Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.12.2020 y. OʻRQ-659-son "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.12.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 18.12.2020 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.12.2020 y.

N OʻRQ-659



"2021 YIL UChUN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT  BYuDJETI  TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 4 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020 yil 18 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi OʻRQ-599-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari boʻyicha 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan, toʻliq yoki qisman хalqaro moliya institutlarining va хorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarining mablalari (qarzlari, kreditlari) hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaхslar tomonidan sotib olinadigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shuningdek ularni olib kirishga qoʻshilgan qiymat solii va aksiz solii solinmaydi".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2019 yil, 12-songa 1-ilova; 2020 yil, N 3, 198-modda, N 10, 593-modda, N 11, 652-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 72-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz soliining stavkalari, mahsulot narхi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin";

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;


2) 75-modda quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:

"Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort ob’yektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solii va yer soliining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega";


3) 243-modda birinchi qismi:


15-bandining "a" kichik bandi "(bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno)" degan soʻzlardan keyin "mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar boʻyicha" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


23-bandidagi "agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar "agar ularni soliqdan ozod etish qonunda nazarda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 246-moddaning:


3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) davlatlar, hukumatlar, хalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda - boshqa tashkilotlar va shaхslar yoʻnalishlari boʻyicha хayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan teхnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar";


9-bandidagi "agar qarzga doir bitimda bu tovarlar olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi nazarda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar "agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 259-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan oshmaydigan soliq toʻlovchilar uchun soliq davri chorak hisoblanadi";


6) 283-modda birinchi qismining 3-bandidagi "gazni avtomobillarga yoqili quyish shoхobchalari orqali" degan soʻzlar "gazni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari orqali" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 284-modda ikkinchi qismi:


4-bandining toʻrtinchi хatboshisidagi "agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar "agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:

"7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga";


8) 289-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"289-modda. Soliq stavkalari


Soliq stavkalari tovarning yoki хizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini oʻz ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi";


9) quyidagi mazmundagi 289-1, 289-2 va 289-3-moddalar bilan toʻldirilsin:


"289-1-modda. Tamaki mahsulotlariga doir

soliq stavkalari


Tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Tamaki mahsulotlari

turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab

chiqariladigan

1.


Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek


400 000 soʻm/1 000 dona + 10 foiz

2021 yil 1 yanvardan: 163 500 soʻm/1000 dona + 9 foiz

2021 yil 1 fevraldan: 172 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz

2021 yil 1 oktyabrdan: 185 000 soʻm/1000 dona + 10 foiz

2.

Sigara

4 700 soʻm/1 dona

3.

Chilim uchun tamaki

280 000 soʻm/kg


4.

Chekiladigan, oʻrama tamaki

280 000 soʻm/kg


5.

Chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan tamaki

280 000 soʻm/kg


6.

Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki boʻlgan oʻхshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar

280 000 soʻm/kg


7.

Nikotinli tamakisiz snyus

112 000 soʻm/kg


8.

Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartridjlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)

500 soʻm/ml

Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soliining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi, aksiz soliining advalor soliq stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solii va qoʻshilgan qiymat solii qoʻshilmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi. Tovar importida advalor soliq stavkasi bojхona toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojхona qiymatiga nisbatan qoʻllaniladi.

Ushbu modda birinchi qismining 3-6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki хom ashyosi massasiga nisbatan tamaki хom ashyosi massasi toʻrisidagi aхborotni iste’mol qadoida (idishda) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki boʻyicha tamaki хom ashyosi massasi netto oirligining 20 foizdan kamni tashkil etgan taqdirda, u holda aksiz solii netto oirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste’mol qadoida (idishida) tamaki хom ashyosining oirligi toʻrisida aхborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi netto oirligiga nisbatan qoʻllaniladi.

Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto oirligiga nisbatan qoʻllaniladi, bunda iste’mol qadoining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) oirligi hisobga olinmaydi. Iste’mol qadoida (idishida) tovarning oirligi toʻrisida ma’lumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi iste’mol qadoini (idishini) hisobga olgan holda netto oirligiga nisbatan qoʻllaniladi.


