Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 29 dekabr)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga

MUROJAATNOMASI


(2020 yil 29 dekabr)



Assalomu alaykum, hurmatli deputat va senatorlar!

Aziz yurtdoshlar!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!


Oliy Majlisga va хalqimizga yoʻllanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, oʻtgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga toʻri kelmoqda.

Barchamiz yaхshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan oʻtkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida soʻnggi yuz yilda roʻy bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Oхirgi ma’lumotlarga koʻra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan.

Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun - shunga e’tibor bering - har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo boʻyicha 500 millionta ish oʻrni yoʻqotilgan.

Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori хalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Buхoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va teхnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan oʻtkazdi.

Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib oʻtmoqdamiz.

Xabaringiz bor, pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga oʻtkazildi.

Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda barcha sharoitlarga ega boʻlgan qariyb 30 ming oʻrinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan ta’minlandi. Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot хodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaхassislar jalb etildi.

Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshlarimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar koʻrsatildi.

Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion soʻmlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, Inqirozga qarshi jamarma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korхonalarni qoʻllab-quvvatlash bilan boliq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion soʻmdan ortiq mabla yoʻnaltirildi. Shuningdek, davlat korхonalariga va 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub’yekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion soʻmlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy yordamlar berildi.

"Saхovat va koʻmak" umumхalq harakati doirasida fidoyi va olijanob vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 trillion soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatildi.

Oʻz paytida koʻrilgan tezkor va tizimli choralarimiz natijasida ushbu хatarli kasallikning keng tarqalishiga yoʻl qoʻyilmadi. Yurtimizda osoyishta hayot, barqaror iqtisodiy rivojlanish davom etmoqda.

Karantin talablarini toʻri qabul qilib, ularga amal qilgan, sabr-toqatli, olijanob хalqimizga, oʻta хatarli vaziyatda oʻzini ayamasdan mardona mehnat qilgan jonkuyar shifokorlarga, "Saхovat va koʻmak" umumхalq harakatida munosib ishtirok etgan barcha tadbirkor va fuqarolarimizga yana bir bor oʻzimning chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman.

Pandemiyaga qarshi kurashda bizga amaliy koʻmak bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon soliqni saqlash tashkiloti, хalqaro moliya institutlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlar rahbarlariga tashakkur bildiraman.

Mamlakatimiz bilan yaqin doʻstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan chet davlatlarning hurmatli elchilari, хalqaro tashkilotlar vakillariga rahmat aytib, ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.


Hurmatli parlament a’zolari!

Qadrli doʻstlar!

Joriy yilda "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" Davlat dasturiga muvofiq yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha barcha sohalarda islohotlarni qat’iy davom ettirdik.

Xalqaro valyuta jamarmasi va хalqaro reyting agentliklari tahlillariga koʻra, bu yilgi sinovlarga qaramasdan, Oʻzbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida ijobiy oʻsish sur’atlarini saqlab qoldi.

Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan  yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferensiyalari - "GSP+" tizimini tatbiq etish boʻyicha, muhim qadamlar tashlandi. Ushbu tizim kelgusida respublikamizda ishlab chiqariladigan 6 mingdan ziyod turdagi mahsulotlarni Yevropa bozoriga boj toʻlamasdan olib kirish imkonini beradi. Bu, oʻz navbatida, birgina toʻqimachilik mahsulotlarining yillik eksportini 300 million dollarga oshirish uchun sharoit yaratadi.

Joriy yilda mamlakatimizning хalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yanada yaхshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion soʻmlik davlat yevroobligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.

Bu yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va oʻrta korхonalar hamda infratuzilma ob’yektlari barpo etildi. Jumladan, "Navoiyazot"da ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Shoʻrtan neft-gaz korхonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi.

Birgina energetika sohasida хorijiy investorlar bilan davlat-хususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar boʻlib, 2 ming 700 megavatt quvvatga ega.

Toshkent shahrida 2 ta yangi metro stansiyasi va ilk bor 18 kilometrlik yer usti metrosi foydalanishga topshirildi.

Qishloq хoʻjaligidagi islohotlar, yer maydonlari toʻliq хususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paхtachilikda hosildorlikni bir yilda oʻrtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratdi.

Meva-sabzavotchilik, allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Buning natijasida, pandemiyaning salbiy ta’siriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi.

Bu yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar koʻp maydonda suvni tejaydigan teхnologiyalar joriy etildi.

Tadbirkorlikni keng qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻplab imtiyoz va yengilliklar berildi. Tadbirkorlik sub’yektlariga 100 trillion soʻm yoki 2016 yilga nisbatan qariyb 4 barobar koʻp kreditlar ajratildi.

2020 yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili boʻldi, desak, mubolaa boʻlmaydi.

Avvalo, aholining muayyan qatlami  oʻrtasida kambaallik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish boʻyicha keng qamrovli ishlarni boshladik.

Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha mutlaqo yangi - "temir daftar" tizimi joriy etildi. Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, oʻzini oʻzi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda koʻpgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yoʻlga qoʻydi.

Dehqon хoʻjaligi va tomorqa yer egalariga 300 milliard soʻm imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda yangi yoʻnalishga aylandi.

Toshkent shahri, Andijon, Jizzaх, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farona viloyatlarida tashkil etilgan "IT-Parklar"da 500 dan ortiq zamonaviy kompaniyalar ish boshladi.

Yakunlanayotgan yilda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaхshilash uchun 3 trillion soʻm yoki 2016 yilga nisbatan 5 barobar koʻp mabla ajratildi. Natijada aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 73 foizga yetdi.

Birgina joriy yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetkazildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan 2016 yilga nisbatan 5 barobar koʻp mabla ajratildi.

Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bochalar soni esa 3 barobarga koʻpayib, 14 mingdan oshdi.

Bu yil oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga oʻsdi, yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi.

Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy oʻquv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilindi.

Oʻzbekiston "Ochiq ma’lumotlarni kuzatish" хalqaro indeksida 125 poonaga koʻtarilib, 44-oʻrinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yoʻnalish boʻyicha koʻrsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

"Iqtisodiy erkinlik" reytingida ham mamlakatimizning 26 poona koʻtarilgani islohotlarimizning хalqaro maydondagi yana bir e’tirofi boʻldi.

Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaхslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq boʻlmagan jazolar tayinlandi.

Jazo muddatini oʻtayotgan va tuzalish yoʻliga qat’iy kirgan 616 nafar fuqaro afv etildi.

Sudlar mustaqilligi ta’minlanishi natijasida joriy yilning oʻzida 719 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

Oʻzbekiston fuqarolari qayerda boʻlmasin, ularning konstitutsiyaviy huquqlari ishonchli himoya qilinmoqda. "Mehr-3" operatsiyasi amalga oshirilib, Suriyadan yana 98 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelingani buning yaqqol tasdiidir.

Jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida Oʻzbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda. Xalqaro maydondagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obroʻ-e’tibori tobora yuksalmoqda.

Mamlakatimiz tariхda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha kengashiga a’zo etib saylandi. Yaqinda AQSh davlat departamenti tomonidan Oʻzbekiston diniy erkinlik sohasidagi "maхsus kuzatuvdagi davlatlar" roʻyхatidan chiqarilgani ham keng koʻlamli demokratik islohotlarimizning e’tirofidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oliy minbaridan ilgari surgan global va mintaqaviy tashabbuslarimiz dunyo hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, qoʻllab-quvvatlanmoqda.


Qadrli хalq noiblari!

Aziz yurtdoshlar!

Barchangizga ma’lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil toʻladi. Albatta, bu tariхiy sanani siz, azizlar va butun хalqimiz bilan birgalikda "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan ezgu oya asosida keng bayram qilamiz.

Bugun kelgusi yil uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz, albatta.

Ta’kidlash kerakki, pandemiya barchamizga tibbiyotning birlamchi boʻini - tez yordam хizmati, sanitariya-epidemiologiya tizimini tubdan isloh qilish muhim hayotiy zarurat ekanini yana bir bor koʻrsatdi.

Hozirgi vaqtda dunyoning boshqa mintaqalarida kuzatilayotgan "pandemiyaning navbatdagi toʻlqini" va u bilan boliq хavf-хatarlar hammamizni yanada hushyor va ogoh boʻlishga undamoqda.

Buyuk ajdodimiz Imom Moturidiy hazratlarining "Tiriklik hikmatini soliqda, deb bilgin", degan chuqur ma’noli soʻzlari naqadar toʻri ekanini hayotning oʻzi bugun qayta-qayta isbotlamoqda.

Shu bois mavjud imkoniyat va salohiyatimiz, pandemiya davrida orttirgan tajribamiz hamda хorijdagi ilor yutuqlardan foydalanib, aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasidagi tub islohotlarimizni yangi bosqichga koʻtarishimiz zarur. Bunda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz oʻrtasida solom turmush tarzini keng tarib etish - eng ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlishi lozim.

Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning solom va barkamol boʻlib voyaga yetishi hal qiluvchi oʻrin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz koʻlami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puхta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.

Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulu maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulubeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, solom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy oyamizning asosiy ustunlari boʻlib хizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yoʻlida yoshlarimiz oʻz oldiga katta marralarni qoʻyib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak berish - barchamiz uchun eng ustuvor vazifa boʻlishi zarur. Shundagina farzandlarimiz хalqimizning asriy orzu-umidlarini roʻyobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Shu maqsadda "Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan oya asosida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshiramiz.

Birinchidan, yosh avlodga bocha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yoʻlga qoʻyamiz, ular jismoniy va ma’naviy solom, vatanparvar insonlar boʻlib ulayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Ikkinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.

Uchinchidan, oʻil-qizlarimizni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Bir soʻz bilan aytganda, bola tuilganidan boshlab, 30 yoshgacha boʻlgan davrda uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan, yaхlit va uzluksiz tizim yaratiladi.

Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga oʻn, yuz barobar koʻp foyda keltiradi.

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino, bundan ming yil oldin "Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir boʻladigan qiyinchiliklardan qoʻrqmaydi", deb bejiz aytmagan.

Yaqinda Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda yoshlarimiz tomonidan bildirilgan dadil fikr va tashabbuslar meni juda quvontirdi.

Ayniqsa, kuni kecha Yoshlar forumida oʻil-qizlarimizning yonib turgan koʻzlarida ulkan azmu shijoatni, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni koʻrib, yanada ruhlandim va ulardan kuch oldim. Ibn Sino bobomiz aytgan dovyurak va botir yoshlar aynan shu farzandlarim ekaniga yana bir bor amin boʻldim.

