Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat bojхona qoʻmitasining 17.12.2020 y. 01-02/15-61-son, Markaziy bank Boshqaruvining 12.12.2020 y. 27/3-son "Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 28.12.2020 y. 1365-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.12.2020 y.

N 1365-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING

17.12.2020 y.

N 01-02/15-61

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

12.12.2020 y.

N 27/3

QARORI



"Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya

raqamini berish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida"gi qaror, shuningdek unga

oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi 283-son "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2004 yil 3 maydagi 01-02/19-23, 250-V-son "Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1365, 2004 yil 21 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 20-son, 247-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Markaziy banki boshqaruvining 2013 yil 8 iyuldagi 01-02/19-10, 12/1-son "Tashqi savdo kontraktlariga identifikatsiya raqamini berish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1365-1, 2013 yil 11 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 28-son, 365-modda).


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Davlat bojхona qoʻmitasi raisi

M.B. Azimov

Markaziy bank raisi

M.B. Nurmuratov

         


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 28 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2020 yil 31 dekabr, 52-son, 575-modda