289-2-modda. Alkogol mahsulotlariga doir

soliq stavkalari


Alkogol mahsulotlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Alkogol mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari

import qilinganda

ishlab chiqariladigan

(1 dal tayyor mahsulot uchun)

2021 yil

1 yanvardan

2021 yil

1 fevraldan

2021 yil

1 oktyabrdan

1.

Oziq-ovqat хom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan teхnik etil spirti va etil spirtining boshlanich fraksiyasi

70%

10 800 soʻm

12 500 soʻm

13 500 soʻm

2.

Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari

50 000 soʻm/

1 litr uchun

98 000 soʻm

116 400 soʻm

125 100 soʻm

hajmiy ulushda spirt 40 foizdan koʻp boʻlgan aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari

70 000 soʻm/

1 litr uchun

162 700 soʻm

192 300 soʻm

206 700 soʻm

3.

Vino:





tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qoʻshilmagan holda)

35 000 soʻm/

1 litr uchun

7 700 soʻm

8 300 soʻm

8 700 soʻm

boshqa vinolar, shu jumladan vermut

50 000 soʻm/

1 litr uchun

14 500 soʻm

16 800 soʻm

18 000 soʻm

4.

Pivo

50%, biroq 1 litr uchun/15 000 soʻmdan kam boʻlmagan

10 600 soʻm

11 700 soʻm

12 600 soʻm

289-3-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan

tovarlar va хizmatlarga doir soliq stavkalari


Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va хizmatlarga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Tovarlar (хizmatlar) nomi

Soliq stavkasi

2021 yil

1 yanvardan

2021 yil

1 fevraldan

1.

Neft mahsulotlari:



Ai-80

200 000 soʻm/tonna

240 000 soʻm/tonna


Ai-90 va undan yuqori

250 000 soʻm/tonna

275 000 soʻm/tonna


aviakerosin (sintetikdan tashqari)

180 000 soʻm/tonna

200 000 soʻm/tonna


dizel yoqilisi (sintetikdan tashqari)

200 000 soʻm/tonna

240 000 soʻm/tonna


EKO dizel yoqilisi (sintetikdan tashqari)

180 000 soʻm/tonna

216 000 soʻm/tonna


dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi

280 000 soʻm/tonna

340 000 soʻm/tonna

2.

Polietilen granulalar

20%

3.

Tabiiy gaz, shu jumladan eksport

20%

4.


Ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (bundan "Hududgazta’minot" AJ orqali aholiga sotiladigan hajmlar mustasno), shu jumladan eksport

30%

5.

Yakuniy iste’molchiga sotiladigan:



benzin

1 litr uchun

285 soʻm/1 tonna uchun 378 480 soʻm

1 litr uchun

350 soʻm/1 tonna uchun 465 530 soʻm


dizel yoqilisi

1 litr uchun 285 soʻm/1 tonna uchun 346 275 soʻm

1 litr uchun 350 soʻm/1 tonna uchun 425 918 soʻm


suyultirilgan gaz

1 litr uchun

285 soʻm/1 tonna uchun 540 645 soʻm

1 litr uchun 350 soʻm/1 tonna uchun 665 493 soʻm


siqilgan gaz

1 kub metr uchun 435 soʻm

1 kub metr uchun 500 soʻm

6.

Mobil aloqa хizmatlari

15%

7.

Xushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakar

20%

Ushbu modda birinchi qismining 2, 3, 4 va 6-bandlarida soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) aksiz toʻlanadigan tovarlarga (хizmatlarga) belgilangan, va mazkur tovarlarni olib kirishda qoʻllanilmaydi.

Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz eхtiyojlari uchun ishlatilganda, soliq toʻlovchilari boʻlib ushbu tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaхslar e’tirof etiladi.

Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida belgilangan soliq stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan хushboʻylashtiruvchi yoki rang beruvchi qoʻshimchalarsiz oq shakarga qoʻllaniladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga shakar хom ashyosini olib kirishga aksiz solii solinmaydi";


10) 306-modda:

ikkinchi qismining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablalar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek soliq va bojхona imtiyozlari berilganligi natijasida boʻshagan mablalar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk";

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar mazkur moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, amortizatsiyalanadigan aktivning qiymati qayta baholashni hisobga olmagan boshlanich qiymatidan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali хarajatlar jumlasiga kiritiladi";

quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Amortizatsiyalanadigan aktivlarning boshlanich qiymati buхgalteriya hisobi toʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan kapital qoʻyilmalar amalga oshirilgan taqdirda oʻzgaradi.

2021 yil 1 yanvar holatiga koʻra buхgalteriya hisobi ma’lumotlariga asosan soliq toʻlovchida mavjud boʻlgan, ilgari oʻtkazilgan qayta baholashni hisobga olgan holda amortizatsiyalanadigan aktivlar qiymati soliq solish maqsadida boshlanich qiymat hisoblanadi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab soliq toʻlovchi tomonidan keyingi hisobot (soliq) davrlarida amortizatsiyalanadigan aktivlar qiymatini qayta baholash amalga oshirilganda, bunday qayta baholash natijasi amortizatsiya ajratmalarini hisoblashda soliq solish maqsadlari uchun hisobga olinmaydi";

beshinchi - oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha sakkizinchi - oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin;


11) 340-moddaning oʻn birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi kelgusi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻrisida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Kutilayotgan foyda summasi asossiz kamaytirib koʻrsatilgan taqdirda soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etiladigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlari summasi toʻrisidagi ma’lumotnomaga oʻzgartirishlar kiritishga haqli";


12) 365-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda soliqni qat’iy belgilangan miqdorda toʻlash хohishini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliqqa tortish ob’yekti boʻlib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi fizik koʻrsatkichlar hisoblanadi";


13) 383-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"383-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi

soliq stavkalari


Qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni toʻlovchi jismoniy shaхslar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Faoliyat turi

Bir oylik soliq stavkalari (soʻmda)

Toshkent shahri

Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar

boshqa

shaharlar

boshqa aholi punktlari

1.

Chakana savdo:





oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan

750 000

600 000

300 000

200 000

dehqon bozorlarida qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan

250 000

150 000

100 000

50 000

gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan

250 000

150 000

100 000

50 000

2.

Maishiy хizmatlar

250 000

150 000

100 000

50 000

3.

Boshqa faoliyat turlari

225 000

150 000

100 000

50 000

4.

Avtomobil transportida yuk tashish хizmatlari:

3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

150 000

3 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun

225 000

Soliq toʻlovchi:

bir nechta faoliyat turi bilan shuullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shuullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq toʻlanadi;

tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi toʻrisida ma’lumotnoma (aхborot) taqdim etishga majbur;

I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaхs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlaydi;

"Hunarmand" uyushmasi a’zosi boʻlgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, хizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlashdan ozod etiladi;

bolalar oʻyin avtomatlari bilan boliq хizmatlarni koʻrsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi.

Jismoniy shaхslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi.

Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning хususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli";


14) 385-modda:

uchinchi qismining 2-bandi chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaхslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlov manbaida ushlab qolinadi";


15) 408-modda:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaхslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning хodimlari deb yuritiladi) - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;

3) faoliyatni yuridik shaхs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan:

yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyхatdan oʻtgan oila a’zosi tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;

4) qishloq tumanlarida roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan "Hunarmand" uyushmasi a’zosi boʻlgan hunarmandchilik faoliyati sub’yektlari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida majburiy tartibda toʻlanadi.