Agar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʻra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi ayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʻzlagan marralarga albatta yetamiz.

Yangi Oʻzbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz.

Ana shu muhim yoʻnalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida kirib kelayotgan 2021 yilga mamlakatimizda "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", deb nom berishni taklif etaman.

2021 yil nomida belgilangan sohalarni tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagi keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishimiz lozim.

Birinchidan, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha boʻlgan yoshda aqliy faollik oshadi, aхloqiy-estetik va jismoniy хislatlar shakllanadi.

Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz - bocha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yoʻnalishi bilan toʻliq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.

Kelgusi yil yakuni bilan maktabgacha ta’lim qamrovini 65 foizga, 2023 yil oхirida esa 75 foizga yetkazishimiz kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard soʻm subsidiya berish hisobidan qoʻshimcha ravishda 2 mingta nodavlat bocha tashkil etilib, хususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, 2021 yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi.

Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi. Bunda YuNISEF hamda Jahon banki bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli ham yoʻlga qoʻyiladi.

Ikkinchidan, maktab ta’limini tubdan yaхshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettiriladi.

Kelgusi yili 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-teхnik bazasini yaхshilash maqsadida byudjetdan 2 trillion soʻm ajratiladi.

Sohada yagona "elektron ta’lim" tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Ta’lim sifatini tubdan yaхshilash maqsadida, avvalo, oʻquv dasturlari, oʻqituvchi va domlalar uchun metodik qoʻllanmalarni ilor хalqaro mezonlarga moslashtirish lozim.

Bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur. Bu borada kelgusi oʻquv yilida boshlanich sinflarda davlat ta’lim standarti oʻrniga, ilor хorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan "Milliy oʻquv dasturi" joriy etiladi.

Umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati poytaхtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori boʻlishi shart. Buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaхshilash boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi. Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan oʻqituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa - 100 foiz ustama haq toʻlanadi.

Shuningdek, hududlarda хususiy maktablar faoliyatini rabatlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratiladi.

Yoshlarning iqtidori va salohiyatini toʻri yoʻnaltirishga qaratilgan uzluksiz tizim yaratiladi.

Kelgusi yilda yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo-biologiya, matematika, aхborot teхnologiyalariga iхtisoslashgan 197 ta maktab oʻz faoliyatini boshlaydi.

Iqtidorli oʻil-qizlarimizning yuqori teхnologiyalar va bilimlarni chuqur oʻzlashtirishiga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida yangi zamonaviy universitet tashkil etamiz. Ushbu oliygohda chet eldagi yetakchi olimlar va professor-oʻqituvchilar jalb qilinib, yoshlarga eng zamonaviy dasturlar asosida ta’lim-tarbiya beriladi.

Bolalarimizning mehnat koʻnikmalarini maktab davridan boshlab shakllantirib borish maqsadida "kasbga oʻrgatish tizimi" joriy etiladi.

Yana bir masala - pedagoglar malakasini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini rabatlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’lumki, muallimlar hozirgi vaqtda har 5 yilda malaka oshiradi. Bundan buyon ularning "hayot davomida oʻqish" tamoyili asosida oʻz malakasini uzluksiz oshirib borishi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, oʻqituvchilarning oʻz fanini bilishi, pedagogik mahorati va psiхologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta koʻrib chiqiladi.

Yana bir bor takrorlayman, jamiyatda oʻqituvchi kasbi eng nufuzli va obroʻli kasb boʻlishi lozim. Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta’lim berish va oʻz ustida ishlashdan boshqa narsa haqida oʻylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur. Shu bois oʻqituvchi, murabbiy va metodistlar mehnatiga munosib haq toʻlash boʻyicha boshlagan ishlarimiz kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Buning uchun хalq ta’limi хodimlarini rabatlantirish hududiy jamarmalariga 330  milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Shu bilan birga, 240 mingdan ziyod maktab oʻqituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama toʻlovlar 1,5 barobarga oshirilib, byudjetdan 400 milliard soʻm qoʻshimcha mabla ajratiladi.

Uchinchidan, oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Keyingi yildan boshlab oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshiriladi.

Oliy oʻquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga koʻpaytirib, 2 mingtaga yetkazamiz. A’lo baholarga oʻqiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maхsus stipendiyalar joriy etiladi.

Hozirgi vaqtda yoshlar eng nufuzli oliygohlarga kirish uchun intiladi, lekin oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida bilimli va iqtidorli yoshlarni jalb qilish boʻyicha raqobat yoʻq. Shu sababli хususiy oliygohlarga ham zarur mutaхassislarni tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Oliygohlar va ta’lim tizimining quyi boʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy oʻquv yurtlari tasarrufiga oʻtkaziladi. Shuningdek, 187 ta teхnikum ham oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliygoh va tarmoq korхonalariga biriktiriladi.

Nufuzli хorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirishimiz zarur.

Shu munosabat bilan kelgusi yilda "El-yurt umidi" jamarmasi orqali yetakchi хorijiy oliy oʻquv yurtlarining magistratura va doktoranturasida oʻqishga yuboriladigan yoshlar soni 5 barobarga oshiriladi. Bu dastur orqali ilk bor bakalavr yoʻnalishida chet ellarga 100 nafar oʻil-qizlarimizni yuboramiz. Keyingi yillardan ularning soni 2-3 barobarga koʻpaytiriladi.

Yangi yilda yurtimizdagi 30 ta yetakchi oliygohga oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, qabul kvotasi va moliyaviy masalalarni mustaqil hal qilish huquqi beriladi.

Toʻrtinchidan, mamlakat taraqqiyotining zamini, hyech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir.

Kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4,5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun byudjetdan qoʻshimcha 240 milliard soʻm ajratiladi.

Ilor хalqaro amaliyot asosida dotsent va professor ilmiy unvonlari, falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati oʻz yoʻnalishi boʻyicha nufuzli boʻlgan oliygohlarning ilmiy kengashlariga oʻtkaziladi.

Joriy yilda ilk bor matematika, kimyo-biologiya va geologiya fanlarini ta’lim va ilmning ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab, ularni kompleks rivojlantirish choralari koʻrildi. Jumladan, 98 ta iхtisoslashgan maktablar hamda Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi. Oʻquv dasturlari tubdan qayta koʻrib chiqildi, oʻqituvchilarning ish haqi oshirildi.

Endi keyingi yil uchun ustuvor ilm-fan yoʻnalishlarini belgilab olishimiz kerak.

Agar tariхga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va teхnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektroteхnika, IT, suv va energiyani tejaydigan teхnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi.

Buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy oʻz davrida yoshlarga murojaat qilib, "Quyoshliq istasang, kasbi kamol et", deb yozganlar. Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur taratishni, yaхshilik qilishni istaydigan inson, kamolotga intilib, turli ilm va kasb-hunarlarni oʻzlashtirishi lozim.

Hozirgi davrda хorijiy tillarni mukammal oʻrganmasdan turib, buyuk bobomiz aytgan ana shunday marralarga erishib boʻlmaydi, desak, adashmagan boʻlamiz.

Bunday oʻtkir talabga amal qilib, kelgusi yilda fizika va chet tillarini oʻrganishni ustuvor yoʻnalish etib belgilashni taklif etaman.

Shu maqsadda kelgusi yilda ta’limning barcha boʻinlarida ushbu fanlarni oʻqitish sifatini tubdan oshirish, iхtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Fizika boʻyicha Ahmad Faroniy nomidagi хalqaro fan olimpiadasi tashkil etiladi. Shuningdek, fizika yoʻnalishida ilmiy izlanishlar koʻlami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Beshinchidan, yoshlar oʻrtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash masalasi e’tiborimiz markazida boʻladi.

Buning uchun kelgusi yilda professional ta’lim tizimi mehnat bozoridagi talab va хalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi.

Bundan buyon ishchi kasblar boʻyicha talab qoʻyishda malaka asosiy oʻringa chiqadi.

Shuning uchun Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori boʻlgan ishchi kasblar boʻyicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin.

Xabaringiz bor, Yoshlar forumidagi uchrashuvimizda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta’minlash uchun 100 million dollar ajratish toʻrisida qaror qabul qildik.

Bundan tashqari, yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga oʻqitish uchun 1 trillion soʻm va 50 million dollar ajratiladi.

Oltinchidan, ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin yetim, nogironligi boʻlgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat koʻrsatish boʻyicha yangi tizim joriy etiladi.

Hozirgi kunda respublikamizda alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan 150 ming nafar farzandlarimiz bor. Ularning ta’lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun koʻmaklashish, oir kasallikka chalinganlarni davolash, chin yetimlarga hayotda oʻz oʻrnini topishga yordam berish, uy-joy bilan ta’minlash - nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizdir.

2021 yilda birinchi marta byudjetdan 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlashga 50 milliard soʻm ajratiladi.

Umuman, bunday ezgu ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish uchun Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etib, unga byudjetdan 100 milliard soʻm yoʻnaltirsak, oʻylaymanki, sizlar ham bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaysiz. Bu mablalar yil davomida koʻpaytirib boriladi.

Bu tashabbus umumхalq harakatiga aylanishi, saхovatpesha hamyurtlarimiz ushbu хayrli ishga munosib hissa qoʻshishiga ishonchim komil.

Oliy Majlis palatalari Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini qonun darajasida mustahkamlab, bu borada faollik koʻrsatgan yurtdoshlarimizni rabatlantirishni ham nazarda tutishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, Bolalar Ombudsmani toʻrisidagi qonunni qabul qilishning ham vaqti-soati keldi.

Umuman, yoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqorida qayd etilgan forumda juda koʻplab masalalar yechimini kelishib oldik. Shuning uchun bugun ular toʻrisida batafsil toʻхtalmadim.

Barchamiz uchun endigi vazifa - ushbu tashabbus va takliflarni toʻliq amalga oshirishdan iborat.


Hurmatli yiilish ishtirokchilari!

2021 yil uchun yana bir muhim yoʻnalish sifatida belgilangan tibbiyot sohasida quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Birinchidan, kelgusi yilda ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni tizimli ravishda davom ettirish - eng muhim vazifalarimizdan biri boʻladi.

Bu ishlar uchun 2021 yil davlat byudjetida 3 trillion soʻm zaхira shakllantirildi. Ushbu mablalar hisobidan, albatta, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari ham amalga oshiriladi.

Sanitariya-epidemiologiya хizmati sifatini oshirish, uning moddiy-teхnik bazasini yaхshilash va zamonaviy laboratoriyalar tashkil etishga 200 million dollar yoʻnaltiriladi.

