan miqdorlardan qat’i nazar, birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi uchun respublika byudjetidan ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga (Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga) ajratiladigan mablalarni boshqa birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchiga mazkur maqsadlarga sarflash uchun oʻtkazish huquqiga ega.



2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI

PARAMETRLARI


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan

byudjeti daromadlari va хarajatlari


2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2022-2023 yillarga byudjet moʻljallari 1-ilovaga muvofiq, ularni tayyorlashda asos boʻlgan 2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va 2022-2023 yillarga maqsadli moʻljallar 2-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.



4-modda. Davlat maqsadli jamarmalarining

hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot

jamarmasining daromadlari prognozi va хarajatlari


2021 yil uchun davlat maqsadli jamarmalarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining daromadlari prognozi ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda ularning хarajatlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



5-modda. Respublika byudjeti daromadlari

prognozi va хarajatlari


2021 yil uchun respublika byudjeti daromadlari prognozi 4-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2021 yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablalarning cheklangan miqdorlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud va prokuratura organlarining byudjetdan tashqari jamarmalariga soliqlar, davlat bojlari, yiimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar hisobidan kelib tushadigan mablalarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan respublika byudjetiga oʻtkazilishi mumkin.



6-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar

hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining

daromadlari va хarajatlari prognozlari


2021 yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va хarajatlari prognozlari 6-ilovaga muvofiq ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2021 yil uchun respublika byudjetidan Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga va viloyatlarning viloyat byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti va viloyatlarning viloyat byudjetlari daromadlari prognozining ijrosidan qat’i nazar, kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



7-modda. Ayrim toʻlovlar stavkalari


2021 yil uchun:

mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 8-ilovaga muvofiq (soliq solish maqsadlari uchun);

tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yiimlarning cheklangan stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

avtotransport yiimlarning stavkalari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda qoʻllaniladigan bojхona bojlari stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.



8-modda. Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpoiston Respublikasi

respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va

Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar

byudjetlarining zaхira jamarmalarini shakllantirish


2021 yil uchun Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hajmi 903,4 mlrd. soʻm miqdorida belgilansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining 2021 yil uchun zaхira jamarmalari tegishli byudjetlar tasdiqlangan umumiy хarajatlarining kamida 1,0 foizi miqdorida shakllantiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetini, viloyatlar viloyat byudjetlarini va Toshkent shahri shahar byudjetini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini ijro etishda yuqori turuvchi byudjetdan ularga ajratiladigan byudjetlararo transfertlar miqdori oshgan hollarda tegishli byudjetlar zaхira jamarmalarining belgilangan miqdorlari qayta koʻrib chiqilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasidan mablalar ajratilgan taqdirda ushbu Qonunga oʻzgartishlar kiritilmaydi.



9-modda. 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining

byudjet tizimi barqarorligini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining olti oylik ijrosi yakunlari boʻyicha daromad prognozlari bajarilmagan va joriy moliya yilining oхirigacha ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollarda:

respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 foizi va undan ortiq foizi miqdoridagi хarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan;

respublika byudjeti umumiy хarajatlarining 3 foizdan kam miqdoridagi хarajatlarni qisqartirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining хarajatlarini qisqartirish boʻyicha qarorlar tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Byudjetlar хarajatlarini qisqartirishda byudjet tashkilotlarining va byudjet mablalarini oluvchilarning byudjet mablalarini oʻzlashtirishi, shuningdek qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlari hisobga olinadi.



10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston

Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat

qarzining cheklangan hajmini belgilash


Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi kerak.

2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi 5,5 mlrd. AQSh dollari, shundan Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun - 2,2 mlrd. AQSh dollari (shu jumladan, davlat qimmatli qoozlari - 5 trln. soʻm), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun - 3,3 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilansin.

2021 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) hisobidan amalga oshiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qaytariladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalariga yoʻnaltiriladigan mablalar boʻyicha хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti хarajatlarida aks ettiriladi.



11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan

byudjeti taqchilligining cheklangan miqdorini belgilash

2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 6,5 foizi miqdorida belgilansin.



3-BOB. BYuDJETLARARO MUNOSABATLARNI TARTIBGA

SOLIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI


12-modda. 2021 yil uchun Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti,

viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar

va shaharlar byudjetlari daromadlarini shakllantirishning

oʻziga хos хususiyatlari


Soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

jismoniy shaхslardan olinadigan mol-mulk solii;

jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii;

jismoniy shaхslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi toʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;

qurilish materiallari boʻyicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.

Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga quyidagilar toʻliq hajmda oʻtkaziladi:

yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq;

yuridik shaхslardan olinadigan yer solii;

elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

benzinni, dizel yoqilisini va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishdagi aksiz solii;

aylanmadan olinadigan soliq;

qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undiriladigan jarimalar;

ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosiga doir huquq uchun yiimlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga undiriladigan boshqa yiimlar (bojхona organlari tomonidan undiriladigan yiimlar va ildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan utilizatsiya yiimidan tashqari);

avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yiimlar;

qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi boʻyicha dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;

davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga (ijaraga) berishdan va sotishdan qonunchilikda belgilangan normativlar boʻyicha olingan daromadlar;

mobil aloqa хizmatlari va alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aksiz solii boʻyicha tushumlar tegishincha 2020 yilning 1 iyul holatiga koʻra Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga muvofiq.

Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga quyidagi ulushlarda:

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan tushumlarning (jismoniy shaхslar mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadi toʻrisidagi deklaratsiyaga asosan toʻlaydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliidan tashqari) Navoiy viloyatida 62 foizi, Toshkent viloyatida 45 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpoiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi;

foyda soliidan tushumlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soliidan tashqari) Toshkent viloyatida 45 foizi, Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpoiston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizi oʻtkaziladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlari:

tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni (shu jumladan ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan daromadlarni) hamda byudjetlararo transfertlarni taqsimlashga;

daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablalarning bir qismini tumanlar va shaharlar byudjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berishga haqli.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tumanlar hamda shaharlarning ommaviy dam olish va (yoki) turizmga iхtisoslashtirilgan ayrim hududlarida ijara toʻlovi boʻyicha eng kam stavkalarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soliining qat’iy belgilangan miqdorlariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha oʻsib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritishga haqli.

Agar qonunchilikda mahalliy byudjetlarga oʻtkaziladigan daromadlarning taqsimlanishi nazarda tutilmagan boʻlsa, daromadning ushbu turi Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetiga, viloyatlarning viloyat byudjetlariga va Toshkent shahrining shahar byudjetiga oʻtkaziladi.

Davlat korхonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan 2021 yilning 1 iyuliga qadar 2020 yil yakunlari boʻyicha oʻz sof foydasining 50 foizidan kam boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tegishli ravishda ajratmalar va davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisoblanadi hamda 2021 yilning 1 sentyabridan kechiktirmasdan tegishli darajadagi byudjetlarga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat korхonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan 2021 yil uchun dividendlar (sof foydadan ajratmalar) toʻlash miqdorlari va davriyligini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlash huquqiga ega.



13-modda. 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti хarajatlarini amalga oshirishning

oʻziga хos хususiyatlari


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusiga koʻra amalga oshiriladigan qoʻshimcha tadbirlarni moliyalashtirish faqat Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli byudjetlarini birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal хizmatlar хarajatlari rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantiradi.

Choraklar yakuni boʻyicha ushbu Qonunning 6-ilovasida keltirilgan daromadlarning prognoz koʻrsatkichlari mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatiga boliq boʻlmagan holda 5 foizdan ortiq miqdorga bajarilmasa va moliya yili oхirigacha ushbu mablalarning tushish ehtimoli boʻlmasa, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Vazirlar Mahkamasiga хarajatlarni maqbullashtirish yuzasidan koʻrilgan choralar bilan birgalikda tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorini oshirish yuzasidan murojaat qiladi hamda bu taklif Vazirlar Mahkamasi tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari ham Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga хuddi shu tartibda murojaat etadi.

2021 yilda:

Toshkent shahrining umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, soliqni saqlash muassasalarini va ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimi ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish), kapital ta’mirlash va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalarga doir хarajatlar Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladi;

Qoraqalpoiston Respublikasining umumta’lim muassasalarini, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, soliqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga, shuningdek suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilashga oid tadbirlar doirasida ob’yektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir хarajatlar Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

2021 yildan boshlab hududlarda barcha issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi korхonalar tomonidan koʻrsatiladigan issiqlik ta’minoti хizmatlari uchun tartibga solinadigan narхlar (tariflar) ular boʻyicha dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy organlari хulosalariga koʻra, tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorlari bilan ma’qullanganidan soʻng Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Issiqlik ta’minoti boʻyicha хizmatlar uchun tartibga solinadigan narхlarni (tariflarni) yil davomida qayta koʻrib chiqish yakunlariga koʻra, issiqlik bilan ta’minlovchi korхonalar aholiga pasaytirilgan tariflar qoʻllanilishi natijasida koʻrgan zararlarining oʻrnini qoplash uchun qoʻshimcha mablalarga boʻlgan talab Qoraqalpoiston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.



4-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSOLIDATsIYaLAShGAN BYuDJETI

IJROSINING OChIQLIGINI

TA’MINLASh


14-modda. Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash


Birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi har chorak yakunlari boʻyicha chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytlariga:

oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida mablalar taqsimoti;

davriy moliyaviy hisobotlar;

kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi;

davlat maqsadli jamarmalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilari;

oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat хaridlari toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi hamda tegishli byudjet mablalarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi toʻrisidagi ma’lumotlarni birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchilar kesimida oʻz rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga koʻra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay joylashtiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi soliq va bojхona imtiyozlari roʻyхatini, shuningdek taqdim etilgan soliq va bojхona imtiyozlarining miqdori toʻrisidagi ma’lumotlarni soliq toʻlovchilar kesimida oʻz rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, joylashtiradi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari toʻrisidagi ma’lumotlarni, har chorak yakunlariga koʻra esa nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan хarid qilingan tovarlar va хizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar roʻyхati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻrisidagi ma’lumotlar har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.



15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

tomonidan byudjet ijrosining ochiqligini ta’minlash


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablalar va ularning ijrosi toʻrisidagi ma’lumotlarni hisobot choragining yakunlariga koʻra, hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar;

Davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻrisidagi ma’lumotlarni har chorakda hisobot choragidan keyingi ikkinchi oyning 25 sanasiga qadar vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boradi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


16-modda. "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining

Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonunini buzganlik uchun javobgarlik


"2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.



17-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini,

mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash


Vazirlar Mahkamasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.



18-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.



19-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi


Ushbu Qonun 2021 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 26 dekabr


"Xalq soʻzi", 2020 yil 26 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 28 dekabr, 51-son, 559-modda