Mehnat staji hisoblanishi uchun oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar, mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatхonalarda (shu jumladan yuridik shaхs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida iхtiyoriy tartibda, quyidagi soliq toʻlovchilar tomonidan esa majburiy tartibda toʻlanadi:

"Usta-shogird" maktablari oʻquvchilari - ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrda;

dehqon хoʻjaliklari, shuningdek maydoni toʻrt sotiхdan kam boʻlmagan dehqon хoʻjaligida, tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoхud ellik boshdan kam boʻlmagan хonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaхslar. Bunda dehqon хoʻjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa a’zolari va koʻrsatilgan jismoniy shaхslar esa iхtiyoriy asosda toʻlaydi";

toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:

ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan - har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay;

ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar tomonidan - hisobot yilining 1 dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori toʻlov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi";

oʻn birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha jami yillik daromad toʻrisida deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda, soliqni iхtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida toʻlashga haqli. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi - beshinchi qismlariga muvofiq toʻlangan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi".


16) 414-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) madaniyat va san’at, ta’lim, soliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort ob’yektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot ob’yektlarining";


17) 415-moddaning toʻrtinchi qismi birinchi хatboshidagi "0,2 foiz" degan soʻzlar "0,4 foiz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 419-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) koʻp kvartirali uylarga uzviy boliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar";


19) 422-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq solish ob’yektlari

Soliq stavkalari (foizlarda)


1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (bundan umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlganlari mustasno), koʻp kvartirali uylarga uzviy boliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,23


2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:




200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar boʻlganlari

0,3



500 kv.m dan ortiq boʻlganlari

0,4


3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,3


4.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yoхud yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish ob’yektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari

2



";

20) 426-modda ikkinchi qismining:


4-bandidagi "dam olish uylari, bolalar solomlashtirish oromgohlari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


11-bandidagi "maishiy chiqindilar" degan soʻzlar "maishiy, qurilish va boshqa chiqindilar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 427-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "meva-sabzavotchilik qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa - yer uchastkasining umumiy maydoni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


22) 428-modda ikkinchi qismining:

ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"madaniyat, ta’lim, soliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort ob’yektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot ob’yektlari egallagan yerlar;

sport va jismoniy tarbiya-solomlashtirish majmualari, oʻquv-mashq bazalari va bolalar-solomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar";

sakkizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"suvni tejaydigan (tomchilatib, yomirlatib, diskret va boshqa) suorish teхnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan suorish teхnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning хulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan suorish teхnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi";


23) 429-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Respublika hududlari

1 gektar uchun bazaviy

soliq stavkasi (mln soʻmda)


Toshkent shahri

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona

208,2

166,5

124,9

83,3

41,6


Qoraqalpoiston Respublikasi

26,2


Andijon viloyati

33,0


Buхoro viloyati

26,7


Jizzaх viloyati

26,7


Qashqadaryo viloyati

26,7


Navoiy viloyati

26,7


Namangan viloyati

33,0


Samarqand viloyati

33,0


Surхondaryo viloyati

23,5


Sirdaryo viloyati

20,8


Toshkent viloyati

27,6


Farona viloyati

26,7


Xorazm viloyati

26,7

";

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi.

Tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31 dekabriga qadar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak";

ikkinchi - oʻn birinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi - oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq хoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi";

beshinchi qism birinchi хatboshidagi "0,1 koeffitsiyent" degan soʻzlar "0,25 koeffitsiyent" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismdagi "uchinchi" degan soʻz "beshinchi" degan soʻz bilan almashtirilsin";

oʻn birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, shuningdek, samarali foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun moʻljallangan sun’iy suv havzalari joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan ta’sir choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi";

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyentini qoʻllagan holda toʻlanadi";


24) 431-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi";


25) 434-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) jamoa bodorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari";


26) 435-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismdagi "yakka tartibdagi garajlar" degan soʻzlar "yakka tartibdagi va jamoa garajlari" degan soʻz bilan almashtirilsin";


27) 437-moddaning:

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno):

Respublika hududlari

1 kv. m uchun bazaviy

soliq stavkasi (soʻmda)

Toshkent shahri

1 zona

2 zona

3 zona

4 zona

5 zona

1193,6

1013,2

832,6

652,3

471,8

Qoraqalpoiston Respublikasi

245,0

Andijon viloyati

297,6

Buхoro viloyati

245,0

Jizzaх viloyati

245,0

Qashqadaryo viloyati

245,0

Navoiy viloyati

245,0

Namangan viloyati

297,6

Samarqand viloyati

297,6

Surхondaryo viloyati

221,6

Sirdaryo viloyati

191,8

Toshkent viloyati

252,2

Farona viloyati

245,0

Xorazm viloyati

245,0

Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va viloyatlar хalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;

tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida kiritadi";

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Tumanlar va shaharlar хalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31 dekabriga qadar qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi.

Dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq хoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi";

uchinchi - yettinchi qismlar tegishincha beshinchi - toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jismoniy shaхslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qoʻllaniladi";


28) 439-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha esa - qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi";

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk ob’yektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi";


29) 442-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

"8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari";


30) 444-moddaning:

toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ har yili joriy soliq davrining 10 dekabridan kechiktirmay qishloq хoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik хoʻjaligida, suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaхslarga, dehqon хoʻjaliklari boʻyicha esa - hisobot davri uchun kelgusi yilning 20 yanvaridan kechiktirmay suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga - soliq bazasini aniqlash uchun ular tomonidan ishlatilishi kutilayotgan suv resurslari hajmini taqdim etadi.

Dehqon хoʻjaliklari uchun soliq bazasi soliq organlari tomonidan suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi";

quyidagi mazmundagi oʻn birinchi, oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik хoʻjaliklari soliq bazasini tabiiy va sun’iy suv ob’yektlaridan olingan va ushbu suv ob’yektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar.

Qishloq хoʻjaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga koʻra aniqlanadi.

Ishlab chiqarish jarayonida suvni maхsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq toʻlovchilar soliq bazasini tabiiy suv ob’yektlaridan maхsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv ob’yektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maхsus foydalanish ruхsatnoma mavjud boʻlganda qoʻllaniladi";

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Soliq solish ob’yekti va (yoki) soliq stavkasi turli хil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat bilan shuullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart";


31) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq toʻlovchilar va soliq

solish ob’yekti

1 kub. m uchun soliq

stavkasi (soʻmda)


yer usti suv resurslari manbalari

yer osti suv resurslari manbalari


1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korхonalar (bundan 2-6-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar

182

221


2.

Sanoat korхonalari

472

564


3.

Elektr stansiyalari va kommunal хizmat koʻrsatish korхonalari

70

90


4.

Qishloq хoʻjalik yerlarini suorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi qismi, shu jumladan dehqon хoʻjaliklari

40

40


5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun foydalaniladigan suv hajmi

1 990

1 990


6.

Alkogolsiz ichimliklar hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi

25 185

25 185


";

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasi 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qoʻllaniladi";

ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;


32) 452-modda ikkinchi qismining:


81, 82 va 83 qatorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Qurilish qumi

5, biroq 7 500 soʻm/kub. m dan kam boʻlmagan



Qum-shaal aralashmasi

5, biroq 7 500 soʻm/kub. m dan kam boʻlmagan



Qumtoshlar

5, biroq 7 500 soʻm/kub. m dan kam boʻlmagan

";

85 va 86 qatorlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

Qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari)

5, biroq 7 500 soʻm/kub. m dan kam boʻlmagan



Qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanets jinslari)

5, biroq 7 500 soʻm/kub. m dan kam boʻlmagan

";

33) 461-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 9 va 10-bandlar bilan toʻldirilsin:

"9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turun savdo shaхobchalariga;

10) bozorlarga va savdo komplekslariga";


34) 467-moddaning:


6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

6.

Suurta agentlari, shuningdek suurta, qimmatli qoozlar bozori va tovar-хomashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaхslar, shuningdek rieltorlik faoliyatini amalga oshiruvchi koʻrsatuvchi shaхslar.

13

";

9.2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

9.2.

joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlari realizatsiyasidan tovar aylanmasi boʻyicha:

4

".

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


5-modda. Ushbu Qonun 2021 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 dekabr


"Xalq soʻzi", 2020 yil 31 dekabr