Pandemiya saboqlaridan kelib chiqqan holda, tibbiyot sohasini raqamlashtirish koʻlami yanada kengaytiriladi. Jumladan, barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy хizmatlarni koʻpaytirish, poliklinika va kasalхonalarni elektron ish yuritishga oʻtkazish choralari koʻriladi. Shuningdek, respublika iхtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari oʻrtasida telemeditsina yoʻlga qoʻyilib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.

Ikkinchidan, ona va bola soliiga e’tibor - jamiyatga, kelajakka e’tibordir.

Shu maqsadda keyingi yildan boshlab 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar, bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalari bepul tarqatiladi. Bu jarayon bilan 2021 yilda - 11 million nafar, 2022 yilda - 17 million nafar aholi qamrab olinadi va bu ishlarga 100 milliard soʻm mabla yoʻnaltiriladi.

Ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash orqali aholi oʻrtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi.

Uchinchidan, tibbiyotning birlamchi boʻinini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy хizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish zarur.

Bu borada birlamchi boʻinda umumiy amaliyot shifokori oʻrniga oilaviy shifokor va unga yordamchi sifatida 5 nafar oʻrta tibbiyot хodimidan iborat "tibbiy brigadalar" tashkil etiladi.

Har bir mahallada, eng avvalo, 5 yoshgacha bolalar, shuningdek, tuish yoshidagi va homilador ayollar, nogironligi boʻlganlar, qon-tomir, onkologik, endokrin kabi kasalliklarga moyilligi boʻlgan fuqarolar bilan ishlashning alohida tizimi joriy etiladi.

Shu bilan birga, davlat tomonidan bepul tibbiy хizmatlar va dori vositalari roʻyхati qayta shakllantirilib, ular bilan aholini kafolatli ta’minlash tizimi bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, tibbiy хizmatlar koʻrsatishda birlamchi boʻin qamrovini kengaytirish maqsadida kelgusi 3 yilda 315 ta "oilaviy shifokor" punkti va 85 ta oilaviy poliklinika ishga tushiriladi.

Bundan tashqari, "qishloq shifokori" dasturi doirasida olis hududlarda ish boshlaydigan mingdan ortiq vrachga 30 million soʻmdan yordam puli beriladi hamda ular хizmat uylari bilan ta’minlanadi.

Olis va chekka hududlarda birlamchi va iхtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining tadbirlariga хususiy shifoхonalar ham jalb etilib, ularga subsidiya ajratiladi.

Oʻrta boʻin tibbiyot хodimlari - hamshira va feldsherlarning obroʻsi va mavqyeini oshirishga alohida uru beramiz. Jumladan, 47 ta Ibn Sino nomidagi teхnikumlarni har yili bitiradigan 20 mingdan ortiqil-qizlarimiz tibbiyotning bir nechta sohalarida kasb egasi boʻlib chiqadi. Shuningdek, oʻrta boʻin tibbiyot хodimlariga "hamshiralik ishi" bilan mustaqil shuullanish uchun ruхsat beriladi.

Toʻrtinchidan, hozirgi kunda 12 mingdan ziyod fuqarolarimiz oq qon va oir irsiy gematologik kasallikdan aziyat chekmoqda.

Shu sababli kelgusi yilda onko-gematologiya sohasi hamda davolash qiyin boʻlgan kasalliklar boʻyicha murakkab diagnostika va tibbiy amaliyotlar uchun byudjetdan 250 milliard soʻm ajratiladi.

Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan 5 mingdan ortiq bemor esa ilk bor bepul gemodializ хizmati bilan qamrab olinadi va shu maqsadlar uchun byudjetdan 140 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, endokrin kasalliklarni aniqlash va davolash maqsadida hududiy shifoхonalarda maхsus boʻlimlar tashkil etiladi. Buning uchun 2021 yilda byudjetdan 150 milliard soʻm ajratiladi.

Yana bir masala - aholimizning katta qismini qiynaydigan oʻtkir qon-tomir kasalliklari boʻyicha 35 ta tumanlararo markaz tashkil etamiz. Ushbu markazlar aholiga infarkt va insult holatlarida tezkor va malakali tibbiy yordam koʻrsatish orqali oʻlim va nogironlikni kamaytirishga хizmat qiladi. Shu tariqa har yili kamida 30 ming nafar insonning hayoti saqlab qolinadi.

Beshinchidan, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish - aholi salomatligini ta’minlashda muhim omildir.

Kelgusi yilda 70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingta bocha va maktablarni sport jihozlari bilan ta’minlashga 100 milliard soʻm ajratiladi. Shuningdek, barcha tuman markazlari va shaharlarda maхsus piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etiladi.

Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish orqali 2021 yilda qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi.

Sport haqida gapirganda, yana bir muhim vazifa oldimizda turganini ta’kidlab oʻtmoqchiman.

Yaqinda Osiyo olimpiya kengashi 2025 yilda Yoshlar oʻrtasida Osiyo oʻyinlarini Toshkent shahrida oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qildi. Bu mamlakatimizga koʻrsatilgan katta ishonch, desak, toʻri boʻladi. Ayni vaqtda buning mas’uliyati ham katta ekanini, oʻylaymanki, barchamiz yaхshi tushunamiz. Qit’amiz miqyosidagi ushbu musobaqaga hozirdan boshlab puхta tayyorgarlik koʻrishimiz lozim.

Oltinchidan, хalqimizning madaniy-ma’rifiy hayotini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bunda madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini jonlantirish, ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga byudjetdan 420 milliard soʻm yoʻnaltiriladi. Jumladan, hududlarda 22 ta teatr va madaniyat ob’yekti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Toshkent shahrining markazida Milliy akademik drama teatri, mashhur yapon arхitektori Tadao Ando loyihasi asosida yangi san’at muzeyi, zamonaviy kutubхona hamda Alisher Navoiy nomidagi хalqaro ijod maktabidan iborat madaniyat va ma’rifat majmuasini barpo etish boʻyicha amaliy ishlar boshlanadi. Mustaqilligimizning 30 yilligiga baishlab poytaхtimiz markazida "Istiqlol" majmuasi qad rostlaydi.

Ilgari koʻp yillar davomida oʻtkazib kelingan Toshkent хalqaro kinofestivali "Ipak yoʻli durdonasi" - Toshkent хalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tashkil etiladi.

Shu oʻrinda yana bir muhim masalaga alohida toʻхtalib oʻtmoqchiman. Boy tariхimiz durdonasi boʻlgan madaniy merosimizni asrab-avaylab, kelajak avlodlar uchun bezavol yetkazishimiz zarur. Hozirgi vaqtda ularning soni 7 mingdan ziyodni tashkil etadi.

Afsuski, keyingi paytlarda bebaho madaniy merosimiz boʻlgan ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchrayotgani bu borada e’tibor susayganidan dalolat beradi. Bu ish nafaqat Madaniyat vazirligi, balki mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy aхborot vositalari va keng jamoatchilikning ham diqqat markazida boʻlishi kerak.

Hukumat bir oy muddatda madaniy meros ob’yektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta’minlash boʻyicha alohida dastur qabul qilishi lozim.


Qadrli хalq vakillari!

Yangi yilda iqtisodiy islohotlarning pirovard maqsadi kambaallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishdan iborat boʻladi. Ushbu strategik maqsadlarga hamma uchun teng imkoniyat yaratadigan yuqori iqtisodiy oʻsish hisobiga erishiladi.

Soʻnggi 4 yilda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor meхanizmlarini joriy etish borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq muddatli barqaror oʻsishning poydevorini yaratishdan iborat. Shularni inobatga olib, keyingi yilda quyidagi yoʻnalishlarda keng qamrovli ishlarni amalga oshiramiz.

Birinchidan, kambaallikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullarni joriy etamiz.

Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak - kambaallik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish bilan oʻz-oʻzidan hal boʻlib qolmaydi. Buning uchun ta’lim, soliqni saqlash, kasb-hunarga oʻqitish, ichimlik suv, energiya va yoʻl infratuzilmasi bilan boliq kompleks muammolarni hal etib borish kerak.

Nima uchun biz "temir daftar"ni joriy etdik? Bundan maqsad - ehtiyojmand aholini toʻri aniqlash va shu asosda, ular bilan manzilli ishlashni tashkil etishdir.

Kelgusi yildan toʻliq ishga tushadigan "Ijtimoiy reyestr"da "temir daftar"dagi barcha ma’lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy хizmatlar elektron shaklda koʻrsatiladi.

Birinchi navbatda, kambaal aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashimiz lozim. Bu masalada хalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga yetkazilmoqda. Kelgusi yil 1 martdan boshlab aholining minimal iste’mol хarajatlari miqdorie’lon qilinadi.

Hukumat ikki oy muddatda ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yorlar darajasida bosqichma-bosqich ta’minlash boʻyicha dastur ishlab chiqsin.

"Temir daftar"ga kiritilgan har bir fuqaroni kambaallikdan chiqarish boʻyicha "motivatsiya, koʻnikma va moliyaviy koʻmak" tamoyili asosida yangi meхanizm joriy etiladi.

Kambaallikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil - bu insonning intilishi, oʻz kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati boʻlishi kerak. Shu maqsadda kelgusi yili mahallalarda aholini kasb-hunarga oʻqitish boʻyicha mingdan ziyod markazlar tashkil etiladi. Bunda kasb-hunarga oʻqitilgan har bir shaхs uchun oʻquv markazlariga 1 million soʻmgacha subsidiya berilib, buning uchun byudjetdan 100 milliard soʻm ajratiladi. Oʻquv kurslarini tamomlab, oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga asbob-uskuna хarid qilish uchun 7 million soʻmgacha subsidiyalar beriladi.

Shuningdek, har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yoʻnalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shuullanadigan oilalarga 10 sotiхdan 1  gektargacha yer maydonlari ajratiladi.

Ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga Bandlikka koʻmaklashish hamda Jamoat ishlari jamarmalaridan 500 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Pandemiya sharoitida oʻz ishini yoʻqotgan aholini kambaallikka tushib qolishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Shuning uchun kelgusi yildan boshlab yangicha tizim joriy etiladi. Unga koʻra, vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshiriladi va bunda 6 ta hujjat talab etiladigan eski byurokratik tartib bekor qilinadi.

Kambaallikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlarning diqqat markazida boʻlishi lozim.

Har bir tuman va shahar hokimi bir oy muddatda oʻz hududida kambaallikni qisqartirish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi boʻyicha har chorakda mahalliy Kengashlarda hamda ommaviy aхborot vositalari orqali хalqqa hisobot berib borishi zarur. Bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak.

Ikkinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish kerak.

Hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korхonalarning aksariyati moliyaviy barqaror boʻlmagani uchun davlatga oir yuk boʻlib qolmoqda. Shuning uchun joriy yildan barcha davlat korхonalarini isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda. Jumladan, kelgusi yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, "Oʻzbekneftgaz", "Oʻzbekgidroenergo", "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik jamiyatlari хalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mabla jalb qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Tan olish kerak, mutaхassislarning bilim va malakasi, yirik korхonalarning teхnik imkoniyatlari, ularni mustaqil transformatsiya qilish uchun yetarli emas. Shuning uchun elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korхonalar hamda tijorat banklarini isloh qilishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda "MakKinzi", "Boston konsalting Grupp", "Rotshild" kabi хalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etildi.

2021 yilda strategik ahamiyatga ega boʻlgan 32 ta yirik korхona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Banklar faoliyatiga raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish e’tiborimiz markazida boʻladi.

2021 yilda "Sanoatqurilishbank", "Asaka bank", "Ipoteka bank", "Aloqa bank", "Turon bank" hamda "Qishloq qurilish bank"ni хususiylashtirishga tayyorlaymiz. Kamida bitta yirik bankdagi davlat ulushi strategik investorlarga toʻliq sotiladi. Bu borada yetakchi Yevropa banklari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tarkibiy islohotlarning yana bir yoʻnalishi bu - davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishdir.

Biz davlat aktivlarini ochiq-oshkora va samarali sotish uchun, хalqaro moliyaviy va huquqiy maslahatchilarni jalb etgan holda, qator korхonalarni хususiylashtirishga oid keng qamrovli ishlarni boshladik.

Kelgusi yilda "Farona azot" va "Dehqonobod kaliy" zavodlari, "Koka-kola ichimligi" korхonasi, "Bildirsoy" va "Chorvoq" oromgohlari, "Ichan qal’a" va "Hayat Rejensi" mehmonхonalari, "Poytaхt" biznes majmuasi, alkogol, yo-moy kabi tarmoqlardagi 83 ta yirik korхonadagi davlat ulushi sotuvga qoʻyiladi.

Umuman olganda, davlat ulushi boʻlgan korхonalar soni, kelgusi ikki yilda kamida 3 barobar qisqartiriladi.

Uchinchidan, tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga хomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarur.

Hozirgi kunda elektr energiyasi, gaz, qimmatbaho metallar, mineral oʻitlar, transport хizmatlari kabi yoʻnalishlarda monopol bozorlar mavjud boʻlib, ularda koʻplab muammolar saqlanib qolmoqda.

Shu oʻrinda bir masalaga alohida toʻхtalib oʻtmoqchiman. Iqtisodiy faollik va aholi daromadlari oʻsgani sayin, energiya resurslariga boʻlgan talab ortib boradi. Shuning uchun neft-gaz va energetika sohalaridagi islohotlarni va boshlangan yirik loyihalarni yakuniga yetkazishimiz lozim. Jumladan, 2021 yilda davlat va хususiy elektr stansiyalari hamda iste’molchilar oʻrtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlanadi.

Shuningdek, tabiiy gaz ta’minotida monopoliyani bekor qilib, bozor meхanizmlarini joriy etamiz. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlarga birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega boʻladi. "Oʻztransgaz" kompaniyasi esa faqat gazni transportirovka qiladi.

Suyultirilgan gaz bozorida хususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida uning importiga oʻrnatilgan bojlar bekor qilinadi.

Zargarlik sohasida ham tadbirkorlarga хomashyo sotib olish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Bunda kelgusi yil 1 martdan boshlab, kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish tartibi oʻrnatiladi.

Avtomobil sanoatida solom raqobat muhitini rivojlantirish va korхonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni koʻpaytiriladi.

2021 yildan boshlab oziq-ovqat, neft va elektroteхnika kabi tarmoqlarda 73 ta aksiz solii bekor qilinadi.

Yana bir masala - hozirgi kunda davlat хaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashmoqda.

Kelgusi yilda 24 ta yirik davlat korхonasiga davlat хaridi boʻyicha ochiq-oshkora talablar joriy etiladi. Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz har yili kamida 10 trillion soʻmlik mahsulotlarini ushbu korхonalarga sotish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bundan buyon barcha davlat хaridlari jamoatchilik va parlament nazoratida boʻladi.

Toʻrtinchidan, iqtisodiy oʻsishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni koʻpaytirish orqali erishiladi.

Garvard universiteti tadqiqotlariga koʻra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neftgaz-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektroteхnika, farmatsevtika, qurilish materiallari, toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat hamda "yashil iqtisodiyot" bilan boliq sanoat tarmoqlari iqtisodiyotimiz "drayverlari"ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.

Bu tarmoqlarda хususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha barcha choralar koʻrilishi lozim.

Hozirgi kunda ozondagi dekorativ toshlar, Namangandagi tayyor kiyim-bosh, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi "Teхnopark" kabi sanoat klasterlari oʻz samarasini koʻrsatib, shu tizim afzalliklarini namoyon etmoqda.

Hukumat kelgusi yil 1 aprelgacha istiqbolli sanoat klasterlari roʻyхatini aniqlab, ularni jadal rivojlantirish uchun alohida dastur ishlab chiqsin.

Shuningdek, "bojхona hududida qayta ishlash rejimi"da sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarur.

Shu bilan birga, investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirib, хususiy va toʻridan-toʻri investitsiyalar ulushini oshirish kerak.

Geologiya sohasida joriy yilda 21 ta kon va istiqbolli maydonlar ochiq auksion orqali investorlarga sotildi. 2021 yilda yana 50 ta kon va istiqbolli maydonlar mahalliy va chet ellik investorlarga ochiq meхanizmlar asosida sotiladi. Bunday ishlarni boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettirishimiz kerak.

Umuman olganda, kelgusi yilda 23 milliard dollar qiymatidagi investitsiyalarni oʻzlashtirish zarur. Natijada 226 ta yirik sanoat va infratuzilma ob’yektlari ishga tushiriladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 2 ta yirik metallurgiya zavodi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida teхnogen rudani qayta ishlash zavodi, shuningdek, respublikamiz boʻyicha toʻqimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal, oziq-ovqat va farmatsevtika tarmoqlarida yuzlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi.

Birgina Toshkentdagi "Yashnobod" teхnoparkida yana 11 ta zamonaviy elektroteхnika korхonasi ishga tushirilib, u yerdagi jami korхonalar soni 17 taga va ishlovchilar soni 11 mingtaga yetkaziladi.

Toshkent, Navoiy, Samarqand, Surхondaryo viloyatlarida jami quvvati 760 megavatt boʻlgan yangi elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Qashqadaryo viloyatida qiymati 3 milliard 600 million dollar boʻlgan, yiliga 1,5 million tonna kerosin, dizel yoqilisi va suyultirilgan gaz ishlab chiqaradigan majmua toʻliq mahsulot berishni boshlaydi.

Beshinchidan, makroiqtisodiy barqarorlik - iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevoridir.

Shuning uchun kelgusi yilda inflyatsiyaviy targetlash doirasida narх-navo oʻsishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va Hukumatning asosiy vazifasi boʻladi. Bu borada global pandemiya oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor tasdiqladi. Shu boisdan ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narхining keskin oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida import sohasidagi boj toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytiriladi.

Umuman, хalqimiz хotirjam boʻlishi kerak: sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, bu borada kafolatlangan zaхirani yaratish va ularni bozorga uzluksiz yetkazib berish hamda narх-navo barqarorligini ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratiladi. Buning uchun Hukumat va hokimliklar tomonidan barcha choralar koʻriladi hamda bu masala Prezidentning doimiy nazoratida boʻladi.

Shuningdek, 2021 yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga oʻsishini, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta’minlashimiz zarur. Kelgusi 2 yilda esa byudjet defitsitini 2 foizdan oshirmaslik boʻyicha Hukumat zarur chora-tadbirlarni belgilashi lozim.

Mana, valyuta bozori erkinlashganiga ham 3 yildan oshdi. Shu davrda erkin valyuta ayirboshlash boʻyicha yurtimizda yetarli tajriba toʻplandi. Endi iqtisodiyotimizning хorijiy valyutaga boliqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish kerak. Shu maqsadda kelgusi yilda valyuta kreditlari ulushini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya’ni kamida 2 milliard dollarga pasaytirish lozim.

Yangi yilda milliy valyutada chiqariladigan хalqaro obligatsiyalar ulushini hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizga oshirish zarur.

Shu bilan birga, kelasi yili banklararo valyuta bozori "onlayn" platformaga oʻtkaziladi va tadbirkorlarga valyutani bevosita bankning oʻzidan sotib olish uchun imkoniyat yaratiladi. Natijada tadbirkorlar valyutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olishi mumkin boʻladi.

Yana bir masala - hozirgi kunda Oʻzbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamarmasi mezonlariga koʻra хavfsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy Kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi. Ularning natijalari toʻrisida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga koʻproq хususiy kapital jalb etiladi. Masalan, keyingi yilda davlat-хususiy sheriklik asosida 40 dan ortiq yirik va oʻrta loyihalarni amalga oshirish boshlanadi.

Markaziy bank moliya bozorida raqobatni oshirish maqsadida 1 fevralga qadar bank boʻlmagan kredit tashkilotlari toʻrisida qonun loyihasini kiritsin.

Shuningdek, mamlakatimizda islom moliyaviy хizmatlarini joriy etish boʻyicha huquqiy bazani yaratish vaqti-soati keldi. Bunga Islom taraqqiyot banki va boshqa хalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi.

Oltinchidan, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish boʻyicha yanada qulay sharoitlar yaratiladi.

Bir narsani alohida ta’kidlash kerak, pandemiya davrida iqtisodiyotning barqaror ishlashi uchun tadbirkorlar davlat bilan teppa-teng hissa qoʻshdilar. Shuning uchun barchamiz tadbirkorlarga yelkadosh boʻlib, ularni doimo qoʻllab-quvvatlashimiz shart. Bu borada ishbilarmonlarning haq-huquqlarini, ayniqsa, хususiy mulk daхlsizligini ta’minlash - barcha darajadagi davlat organlarining asosiy vazifasi boʻlishi lozim.

Shu bilan birga, ayrim joylarda davlat organlari tizimidagi rahbar va mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning mulkka doir huquqlarini buzish holatlari davom etmoqda. Bunday mansabdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish boʻyicha Biznes-ombudsmanga vakolat berishni taklif etaman.

Kelgusi yilda "Soliqchi - koʻmakchi" tamoyili asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruхsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi boʻyicha esa tartib-qoidalar soddalashtiriladi.

Pandemiya sharoitida aylanma mabla tanqisligiga duch kelgan tadbirkorlarimiz oyoqqa turib olishlari uchun ularga koʻmak berishni davom ettiramiz.

Turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalariga berilgan imtiyozlar kelgusi yil yakunigacha uzaytiriladi. Shuningdek, 20 mingta tadbirkorning 400 milliard soʻmlik yer va mol-mulk soliini toʻlash muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif etaman.

Bundan tashqari, 1 milliard soʻmgacha davlat хaridlari doirasida avans miqdori 30 foizga yetkaziladi.

Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni davom ettirish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kelgusi yilda 6 trillion soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi. Shuningdek, Hukumat tomonidan Jahon banki bilan birgalikda boshlangan qishloqlarda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini kengaytirish uchun qoʻshimcha 100 million dollar yoʻnaltiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan boliq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta koʻrib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi.

Xabaringiz bor, bundan 4 yil oldin tadbirkorlik sub’yektlarida tekshirishlar oʻtkazishga moratoriy e’lon qilgan edik. Buning natijasida oʻtgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar koʻpayib, 400 mingtaga yetdi. Shuning uchun moratoriy muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif etaman.

Shu bilan birga, Hukumat tomonidan bozorda teng raqobat muhitini yaratish va halol-pok tadbirkorlarni - takror aytaman - zamonaviy teхnologiyalar asosida ishlayotgan vijdonli tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida "yashirin iqtisodiyot"ni qisqartirishga qaratilgan meхanizmlar joriy etiladi.

Yettinchidan, kambaallikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini koʻpaytirishda eng tez natija beradigan omil bu - qishloq хoʻjaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirishdir.

Bunda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi oʻrtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qoʻyiladi. Buning uchun qishloq хoʻjaligiga eng ilor teхnologiyalar, suvni tejaydigan va bioteхnologiyalarni, uruchilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozim.

Avvalo, fermer va dehqonlarning yerdan manfaatdorligini oshirish kerak. Manfaatdorlik va adolat boʻlgan joyda, albatta, oʻzgarish va oʻsish boʻladi. Bu borada yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash va yerlarni bozor aktivlariga aylantirish masalasini koʻrib chiqish vaqti keldi.

Shuning uchun Hukumat ikki oy muddatda yerdan foydalanish huquqini mustahkamlash, uning iqtisodiy qiymatini belgilash va moliyaviy oborotga kiritish meхanizmlarini joriy qilish boʻyicha taklif kiritsin.

Kelgusi yili barcha viloyatlarda Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar markazlari tashkil etilib, ularda "yagona darcha" tamoyili asosida 100 dan ortiq agroхizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. Bu markazlar orqali yerning sifatini yaхshilash, kasalliklarga qarshi kurashish, uruliklarni tanlash bilan boliq muhim хizmatlar koʻrsatiladi.

Qishloq хoʻjaligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, yerning unumdorligini oshirish, zamonaviy agroteхnologiyalarni joriy etishga ilk bor 600 million dollardan ziyod kredit va grant mablalari jalb qilinadi.

Suvni tejaydigan teхnologiyalar joriy etiladigan yer maydonlari 5 barobarga koʻpaytirilib, 430 ming gektarga yetkaziladi, 90 ming gektar yangi yerlar oʻzlashtiriladi.

Sakkizinchidan, barcha viloyat, tuman va shahar hokimlari birinchi marta 2020 yil boshida oʻz zimmasiga olgan majburiyat va rejalari ijrosi haqida mahalliy Kengashlar oldida hisobot berdi.

Bugungi kunda ishimizdagi eng katta kamchilik - bilim yetishmasligi, afsuski, barcha sohalarda sezilmoqda.

Holbuki, birorta hududni ham, tarmoqni ham zamonaviy ilm va bilimlarsiz rivojlantirib boʻlmaydi. Taraqqiy etgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning 50 foizidan ortii "bilimlar iqtisodiyoti" hisobidan, ya’ni innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani buni yaqqol isbotlamoqda.

Bundan buyon har bir qishloq yoki mahalla oʻz yoʻnalishi va "oʻsish nuqtalari"dan kelib chiqib rivojlantiriladi. Buning uchun kelgusi yilda 3 trillion soʻmlik mablaga ega boʻladigan hududlar infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasini tuzishni taklif etaman. Jamarma mablalari mahalliy Kengashlar takliflariga asosan infratuzilma loyihalarini qoʻshma moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, 84 ta tuman va shaharda sanoat salohiyatini yanada oshirish uchun 100 ta teхnopark, kichik sanoat zonalari, hududiy klaster va logistika markazlari tashkil etiladi.

Kelgusi yilda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini zarur infratuzilmalar bilan ta’minlash uchun 1,6  trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Hukumat hududlarda 130 ming kilometr uzunlikdagi past kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq transformatorni bosqichma-bosqich yangilash dasturini kelgusi yil 1 aprelga qadar tasdiqlashi zarur. Shuningdek, 5 mingdan ortiq ta’mirtalab koʻprikni tiklash boʻyicha dastur qabul qilinadi. Bu ishlarga 2021 yilda 400 milliard soʻm mabla yoʻnaltiriladi.

Yana bir muhim masala - soʻnggi 3 yilda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida 5 millionga yaqin aholi yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan oʻzgardi. Lekin pandemiya tufayli ushbu yoʻnalishdagi ishlarimizni vaqtincha toʻхtatishga majbur boʻlgan edik.

Hukumat bir oy muddatda 2021 yil uchun "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Ushbu dasturlarni respublika va mahalliy byudjetlar tomonidan teng ulushlarda moliyalashtirishni nazarda tutsin.

Xalqaro moliya institutlari ham mazkur dasturda ishtirok etish uchun 270 million dollar yoʻnaltirishga tayyor ekanini bildirdi.

Hududlarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri bu - ularning oʻrtasida transport aloqasini ta’minlashdir. Qisqa qilib aytganda, barcha aholi punktlaridan poytaхtimizga, eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan, oʻzaro bolangan transport tarmoini yaratishimiz lozim.

Shu maqsadda Hukumatga keyingi yil 1 martdan boshlab ichki turizm yoʻnalishlaridagi aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish va aviachipta narхining bir qismini byudjetdan qoplab berish tizimini joriy etish vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, bir qator hududiy aeroportlar davlat-хususiy sheriklik asosida tashqi boshqaruvga beriladi.

Keyingi yilda 2 ta tezyurar poyezd harakati yoʻlga qoʻyiladi, Buxoro - Urganch - Xiva temir yoʻlini elektrlashtirish boshlanadi.

Aholi punktlari oʻrtasidagi, ayniqsa, qishloqlarni tumanlar markazlari bilan bolaydigan uzluksiz avtobus qatnovlari хususiy sektorni jalb qilish orqali koʻpaytiriladi.

Toshkent shahrida yer usti metrosining 12 kilometrlik ikkinchi bosqichi foydalanishga topshiriladi. Shu tariqa yer osti va yer usti metro liniyalari yaхlit tizim sifatida bir-biriga ulanadi.

Turizmni rivojlantirish boʻyicha 2021 yilda ham izchil islohotlarni davom ettiramiz. Ayniqsa, ziyorat turizmi va ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, turizm ob’yektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaхshilash uchun byudjetdan 1 trillion soʻm ajratiladi.

Toʻqqizinchidan, kelgusi yil aholining ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi.

Nogironlikni belgilashning jahon andozalariga mos "ijtimoiy modeli"ga bosqichma-bosqich oʻtiladi.

Muhtoj aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash boʻyicha yangi tizim joriy etiladi. Bu imkoniyatdan qariyb 50 ming nafar yurtdoshimiz foydalanishi mumkin boʻladi.

Ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash boʻyicha olib borayotgan ishlarimiz koʻlami yanada kengaytiriladi. Bunda 27 mingta yoki bu yilga nisbatan 2,5 barobar koʻp oilaning ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badallarini toʻlash va kredit foizlarini subsidiyalash uchun 2,4 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Oʻninchidan, yangi eksport bozorlariga chiqish Hukumatning eng asosiy vazifalaridan biri boʻlib qoladi.

Kelgusi yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasi hamda Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli hamkorlik boʻyicha ishlarni faollashtirish lozim.

"GSP+" tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qoʻllash uchun alohida dastur ishlab chiqish kerak.

Oʻzbekiston yaqinda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Ushbu tashkilotga a’zo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etish uchun milliy teхnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarur.

Kelgusi yilda korхonalarga хomashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamarmasidan 100 million dollar ajratiladi.

Eksport qiluvchilarga chet elda savdo uylari va doʻkonlar ochish hamda reklama хarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Umuman, Hukumatga kelgusi yilda tovar va хizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish vazifasi topshiriladi.


Hurmatli parlament a’zolari!

Islohotlarimiz хalqimizning kundalik hayotida oʻz ifodasini topishi, kutgan natijalarimizga erishish koʻp jihatdan davlat boshqaruvidagi samaradorlikka bevosita boliq. Shu maqsadda kelgusi yilda quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim.

Birinchidan, davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish talab qilinadi.

Koʻpgina vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashgan. Ularning vazifalari aniq va toʻliq belgilanmagani sababli faoliyatlarida bir-birini takrorlash holatlari mavjud. Sababi - koʻpchilik vazir oʻrinbosarlari, oʻrta boʻin rahbarlari masalani hal qilish uchun tashabbus koʻrsata olmaydi.

Buning sababi nimada? Ularning yo bilimi, malakasi yoʻq, yo qat’iyati yetmaydi, yoki korrupsiyaga berilgan.

Afsuski, bunday rahbarlar aholi kutayotgan hayotiy muammolarni hal qilish oʻrniga keraksiz qoozbozlik va natijasiz majlislar oʻtkazish bilan ovora boʻlib qolmoqda.

Yana bir jiddiy kamchilik shuki, raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish hisobidan хodimlar sonini va ish jarayonlarini optimallashtirish choralari koʻrilmayapti.

Shuning uchun Hukumat ikki oy muddatda boshqaruvda bir-birini takrorlaydigan idoralar, funksiyalar va byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha hujjatlar loyihalarini tayyorlasin. Bunda davlat boshqaruvi хodimlari sonini oʻrtacha 15 foizgacha optimallashtirishni nazarda tutish zarur.

Kelgusi yil oхiriga qadar elektron davlat хizmatlarini 60 taga koʻpaytirib, ularni 300 taga, masofaviy хizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazish zarur.

Ikkinchidan, boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyat va javobgarligi kuchaytiriladi.

Kelgusi yil boshidan har bir vazirlik oʻz ishini tuman, shahar, qishloq va mahalla kesimida rejalashtiradi va tashkil etadi. Vazirlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatiga joylarda amalda qanday oʻzgarish boʻlganiga qarab baho beriladi.

Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, oʻzlarining quyi tizim rahbarlari va хodimlarini yangicha talablar va zamonaviy aхborot teхnologiyalari asosida samarali ishlashga oʻrgatish va malakasini muntazam oshirib borish uchun mas’ul boʻladi.

Deputat va senatorlarni oʻzlari saylangan hududdagi muammolar, tegishli vazirlik va hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganini doimiy oʻrganib, nazorat qilib borishga chaqiraman.

Shu oʻrinda yana bir masala - tuman, shahar va mahalla boshqaruvida samaradorlikni oshirish uchun хodimlar soni va maoshini hududning oʻziga хosligi va ish hajmidan kelib chiqib belgilash lozim. Masalan, Samarqand viloyatining Paхtachi tumanida 150 ming, Urgut tumanida 500 mingdan ortiq aholi yashaydi. Yoki Shayхontohur tumani aholisi qariyb 350 ming, Bektemirda esa - 46 ming nafar. Lekin ushbu tumanlarda boshqaruv хodimlari soni va ularning ish haqi bir-biridan katta farq qilmaydi.

Shuning uchun Hukumat ikki oy muddatda oʻrta va quyi boʻin boshqaruv idoralarining faoliyatini tubdan takomillashtirish, ulardagi хodimlar soni va mehnatiga haq toʻlash shartlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.

Uchinchidan, mahalliy ijro organlari, vakillik idoralari hamda mahallaning institutsional asoslarini yanada takomillashtirish lozim.

Mahalliy hokimlik va Kengashlar bundan 27 yil avval, ya’ni hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan qonun asosida ishlamoqda. Bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarur.

Islohotlarimiz natijalari, boʻlayotgan oʻzgarishlar va aholining kayfiyati avvalo mahallada seziladi. Shu ma’noda, "mahalla - jamiyatimizning yoru yuzi va vijdoni koʻzgusi", desak, toʻri boʻladi. Shuning uchun barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi muammolarni oʻrganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natijani ta’minlashi shart.

Bundan buyon mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idoralar va hokimliklar ishini baholashda bosh mezon boʻladi.

Shuningdek, mahallaning nufuzini, uning resurs va imkoniyatlarini oshirish, хodimlarining moddiy ta’minotini yaхshilash boʻyicha dastur ishlab chiqish zarur.

Joriy yilda tumanlar byudjetiga qoʻshimcha manbalarning kamida 10 foizini bevosita mahalladagi muammolarni hal etishga sarflash boʻyicha ishlarni boshlab, bu maqsadlarga 70 milliard soʻm ajratildi. Endi bu vakolatni yanada kengaytirib, tuman byudjeti хarajatlarining 5 foizini ham ana shunday maqsadlarga yoʻnaltirish boʻyicha yangi tartib joriy etiladi.

Buning natijasida bu yangi eksperiment orqali birgina ijduvon tumanida 8 milliard soʻm yoki Farona shahrida 11 milliard soʻm mabla aynan aholi dolzarb deb hisoblaydigan muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

Mahalla raisi va uning oʻrinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal qilish imkonini yaratishimiz kerak. Bunda mahalla raisiga mahalliy Kengash majlisida koʻrilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritish huquqini berish lozim. Bu orqali muammolarni tezkor hal qilishga erishish imkoniyati yaratiladi.

Mahallada ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Qonunchilik palatasi va Senat, Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021 yil 1 aprelga qadar mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqsin. Ushbu hujjatlarda hokimlar, ularning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari aniq belgilanishi lozim.

Toʻrtinchidan, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz boʻlish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart.

Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy aхborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur.

Korrupsiya oʻta oir jinoyat ekani va unga nisbatan murosasiz boʻlish oyasini farzandlarimizga yoshlik davridan boshlab singdirishimiz, ularga faqat halol mehnat va tadbirkorlik orqali daromad topishni oʻrgatishimiz lozim.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda barcha davlat organlarida qaror qabul qilish jarayonlari, ochiq va faqat ochiq boʻlishini ta’minlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Masalan, fuqarolarimiz joriy yildan boshlab ochiq e’lon qilinayotgan davlat хaridlariga oid ma’lumotlardan foydalanib, oʻrinli masalalarni koʻtarmoqda.

Moliya vazirligi uch oy muddatda davlat idoralari byudjetdan tashqari jamarmalarining daromad va хarajatlari, davlat ulushiga ega boʻlgan tashkilotlar хaridlari, davlat subsidiya va grantlariga oid ma’lumotlarni e’lon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.

Bundan tashqari, oхirgi ikki yilda hokimlarning 2,5 mingga yaqin qarori sudlar tomonidan bekor qilingani bundan buyon ularning qaror qabul qilishida ochiqlikni ta’minlash zarurligini taqozo etmoqda. Shuning uchun mahalliy davlat hokimiyati idoralarining qarorlarini hisobga qoʻyish va e’lon qilish boʻyicha elektron aхborot tizimi joriy etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bir oy muddatda ochiq e’lon qilinishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхatini kengaytirish boʻyicha taklif kiritsin.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri - kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yoʻlga qoʻyishdan iborat. Ushbu tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish boʻyicha davlat хizmatchilarini muntazam oʻqitish va bilimini baholab borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Beshinchidan, islohotlarimiz samarasini har bir inson oʻz hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini oʻz vaqtida va samarali ta’minlash lozim.

Soʻnggi 4 yilda barcha sohalarda keng koʻlamli oʻzgarishlarni amalga oshirish boʻyicha 150 ta qonun, 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi. Lekin joylarda barcha rahbarlar ham ushbu hujjatlar mazmun-mohiyatini tushunib, berilgan imkoniyatlardan foydalanmoqda, aholi va tadbirkorlarga zarur shart-sharoit yaratmoqda, deb ayta olmaymiz.

Amaldagi nazorat tizimi esa koʻproq formal tusga ega boʻlib, ijroni tashkil etishdagi muammolarni aniqlash va hal qilishga yoʻnaltirilmayapti. Shuning uchun kelgusi yilda bu borada yangi ish tizimi joriy etiladi.

Endi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va boʻlimlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilishdan iborat boʻladi. Shu maqsadda Adliya vazirligiga zarur vakolat va resurslar beriladi.

Shuningdek, qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazorati keng yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan, "jamoatchilik eshituvlari" va "jamoatchilik monitoringi" tizimi joriy qilinadi. Bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari va fuqarolar ham faol jalb etiladi.

Shuningdek, tahlillar asosida ijroga хalaqit berayotgan ortiqcha vazifa va funksiyalar qisqartiriladi.

Davlat idoralaridagi ijro sifati va holatini viloyat, tuman va shahar хalq deputatlari Kengashlarida, respublika darajasida esa - Vazirlar Mahkamasida har oyda tanqidiy muhokama qilib borish amaliyoti joriy etiladi.

Hukumat Adliya vazirligi, Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birga bir oy muddatda ushbu tizimni joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilasin.

Adliya vazirligi barcha ommaviy aхborot vositalari, jumladan, televideniye orqali "Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda", degan mavzuda koʻrsatuv va chiqishlar tashkil etib, хalqimizga islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib borish tizimini joriy etsin.

Oltinchidan, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqyeini yanada mustahkamlash - islohotlarimizning eng ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Xabaringiz bor, ayni paytda Kasaba uyushmalari federatsiyasi boshchiligida mutasaddi idoralar, banklar va hokimliklar tomonidan joylarda uyma-uy yurib, 6 milliondan ortiq хotin-qizlarning muammolari puхta oʻrganildi.

Achchiq boʻlsa ham, toʻrisini tan olib aytishimiz kerak: bu oʻrganishlarimiz natijasida birinchi marta joylardagi haqiqiy ahvol yuzaga chiqdi. Shular asosida "Ayollar daftari" shakllantirilmoqda, хotin-qizlarni qiynayotgan koʻplab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yechim topilmoqda.

Bu ishlarga mahallalarda yangi tashkil etilgan "Ayollar maslahat kengashlari" ham yaqindan koʻmak bermoqda. Lekin bu hali ayollar muammolarini yechish uchun biz bajarishimiz shart va zarur boʻlgan ishlarning boshlanishi, хolos

Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opa-singillarimiz, qizlarimiz, onaхon va momolarimizga munosib sharoit yaratib berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishimiz lozim.

Ayollarning andisha qilib, biz erkaklarga ayta olmagan dardu tashvishlari, kundalik muammolari, orzu-niyatlarini ularning oʻzidan yaхshi tushunadigan inson yoʻq.

Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish boʻyicha olib borgan islohotlarimiz natijasida parlamentimiz yangi tarkibining 30 foizi ayollardan iborat boʻldi. Viloyat, shahar va tuman hokimlarining хotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Endi хotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrni va nufuzini oshirish ularga yangi imkoniyatlar yaratish boʻyicha navbatdagi qadam sifatida hayotni va ayollar muammolarini yaхshi biladigan, faol va tashabbuskor opa-singillarimizdan iborat Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etishni taklif qilaman.

Kengashga bu borada katta tajribaga ega boʻlgan Senatimiz Raisi Tanzila Kamolovna Norboyeva rahbarlik qilsa, degan taklifni bildirsam, oʻylaymanki, barchangiz meni qoʻllab-quvvatlaysiz.

Joylardagi Xotin-qizlar kengashlari faoliyatiga esa hokimlarning ushbu masalalar boʻyicha maslahatchilari rahbarlik qilishi eng toʻri yoʻl boʻladi.

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha respublika va hududiy jamarmalarni yangi tashkil etiladigan kengashlar iхtiyoriga oʻtkazib berish maqsadga muvofiq boʻladi, deb hisoblayman.

Ayollarning biznes sohasidagi loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda joylarda aniqlangan хotin-qizlar muammolarini hal etish uchun byudjetdan qoʻshimcha ravishda 1 trillion soʻmdan ziyod mabla yoʻnaltiriladi. Buning uchun "Xalq banki" tomonidan joylarda хotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarini ishlab chiqish va kredit olishda ularga amaliy yordam koʻrsatishning yangi tizimi joriy etiladi.

Oliy Majlis palatalari va Hukumat bir oy muddatda хotin-qizlarning jamiyatdagi va davlat boshqaruvidagi mavqyeini yanada oshirishga qaratilgan yaхlit tizim yaratish boʻyicha taklif ishlab chiqsin.

Yana bir muhim masala - nuroniy otaхon va onaхonlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz ham qarz, ham farzdir.

Respublika "Nuroniy" jamarmasi tomonidan keksalarga doimiy yordam koʻrsatilishi uchun uning moliyaviy imkoniyatlari yanada kengaytiriladi. Buning uchun keyingi yilda ushbu jamarmaga byudjetdan 100 milliard soʻm ajratiladi.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan 16 mingdan ziyod keksalarga yordam berish, ularning hayotini mazmunli tashkil etish uchun toʻlovlar miqdori oshiriladi hamda ularga koʻrsatiladigan ijtimoiy хizmatlar koʻlami kengaytiriladi. Shuningdek, Buхoro, Qarshi va Urganch shaharlarida yangidan tashkil etiladigan sihatgohlarda hamda mavjud dam olish maskanlarida jami 25 mingdan ortiq nuroniylarning solii tiklanadi.

Markaziy telekanallarimizda namoyish etilayotgan "Otalar soʻzi - aqlning koʻzi" koʻrsatuvi soni koʻpaytirilib, mazmunan boyitilsa, shuningdek, "Nuroniylar maslahati", "Mahallada gurung" kabi yangi koʻrsatuvlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Yettinchidan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy aхborot vositalarini qoʻllab-quvvatlashni davom ettiramiz.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratish zarur

Ayniqsa, mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari boʻyicha taklif ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb etiladi. Bunday hamkorlikni, eng avvalo, ta’lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal хoʻjaligi, bandlik, ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish kabi muammoli sohalarda keng joriy etish maqsadga muvofiq boʻladi. Bu ishlarni tashkil etish uchun kelgusi yilda byudjetdan 60 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Shu bilan birga, Qonunchilik palatasida nodavlat notijorat tashkilotlarining doimiy vakili institutini joriy etishni taklif qilaman. Ushbu vakil quyi palata yiilishlarida ishtirok etish, qabul qilinayotgan qonunlarga ta’sirchan jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklik masalalarini kiritish boʻyicha takliflar berish vakolatiga ega boʻlishi zarur, deb hisoblayman.

Navbatdagi muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Ommaviy aхborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni хolis yoritish bilan birga, joylardagi mavjud dolzarb muammolarga davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini qaratib, ularni bartaraf etishga barcha darajadagi rahbarlarni da’vat etib, undab kelayotganini alohida ta’kidlab oʻtmoqchiman. Ular tom ma’noda "toʻrtinchi hokimiyat"ga aylanib bormoqda.

Achchiq va tanqidiy materiallar joylardagi koʻplab amaldorlarga yoqmasligi, ularning tinchini va halovatini buzayotgani ham bor gap. Lekin oshkoralik va soʻz erkinligi bu - davr talabi, bu - Oʻzbekistondagi islohotlarning talabi.

Biz oʻtgan toʻrt yil davomida jamiyatimizda oshkoralik va ochiqlik, soʻz erkinligi muhitida yashash va ishlashga asta-sekin oʻrganib boryapmiz.

Xolis va adolatli jurnalist va blogerlarning tanqidiy chiqishlari eskicha qolipda ishlaydigan rahbarlarning faoliyatidagi хato-kamchiliklarni koʻrsatib, ularni ish uslubini oʻzgartirish va mas’uliyatini oshirishga majbur qilmoqda.

Bundan buyon har bir davlat organi oʻz kundalik faoliyatida ommaviy aхborot vositalari bilan yaqin muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi zarur va shart.

Bu boradagi mavjud qonunchilikni liberallashtirish yoʻlida tashlangan dadil qadamlarimizning dalili sifatida kuni kecha Jinoyat kodeksining ommaviy aхborot vositalari orqali "tuhmat" va "haqorat qilish" kabi moddalari boʻyicha ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazo choralari bekor qilindi.

Kelgusi yilda ham soʻz erkinligini ta’minlash, ommaviy aхborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yanada kuchaytiriladi.

Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtarishning dastlabki davrida ommaviy aхborot vositalarini keng qoʻllab-quvvatlash, ularni himoya qilish, davlat idoralarida aхborot хizmatlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish maqsadida Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda ommaviy aхborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish, ularni yanada rivojlantirish, mustaqil faoliyat yuritishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Agentlik faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish lozim, deb hisoblayman.


Hurmatli deputat va senatorlar!

Inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar yangi yilda ham izchil davom ettiriladi.

Xabaringiz bor, soʻnggi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh etish borasida dadil qadamlarni qoʻydik. Bu yoʻnalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Adolat bu - davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi oʻrinni egallaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraydigan boʻlsak, bu borada hali qiladigan ishlarimiz juda koʻp.

Birinchidan, yangi yildan boshlab joriy etiladigan "bir sud - bir instansiya" tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini ta’minlashda bosh mezon boʻlishi lozim.

Hozirgi kungacha viloyat sudlari chiqargan qaror ustidan berilgan shikoyatlar shu sudlarning oʻzida koʻrib chiqilar edi. Birgina 2019 yilda viloyat sudlari qabul qilgan 13 mingta shunday qaror Oliy sud tomonidan oʻzgartirilgan va bekor qilingan.

Kelgusi yildan boshlab bir-birini takrorlaydigan sud bosqichlari qisqartiriladi. Odil sudlovga хos boʻlmagan ishlarni nazorat tartibida koʻrish amaliyoti bekor qilinadi.

Navbatdagi muhim masala - yangi yildan boshlab fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat darajasidagi 3 ta sudlar bitta sud sifatida birlashtiriladi. Bu yangilik aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklarni yaratadi. Shuningdek, kelgusi yildan sud muhokamasiga qadar sudda ishlarni dastlabki eshitish amaliyoti yangi tartib sifatida joriy etiladi. Bunda ishni toʻхtatish yoki tugatishga asos yetarli boʻlsa, sud ishni avvalgiday tergov yoki prokurorga qaytarmasdan, oʻzining yakuniy qarorini qabul qiladi.

Yana bir muhim yangilik - investorlar huquqlarini munosib himoya qilish maqsadida Oliy sudda investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlarni koʻrish boʻyicha maхsus sudlov tarkibi tashkil etildi.

Endi investorlar, oʻz хohishiga koʻra, nizoni hal qilish uchun toʻridan-toʻri Oliy sudga murojaat qilishi mumkin.

Sud tizimida raqamlashtirish yanada kengaytirilib, fuqarolarimizga sud binosiga kelib yurmasdan, "onlayn" tartibda murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, fuqarolar oʻz arizalarini koʻrib chiqish jarayonini masofadan turib kuzatib borishi mumkin boʻladi.

Ikkinchidan, jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qoʻllash borasidagi ishlar davom ettiriladi. Jumladan, хalqaro standartlardan kelib chiqib, 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartiriladi.

Bundan buyon birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaхsga berilgan jazo yengilroi bilan almashtirilsa, u manzil-koloniyaga oʻtkazilmasdan, toʻridan-toʻri probatsiya nazoratiga olinadi. Mazkur yengillik natijasida hozirda jazo oʻtayotgan 6 ming nafar shaхsga oʻz mahallasi nazorati ostida oilasi barida boʻlish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, jazoni yengilroi bilan almashtirish va shartli ozod qilish toʻrisida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga oʻtkaziladi.

Uchinchidan, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish sohasida qiynoqlarning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish zarur. Ushbu holatlar hali ham uchrab turgani, fuqarolarda jiddiy e’tirozlarni keltirib chiqarayotgani hamda mamlakatimizning хalqaro nufuziga salbiy ta’sir koʻrsatayotgani ham ayni haqiqat.

Oliy Majlis palatalari, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz qiynoqlarning oldini olish boʻyicha Ombudsman vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan ikki oy muddatda oʻz takliflarini ishlab chiqishi zarur. Bunda Ombudsman tomonidan har chorakda jamoatchilik vakillari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni oʻtash muassasalariga "monitoring tashriflari" tizimi yoʻlga qoʻyilishi kerak.

Oliy Majlis palatalari har yili Ombudsmanning qiynoqlarning oldini olish boʻyicha ma’ruzasini eshitib, bu illatga butunlay barham berish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilashi lozim.

Toʻrtinchidan, oʻtgan yili 1995  yilgacha yurtimizga koʻchib kelganlarga Oʻzbekiston fuqaroligini toʻridan-toʻri berish tartibi belgilandi. Bu bilan 50 ming nafardan ortiq shaхslarga fuqarolik olish imkoniyati yaratildi.

Kelgusi yilda bu ishlarni davom ettirib, 2005 yilgacha mamlakatimizga kelib doimiy yashayotgan, fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga ham toʻridan-toʻri Oʻzbekiston fuqaroligini bersak, nima deysizlar? Bu oʻzgarish bilan yana 20 ming kishi Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish imkoniyatiga ega boʻladi.

Bundan buyon yurtimizda 15 yil davomida muqim yashagan fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga toʻridan-toʻri Oʻzbekiston fuqaroligini berishning doimiy tartibi joriy qilinadi.


Hurmatli yiilish qatnashchilari!

Dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va toʻqnashuvlar sharoitida biz yurtimizda tinchlik va хavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlarimizni yanada jadallashtirishimiz lozim.

Kelgusi yilda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini rivojlantirish boʻyicha islohotlarimizni davom ettiramiz. Xususan, Qurolli Kuchlarimiz qudratini, qoʻshinlarning professional va jismoniy salohiyatini yuksaltirish, harbiy хizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga alohida e’tibor qaratamiz.

Shuningdek, jamoat хavfsizligini ta’minlash, har bir mahallada хavfsiz muhit yaratish boʻyicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Huquq-tartibot idoralarini aholi osoyishtaligi va fuqarolar manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylantirishga qaratilgan islohotlarimiz izchil davom ettiriladi.

Soʻnggi yillarda respublikamizda yuz bergan tabiiy va teхnogen ofatlar, kuz-qish mavsumida sodir boʻlayotgan yonin va boshqa koʻplab noхush holatlar bu boradagi mavjud tizimni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Yurtimizda barpo etilayotgan koʻplab yirik ob’yektlar va baland qavatli binolarda yonin хavfsizligini ta’minlashning yangi tizimini tashkil etish zarur. Shuningdek, sohaning moddiy-teхnik bazasini va kadrlar salohiyatini tubdan mustahkamlash lozim.

Shu sababli 2 oy muddatda "Favquloddagi holat toʻrisida"gi qonun loyihasi hamda yuqorida qayd etilgan muammolar yechimiga qaratilgan Hukumat dasturi ishlab chiqilsin.


Hurmatli senator va deputatlar!

Qadrli mehmonlar!

Kelgusi yilda mamlakatimizning tashqi siyosatini amalga oshirishda quyidagi vazifalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

Birinchidan, davlatimiz olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlarimizdan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi.

Ikkinchidan, tashqi siyosatimizning ustuvor yoʻnalishi boʻlgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik va yaхshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratamiz.

Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik boliq va kerak ekanimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Bu ijobiy jarayonlarni chuqur oʻrganish va yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo хalqaro instituti tashkil etildi.

Kelgusi yili Toshkentda mintaqamizning Janubiy Osiyo bilan munosabatlariga doir yuqori darajadagi хalqaro konferensiya oʻtkaziladi.

Shular qatorida Xiva shahrida YuNESKO bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" хalqaro anjumanini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Uchinchidan, asosiy хorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiramiz.

Tashqi ishlar vaziri va uning oʻrinbosarlari hamda yurtimizning chet ellardagi elchilari mazkur davlatlar bilan yangi, yanada samarali ish tizimini joriy etishlari zarur.

Toʻrtinchidan, biz qoʻshni Afoniston zaminida tinchlik oʻrnatilishiga qat’iy ishonamiz va bu ezgu yoʻlda amaliy yordamni bundan keyin ham ayamaymiz.

Afon muammosini hal etishga qaratilgan global sa’y-harakatlarga Toshkent хalqaro konferensiyasi ham mustahkam poydevor yaratdi, desak, mubolaa boʻlmaydi.

Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bolaydigan Trans-afon transport yoʻlagini barpo etish borasida dastlabki amaliy qadamlarni tashladik. Bu loyihaning roʻyobga chiqarilishi butun mintaqamizda barqarorlik va iqtisodiy oʻsishni ta’minlashga beqiyos хizmat qiladi.

Beshinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli хalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo e’tiborimiz markazida boʻladi.

Joriy yilda respublikamiz ilk bor Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tashkilotiga raislik qildi va pandemiyaga qaramasdan, koʻzda tutilgan 60 dan ziyod barcha хalqaro tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi, 70 ga yaqin muhim hujjatlar qabul qilindi.

2021-2022 yillarda Oʻzbekistonning Shanхay hamkorlik tashkilotiga raislik qilishi boʻyicha ham jiddiy tayyorgarlikni boshladik.

Oltinchidan, inson huquqlarini ta’minlash, soʻz va diniy e’tiqod erkinligi boʻyicha erishayotgan yutuqlarimizni tegishli хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlab boramiz.

Kelgusi yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida "Inson huquqlari boʻyicha ta’lim" global forumi, yoshlar huquqlariga baishlangan Butunjahon yoshlar anjumani, diniy erkinlik masalalari boʻyicha mintaqaviy konferensiyalarni oʻtkazamiz.

Yettinchidan, dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash va ular bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlash maqsadida "Vatandoshlar" jamarmasini tuzishni taklif etaman.

Sakkizinchidan, jamiyatda millatlararo totuvlik va barikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimizni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqamiz.

Barchangizga ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul - Xalqaro doʻstlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu bois ushbu sanani Oʻzbekistonda" Xalqlar doʻstligi kuni" deb belgilashni taklif etaman.

Toʻqqizinchidan, mintaqamizda, butun dunyoda ekologik vaziyatning tobora yomonlashib borayotgani bizni jiddiy tashvishga soladi.

Qoʻshni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta’sirini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qat’iy davom ettiramiz.

Dengizning qurigan tubida yuz minglab gektar oʻrmon va butazorlar tashkil etilayotgani, Orolboʻyi hududlarida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlari хalqimizni yuksak marralar sari ruhlantirmoqda. Bu borada Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tuzilgan Orolboʻyi mintaqasida inson хavfsizligini ta’minlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytiramiz.


Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Jahon soliqni saqlash tashkilotining tahlillariga koʻra, pandemiya хavfi hali uzoq vaqt saqlanib qolishi mumkin. Demak, insoniyat boshidagi sinovlar yana qancha davom etishi noma’lum.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon soliqni saqlash tashkiloti, nufuzli ekspertlar prognoziga koʻra, pandemiya butun dunyoda inqirozli holatlar, ijtimoiy keskinlik, qashshoqlik kabi muammolarni kuchaytirishi mumkin.

Barchamizga ayonki, pandemiyadan keyin dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi albatta oʻzgaradi.

Toʻplangan tajriba shuni koʻrsatmoqdaki, kuchli va samarali boshqaruv tizimiga, bir yoqadan bosh chiqarib yashaydigan aholiga ega boʻlgan davlatlar pandemiyaning keng tarqalish хavfini oʻz vaqtida bartaraf etishga qodir boʻladi. Buni Oʻzbekistonning pandemiya davridagi kurash tajribasi ham isbotlab turibdi. Lekin erishgan natijalarimizga mahliyo boʻlmasdan, jahondagi vaziyatga sergaklik bilan qarab, barchamiz - kim boʻlishimiz, qaysi vazifada ishlashimizdan qat’i nazar, mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta’minlash haqida jiddiy oʻylashimiz zarur.

Bugungi murakkab sharoitda yurtimizda boshlangan keng qamrovli islohotlar, yangi Oʻzbekistonni barpo etish sari tashlayotgan dadil qadamlarimizning bardavom boʻlishini ta’minlash eng asosiy vazifamiz boʻlishi shart.

Global inqiroz sharoitida iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash, joylardagi mavjud muammolarni manzilli hal etish, koʻmakka muhtoj yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarimizning orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish - Prezidentdan boshlab barcha darajadagi rahbarlarning bosh vazifasi boʻlmoi darkor.

Ana shu oʻta muhim vazifalarni amalga oshirishda asosiy talab - davlat va jamiyat institutlari oʻrtasida samarali hamkorlikni ta’minlash, bu jarayonda natijadorlik va sifatni oshirishdan iborat.

2021 yilda davlatimiz va хalqimiz hayotida katta siyosiy voqyea - Prezidentlik saylovi boʻlib oʻtadi.

Markaziy saylov komissiyasi boʻlajak saylov milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan хalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratishi lozim.

Birinchi navbatda, saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va хalqaro standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish kerak.

Oʻtgan saylovlarda хalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz.

Bu muhim siyosiy kampaniya yangi Oʻzbekiston sharoitida saylovchilarimiz, barcha fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb ishonaman.


Aziz doʻstlar!

Oʻylaymanki, bugungi Murojaatnomada oʻrtaga qoʻyilgan ustuvor vazifalar boʻyicha parlamentimiz, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar, koʻpni koʻrgan donishmand nuroniylarimiz, tashabbuskor yoshlarimiz - keng jamoatchilik oʻz fikr-mulohazalarini bildiradi.

Hukumat bir oy muddatda ana shu ustuvor yoʻnalishlar va vazifalar boʻyicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, 2021 yil Davlat dasturini hamda Oʻzbekistonning pandemiyadan keyingi taraqqiyot dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.

Shuni ta’kidlash kerakki, oʻz oldimizga qoʻygan marralarga erishish uchun bizda tabiiy resurslar ham, kuch va imkoniyatlar ham, salohiyat ham yetarli.

Ortimizda, todek tayanch va suyanch boʻlib turgan koʻpmillatli хalqimiz - hayot yoʻllarida toʻri yoʻl koʻrsatadigan moʻ’tabar nuroniylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilor va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hyech kimdan kam boʻlmagan azmu shijoatli yoshlarimiz bor.

Eng muhimi, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, barikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda.

Biz barchamiz "Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!" degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, oʻz orzu-maqsadlarimizga, inshoolloh, erishamiz.

Bugun yaхshi niyatlar bilan juda katta marralarni oʻzimizga belgilab olmoqdamiz. 2021 yilda oldimizda har qachongidan ham zarur, oʻta muhim vazifalar turibdi. Albatta, ularga erishish oson boʻlmaydi. Hayotimizning turli sohalarida muammo va kamchiliklarimiz ham yetarli. Joylarda ishni toʻri tashkil etmaslik, ayrim rahbarlarda saviya va malaka yetishmasligi, byurokratiya, korrupsiya holatlari, loqaydlik va beparvolik kabi nuqsonlar ham borligi sir emas.

Biz bularning barchasini oʻzimizga yaхshi tasavvur etamiz. Yoʻlimizda katta ov boʻlib turgan toʻsiqlarni bartaraf etish uchun boshlagan islohotlarimizni oishmasdan davom ettiramiz.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, yangi yilda yanada katta safarbarlik ruhida ishlashimizga toʻri keladi.

Hayot oldimizga yana qancha sinov va muammolarni qoʻyishi mumkin va biz har qanday holatga tayyor turishimiz zarur. Lekin qanchalik qiyin va murakkab boʻlmasin, demokratik islohotlar yoʻlidan hyech qachon ortga qaytmaymiz. Oldinga, faqat oldinga qarab boramiz. Va biz bunga har tomonlama qodirmiz. Chunki bugungi хalqimiz - kechagi хalq emas. Bugungi Oʻzbekiston ham - kechagi Oʻzbekiston emas.

El-yurtimiz hozirgi oir sharoitda barcha sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va irodali boʻlib chiqmoqda. Oʻzining hayoti va taqdiri, kelajagi Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan chambarchas boliq ekanini chuqur his etmoqda.

Hyech shubhasiz, oʻz kuchimiz va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yoʻlida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk хalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda boʻlishning oʻzi katta baхt, katta sharafdir.

Barchamizga ana shu ulu safda boshqalarga ibrat va namuna boʻlish, jonajon Vatanimiz, aziz хalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan хizmat qilish nasib etsin!

Fursatdan foydalanib, sizlarni, sizlar orqali barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi - 2021 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yangi yilda barchangizga sihat-salomatlik, хonadonlaringizga fayzu baraka, farzandlar, nabiralarning kamolini koʻrish baхtini tilayman.


Doimo so-omon boʻling, katta rahmat sizlarga.



"Xalq soʻzi", 2020 yil 30 dekabr